Slavyan davlatlarining tashkil topishi
Slavyan davlatlarining
Slavyan qabilalari
SIZ BILIB OLASIZ:
- • Yaroslav Donishmand islohotlari hamda Kiyev Rusi mamlakatida madaniyatning yuksalishi haqida.
Slavyan davlatlari VII–X asrlarda tashkil topdi. Xristian dinining qabul qilinishi slavyanlarni Yevropa xalqlari oilasiga qo‘shilishini ta’minlab, ularning hukmdorlari – knyazlari hokimiyatining mustahkamlanishiga, madaniyatining yuksalishiga olib keldi.
QADIMGI SLAVYANLAR
Slavyan qabilalarining ajdodlari Elba daryosining yuqori oqimidan Dneprning o‘rta havzasiga qadar bo‘lgan hududlarda yashaganlar. Bu hududlardan slavyanlarning bir qismi Elba bo‘ylab shimoli-g‘arbga, yana bir qismi Sharqiy Yevropaga, uchinchi qismi janubga siljib, VI asrda Dunay daryosi sohiliga yetadi. Ularning barchasi bitta tilda so‘zlashib, o‘zlarini slavyan (sloven) deb ataganlar, bu “tushunarli bir xil tilda so‘zlashuvchilar” degan ma’noni anglatadi. Slavyan jangchilari
TARIXIY MUSHOHADA!
Turli yo‘nalishlarda harakatlanish davomida slavyan qabilalari g‘arbiy, sharqiy va janubiy guruhlarga ajralganlar: g‘arbiy slavyanlarga polyaklar, chexlar va slovaklar kirgan; sharqiy slavyanlar – rus, ukrain va belarus xalqlarining ajdodlari; janubiy slavyanlarga bolgarlar, serblar, xorvatlar, chernogorlar, slovenlar, shimoliy makedoniyaliklar mansub bo‘lganlar.
Bavarlar
Slavyanlarning asosiy mashg‘ulotlari dehqonchilik edi. Chorvachilik, baliqchilik, ovchilik, asalarichilik (yovvoyi asal yig‘ish) ham xo‘jalikda muhim o‘rin tutgan. Mo‘yna, asal va asalari mumini qo‘shni qabilalarga sotganlar.
Slavyanlarning ijtimoiy hayoti qadimgi germanlarniki bilan ko‘plab o‘xshash jihatlarga ega bo‘lgan. Jumladan, jamiyatdagi urug‘-qabilachilik tuzumi, xalq majlisining muhim o‘ringa ega ekanligi, harbiy drujinaga tayangan knyaz hokimiyatining kuchayishi, shuhrat va harbiy o‘ljalarga erishish uchun qo‘shnilari ustiga bosqinchilik urushlari uyushtirish kabilar. Tarixiy taraqqiyot davrida slavyanlarda dastlab qabila ittifoqlari, keyinchalik ilk davlatlar vujudga keladi.
Sharqiy slavyanlar
Sitsiliya o.
SLAVYAN YOZUVINING YARATILISHI
Kirill va Mefodiy
Hozirgi Chexiya davlati o‘rnida IX asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati paydo bo‘ladi. Uning ilk knyazi nemis yepiskopidan xristian dinini qabul qiladi, ammo uning vorisi nemis ruhoniylarining ta’siridan qutulish maqsadida provaslav cherkovi patriarxidan Vizantiyadan din bo‘yicha ustozlar yuborishini so‘raydi. Moraviyaga 863-yili ikki rohib – Kirill va Mefodiylar keladi. Ular slavyan alifbosini yaratib, Injilni slavyan tiliga tarjima qila boshlaydilar. Yunon yozuvi asosidagi slavyan yozuvi keyinchalik “kirill yozuvi” nomini oladi.
Birodar-rohiblarning izdoshlari ularning faoliyatini Bolgariya, Serbiya, Xorvatiyada davom ettiradilar. Kirill yozuvi Rusga ham yoyiladi. Slavyan yozuvining yaratilishi, Injilning tarjima qilinishi slavyanlar madaniyatining yuksalishiga ulkan hissa qo‘shdi.
Xazarlar
Don
Makedonlar
Buyuk Simeon I
BOLGARIYA
Itil (Volga) daryosi bo‘yida yashagan turkiy bulg‘or qabilalari xalqlarning ko‘chishlari davomida g‘arbga siljib, Dunay daryosining janub tomonidagi Vizantiya hududlarida yashagan slavyanlarni o‘zlariga bo‘ysundiradi. Ilk slavyan davlati bo‘lgan Bulg‘or podsholigiga 681-yili podsho Asparux tomonidan asos solinib, hukmron sulola nomini istilochilardan olgan. Ammo son jihatidan kam bo‘lganliklari bois, bulg‘orlar sekin-asta slavyanlar bilan aralashib ketadilar. Bolgarlar Vizantiyaning ta’siri ostida xristianlikni qabul qilganlar. Bolgariya eng kuchaygan davrda podsho Simeon (893– 927) qo‘shni Vizantiya imperiyasi bilan muvaffaqiyatli urushlar olib borgan. Lekin XI asr boshlarida zaiflasha boshlagan Bolgariyani Vizantiya istilo qiladi. Mamlakat faqat XII asr so‘ngidagina mustaqillikka erishadi.
CHEXIYA VA POLSHA
Buyuk Moraviya parchalangach, uning hududidagi slavyanlarni chex qabilasi bo‘ysundirib, X asr boshlarida Chexiya davlatiga asos soladilar. Tez orada Chexiyada nemis yepiskoplari ta’sirida xristian dini tarqaladi. Mamlakat XI asrda Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kiritilgan bo‘lsa-da, ammo o‘z mustaqilligini sezilarli darajada saqlab qoladi. Keyinchalik german imperatori Genrix IV (1085) Rim papasiga qarshi kurashdagi yordami uchun chex knyaziga qirollik tojini in’om etadi. Shu tariqa mamlakatda qirol hokimiyati kuchayib borib, XIII asrda Chexiya davlati Yevropada eng kuchli davlatlardan biriga aylanadi.
Polsha davlati X asr o‘rtalarida vujudga kelgan. Knyaz Meshko I 966-yili xristianlikni nemis yepiskoplaridan qabul qiladi. Polsha cherkovi 1000-yili arxiyepiskoplik rutbasini olib, nemis cherkovidan mustaqillikka erishadi. Meshko I ning vorisi Boleslav I Jasur hukmronligi paytida qirollik tojiga erishiladi. Xristianlikning Rim yoki Konstantinopoldan qabul qilinishi slavyanlarning keyingi siyosiy yo‘nalishi, yozuvi va madaniyati an’analarining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Jumladan, Polsha, Chexiya, Xorvatiyada Rimning ta’siri va lotin yozuvi ustunligi qaror topgan bo‘lsa, Bolgariya, Serbiya va Kiyev Rusida Konstantinopol ta’siri va kirill alifbosi yetakchilik qilgan. Ushbu ta’sir san’at va me’morchilikda ham yaqqol namoyon bo‘lgan.
CHEXIYA VA POLSHA
Polsha knyazi Meshko I
KIYEV RUSI DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
arqiy slavyan qabilalari yerlarida tashkil topgan davlat Rus deb nomlangan. Yilnomalarda yozilishicha, sharqiy slavyan qabilalari yetakchilari IX asrning ikkinchi yarmida mamlakatni boshqarish uchun Ryuriklar xonadonidan knyaz chaqirishga qaror qiladilar. Bu taklif o‘sha davrda Yevropada keng bosqinlar uyushtirayotgan vikinglarga qarshi chora sifatidagina emas, shuningdek, slavyan qabilalari orasidagi raqobatni tugatishga qaratilgan edi. Taklifga binoan kelgan aka-ukalar dastlab Novgorod, Beloozero va Izborskda knyazlik qilganlar. Ma’lum muddatdan so‘ng ulardan faqat Ryurik qolib, uning vorislari Rusni ko‘p asrlar davomida boshqarganlar. Ryurikning davomchisi Oleg 882-yili Kiyevni egallab, Kiyev Rusi davlatiga asos soladi va Dnepr havzasidagi slavyan qabilalarini bo‘ysundirishda davom etadi. Knyazlar Igor va Svyatoslavlar davrida ularning harbiy drujinalari pecheneg, xazar qabilalariga qarshi, shuningdek, janubda Vizantiyaga qarshi mudofaa janglari va bosqinchilik urushlari olib borganlar.
KIYEV RUSI DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
Svyatoslavning vorisi Vladimir davrida knyazlik ichki va tashqi dushmanlariga qarshi kurashni davom ettirgan. Vladimirning nomi Rus tarixida alohida o‘rin tutadi. Buning sababi esa uning harbiy faoliyati bilan emas, balki 988-yili Vizantiya provaslav cherkovi udumlariga binoan xristianlikni qabul qilib, aholiga ham shu dinni qabul qildirishi bilan bog‘liq.
RUS YAROSLAV DONISHMAND DAVRIDA (1019–1054)
Vladimirning vafotidan so‘ng vorislar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurashda to‘ng‘ich o‘g‘li Yaroslav ustun keladi. Knyazning harbiy sohadagi ilk muvaffaqiyati bijanaklarni (pecheneglarni) uzil-kesil mag‘lub etishi bo‘lgan. Lekin uning “Donishmand” nomiga sazovor bo‘lishi bunyodkorlik bilan bog‘liqdir. U Volga bo‘yida Yaroslavl shahriga asos solgan. Uning davrida davlat hududlari ancha kengayadi.
Knyaz me’morchilik inshootlari qurilishiga alohida e’tibor qaratib, Kiyevdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasini bunyod ettirgan. U hozirga qadar yaxshi saqlangan. Keyinchalik shu nomdagi ibodatxonalar Polosk va Novgorod shaharlarida ham quriladi. Monastirlar huzurida maktablar ochiladi. Novgorod va Kiyevda yilnomalar tuzila boshlanadi. Lotin va yunon tillaridagi asarlarni rus tiliga tarjima qilish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. “Rus haqiqati” nomli qonunlar tuzilib, Yaroslavning vorislari davrida unga yangi moddalar kiritiladi. Yaroslav va uning vorislari davrida Kiyev Rusi knyazligining asosiy tashqi dushmanlari qipchoq qabilalari (ruslar ularni “poloveslar” deyishgan) bo‘lib qoladi. Qipchoqlar Yoyiq (Ural) daryosidan Dunaygacha bo‘lgan hududlarni egallaganlar. Dnepr daryosi havzasidagi qipchoqlar birlashib, XI asrning so‘ngida Rus knyazi Vladimir Monomax qo‘shinlariga qarshi urushlar olib borganlar. Monomax Kiyev Rusi knyazi hukmdori bo‘lgach (1113–1125), urush harakatlarini qipchoqlar yashaydigan hududlarga ko‘chirgan. Knyazning vafotidan so‘ng qarama-qarshiliklar qaytadan boshlanib, knyazlik siyosiy tarqoqlikka yuz tutadi.
2. Nima uchun Bulg‘or podsholigi Bolgariyaga aylangan?
3. Chexiya va Polsha davlatlari taraqqiyotidagi umumiylikni aniqlang.
4. Rim yoki Vizantiya hayotining qanday jihatlari slavyan davlatlariga ta’sir etganligini tavsiflab bering.
Buyuk Xitoy devori
"Changcheng" so‘zi xitoy tilida "uzun devor" degan ma’noni anglatadi. Bu devor sayyoramizdagi eng uzun devor bo‘lib, uning qurilishi miloddan avvalgi IV asrdan boshlanib, ko‘p asrlar davomida, ya’ni 1644-yilga qadar qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Machu-Pikchu
U Perudagi balandlikda joylashgan bo‘lib, inklarning yo‘qolgan shahri hisoblanadi. Shahardagi barcha binolar an’anaviy ink texnologiyasidan foydalanib barpo etilgan: silliqlangan turli o‘lchamdagi toshlar bir-biriga jips yopishtirilgan, ularning orasiga biror aralashma qo‘shilmagan.
O‘rta Osiyodagi saljuqiylar haqida
Tarixchi va geograf olim Hamdulloh Qazviniy Abul-Ala Axvalaning “Tarix” asariga murojaat qilgan holda, saljuqiylarning IX asrda Buxoro va Samarqand shaharlariga kelib joylashganligini aytib o‘tadi.
Muhim sanalar
- 681-yili — Ilk slavyan davlati bo‘lgan Bulg‘or podsholigiga 681-yili podsho Asparux tomonidan asos solinib, hukmron sulola nomini istilochilardan olgan.
- 863-yili — Moraviyaga 863-yili ikki rohib – Kirill va Mefodiylar keladi.
- 882-yili — Ryurikning davomchisi Oleg 882-yili Kiyevni egallab, Kiyev Rusi davlatiga asos soladi va Dnepr havzasidagi slavyan qabilalarini bo‘ysundirishda davom etadi.
- 966-yili — Knyaz Meshko I 966-yili xristianlikni nemis yepiskoplaridan qabul qiladi.
- 988-yili — Buning sababi esa uning harbiy faoliyati bilan emas, balki 988-yili Vizantiya provaslav cherkovi udumlariga binoan xristianlikni qabul qilib, aholiga ham shu dinni qabul qildirishi bilan bog‘liq.
- 1000-yili — Polsha cherkovi 1000-yili arxiyepiskoplik rutbasini olib, nemis cherkovidan mustaqillikka erishadi.
- 1644-yilga — Bu devor sayyoramizdagi eng uzun devor bo‘lib, uning qurilishi miloddan avvalgi IV asrdan boshlanib, ko‘p asrlar davomida, ya’ni 1644-yilga qadar qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan.
- VII–X asrlarda — Slavyan davlatlari VII–X asrlarda tashkil topdi.
- VI asrda — Bu hududlardan slavyanlarning bir qismi Elba bo‘ylab shimoli-g‘arbga, yana bir qismi Sharqiy Yevropaga, uchinchi qismi janubga siljib, VI asrda Dunay daryosi sohiliga yetadi.
- IX asr — Hozirgi Chexiya davlati o‘rnida IX asr boshlarida Buyuk Moraviya davlati paydo bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Slavyan davlatlari qaysi asrlarda tashkil topgan?
- IV–VI asrlarda
- V–VII asrlarda
- VII–X asrlarda
- X–XII asrlarda
To‘g‘ri javob: VII–X asrlarda. Slavyan davlatlari VII–X asrlarda tashkil topgan.
Slavyanlarning bir qismi janubga siljib, qaysi asrda Dunay daryosi sohiliga yetib kelgan?
- VI asrda
- IV asrda
- VIII asrda
- X asrda
To‘g‘ri javob: VI asrda. Slavyanlar janubga siljib, VI asrda Dunay daryosi sohiliga yetgan.
Slavyanlar o‘zlarini slavyan (sloven) deb atashgan; bu so‘z qanday ma’noni anglatadi?
- bir xil dinga e’tiqod qiluvchilar
- tushunarli bir xil tilda so‘zlashuvchilar
- bir xil yerda yashovchi dehqonlar
- bir xil urug‘dan kelib chiqqan kishilar
To‘g‘ri javob: tushunarli bir xil tilda so‘zlashuvchilar. Slavyan (sloven) so‘zi tushunarli bir xil tilda so‘zlashuvchilar degan ma’noni bildiradi.
Qadimgi slavyanlar o‘zlarini “slavyan (sloven)” deb atagan; bu so‘z qanday ma’no bildiradi?
- Tushunarli bir xil tilda so‘zlashuvchilar
- Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilar
- Daryo bo‘yida yashovchilar
- Jasur jangchilar
To‘g‘ri javob: Tushunarli bir xil tilda so‘zlashuvchilar. “Slavyan” – “tushunarli bir xil tilda so‘zlashuvchilar” degani.
Polyaklar slavyan qabilalarining qaysi guruhiga mansub bo‘lgan?
- g‘arbiy slavyanlarga
- sharqiy slavyanlarga
- shimoliy slavyanlarga
- janubiy slavyanlarga
To‘g‘ri javob: g‘arbiy slavyanlarga. G‘arbiy slavyanlarga polyaklar, chexlar va slovaklar kirgan.
G‘arbiy slavyanlarga qaysi xalqlar kirgan?
- Bolgarlar, serblar va xorvatlar
- Polyaklar, chexlar va slovaklar
- Ruslar, ukrainlar va belaruslar
- Chernogorlar, slovenlar va serblar
To‘g‘ri javob: Polyaklar, chexlar va slovaklar. G‘arbiy slavyanlarga polyaklar, chexlar va slovaklar kirgan.
Rus, ukrain va belarus xalqlarining ajdodlari slavyanlarning qaysi guruhiga mansub?
- G‘arbiy slavyanlar
- Janubiy slavyanlar
- Shimoliy slavyanlar
- Sharqiy slavyanlar
To‘g‘ri javob: Sharqiy slavyanlar. Sharqiy slavyanlar rus, ukrain va belarus xalqlarining ajdodlari bo‘lgan.
Slavyan xalqlarining guruhlari haqidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Polyaklar, chexlar va slovaklar g‘arbiy slavyanlarga kirgan. II. Bolgarlar sharqiy slavyanlarga mansub bo‘lgan. III. Rus, ukrain va belarus xalqlarining ajdodlari sharqiy slavyanlardir. Qaysi hukmlar to‘g‘ri?
- Faqat II
- I va II
- I va III
- II va III
To‘g‘ri javob: I va III. Bolgarlar janubiy slavyanlarga mansub, II noto‘g‘ri.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash