XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida jahon sivilizatsiyasi muammolari
GLOBALLASHUV — TURLI DAVLATLAR IQTISODIY, MADANIY VA SIYOSIY HAYOTINING BIRLASHISH JARAYONI.
IQLIM KELISHUVI 2015-YIL 12-DEKABRDA PARIJDA IQLIM O‘ZGARISHI BO‘YICHA TARIXIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI.
Eslab ko‘ring!
Globallashuv (globus — Yer shari) deganda umumjahon iqtisodiy, siyosiy, diniy va madaniy integratsiyalashuv va unifikatsiyalashuv jarayoni tushuniladi. Iqtisodning globallashuvi natijasida moliyaviy yuksalishlar va inqirozlar umumsayyora miqyosiga, global xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Zamonaviy axborot tizimlari moliya kapitaliga juda tez harakatlanish, moliya bozorlariga esa to‘xtovsiz faoliyat yuritish imkonini yaratdi.
Madaniy sohada globallashuv jarayoni esa ziddiyatli natijalarga ham olib kelmoqda. Bir tomondan, madaniy globallashuv jarayonida internet, xalqaro turizm, kinofilmlar, kitoblar va intellektual mehnatning boshqa mahsulotlari katta rol o‘ynaydi. Boshqa tomondan, axloqqa zid narsalarning ommalashuvi milliy madaniyatlarning rivojlanishi uchun xavf sola boshladi. Masalan, hozir “ommaviy madaniyat” deb atalayotgan jarayon xuddi shunday salbiy holatlardan biridir.
Eslab ko‘ring!
Globallashuvga hozir ko‘plab mamlakatlarda g‘arblashuv jarayoni sifatida ham qaralmoqda. G‘arbning kuchayib borayotgan iqtisodiy, harbiy va ayniqsa, madaniy ta’siri aksariyat davlatlarda salbiy munosabatni keltirib chiqarmoqda. Chunki har bir millatning o‘zi qadrlaydigan milliy o‘zligi borki, globallashuv jarayonida uni yo‘qotishni, “g‘arblashishni” hech kim istamaydi.
Globallashuv bir xil baholanishi mumkin bo‘lmagan o‘ta murakkab jarayon. Bu jarayonda har bir xalq o‘z o‘rnini egallashga, o‘zligini saqlab qolishga intilmoqda. Osiyo va Afrikadagi an’anaviy sivilizatsiyalar o‘chog‘ida G‘arb qadriyatlar tizimini, uning ma’naviy-axloqiy asoslarga zid normalarini qabul qilish jiddiy qarshiliklarga uchramoqda.
Eslab ko‘ring!
Zotan, Xitoy va Hindiston singari an’anaviy sivilizatsiyasi uzoq tarixga ega bo‘lgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyoti, siyosatidagi rolining ortib borishi bu jamiyatlar ma’naviy-axloqiy qadriyatlarining ham jahon maydoniga chiqishiga olib kelmoqda. Bu esa G‘arb jamiyatiga tobora chuqurlashib borayotgan ma’naviy inqiroz holatidan chiqib olish imkonini berishi mumkin.
Harbiy va texnogen xavf-xatarlar
XX asrning 50-yillarida dunyoning bir guruh mashhur olimlari yadro qurolini ommaviy qo‘llash sivilizatsiyaning to‘liq yo‘q qilinishiga olib keladi, degan ogohlantirish bilan chiqdilar. Haqiqatan, yadro quroli barcha tabiiy ofatlarga qaraganda ham ko‘proq vayron qilish qudratiga ega. Bu qurolning paydo bo‘lishi tarixda ilk bor insoniyatning o‘z-o‘zini yo‘q qilish xavfini tug‘dirdi.
XXI asrning birinchi choragida ham harbiy xavf-xatarlar to‘liq bartaraf etilmadi, dunyoning turli qismlarida urushlar davom etmoqda. Dunyoda yadro quroliga yoki uni tez yaratish imkoniyatiga ega davlatlar soni ham muttasil ortib bormoqda. Yadro qurolining butun sayyora bo‘ylab tarqalib ketishi yuz berayotgan ko‘p sonli mojarolarda uni qo‘llash xavfini oshirmoqda. Bunga 2025-yil mayda ikki yadroviy davlat — Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro misol bo‘lishi mumkin.
Harbiy va texnogen xavf-xatarlar
Shuningdek, minglab kishilarning o‘limiga olib keladigan va atrof-muhitga cheksiz zarar yetkazadigan texnogen halokatlar xavfi ham ortmoqda. Masalan, Hindistondagi Bhopal kimyo zavodidagi portlash, AQSHning Tri Mayl Aylend, SSSRning Chernobil, Yaponiyaning Fukusima-1 atom elektrostansiyalaridagi halokatlar insoniyat uchun yangi xavf paydo bo‘lganligini ko‘rsatdi. Turli mamlakatlar hukumatlari ekstremizm va terrorizmning kuchayishi shunday obyektlarga qarshi qo‘poruvchilik harakatlari xavfining oshishiga olib kelishidan tashvishga tushmoqda. Masalan, urush ketayotgan Ukrainadagi Yevropada eng katta bo‘lgan Zaporojye atom elektrostansiyasiga uyushtirilgan raketa hujumlari butun dunyo, ayniqsa, Yevropa aholisini keskin tashvishga soldi.
Harbiy va texnogen xavf-xatarlar
Kimyo va gen injeneriyasining yutuqlari tufayli kimyoviy va bakteriologik qurollarni takomillashtirish imkoniyati ham insoniyatni tashvishga solmoqda. Bunday qurollarni yaratishning nisbatan arzonligi, nazorat qilishning murakkabligi, ko‘plab kishilarni yo‘q qila olishi ularning kichik to‘qnashuvlar o‘choqlarida paydo bo‘lish xavfini oshirmoqda.
Ekstremizm va terrorizm
So‘nggi paytda zamonaviy jamiyatda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ikki muammo — ekstremizm va terrorizm alohida o‘rin tutadi. Ekstremizm va terrorizm insoniyatning ijtimoiy qadriyatlariga katta zarar yetkazadi, jamiyatda insonning himoyalanganlik hissini poymol qiladi.
Ekstremizm — bu ijtimoiy-siyosiy, diniy, milliy maqsadlarga taqiqlangan usullar orqali erishishning nazariyasi va amaliyoti. Taqiqlangan usullar deganda inson va fuqaro huquq va erkinliklariga qonunda man etilgan kuch ishlatish, zo‘rlik yo‘li bilan tajovuz qilish tushuniladi.
Ekstremist o‘zining siyosiy, diniy yoki boshqa ijtimoiy xavfli g‘oyalari haqligiga ishongan va ularni kishilar, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish uchun harakat qiladigan “g‘oyaviy” jinoyatchi. Bugun o‘zining mutaassib g‘oyalarini isbotlash va ularni jamiyatning asosiga aylantirish uchun harakat qilayotgan, o‘z faoliyatida dahshatli g‘ayriinsoniy usullardan foydalanayotgan guruhlar shunday ekstremistlardir.
Ekstremizm va terrorizm
Terrorizmning mudhish oqibati
Zaharli gazlar — insoniyatning global muammosi
Ekstremizmning eng xavfli shakli terrorizmdir. Terrorizm — bu davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari hamda xalqaro tashkilotlarning qarorlar qabul qilish jarayoniga aholini qo‘rqitish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik orqali ta’sir ko‘rsatish mafkurasi va amaliyotidir. Ya’ni terrorchilar hech narsa bilan chegaralanmagan vahshiyliklar, masalan, aholi to‘plangan joyda portlatish sodir etish, ommaviy qatl qilish kabi usullar orqali siyosiy hokimiyatga intiladi. Ular hozirda, ayniqsa, diniy niqobdan keng foydalanmoqda. Bugun islom dinini niqob qilib olgan terroristik tashkilotlar dunyoning eng katta ekstremistik va terroristik xavfiga aylandi va bu orqali islom dinining mohiyatini buzib ko‘rsatmoqda. Bu xavfni oxirigacha tushunib yetmayotgan kishilar, ayniqsa, yoshlar terroristlar changaliga ilinib qolmoqda. Ekstremistik g‘oyalarning yoyilishida Meta (Facebook), Telegram, Instagram, Youtube, TikTok kabi kanallar, saytlar va boshqa zamonaviy axborot vositalari ham ma’lum salbiy rol o‘ynamoqda.
Ekstremizm va terrorizm
Ukraina, Yaqin Sharq kabi notinch hududlardan millionlab qochoqlarning Yevropaga intilishi butun dunyoda terrorizm xavfini keskin oshirdi. Eng xavflisi, zamonaviy kishilarga yot bo‘lgan qo‘rqinch va xavotir holati butun dunyoni qamrab olmoqda.
Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifloslanishi
Yer yuzidagi hayotga tahdid qilayotgan xavflardan yana biri insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Inson ishlab chiqarish faoliyatining Yer biosferasiga salbiy ta’siri kun sayin oshib bormoqda. Sayyoramizni quyoshning radioaktiv nurlaridan himoya qilib turgan ozon qatlami buzilmoqda. Oqibatda odamlarning saraton dardiga yo‘liqishi, hayvon va o‘simliklarning kasallanish xavfi ortmoqda. Atmosferaga is gazining ko‘p miqdorda chiqarilishi global iqlim o‘zgarishi jarayonini boshlab berdi. Sayyoramizda o‘rtacha harorat yil sayin ko‘tarilib bormoqda. Kelajakda qutb muzliklari, Grenlandiya va Antarktida muz qatlamlarining erishi, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, qirg‘oq bo‘yidagi yuzlab shaharlarni, keng hosildor yerlarni suv bosishi kutilmoqda.
Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifloslanishi
Bugungi xavf-xatarlar orasida inson organizmiga ta’siri hali oxirigacha o‘rganilmagan bir qator omillar ham mavjud. Minglab radio va telestansiyalar, sanoat, mudofaa obyektlari va hozirda keng tarqalgan uyali telefon antennalaridan taralayotgan to‘lqinlar natijasida elektromagnit nurlanishning umumiy darajasi doimiy ko‘tarilib bormoqda. Buning inson salomatligi uchun xavflilik darajasi hozir olimlar tomonidan tadqiq qilinayotgan muammolardan biridir.
So‘nggi davrda Yer yuzi aholisining katta qismi to‘plangan shaharlarda inson o‘tmishdagiga nisbatan ancha katta axborot ta’siriga uchramoqda. Natijada asab-psixologik, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari ko‘payib bormoqda. Yuz yillar davomida shakllangan turmush tarzidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, zamonaviy qulayliklar natijasida harakatning kamayishi ham sog‘likka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu qiziq!
Ko‘rib turganimizdek, globallashuv ko‘p qirrali jarayondir. Keling, uning asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatamiz. Moliyaviy sohada bu global miqyosda kapitalning misli ko‘rilmagan harakatidir. Ishlab chiqarish sohasida bu transmilliy korporatsiyalar asosida xalqaro integratsiyalashgan ishlab chiqarish tizimini shakllantirishdir. Savdo sohasida savdoni liberallashtirish, butun dunyo bo‘ylab tovarlar harakati bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashdir. Gumanitar sohada bu axborot va bilimlarni cheksiz tarqatishdir. Globallashuv eng yangi axborot texnologiyalariga asoslanadi.
Albatta, yuqorida keltirilganlar bartaraf etilishi lozim bo‘lgan muammolarning barchasini qamrab olmaydi. Ulardan ayrimlari, masalan, insoniyatning ma’naviy inqirozi, axloqiy buzilish kabilar juda murakkab bo‘lib, ularning hal qilinishi Yer yuzida insoniyatni saqlab qolish va keyingi rivojlanishini ta’minlash uchun favqulodda muhim hisoblanadi. Shu qatori bashariyat oldida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni tiklash, ekologik, texnologik va ijtimoiy jarayonlarni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy tanglikni yumshatish va natijada insoniyat sivilizatsiyasini saqlab qolishdek olamshumul murakkab vazifa turibdi. Bu muammolarni yengish odamzoddan, eng avvalo, hamkorlik va hamjihatlikni talab qiladi.
Atamalar izohi
Unifikatsiya — bu bitta tizim yoki shaklga keltirish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 2025-yil — Bunga 2025-yil mayda ikki yadroviy davlat — Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro misol bo‘lishi mumkin.
- XX asrning — XX asrning 50-yillarida dunyoning bir guruh mashhur olimlari yadro qurolini ommaviy qo‘llash sivilizatsiyaning to‘liq yo‘q qilinishiga olib keladi, degan ogohlantirish bilan chiqdilar.
- 50-yillarida — XX asrning 50-yillarida dunyoning bir guruh mashhur olimlari yadro qurolini ommaviy qo‘llash sivilizatsiyaning to‘liq yo‘q qilinishiga olib keladi, degan ogohlantirish bilan chiqdilar.
Bilimingizni sinang
Turli davlatlar iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotining birlashish jarayoni nima deyiladi?
- Urbanizatsiya
- Modernizatsiya
- Mintaqalashuv
- Globallashuv
To‘g‘ri javob: Globallashuv. Globallashuv turli davlatlar iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotining birlashish jarayonidir.
Turli davlatlar iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotining birlashish jarayoni qanday ataladi?
- Modernizatsiya
- Globallashuv
- G‘arblashuv
- Unifikatsiya
To‘g‘ri javob: Globallashuv. Matnda globallashuv shu jarayon sifatida ta’riflangan.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parijdagi tarixiy konferensiya qachon bo‘lib o‘tgan?
- 2012-yil 15-dekabrda
- 2015-yil 12-noyabrda
- 2016-yil 12-dekabrda
- 2015-yil 12-dekabrda
To‘g‘ri javob: 2015-yil 12-dekabrda. Konferensiya 2015-yil 12-dekabrda Parijda bo‘lgan.
Globallashuv (globus — Yer shari) deganda umumjahon qanday jarayon va unifikatsiyalashuv tushuniladi?
- iqtisodiy, siyosiy, diniy va madaniy integratsiyalashuv
- iqtisodiy va harbiy hamkorlik
- faqat savdo va moliyaviy integratsiyalashuv
- siyosiy va huquqiy tenglashuv
To‘g‘ri javob: iqtisodiy, siyosiy, diniy va madaniy integratsiyalashuv. Globallashuv umumjahon iqtisodiy, siyosiy, diniy va madaniy integratsiyalashuv va unifikatsiyalashuv jarayonidir.
Globallashuvning madaniy sohadagi salbiy holatlaridan biri sifatida qaysi jarayon keltiriladi?
- Milliy madaniyat
- Elita madaniyati
- Ommaviy madaniyat
- Xalq madaniyati
To‘g‘ri javob: Ommaviy madaniyat. “Ommaviy madaniyat” deb atalayotgan jarayon axloqqa zid narsalar ommalashuvi tufayli salbiy holatlardan biri hisoblanadi.
Iqtisodning globallashuvi natijasida moliyaviy yuksalishlar va inqirozlar qanday tus olmoqda?
- Umumsayyora miqyosiga, global xarakterga ega bo‘lib bormoqda
- Faqat Yevropa bilan cheklanib, boshqa mintaqalarga tarqalmayapti
- Faqat rivojlangan davlatlar ichida kechib, boshqalarga tegmayapti
- Milliy bozor doirasida qolib, global ta’sirga ega bo‘lmayapti
To‘g‘ri javob: Umumsayyora miqyosiga, global xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Moliyaviy yuksalish va inqirozlar umumsayyora miqyosiga ega bo‘lib bormoqda.
Zamonaviy axborot tizimlari moliya kapitali va moliya bozorlariga qanday imkon yaratdi?
- Kapitalni faqat bank doirasida saqlab, bozorlarni tunda yopib qo‘yish imkonini
- Valyuta kurslarini butunlay muzlatib qo‘yish va xalqaro to‘lovlarni to‘xtatish imkonini
- Kapitalga juda tez harakatlanish, bozorlarga esa to‘xtovsiz faoliyat yuritish imkonini
- Davlat chegaralarida kapital harakatini to‘xtatib, milliy nazoratni kuchaytirish imkonini
To‘g‘ri javob: Kapitalga juda tez harakatlanish, bozorlarga esa to‘xtovsiz faoliyat yuritish imkonini. Axborot tizimlari kapital harakatini tezlashtirgan va bozorlarning to‘xtovsiz ishlashini ta’minlagan.
Madaniy globallashuvning salbiy tomoni nimada namoyon bo‘lmoqda?
- Xalqaro turizmning keskin kamayishi va davlatlar o‘rtasida aloqalarning to‘xtashida
- Axloqqa zid narsalarning ommalashuvi milliy madaniyatlar rivojiga xavf solishida
- Kitoblar chop etilishining to‘xtashi va kutubxonalarning ommaviy yopilib ketishida
- Internetning to‘liq yo‘qolishi va aloqa vositalarining ishlamay qolib ketishida
To‘g‘ri javob: Axloqqa zid narsalarning ommalashuvi milliy madaniyatlar rivojiga xavf solishida. Axloqqa zid narsalarning ommalashuvi milliy madaniyatlar uchun xavf sola boshlagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash