Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
Ruandadagi genotsid
1994-YILDA RUANDADAGI ETNIK GENOTSID NATIJASIDA 500 MINGDAN ORTIQ TUTSI XALQI VAKILLARI VAFOT ETDI.
Modernizatsiyaning murakkab yo‘li
2025-yil iyun oyiga kelib, Yer yuzi aholisi soni 8,2 milliard kishidan ortib ketdi. Bu aholining 75% i Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yashaydi. Ammo xarid qilish qobiliyati pariteti bo‘yicha jahon YIMning taxminan 40% i ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatlar aholisining 3/4 qismini kambag‘allar, mehnatga layoqatli aholining 1/3 qismini esa ishsizlar tashkil qiladi. Hatto barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish qilayotgan Xitoy, Hindiston, Misr, Jazoir, Filippin kabi mamlakatlarda ham daromadning aholi jon boshiga miqdori rivojlangan mamlakatlardan ancha ortda qolmoqda. Hamma mamlakatlar ham YIMning aholi jon boshiga o‘sishini ta’minlay olmadi. XX asr oxirida aholi jon boshiga daromadning o‘sishi Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan 43 ta Afrika mamlakatining faqat 8 tasida, 16 ta arab mamlakatining faqat 2 tasida kuzatilgan, xolos.
Eslab ko‘ring!
Shuningdek, XX asr oxiriga kelib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida modernizatsiya muammolari chuqurlashib bordi. Bunda “sovuq urush”ning yakunlanganligi ham ma’lum rol o‘ynadi. SSSRdan yordam olib turgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mamlakatlar u tarqalib ketgandan so‘ng og‘ir sharoitga tushib qoldi. Biroq ittifoq tarkibidagi turkiy tilli respublikalar mustaqillikka erishdi. Til, madaniyat va tarixiy rishtalarga ega bo‘lgan davlatlar endi xalqaro munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida harakat qila boshladi.
Yodda tuting!
(rasm)
Turkiy Davlatlar Tashkilotining asosiy maqsadi — qardosh davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, energetika, turizm, transport, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishdan iborat.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Turgut O‘zal tashabbusi bilan Anqara shahrida Turkiy tilli davlatlarning birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi, unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston davlatlari ishtirok etdi. Sammitda ishtirokchilar siyosiy va iqtisodiy birlik o‘rnatilishini e’lon qilishdi.
Yodda tuting!
2018-yil sentyabrda Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan sammitda davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning faxriy mehmon sifatidagi ishtiroki bu borada tarixiy qadam bo‘ldi. 2019-yilda O‘zbekiston Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilib, o‘sha yili oktyabrda tuzilmaga rasmiy qo‘shildi.
Bu qiziq!
Bugungi kunda Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar muhim inson kapitaliga ega. Ushbu davlatlar aholisi taxminan 150 millionni tashkil qiladi. Shu bilan birga, Turkiy Davlatlar Tashkiloti iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlar yillik o‘sish sur’ati o‘rtacha 6–9% ni tashkil etmoqda va Osiyo yalpi ichki mahsulotining 5,5% iga teng.
Mulohaza yuriting
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ushbu va boshqa muammolarning sabablari turlicha bo‘lib, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ko‘pchilik, ayniqsa, Afrika mamlakatlari mustaqillikka erishgan davrda rivojlanish darajasining pastligi;
- aksariyat hollarda harbiy mojarolarga olib kelgan geosiyosiy omillar;
- mustaqillikka erishilgandan so‘ng tanlangan taraqqiyot modeli;
- siyosiy tizimning barqaror emasligi (masalan, 1990-yildan beri Afrika mamlakatlarida 27 ta davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 17 tasi 2020-yildan so‘ng yuz berdi);
- rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining jahon bozoridagi konyunkturaga bog‘liqligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qoloqligining ko‘plab boshqa sabablari qatorida birinchi o‘rinda Osiyo va Afrika mamlakatlarida XX asr oxirida kuzatilgan “demografik portlash”ni aytish mumkin. Tibbiyotning yutuqlari o‘rtacha umr ko‘rishning ikki barobarga o‘sishini, bolalar o‘limining pasayishini, ilgari yuz minglab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘plab yuqumli kasalliklarning bartaraf etilishini ta’minladi. Resurslar cheklangan holda aholining shiddat bilan o‘sishi bu mamlakatlardagi ko‘plab yechilmayotgan muammolarning manbayiga aylandi. Masalan, so‘nggi yetmish yilda Afrika aholisi olti barobardan ko‘proqqa o‘sdi. Ya’ni Afrika aholisi 1955-yili 252 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib, 1,54 milliard kishini tashkil qildi. Bunday holatda mamlakat YIMining hozirgi o‘sish darajasi uning aholi jon boshiga o‘sishini ham ta’minlamaydi. Ko‘plab Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish ortidan aholi yashash darajasining ham keskin yuksalishi yuz bermadi. YIMning o‘sishi ushbu mamlakatlardagi modernizatsiya jarayonlariga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
XX asr oxiri – XXI asr boshlariga kelib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga nisbatan past rivoj-
langan mamlakatlar: Tropik Afrika, Kambodja, Laos, Myanma, Nepal, Bangladesh, Afg‘oniston; Lotin Amerikasida — Gaiti, Gonduras, Nikaragua va Boliviya kiradi. Ular uchun juda past o‘sish sur’ati va hatto salbiy natijalar xarakterli jihat bo‘lib, iqtisodiyot strukturasida agrar sohaning ustuvorligi, YIMning 2/3 qismini shu soha tashkil qilishi, uning samaradorlik darajasi pastligi bilan ajralib turadi. Bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari aksariyat hollarda o‘z aholisi ehtiyojlarini ta’minlashga ham yetmaydi. Sanoat va transport sohalari yaxshi rivojlanmagan. Ularda yashash darajasi, ayniqsa, jahon bozorida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxiga o‘ta bog‘liq. Keskin demografik holat ishsizlik darajasining yuqoriligiga olib keladi. 60% dan 90% gacha aholini yersiz, ya’ni yashash vositalaridan mutlaqo mahrum bo‘lgan kambag‘allar tashkil qiladi. Ularning ko‘pchiligi rivojlangan mamlakatlarda mehnat qilishga intiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
Ikkinchi guruhga iqtisodiy o‘sish darajasi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlar: Misr, Jazoir, Tunis, Filippin, Kolumbiya, Peru va boshqalar kiradi. Ular nisbatan barqaror iqtisodiy tizimni shakllantirgan, ularda qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda, sanoat, ichki va tashqi savdo ham yaxshi rivojlangan. Milliy burjuaziya mustahkam pozitsiyani egallagan. Bu mamlakatlarning iqtisodiyotida, ayniqsa, moliya sohasida davlat muhim rol o‘ynaydi. Ammo ularning iqtisodiyoti texnologik jihatdan rivojlangan mamlakatlardan sezilarli darajada ortda qolmoqda.
Bu guruh davlatlari orasida Janubi-g‘arbiy Osiyoning neft qazib chiqaruvchi mamlakatlari: Kuvayt, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqalar ajralib turadi. Dastlab ularning ham ijtimoiy va iqtisodiy tizimi ancha qoloq edi. Ammo yirik neft va gaz zaxiralari topilgandan so‘ng, 1980-yillarga kelib, ular iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga erishdi. Ular aholi daromadining darajasi bo‘yicha dunyoda eng ilg‘or mamlakatlar qatoriga kiradi. To‘g‘ri, agar XXI asr boshlariga kelib ham bu mamlakatlar iqtisodiyoti, asosan, xomashyo (neft va gaz)ga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, endi Arabiston yarimoroli mamlakatlarida bu muammo ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga yengib o‘tilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
Uchinchi guruhni yangi industrial mamlakatlar deb ataluvchi: Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan, Gonkong, Malayziya, Tailand, Indoneziya, Filippin tashkil qiladi. Ular avvalboshdan kapitalistik rivojlanish yo‘lini tanladi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyotga xususiy, jumladan, chet el kapitalini jalb qilish, davlat va jamoat sektorini qisqartirish, iqtisodiyot va mehnat bozorini liberallashtirish sari yo‘l tutildi. Ularda industrlashtirish qishloq xo‘jaligi hisobiga amalga oshirildi. Bu mamlakatlarning iqtisodiy yutuqlariga qishloq xo‘jaligidagi fermerlik tizimi ham katta hissa qo‘shdi. Sanoat va ilmtalab ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi ularga jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash, transmilliy korporatsiyalarni o‘z bozoriga jalb qilish imkonini berdi. Mehnatsevarlik, barkamollikka intilish va qat’iy tartib kabi xitoy-konfutsiy sivilizatsiyasi an’analari bu mamlakatlarda jadal iqtisodiy o‘sishning asosini tashkil qildi. Kapitalistik rivojlanish yo‘li bu mamlakatlarda jamiyat ijtimoiy qatlamlashuvining o‘sishiga olib kelgan bo‘lsa-da, aholi yashash darajasi va daromadi, shuningdek, savodxonlik va ma’lumot darajasining sezilarli darajada o‘sishi bu jarayonning ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini pasaytirdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
Bu guruh mamlakatlari qatoriga Lotin Amerikasidagi Chili, Argentina, Urugvayni ham kiritish mumkin. Ular mavjud qiyinchiliklarni modernizatsiya orqali yengib o‘tib, jadal o‘sish sur’atlarini namoyish qilmoqda.
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining rivojlanish istiqbollari murakkab va xilma-xil, ijobiy va salbiy tendensiyalar uyg‘unlashib ketgan. Bu mintaqalardagi ko‘plab mamlakatlar so‘nggi o‘n yilda sezilarli iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga erishdi. Ammo barqaror rivojlanish yo‘liga tushib olish uchun ular kambag‘allik va qashshoqlik, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik, iqlim o‘zgarishi, siyosiy beqarorlik va korrupsiya kabi qator muammolarni yengib o‘tishlari lozim bo‘ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
Lotin Amerikasida bunday jiddiy ijtimoiy muammolarning mavjudligi (boylar va kambag‘allar tabaqalashuviga, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va h.k.), siyosiy beqarorlik, rivojlangan mamlakatlardan ortda qolish bu mamlakatlar oldida ulkan vazifalar turganligidan dalolat beradi. Ayrim davlatlar (masalan, Gaiti) hamon xalqaro yordamga muhtojligicha qolmoqda. Ayni paytda mintaqa davlatlari orasida Braziliya, Meksika, Argentina, Chili yirik iqtisodiyotga ega bo‘lib, ular global miqyosda muhim istiqbollarga ega. Ularni adolatli ravishda yangi industrial mamlakatlar qatoriga qo‘shishmoqda.
Tropik Afrika mamlakatlarida modernizatsiya uchun sharoit o‘ta noqulay edi. Mintaqaning tabiiy resurslari juda cheklangan. Deyarli barcha yirik konlar (oltin, olmos, platina va h.k.) Janubiy Afrika Respublikasi hududida joylashgan. Modernizatsiya arafasida ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar mustamlakachilik munosabatlari darajasida, jamiyat strukturasida urug‘-jamoachilik munosabatlari saqlanib qolgan. Mehnat resursi ancha ko‘p, ammo juda yosh va ko‘pchiligi eng oddiy kvalifikatsiyaga ham ega emas. Ichki siyosiy jarayonlar ham beqaror, etnik va diniy mojarolar va hatto fuqarolar urushlari ham doimiy hol bo‘lib qolgan.
Atamalar izohi
*Modernizatsiya* (frans. moderne — eng yangi, zamonaviy) — jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy, axloqiy va boshqa asoslarini eng zamonaviy talablarga javob beradigan yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash, takomillashtirish orqali uzluksiz yangilash jarayonidir.
*Paritet* (lot. paritas — tenglik) — xarid qilish qobiliyati pariteti — bu turli mamlakatlar valyutalarining o‘zaro nisbati bo‘lib, ularning ma’lum tovar yoki xizmatga nisbatan sotib olish qobiliyatini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, bu turli mamlakatlarda bir xil sonli valyutaga bir turdagi tovar va xizmatlarni sotib olish demakdir.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Ijodiy ish topshirig‘i
Konseptual jadval asosida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari o‘ziga xosliklarini tahlil eting.
Muhim sanalar
- 1955-yili — Ya’ni Afrika aholisi 1955-yili 252 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib, 1,54 milliard kishini tashkil qildi.
- 1980-yillarga — Ammo yirik neft va gaz zaxiralari topilgandan so‘ng, 1980-yillarga kelib, ular iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga erishdi.
- 1990-yilda — siyosiy tizimning barqaror emasligi (masalan, 1990-yildan beri Afrika mamlakatlarida 27 ta davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 17 tasi 2020-yildan so‘ng yuz berdi);
- 2018-yil — 2018-yil sentyabrda Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan sammitda davlatimiz rahbari Sh.
- 2019-yilda — 2019-yilda O‘zbekiston Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilib, o‘sha yili oktyabrda tuzilmaga rasmiy qo‘shildi.
- 2020-yilda — siyosiy tizimning barqaror emasligi (masalan, 1990-yildan beri Afrika mamlakatlarida 27 ta davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan 17 tasi 2020-yildan so‘ng yuz berdi);
- 2025-yil — 2025-yil iyun oyiga kelib, Yer yuzi aholisi soni 8,2 milliard kishidan ortib ketdi.
- 2025-yilga — Ya’ni Afrika aholisi 1955-yili 252 million kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib, 1,54 milliard kishini tashkil qildi.
- XX asr — XX asr oxirida aholi jon boshiga daromadning o‘sishi Sahroyi Kabirdan janubda joylashgan 43 ta Afrika mamlakatining faqat 8 tasida, 16 ta arab mamlakatining faqat 2 tasida kuzatilgan, xolos.
- XX asr — Shuningdek, XX asr oxiriga kelib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida modernizatsiya muammolari chuqurlashib bordi.
Bilimingizni sinang
1994-yilda Ruandadagi etnik genotsid natijasida tutsi xalqi vakillaridan necha kishi vafot etgan?
- 120 mingdan ortiq
- 50 mingdan ortiq
- 500 mingdan ortiq
- 250 mingdan ortiq
To‘g‘ri javob: 500 mingdan ortiq. 1994-yilda Ruandadagi etnik genotsid natijasida 500 mingdan ortiq tutsi vafot etgan.
1994-yilda Ruandadagi etnik genotsid natijasida qaysi xalq vakillaridan 500 mingdan ortig‘i vafot etdi?
- tutsi
- xutu
- zulu
- yoruba
To‘g‘ri javob: tutsi. Ruandadagi etnik genotsidda 500 mingdan ortiq tutsi xalqi vakillari halok bo‘lgan.
Yer yuzi aholisi soni 8,2 milliard kishidan ortib ketgani qaysi yilning iyun oyiga to‘g‘ri keladi?
- 2025-yil
- 2021-yil
- 2022-yil
- 2023-yil
To‘g‘ri javob: 2025-yil. 2025-yil iyun oyiga kelib Yer yuzi aholisi 8,2 milliard kishidan ortib ketdi.
2025-yil iyun oyiga kelib Yer yuzi aholisi soni qancha kishidan ortib ketdi?
- 6,9 milliard
- 8,2 milliard
- 7,4 milliard
- 9,1 milliard
To‘g‘ri javob: 8,2 milliard. 2025-yil iyun oyiga kelib Yer yuzi aholisi 8,2 milliard kishidan ortib ketdi.
Yer yuzi aholisining necha foizi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yashaydi?
- 75%
- 65%
- 90%
- 55%
To‘g‘ri javob: 75%. Aholining 75% i Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yashaydi.
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari aholisining qanday qismini kambag‘allar tashkil qiladi?
- 1/4 qismini
- 3/4 qismini
- 1/2 qismini
- 2/5 qismini
To‘g‘ri javob: 3/4 qismini. Bu mamlakatlar aholisining 3/4 qismini kambag‘allar tashkil qiladi.
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida mehnatga layoqatli aholining qanday qismini ishsizlar tashkil qiladi?
- 3/4 qismini
- 1/3 qismini
- 1/5 qismini
- 1/2 qismini
To‘g‘ri javob: 1/3 qismini. Mehnatga layoqatli aholining 1/3 qismini ishsizlar tashkil qiladi.
Sahroyi Kabirdan janubdagi 43 ta Afrika mamlakatining faqat 8 tasida aholi jon boshiga daromad o‘sishi qaysi davr oxirida kuzatilgan?
- XX asr
- XXI asr boshida
- XX asrning o‘rtalarida
- XIX asr
To‘g‘ri javob: XX asr. Aholi jon boshiga daromad o‘sishi XX asr oxirida 43 ta Afrika mamlakatining faqat 8 tasida kuzatilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash