XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · Jahon tarixi · 15-mavzu

Xitoy Xalq Respublikasi

XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari

Xitoy xalq Respublikasining siyosiy rivojlanishi

Jahon sotsialistik tizimi va SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) eng yirik sotsialistik davlat sifatida saqlanib qoldi. Bu yerda “Xitoyga xos” sotsializm qurish davom ettirildi. Hokimiyatni yagona Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) egallab turibdi.

Eslab ko‘ring!

Savollar: Xitoyda “Buyuk milliy inqilob” qanday natijalar bilan yakunlandi?

XX asrning 80-yillarida islohotlar boshlanishiga qaramasdan, siyosiy sohada XKP sotsializm yo‘lini qat’iy davom ettirdi. Ziyolilar, talabalar, ishchilar demokratik o‘zgarishlarni, ko‘ppartiyaviylikni talab qilib chiqa boshladi. 1989-yil Pekinning markaziy Tyananmen maydonidagi talabalar namoyishi g‘ayriinqilobiy isyon deb baholandi va namoyishchilarga qarshi armiya qo‘llanilib, 5 mingga yaqin odam halok bo‘ldi. Minglab kishilar qamoqqa olinib, faollar otishga hukm qilindi.

1992-yili XKPning XIV syezdida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsadi bozor iqtisodiyotiga asoslangan sotsializm qurish sifatida belgilandi. 1997-yili Xitoy islohotlarining “otasi” Den Syaopin vafot etdi. Uning o‘limi islohotlar kursida o‘zgarishlarga olib kelmadi. XKPning yangi yetakchisi Szyan Szemin Xitoy jamiyatining barcha qatlamlariga qaratilgan kelishuvchanlik siyosatini olib bordi.

Eslab ko‘ring!

2003-yili XKPni Xu Szintao boshqardi. Uning davrida mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish kursi qonunlashtirildi. Ijtimoiy ta’minot rejimini tashkil qilish, shaxsiy mulkni himoya qilish, inson huquqlarini kafolatlash va hurmat qilish to‘g‘risida o‘zgartirishlar qabul qilindi, ayni paytda sotsializm g‘oyasi asosiy qadriyat bo‘lib qolaverdi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Nima uchun Xitoyda 2016-yilgacha “bitta oila — bitta farzand” qoidasi amal qilgan? Javobingizni asoslang.

2012-yili XKP bosh kotibi etib saylangan Si Szinpin 2013-yili Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Raisi lavozimini ham egalladi. U sotsializm g‘oyalariga sodiqlik va Xitoy hayotida Kommunistik partiyaning yetakchilik rolini ta’kidladi. Si Szinpin partiya va davlat hayotida o‘z mavqeyini mustahkamlashga katta e’tibor qaratdi. 2018-yili asosiy qonunga Si Szinpin g‘oyalari kiritildi, ungacha konstitutsiyada faqat Mao Sze-

Bu qiziq!

Xitoyda 60 yoshdan oshgan qarindoshlardan xabar olish majburiyligi qonun bilan belgilangan.

AQSHda butun XX asr davomida ishlatilgan sementga qaraganda Xitoydagi qurilishlarda atigi 3 yil ichida (2011-yildan 2013-yilgacha) ko‘proq sement ishlatildi.

Xitoy internetga qaramlikni kasallik sifatida rasman tan olgan dunyodagi birinchi davlat hisoblanadi.

dun va Den Syaopin nomlari bor edi. Shuningdek, XXR Raisi lavozimini egallashga qo‘yilgan 5 yildan ikki muddatlik cheklov olib tashlandi.

Si Szinpin boshchiligidagi XKP va XXR rahbarlarini “Xitoy orzusi”ni amalga oshirish g‘oyasi birlashtirib turibdi. “Xitoy orzusi” deganda eng umumiy ma’noda “xitoy millatini tiklash” yo‘lida ikki qadam — XKPning yuz yilligi (2021-yil)da “o‘rtacha farovonlik” darajasiga erishish, XXRning yuz yilligi (2049-yil)da esa jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olish tushuniladi.

Iqtisodiy islohotlar

1989-yili Tyananmen maydonidagi talabalar namoyishi shafqatsizlarcha bostirilgandan so‘ng Xitoyga qarshi ma’lum sanksiyalar e’lon qilinishiga qaramasdan, mamlakatda islohotlar davom ettirildi. Ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Mao Szedun davridagi bir qator tadbirlardan voz kechishga to‘g‘ri keldi. Avvalo, jamoa xo‘jaliklari tugatildi. Dehqonlar hosilning bir qismini erkin bozorda sotish imkoniyatiga ega bo‘ldi, shaharlar va qishloqlarda kichik mahalliy korxonalarni tuzish rag‘batlantirildi. “Boy bo‘lish — bu juda yaxshi”, – deya ta’kidladi Den Syaopin. U tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida Xitoyning qirg‘oq bo‘yidagi to‘rtta viloyatini maxsus iqtisodiy zona deb e’lon qildi. Bu iqtisodiy zonalarda chet el investorlari uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Iqtisodiy islohotlar

Islohotlar tezda o‘zining natijasini berdi. Iqtisodiy o‘sish sur’ati yiliga 19–20% ni tashkil qildi. Ammo bunday jadal o‘sish bir qator muammolarni ham keltirib chiqardi, inflyatsiya kuchaydi. 80-yillar oxiriga kelib, o‘sish sur’ati 9–10% ga tushdi va hukumat tomonidan bu optimal sur’at sifatida qabul qilindi.

1997-yili XKP “Davlat sektorini modernizatsiya qilish dasturi”ni qabul qildi. Zarar keltirib ishlaydigan davlat banklari va korxonalaridan voz kechishga qaror qilindi. Islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida XX asrning oxirgi yigirma yilida XXRning YIMi olti barobardan ko‘proqqa o‘sdi. XXR rahbariyati XXI asrning dastlabki yigirma yilidan ham o‘ta samarali foydalandi. Bu davr iqtisodiy, harbiy, tashqi siyosiy qudratni oshirish va jahonda sifat jihatidan yangi o‘rinni egallash uchun “strategik imkoniyatlar bosqichi” sifatida qaraldi.

Iqtisodiy islohotlar

2008-yilgi jahon moliyaviy inqirozi davrida ham Xitoy iqtisodining o‘sish sur’ati yuqoriligicha qoldi. 2010-yili YIM hajmi bo‘yicha Yaponiyani quvib o‘tib, jahonda yetakchi o‘rinlarga ko‘tarildi. Shu o‘rinni Xitoy 2025-yilda ham saqlab qolmoqda. Ammo YIMning aholi jon boshiga taqsimoti bo‘yicha Xitoy rivojlangan mamlakatlardan hali ancha ortda qolmoqda.

Ijodiy ish topshirig‘i

Savollar: Xitoyda o‘tkazilgan bozor islohotlarining asosiy yo‘nalishlari va mazmuni haqida gapirib bering. Xitoyda bozor islohotlari muvaffaqiyatli amalga oshishining sababi nimada?

Ijtimoiy muammolar

Iqtisodiy o‘sishning muntazam yuqoriligiga qaramasdan, XXI asr boshlariga kelib, Xitoy bir qator jiddiy iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolarga duch keldi: boylar bilan kambag‘allar daromadi o‘rtasidagi farq keskin oshdi. Xitoyning eng dolzarb muammolari qatoriga aholining tez keksayib borishi va ishlab chiqarishning ekologiyaga yetkazayotgan zararini kiritish mumkin. Xitoyda uzoq yillar olib borilgan “bitta oila — bitta farzand” siyosati natijasida mamlakatda yoshlar soni keksa avlod soniga nisbatan kamayib ketdi. XXI asr boshlarida sanoatlashtirish, urbanizatsiya va xalqaro savdo ta’siri ostida energiya sarfi yuqori bo‘lgan og‘ir sanoat keng miqyosda jadal rivojlandi. Oqibatda zaharli gazlar Xitoy shaharlarida juda og‘ir ekologik sharoitni vujudga keltirdi. Qishloqlarda esa suvning ifloslanishi asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bu aholi sog‘lig‘idan tashqari milliy iqtisodiyotga ham katta zarar yetkazmoqda. Xitoy hukumati yaqin kelajakda ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqqan. Ularda ekologik sof muhitni yaratish XXI asrning asosiy vazifasi sifatida qaraladi.

Ijtimoiy muammolar

Xitoy Xalq Respublikasi

XXI asrda Xitoy duch kelgan muammolardan biri Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) bilan bog‘liq. Shinjon — bu Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan, dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan juda ulkan hudud. Iqlimi, geografik o‘ziga xosligi, Xitoyning boshqa hududlariga qaraganda iqtisodiy qoloqligi, shuningdek, infratuzilmaning rivojlanmaganligi sababli Shinjon yashash uchun qulay hudud hisoblanmaydi. Aholi, asosan, uyg‘urlardan iborat bo‘lib, ular soni barqaror o‘sib bormoqda.

Ammo SHUARda yashovchi etnik guruhlar o‘rtasidagi muvozanat davlatning titul millati — xanlar foydasiga ortib bormoqda. Ularning salmog‘i 2020-yili 40% ga yaqinni tashkil qilgan. Mintaqaga xan aholisini jalb qilish orqali Xitoy hukumati ish o‘rni yaratishdan tortib, rayon umumiy aholisining hukumatga moyilligini kuchaytirishgacha bo‘lgan ko‘plab muammolarni hal etishni rejalashtirgan.

Ijtimoiy muammolar

Xitoy hukumati buning sababini kambag‘allik bilan bog‘liq deb hisoblaydi. “Islohotlar va ochiqlik” siyosati boshlanishi bilan Xitoy kambag‘allikka qarshi samarali kurash olib bormoqda. Ammo SHUARda inson huquqlarining buzilishi hollari, jumladan, uyg‘urlarning lagerlarda majburiy mehnatga jalb qilinishi xalqaro jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Xitoy hukumati 2018-yili shunday “majburiy” lagerlar mavjudligini tan oldi va ularni “kasbga o‘rgatish va ishga joylashtirish markazlari” deb atab, mintaqada ekstremizmga qarshi kurash uchun zaruriy choralar sifatida qarashini bildirdi.

Bu qiziq!

Xitoyda oliy o‘quv yurtiga imtihon topshirish jarayonida yoki o‘qish vaqtida firibgarlik uchun 7 yilgacha qamoq jazosi beriladi.

Xitoyda korxona rahbarlari va boshqa mas’ul shaxslar firibgarlik uchun o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Yodda tuting!

Gonkong (xit. Syangan) 1997-yilgacha Britaniya hududi bo‘lgan. Makao (Aomen) 1999-yilgacha Portugaliya hududi edi. Hozir Gonkong va Makao Xitoyning “bir mamlakat, ikki tizim” tamoyili amal qiluvchi maxsus ma’muriy hududlari hisoblanadi. Tayvan masalasi bahsli bo‘lib, oxirigacha yechimini topgani yo‘q.

Xalqaro munosabatlardagi so‘nggi o‘n yildan ortiq davrni Xitoy tashqi siyosatidagi yangicha talqin va ochiqlik sifatida qarash mumkin. 2013-yili XXR Raisi Si Szinpin ikkita tashabbus bilan chiqdi: Ipak yo‘li va Dengiz Ipak yo‘li XXI asr iqtisodiy kamarini yaratish. Dastlab xalqlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va ular o‘rtasida aloqalarni kengaytirishga yo‘naltirilgan bu megaloyihalar muvaffaqiyatli boshlanib, borgan sari dunyoning ko‘plab mamlakatlarini jalb qildi. Xitoy bugun o‘zining xalqaro munosabatlardagi iqtisodiy va siyosiy rolini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Yodda tuting!

2023-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Si Szinpin Xitoy tashqi siyosati asosiga qo‘shish lozim bo‘lgan o‘nta fundamental yo‘nalishni belgilab berdi. Ularda global dunyo tartibida Xitoyning rolini oshirish, davlatlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini rivojlantirish, shuningdek, xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikdagi siyosatni ishlab chiqish zarurligi haqida aytildi.

2024-yil oktyabrda XXRning 75 yilligi nishonlandi. Unda ichki va tashqi siyosatning yangi marralari belgilab olindi. Ularni amalga oshirish uchun XXI asrda Xitoy yetarli imkoniyatlarga ega.

2025-yili Xitoy sanoatida sifat o‘zgarishlari ro‘y berishi davom etdi, u dunyoda texnologik rivojlangan davlat maqomini egallashga dadillik bilan intilmoqda. Ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar Xitoyning jahon bozoridagi mavqeyini mustahkamlamoqda va butun dunyoda biznes yuritish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Xitoy yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishda peshqadam mamlakatga aylanib, texnologik yutuqlari bilan dunyoni hayratda qoldirishda davom etmoqda. 2025-yilda XXR innovatsiyalarni rivojlantirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishib, nafaqat “jahon fabrikasi”, balki ilg‘or texnologiyalar markaziga aylanmoqda. Bunday transformatsiyaga sanoatni modernizatsiya qilish va eng yangi texnologiyalarni integratsiyalashga qaratilgan “Made in China – 2025” (“Xitoyda ishlab chiqarilgan – 2025”) davlat strategiyasi asos bo‘ldi. Xitoydagi innovatsiyalarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 1) ishlab chiqarishga sun’iy intellekt (AI — artificial intellegence) va avtomatlashtirishni faol joriy qilish, bu esa samaradorlikni oshiradi

Yodda tuting!

va xarajatlarni kamaytiradi; 2) narsalarning industrial interneti (IIoT — Industrial Internet of Things)ni rivojlantirish. Bunday texnologiyalar allaqachon Xitoyning inson aralashuvisiz boshqarilayotgan “aqlli fabrikalari”da qo‘llaniladi; 3) xorijdan yarimo‘tkazgichlarni yetkazib berish bo‘yicha sanksiyalar va cheklovlarga qaramay, Xitoy o‘zining yarimo‘tkazgichlarini yaratishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda, 2025-yildan esa jahon elektronika bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlay boshladi; 4) yangi infratuzilmani yaratish: “aqlli shaharlar”, avtonom transport va boshqalarni rivojlantirish uchun asos bo‘lgan 5G va bulutli texnologiyalarni qo‘llash.

Yodda tuting!

2025-yilda AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi avj oldi. XXRdan kelayotgan barcha tovarlarga boj to‘lovlari joriy etildi. Bunga javoban, Xitoy AQSHdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga boj joriy qildi. 10-apreldan boshlab Xitoy tovarlarini AQSHga olib kirish uchun boj to‘lovlari oshirildi. Xitoy hukumati esa AQSHdan import qilinadigan mahsulotlarga boj joriy qildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 320 million AQSH dollariga yetdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda xitoy kapitali ishtirokida 84 ta korxona faoliyat yuritmoqda, 4 milliard dollardan ortiq qiymatdagi 22 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. 2024-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifi davomida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazib, imzolagan hujjatlar ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Atamalar izohi

Urbanizatsiya — shaharlar soni ko‘payib, ularda davlatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti jamlanishi bilan bog‘liq tarixiy jarayon.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

Savollar: 1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida XXRda amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlardan qanday maqsadlar ko‘zlangan edi? 2. Xitoyda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar qanday natijalarga olib keldi? 3. XXI asrda Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan bog‘liq qanday muammolar vujudga keldi? 4. XXI asrda Xitoy tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

Ijodiy ish topshirig‘i

Savollar: Xitoyning XX asr oxiri — XXI asrning birinchi choragidagi tashqi siyosati haqida ma’ruza tayyorlang. Bu davlatning xalqaro munosabatlardagi o‘rni nima bilan belgilanadi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Xitoy Xalq Respublikasida hokimiyatni qaysi partiya yagona bo‘lib egallab turibdi?
  1. Xitoy kommunistik partiyasi (XKP)
  2. Gomindan (Milliy partiya) partiyasi
  3. Xitoy demokratik ligasi partiyasi
  4. Milliy xalq-demokratik partiyasi

To‘g‘ri javob: Xitoy kommunistik partiyasi (XKP). Hokimiyatni yagona Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) egallab turibdi.

Xitoyda qaysi o‘n yillikda islohotlar boshlangan bo‘lsa-da, XKP siyosiy sohada sotsializm yo‘lini qat’iy davom ettirgan?
  1. 70-yillarida
  2. 80-yillarida
  3. 60-yillarida
  4. 90-yillarida

To‘g‘ri javob: 80-yillarida. XX asrning 80-yillarida islohotlar boshlanishiga qaramay, XKP siyosiy sohada sotsializm yo‘lini qat’iy davom ettirdi.

Pekinning Tyananmen maydonidagi talabalar namoyishi g‘ayriinqilobiy isyon deb baholanib, armiya qo‘llanilgan yil qaysi?
  1. 1989-yil
  2. 1986-yil
  3. 1979-yil
  4. 1992-yil

To‘g‘ri javob: 1989-yil. 1989-yil Tyananmen maydonidagi talabalar namoyishi isyon deb baholanib, armiya qo‘llanilishi natijasida 5 mingga yaqin odam halok bo‘ldi.

1989-yil Pekinning markaziy Tyananmen maydonida g‘ayriinqilobiy isyon deb baholangan va armiya bilan bostirilgan voqea nima edi?
  1. Dehqonlar qo‘zg‘oloni
  2. Harbiy to‘ntarish
  3. Ishchilar ish tashlashi
  4. Talabalar namoyishi

To‘g‘ri javob: Talabalar namoyishi. Tyananmen maydonidagi talabalar namoyishi g‘ayriinqilobiy isyon deb baholanib, namoyishchilarga qarshi armiya qo‘llanildi.

XKPning XIV syezdida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar maqsadi bozor iqtisodiyotiga asoslangan sotsializm qurish deb belgilangan yil qaysi?
  1. 1997-yil
  2. 1988-yil
  3. 1995-yil
  4. 1992-yil

To‘g‘ri javob: 1992-yil. XKPning XIV syezdi 1992-yili islohotlar maqsadini bozor iqtisodiyotiga asoslangan sotsializm qurish deb belgiladi.

Xitoy islohotlarining “otasi” Den Syaopin qaysi yilda vafot etgan?
  1. 1997-yilda
  2. 1989-yilda
  3. 1992-yilda
  4. 1999-yilda

To‘g‘ri javob: 1997-yilda. Den Syaopin 1997-yili vafot etdi, uning o‘limi islohotlar kursida o‘zgarishlarga olib kelmadi.

Xitoyda 1997-yili vafot etgan, islohotlarning “otasi” deb ataluvchi siyosatchi kim?
  1. Lyu Shaotsi
  2. Mao Szedun
  3. Den Syaopin
  4. Chjou Enlay

To‘g‘ri javob: Den Syaopin. Xitoy islohotlarining “otasi” Den Syaopin 1997-yili vafot etgan.

Den Syaopin vafotidan keyin Xitoy jamiyatining barcha qatlamlariga qaratilgan kelishuvchanlik siyosatini olib borgan XKPning yangi yetakchisi kim?
  1. Si Szinpin
  2. Szyan Szemin
  3. Xu Szintao
  4. Li Penk

To‘g‘ri javob: Szyan Szemin. XKPning yangi yetakchisi Szyan Szemin jamiyatning barcha qatlamlariga qaratilgan kelishuvchanlik siyosatini olib bordi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOsiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlariKeyingi →Yaponiya va Koreya