Muqaddas Rim imperiyasi
Muqaddas Rim
Genrix I va Karl III uchrashuvi
SIZ BILIB OLASIZ:
- • german imperatorlari va katolik cherkovi: raqobat va kurashi haqida.
GERMANIYA QIROLLIGI
Karolinglar sulolasining Sharqiy Frank qirolligidagi boshqaruvi 911-yilda yakun topadi. Bu paytga kelib qirol hokimiyati zaiflashib qolgan edi. Mahalliy zodagonlar 919-yili gersoglardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni Sharqiy Frank davlati hukmdori etib saylashadi. Bu sana Germaniya qirolligining paydo bo‘lgan yili hisoblanadi.
Bu paytda Germaniyaga shimoldan normannlar, janubdan ko‘chmanchi vengerlar hujumlar qilib turgan. Uzoqni ko‘zlab, aql bilan ish boshlagan Genrix mamlakatni kuchaytirishga harakat qiladi. Vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi imzolab, kuchli otliq qo‘shin tuzishga kirishadi. Uning buyrug‘iga binoan, qishloqlardagi har 9 xo‘jalikdan bittadan kishi jangchilikka tayyorlanish uchun burglarga (qal’alarga) ko‘chiriladi. Shu zaylda otliq qo‘shin kuchaytirilib, Genrix I ning vorisi Otton I 955-yili Lex daryosi sohilidagi jangda vengerlarning otliq qo‘shinini yengadi. Shundan so‘ng vengerlar o‘z hujumlarini to‘xtatib, o‘troq turmush tarziga o‘tadilar, xristianlikni qabul qiladilar hamda nemislarning ta’siriga o‘ta boshlaydilar. Keyinchalik venger feodallari nemislarning slavyanlarga qarshi olib borgan kurashlarida bir necha marta ittifoqchi bo‘lganlar.
TASHKIL TOPISHI
Qirol Otton I
Vengerlarni mag‘lub etgan Otton I eng qudratli qirolga aylanadi. U qirollik unvoniga qanoatlanmay, 962-yili Italiyaga yurish qilib, Rim papasi Ioann XII tomonidan imperator deb e’lon qilinishiga erishadi.
Otton I asosiy e’tiborini sharqqa emas, balki Italiyaning janubiga qaratadi, chunki Italiya german imperatorlarining “dunyoga hukmron bo‘lish” rejalarida asosiy o‘rin tutar edi. Buyuk Karl kabi Otton ham o‘z imperiyasini Rimning davomchisi hisoblab, uni Rim (keyinchalik Muqaddas Rim) imperiyasi deb atagan.
BUNI YODDA SAQLANG!
Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yilgacha hukm surgan. Xristian katolik cherkovi homiyligi ostida bo‘lgani uchun unga “muqaddas” nomi berilgan.
Imperatorlar, ayniqsa Otton I ning nabirasi Otton III o‘z hokimiyati ostida butun xristian dunyosini birlashtirish orzusida bo‘lgan. U Rimni Muqaddas Imperiyaning doimiy poytaxtiga aylantirishga harakat qildi va hatto qadimgi Rim imperatorlari saroyi o‘rniga o‘ziga saroy qurdiradi. Biroq rimliklar unga qarshi bosh ko‘tarib chiqishadi va imperator saroyini qamal qiladilar. Shundan keyin Otton III Rimda qolishdan qo‘rqib, Ravennaga ko‘chib o‘tadi. Muqaddas Rim imperiyasida hech qachon hukumat o‘tiradigan doimiy bitta poytaxt bo‘lmagan. Bu paytda imperiya tarkibiga Germaniya va Shimoliy Italiya kirgan. Ammo imperatorlarning Italiyadagi hokimiyatlari zaif bo‘lganidan, barqarorlikni ta’minlash uchun har bir yangi qirol bu yerga yurish qilib, Rimda imperatorlik tojini kiygan, hokimiyat ramzlarini qabul qilgan.
MADANIY YUKSALISH
Otton I davrida Germaniyada madaniy yuksalish boshlanadi, bu odatda “Otton Uyg‘onish davri” deb ataladi. Imperator saroyida adabiy faoliyat keng olib boriladi, qo‘lyozmalar tayyorlanadi, skriptoriya (ustaxona)lar ochiladi, lotin tilini o‘rganish rivojlanadi. Otton I ning o‘g‘li Otton II Vizantiya malikasiga uylanib, Vizantiya bilan madaniy aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Mamlakatda o‘g‘il va qiz bolalar maktablari paydo bo‘ladi. O‘qituvchilar orasida bilimdon rohib Gerbert ajralib turardi. U bo‘lajak qirol Otton III ga ustozlik qiladi.
TARIXIY MUSHOHADA!
Zamondoshlari “dunyo mo‘jizasi” deb laqab qo‘ygan Otton III davrida tantanali saroy marosimlari ishlab chiqilgan, imperator hokimiyatining timsollari: toj, but shakli solingan oltin shar, saltanat hassasi yaratilgan.
Mer du Nord
GOLLANDIYA GOLLANDIYA
Reyn
Padeborn• Padeborn•
Elba
Gnezno•
Visla
Parij•
Sena
Klyuni
Elba
GERSOGLIGI
Dunay
BAVARIYA GERSOGLIGI
Reyn
VENGRIYA QIROLLIGI
Dunay
QIROLLIGI
Po
Marsel•
Mer Adriatique
Mer Méditerrannée
Otton I davrida chegaralar (X asr)
KORSIKA
Konrad II davrida chegaralar (XI asr)
DAVLAT VA CHERKOV MUNOSABATLARI
mperatorlar o‘z faoliyatida nemis cherkovi ko‘magiga tayanganlar, unga homiylik qilish bilan birga nazoratda ham ushlab turganlar. Cherkovga ko‘plab yer-mulk va imtiyozlar berilgan. Shuningdek, hukmdorlar o‘zlariga sodiq bo‘lgan ruhoniylar orasidan yepiskop va abbatlarni tayinlaganlar. Imperatorlar hatto Rim papalarini tayinlab, kerak bo‘lsa, ularni chetlashtirganlar. Shu tariqa cherkov qirollik xizmatiga o‘tkazilgan va uning asosiy tayanchiga aylangan. Imperatorlarning cherkovni davlat apparatining bir qismiga aylantirishga urinishlari ko‘p o‘tmay uning kuchi dunyoviylikdan yuqori deb hisoblagan papalarning noroziligiga sabab bo‘ladi. XI asrdan papalar xristian cherkovi ustidan nazoratni qayta qo‘lga olish uchun imperatorlarga qarshi kurash boshlaydilar. Xristian dunyosiga hukmronlik qilish uchun imperator va papalar o‘rtasida uzoq davom etgan bu kurash imperiyaning zaiflashib borishiga olib keladi.
DAVLAT VA CHERKOV MUNOSABATLARI
Otton III
TARIX YON DAFTARCHANGIZGA KIRITING!
Otton I Rimda ko‘plab yepiskoplar ishtirokida o‘ziga ma’qul kelmagan papalardan birini sud qilib, lavozimidan chetlashtirgan. Otton III esa o‘zining ustozi rohib Gerbertni Silvester II nomi bilan Rim papaligiga saylanishiga erishgan. Manbalarda yozilishicha, Gerbert kambag‘al oiladan bo‘lib, bilimga chanqoqligi tufayli arablar Ispaniyasidagi Qurdoba (Kordova) va Ishbiliya (Seviliya) shaharlariga borib tahsil olgan. Imperator xonadoniga yaqinlik unga arxiyepiskop, so‘ng papalik lavozimlariga yo‘l ochadi.
FEODAL TARQOQLIK
Har bir yangi qirol imperatorlik tojini kiyish uchun Rimga safar qilishni zarur deb bilgan. Ko‘pincha bunday safarlar uzoq davom etgan urushlarga aylanib, qirollar uzoq vaqt Germaniyani tark etishlari kerak bo‘lgan. Masalan, 996-yilda Rimga borib toj kiygan imperator Otton III o‘z hayotini Rim imperiyasini tiklashga bag‘ishlab, shu yerda umrbod qolishga qaror qiladi.
Imperatorning uzoq vaqt Germaniyada bo‘lmaganligi yirik feodallarning mustaqillikka intilishining kuchayishiga va sulolaviy nizolarga olib keladi.
Saksoniyaliklar sulolasiga mansub bo‘lgan oxirgi imperator Genrix II (1014–1024) ancha ehtiyotkorlik bilan siyosat yurgizadi. U Italiyadagi katta feodallar va shaharliklarning o‘ziga vassalligi bilan kifoyalanadi. O‘zi esa Germaniyada yashab, turli yon berishlar orqali nemis gersoglarini itoat ettirib, 1018-yilda Rimda imperator sifatida toj kiyadi. Ko‘p o‘tmay yangi imperator Germaniyaga qaytib keladi va Italiya shaharlarini nemis yepiskoplari boshqara boshlaydi. Uning vafotidan so‘ng Italiyaning asosiy qismi nemis qirollari tasarrufidan chiqib ketadi.
SIYOSIY TARAQQIYOT
1137 -yilda Germaniyada Shtaufenlar sulolasi hokimiyat tepasiga keladi, uning eng taniqli vakili Fridrix I Barbarossa (1152–1190) edi. Uning davrida Muqaddas Rim imperiyasi siyosiy jihatdan o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga va harbiy qudratiga erishadi. Fridrix I jasur va shafqatsiz sarkarda bo‘lishi bilan bir qatorda, iqtidorli siyosatchi, davlat boshqaruv ishlarini juda yaxshi o‘zlashtirgan hukmdor edi. Fridrix I Vengriya, Chexiya, Polsha va Daniya qirollariga o‘z hokimiyatining ustunligini tan oldirishga intiladi. Hatto Angliya va Fransiyadan ustunlikka erishishni orzu qiladi. Imperator turli diplomatik usullar orqali Germaniyadagi gersog va graflarning o‘zaro urushlariga chek qo‘yib, mamlakatda tinchlik o‘rnatish hamda imperiya hududlarini kengaytirishga ham erishadi.
SIYOSIY TARAQQIYOT
Dastlab Fridrix I diqqat-e’tiborini salib yurishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi: u yerlarga besh marotaba yurish qilib, o‘z hokimiyatini o‘rnatishga intiladi. Imperatorga Rimda shahar aholisi va papa o‘rtasida boshlangan kurash qo‘l keladi. Bundan foydalangan Fridrix I 1155-yilda Rimga borib toj kiyadi va imperator deb e’lon qilinadi. Imperator Italiyani batamom bo‘ysundirish va o‘ziga tobe viloyatga aylantirish siyosatini yurita boshlaydi. 1158-yilda katta qo‘shin bilan yurish boshlab, Italiyaning shimoliy shaharlarini bo‘ysundiradi. Ammo Milan shahri boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Fridrix I qo‘zg‘olonni bostirish davomida Milan aholisini qatl ettirib, shaharni vayron qiladi. Lekin Milan XII asrning 60–70-yillarida qayta tiklanib, yangi jangga hozirlik ko‘ra boshlaydi. 1176-yil Lenyano jangida imperator qo‘shini italiyaliklardan mag‘lubiyatga uchraydi. Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga erkinlik huquqini berishga va mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ladi. Italiyaning shimolidagi katta yer-mulklar qo‘ldan ketgan bo‘lsa-da, Fridrix I o‘g‘li Genrixni Sitsiliya malikasi Konstansiyaga uylantirish orqali, Sitsiliya orollaridan tashqari, Italiyaning janubiy qismini ham o‘z ichiga olgan kuchli qirollikni qo‘lga kiritadi. Keyinchalik uning vorislari Sitsiliyada qolib, shu yerdan turib imperiyani boshqara boshlaydilar. Bu esa Germaniyada nemis gersoglarining o‘zboshimchaliklarini kuchaytirib, sulolaning inqirozini tezlashtiradi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Karl Martell, Buyuk Alfred va Genrix I lar o‘tkazgan harbiy islohotlarning sabablarini taqqoslang, o‘xshash tomonlari va tafovutlari haqida so‘zlab bering.
Muhim sanalar
- 911-yilda — Karolinglar sulolasining Sharqiy Frank qirolligidagi boshqaruvi 911-yilda yakun topadi.
- 919-yili — Mahalliy zodagonlar 919-yili gersoglardan eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni Sharqiy Frank davlati hukmdori etib saylashadi.
- 955-yili — Shu zaylda otliq qo‘shin kuchaytirilib, Genrix I ning vorisi Otton I 955-yili Lex daryosi sohilidagi jangda vengerlarning otliq qo‘shinini yengadi.
- 962-yili — U qirollik unvoniga qanoatlanmay, 962-yili Italiyaga yurish qilib, Rim papasi Ioann XII tomonidan imperator deb e’lon qilinishiga erishadi.
- 962-yilda — Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan 1806-yilgacha hukm surgan.
- 996-yilda — Masalan, 996-yilda Rimga borib toj kiygan imperator Otton III o‘z hayotini Rim imperiyasini tiklashga bag‘ishlab, shu yerda umrbod qolishga qaror qiladi.
- 1018-yilda — O‘zi esa Germaniyada yashab, turli yon berishlar orqali nemis gersoglarini itoat ettirib, 1018-yilda Rimda imperator sifatida toj kiyadi.
- 1155-yilda — Bundan foydalangan Fridrix I 1155-yilda Rimga borib toj kiyadi va imperator deb e’lon qilinadi.
- 1158-yilda — 1158-yilda katta qo‘shin bilan yurish boshlab, Italiyaning shimoliy shaharlarini bo‘ysundiradi.
- 1176-yil — 1176-yil Lenyano jangida imperator qo‘shini italiyaliklardan mag‘lubiyatga uchraydi.
Bilimingizni sinang
Karolinglar sulolasining Sharqiy Frank qirolligidagi boshqaruvi qaysi yilda yakun topgan?
- 911-yil
- 843-yil
- 919-yil
- 962-yil
To‘g‘ri javob: 911-yil. Sharqiy Frank qirolligida Karolinglar boshqaruvi 911-yilda tugagan.
Saksoniya gersogi Genrix qaysi yilda Sharqiy Frank davlati hukmdori etib saylangan?
- 962-yil
- 919-yil
- 911-yil
- 955-yil
To‘g‘ri javob: 919-yil. Genrix 919-yilda saylangan; bu yil Germaniya qirolligining paydo bo‘lgan yili hisoblanadi.
Otton I Lex daryosi sohilidagi jangda vengerlarning otliq qo‘shinini qaysi yilda yengdi?
- 919-yil
- 911-yil
- 955-yil
- 962-yil
To‘g‘ri javob: 955-yil. Otton I 955-yilda Lex daryosi sohilidagi jangda vengerlarni yengdi.
Mahalliy zodagonlar 919-yili Sharqiy Frank davlati hukmdori etib kimni saylashdi?
- Saksoniya gersogi Genrixni
- Bavariya gersogi Otton III ni
- Fridrix Barbarossani
- Konrad II ni
To‘g‘ri javob: Saksoniya gersogi Genrixni. Zodagonlar 919-yili gersoglarning eng qudratlisi bo‘lgan Saksoniya gersogi Genrixni saylagan.
Genrix I vengerlar bilan necha yilga tinchlik sulhi imzoladi?
- 3 yilga
- 20 yilga
- 100 yilga
- 9 yilga
To‘g‘ri javob: 9 yilga. Genrix vengerlar bilan 9 yilga tinchlik sulhi imzolab, otliq qo‘shin tuzgan.
Otton I 955-yili vengerlarning otliq qo‘shinini qaysi daryo sohilidagi jangda yengdi?
- Reyn daryosi
- Lex daryosi
- Elba daryosi
- Po daryosi
To‘g‘ri javob: Lex daryosi. Otton I 955-yili Lex daryosi sohilidagi jangda vengerlarni yengdi.
Lex jangidagi mag‘lubiyatdan so‘ng vengerlar nima qildi?
- Germaniyani butunlay bosib olib, imperatorlikka da’vo qila boshladi
- hujumlarini to‘xtatib, o‘troq hayotga o‘tdi va xristianlikni qabul qildi
- Italiyaga ko‘chib ketib, u yerda yangi qirollik tuzib, o‘troq bo‘ldi
- Vizantiya bilan ittifoq tuzib, hujumlarini janubga yo‘naltirib yubordi
To‘g‘ri javob: hujumlarini to‘xtatib, o‘troq hayotga o‘tdi va xristianlikni qabul qildi. Vengerlar hujumlarini to‘xtatib, o‘troq turmushga o‘tgan va xristianlikni qabul qilgan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Otton I ning imperator deb e’lon qilinishi; 2) Lenyano jangida imperator qo‘shinining mag‘lub bo‘lishi; 3) Saksoniya gersogi Genrixning Sharqiy Frank davlati hukmdori etib saylanishi; 4) Lex daryosi sohilidagi jangda vengerlarning yengilishi.
- 3–1–4–2
- 4–3–1–2
- 3–4–1–2
- 3–4–2–1
To‘g‘ri javob: 3–4–1–2. Genrix 919-yilda saylangan, vengerlar 955-yilda yengilgan, Otton I 962-yilda imperator bo‘lgan, Lenyano jangi esa 1176-yilda bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash