Yangi din beshigi
SIZ BILIB OLASIZ:
- • Islom dinining arkonlari haqida.
ARABISTON VA UNING AHOLISI
Arab qabilalari Arabiston yarimoroli va unga tutash hududlarda yashab kelganlar. Ular somiy (semit) tilli xalqlardan bo‘lib, bu til oilasida arablardan tashqari, yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham so‘zlashganlar. Bu xalqlar uzoq o‘tmishda Sharqning eng qadimgi davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tuzganlar.
Ko‘chmanchi arablar – badaviylar (sahroyilar) boshqa chorvador qabilalar kabi tuyachilik, qo‘ychilik va yilqichilik bilan shug‘ullanganlar. Ular cho‘l-u dashtlarda, o‘t-o‘lanlar o‘sadigan yaylovlarda mollarini boqib, ko‘chib yurganlar. Arabistonning katta qismi odamlar tuyasiz yura olmaydigan hududlardan iborat edi. Badaviylar tuya suti va go‘shtini iste’mol qilgan, junidan mato hamda chodir uchun kigiz tayyorlagan, tuyani minib jang qilgan va harakatlanganlar. Arablar hayoti
ARABISTON VA UNING AHOLISI
Yarimorolning janubi va g‘arbidagi o‘troq dehqonchilik aholisi soy, jilg‘alar, quduqlar bo‘ylarida xurmo bog‘lari va uzumzorlar barpo etganlar. Shimoldan janubga – Vizantiyadan Afrikaning sharqiga, Hindistonga karvon yo‘llari aynan shu hududlar orqali o‘tgan. Buyuk Ipak yo‘li bo‘yidagi mamlakatlarda tinchlik paytlarida karvon yo‘llari Arabistonga siljigan. Zamonlar o‘tib karvon yo‘llari bo‘yida aholi manzilgohlari, shaharlar vujudga keladi. Ularda yashagan aholi savdo karvonlari va sayyohlarga xizmat ko‘rsatganlar. Ulardan biri – Makka shahri ko‘chmanchilar va mahalliy aholining mol ayirboshlash hamda savdo markazi bo‘lgan. Arabistonning yuksak rivojlangan viloyatlari Yaman va Xijoz bo‘lgan. Yaman unumdor yerlari, mevali bog‘lari, xurmozorlari bilan nom qozongan. Arablarda Yaman “haq”, “baxtli” ma’nolarini bildirgan. Hindistondan Vizantiyaga ziravorlar, ipak gazlamalar, marvarid va boshqa narsalar tashiladigan yo‘l ustida joylashganligi bois, Xijoz va Yamanning dengiz sohillarida shaharlar vujudga kelgan. Qurg‘oqchilik davrida cho‘ldagi ko‘chmanchilar o‘troq aholi yurtlariga, xususan, Xijoz va Yamanga talonchilik bosqinlarini ham uyushtirib turganlar. Arablarning ko‘pchiligi ko‘p xudolik dinlariga sig‘inganlar. Ular quyosh, oy va yulduzlarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabila turli ilohlarni e’zozlaganlar. Makkadagi Ka’ba umumiy ziyoratgoh bo‘lib, unda qabila ilohlari, but va sanamlari saqlangan. VI–VII asrlarda aholi soni ko‘payib, qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchayadi. Urushlarda olingan harbiy o‘ljalar qabila sardorlari va harbiy yo‘lboshchilarning boyishini, mulkiy tabaqalanish kuchayib, urug‘chilik tuzumining inqirozini tezlashtiradi.
BILAG‘ONLAR UCHUN!
Badaviylar qadim zamonlardan bir o‘rkachli tuyalarni boqqanlar. Tuyalar bir necha kun suvsiz yurishlari, oziq sifatida yantoqlar bilan qanoatlanishi va ayni paytda yelkasida bir necha yuz kilo yukni tashishi mumkin edi. Tarixchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, teridan tayyorlanadigan suv saqlaydigan mesh (sanoch)ni badaviylar ixtiro qilganlar. Tuyalar va meshlar ularga olis yaylovlarga yetib borish hamda uzoq safarlarga karvonlarni tayyorlash imkonini bergan.
PAYG‘AMBAR MUHAMMAD (S.A.V.)
Arablarda savdo-sotiq
Islom tarixchilari uning asoschisi – bo‘lajak payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ni 570-yili Makkada quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘iga mansub, uncha boy bo‘lmagan, lekin zodagonlarga yaqin oilada tavallud topganini yozadilar. Muhammad (s.a.v.) ona qornida ikki oylik homila paytida otasi Abdulloh – bu paytda savdo ishlari bilan Suriyada edi – Makkaga qaytishda to‘satdan vafot etadi. An’anaga ko‘ra, Makka ahli jazirama issiqdan asrash uchun har yili go‘daklarni tog‘dagi yaylovlarda yashovchi Banu Sa’d qabilasiga mansub ayollarga berib yuborganlar. Muhammad (s.a.v.) ham olti oyligidan banu sa’dlik Halima ismli ayol tarbiyasiga o‘tib, ko‘chmanchilar orasida to‘rt yil yashaydilar. So‘ngra Makkaga qaytib, onalari bilan birga yashaydilar. Olti yoshlarida onalari Omina ham vafot etib, uni bobosi Abdulmuttalib o‘z qaramog‘iga oladi. Bobosi Abdulmuttalib ham ko‘p o‘tmay vafot etadi, shundan keyin tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib o‘z zimmasiga oladi. 12 yoshlarida Muhammad (s.a.v.) bir muddat Abu Tolibning chorvasini boqadilar, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadilar. Savdo ishlari bilan Suriyaga safar qiladilar, xususan, Xalab va Damashq shaharlariga boradilar. Muhammad (s.a.v.) qirq yoshida payg‘ambar bo‘lib, yigirma uch yil davomida odamlarni Islom diniga da’vat qiladilar. Muhammad (s.a.v.) 632-yili Madina shahrida vafot etadilar va shu yerga dafn etiladilar.
QUR’ONNING NOZIL BO‘LISHI
Islom dini manbalarida qayd etilishicha, Muhammad (s.a.v.)ga 610-yildan boshlab Alloh taolodan ilohiy oyatlar nozil bo‘la boshlaydi. U qudratli yakka-yu yagona Xudodan, ya’ni Alloh taolodan o‘zga hech qanday iloh yo‘q, deya, o‘zini Rosululloh – “Allohning elchisi, payg‘ambari” deb e’lon qiladi.
BUNI YODDA SAQLANG!
Qur’on (arabcha “qiroat”, “o‘qish”) islom diniga e’tiqod qiluvchilarning muqaddas kitobi bo‘lib, Alloh taolo tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy orqali nozil qilingan. Qur’on yigirma uch yil davomida nozil qilingan bo‘lib, 114 suradan iborat.
Savdogarlar majusiylikdan yakkaxudolik diniga o‘tish ularga moddiy zarar keltirishidan qo‘rqib, Muhammad (s.a.v.)ning va’zlarini adovat bilan qarshi oladilar. Makkaning ko‘pchilik aholisi, ayniqsa, quraysh qabilasining zodagonlari uning targ‘ibotlariga ochiqdan-ochiq qarshi chiqadilar. Natijada u o‘zga yerlarda tarafdorlar izlashga majbur bo‘ladi. Shu tariqa Muhammad (s.a.v.) va uning sahobalari milodiy 622-yili Yasribga hijrat (ko‘chish) qiladilar hamda shaharga Madina (payg‘ambarlik shahri) nomini beradilar. Hijrat nomini olgan bu voqea islom tarixida burilish yasadi. Milodiy 622-yil hijrat – “ko‘chib o‘tish” musulmon yil hisobining boshlanishi deb qabul qilinadi. Ko‘chib o‘tgan kishilar muhojirlar (ko‘chib kelganlar), Madinada islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Yasriblik arablar yakkaxudolik ta’limotiga xayrixoh munosabatda bo‘ladilar. Muhammad (s.a.v.) shaharning egasiga aylanib, u yerda ilk masjidni qurdiradilar. Allohga ibodat qilish tartibini joriy etadi, sudxo‘rlik, ichkilik, qimor o‘yinlarini taqiqlaydi. Shu tariqa buddaviylik va xristianlikdan keyingi yana bir jahon dini vujudga keladi.
ISLOM TA’LIMOTI
Islom (arabcha - “itoat etish”, “bo‘ysunish”, “o‘zini Alloh irodasiga topshirish”) VII asrning boshlarida Arabiston yarimorolida yagona Allohga e’tiqod asosida shakllanib, jahonda keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” (“islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli”) – musulmon deb ataladi.
Islom dini beshta asos yoki ustun (arkon ad-din al-islomiy)ga ega: 1) Allohning birligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning payg‘ambari ekanligiga iymon keltirish; 2) aqlan sog‘lom va voyaga yetgan har bir musulmonning besh vaqt namoz o‘qishi; 3) voyaga yetgan va sog‘lom kishining Ramazon oyida bir oy ro‘za tutishi; 4) moli nisobiga yetgan kishining zakot berishi; 5) yo‘liga va puliga qodir bo‘lsa, haj (Makka va Madina shaharlariga ziyorat) qilishi. Musulmonlar uchun eng katta bayram – Ramazon hayiti bir oylik ro‘zadan keyin nishonlanadi. Undan yetmish kun o‘tib Qurbon hayiti o‘tkaziladi. Musulmonlar haftaning juma kunini “sayyid al-ayyom va haj al-masakiyn” – “kunlarning ulug‘i va miskinlar uchun haj” deb hisoblaydilar.
ISLOM TA’LIMOTI
Muhammad (s.a.v.) Madina va uning atrofidagi shaharlar aholisini islomga o‘tkazgach, 630-yili Makka shahrini jangsiz egallaydi. Uning buyrug‘i bilan sahobalar Makka aholisiga omonlik berib, Ka’badan barcha but va sanamlarni chiqarib tashlashadi. Ka’bada saqlanayotgan Qora tosh Allohning “haq din”dagilarga in’omi deb e’lon qilinadi. O‘shandan buyon Ka’ba barcha musulmonlar uchun asosiy ziyoratgohga aylanadi.
Arabiston shaharlari va ko‘chmanchi qabilalar keyingi yillarda islomni qabul qilib, VII asrda yagona davlatga birlashadi.
ISLOMDAGI MAZHABLAR
O‘rta asrlarda Makka shahri
Mazhab so‘zi arabcha “yo‘nalish”, “oqim”, “yo‘l” ma’nolarini bildirib, Islom dinida biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, “uning yurgan yo‘nalishidan borish”ni bildiradi.
Islomda asosan ikki yo‘nalish – sunniylik va shialik (Ali tarafdorlari) mavjud bo‘lib, ularning har birida bir qancha mazhablar bor. Uchinchi yo‘nalish – xorijiylar (xavorij – “ajralib chiqqanlar”) VII asrning ikkinchi yarmida parchalanib, keyinchalik yo‘qolib ketgan.
Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga rioya qilishda Qur’oni karim va payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) hadislari – “Sunna”ga birdek amal qilishga aytiladi. Sunniylik yo‘nalishi tarafdorlari “Ahli sunna val jamoa” deb ataladi. Bu nomda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning sunnatlariga og‘ishmay amal qilish va musulmonlarning asosiy ko‘pchilik jamoasi ma’nolari o‘z aksini topgan. Bugungi kunda musulmonlarning asosiy qismi sunniylik yo‘nalishida bo‘lib, u to‘rtta fiqhiy mazhab: Hanafiy, Shofe’iy, Molikiy, Hanbaliy hamda ikkita Ash’ariy va Moturidiy aqidaviy ta’limotlaridan iborat. Mazhablar sekta (firqa)lardan farq qiladi. Sunniylikdagi to‘rtta mazhab ham teng hisoblanadi. Mazhablar umuman an’anaviy diniy huquq doirasidan chiqmagan holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-birlaridan farq qiladi. O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan.
3. Muhammad (s.a.v.)ning hayoti va faoliyati haqida nimalarni eslab qoldingiz?
4. Arab qabilalarining birlashish omillarini gapirib bering.
Muhim sanalar
- 570-yili — Islom tarixchilari uning asoschisi – bo‘lajak payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ni 570-yili Makkada quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘iga mansub, uncha boy bo‘lmagan, lekin zodagonlarga yaqin oilada tavallud topganini…
- 610-yilda — Islom dini manbalarida qayd etilishicha, Muhammad (s.a.v.)ga 610-yildan boshlab Alloh taolodan ilohiy oyatlar nozil bo‘la boshlaydi.
- milodiy 622-yili — Shu tariqa Muhammad (s.a.v.) va uning sahobalari milodiy 622-yili Yasribga hijrat (ko‘chish) qiladilar hamda shaharga Madina (payg‘ambarlik shahri) nomini beradilar.
- 622-yil — Milodiy 622-yil hijrat – “ko‘chib o‘tish” musulmon yil hisobining boshlanishi deb qabul qilinadi.
- 630-yili — Muhammad (s.a.v. Madina va uning atrofidagi shaharlar aholisini islomga o‘tkazgach, 630-yili Makka shahrini jangsiz egallaydi.
- 632-yili — Muhammad (s.a.v. 632-yili Madina shahrida vafot etadilar va shu yerga dafn etiladilar.
- VI–VII asrlarda — VI–VII asrlarda aholi soni ko‘payib, qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchayadi.
- VII asrning — Islom (arabcha - “itoat etish”, “bo‘ysunish”, “o‘zini Alloh irodasiga topshirish”) VII asrning boshlarida Arabiston yarimorolida yagona Allohga e’tiqod asosida shakllanib, jahonda keng tarqalgan dinlardan biri…
- VII asrda — Arabiston shaharlari va ko‘chmanchi qabilalar keyingi yillarda islomni qabul qilib, VII asrda yagona davlatga birlashadi.
- VII asrning — Uchinchi yo‘nalish – xorijiylar (xavorij – “ajralib chiqqanlar”) VII asrning ikkinchi yarmida parchalanib, keyinchalik yo‘qolib ketgan.
Bilimingizni sinang
Arabistondagi ko‘chmanchi arablar qanday nom bilan atalgan?
- Badaviylar
- Ansorlar
- Muhojirlar
- Xorijiylar
To‘g‘ri javob: Badaviylar. Ko‘chmanchi arablar badaviylar (sahroyilar) deb atalgan.
Arabistonda aholi soni ko‘payib, qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash qaysi asrlarda kuchaygan?
- XII–XIII asrlarda
- VI–VII asrlarda
- IX–X asrlarda
- II–III asrlarda
To‘g‘ri javob: VI–VII asrlarda. VI–VII asrlarda aholi ko‘payib, suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchaygan.
Arablarda Yaman so‘zi qanday ma’nolarni bildirgan?
- “Itoat” va “bo‘ysunish”
- “Qiroat” va “o‘qish”
- “Yo‘nalish” va “yo‘l”
- “Haq” va “baxtli”
To‘g‘ri javob: “Haq” va “baxtli”. Matnga ko‘ra, arablarda Yaman “haq”, “baxtli” ma’nolarini bildirgan.
Ko‘chmanchi badaviylar bilan yarimorolning janubi va g‘arbidagi o‘troq aholining mashg‘uloti qanday farqlangan?
- Badaviylar xurmo bog‘lari barpo etgan, o‘troq aholi esa tuyachilik va karvon yo‘llarini nazorat qilish bilan shug‘ullangan
- Ikkala guruh ham asosan dengiz orqali savdo qilib kun ko‘rgan, yarimorolning ichki qismida esa chorvachilik umuman rivojlanmagan
- Badaviylar chorvachilik bilan shug‘ullangan, o‘troq aholi esa soy va quduqlar bo‘ylarida xurmo bog‘lari hamda uzumzorlar barpo etgan
- Badaviylar karvon yo‘llaridagi shaharlarda yashagan, o‘troq aholi esa cho‘lda ko‘chib yurib, tuyachilik bilan shug‘ullangan
To‘g‘ri javob: Badaviylar chorvachilik bilan shug‘ullangan, o‘troq aholi esa soy va quduqlar bo‘ylarida xurmo bog‘lari hamda uzumzorlar barpo etgan. Badaviylar tuya, qo‘y va yilqi boqib ko‘chib yurgan, o‘troq dehqon aholi esa suv manbalari bo‘ylarida xurmo bog‘lari va uzumzorlar yaratgan.
VI–VII asrlarda arablarda urug‘chilik tuzumining inqirozini nima tezlashtirdi?
- Urushlarda olingan harbiy o‘ljalar hisobiga sardorlarning boyishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi
- Ka’badagi ilohlarning qabilalar tomonidan tark etilib, yagona Xudoga sig‘inishning yoyilishi
- Karvon yo‘llarining butunlay Arabistondan chetga siljishi va savdoning to‘xtashi
- Qurg‘oqchilik tufayli o‘troq aholining butunlay ko‘chmanchilikka o‘tishi
To‘g‘ri javob: Urushlarda olingan harbiy o‘ljalar hisobiga sardorlarning boyishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi. Harbiy o‘ljalar qabila sardorlari va yo‘lboshchilarni boyitib, mulkiy tabaqalanishni kuchaytirgan va urug‘chilik tuzumi inqirozini tezlashtirgan.
Islom tarixchilarining yozishicha, Muhammad (s.a.v.) Makkada qaysi yili tavallud topganlar?
- 553-yili
- 600-yili
- 585-yili
- 570-yili
To‘g‘ri javob: 570-yili. Muhammad (s.a.v.) 570-yili Makkada quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘iga mansub oilada tavallud topganlar.
Muhammad (s.a.v.) Madina shahrida qaysi yili vafot etib, shu yerga dafn etilgan?
- 645-yili
- 629-yili
- 637-yili
- 632-yili
To‘g‘ri javob: 632-yili. Muhammad (s.a.v.) 632-yili Madinada vafot etib, shu yerga dafn etilgan.
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) qaysi yilda Makkada tavallud topgan?
- 570-yilda
- 610-yilda
- 622-yilda
- 630-yilda
To‘g‘ri javob: 570-yilda. Islom tarixchilari uning 570-yili Makkada quraysh qabilasining hoshimiylar urug‘ida tug‘ilganini yozadilar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash