Buyuk Britaniya
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari
Eslab ko‘ring!
1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan Jon Meyjor siyosati M. Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirishga, ayni paytda “tetcherizm”ning avtoritar boshqaruvga og‘ish hollaridan va boshqa qoldiqlaridan asta-sekin voz kechishga qaratilgan edi. Ammo uning ko‘plab va’dalari amalga oshmasdan qolib ketdi.
1990-yillarning birinchi yarmida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti uzoq muddatli retsessiya davrini boshdan kechirdi. Inflyatsiya juda yuqorilab ketdi. Hukumat shaxtalarni modernizatsiya qilish, temir yo‘l transporti va pochta xizmatini xususiylashtirishga urinishi aholining qarshiligiga uchradi. Soliq tizimini isloh qilish harakati ham, 1990-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiy o‘sishning boshlanishi ham konservatorlar partiyasining obro‘sini ko‘tarmadi. J. Meyjor “tetcherizm”dan qat’iy uzoqlashib, o‘zining mustaqil kursini ishlab chiqa olmadi. Shunday holatda Leyboristlar partiyasi 1997-yilgi parlament saylovlarida g‘olib chiqdi. Partiya yetakchisi yosh Entoni Bler hukumat boshlig‘i bo‘ldi.
Eslab ko‘ring!
E. Bler kabineti faoliyatining asosiy yo‘nalishi konstitutsion islohot bo‘lib, Shotlandiya va Uelsga avtonomiya, Angliya mintaqalariga ko‘proq mus-
(rasm) Buyuk Britaniya
taqillik berishni, saylov haqidagi qonunni isloh qilishni, yuqori palatani qayta tashkil etish hamda uning saylanishiga erishish va boshqa tadbirlarni ko‘zda tutardi. Ammo bu islohotlarni amalga oshirish ancha og‘ir kechdi. Faqat 1999-yilga kelib, dastlabki yutuqlarga erishildi. Shotlandiya va Uels milliy assambleyalariga saylovlar o‘tkazildi. E. Bler hukumati tashqi siyosatdagi barcha masalalarda AQSHning eng yaqin hamkori bo‘ldi.
Bu qiziq!
Buyuk Britaniyada navbatda turuvchilik kasbi bor. Boshqa odam uchun navbatda turib bergan odamga 20 funt sterling haq to‘lanadi. Londonda eng kam ish haqi o‘rtacha soatiga 9 funtni tashkil qiladi.
O‘ylab ko‘ring
2001-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovida “yangi leyboristlar” yana g‘alaba qozondi. XXI asr boshlarida Buyuk Britaniya G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlari singari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Mamlakatda favqulodda qulay holat vujudga keldi. Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi yuqori, ishsizlik va inflyatsiya esa so‘nggi o‘n yillik ichida eng past bo‘ldi. “Yangi leyboristlar” siyosatining ustuvor yo‘nalishini ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan investitsiyani oshirish, umumiy, o‘rta va oliy ta’limni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, ishsizlikka qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash sohasini yaxshilash kabilar tashkil qildi.
O‘ylab ko‘ring
E. Bler hukumati ishsizlikni ancha qisqartirishga erishdi. Ammo sog‘liqni saqlash sohasida hukumat “daromadli” shifoxonalarga xususiy investitsiyalar kiritishga ruxsat berdi, 100 ga yaqin shifoxona, gospital va boshqa tibbiyot markazlarini jismoniy shaxslarga sotish to‘g‘risida e’lon qildi. Sog‘liqni saqlash, davlat xizmati, pensiyalar va umumiy ta’limga davlat xarajatlari qisqartirildi.
Tashqi siyosat
Tashqi siyosatda Buyuk Britaniya 2003-yili Iroqqa qarshi koalitsiyada AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylandi. Ammo ko‘pchilik inglizlar bu urushga qarshi edi. E. Bler siyosatidan norozi bo‘lgan tashqi ishlar vaziri Robin Kuk iste’foga chiqdi. Shunga qaramasdan, 2005-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida kichik farq bilan leyborist E. Bler uchinchi muddatga bosh vazir etib saylandi.
Bu qiziq!
London metrosi dunyodagi dastlabki metro hisoblanadi.
Buyuk Britaniyaning tarixida eng uzoq hukmdor bo‘lgan shaxs Qirolicha Yelizaveta II (1952–2022) bo‘lib, u 70 yil davomida taxtda o‘tirgan.
2005-yil Londonda to‘rtta terroristik akt amalga oshirildi, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi. Javobgarlikni “Al-Qoida” terroristik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. 2006-yilgi Isroil — Livan urushi yakunlangandan so‘ng Isroilning yonini olgan Britaniya bosh vaziri E. Blerning muddatidan oldin iste’foga chiqishini
Mulohaza yuriting
Buyuk Britaniyaning 2003-yili Iroqqa qarshi urushdagi ishtirokiga ko‘pchilik inglizlar qarshi chiqishining sabablarini tushuntirib bering.
ko‘pchilik britaniyaliklar ham qo‘llab-quvvatladi, ular bosh vazirning amerikaparast siyosatidan norozi edi. 2007-yilda E. Bler iste’foga chiqdi. Leyboristlar partiyasining yangi lideri Gordon Braun bosh vazir lavozimini egalladi. G. Braun jahon iqtisodiyotining globallashuvi tarafdorlaridan edi. Tashqi savdoda proteksionizm siyosatiga qarshi chiqdi.
Faoliyatining dastlabki davridan G. Braun Britaniya provinsiyalaridagi sobiq harbiy poligonlarda arzon va ekologik uy-joy qurish, hokimiyatning ochiqligini va xalq oldida javobgarligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsion tadbirlar majmuyini amalga oshirish, xalqaro institutlarni isloh qilish kabi tashabbuslar bilan chiqdi va ular jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilindi.
Mulohaza yuriting
2008-yili boshlangan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida G. Braunning bank tizimini xonavayron bo‘lishdan saqlab qolishga, biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iy harakatlari uning reytingini oshirdi. Shunga qaramasdan, 2010-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovida konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi. Konservatorlar yetakchisi Devid Kemeron Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi. D. Kemeron hukumatining davlat xarajatlarini tejash uchun qilgan bir qator harakatlari natijasida YIMga nisbatan byudjet tanqisligi qisqardi. Bu davrdagi iqtisodiy qiyinchiliklar davlatning butunligiga ham raxna sola boshladi. 2014-yil sentyabrda Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish masalasida umumxalq referendumi o‘tkazilib, unda 45% aholi mustaqillik uchun ovoz berdi.
Mulohaza yuriting
2015-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovida konservatorlar partiyasi yana g‘alaba qozondi. Saylovoldi kampaniyasi davrida bosh vazir D. Kemeron agar konservatorlar g‘alaba qozonsa, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi masalasini ko‘tarishga va ushbu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishga va’da berdi. 2016-yilgi referendumda ishtirok etgan Buyuk Britaniya aholisining 50% dan oshig‘i mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berdi. Shundan so‘ng bosh vazir D. Kemeron iste’foga chiqdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini Tereza Mey egalladi.
T. Mey taklif qilgan Buyuk Britaniyaning YIdan chiqishi (Breksit) shartlari parlament quyi palatasida uch marta muhokama qilindi. Ammo parlament va hukumat o‘rtasida kelishuvga erishilmadi va 2019-yil mayda T. Mey iste’foga chiqishini e’lon qildi. Iyul oyida konservatorlar yetakchisi Boris Jonson bosh vazir lavozimini egalladi. B. Jonsonning bosh vazirlik davri, asosan, pandemiyaga to‘g‘ri keldi. 2022-yili matbuotda B. Jonson pandemiyadagi taqiq qoidalarini buzib, hukumat a’zolari bilan kechki ziyofat uyushtirganlikda ayblanib bosh vazir va konservatorlar partiyasi yetakchisi lavozimlaridan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
Yodda tuting!
Buyuk Britaniya 2003-yili Iroqqa qarshi koalitsiyada ishtirok etdi.
2014-yil sentyabrda Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish masalasida umumxalq referendumi o‘tkazildi.
Buyuk Britaniya rasman 2020-yili YI a’zoligidan chiqqan.
2022-yil oktyabrda Buyuk Britaniya qiroli Karl III Rishi Sunakni bosh vazir etib tayinladi. 2024-yilgi parlament saylovida esa Buyuk Britaniyaning bosh vaziri lavozimini Leyboristlar partiyasi yetakchisi Kir Starmer egalladi. U ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish, Ukrainaga yordamni davom ettirish tarafdori. Ammo AQSHning yangi prezidenti D. Tramp olib borayotgan siyosat, xususan, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarga Buyuk Britaniyani jalb qilmayotgani, AQSHga olib kirilayotgan Buyuk Britaniya tovarlariga bojning oshirilishi kabilar hukumatni noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda.
Yodda tuting!
XX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya mustamlaka imperiyasi to‘liq tugatildi. Ammo Buyuk Britaniya uncha osonlik bilan bo‘lmasa-da, jahonda o‘zining siyosiy va iqtisodiy mavqeyini saqlab kelmoqda. 2016-yil Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz bergan ko‘pchilik inglizlar ham buni mamlakat mustaqilligini qadrlashlari bilan izohladi. Nima bo‘lganda ham, Buyuk Britaniya XXI asrda ham jahon hamjamiyatining muhim a’zolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston dunyoning yetakchi davlatlari, jumladan, Buyuk Britaniya bilan o‘zaro tenglikka asoslangan munosabatlarni rivojlantirishga intilib kelmoqda. Shu maqsadda 2019-yil 31-oktyabrda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bitim keng qamrovli hujjat bo‘lib, u amaldagi huquqiy asosni saqlash va tomonlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy, shuningdek, boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Atamalar izohi
*Proteksionizm* — ichki bozorni ma’lum cheklovlar (import va eksport boj to‘lovlari, subsidiyalar va boshqa tadbirlar) orqali chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosat.
*Breksit* — (inglizcha Brexit — Britain (Britaniya) + exit (chiqish)); Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligining to‘xtatilishi, a’zolikdan chiqishi.
*Taktika* — bu ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisi.
*Harbiy poligon* — harbiy mashg‘ulotlar yoki qurol va harbiy texnikani sinovdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan obyekt.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Tahlil qiling
Inglizlarning hozirgi kundalik hayoti, turmush tarzi to‘g‘risida ma’lumot yig‘ing va ularning xarakterini ifodalovchi esse tayyorlang.
Muhim sanalar
- 1990-yili — 1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan Jon Meyjor siyosati M. Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirishga, ayni paytda “tetcherizm”ning avtoritar boshqaruvga og‘ish hollaridan va boshqa…
- 1990-yillarning — 1990-yillarning birinchi yarmida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti uzoq muddatli retsessiya davrini boshdan kechirdi.
- 1990-yillarning — Soliq tizimini isloh qilish harakati ham, 1990-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiy o‘sishning boshlanishi ham konservatorlar partiyasining obro‘sini ko‘tarmadi.
- 1997-yilgi — Shunday holatda Leyboristlar partiyasi 1997-yilgi parlament saylovlarida g‘olib chiqdi.
- 1999-yilga — Faqat 1999-yilga kelib, dastlabki yutuqlarga erishildi.
- 2001-yili — 2001-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovida “yangi leyboristlar” yana g‘alaba qozondi.
- 2003-yili — Tashqi siyosatda Buyuk Britaniya 2003-yili Iroqqa qarshi koalitsiyada AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylandi.
- 2003-yili — Buyuk Britaniyaning 2003-yili Iroqqa qarshi urushdagi ishtirokiga ko‘pchilik inglizlar qarshi chiqishining sabablarini tushuntirib bering.
- 2003-yili — Buyuk Britaniya 2003-yili Iroqqa qarshi koalitsiyada ishtirok etdi.
- 2005-yili — Shunga qaramasdan, 2005-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida kichik farq bilan leyborist E. Bler uchinchi muddatga bosh vazir etib saylandi.
Bilimingizni sinang
M. Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirishga intilgan, 1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan siyosatchi kim?
- Jon Meyjor
- Gordon Braun
- Devid Kemeron
- Entoni Bler
To‘g‘ri javob: Jon Meyjor. 1990-yili bosh vazir etib saylangan Jon Meyjor Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirdi.
Buyuk Britaniya iqtisodiyoti uzoq muddatli retsessiya davrini boshdan kechirgan davr qaysi?
- 1970-yillarning oxiri
- 1990-yillarning birinchi yarmi
- 1980-yillarning birinchi yarmi
- 2000-yillarning boshi
To‘g‘ri javob: 1990-yillarning birinchi yarmi. Jon Meyjor davrida, 1990-yillarning birinchi yarmida iqtisodiyot uzoq muddatli retsessiyani boshdan kechirdi.
Jon Meyjor qat’iy uzoqlashgan, ammo o‘zining mustaqil kursini ishlab chiqa olmagan siyosat qanday nomlanadi?
- tetcherizm
- reyganomika
- fabianizm
- leyborizm
To‘g‘ri javob: tetcherizm. Meyjor M. Tetcher siyosati, ya’ni tetcherizmdan uzoqlashgan bo‘lsa-da, mustaqil kurs ishlab chiqa olmadi.
1997-yilgi parlament saylovlarida Leyboristlar partiyasi g‘olib chiqqach, Buyuk Britaniyada hukumat boshlig‘i bo‘lgan yosh partiya yetakchisi kim?
- Jon Meyjor
- Gordon Braun
- Devid Kemeron
- Entoni Bler
To‘g‘ri javob: Entoni Bler. Leyboristlar 1997-yilda g‘alaba qozonib, yosh partiya yetakchisi Entoni Bler hukumat boshlig‘i bo‘ldi.
1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib kim saylangan?
- Jon Meyjor
- Entoni Bler
- Gordon Braun
- Devid Kemeron
To‘g‘ri javob: Jon Meyjor. 1990-yili bosh vazir etib Jon Meyjor saylangan.
1997-yilgi parlament saylovlarida qaysi partiya g‘olib chiqqan?
- Konservatorlar partiyasi
- Leyboristlar partiyasi
- Liberal-demokratlar partiyasi
- Shotlandiya milliy partiyasi
To‘g‘ri javob: Leyboristlar partiyasi. 1997-yilgi saylovda Leyboristlar partiyasi g‘olib chiqqan.
1997-yilgi saylovdan keyin Buyuk Britaniyada hukumat boshlig‘i kim bo‘lgan?
- Jon Meyjor
- Gordon Braun
- Entoni Bler
- Margaret Tetcher
To‘g‘ri javob: Entoni Bler. Partiya yetakchisi yosh Entoni Bler hukumat boshlig‘i bo‘lgan.
1990-yillarning birinchi yarmida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti qanday davrni boshdan kechirgan?
- Tez sanoat o‘sishi
- Past inflyatsiya davrini
- Mustamlakalar hisobiga boyish davrini
- Uzoq muddatli retsessiya davrini
To‘g‘ri javob: Uzoq muddatli retsessiya davrini. Iqtisodiyot uzoq muddatli retsessiyani boshdan kechirgan, inflyatsiya yuqorilab ketgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash