XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · Jahon tarixi · 6-mavzu

Vizantiya: G‘arb va Sharq orasida

Sharq orasida

Imperator Konstantin forumi

SIZ BILIB OLASIZ:

VIZANTIYANING PAYDO BO‘LISHI

Vizantiya deyarli ming yil davomida Yevropaning eng qudratli davlati bo‘lib qolgan hamda antik davr va Rim imperiyasi an’analarini davom ettirgan.

Imperator Feodosiyning o‘g‘illari 395-yili Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga bo‘lib olishadi: biri – poytaxti Rim shahri bo‘lgan G‘arbiy Rim imperiyasi, ikkinchisi – poytaxti Kanstantinopol shahri bo‘lgan Sharqiy Rim imperiyasi (uni yunonlar koloniyasi nomidan Vizantiya deb ham atashadi). Katta o‘g‘il Arkadiyga imperiyaning nisbatan boy hududlari tegadi, unga Bolqon va Kichik Osiyo yarimorollari, Suriya, Falastin, Misr kirgan. Aholisi asosan yunonlar, suriyaliklar, armanlar, yahudiylar, misrliklardan iborat bo‘lgan. Yunonlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgani uchun, yillar o‘tib imperiyada lotin tili o‘rnini yunon tili egallaydi. Yevropada Vizantiya aholisini yunonlar deb atashgan, lekin ular o‘zlarini yunoncha romeylar – rimliklar deb nomlar edilar. Vizantiyada qulchilik saqlanib qolgan bo‘lsa-da, aholisining katta qismini soliq to‘laydigan erkin dehqonlar tashkil etishi, sun’iy sug‘oriladigan maydonlardan mo‘l hosil olinishi mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlagan. Imperiyada VI asrda ham Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa singari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari gullab-yashnagan. Bu omillar xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida ham iqtisodni, kuchli qo‘shinni, Rim an’analariga tayangan davlatchilik va antik madaniyatni saqlab qolish imkoniyatini beradi. Konstantinopol va Aleksandriyani muhtasham binolar, ko‘p qavatli uylar, haykallar va favvoralar o‘rnatilgan maydonlar bezab turgan. Shaharlarda hunarmandchilikning shishasozlik, movut, ipak gazlamalar to‘qish, zargarlik, me’morchilik sohalari yuksalgan. Ispaniyadan Xitoyga qadar bo‘lgan hududlardagi mamlakatlar savdogarlari romeylar bozorlariga shoshilganlar. Konstantinopolni ramziy ma’noda Osiyo va Yevropani bog‘laydigan “oltin ko‘prik” deb ataganlar. Vizantiyalik savdogarlar G‘arbning bozorlarida hashamli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, qurol-yarog‘lar-u kamyob idishlar va cherkov jihozlarini xarid qilishgan. Konstantinopol Yevropaning eng yirik shahriga aylangan, Vizantiya oltin tangasi (numisma) asrlar davomida ishonchli xalqaro pul hisoblangan.

STGOTLAR

•Sardiniya o.

Karfagen •

•Sitsiliya o.

VASILEVS HOKIMIYATI

arqiy Rimni vasilevs (yunoncha, “podsho”) boshqargan. Vasilevslar Yevropa, Old Osiyo va Shimoliy Afrikani boshqarish huquqini rimliklardan olgan. Imperator (vasilevs) amaldorlarni tayinlagan, qonunlar chiqargan, qo‘shinni boshqargan, urush e’lon qilib, tinchlik sulhi tuzgan. Lekin u amaldorlar va qo‘shin bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan, qolaversa, imperator unvonining merosiyligi to‘liq kafolatlangan emasdi. Unvonning muqaddasligi imperatorning daxlsizligini anglatmagan: imperiyaning ming yillik tarixida ularni taxtdan ag‘darib tashlashlar va hatto qatl etishlar tez-tez uchrab turgan.

Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya)

VASILEVS HOKIMIYATI

imperator unvonining merosiyligi to‘liq kafolatlangan emasdi.

YUSTINIAN DAVRI

Vizantiya o‘z qudrati cho‘qqisiga Yustinian I (527–565) davrida erishadi. U aslida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Amakisi Yustin qo‘shinda oddiy askarlikdan sarkarda darajasiga ko‘tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi. Yustin jiyani Yustinianni saroyga keltirib, uning yaxshi ta’lim olishini ta’minlaydi. Amakisining vafotidan so‘ng Yustinian taxtga o‘tiradi. U atrofiga iqtidorli sarkardalar, huquqshunoslar, tarixchilarni to‘playdi. Uning davrida me’morchilikning ajoyib namunalari: Konstantinopoldagi Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya), Ravennadagi (Italiya) San-Vitale ibodatxonalari bunyod etilgan. Imperatorning buyrug‘iga

YUSTINIAN DAVRI

Yustinian I

Vizantiya tangasi binoan, huquqshunoslar qadimgi Rim qonunlari majmuini yaratishadi. Lekin imperator shafqatsiz va chaqimchilikka o‘ta ishonuvchan edi.

Yustinianning orzusi Rim imperiyasining 395-yildan oldingi chegaralarini tiklash bo‘lgan. Bu orzusini ro‘yobga chiqarish uchun u Shimoliy Afrikani, uzoq urushlardan so‘ng Italiyaning katta qismini istilo qilsa-da, uning bosib olingan o‘lkalarda qullikni tiklashga bo‘lgan intilishi mahalliy aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Uning g‘arbga qilgan harbiy yurushlari, sharqda Eron bilan janglari natijasida xazinaning bo‘shab qolishi aholini xonavayron qilib, qo‘shinni holdan toydirgan.

DUSHMANLAR QURSHOVIDA

Yustinianning vafotidan so‘ng Vizantiya hududlari sekin-asta qisqarib boradi. Langobardlar deyarli butun Ispaniyani tortib oladilar. Imperator Irakliy I Eronga qarshi kurashib, Xusrav II qo‘shinini mag‘lub etsa-da, urush har ikki tomonni zaiflashtiradi, bu esa oradan ko‘p o‘tmay arablarning Misr, Suriya, Falastinni bosib olishiga, Bolqon yarim orolida Bulg‘oriya podsholigining vujudga kelishiga imkon beradi. Imperiyaga keyingi asrlarda slavyanlar, avarlar, pecheneglar (bijanaklar), vengerlar, bolgarlar, normannlar, saljuqiy turklar bosqinchilik yurishlari qilishgan, Konstantinopol ham bir necha bor qamal qilingan.

DUSHMANLAR QURSHOVIDA

Imperiyaning ahvoli qancha og‘irlashsa, “diplomatiya san’ati” – muzokaralar olib borish, ittifoqlar tuzish mahorati muhim ahamiyat kasb eta borgan. Shuning uchun zamonaviy diplomatiya asoslariga aynan Vizantiya diplomatiyasining ko‘plab qoidalari kirgan.

TARIXIY MUSHOHADA!

Vizantiya imperatorining saroyi o‘zining salobati va hashamatliligi bilan xorijdan kelgan mehmonlarni lol qoldirgan. Dabdabali qabullar paytida vasilevs durlar bilan kashtalangan hashamatli kiyimlarda bo‘lgan; to‘q qizil rangni faqat imperator o‘z liboslarida qo‘llashi mumkin bo‘lgan. Tantanali marosimlar imperatorni o‘z aholisi va xorijiy mehmonlar nazdida erishib bo‘lmaydigan mavqe, nufuzga ko‘targan.

Konstantinopol katta saroyi (qayta tiklangan)

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Imperator Feodosiyning o‘g‘illari Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga qaysi yilda bo‘lib olishgan?
  1. 410-yilda
  2. 395-yilda
  3. 476-yilda
  4. 375-yilda

To‘g‘ri javob: 395-yilda. Feodosiyning o‘g‘illari 395-yilda Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga bo‘lib olishgan.

Vizantiyada Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa kabi yirik savdo va hunarmandchilik markazlari qaysi asrda ham gullab-yashnagan?
  1. VIII asrda
  2. VI asrda
  3. X asrda
  4. IV asrda

To‘g‘ri javob: VI asrda. Imperiyada VI asrda ham Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya va Edessa yirik markazlar bo‘lib gullab-yashnagan.

Vizantiya poytaxti Konstantinopolni ramziy ma’noda Osiyo va Yevropani bog‘laydigan qanday ko‘prik deb ataganlar?
  1. oltin ko‘prik
  2. tosh ko‘prik
  3. buyuk ko‘prik
  4. kumush ko‘prik

To‘g‘ri javob: oltin ko‘prik. Konstantinopol Osiyo va Yevropani bog‘lagani uchun ramziy ma’noda oltin ko‘prik deb atalgan.

395-yilda bo‘lingan Rim imperiyasining sharqiy qismi poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
  1. Kanstantinopol
  2. Aleksandriya
  3. Antioxiya shahri
  4. Nikeya shahri

To‘g‘ri javob: Kanstantinopol. Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti Kanstantinopol shahri bo‘lgan.

Imperator Feodosiyning o‘g‘illari Rim imperiyasini qaysi yilda ikki mustaqil davlatga bo‘lib olishgan?
  1. 476-yil
  2. 395-yil
  3. 330-yil
  4. 527-yil

To‘g‘ri javob: 395-yil. Rim imperiyasi 395-yilda G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘lingan.

Rim imperiyasi bo‘linganda Sharqiy qismning nisbatan boy hududlari kimga tekkan?
  1. Yustinianga
  2. Iraklyga
  3. Arkadiyga
  4. Konstantinga

To‘g‘ri javob: Arkadiyga. Katta o‘g‘il Arkadiyga imperiyaning nisbatan boy hududlari tekkan.

Vizantiyada lotin tili o‘rnini yunon tili nima uchun egallagan?
  1. Yunonlar imperiyani zabt etib, tilini joriy qilgan
  2. Imperator yunon tilini majburan joriy qilgani uchun
  3. Cherkov lotin tilini taqiqlab, yunon tilini kiritgan
  4. Aholida yunonlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan

To‘g‘ri javob: Aholida yunonlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. Yunonlar nisbatan ko‘pchilik bo‘lgani uchun yunon tili lotin tilini siqib chiqargan.

Vizantiya aholisi o‘zlarini yunoncha qanday atagan?
  1. Hellenlar
  2. Romeylar
  3. Vasilevslar
  4. Numismalar

To‘g‘ri javob: Romeylar. Ular o‘zlarini romeylar – rimliklar deb atagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMuqaddas Rim imperiyasiKeyingi →Slavyan davlatlarining tashkil topishi