Eron Islom Respublikasi
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
Eslab ko‘ring!
1979-yilgi inqilob tarixda birinchi marta Eron Islom Respublikasida islomiy boshqaruvni umumdemokratik institutlar bilan birlashtirdi. Inqilobgacha AQSH, Isroil va umuman, G‘arbning ittifoqchisi bo‘lgan Eron inqilob tufayli ularning asosiy dushmanlaridan biriga aylandi. Inqilob Eronning jahon va mintaqa siyosatidagi roli va o‘rnini hamda shu siyosatning mohiyati va mazmunini o‘zgartirdi, natijada butun Yaqin Sharqda keskin yangilanishlar yuz bermoqda.
Erondagi inqilob Misr, Tunis, Falastin, Livan, Suriya, Iroq, Yaman va musulmon dunyosining boshqa mamlakatlaridagi islomiy partiyalarni ruhlantirib yubordi. Ammo bu partiyalar har doim ham aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi va ulardan bir qismi o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida zo‘ravonlik va terrorni tanladi.
Eslab ko‘ring!
1990-yillar boshlarida Eronning iqtisodi ham barqarorlashib, YIMning jadal o‘sishiga olib keldi. Islom radikalizmi ham biroz susaydi. Eron jahon sport va madaniyat maydoniga qaytdi. 1999-yili Eronning “Osmon bolalari” filmi “Oskar” mukofotiga tavsiya qilindi. Mamlakatda musiqa, televideniye, internet-kafelarga ruxsat berildi. Ayollar ham faol ijtimoiy hayotga qaytdi.
Eron Islom Respublikasi
1997-yili islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi Muhammad Hotamiy prezident etib saylandi. U Eronda demokratik va tolerant jamiyat qurishga qaratilgan islohotlarning boshlanganligini, shuningdek, G‘arb mamlakatlari bilan munosabatda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi.
Zamonaviy Eron
2001-yil 11-sentyabr kuni Nyu Yorkda amalga oshirilgan terroristik aktdan so‘ng AQSH Eronni “xalqaro terrorizmning sherigi” deb atadi. Bu tamg‘adan qutulish uchun Eron ancha ishlarni amalga oshirdi. “Hizbulloh” rahbarlari Erondan chiqarib yuborildi, Sudan, Liviya, Bosniyadagi eronlik diniy maslahatchilar chaqirib olindi. Ammo shunga qaramasdan, AQSH Eronni yashirin ravishda yadro quroli yaratish ustida ish olib borayotganlikda aybladi. 2002-yili prezident J. Bush Eronni “yovuzlik tayanchi” mamlakatlari qatoriga qo‘shib, terrorizmni moliyalashtirishda aybladi. AQSH Eronni xalqaro izolyatsiya qilishga harakat qildi. Ammo bu harakat Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya tomonidan ma’qullanmadi hamda Eronga harbiy texnika yetkazib berayotgan va atom elektrostansiyasini qurayotgan Rossiyaning qarshiligiga uchradi.
Zamonaviy Eron
2005-yili ultrakonservator Mahmud Ahmadinejodning prezidentlikka saylanishi Eronda islohotlarning borishini, mamlakatning jahon hamjamiyatiga qaytishini biroz susaytirdi. U o‘zidan oldingi prezidentlarning bir qator liberal islohotlarini to‘xtatib qo‘ydi, tashqi siyosatda ham konservativ qarashlarga amal qildi. M. Ahmadinejod J. Bush ma’muriyatini keskin tanqid qildi, Eronning arab mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorligini kuchaytirish tarafdori bo‘ldi.
Eron 2009-yili Semnondagi kosmodromdan “Safir-2” raketasi yordamida o‘zining “Umid” nomli sun’iy yo‘ldoshini fazoga chiqarib, koinotni o‘zlashtirayotgan davlatlar qatoridan o‘rin egalladi.
Zamonaviy Eron
2013-yil iyunda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Hasan Ruhoniyning g‘alaba qozonishi Eronda yuz berayotgan chuqur o‘zgarishlarni ifoda etdi. Eronning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli integratsiyalashuviga to‘siq bo‘lib turgan yadroviy dasturi ham o‘n yildan oshiq davom etgan muzokaralardan so‘ng, 2015-yil iyulda Eron bilan oltita davlat (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya) vakillari tomonidan imzolangan kelishuv orqali hal qilindi. Ammo 2018-yili AQSH shartnomadan chiqishi bilan u amalda o‘z kuchini yo‘qotdi.
2021-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Eronning siyosiy va diniy arboblaridan biri Ibrohim Raisiy g‘alaba qozondi. Yangi prezident o‘z nutqida hukumat Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish uchun harakat qilishini, ammo boshqa davlatlarning Eronga ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasligini e’lon qildi. I. Raisiy ultrakonservativ siyosiy qanotga mansub bo‘lib, G‘arb bilan munosabatda qat’iy bo‘lish tarafdori edi. I. Raisiy 2024-yilda aviahalokat oqibatida halok bo‘ldi.
Zamonaviy Eron
2024-yil iyulda bo‘lib o‘tgan saylovda Mas’ud Pazishkiyon Eron prezidenti etib saylandi. M. Pazishkiyon islohotchi prezident Muhammad Hotamiy hukumatida sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib ishlagan. U AQSH bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ayollar erkinligi tarafdori ekanligini bildirdi. U Rossiya bilan ham yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqda, 2024-yili Eron BRIKSga a’zo bo‘ldi.
Eronda ta’lim va fan rivojlangan, urbanizatsiya darajasi 75 % ga yaqinlashmoqda, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot hamda ta’lim tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Tehron universiteti dunyoning 400 ta eng
Yodda tuting!
1997-yili Eronda islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi M. Hotamiy prezident etib saylandi.
1999-yilda Eronning “Osmon bolalari” filmi “Oskar” mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgan.
2002-yili prezident J. Bush Eronni “yovuzlik tayanchi” mamlakatlari qatoriga qo‘shib, terrorizmni moliyalashtirishda aybladi.
yaxshi universiteti, Amirkabir Texnologiya universiteti va Sharif texnologiya universiteti 500 ta eng yaxshi universitet qatoriga kiradi. Qizlarning ta’lim olishi uchun ham keng imkoniyatlar mavjud. Agar 1978-yili maktabni bitiruvchi qizlarning faqat 2,9 % igina oliy o‘quv yurtiga kirgan bo‘lsa, 2016-yili bu ko‘rsatkich 65,5 % ni tashkil qildi. Eron yoshlar mamlakati, aholisining yarmini 30 yoshdan kichik bo‘lganlar tashkil qiladi. Eronning zamonaviy muammolari ichida eng dolzarblari ishsizlik va inflyatsiya darajasining yuqoriligi bo‘lib kelmoqda. Yoshlar o‘rtasida ishsizlik 2018-yili 30 % ga yetdi.
Yodda tuting!
Ayni paytda Eron bir qator muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, suv ta’minotidagi inqiroz iqtisodiyotning barcha sohalariga ta’sir qilmoqda. Hozir Eron mavjud suv zaxirasining 90 % idan qishloq xo‘jaligida foydalanadi. Bu boshqa sohalar, xususan, elektr energiyasi taqchilligini keltirib chiqardi. Mamlakat YIMi ham 2022-yilgi 554,8 milliard dollardan 2024-yili 403 milliard dollarga tushib ketdi. Aholining xarid qobiliyati bir yilda 28 % ga pasaydi.
Islom inqilobi g‘oyalari bugungi kungacha faqat Eronninggina emas, balki butun mintaqaning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. So‘nggi yillarda Eron aholisi hayotida va mamlakat siyosiy tizimida yuz bergan muhim o‘zgarishlarga qaramasdan, ko‘plab, xususan, iqtisodiy qiyinchiliklar, siyosiy va hatto diniy da’vatlar, so‘z va yig‘ilishlar erkinligi cheklanganligi kabi muammolar dolzarbligicha qolmoqda. Ayni paytda Eron mintaqa va jahon siyosatida muhim o‘rin egallab turibdi, uning mintaqaviy va xalqaro munosabatlarga ta’siri ham saqlanib qolmoqda.
Yodda tuting!
Eron bilan Isroil o‘rtasidagi harbiy-siyosiy qarama-qarshilik 1979-yilgi Eron inqilobidan so‘ng boshlangan edi. Eronda hokimiyatga kelgan teokratik rejim Isroilni davlat sifatida tan olmadi, uni arablar yerlarini bosib olganlikda aybladi. Inqilobdan so‘ng eronlik yahudiylarning yetakchilari qatl qilindi, yahudiylarning mulklarini musodara qilish boshlandi. 70 % eronlik yahudiylar mamlakatni tark etdi. Shu davrdan amalda Eron va Isroil o‘rtasidagi qarama-qarshilik boshlandi. Eron Isroilga qarshi kurashayotgan Livandagi “Hizbulloh” hamda G‘azo sektoridagi “Hamas” tashkilotlarini qo‘llab-quvvatladi. 1990-yillarda Eron bu tashkilotlarga yordamni yanada kuchaytirdi. Isroil 2006–2007-yillardan beri yaxshi qurollangan “Hizbulloh” va “Hamas” guruhlariga qarshi kurashib kelmoqda.
Yodda tuting!
2025-yil iyunda Isroil va Eron o‘rtasida harbiy to‘qnashuv boshlandi. Eronning yadroviy dasturi, ballistik raketalar ishlab chiqarishi va yahudiy davlatiga qarshi turgan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashi tufayli Isroil uni o‘zining mavjudligiga xavf deb qabul qildi. Eron AQSH bilan o‘zining yadroviy dasturi to‘g‘risida muzokaralar olib borayotgan bir paytda Isroil qurolli kuchlari 2025-yil 13-iyun kuni Eron hududini bombardimon qilishni boshladi, fizik-yadrochi olimlardan 14 kishi, harbiy qo‘mondonlik tarkibidan ko‘plab kishilar o‘ldirildi. Eron ham javob sifatida Isroil hududini bombardimon qildi. 22-iyun kuni mojaroga AQSH qo‘shilib, samolyotdan bomba tashladi va Eronning yadroviy dasturiga kirgan uchta yerosti zavodini portlatib yubordi. 23-iyun kuni Eron Qatardagi AQSHning harbiy bazasiga havo hujumi uyushtirdi. 24-iyun kuni har ikki tomon ham urush harakatlarini to‘xtatdi. Jahon jamoatchiligi va ko‘plab yetakchi davlatlar rahbarlari Isroil va AQSHning harakatlarini xalqaro normalarni qo‘pol ravishda buzish va bosqinchilik sifatida qoraladi.
Bu qiziq!
Erondagi Dashti Lut cho‘li dunyodagi eng issiq hududlardan biri. Bu yerda 2005-yili havo harorati 70,7 darajaga ko‘tarilgan.
Eron teokratik davlat hisoblanadi.
Eron hududining deyarli yarmi cho‘ldan iborat.
Eron O‘zbekistonning mustaqilligini 1991-yil noyabr oyida tan oldi. O‘zbekiston Eron uchun mintaqadagi muhim, o‘z so‘ziga ega davlat sifatida tan olingan. 1993-yil oktyabr oyida Eron prezidenti Ali Akbar Rafsanjoni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Ikki davlat o‘rtasida bo‘lgan tashriflar, imzolangan shartnomalar o‘zaro aloqalarning huquqiy asosini yaratdi.
2023-yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi. Shuningdek, ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mamlakatlar hududlari o‘rtasida aloqalarni faollashtirish, ilm-fan, ta’lim, texnologiya va innovatsiyalar sohalarida sheriklikni kengaytirish, shu bilan birga, turizm, madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilinmoqda.
Atamalar izohi
Tolerantlik — bu o‘zgacha dunyoqarash, hayot tarzi, xulq-atvor, axloq va urf-odatlarga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lish.
Ultrakonservator — bu keskin konservativ qarashlarga ega bo‘lgan mutaassib kishi.
Izolyatsiya — xalqaro hamjamiyatdan ajratib qo‘yish, yakkalash.
Teokratiya (yun. theos — xudo va kratiya, hokimiyat) — davlat boshqaruv shakli, bunda davlat (odatda, monarxiya davlati) boshlig‘i bir vaqtning o‘zida diniy boshliq ham hisoblanadi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Ijodiy ish topshirig‘i
1. Eron Islom Respublikasining tashqi siyosati to‘g‘risida taqdimot tayyorlang. 2. Eron dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi davlatlardan biri hisoblanadi. O‘zingizni jurnalist deb tasavvur eting. OAV ma’lumotlaridan foydalanib Eronning neft va gaz sanoati, bu sohadagi muammolar va istiqbollari to‘g‘risida gazetaga maqola tayyorlang.
Muhim sanalar
- 1978-yili — Agar 1978-yili maktabni bitiruvchi qizlarning faqat 2,9 % igina oliy o‘quv yurtiga kirgan bo‘lsa, 2016-yili bu ko‘rsatkich 65,5 % ni tashkil qildi.
- 1979-yilgi — 1979-yilgi inqilob tarixda birinchi marta Eron Islom Respublikasida islomiy boshqaruvni umumdemokratik institutlar bilan birlashtirdi.
- 1979-yilgi — Eron bilan Isroil o‘rtasidagi harbiy-siyosiy qarama-qarshilik 1979-yilgi Eron inqilobidan so‘ng boshlangan edi.
- 1990-yillar — 1990-yillar boshlarida Eronning iqtisodi ham barqarorlashib, YIMning jadal o‘sishiga olib keldi.
- 1990-yillarda — 1990-yillarda Eron bu tashkilotlarga yordamni yanada kuchaytirdi.
- 1991-yil — Eron O‘zbekistonning mustaqilligini 1991-yil noyabr oyida tan oldi.
- 1993-yil — 1993-yil oktyabr oyida Eron prezidenti Ali Akbar Rafsanjoni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
- 1997-yili — 1997-yili islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi Muhammad Hotamiy prezident etib saylandi.
- 1997-yili — 1997-yili Eronda islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi M. Hotamiy prezident etib saylandi.
- 1999-yili — 1999-yili Eronning “Osmon bolalari” filmi “Oskar” mukofotiga tavsiya qilindi.
Bilimingizni sinang
Qaysi yilgi inqilob tarixda birinchi marta Eron Islom Respublikasida islomiy boshqaruvni umumdemokratik institutlar bilan birlashtirdi?
- 1973-yilgi
- 1989-yilgi
- 1979-yilgi
- 1969-yilgi
To‘g‘ri javob: 1979-yilgi. Islomiy boshqaruvni umumdemokratik institutlar bilan birlashtirgan inqilob 1979-yilgi inqilobdir.
1979-yilgi inqilobgacha Eronning AQSH, Isroil va G‘arbga munosabati qanday edi?
- Ularning asosiy dushmani edi
- Betaraf davlat maqomida edi
- Ularning ittifoqchisi edi
- Ularga qarshi harbiy blok tuzgan edi
To‘g‘ri javob: Ularning ittifoqchisi edi. Inqilobgacha Eron AQSH, Isroil va G‘arbning ittifoqchisi bo‘lgan.
1979-yilgi inqilob Eronning xalqaro mavqeida qanday asosiy o‘zgarishga olib keldi?
- Eron betaraflik siyosatini e’lon qilib, barcha harbiy bloklardan chiqdi
- Eron AQSH bilan ittifoqini mustahkamlab, Isroilni birinchilardan bo‘lib tan oldi
- Eron mintaqadagi ta’sirini yo‘qotib, siyosiy jihatdan Rossiyaning ittifoqchisiga aylandi
- G‘arbning ittifoqchisi bo‘lgan Eron AQSH va Isroilning asosiy dushmanlaridan biriga aylandi
To‘g‘ri javob: G‘arbning ittifoqchisi bo‘lgan Eron AQSH va Isroilning asosiy dushmanlaridan biriga aylandi. Inqilobgacha G‘arb ittifoqchisi bo‘lgan Eron ularning asosiy dushmanlaridan biriga aylandi.
Eronning iqtisodi barqarorlashib, YIMning jadal o‘sishiga olib kelgan davr qaysi edi?
- 2000-yillar boshi
- 1980-yillar boshi
- 1970-yillar boshi
- 1990-yillar boshi
To‘g‘ri javob: 1990-yillar boshi. Eron iqtisodi 1990-yillar boshlarida barqarorlashib, YIM jadal o‘sgan.
1999-yili “Oskar” mukofotiga tavsiya qilingan Eron filmi qanday nomlangan?
- “Oq shar”
- “Osmon bolalari”
- “Bolalar maktabi”
- “Jannat ranglari”
To‘g‘ri javob: “Osmon bolalari”. 1999-yili Eronning “Osmon bolalari” filmi “Oskar” mukofotiga tavsiya qilingan.
Islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi Muhammad Hotamiy Eronda qaysi yili prezident etib saylandi?
- 1997-yili
- 1993-yili
- 1999-yili
- 1995-yili
To‘g‘ri javob: 1997-yili. Muhammad Hotamiy 1997-yili prezident etib saylangan.
1997-yili Eronda islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi qaysi shaxs prezident etib saylandi?
- Muhammad Hotamiy
- Mahmud Ahmadinejod
- Hasan Ruhoniy
- Ibrohim Raisiy
To‘g‘ri javob: Muhammad Hotamiy. 1997-yili Muhammad Hotamiy prezident etib saylangan.
1999-yili Eronning “Osmon bolalari” filmi qaysi mukofotga tavsiya qilindi?
- “Oltin palma”
- “Oltin ayiq”
- “Nobel”
- “Oskar”
To‘g‘ri javob: “Oskar”. Film “Oskar” mukofotiga tavsiya qilingan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash