Yaponiya va Koreya
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
Eslab ko‘ring!
XX asrning ikkinchi yarmida Yaponiya urushdan keyingi tiklanishdan jahonning iqtisodiy yetakchi davlatlaridan biriga aylanishgacha bo‘lgan keskin o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tdi. Ammo XX asr oxiri – XXI asr boshlarida mamlakat iqtisodiy turg‘unlik, demografik tushkunlik va global siyosatda o‘zining yangi o‘rnini izlash kabi yangi muammolarga duch keldi.
Eslab ko‘ring!
XX asrning 80-yillari Yaponiya iqtisodiyotining eng rivojlangan davri bo‘ldi. Bu davrda Yaponiya YIMning o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallab turdi. Yuqori texnologik sohalar — elektronika, avtomobilsozlik, robototexnika bo‘yicha peshqadam davlatga aylanib, “Toyota”, “Nissan”, “Sony”, “Panasonic” kabi kompaniyalar jahonda yetakchilik qildi. Ammo ayni paytda moliyaviy vasvasa avjiga chiqib, ko‘chmas mulk va aksiyalar bozoridagi chayqovchilik 1990-yillardagi iqtisodiy inqirozga olib keldi:
- ko‘chmas mulk va aksiyalar narxi keskin tushib ketdi;
- “muammoli qarzlar”ning ko‘pligi bank sohasining inqiroziga sabab bo‘ldi;
- iqtisodiy o‘sish sur’ati pasayib, bu davr “yo‘qotilgan o‘n yillik” deb ataldi.
Eslab ko‘ring!
1996-yili hokimiyatga kelgan Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) yetakchisi Ryutaro Xasimoto inqirozga qarshi chora sifatida o‘zining “olti islohot” dasturini e’lon qildi. Unda: 1) soliq; 2) ta’lim; 3) ijtimoiy ta’minot; 4) iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish; 5) ma’muriy boshqaruvning markazlashuv darajasini pasaytirish; 6) sanoat kompaniyalariga yer uchastkalari ajratish bo‘yicha islohotlar ko‘zda tutildi.
Shuningdek, R. Xasimoto yangi diplomatiya namoyish qilib, tashqi siyosatda “yevroosiyochilik” konsepsiyasini tatbiq etishga urindi. U Yaponiyada bir qator terroristik aktlarni amalga oshirgan “Aum Sinrikyo” sektasi faoliyatiga chek qo‘yishdagi qat’iy harakatlari bilan ham tanildi.
Eslab ko‘ring!
Bu davrda Yaponiyaning asosiy eksporti chetga kapital chiqarish bo‘lib qoldi. Chet davlatlarda joylashtirilgan investitsiyalar miqdori 1 trillion dollardan ortib ketdi. Inqirozga qaramasdan, Yaponiya
niya mehnat unumdorligi bo‘yicha ham G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan o‘tib, AQSHga tenglashib bordi. 1990-yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan videoapparaturalarning 90% i, sanoat robotlarining 2/3 qismi Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelardi. Ammo tashqi bozorga bog‘liqlik 1997–1998-yillardagi “Osiyo inqirozi” paytida Yaponiya uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirdi.
XX asr oxirida Yaponiya ichki siyosatida LDP yetakchilikni saqlab qoldi. 2000-yil Yaponiya bosh vaziri Keydzo Obuti vafot etgandan so‘ng bu lavozimni Yosiro Mori egalladi.
Eslab ko‘ring!
Yaponiya
Yaponiya XXI asrda
XXI asrning birinchi choragida Yaponiya barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. Ichki siyosatda, asosan, LDPning yetakchiligi saqlanib qoldi. 2001-yili Yaponiya bosh vaziri lavozimini egallagan Dzyunitiro Koidzumi tizimli islohotlarni amalga oshirib, 2003-yildan Yaponiya iqtisodining muttasil o‘sishini, bank-moliya sohasining tiklanishini, davlat qarzlarining kamayishini ta’minladi.
2006–2007-yillari Yaponiya bosh vaziri bo‘lgan Sindzo Abe 2012–2020-yillari yana hukumatni boshqardi. 2012-yili u pul-kredit sohasini kengaytirish, inflyatsiyani 2% gacha pasaytirish; iqtisodiyotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, byudjet xarajatlarini keskin oshirish va eksportni rag‘batlantirish; iqtisodiyotda strukturaviy islohotni amalga oshirish, ayrim sohalarda raqobatni kuchaytirish ko‘zda tutilgan islohotlarni boshladi.
Yaponiya XXI asrda
“Abenomika” nomini olgan bu islohotlar natijasida ishsizlik darajasi pasaydi, eksport ko‘paydi, ammo iqtisodiy o‘sish sur’ati pastligicha qoldi. Shuningdek, davlat qarzi ko‘payib, YIMga nisbatan 250% ga yetdi.
Yaponiya YIMi 2024-yilga kelib, faqat 0,6% ga o‘sib, 4,0 trillion dollarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yaponiya AQSH, Xitoy, Germaniyadan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
XXI asrga kelib, Yaponiya bir qator muammolarga duch keldi. Bu, avvalo, demografik muammo. Tug‘ilish darajasining pastligi tufayli mamlakat aholisi kamayib, keksa yoshdagilar soni ortib bormoqda. Shuningdek, so‘nggi yillarda “Ayollar uchun ish o‘rinlari” (“Womenomics”) dasturi ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, jamiyatda ayollar o‘rni past, rahbarlik lavozimlarida ularning hissasi hali 5% ni tashkil qiladi, xolos.
Yaponiya XXI asrda
Keyingi muammo — ekologiya. Yaponiya o‘zining ekologik muammolarga e’tibori va tozaligi bilan shuhrat qozongan, ammo bugunga kelib, bir qator ekologik muammolar paydo bo‘ldi. Ular qatorida havo va suvning ifloslanishi, okeanda plastik qoldiqlarning ko‘payishi, tayfun va boshqa tabiiy halokatlarni keltirish mumkin.
Yaponiya XXI asrda ham iqtisodiy innovatsiya, demografiya va global raqobat muammolari bilan kurashib kelmoqda. “Abenomika” iqtisodning qayta tiklanishiga yordam berdi, biroq keksalik, ishchi kuchining kamayishi, ekologik muammolar va tabiiy ofatlar xavfining kuchayishi, Xitoy va Rossiya bilan munosabatlardagi sovuqlik kabi muammolar saqlanib qolmoqda.
Yaponiya XXI asrda
Yaponiya O‘zbekiston uchun muhim va yaqin sherik bo‘lib, bu mamlakat bilan munosabatlar O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ikki tomonlama hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanmoqda. 2002-yilda munosabatlarimiz strategik sheriklik xarakteriga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabrda Yaponiyaga qilgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot imzolanishi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga zamin yaratdi. Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. O‘zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokidagi jami 33 ta kompaniya mavjud bo‘lsa, shundan 8 tasi 100% Yaponiya kapitali asosida faoliyat yuritmoqda. Yaponiyaning 15 ta transmilliy kompaniyasi vakolatxonalari yurtimizda akkreditatsiyadan o‘tgan. Mazkur kompaniyalar neft-gaz, neft-kimyo va kimyo tarmog‘i, mashinasozlik va mashina-texnika ehtiyot qismlari, energetika jihozlari ishlab chiqarish, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatish, savdo operatsiyalari, turizm sohasiga ixtisoslashgan.
Koreya yarimoroli
Ikkinchi jahon urushi oxirida Koreya yarimoroli ikkiga bo‘lindi. 1948-yili janubda Koreya Respublikasi, shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tashkil topdi. Shundan so‘ng Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasida boshlangan fuqarolar urushi uch yil davom etdi va 1953-yil 27-iyulda sulh bilan yakunlandi. 1991-yil 17-sentyabrda ikkala Koreya davlati ham BMTga a’zo bo‘ldi.
Shimoliy Koreya
Shimoliy Koreya SSSR va Xitoy yordamiga tayanib, sotsializm qurish yo‘lidan bordi. Mamlakatda shaxsga sig‘inish va totalitar diktatura o‘rnatildi. 1994-yilgacha mamlakatni Kim Ir Sen boshqardi. Uning vafotidan so‘ng hokimiyat o‘g‘li Kim Chen Ir qo‘liga o‘tdi. Sotsialistik tuzum inqirozga yuz tutgandan so‘ng SSSR va boshqa davlatlar yordamidan ayrilgan Shimoliy Koreya juda og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. 2011-yili Kim Chen Ir vafot etdi. Hokimiyatga o‘g‘li Kim Chen In keldi.
Og‘ir iqtisodiy qiyinchiliklarga, G‘arb davlatlarining sanksiyalariga qaramasdan, Xitoy va Rossiya yordamiga tayangan Shimoliy Koreya yadro quroliga ega bo‘lgan qudratli armiyani barpo qildi.
Janubiy Koreya
Koreya Respublikasi G‘arb davlatlari yordamiga tayangan holda rivojlandi. 1992-yilgi saylovlarda “Adolat” liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Kim Yen Samning g‘alaba qozonishi Janubiy Koreyada harbiy doiralarning uzoq yillik boshqaruviga barham berdi. Sobiq prezidentlar poraxo‘rlikda ayblanib, sud tomonidan uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
1997-yil oxirida Osiyoning boshqa ko‘plab mamlakatlari qatorida Janubiy Koreya ham chuqur moliyaviy-iqtisodiy inqirozga uchradi. Jahon valyuta fondi va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari Janubiy Koreyaga 50 milliard dollardan ortiq kredit ajratdi. Natijada jadal iqtisodiy rivojlanishga erishgan Janubiy Koreya qarzlarini juda tez to‘liq to‘ladi.
Janubiy Koreya
XXI asrga kelib, Janubiy Koreya dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirdi. U jadal rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. YIM 1962-yilgi 2,3 milliard dollardan 2023-yili 1,7 trillion dollarga o‘sdi (dunyoda 13-o‘rin), shu davrda YIM aholi jon boshiga 87 dollardan 48600 dollarga ko‘tarildi. Janubiy Koreya ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish, iste’mol elektronikasi va xotira chiplari, kemalar, avtomobil, to‘qimachilik dastgohlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan o‘rin egalladi.
Shou biznes sanoati Janubiy Koreyaga nafaqat turizmni, balki musiqa, kino va boshqa sohalarni ham rivojlantirishga katta yordam berdi, bularning bari ulkan daromad olib keldi. Chet mamlakatlarda koreys kosmetikasi va taomlari keng tarqaldi. Ko‘plab xalqlar dasturxonida tokpokki, chikin, pibimpap, mandu, samgyopsal, kimbap, sunde, kimchi kabi turli koreys taomlari paydo bo‘ldi.
Janubiy Koreya
Shuningdek, koreys seriallarida milliy mahsulotlar va zamonaviy qiyofaning namoyish etilishi tomoshabinlarni o‘ziga jalb qiladi. Xususan, bosh qahramonlarning ko‘rkam imiji e’tiborni tortadi va odamlarni aynan o‘sha aktyorlar kabi kiyinishga, ularga taqlid qilishga undaydi.
Janubiy Koreya XXI asrning birinchi choragida raqobat o‘ta kuchli bo‘lgan dunyoda o‘z o‘rnini, erishilgan marralarini saqlab qolish va yanada yangi yutuqlarga erishish uchun tinimsiz intilmoqda.
1992-yili O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatganidan buyon ikki tomonlama aloqalar rivojlandi. Ayniqsa, 2019-yilda Koreya Respublikasi va O‘zbekiston munosabatlari alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokida 726 ta korxona faoliyat yuritmoqda. To‘g‘ridan to‘g‘ri jalb etilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 7,5 milliard AQSH dollaridan oshdi. Ta’lim, fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham aloqalar rivojlangan. 2025-yilga kelib, respublikamizda Koreya yetakchi oliygohlarining 4 ta filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Janubiy Koreyada 11 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba ta’lim olmoqda.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1948-yili — 1948-yili janubda Koreya Respublikasi, shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tashkil topdi.
- 1953-yil — Shundan so‘ng Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasida boshlangan fuqarolar urushi uch yil davom etdi va 1953-yil 27-iyulda sulh bilan yakunlandi.
- 1962-yilgi — YIM 1962-yilgi 2,3 milliard dollardan 2023-yili 1,7 trillion dollarga o‘sdi (dunyoda 13-o‘rin), shu davrda YIM aholi jon boshiga 87 dollardan 48600 dollarga ko‘tarildi.
- 1990-yillarda — Ammo ayni paytda moliyaviy vasvasa avjiga chiqib, ko‘chmas mulk va aksiyalar bozoridagi chayqovchilik 1990-yillardagi iqtisodiy inqirozga olib keldi:
- 1990-yillari — 1990-yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan videoapparaturalarning 90% i, sanoat robotlarining 2/3 qismi Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelardi.
- 1991-yil — 1991-yil 17-sentyabrda ikkala Koreya davlati ham BMTga a’zo bo‘ldi.
- 1992-yilgi — 1992-yilgi saylovlarda “Adolat” liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Kim Yen Samning g‘alaba qozonishi Janubiy Koreyada harbiy doiralarning uzoq yillik boshqaruviga barham berdi.
- 1992-yili — 1992-yili O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatganidan buyon ikki tomonlama aloqalar rivojlandi.
- 1994-yilgacha — 1994-yilgacha mamlakatni Kim Ir Sen boshqardi.
- 1996-yili — 1996-yili hokimiyatga kelgan Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) yetakchisi Ryutaro Xasimoto inqirozga qarshi chora sifatida o‘zining “olti islohot” dasturini e’lon qildi.
Bilimingizni sinang
Yaponiya iqtisodiyotining eng rivojlangan davri XX asrning qaysi yillari bo‘ldi?
- 60-yillari
- 80-yillari
- 90-yillari
- 70-yillari
To‘g‘ri javob: 80-yillari. XX asrning 80-yillari Yaponiya iqtisodiyotining eng rivojlangan davri bo‘ldi.
Yaponiyada ko‘chmas mulk va aksiyalar bozoridagi chayqovchilik qaysi yillardagi iqtisodiy inqirozga olib keldi?
- 1990-yillardagi
- 1970-yillardagi
- 1980-yillardagi
- 2000-yillardagi
To‘g‘ri javob: 1990-yillardagi. Chayqovchilik 1990-yillardagi iqtisodiy inqirozga olib keldi.
Yaponiyada 1990-yillardagi inqiroz paytida bank sohasining inqiroziga nima sabab bo‘ldi?
- valyuta kursining oshishi
- eksport hajmining kamayishi
- muammoli qarzlarning ko‘pligi
- xorijiy kreditlarning to‘xtatilishi
To‘g‘ri javob: muammoli qarzlarning ko‘pligi. Muammoli qarzlarning ko‘pligi bank sohasining inqiroziga sabab bo‘ldi.
Yaponiyada iqtisodiy o‘sish sur’ati pasaygan 1990-yillar davri nima deb ataldi?
- yo‘qotilgan o‘n yillik
- oltin o‘n yillik
- qayta tiklanish davri
- Osiyo mo‘jizasi
To‘g‘ri javob: yo‘qotilgan o‘n yillik. Iqtisodiy o‘sish sur’ati pasaygan bu davr yo‘qotilgan o‘n yillik deb ataldi.
XX asrning qaysi o‘n yilligi Yaponiya iqtisodiyotining eng rivojlangan davri bo‘ldi?
- 60-yillar
- 70-yillar
- 80-yillar
- 90-yillar
To‘g‘ri javob: 80-yillar. XX asrning 80-yillari Yaponiya iqtisodiyotining eng rivojlangan davri bo‘lgan.
Yaponiyada 1990-yillardagi iqtisodiy inqirozga nima olib keldi?
- Ko‘chmas mulk va aksiyalar bozoridagi chayqovchilik
- Neft narxining keskin oshib ketishi
- Tashqi savdoning to‘liq to‘xtatilishi
- Sanoat robotlari ishlab chiqarishning to‘xtashi
To‘g‘ri javob: Ko‘chmas mulk va aksiyalar bozoridagi chayqovchilik. Ko‘chmas mulk va aksiyalar bozoridagi chayqovchilik 1990-yillardagi inqirozga olib kelgan.
Yaponiya iqtisodiy o‘sishi pasaygan 1990-yillar davri qanday nom bilan ataldi?
- “Iqtisodiy mo‘jiza” davri
- “Sekin tiklanish” davri
- “Qayta qurish” davri
- “Yo‘qotilgan o‘n yillik”
To‘g‘ri javob: “Yo‘qotilgan o‘n yillik”. Iqtisodiy o‘sish sur’ati pasaygan bu davr “yo‘qotilgan o‘n yillik” deb atalgan.
1990-yillardagi Yaponiya iqtisodiy inqirozining asosiy sababi nima edi?
- Elektronika va avtomobilsozlik eksportining keskin qisqarishi
- Xorijga kapital chiqarishning taqiqlanishi va chet el investitsiyalarining to‘xtashi
- Moliyaviy vasvasaning avjiga chiqishi va ko‘chmas mulk hamda aksiyalar bozoridagi chayqovchilik
- Mehnat unumdorligi bo‘yicha G‘arbiy Yevropadan orqada qolish
To‘g‘ri javob: Moliyaviy vasvasaning avjiga chiqishi va ko‘chmas mulk hamda aksiyalar bozoridagi chayqovchilik. Ko‘chmas mulk va aksiyalar bozoridagi chayqovchilik narxlarning pufakka aylanishiga va keyin 1990-yillardagi inqirozga olib kelgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash