Fransiya
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari
Fransiya XX asr oxirlarida
Fransiya sotsialistik partiyasi (FSP) yetakchisi Fransua Mitteran davrida iqtisodiy o‘sish sur’ati juda past bo‘ldi. 1993-yili ishlab chiqarish hajmi qisqardi. Ishsizlik mislsiz darajaga yetdi. Sotsialistlarning obro‘si tushib ketdi. Sharqiy Yevropada kommunistik rejimlarning qulashi, SSSR va Yugoslaviyaning tarqalib ketishi, Rossiya hukumati tomonidan kommunistik g‘oyaning rasman qoralanishi butun sotsialistik qadriyatlar tizimini obro‘sizlantirdi.
1993-yili Milliy majlisga bo‘lib o‘tgan saylovda o‘ng kuchlar parlamentda mutlaq ko‘p o‘ringa ega bo‘ldi. So‘l kuchlar bunday mag‘lubiyatdan so‘ng uzoq vaqt tanazzuldan chiqa olmadi. 1995-yilgi prezidentlik saylovida Jak Shirak g‘olib chiqdi va ishsizlikka qarshi kurashish, jamiyatning boylar va qashshoqlarga bo‘linishini bartaraf qilishni asosiy vazifa deb e’lon qildi. Tashqi siyosatda uning asosiy faoliyati Fransiyaga Yevropa Ittifoqining “yetakchisi” va butun dunyo uchun “erk mayog‘i” rolini qaytarishga qaratildi. Yangi hukumat davlat byudjeti kamomadini kamaytirish, bandlikni ta’minlash rejasini e’lon qildi. 1996-yildan YIMning o‘sish sur’ati, kapital kiritish va shaxsiy iste’mol hajmi oshdi.
Fransiya XX asr oxirlarida
(rasm) Fransiya Respublikasi
Postindustrial jamiyat
1990-yillari Fransiyada postindustrial jamiyatning shakllanish jarayoni davom etdi. Ilmiy-texnik inqilobning shiddat bilan rivojlanishi Fransiyaning qiyofasini o‘zgartirdi. Parij va boshqa yirik shaharlarda osmono‘par binolar paydo bo‘ldi. Butun mamlakatni avtomobil yo‘llari va soatiga 250–300 km tezlik bilan yuradigan temiryo‘llar tarmog‘i qamrab oldi. XX asrning eng buyuk texnik yutuqlaridan biri — Angliya bilan hamkorlikda qurilgan La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan temiryo‘l tunneli (Yevrotunnel) 1994-yil mayda tantanali ravishda ochildi.
Bu qiziq!
Yevrotunnel qurish g‘oyasi 1802-yili taklif etilgan. Tunnel 1987–1994-yillarda qurildi. Uning qurilishida 13 ming ishchi va injener qatnashdi. Uzunligi — 50450 m. Endi Parijdan Londongacha 2 soat-u 15 daqiqada yetib borsa bo‘ladi.
Boshqa rivojlangan mamlakatlardagi singari Fransiyada ham elektronika, informatika va ular bilan bog‘liq sanoat sohalari jadal taraqqiy etdi. Industrial jamiyatning ramzi bo‘lgan sanoat sohalari — metallurgiya, ko‘mir qazib chiqarish kabilar asta-sekin inqirozga yuz tutdi.
Fransiya XXI asrda
XX–XXI asrlar chegarasida Fransiya barcha muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga kirdi. Ammo 2007–2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi Fransiya iqtisodiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 2007-yili Fransiya prezidenti etib saylangan Nikola Sarkozi o‘ng konservativ “Xalq harakati uchun ittifoq” partiyasining yetakchisi edi.
2012-yilgi saylovda Fransiya prezidenti lavozimiga saylangan FSP lideri Fransua Olland Fransiyaning YIdagi rolini yanada oshirish, Yevropa siyosatida yetakchi davlatlardan biri sifatidagi o‘rnini saqlab qolish uchun harakat qildi. Ammo shu davrda Suriya va boshqa urush harakatlari bo‘layotgan Sharq mamlakatlaridan kelayotgan migrantlar oqimi Fransiyadagi ijtimoiy holatni keskinlashtirdi. 2015-yil noyabrda Parijda sodir etilgan terroristik akt oqibatida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi, uch yuzdan ko‘p odam yaralandi. Hukumat tomonidan barcha ehtiyot choralari ko‘rilishiga qaramasdan, terroristik aktlar yana takrorlandi.
Fransiya XXI asrda
F. Olland Fransiya tarixidagi eng nufuzsiz prezident bo‘lib qoldi. U 2017-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘ymadi va bu saylovda “Olg‘a!” harakatining vakili Emmanuel Makron g‘alaba qozondi. Ayni paytda bu saylov Fransiyada ham Germaniyadagi singari multikulturalizm siyosatining barbod bo‘lganligini ko‘rsatdi. Migrantlar sonining ko‘payishi, terrorizm xavfining kuchayishi sharoitida o‘ng Milliy front partiyasining obro‘si ortib bordi. Milliy front vakili Marin Le Pen ilk bor prezidentlik saylovida ikkinchi turga chiqib, qariyb 34% ovoz oldi.
E. Makron Germaniya bilan hamkorlikda YIni mustahkamlash, ayniqsa, Buyuk Britaniya uni tark etgandan so‘ng tashkilotning obro‘sini saqlab qolish tarafdori. U Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish, Ukrainaga yordamni ko‘paytirish masalalarida Yevropada yetakchilik qilishga urinmoqda. Hozirgi kunga kelib, fransuz jamiyatining muammolaridan biri immigrantlar masalasi bo‘lib qolmoqda. Bugun immigrantlar va ularning avlodlari Fransiya aholisining 20,9% ga yaqinini tashkil
Bu qiziq!
Nyu Yorkdagi Ozodlik haykalini fransuz haykaltaroshi Ogyust Bartoldi Parijda 9 yil davomida yaratgan. 1886-yili Fransiyaning ushbu sovg‘asi AQSH prezidenti Grover Klivlend tomonidan rasman ochilgan.
qiladi, yaqin kelajakda bu ko‘rsatkich 25% dan ortishi kutilmoqda. Mamlakatda 2200 tadan ortiq masjid faoliyat yuritadi. Fransiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, migratsiya bu ishchi kuchi, kvota va qonunlar masalasigina emas, balki chuqur ijtimoiy muammodir. Bu muammoning yechimi yaxshi o‘ylangan migratsiya siyosati va immigrantlarni fransuz jamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalash bilan bog‘liq murakkab jarayondir.
Bu qiziq!
Mahalliy va immigrant aholi o‘rtasidagi etnik va sivilizatsiyaviy farq, multikulturalizm siyosatining amalda barbod bo‘lganligi bugungi fransuz jamiyatining eng dolzarb muammosi hisoblanadi. Ammo ushbu va mamlakatdagi boshqa ko‘plab muammolarga qaramasdan, Fransiya hozirgi kunda ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston — Fransiya munosabatlari har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiladi. 2025-yil martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Fransiyaga tashrif buyurdi. Parij shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.
Atamalar izohi
*Immigrant* — bir davlatdan boshqasiga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ko‘chuvchi shaxs.
*Multikulturalizm* — bu bitta mamlakatda va butun dunyoda madaniyatlar xilma-xilligini saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosat hamda bu siyosatni asoslovchi nazariya va mafkura.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Tahlil qiling
Ommaviy axborot vositalari va internet ma’lumotlaridan foydalangan holda Fransiyaning hozirgi holatini tasvirlab bering.
Muhim sanalar
- 1802-yili — Yevrotunnel qurish g‘oyasi 1802-yili taklif etilgan.
- 1886-yili — 1886-yili Fransiyaning ushbu sovg‘asi AQSH prezidenti Grover Klivlend tomonidan rasman ochilgan.
- 1987–1994-yillarda — Tunnel 1987–1994-yillarda qurildi.
- 1990-yillari — 1990-yillari Fransiyada postindustrial jamiyatning shakllanish jarayoni davom etdi.
- 1993-yili — 1993-yili ishlab chiqarish hajmi qisqardi.
- 1993-yili — 1993-yili Milliy majlisga bo‘lib o‘tgan saylovda o‘ng kuchlar parlamentda mutlaq ko‘p o‘ringa ega bo‘ldi.
- 1994-yil — XX asrning eng buyuk texnik yutuqlaridan biri — Angliya bilan hamkorlikda qurilgan La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan temiryo‘l tunneli (Yevrotunnel) 1994-yil mayda tantanali ravishda ochildi.
- 1995-yilgi — 1995-yilgi prezidentlik saylovida Jak Shirak g‘olib chiqdi va ishsizlikka qarshi kurashish, jamiyatning boylar va qashshoqlarga bo‘linishini bartaraf qilishni asosiy vazifa deb e’lon qildi.
- 1996-yilda — 1996-yildan YIMning o‘sish sur’ati, kapital kiritish va shaxsiy iste’mol hajmi oshdi.
- 2007–2009-yillarda — Ammo 2007–2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi Fransiya iqtisodiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bilimingizni sinang
Fransiya sotsialistik partiyasi (FSP) yetakchisi qaysi shaxs davrida mamlakatda iqtisodiy o‘sish sur’ati juda past bo‘ldi?
- Sharl de Goll
- Valeri Jiskar d’Esten
- Fransua Mitteran
- Jorj Pompidu
To‘g‘ri javob: Fransua Mitteran. Matnga asosan FSP yetakchisi Fransua Mitteran davrida Fransiyada iqtisodiy o‘sish sur’ati juda past bo‘lgan.
Fransiyada Mitteran davrida ishlab chiqarish hajmi qaysi yili qisqardi?
- 1989-yili
- 1991-yili
- 1993-yili
- 1995-yili
To‘g‘ri javob: 1993-yili. 1993-yili Fransiyada ishlab chiqarish hajmi qisqargan, ishsizlik esa mislsiz darajaga yetgan.
Fransiyada o‘ng kuchlar Milliy majlisda mutlaq ko‘p o‘ringa ega bo‘lgan saylov qaysi yili o‘tkazilgan?
- 1993-yili
- 1997-yili
- 1988-yili
- 1995-yili
To‘g‘ri javob: 1993-yili. O‘ng kuchlar Milliy majlisga 1993-yilgi saylovda parlamentda mutlaq ko‘p o‘ringa ega bo‘lgan.
Jak Shirak Fransiyada g‘olib chiqqan prezidentlik saylovi qaysi yilda o‘tkazilgan?
- 1998-yilgi
- 1997-yilgi
- 1993-yilgi
- 1995-yilgi
To‘g‘ri javob: 1995-yilgi. Jak Shirak 1995-yilgi prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan.
Fransiyada 1995-yilgi prezidentlik saylovida g‘olib chiqib, ishsizlikka qarshi kurashishni asosiy vazifa deb e’lon qilgan shaxs kim?
- Emmanuel Makron
- Jak Shirak
- Nikola Sarkozi
- Fransua Mitteran
To‘g‘ri javob: Jak Shirak. 1995-yilgi saylovda Jak Shirak g‘olib chiqib, ishsizlikka qarshi kurashni asosiy vazifa deb e’lon qilgan.
Shirakning tashqi siyosatdagi faoliyati Fransiyaga Yevropa Ittifoqining yetakchisi va butun dunyo uchun qanday rolni qaytarishga qaratilgan edi?
- erk mayog‘i
- tinchlik posboni
- madaniyat markazi
- taraqqiyot beshigi
To‘g‘ri javob: erk mayog‘i. Tashqi siyosatda Fransiyaga YIning yetakchisi va butun dunyo uchun erk mayog‘i rolini qaytarish maqsad qilingan.
Fransiyada YIMning o‘sish sur’ati, kapital kiritish va shaxsiy iste’mol hajmi qaysi yildan oshdi?
- 1996-yildan
- 1995-yildan
- 1998-yildan
- 1994-yildan
To‘g‘ri javob: 1996-yildan. Yangi hukumat rejalari natijasida 1996-yildan YIMning o‘sish sur’ati, kapital kiritish va shaxsiy iste’mol oshgan.
Fransua Mitteran rahbarligidagi sotsialistlar davrida Fransiya iqtisodiyotida nima kuzatildi?
- Ishsizlikning keskin kamayishi
- Ishlab chiqarish hajmining ikki baravar oshishi
- Iqtisodiy o‘sish sur’atining juda pastligi
- Davlat byudjetining katta profitsiti
To‘g‘ri javob: Iqtisodiy o‘sish sur’atining juda pastligi. Mitteran davrida iqtisodiy o‘sish sur’ati juda past bo‘ldi, ishsizlik mislsiz darajaga yetdi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash