Hindiston Respublikasi
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
Eslab ko‘ring!
Bu davrda Hindistonning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi: jahon iqtisodiyotida yuz bergan tushkunlik sababli iqtisodiy o‘sish deyarli to‘xtadi, inflyatsiya kuchaydi. Mamlakatda turli etnik va diniy guruhlar o‘rtasida ziddiyat, umumiy tanglik holati kuchayib bordi. Shunday holatda 1991-yili tamil terrorchisi tomonidan Hindiston bosh vaziri Radjiv Gandi o‘ldirildi.
Hokimiyatga kelgan Narasimha Rao hukumati bozor islohotlarining yangi bosqichini boshladi. Davlat sektori qisqartirilib, yirik korxonalar xususiylashtirildi. Iqtisodga davlatning aralashuvi yanada kamaytirildi. Bir qator favqulodda tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan, rupiya devalvatsiya qilindi, soliq islohoti o‘tkazildi, davlatning valyuta zaxirasi to‘ldirildi.
Eslab ko‘ring!
Islohotlar natijasida Hindiston ko‘plab yutuqlarga erishdi. Shu davrda YIM hajmi bir necha barobar oshdi. Ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’ati ta’minlandi, neft qazib olish ko‘paytirildi. Qishloq xo‘jaligi ham muvaffaqiyatli rivojlandi. 1992-yildan g‘alla eksport qilish boshlandi.
Zamonaviy Hindiston
1998-yil martda bo‘lib o‘tgan parlament saylovida Lok Sabha (Xalq partiyasi) g‘alaba qozonib, uning yetakchisi Atal Bihari Vajpayi bosh vazir lavozimini egalladi.
Ko‘plab tabiiy qiyinchiliklarga, jumladan, mamlakat g‘arbidagi qurg‘oqchilikka qaramasdan, A. B. Vajpayi hukumati o‘zining bir qator rejasi, jumladan, Kashmirdagi musulmon separatizmini kuchsizlantirish tadbirlarini amalga oshirdi.
2000-yili mamlakat shimoli-g‘arbida uchta yangi shtat tashkil qilindi. Hukumat mamlakatning bu mintaqasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi, shu maqsadda birinchi marta maxsus vazirlik ta’sis etildi.
A. B. Vajpayi hukumati ovoz berishning yanada erkinligini, saylovoldi moliyaviy vositalarini sarflashdagi oshkoralikni ta’minlash maqsadida bir qator saylov islohotlarini amalga oshirdi.
Zamonaviy Hindiston
Iqtisodiy sohada A. B. Vajpayi kabineti xo‘jalik faoliyatiga hukumatning bevosita aralashuvini qisqartirish choralarini ko‘rdi. U ko‘plab sohalarda davlat monopoliyasini bekor qildi, tadbirkorlar va firmalar faoliyati ustidan nazoratni kamaytirdi, soliqlarni pasaytirdi. Hukumat barqaror iqtisodiy o‘sishni, Hindiston sanoatining raqobatbardoshliligini, kompyuter texnologiyalari, transport va aloqa rivojlanishini ta’minladi. Ammo iqtisodiyotning yanada liberallashuvi, ayniqsa, yoshlar orasida ishsizlikning o‘sishiga, qashshoqlik muammosining keskinlashuviga olib keldi. Natijada 2004-yil mayda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Hindiston milliy kongressi (HMK) so‘llar bilan hamkorlikda g‘olib chiqdi.
Zamonaviy Hindiston
(rasm: Hindiston Respublikasi xaritasi)
Hindiston Respublikasi
Mulohaza yuriting
Hukumatni Manmohan Singh boshqardi. Yangi hukumat mayda ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga, ishsizlikni kamaytirishga, aholining kamdaromad qismini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilashga, qashshoqlikni kamaytirishga, inson manfaatlari yo‘lida iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga va’da berdi.
Hindiston XXI asrda dunyoning iqtisodiy liderlaridan biriga aylanishga da’vo qilayotgan mamlakat. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, Hindiston YIM hajmi (xarid qobiliyati pariteti) bo‘yicha 2023-yili dunyoda Xitoy va AQSHdan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi. Hindiston hozirdanoq barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan sektorni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yo‘lidan bormoqda.
Mulohaza yuriting
Bugunga kelib, Hindiston ko‘plab yuqori texnologiya tovarlarini eksport qiladi. Masalan, yuqori sifatli kompyuter dasturlarini sotishdan 2024-yili 150 milliard dollardan ortiq foyda olingan bo‘lsa, 2029-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 190 milliard dollarni tashkil qilishi aytilmoqda. Hindiston kompyuter dasturlarini yaratish sohasidagi yuqori malakali kadrlar soni bo‘yicha dunyoda AQSHdan so‘ng ikkinchi, ilmiy-texnik xodimlar soni bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi.
Umuman, yuqori texnologiyalar sohasidagi yutuqlar katta. 2020-yili Hindiston ilmiy tekshirish va tajriba-konstruktorlik sohasi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga kirmagan edi. 2024-yilga kelib, “Nature Index” va “Global innovatsion indeks”lar bo‘yicha yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi. Bangalor, Dehli, Chennay, Mumbay shaharlari dunyoning eng yirik yuzta ilmiy-texnologik klasterlari qatoridan o‘rin oldi. Hindistonda tashkilotlar sun’iy intellekt, avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2026-yili mamlakatning raqamli transformatsiya va IT sohasini modernizatsiyalashga ajratgan mablag‘i 85 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.
Yodda tuting!
Hindiston yadro quroliga ega bo‘lgan kosmik davlat hisoblanadi.
(rasm: Mumbay)
Mumbay — qashshoqlar va boylar shahri
Hindistonning ichki va tashqi siyosati shakllanishiga, XXI asrda uning iqtisodiy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan hal qiluvchi omil mamlakatning demokratik yo‘l-dan rivojlanishi bo‘ldi. Unda hokimiyatning rahbar organlarida jamiyatning turli qatlamlari vakillari ishtiroki uchun imkoniyat yaratildi.
Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ancha yuqori sur’ati aholi katta qismining yashash sharoitini yaxshilash imkonini berdi. Bu hind jamiyati va davlati erishgan eng katta yutuq hisoblanadi.
Yodda tuting!
Hindiston Respublikasi dunyoning eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiy markazlaridan biriga aylandi. Ammo, umumiy ma’noda, Hindiston rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirmaydi. Zotan, ilg‘or texnologiyalar, rivojlangan sanoat ulkan agrar mamlakatning juda kichik qismini egallaydi. Shuningdek, keng miqyosdagi ijtimoiy muammolar ham mamlakatning muntazam rivojlanishiga to‘siq bo‘lib turibdi. Ulardan eng asosiysi — demografik muammo. 2025-yilga kelib, aholi soni 1 milliard 460 million kishidan oshib ketdi. Mamlakatda 230 million qashshoq mavjud, aholining 22% dan ortig‘i savodsiz, xalqining yashash darajasi bo‘yicha Xitoydan ancha ortda qolyapti.
Yodda tuting!
Hindiston ko‘p etnosli, ko‘p tilli, aholisi eng tez ko‘payayotgan mamlakat bo‘lgani uchun etnik muammolar doimiy saqlanib qolmoqda. Ular, xususan, Panjobda sikhlar, Assamda bengallar, Janubiy Hindistonda tamillar, shimoli-g‘arbda Kashmir muammosi kabilardan iborat. Qashshoqlikni bartaraf qilish, ishsizlik darajasini pasaytirish va aholi yashash darajasini oshirish ham hamon davlat va jamiyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. Ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan, Hindiston demokratik rivojlanish yo‘lidan jadal ketmoqda. Bu mamlakatning yangi davr da’vatlariga munosib javob berishi uchun kuchli asos hisoblanadi.
- HINDISTON RIVOJLANISHIGA TO‘SIQ BO‘LAYOTGAN IJTIMOIY-IQTISODIY MUAMMOLAR
- Ekin yerlarining kamligi – Qashshoqlik – Demografik muammo – Savodsizlik – Etnik muammolar – Diniy muammolar – Ishsizlik – Aholi yashash darajasining pastligi
- Internetdan foydalangan holda ushbu muammolarni aks ettiruvchi raqamlar, faktlarni keltiring va jadvalni to‘ldiring.
Tashqi siyosat
Tashqi siyosatda Hindistonning bosh maqsadi dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylanish. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish asosida davlatning iqtisodiy va siyosiy qudratini oshirish, yadro quroliga va zamonaviy texnikaga ega bo‘lgan kuchli armiyani yaratish shu maqsadga qaratilgan edi. Hindiston yadro quroliga ega bo‘lgan kosmik davlat hisoblanadi. U G20, JST, Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi, Birlashgan Millatlar Hamdo‘stligi, Qo‘shilmaslik harakati, BRIKS, SHHT kabi xalqaro tashkilotlarning a’zosi, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lish uchun tinimsiz harakat qilib kelmoqda.
Hindiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo muhim o‘rin egallaydi. Hindiston – Markaziy Osiyo dialogi doirasida tashqi ishlar vazirlarining bir necha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ularda Hindistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligiga alohida urg‘u berildi.
Tashqi siyosat
XXI asrda ham Hindiston tashqi siyosati an’anaviy yo‘nalishda davom etib kelmoqda. Bu siyosatning asosini jamiyatda demokratik qadriyatlar ustuvor bo‘lgan sharoitda mamlakatning tashqi xavfsizligini himoya qilish kursi tashkil qilib, bu kurs jamiyatning katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Atamalar izohi
*Devalvatsiya* – bu qat’iy xalqaro valyutaga nisbatan milliy valyutaning rasmiy kursini pasaytirish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Ijodiy ish topshirig‘i
Quyidagi muammoli masalalardan birini tanlang va internet hamda OAVdan foydalangan holda qisqa ma’ruza tayyorlang.
Muhim sanalar
- 1991-yili — Shunday holatda 1991-yili tamil terrorchisi tomonidan Hindiston bosh vaziri Radjiv Gandi o‘ldirildi.
- 1992-yilda — 1992-yildan g‘alla eksport qilish boshlandi.
- 1998-yil — 1998-yil martda bo‘lib o‘tgan parlament saylovida Lok Sabha (Xalq partiyasi) g‘alaba qozonib, uning yetakchisi Atal Bihari Vajpayi bosh vazir lavozimini egalladi.
- 2000-yili — 2000-yili mamlakat shimoli-g‘arbida uchta yangi shtat tashkil qilindi.
- 2004-yil — Natijada 2004-yil mayda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Hindiston milliy kongressi (HMK) so‘llar bilan hamkorlikda g‘olib chiqdi.
- 2020-yili — 2020-yili Hindiston ilmiy tekshirish va tajriba-konstruktorlik sohasi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoriga kirmagan edi.
- 2023-yili — Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, Hindiston YIM hajmi (xarid qobiliyati pariteti) bo‘yicha 2023-yili dunyoda Xitoy va AQSHdan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi.
- 2024-yili — Masalan, yuqori sifatli kompyuter dasturlarini sotishdan 2024-yili 150 milliard dollardan ortiq foyda olingan bo‘lsa, 2029-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 190 milliard dollarni tashkil qilishi aytilmoqda.
- 2024-yilga — 2024-yilga kelib, “Nature Index” va “Global innovatsion indeks”lar bo‘yicha yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi.
- 2025-yilga — 2025-yilga kelib, aholi soni 1 milliard 460 million kishidan oshib ketdi.
Bilimingizni sinang
Hindiston bosh vaziri Radjiv Gandi tamil terrorchisi tomonidan qaysi yili o‘ldirilgan?
- 1989-yili
- 1994-yili
- 1991-yili
- 1984-yili
To‘g‘ri javob: 1991-yili. Radjiv Gandi 1991-yili tamil terrorchisi tomonidan o‘ldirilgan.
Hindistonda favqulodda tadbirlar doirasida qaysi milliy valyuta devalvatsiya qilindi?
- dollar
- rupiya
- taka
- rial
To‘g‘ri javob: rupiya. Favqulodda tadbirlar sifatida rupiya devalvatsiya qilindi, soliq islohoti o‘tkazildi va valyuta zaxirasi to‘ldirildi.
1991-yili Hindiston bosh vaziri Radjiv Gandi kim tomonidan o‘ldirildi?
- tamil terrorchisi
- sikh ekstremisti
- Kashmir separatisti
- bengal qo‘zg‘olonchisi
To‘g‘ri javob: tamil terrorchisi. 1991-yili Radjiv Gandi tamil terrorchisi tomonidan o‘ldirilgan.
Hindistonda bozor islohotlarining yangi bosqichini qaysi hukumat boshladi?
- A. B. Vajpayi hukumati
- Narasimha Rao hukumati
- Manmohan Singh hukumati
- Radjiv Gandi hukumati
To‘g‘ri javob: Narasimha Rao hukumati. Hokimiyatga kelgan Narasimha Rao hukumati bozor islohotlarining yangi bosqichini boshlagan.
Narasimha Rao hukumati amalga oshirgan favqulodda tadbirlardan qaysi biri to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- yirik korxonalar davlat mulkiga o‘tkazildi
- davlat sektori kengaytirildi
- rupiya devalvatsiya qilindi
- iqtisodga davlat aralashuvi kuchaytirildi
To‘g‘ri javob: rupiya devalvatsiya qilindi. Favqulodda tadbirlar qatorida rupiya devalvatsiya qilindi, soliq islohoti o‘tkazildi va valyuta zaxirasi to‘ldirildi.
Narasimha Rao hukumati o‘tkazgan islohotlarga oid quyidagi hukmlardan qaysi biri NOTO‘G‘RI?
- Iqtisodga davlatning aralashuvi kuchaytirildi
- Davlat sektori qisqartirilib, yirik korxonalar xususiylashtirildi
- Rupiya devalvatsiya qilinib, soliq islohoti o‘tkazildi
- Davlatning valyuta zaxirasi to‘ldirildi
To‘g‘ri javob: Iqtisodga davlatning aralashuvi kuchaytirildi. Aksincha, Rao hukumati davrida iqtisodga davlatning aralashuvi yanada kamaytirilgan.
1991-yilda Hindiston bosh vaziri Radjiv Gandini o‘ldirgan terrorchi mansub bo‘lgan etnik guruh Hindistonning qaysi hududida etnik muammo manbai sifatida tilga olinadi?
- Kashmir vodiysida
- G‘arbiy Hindistonda
- Janubiy Hindistonda
- Markaziy Hindistonda
To‘g‘ri javob: Janubiy Hindistonda. Gandini tamil terrorchisi o‘ldirgan; tamillar bilan bog‘liq etnik muammo Janubiy Hindistonda mavjud.
Hindiston islohotlardan keyin g‘alla eksport qilishni qaysi yildan boshladi?
- 1985-yildan
- 1995-yildan
- 1989-yildan
- 1992-yildan
To‘g‘ri javob: 1992-yildan. Hindistonda 1992-yildan g‘alla eksport qilish boshlangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash