Pokiston va Afg‘oniston
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
Eslab ko‘ring!
1990-yillari Pokiston Islom Respublikasida qizg‘in siyosiy jarayonlar va hokimiyatning yuqori pog‘onasida korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar davom etdi. Benazir Bhutto hukumati iste’foga chiqarilgandan so‘ng, 1990-yili o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib chiqqan Musulmon ligasi partiyasining rahbari Navoz Sharif hokimiyatni boshqardi. Ammo 1993-yili prezident G‘ulom Is’hoqxon yangi hukumatni ham korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab, iste’foga chiqardi. Shu yili bo‘lib o‘tgan saylovda g‘olib chiqqan B. Bhutto yana bosh vazir lavozimini egalladi. Ammo 1996-yili prezident Sardor Faruq Ahmadxon Leg‘oriy Milliy Assambleyani tarqatib yubordi va B. Bhutto hukumatini yana iste’foga jo‘natdi. O‘tkazilgan parlament saylovlarida Pokiston xalq partiyasi (PXP) qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.
Eslab ko‘ring!
1999-yil kuzda Pokistonda yana harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, hokimiyatga general Parvez Musharraf boshchiligidagi harbiy qo‘mondonlik keldi. 2001-yil 11-sentyabrda Nyu Yorkda yuz bergan terroristik aktdan so‘ng Pokiston terrorizmga qarshi AQSH boshchiligida tuzilgan koalitsiyaga qo‘shildi. Biroq ko‘plab pokistonliklar nazarida AQSH terroristlarga emas, musulmonlarga qarshi kurashga kirishdi. AQSH bilan yaqinlashish kursini tanlagan P. Musharrafga qarshi suiqasdlar uyushtirildi. U jinoyatlarda terrorchilarni aybladi va mamlakatni ulardan tozalashga va’da berdi. 2003–2005-yillari Pokiston armiyasi AQSH yordamida qo‘shni Afg‘oniston hududida harbiy operatsiyalar olib bordi. Islomiy guruhlar esa P. Musharrafni dushman deb e’lon qilib, uni ag‘darib tashlashga va’da berdi. Ko‘pchilikning fikricha, P. Musharraf mamlakatda holatni barqarorlashtirishga erisha olmadi va iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. 2008-yilgi saylovlarda PXP hamraisi Asif Ali Zardariy prezident etib saylandi. 2013-yilgi parlament saylovlaridan so‘ng Navoz Sharif bosh vazir lavozimini egalladi.
Eslab ko‘ring!
Lohur shahridagi masjid
Pokiston rivojlanayotgan agrar-industrial mamlakat. U BRIKS davlatlari bilan bir qatorda, XXI asrda dunyoning eng yirik iqtisodiy tuzilmalaridan biriga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘n bitta mamlakat qatoriga kiradi.
Hozir aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Eksport qilinadigan asosiy tovarlariga gazlamalar, charm mahsulotlar, sport buyumlari, kimyoviy moddalar va gilamlar kiradi. Sanoatning qayta ishlash, neft, tog‘-kon sohalari rivojlanmoqda. SHHTning 2016-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammitida Pokistonni tashkilotga qabul qilish tartibi va muddati to‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Pokiston 2017-yili SHHTga a’zo bo‘ldi.
Eslab ko‘ring!
2018-yilgi saylovda g‘alaba qozonib, Pokiston bosh vaziri bo‘lgan Imron Xon iqtisodiy islohotlar va tashqi munosabatlarni yaxshilash kursini e’lon qildi. 2020–2021-yillari yuqori inflyatsiya va davlat qarzlarining ortishiga, shuningdek, “COVID-19” pandemiyasiga qarshi kurashdi. 2022-yili Imron Xon lavozimidan ozod qilindi va noqonuniy daromad orttirganlik hamda davlat sirini oshkor qilganlikda ayblanib, uning o‘zi, rafiqasi va o‘n nafar safdoshi uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
2017-yili korrupsiyada ayblanib, hokimiyatdan chetlatilgan Navoz Sharifning ukasi Shahboz Sharif bosh vazir etib saylandi. U iqtisodiy muammolar va ichki kelishmovchiliklarga qarshi kurashni davom ettirib, 2024-yili bo‘lgan saylovdan so‘ng yana bosh vazir lavozimini egalladi.
Eslab ko‘ring!
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng Afg‘onistonda holat ancha og‘irlashdi. 1992-yil aprelda Kobul shahriga mujohidlar otryadlari kirib keldi. Afg‘oniston prezidenti Muhammad Najibullo qochishga ulgurmadi. Mujohidlar uni tutib olib, 1996-yili dorga osishdi.
Afg‘onistonda hokimiyatni “Jihod kengashi” deb atalgan guruh o‘z qo‘liga oldi. Mamlakat nomi Afg‘oniston Islom Respublikasi deb o‘zgartirildi, barcha qonunlar bekor qilinib, shariat qoidalari joriy etildi. Ammo mujohidlar o‘rtasida boshlangan kelishmovchilik yangi urush harakatlariga olib keldi, minglab kishilar halok bo‘ldi, elchixona va xalqaro missiyalar Afg‘onistonni tark etdi. 1994-yili mojaroga yangi siyosiy kuch — tolibon harakati qo‘shildi. Ular yetakchisi mulla Umar Afg‘onistonda fuqarolar urushini tugatib, islomiy tartib o‘rnatishini e’lon qildi. Ular 1996-yil sentyabrda Kobulni egallab olib, mamlakatni “Afg‘oniston Islom amirligi” deb e’lon qildi.
Eslab ko‘ring!
Tolibon Afg‘onistonda qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshladi. Ayni paytda bu yerda turli xil terrorchilar qo‘nim topdi. Tolibon rejimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xalqaro terrorchi Usoma bin Lodin ham Afg‘onistonga keldi. U terrorchilar tayyorlash uchun harbiy bazalar va lagerlar tizimini yaratdi. Tolibon rejimi Bin Lodinni xalqaro sudga topshirishdan bosh tortgandan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi (XK) Afg‘onistonga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishdan umidini uzgan mulla Umar islomgacha bo‘lgan barcha e’tiqod obyektlari, tarixiy yodgorliklarni yo‘q qilishga buyruq berdi. V asrga oid ikkita noyob yodgorlik — Buddaning qoyaga o‘yib ishlangan ulkan haykallari yo‘q qilindi. Musulmon bo‘lmagan aholining o‘z kiyimiga sariq belgi taqib yurishi haqida qabul qilingan dekret jahon jamoatchiligining g‘azabini keltirdi. BMT XK tolibon hukumatiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risida yangi rezolyutsiya qabul qildi.
Eslab ko‘ring!
Kobul shahri
2001-yil 11-sentyabrda Nyu Yorkda uyushtirilgan terroristik aktlar uchun javobgarlikni AQSH ma’muriyati “Al-Qoida” tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi va terrorchilarning bazalarini bombardimon qildi. Tolibon qo‘shinlariga qarshi kuchlarning muvaffaqiyatli hujumlaridan so‘ng tolibon hukumati ag‘darilib, mamlakatga xalqaro harbiy kuchlar joylashtirildi.
2002-yil iyunda bo‘lib o‘tgan Umumafg‘on Loyya Jirg‘asida Hamid Karzay Afg‘oniston prezidenti vazifasini bajaruvchi etib saylandi. Afg‘onistonga 5 milliard dollar xalqaro yordam ajratildi. Biroq mamlakat ichkarisida terrorchilik harakatlari davom etdi.
Eslab ko‘ring!
2003-yili Afg‘onistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakat “Afg‘oniston Islom Respublikasi” nomini oldi. Yangi konstitutsiya mamlakatda prezidentlik boshqaruvini o‘rnatdi, ikki palatali parlament, mustaqil sud tizimi tuzilishini ko‘zda tutdi, shuningdek, fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini e’lon qildi. Konstitutsiya kichik millatlarning huquqlarini kafolatladi, barchaning, jumladan, erkak va ayollarning qonun oldida tengligini va e’tiqod erkinligini o‘rnatdi. Konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib berdi. 2004-yil bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Hamid Karzay rasman Afg‘oniston prezidenti etib saylandi.
Eslab ko‘ring!
2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida Ashraf G‘ani Ahmadzoy Afg‘oniston prezidenti, Abdulla esa hukumat raisi lavozimlarini egalladi. Ammo bu davrda Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatilmadi. 2016–2017-yillari bir qator terroristik aktlar amalga oshirilib, oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jabrlandi. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay bayonot berib, mamlakatdagi beqaror ahvolning sababi sifatida mintaqada AQSH olib borayotgan siyosatni ko‘rsatdi va AQSH hukumatini o‘z xatolarini tan olishga chaqirdi.
2021-yili prezidentlik lavozimini egallagan J. Bayden AQSH va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan so‘zsiz olib chiqib ketilishini e’lon qildi. Shundan so‘ng tolibon hujumga o‘tdi va 15-avgustda Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallab, o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Tolibon hukumatining korrupsiyani yo‘q qilish, tinchlik o‘rnatish va tadbirkorlikni tiklash borasidagi bir qator tadbirlari aholi orasida ularga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirdi. Tolibon islom huquqi asosida tinchlik hukmron bo‘lgan davlat yaratishni va’da qildi.
Eslab ko‘ring!
Afg‘oniston hukumati qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatgan. O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatib kelmoqda. Termiz tumanida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyat yuritmoqda. 2024-yili Termiz shahrida Markaziy Osiyoda birinchi “Termiz xalqaro savdo markazi” ochildi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini 2025-yili 3 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Ammo tolibon hukumatining mamlakatda shariatga asoslangan islom amirligini shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlari mamlakat ichkarisida va tashqi dunyoda noroziliklarni keltirib chiqardi. Afg‘onistonda islom rasmiy din deb e’lon qilindi va barcha qonunlar islom axloqiga mos bo‘lishi sharti belgilab qo‘yildi. Xususan, tolibon hukumati ayollar uchun qat’iy cheklovlar e’lon qildi, ularning 12 yoshdan so‘ng ta’lim olishi, ko‘plab sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlandi, shuningdek, jamiyat hayotida qatnashishi cheklandi. Maktab dasturlari ham qayta ko‘rib chiqilib, ular islom dini tamoyillariga moslashtirildi. Jamiyat hayotida shariat normalariga rioya qilish ustidan nazorat qiluvchi diniy politsiya tashkil etildi. Turli nazoratlar uyushtirilib, musiqa eshitiladigan joylar yopildi, shuningdek, o‘yin-kulgining boshqa shakllari ham cheklandi. Tolibon fikriga ko‘ra, islom dini tamoyillariga javob bermaydigan san’at va haykaltaroshlik namunalari hamda tarixiy matnlar yo‘q qilindi yoki taqiqlandi.
Eslab ko‘ring!
Bunday islohotlar Afg‘onistonda gumanitar inqirozning yanada chuqurlashuviga olib keldi. Shuningdek, ayollar va aholining boshqa qatlamlariga nisbatan tolibon tomonidan amalga oshirilayotgan zo‘ravonliklar xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning keskin tanqidiga uchramoqda.
Hozirgi kunda Afg‘oniston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida turli darajadagi aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, bu aloqalar gumanitar muammolarni hal qilishga va mintaqada barqarorlikni saqlab turishga qaratilgan.
Atamalar izohi
Loyya Jirg‘a — bu afg‘on qabilalari tomonidan saylanadigan umumafg‘on oqsoqollar kengashi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1990-yillari — 1990-yillari Pokiston Islom Respublikasida qizg‘in siyosiy jarayonlar va hokimiyatning yuqori pog‘onasida korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar davom etdi. Benazir Bhutto hukumati iste’foga chiqarilgandan so‘ng, 1990-yili…
- 1990-yili — 1990-yillari Pokiston Islom Respublikasida qizg‘in siyosiy jarayonlar va hokimiyatning yuqori pog‘onasida korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar davom etdi. Benazir Bhutto hukumati iste’foga chiqarilgandan so‘ng, 1990-yili…
- 1992-yil — 1992-yil aprelda Kobul shahriga mujohidlar otryadlari kirib keldi.
- 1993-yili — Ammo 1993-yili prezident G‘ulom Is’hoqxon yangi hukumatni ham korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab, iste’foga chiqardi.
- 1994-yili — 1994-yili mojaroga yangi siyosiy kuch — tolibon harakati qo‘shildi.
- 1996-yili — Ammo 1996-yili prezident Sardor Faruq Ahmadxon Leg‘oriy Milliy Assambleyani tarqatib yubordi va B. Bhutto hukumatini yana iste’foga jo‘natdi.
- 1996-yili — Mujohidlar uni tutib olib, 1996-yili dorga osishdi.
- 1996-yil — Ular 1996-yil sentyabrda Kobulni egallab olib, mamlakatni “Afg‘oniston Islom amirligi” deb e’lon qildi.
- 1999-yil — 1999-yil kuzda Pokistonda yana harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, hokimiyatga general Parvez Musharraf boshchiligidagi harbiy qo‘mondonlik keldi.
- 2001-yil — 2001-yil 11-sentyabrda Nyu Yorkda yuz bergan terroristik aktdan so‘ng Pokiston terrorizmga qarshi AQSH boshchiligida tuzilgan koalitsiyaga qo‘shildi.
Bilimingizni sinang
Pokistonda Musulmon ligasi rahbari Navoz Sharif hokimiyatni boshqarishiga olib kelgan saylovlar qaysi yili o‘tkazilgan?
- 1993-yili
- 1987-yili
- 1996-yili
- 1990-yili
To‘g‘ri javob: 1990-yili. B. Bhutto hukumati iste’foga chiqarilgach, 1990-yilgi saylovlarda Musulmon ligasi g‘olib chiqib, Navoz Sharif hokimiyatni boshqargan.
1993-yili Pokistonda yangi hukumatni korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab iste’foga chiqargan prezident kim?
- Parvez Musharraf
- Muhammad Zia ul-Haq
- Asif Ali Zardariy
- G‘ulom Is’hoqxon
To‘g‘ri javob: G‘ulom Is’hoqxon. Prezident G‘ulom Is’hoqxon 1993-yili hukumatni korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab iste’foga chiqargan.
1996-yili Pokistonda Milliy Assambleyani tarqatib yuborib, B. Bhutto hukumatini iste’foga jo‘natgan prezident kim?
- G‘ulom Is’hoqxon
- Parvez Musharraf
- Asif Ali Zardariy
- Sardor Faruq Ahmadxon Leg‘oriy
To‘g‘ri javob: Sardor Faruq Ahmadxon Leg‘oriy. Prezident Sardor Faruq Ahmadxon Leg‘oriy 1996-yili Milliy Assambleyani tarqatib, B. Bhutto hukumatini iste’foga jo‘natgan.
1993-yili prezident G‘ulom Is’hoqxon Pokistonda yangi hukumatni qanday ayb bilan iste’foga chiqardi?
- Korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab
- Saylov natijalarini soxtalashtirishda ayblab
- Armiya bilan til biriktirishda ayblab
- Chet el razvedkasi bilan hamkorlikda ayblab
To‘g‘ri javob: Korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab. Prezident hukumatni korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda ayblab iste’foga chiqargan.
1990-yili o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib chiqqan Musulmon ligasi partiyasining rahbari kim edi?
- Benazir Bhutto
- Navoz Sharif
- Parvez Musharraf
- G‘ulom Is’hoqxon
To‘g‘ri javob: Navoz Sharif. Saylovda g‘olib bo‘lgan Musulmon ligasi rahbari Navoz Sharif hokimiyatni boshqargan.
1996-yili Pokistonda Milliy Assambleyani tarqatib yuborgan prezident kim?
- Prezident Navoz Sharif
- Parvez Musharraf (general)
- Faruq Ahmadxon Leg‘oriy
- Prezident G‘ulom Is’hoqxon
To‘g‘ri javob: Faruq Ahmadxon Leg‘oriy. Prezident Sardor Faruq Ahmadxon Leg‘oriy Milliy Assambleyani tarqatib, B. Bhutto hukumatini iste’foga jo‘natgan.
Pokistonda 1993-yilda Navoz Sharif hukumatining va 1996-yilda B. Bhutto hukumatining iste’foga jo‘natilishini solishtiring. Umumiy jihat qaysi?
- Ikkala holda ham hukumatni davlat prezidenti iste’foga chiqargan
- Ikkala holda ham hukumat harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darilgan
- Ikkala holda ham hukumat saylovda mag‘lub bo‘lgani uchun hokimiyatni topshirgan
- Ikkala holda ham hukumatni Milliy Assambleya ishonchsizlik votumi bilan ag‘dargan
To‘g‘ri javob: Ikkala holda ham hukumatni davlat prezidenti iste’foga chiqargan. 1993-yilda prezident Is’hoqxon, 1996-yilda prezident Leg‘oriy hukumatni iste’foga chiqargan.
1999-yil kuzda Pokistonda amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishdan so‘ng qaysi general boshchiligidagi qo‘mondonlik hokimiyatga keldi?
- Muhammad Zia ul-Haq
- Yahyo Xon
- Parvez Musharraf
- Ayyub Xon
To‘g‘ri javob: Parvez Musharraf. 1999-yil kuzdagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng hokimiyatga general Parvez Musharraf boshchiligidagi harbiy qo‘mondonlik kelgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash