XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · Jahon tarixi · 26-mavzu

Afrika Mamlakatlari

XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari

Shimoliy Afrika mamlakatlariga Misr, Sudan, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash, Mavritaniya va G‘arbiy Sahroyi Kabir kiradi.

Misr arab Respublikasi

Misr Arab Respublikasi insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi makonlaridan biri. Uning tarixini Sfinks, Giza va Luksor ehromlari va Shohlar vodiysisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular ochiq osmon ostidagi eng katta muzeylardir.

Misr sivilizatsiyaviy jihatdan ko‘proq Sharqiy O‘rtayer dengiziga mansub bo‘lsa-da, Afrikaning arab mamlakatlari hayotida katta rol o‘ynaydi. XX asr oxirida Misr iqtisodiy rivojlanishda, qishloq xo‘jaligi, madaniyatda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi, rivojlangan turizm industriyasini yaratdi, mamlakatning valyuta zaxirasi ortib bormoqda. Bu yutuqlar Misrga arab va musulmon dunyosining yetakchilaridan biri bo‘lish imkonini berdi.

Misr arab Respublikasi

2011-yili Misr prezidenti Husni Muborak iste’foga chiqdi. Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida “Musulmon birodarlar” radikal tashkilotidan nomzod Muhammad Mursiy g‘alaba qozondi. Ammo M. Mursiy olib borgan siyosat mamlakatda, avvalo, armiyada norozilik uyg‘otdi. Natijada 2013-yili M. Mursiy harbiylar tomonidan ag‘darildi va qamoqqa olindi. 2014-yil bo‘lib o‘tgan saylovlarda Misr prezidenti etib mudofaa vaziri general Abdulfattoh as-Sisi saylandi. 2023-yil dekabrda As-Sisi uchinchi marta prezident bo‘ldi. Hozirgi vaqtda u yuqori darajadagi davlat qarzi, inflyatsiya va G‘azo sektorida davom etayotgan urush kabi mamlakat va mintaqada tobora kuchayib borayotgan muammolarga duch kelmoqda. Misrda 2030-yilgacha barqaror rivojlanish strategiyasi qabul qilingan. Bu hujjat to‘rtta asosiy “tayanch”ga ega bo‘lib, ulardan biri innovatsiya va ilmiy tadqiqotlardir. Ilmiy tadqiqotlarga ajratilayotgan mablag‘ 2022-yili YIMning 1,2 % ini tashkil qildi va yildan yilga ortib bormoqda.

Misr arab Respublikasi

Afrika mamlakatlari (xarita)

Sudan

Sudan XX asr oxiri – XXI asr boshlarida mintaqaning eng qoloq mamlakati bo‘lib qolmoqda. Mamlakat aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligida band. Sanoat juda sust rivojlangan, mamlakat aholisining faqat 5 % i shu sohada band. Mamlakat chegarasi mustamlaka davrida sun’iy bo‘lingan bo‘lib, bu ko‘plab etno-konfessional mojarolarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Liviya

Liviyada Muammar Qazzofiyning uzoq hukmronligi davrida neftdan olingan daromad yirik ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi. Liviyaliklar Shimoliy Afrikadagi eng ta’minlangan aholiga aylandi. Mamlakatda majburiy maktab ta’limi muddati 6 yildan 9 yilgacha oshirildi, bepul oliy ta’lim joriy etildi. Qazzofiy hokimiyat tepasiga kelgunga qadar aholining savodxonlik darajasi 27 % ni tashkil qilgan bo‘lsa, oradan 10 yil o‘tib ko‘plab kutubxonalar va ta’lim muassasalari tashkil etilishi ortidan bu ko‘rsatkich 51 % gacha yetdi.

Bundan tashqari, Qazzofiy demografik siyosatga ham katta e’tibor berdi. U hukmronlik qilgan 42 yil davomida Liviya aholisi 3 barobar ko‘paydi, bolalar o‘limi 9 barobar kamaydi. Uning davrida ayollarga o‘zi va yangi tug‘ilgan chaqalog‘i uchun katta miqdorda ijtimoiy nafaqa to‘langan.

Liviya

Ammo 2011-yili Liviyada ham hukumatga qarshi g‘alayonlar boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar muvaqqat hukumat tuzib, yordam so‘rab NATOga murojaat qildi. NATO kuchlari Liviyani bombardimon qildi, M. Qazzofiy o‘ldirildi, ammo bu mamlakat uchun tinchlik va farovonlik olib kelmadi. 2016-yili mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib, Liviya iqtisodiy halokat yoqasiga kelib qoldi. Millionlab kishilar mamlakatni tark etib, qochoqqa aylandi.

Yodda tuting!

Dunyodagi eng qashshoq 30 davlatdan asosiy qismi Afrikada joylashgan. Ularda tibbiy xizmat deyarli yo‘q, ichimlik suvi sifatsiz, aholisi surunkali to‘yib ovqatlanmaydi.

Bu qiziq!

Qazzofiy populist siyosatchi bo‘lishiga qaramay, u Liviyani modernizatsiya qildi va cho‘ldan iborat qoloq mamlakatni Afrikadagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlardan biriga aylantirdi. 1979-yilga kelib, Liviya aholi jon boshiga daromad bo‘yicha Buyuk Britaniya, Italiya va Yaponiyani ortda qoldirdi. 2001–2005-yillarda Liviya inflyatsiya darajasining pastligi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan.

Tropik va Janubiy Afrika

1990-yillari Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlarida ham muhim va o‘ta murakkab o‘zgarishlar yuz berdi. Bular Afrika mamlakatlarining o‘zidagi rivojlanish tendensiyalari va umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lgan voqea — “sovuq urush”ning yakunlanishi bilan bog‘liq edi. Ikki qarama-qarshi bloklar o‘rtasida Afrikaga ta’sir uchun kurash yakun topdi.

Afrika mamlakatlarida demokratizatsiyalash tendensiyalari, fuqarolik jamiyatini tuzishga intilish, bir partiyali tizimdan ko‘p partiyali tizimga o‘tish boshlandi. Dasturida marksizm-leninizm haqidagi nizom saqlanib qolayotgan hukmron partiyalar bu yo‘riqlardan voz kechdi, marksizmga sodiq qolgan Efiopiyadagi Mengistu Xayle Mariam hukumati 1991-yili ag‘darib tashlandi.

Tropik va Janubiy Afrika

Ammo bu jarayonlar mintaqadagi siyosiy holatni keskinlashtirib yubordi. 1989-yili Liberiyada etnik asosda boshlangan fuqarolar urushi ko‘plab qurbonlar va 1 million aholining qo‘shni davlatlarga ommaviy qochishiga olib keldi. Mamlakat xarob ahvolga tushib qoldi. Faqat Liberiyaga xalqaro harbiy kuchlarni kiritish ahvolni biroz tartibga keltirdi.

Mulohaza yuriting

Savollar: G‘arb davlatlarining Afrikaga sarmoya kiritishdan qochishi va u yerga investitsiyaning atigi 7 % i yo‘naltirilishining sababi nimada?

Ruanda va burundi

Ruanda va Burundida ham qonli mojarolar bo‘lib o‘tdi. 1990-yillar o‘rtalariga kelib, tutsi va xutu xalqlari o‘rtasidagi kurash keskinlashib, genotsidga olib keldi. Natijada Ruandaning 1 millionga yaqin aholisi halok bo‘ldi, Burundida 1 millionga yaqin kishi qochoqqa aylandi.

Syerra leone

Syerra Leoneda ham harbiy to‘ntarishlar va qurolli mojarolar fuqarolar urushiga olib keldi. Faqat BMT aralashuvi keskinlikni biroz yumshatdi, ammo mamlakat iqtisodi vayron bo‘lgan edi.

Kongo demokratik Respublikasi

1997-yili Kongo Demokratik Respublikasida Mobutuning diktatorlik rejimi ag‘darildi. Ammo yangi hukumat uzoq yillar davomida to‘planib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengib, etnik ziddiyatlarni yumshata olmadi. BMT Kongo Demokratik Respublikasini dunyoning eng qashshoq mamlakati deb tan oldi.

Kongo inqiroziga Afrikadagi qator davlatlar: Janubiy Afrika Respublikasi, Angola, Namibiya, Uganda, Ruanda, Zimbabve ham u yoki bu darajada hissa qo‘shdi. Ularning barchasi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish to‘g‘risida bayonot bersalar-da, bir guruhi markaziy hokimiyatni, boshqalari isyonchilarni qo‘llab-quvvatladi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Markaziy va Janubiy Afrika davlatlari rivojlanishining xususiyatlari nimada? Nimaga Afrikadagi eng qashshoq davlatlarning muammolari global tus oldi?

Hozirgi kunda mamlakatning eng katta muammolari qashshoqlik, korrupsiya va gender tengsizlik bo‘lib qolmoqda. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik oddiy hol bo‘lib, eng dahshatlisi, aholining ko‘pchiligi buni normal hol sifatida qabul qiladi. Bu kabi kulfatlar Tropik va Janubiy Afrikaning katta qismidagi holatni aks ettiradi.

XX asr oxirida Kongoda ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz tobora kuchayib bordi. Aholi o‘sish darajasining yuqoriligi ishsizlik muammosini yanada keskinlashtirdi. Jahon bozorida Tropik va Janubiy Afrika xomashyosiga bo‘lgan talabning kamayishi mintaqa mamlakatlari iqtisodiga katta zarba bo‘ldi. Af-

O‘ylab ko‘ring

rikaning ko‘plab mamlakatlarida aholi jon boshiga yillik daromad 1960-yildagidan ham pastga tushib ketdi. Faqat XXI asr boshlaridagina ijobiy tomonga o‘zgarish boshlandi. Ammo yangi asrda ham afrikaliklar oldida katta muammolar turgani aniq. Bulardan eng kattasi demografik muammo. Qashshoqlik, dahshatli kasalliklarga qaramasdan, Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida aholining yillik o‘sishi juda yuqori. BMTning hisob-kitobiga ko‘ra, Afrika aholisi 2050-yilga kelib, 2 milliard kishiga yetadi. Bu yangi asrda Afrika juda katta muammolar oldida turganligidan dalolat beradi.

Tropik Afrika bolalari

Atamalar izohi

Etno-konfessional mojaro — bu etnik mojaroning shakllaridan biri bo‘lib, unda etnik ziddiyat diniy ziddiyat bilan qo‘shilib ketadi.

Gender tengsizlik — bu ijtimoiy tizimning muhim belgisi bo‘lib, unga binoan, turli ijtimoiy guruhlar, ayni holatda erkaklar va ayollarning jamiyatdagi imkoniyatlari bir-biridan muqim farq qiladi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

Savollar: 1. XXI asr boshiga kelib, Misrning siyosiy hayotida islom fundamentalizmi qanday rol o‘ynadi? 2. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Liviya va boshqa Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi inqilob va to‘ntarishlar qanday oqibatlarga olib keldi? 3. XXI asrda Afrika mamlakatlari oldida qanday dolzarb muammolar turibdi?

Ijodiy ish topshirig‘i

Afrika davlatlari taraqqiyotidagi muammolar va yutuqlar masalasini T-chizma asosida tahlil qilib daftaringizga yozing.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Muhammad Mursiy harbiylar tomonidan qaysi yili ag‘darilib, qamoqqa olindi?
  1. 2015-yili
  2. 2014-yili
  3. 2012-yili
  4. 2013-yili

To‘g‘ri javob: 2013-yili. Mursiy siyosatidan armiya norozi bo‘lgani uchun 2013-yili harbiylar uni ag‘dardi.

Mudofaa vaziri general Abdulfattoh as-Sisi Misr prezidenti etib qaysi yil o‘tgan saylovlarda saylandi?
  1. 2012-yil
  2. 2016-yil
  3. 2014-yil
  4. 2013-yil

To‘g‘ri javob: 2014-yil. As-Sisi 2014-yilgi saylovlarda Misr prezidenti etib saylangan.

2014-yilgi saylovlarda Misr prezidenti etib saylangan mudofaa vaziri general kim?
  1. Abdulfattoh as-Sisi
  2. Husni Muborak
  3. Anvar Sadat
  4. Muhammad Mursiy

To‘g‘ri javob: Abdulfattoh as-Sisi. 2014-yilgi saylovlarda mudofaa vaziri general Abdulfattoh as-Sisi prezident etib saylandi.

Abdulfattoh as-Sisi Misr prezidenti sifatida uchinchi marta qaysi yilning dekabrida saylandi?
  1. 2022-yil
  2. 2023-yil
  3. 2021-yil
  4. 2020-yil

To‘g‘ri javob: 2023-yil. As-Sisi 2023-yil dekabrda uchinchi marta prezident bo‘lgan.

Misrda qaysi yilgacha mo‘ljallangan barqaror rivojlanish strategiyasi qabul qilingan?
  1. 2025-yilgacha
  2. 2040-yilgacha
  3. 2030-yilgacha
  4. 2035-yilgacha

To‘g‘ri javob: 2030-yilgacha. Misrda 2030-yilgacha barqaror rivojlanish strategiyasi qabul qilingan.

Misrda ilmiy tadqiqotlarga ajratilgan mablag‘ YIMning 1,2 % ini tashkil qilgan yil qaysi?
  1. 2019-yil
  2. 2022-yil
  3. 2020-yil
  4. 2024-yil

To‘g‘ri javob: 2022-yil. Ilmiy tadqiqotlarga ajratilayotgan mablag‘ 2022-yili YIMning 1,2 foizini tashkil qilgan.

Misr prezidenti Husni Muborak qaysi yili iste’foga chiqdi?
  1. 2011-yili
  2. 2013-yili
  3. 2014-yili
  4. 2016-yili

To‘g‘ri javob: 2011-yili. Husni Muborak 2011-yili iste’foga chiqqan.

“Musulmon birodarlar” tashkilotidan nomzod sifatida Misr prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozondi?
  1. Abdulfattoh as-Sisi
  2. Muhammad Mursiy
  3. Husni Muborak
  4. Muammar Qazzofiy

To‘g‘ri javob: Muhammad Mursiy. Saylovda Muhammad Mursiy g‘alaba qozongan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiLotin Amerikasi MamlakatlariKeyingi →XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar