Germaniya Federativ Respublikasi
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari
Germaniya Federativ Respublikasi 1990-yillarda
1980-yillar oxirida Germaniyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. 1990-yil 3-oktyabr kuni yagona Germaniya davlati tashkil topganligi e’lon qilindi.
Eslab ko‘ring!
1990-yil Germaniya uchun alohida muhim yil bo‘ldi. Ikki Germaniyaning birlashishi GDRdagi iqtisodiy qoloqlikni bartaraf qilish vazifasini keskin qo‘ydi. GDRda bozor mexanizmlarini joriy qilish, asosan, GFR tomonidan moliyalashtirildi. 1994-yili bo‘lib o‘tgan saylovda xristian-demokratlar bilan liberallar koalitsiyasining pozitsiyasi yanada mustahkamlandi. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) yetakchi muxolifatchi partiya bo‘lib qolaverdi. “Yashillar” partiyasi ham ancha katta kuchga aylandi.
(rasm) Germaniya Federativ Respublikasi
1990-yillarning birinchi yarmida iqtisodiy taraqqiyot sur’ati ilgarigidek yuqori bo‘lmasa-da, GFR dunyoning iqtisodiy yetakchi davlatlaridan biri edi. Mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosat olib borildi. Fuqarolar o‘zlarini yetarli darajada himoyalangan his qildilar. Ammo shu yillari ishsizlik darajasi juda yuqori bo‘lib, bu Germaniya tarixida misli ko‘rilmagan ko‘rsatkichga yetdi.
Eslab ko‘ring!
Shunday sharoitda 1998-yilgi parlament saylovida GSDP g‘olib chiqdi. Gerxard Shryoder hukumati iqtisodda va ijtimoiy sohada chuqur islohotlarni boshladi: korxonalar uchun eng qulay sharoitlar yaratish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va natijada ishsizlikni kamaytirish islohotlarning maqsadi qilib belgilandi. Moliya tizimini qayta qurish, pensiya, tibbiy xizmat va ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilish boshlandi.
Bu qiziq!
Germaniyada taksi avtomobillarining 80% i “Mercedes-Benz”. Avtostradalarning 70% ida tezlik cheklanmagan. Dunyodagi eng katta hayvonot bog‘i Berlinda joylashgan — Zoologischer Garten. Germaniyada har 1000 nafar aholiga 687 ta avtomobil to‘g‘ri keladi.
Germaniya XXI asrda
XXI asr boshlariga kelib, Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotda sezilarli natijalarga erishdi. U Yevropada eng kuchli iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lib, YIM hajmi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi.
Bu qiziq!
Nemis maktablarida eng yaxshi baho — 1, eng yomoni — 6. Germaniyada 300 xil non mavjud. Nemislarning 45% i sport bilan shug‘ullanadi. Germaniyada Gitler familiyasi taqiqlangan.
2005-yil bir qator hududlarda bo‘lib o‘tgan saylovlarda hukmron partiya mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng kansler G. Shryoder navbatdan tashqari parlament saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi. 2005-yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda birorta partiya mutlaq ustunlikka erisha olmadi. Noyabrda bo‘lib o‘tgan bundestag (parlament) yig‘ilishida Angela Merkel Germaniya Federativ Respublikasi kansleri etib saylandi. U birinchi ayol kansler, shuningdek, butun GFR tarixidagi eng yosh federal kansler bo‘ldi. A. Merkel federativ tizimni isloh qilish, byurokratiyaga qarshi kurashish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, energetika, byudjet, moliya va oila, mehnat bozori sohalaridagi siyosat, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi dasturini e’lon qildi.
Bu qiziq!
Biroq 2007–2009-yillardagi inqiroz boshqalar qatori Germaniya iqtisodiga ham katta zarar yetkazdi. Faqat 2014-yilga kelibgina Germaniyaning iqtisodiy o‘sish sur’ati inqirozdan oldingi ko‘rsatkichga yetib oldi. 2014-yil Ukrainada yuz bergan hokimiyat almashinuvi ortidan Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishiga qarshi qat’iy pozitsiyani egalladi va boshqa Yevropa mamlakatlari qatori Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.
2015-yil oxiriga kelib, A. Merkelning obro‘si biroz pasaydi. Bunga Suriyadan va urush harakatlari davom etayotgan boshqa mamlakatlardan kelayotgan qochoqlar muammosi sabab bo‘ldi. Bu jarayonlar A. Merkel va u boshchilik qilayotgan Germaniya XDI (Xristian-demokratik ittifoqi) partiyasi obro‘sining pasayishiga olib keldi. 2017-yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovida A. Merkel boshchiligidagi koalitsiya 33% ovoz oldi. A. Merkel kansler lavozimini saqlab qoldi.
Mulohaza yuriting
2021-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovida eng ko‘p ovoz olgan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi vakili Olaf Shols kansler lavozimini egalladi. O. Shols kanslerligi davri Rossiya — Ukraina urushiga to‘g‘ri keldi. Germaniya
Ukrainaga katta yordam ko‘rsatib kelmoqda. Ammo urush boshlanishi bilan Germaniya iqtisodida bir qator muammolar paydo bo‘ldi. Ular Rossiyaga qarshi sanksiyalar, “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz o‘tkazgich quvurlarining portlatilishi va buning oqibatida uglevodorod tanqisligi kabilar bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu davrda choksiz quvurlar ishlab chiqaruvchi ikkita “Vallourec” zavodi, shinalar ishlab chiqaruvchi “Michelin” zavodlari, shuningdek, faqat 2023-yilning o‘zini hisoblaganda kimyo sanoatiga tegishli bo‘lgan 360 ta zavod yopildi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi “Volkswagen” kompaniyasi ham bir qator zavodlarining yopilishini e’lon qildi. So‘nggi yillarda Germaniya iqtisodiyoti retsessiya holatini boshdan kechirmoqda.
Mulohaza yuriting
2025-yil fevralda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovida Fridrix Mers boshchiligidagi XDI va XSI (Xristian-sotsial ittifoqi) partiyalari bloki ko‘p ovoz olib, g‘olib chiqdi. Ammo bu hukumatni shakllantirish uchun yetarli emasdi. Shu sababli koalitsion hukumat tuzildi.
Germaniya O‘zbekistonning YIdagi eng muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi davomida kansler Angela Merkel bilan o‘tkazgan muzokaralari yakunida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalari bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo 9 ta hujjat imzolandi. Sh. Mirziyoyevning 2023-yil maydagi tashrifi doirasida esa hukumatlararo yana 16 ta hujjatga imzo chekildi. Ikki o‘rtadagi ko‘p tomonlama aloqalar jadal rivojlanmoqda.
Atamalar izohi
*Kansler* — bugungi kunda Germaniya va Avstriyada hukumat rahbari.
*“Yashillar” partiyasi* — atrof-muhitni muhofaza qilish va patsifistlar, shuningdek, atom energiyasidan foydalanishga qarshi harakat tarafdorlaridan tuzilgan partiya. Partiyaning asosiy maqsadi — ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy barqaror rivojlanishni uyg‘unlashtirishdan iborat.
*“Shimoliy oqim”* — Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi magistral gaz quvurining Boltiq dengizi tubidan o‘tgan va portlatish (diversiya)dan keyin ishlamay qolgan qismi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1980-yillar — 1980-yillar oxirida Germaniyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi.
- 1990-yil — 1990-yil 3-oktyabr kuni yagona Germaniya davlati tashkil topganligi e’lon qilindi.
- 1990-yil — 1990-yil Germaniya uchun alohida muhim yil bo‘ldi.
- 1990-yillarning — 1990-yillarning birinchi yarmida iqtisodiy taraqqiyot sur’ati ilgarigidek yuqori bo‘lmasa-da, GFR dunyoning iqtisodiy yetakchi davlatlaridan biri edi.
- 1994-yili — 1994-yili bo‘lib o‘tgan saylovda xristian-demokratlar bilan liberallar koalitsiyasining pozitsiyasi yanada mustahkamlandi.
- 1998-yilgi — Shunday sharoitda 1998-yilgi parlament saylovida GSDP g‘olib chiqdi. Gerxard Shryoder hukumati iqtisodda va ijtimoiy sohada chuqur islohotlarni boshladi: korxonalar uchun eng qulay sharoitlar yaratish, kichik va o‘rta…
- 2005-yil — 2005-yil bir qator hududlarda bo‘lib o‘tgan saylovlarda hukmron partiya mag‘lubiyatga uchradi.
- 2005-yil — 2005-yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda birorta partiya mutlaq ustunlikka erisha olmadi.
- 2007–2009-yillarda — Biroq 2007–2009-yillardagi inqiroz boshqalar qatori Germaniya iqtisodiga ham katta zarar yetkazdi.
- 2014-yilga — Faqat 2014-yilga kelibgina Germaniyaning iqtisodiy o‘sish sur’ati inqirozdan oldingi ko‘rsatkichga yetib oldi.
Bilimingizni sinang
Germaniyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan davr qaysi?
- 1970-yillar oxiri
- 1980-yillar oxiri
- 1990-yillar oxiri
- 1960-yillar oxiri
To‘g‘ri javob: 1980-yillar oxiri. Muzokaralar 1980-yillar oxirida muvaffaqiyatli yakunlangan, 1990-yilda esa yagona davlat e’lon qilingan.
Yagona Germaniya davlati tashkil topgani 3-oktyabr kuni qaysi yili e’lon qilindi?
- 1992-yil
- 1991-yil
- 1990-yil
- 1989-yil
To‘g‘ri javob: 1990-yil. Yagona Germaniya davlati 1990-yil 3-oktyabr kuni tashkil topgani e’lon qilingan.
1990-yilda yagona Germaniya davlati tashkil topgani qaysi sanada e’lon qilindi?
- 3-oktyabr
- 13-oktyabr
- 3-noyabr
- 9-noyabr
To‘g‘ri javob: 3-oktyabr. Yagona Germaniya davlati 1990-yil 3-oktyabr kuni e’lon qilingan.
Yagona Germaniya davlati qachon tashkil topganligi e’lon qilindi?
- 1989-yil 3-oktyabr
- 1990-yil 3-oktyabr
- 1990-yil 3-noyabr
- 1991-yil 3-oktyabr
To‘g‘ri javob: 1990-yil 3-oktyabr. 1990-yil 3-oktyabr kuni yagona Germaniya davlati tashkil topgani e’lon qilingan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga tartiblang: 1) Merkelning kansler etib saylanishi 2) Olaf Sholsning kansler bo‘lishi 3) Shryoder hukumatining chuqur islohotlarni boshlashi 4) Yagona Germaniya davlati e’lon qilinishi
- 3–4–1–2
- 4–3–1–2
- 4–3–2–1
- 4–1–3–2
To‘g‘ri javob: 4–3–1–2. 1990-yil birlashish, 1998-yildan Shryoder, 2005-yil Merkel, 2021-yil Shols.
Germaniyada xristian-demokratlar bilan liberallar koalitsiyasining pozitsiyasi yanada mustahkamlangan saylov qaysi yili bo‘lib o‘tdi?
- 1996-yili
- 1998-yili
- 1992-yili
- 1994-yili
To‘g‘ri javob: 1994-yili. Xristian-demokratlar va liberallar koalitsiyasi pozitsiyasi 1994-yili o‘tgan saylovda mustahkamlangan.
1994-yilgi saylovda Germaniyada qaysi koalitsiyaning pozitsiyasi yanada mustahkamlandi?
- Sotsial-demokratlar bilan yashillar koalitsiyasi
- Kommunistlar bilan sotsial-demokratlar koalitsiyasi
- Yashillar bilan liberallar koalitsiyasi
- Xristian-demokratlar bilan liberallar koalitsiyasi
To‘g‘ri javob: Xristian-demokratlar bilan liberallar koalitsiyasi. 1994-yilgi saylovda xristian-demokratlar va liberallar koalitsiyasi pozitsiyasi mustahkamlangan.
1990-yillarning birinchi yarmida kuchli ijtimoiy siyosatga qaramay, Germaniya tarixida misli ko‘rilmagan darajaga nima yetdi?
- Inflyatsiya darajasi
- Davlat qarzi hajmi
- Ishsizlik darajasi
- Aholining o‘lim ko‘rsatkichi
To‘g‘ri javob: Ishsizlik darajasi. Ishsizlik darajasi Germaniya tarixida misli ko‘rilmagan ko‘rsatkichga yetgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash