Britaniyadan – Angliyaga
Angliyaga
Anglosakslar
SIZ BILIB OLASIZ:
- • normandlarning XI asrdagi istilolari haqida.
BRITANIYANING TUB AHOLISI HAQIDA
Buyuk Britaniya Yevropaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Bu hududda mil. avv. I ming yillikda kelt qabilalari – brittlar yashagan. Milodiy 43-yildan boshlab Britaniya orollarining katta qismini rimliklar bosib oladi, shu bilan Janubiy Britaniya ustidan ularning deyarli 400 yillik hukmronligi boshlanadi. Rim imperiyasi Britaniya orollarini istilo qilganida, orolning janubida kelt, britt, shimolida – hozirgi Irlandiya va Shotlandiyada – skott, pikt qabilalari yashagan.
London milodiy 43-yili orolni Rim imperiyasi istilo qilganidan keyin Temza daryosi sohilida barpo etilgan hamda to‘rt asrga yaqin rimliklarning bosh shahri bo‘lgan.
43-407-y
Rimning Britaniyadagi legioni 407-yilda Italiyaga qaytganidan so‘ng, oroldagi rimlik aholi ham qit’aga qaytadi. Bu paytda oroldagi britt, keltlarning o‘zaro urushlaridan foydalangan shimoliy hududlardagi pikt va skott qabilalari ularga qarshi hujum boshlaydilar. Ulardan himoyalanish maqsadida brittlar Germaniyaning ichki (shimoliy) qismida joylashgan angl, saks, yut va friz qabilalari (umumiy nomi anglosakslar)dan yordam so‘raydilar. Germanlar dastlab uchta kemada kelishadi. Lekin mahalliy aholining harbiy jihatdan ojizligidan foydalanib, anglosakslar yuzlab, minglab qabiladoshlarini “himoyachilardan” “istilochilarga” aylanishga undaydilar.
QIROL ARTUR
Oroldagi so‘nggi rimliklardan Amvrosiy Avrelian VI asrning boshlarida brittlarni birlashtirib, anglosakslarga qarshi deyarli yarim asr kurashadi. Kelt qabilalari xotirasida bu g‘alabalar haqidagi ma’lumotlar asrlar davomida saqlanib kelindi. Lekin rivoyatlarda bosqinchilarga zarba bergan qahramonning ismi o‘zgargan. Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atashgan.
Dumaloq stol ritsarlari
ILK FEODAL DAVLATLAR
Amvrosiy Avreliandan so‘ng brittlarda munosib yo‘lboshchining bo‘lmaganligi anglosakslar tomonidan orolning katta qismi bosib olinishiga imkon beradi. Orolda joylashgan anglosaks qabilalari esa V–VI asrlarda mahalliy brittlarning qolgan qismini bo‘ysundirib, o‘zlarining ilk feodal qirolliklarini tuzishadi. Mahalliy brittlar orolning shimoli-g‘arbiy qismiga surib chiqariladi. Istilo dahshatidan ko‘pgina brittlar va keltlar franklar davlatining Armorika viloyatiga ko‘chib o‘tib, bu yerga Bretan nomini berishadi. Brittlarning bir qismi urushda halok bo‘ladi, qolganlari keyinchalik germanlar bilan aralashib ketadi. Britaniyada kelt, britt tillari emas, istilochi angllar tili ustunlikka erishadi. Ular turli lahjalarda so‘zlashgan, lekin yillar o‘tib angllar yashagan Mersiya shevasi tobora keng qo‘llanila boshlaydi. Shu tariqa keyinchalik istilochilar muomalasidagi til ingliz, mamlakat esa Angliya nomini oladi. Bosqinchilarning ko‘plab qabilalari va bo‘ysundirilgan aholining qolgan qismi yagona xalqqa birlasha boshlaydi. Tarixda ular anglosaks nomini oladi.
DAVLAT BOSHQARUVI
Anglosaks qirolliklari monarxiya davlatlari bo‘lsa-da, ammo ularda qirol hokimiyati zaif edi. Qirol zodagonlardan iborat “Donolar kengashi”ga qaram edi. Kengash qonunlarni tasdiqlardi va mamlakatning oliy sud organi hisoblanardi. Hatto kengash qirolni saylashi va uni taxtdan mahrum qilishi ham mumkin edi. Mamlakatda grafliklar tashkil etilib, ularni qirol vakili – sheriflar idora qilishar edi. Shu tariqa ingliz jamiyati asta-sekin feodal tus oladi. Unda yirik yer egalari – lordlar paydo bo‘ladi. Yangi tashkil etilgan qirolliklar doimo bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan. 829-yilda Uesseks hukmdori Ekbert oroldagi barcha qirolliklar aholisini yagona davlatga birlashtirib, o‘zini qirol deb e’lon qiladi. Shu tariqa IX asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, mamlakat umumiy nom bilan “Angliya” deb atala boshlandi.
DUMALOQ STOL AFSONASI
Afsonaga ko‘ra, qirol Artur majlislarda ishtirokchilar bir-birlari bilan eng yaxshi joy masalasida bahslashmasliklari va o‘zlarini teng his qilishlari uchun davra stolini o‘ylab topgan. Chunki feodallar o‘rtasida yuqori o‘rindiqqa o‘tirish uchun tez-tez tortishuvlar bo‘lib turar, bu hatto qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketardi. Davra stoli Kamelot qal’asidagi eng katta zalda edi. Uning atrofidagi o‘rindiqlarda ritsarlardan o‘z jasorati bilan olijanob va halol insonlar davrasiga kirish huquqini qo‘lga kiritgan hamda yuqori ritsarlik ordeniga sazovor bo‘lganlari o‘tirgani aytiladi. Manbalarda ritsarlarning soni turlicha keltiriladi, ularning aksariyatida 24 ta bo‘lgani yozib qoldirilgan.
DUMALOQ STOL AFSONASI
Hozirgi kunda Vinchesterda aynan 24 a’zodan iborat davra suhbati hali ham o‘tkaziladi, bu an’ana yuzlab yillar davomida uzluksiz davom etib kelmoqda.
Qirol Artur davra stolida ritsarlar bilan davlat boshqaruvi, harbiy yurishlar, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarni bosqinchilardan himoya qilish kabi muhim masalalarni muhokama qilgan.
Davra stolida muhokama qilingan: 1. Davlat boshqaruvi 2. Harbiy yurishlar 3. Mamlakat xavfsizligini ta’minlash 4. Fuqarolarni bosqinchilardan himoya qilish
NORMANNLARGA QARSHI KURASH
Birlashgan anglosaks qirolligi tashkil topishi bilanoq normannlarga qarshi qattiq kurash boshlashga majbur bo‘ladi. Normannlarning yo‘lboshchilari jangariligi bilan ajralib turgan.
BUNI YODDA SAQLANG!
Vikinglar – VIII asr oxiri–XI asr o‘rtalarida Yevropa mamlakatlarida dengiz yo‘li orqali savdo-sotiq bilan shug‘ullangan, shuningdek, qaroqchilik va bosqinchilik yurishlari olib borgan skandinaviyaliklar (Daniya, Norvegiya hududlarida yashagan qabilalar). G‘arbiy Yevropada ularni normannlar, Rusda varyaglar deb atashgan.
838-yilda Ekbert bosqinchilarning Angliyaga qilgan hujumlaridan birini qaytara oladi. Ammo ichki nizolardan zaiflashgan anglosaks qirolliklari istilochilarni to‘xtata olmaydi. Oqibatda normannlar 842-yilda Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar. Shundan so‘ng juda ko‘plab skandinaviyaliklar shimoli-sharqiy Angliyaga o‘rnashib olib, bu o‘lkaning taraqqiyotiga ta’sir etadi. Daniyaliklar ancha zich joylashgan bo‘lib, ular kelib o‘rnashib qolgan hudud butun o‘rta asrlar davomida Daniyaga qarashli mintaqa degan nom bilan yuritilgan.
BUNI YODDA SAQLANG!
Vikinglarning Angliyaga hujumi
QIROL BUYUK ALFRED
Normannlar hujumi qirol Buyuk Alfred (871–900) davrida qaytariladi. U ko‘plab qal’alar bunyod ettirib, chegaralarni mustahkamlaydi, dengiz kemalaridan harbiy flot tuzib, qo‘shinni isloh qiladi. Xalq lashkarini normannlarga qarshi tura oladigan, yaxshi harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan jangchilar bilan almashtiradi. Angliyada birinchi marta alohida doimiy soliq olishni joriy qiladi, bu soliq “daniyaliklar puli”, ya’ni daniyaliklarga qarshi kurashish uchun yig‘iladigan soliq deb ataladi. Qirol Alfred 879-yilda normannlarni o‘z hukmronligi ostidagi ingliz yerlarining daxlsizligini tan olganliklari haqidagi shartnomani tuzishga majbur etadi. Qirol Alfred zamonida ingliz yerlarida tinchlik qaror topib, ilm-fan rivojlanadi, madaniy yuksalish boshlanadi.
QIROL BUYUK ALFRED
Qirol Alfred juda bilimli, o‘qimishli kishi bo‘lib, ilm-ma’rifatga homiylik qiladi. Uning davrida savodli ruhoniylar tayyorlash uchun yepiskopliklar qoshida yangi maktablar tashkil qilinadi. Shuningdek, “Anglosakson solnomasi” tuzilib, muhim voqealar yilma-yil qayd etib borilgan. Agar 250 yil davomida bitilgan ushbu solnoma bo‘lmaganida, tarixchilar Angliyaning o‘rta asrlar tarixi haqida cheklangan ma’lumotlarga ega bo‘lishardi. Alfred tomonidan anglosaks qirolliklarining qadimgi qonunlari, haqiqatlari yig‘ilib, bitta to‘plam qilib chiqarish buyuriladi. Keyinchalik unga “Alfred haqiqati” nomi beriladi. Alfred lotin mualliflarining asarlarini anglosaks tiliga tarjima qildirgan, o‘z mamlakati aholisini savodli qilishga intilgan hukmdor hisoblanadi.
SKOTTLAR
Qirol Alfredning o‘limidan so‘ng uning vorislari Denlo (Daniya qonunlari viloyati)ga hujum boshlaydi va uni qo‘shib oladi. Bu davrga kelib, Denloga o‘rnashgan daniyaliklar mahalliy aholi bilan ancha yaqinlashib, aralasha boshlagan edilar. Keyinchalik Angliyada yana ichki nizolar boshlanib, davlat zaiflashadi. Bu davrda Daniya qirolligi tez yuksala boshlaydi.
SASSEKS UESSEKS
asr boshlarida normannlar Angliyaga qayta hujum boshlaydilar. Daniya qiroli Kanut 1013-yili ingliz sohiliga qo‘shin tushurib, uni katta qiyinchiliklarsiz zabt etadi. Kanut ayni paytda Angliya qiroli deb ham e’lon qilinadi. U Angliya bilan birgalikda Shotlandiya, Norvegiya va Shvetsiyani o‘z ichiga olgan yirik davlat barpo qiladi. Lekin uning vafotidan so‘ng tuzgan yirik davlati parchalanib ketadi. Shundan so‘ng ingliz taxtiga Eduard keladi va anglosakslar hukmronligini qayta tiklaydi.
VILGELM ISTILOCHI
Qirol Vilgelm I
1066 -yilda Fransiyaning shimolidagi Normandiya gersogi Vilgelm I normand va fransuz ritsarlaridan iborat qo‘shin bilan Angliya qirg‘oqlariga tushadi. U anglosakslarni daniyaliklardan ozod qilmoqchi ekanligini da’vo qilsa-da, lekin aslida Angliyani egallashga intiladi. Shuning uchun u ingliz cherkovida o‘z ta’sirini kengaytirishni orzu qilgan papa tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, anglosaks qo‘shinlarini mag‘lub etadi va o‘zini Angliya qiroli deb e’lon qiladi.
Normandiyaliklar hukmronligi o‘rnatilgach, ko‘plab anglosakslar o‘z mulklarini yo‘qotadilar. Hamma joyda yangi zodagonlarning tosh qal’alari quriladi. Vilgelm I eng yaxshi yerlar va o‘rmonlarni qirol qo‘riqxonalari deb e’lon qiladi. Inglizlar qo‘zg‘olon ko‘tarib, ingliz emas, balki eski fransuz tilida gapiradigan qirolga qarshilik ko‘rsata boshlaydilar.
VILGELM ISTILOCHI
Vilgelm I ning vorislari qirol hokimiyatini mustahkamlashni davom ettiradilar. Xususan, kenja og‘li Genrix I davrida qirollik sudi kuchayadi, shuningdek, qirollik moliya boshqarmasi ham tashkil topadi.
1066-yildagi Vilgelim I va anglosakslar o‘rtasidagi Gastings jangi
Genrix I ning o‘g‘il farzandi bo‘lmaganligi sababli uning vafotidan so‘ng taxt uchun kurash avj oladi. Uzoq davom etgan bu kurashda qizining o‘g‘li Genrix II (1154–1189) g‘alaba qozonadi.
Garold
Genrix II davrida moliyaviy va harbiy islohotlar o‘tkaziladi. Baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga “qalqon puli” solig‘i to‘lashlariga ruxsat beriladi. Bu islohot qirolga muntazam yollanma qo‘shin tuzish imkonini beradi. Shu tariqa Angliyada qirollar hokimiyati kuchaya bordi.
Muntazam qo’shin: Sargon I, Genrix II, Abbos I, Olimxon, M. rahimxon I, Amir Haydar - Amir Nasrulla.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Britaniyaning tub aholisi va u yerga bosqinchilik yurishlari qilgan german qabilalari haqida so‘zlab bering.
3. Buyuk Alfred faoliyati haqida nimalar yodingizda qoldi?
4. Normannlar istilolari haqida bilganlaringizni so‘zlab bering.
Muqaddas Rim
Genrix I va Karl III uchrashuvi
Muhim sanalar
- 407-yilda — Rimning Britaniyadagi legioni 407-yilda Italiyaga qaytganidan so‘ng, oroldagi rimlik aholi ham qit’aga qaytadi.
- 829-yilda — 829-yilda Uesseks hukmdori Ekbert oroldagi barcha qirolliklar aholisini yagona davlatga birlashtirib, o‘zini qirol deb e’lon qiladi.
- 838-yilda — 838-yilda Ekbert bosqinchilarning Angliyaga qilgan hujumlaridan birini qaytara oladi.
- 842-yilda — Oqibatda normannlar 842-yilda Londonni bosib olib, talaydilar va yondirib yuboradilar.
- 879-yilda — Qirol Alfred 879-yilda normannlarni o‘z hukmronligi ostidagi ingliz yerlarining daxlsizligini tan olganliklari haqidagi shartnomani tuzishga majbur etadi.
- 1013-yili — Daniya qiroli Kanut 1013-yili ingliz sohiliga qo‘shin tushurib, uni katta qiyinchiliklarsiz zabt etadi.
- 1066-yilda — 1066-yildagi Vilgelim I va anglosakslar o‘rtasidagi Gastings jangi
- XI asrdagi — • normandlarning XI asrdagi istilolari haqida.
- VI asrning — Oroldagi so‘nggi rimliklardan Amvrosiy Avrelian VI asrning boshlarida brittlarni birlashtirib, anglosakslarga qarshi deyarli yarim asr kurashadi.
- V–VI asrlarda — Orolda joylashgan anglosaks qabilalari esa V–VI asrlarda mahalliy brittlarning qolgan qismini bo‘ysundirib, o‘zlarining ilk feodal qirolliklarini tuzishadi.
Bilimingizni sinang
Rimliklar Britaniya orollarining katta qismini qaysi yildan boshlab bosib ola boshlagan?
- Milodiy 100-yildan
- Milodiy 211-yildan
- Milodiy 43-yildan
- Milodiy 407-yildan
To‘g‘ri javob: Milodiy 43-yildan. Milodiy 43-yildan boshlab rimliklar orollarning katta qismini bosib olgan.
Rimliklarning bosh shahri bo‘lgan London qaysi daryo sohilida barpo etilgan?
- Temza daryosi
- Severn daryosi
- Tvid daryosi
- Trent daryosi
To‘g‘ri javob: Temza daryosi. London Temza daryosi sohilida barpo etilgan va to‘rt asrga yaqin rimliklarning bosh shahri bo‘lgan.
Rimning Britaniyadagi legioni qaysi yilda Italiyaga qaytgan?
- 395-yilda
- 476-yilda
- 43-yilda
- 407-yilda
To‘g‘ri javob: 407-yilda. Legion 407-yilda Italiyaga qaytganidan so‘ng rimlik aholi ham qit’aga qaytgan.
Piktlar va skottlar hujumidan himoyalanish uchun brittlar qaysi german qabilalaridan yordam so‘ragan?
- Gotlar, vandallar, langobardlar va burgundlardan
- Angl, saks, yut va friz qabilalaridan
- Franklar, alemanlar, tyuringlar va bavarlardan
- Daniyaliklar, norvegiyaliklar, shvedlar va islandlardan
To‘g‘ri javob: Angl, saks, yut va friz qabilalaridan. Brittlar angl, saks, yut va friz qabilalaridan yordam so‘ragan; ularning umumiy nomi anglosakslar.
Germanlar brittlar chaqirig‘iga javoban oroldan dastlab nechta kemada kelishgan?
- Yettita kemada
- O‘nta kemada
- Uchta kemada
- Yuzta kemada
To‘g‘ri javob: Uchta kemada. Matnda germanlar dastlab uchta kemada kelgani aytilgan.
Brittlarning Germaniya hududidagi qabilalardan yordam so‘rashiga bevosita nima sabab bo‘ldi?
- Rim imperiyasining Britaniyada yangi harbiy yurishlarni boshlashi va brittlardan og‘ir soliq undirishi
- Rim legioni ketgach, britt va keltlarning o‘zaro urushlaridan foydalangan pikt va skott qabilalarining hujumi
- Anglosakslarning Britaniyada yirik feodal qirolliklar tuzishga urinishi va brittlarni orolning g‘arbiga siqib chiqarishi
- Normannlarning Londonni bosib olib yondirishi va brittlarning qirg‘in qilinishi natijasida butun orol vayron bo‘lishi
To‘g‘ri javob: Rim legioni ketgach, britt va keltlarning o‘zaro urushlaridan foydalangan pikt va skott qabilalarining hujumi. Rim legioni 407-yilda ketgach, pikt va skottlar britt-keltlarning o‘zaro urushlaridan foydalanib hujum boshladi; brittlar himoya uchun anglosakslarga murojaat qildi.
Rimlik Amvrosiy Avrelian brittlarni birlashtirib, anglosakslarga qarshi kurashni qaysi asr boshlarida boshlagan?
- X asr
- VI asr
- VIII asr
- IV asr
To‘g‘ri javob: VI asr. Amvrosiy Avrelian VI asr boshlarida brittlarni birlashtirib, deyarli yarim asr kurashgan.
VI asr boshlarida brittlarni birlashtirib, anglosakslarga qarshi deyarli yarim asr kurashgan oroldagi so‘nggi rimliklardan biri kim?
- Amvrosiy Avrelian
- Buyuk Alfred
- Kanut Buyuk
- Vilgelm Istilochi
To‘g‘ri javob: Amvrosiy Avrelian. Amvrosiy Avrelian brittlarni birlashtirib, anglosakslarga qarshi yarim asr kurashgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash