XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · Jahon tarixi · 9-mavzu

Arab xalifaligi: islom dunyosining barpo etilishi

SIZ BILIB OLASIZ:

Arablar olib borgan fathlar VII–VIII asrlarda ulkan hududlarni qamrab olgan Arab xalifaligi davlatining tashkil topishi bilan yakunlandi. Xalifalikni avval xulafoi roshidinlar – “to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar”, so‘ng Umaviylar (661–750) va Abbosiylar (750–1258) sulolalari boshqargan. Xalifalik tarkibidagi mamlakatlarda boy madaniyat yaratilib, u turli xalqlar yutuqlarining jamlanishi natijasida vujudga kelgandi. Xalifalik hududlarida ilm-fan, adabiyot va san’at yuksak rivojlandi.

CHORYORLAR DAVRI

Muhammad (s.a.v.) vafotidan so‘ng barcha arablarni birlashtirgan davlatdagi hokimiyat uning eng yaqin sahobalari qo‘liga o‘tadi. Xulafoi roshidinlar davrida mamlakat rahbari – xalifa (“o‘rinbosar”), davlat esa Xalifalik deb atala boshlandi. Arablar birlashtirilganidan so‘ng, islom dinining umumiy maqsadi g‘ayridinlarni Islomga o‘tkazish bo‘ladi. Dastlab Abu Bakr (632–634) xalifalikka saylanadi. Uning boshqaruvi davrida Arabiston yarimoroli aholisi Islomni to‘liq qabul qiladi, arab qabilalarining hokimiyatga qarshi ko‘targan qo‘zg‘olonlari bostiriladi. Uning xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath etishadi. Abu Bakr Islom davlati boshqaruvini takomillashtirdi. Xususan, mamlakatni boshqarish uchun Maslahat kengashi tashkil qilindi, har bir viloyatga voliy (hokim) tayinlandi.

CHORYORLAR DAVRI

Keyingi xalifa Umar (634–644) davrida Vizantiya qo‘shinlari mag‘lub etilib, bir necha yilda Suriya, Falastin, Misr, Eronning katta qismi va O‘rta Yer dengizining Afrika sohillari zabt etiladi. Uning davrida soliq-o‘lpon tizimi ishlab chiqilib, devon ro‘yxatiga kiritilgan barcha davlat xizmatchilariga maosh to‘lash joriy etiladi. 637-yil aprelda yangi musulmon yil hisobi – hijriy yil taqvimi joriy etiladi. Musulmonlar Umarni – taqvodor, din masalalarida adolatli bo‘lgani uchun – “Umari odil”, hukmronlik davrini esa islomning “oltin asri” deb tavsiflashgan.

Islohotlarning amalga oshirilishi

TARIXIY MUSHOHADA!

Manbalarda yozilishicha, xalifa Umar ibn Xattob davrida islomiy fathlar nihoyatda kengayadi. Musulmonlar Fors yerlarini fath qilar ekan, Tustar degan qal’ani ishg‘ol qilishga to‘g‘ri keladi. Sa’d ibn Abu Vaqqos boshchiligidagi arab lashkarlari qal’ani uzoq muddat qamal qilib, olti oyda ham egallay olishmaydi. Qo‘shinning jangovar ruhi tushib ketadi, qurol-yarog‘ va oziq-ovqat zaxirasi ham tugay boshlaydi. Barcha musulmonlar qanday yo‘l tutishni bilmay turganlarida, yuziga niqob tutgan bir kishi kirib keladi. “Men qal’ani qanday qilib ochishni bilaman. Mening aytganimni qilsangizlar, sizlarga yordam beraman”, – deydi. Shunda qo‘shin amiri: “Nima qilishni ayt – biz rozimiz”, – deydi. Niqobli kishi: “Meni palaxmonga o‘tqazib, shaharning ichiga uloqtirasizlar, men sizlarga qal’a darvozalarini ochib beraman”,– deydi. Yarim tunda askarlar uni palaxmonning kabgiriga o‘tqazib uloqtiradilar. Sog‘-omon qolgan niqobli kishi soqchilarni o‘ldirib, darvozalarni ochib beradi. Jangga shay turgan askarlar qal’aga kirib kelishadi, qal’a egallanadi, musulmonlar juda katta o‘ljalarni qo‘lga kiritadilar. Qo‘shin amiri o‘ljalarni taqsimlashni e’lon qiladi, uning eng katta qismi haligi niqobli kishiga beriladigan bo‘ldi. Ammo oradan uch kun o‘tsa ham, niqobli kishi kelmaydi. Shunda Sa’d ibn Abu Vaqqos butun qo‘shinga: “Barchaga yetkazing: amirga itoat qilmasa, Allohning oldida gunohkor bo‘ladi”, – deb buyuradi. Natijada amirning chodiriga bir kishi kirib keladi: “Ey amir, men niqob egasini taniyman, uning uchta sharti bor ekan, shularni bajarsangiz, kelar ekan va o‘zini tanitar ekan, – deydi. – Birinchisi – u siz bilan gaplashar ekan, gap faqat ikkovingizning oralarigizda qolar ekan; ikkinchisi – u odamning nomini tarix kitoblariga yozdirmas ekansiz; uchinchisi – hatto uning kimligini xalifaga ham aytmas ekansiz”. Sa’d ibn Abu Vaqqos barchasiga rozi bo‘ldilar. Shunda haligi kishi: “Men edim o‘sha niqobli odam”, – deydi.

TARIXIY MUSHOHADA!

Musulmonlar Madinaga qaytib borgach, xalifa Umar niqobli kishi haqida Sa’d ibn Abu Vaqqosdan so‘raydi, ammo Sa’d va’dasida turib, hech narsa aytmaydi.

smon xalifaligi davrida (644–656) Eron Sosoniylari davlatini fath etish tugallanib, Amudaryo sohillariga chiqishdi, musulmonlarning Tunis va Kavkazorti o‘lkalaridagi mavqei mustahkamlanadi. Xalifaning buyrug‘i bilan Qur’oni karim matni to‘planib, bir butun kitob shakliga keltiriladi va turli o‘lkalarga tarqatiladi. Hozirgi kunda ulardan biri muqaddas yodgorlik sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasida saqlanmoqda.

Xulafoi-roshidinlarning so‘ngisi – Ali ibn Abu Tolib xalifaligi (656–661) davrida uning hukmronligini “haq din”ning barcha vakillari tan olmagan. Alining tarafdorlari shialar, raqiblari esa xorijiylar nomini olishgan. Oqibatda Ali xorijiylar tomonidan o‘ldiriladi. 661-yilda hokimiyatni Umaviylar sulolasi asoschisi Muoviya I egallaydi.

H i n d

UMAVIYLAR HUKMRONLIGI

Umaviylar davrida poytaxt Damashq shahri bo‘lib, Suriya xalifalikning markaziy viloyatiga aylanadi. Umaviylar boshqaruvi davrida xalifa lavozimi nasliy merosga aylantiriladi, davlat xazinasi hamda davlat arxivi tashkil etiladi, arab tili davlat tili deb e’lon qilinadi. Xalifalikning Jabal at-Tariq boshchiligidagi qo‘shini 711–714-yillari Pireney yarimorolidagi (hozirgi Ispaniya) Vestgot qirolligini bo‘ysundiradi. Arablarning shimolga siljishlari 732-yil Puate jangida to‘xtatiladi. Sharqda ular Tabariston,

Arablar tomonidan boshqa hududlarning egallanishi

Jurjon, Movarounnahr va Hind daryosi sohiligacha (Mo‘lton qal’asi) bo‘lgan yerlarni, G‘arbda Shimoliy Afrika va Ispaniyaning katta qismini bosib oladilar. Ammo Umaviylarga qarshi bir necha bor xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tadi. Bu esa ularning hokimiyatini zaiflashtirib, Abbosiylarning hokimiyat tepasiga kelishlariga imkon beradi.

ABBOSIYLARNING HOKIMIYATGA KELISHI

Horun ar-Rashid

Xalifalikdagi siyosiy vaziyat keskinlashishi natijasida VIII asr o‘rtalarida hokimiyat Abbosiylar (Muhammad (s.a.v.) ning amakisi Abbosning avlodlari) qo‘liga o‘tadi. Abbosiylar o‘z qarorgohini Bag‘dod (“Xudoning in’omi”) shahriga ko‘chiradi. Ushbu sulolaning eng mashhur xalifasi Horun ar-Rashid (786–809) bo‘lgan. Musulmon bo‘lmaganlarni xalifalikda davlat xizmatiga olishmagan va ular ko‘proq soliq to‘lashgan. Natijada ko‘pchilik Islomni qabul qilib, arab tilini o‘rganganlar, shu tariqa aholining asosiy qismi musulmon bo‘lgan.

XALIFALIKNING INQIROZI

Xalq qo‘zg‘olonlari va hokimiyat uchun kurashlar xalifalikning siyosiy inqirozini boshlab beradi. Xalifalikdan ilk mustaqil amirlik Ispaniyada 756-yili ajralib chiqadi. U X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi deb atala boshlanadi. IX asrdan Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka erishadi, Abbosiylar tasarrufida faqat Yaqin Sharq va Arabiston yarimoroli qoladi. Saljuqiy turklar 1055-yili Bag‘dodni egallab, xalifani dunyoviy vazifalardan chetlatadi. Mo‘g‘ul xoni Xuloku 1258-yilda Bag‘dodni egallagandan so‘ng, Arab xalifaligi barham topadi.

Arab harbiylari

ATAMALAR IZOHI

Choryorlar – (forscha, “to‘rt do‘st”) to‘g‘ri yo‘ldan borgan dastlabki to‘rt xalifa.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Xaritadan Arab xalifaligi tomonidan fath etilgan hududlarni ko‘rsating.

2. Arab xalifaligini boshqargan sulolalar haqida so‘zlab bering.

Saljuqiylar

Sulton Malikshoh

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Arablar fathlari ulkan hududlarni qamrab olgan Arab xalifaligining tashkil topishi bilan yakunlangan. Fathlar qaysi asrlarda olib borilgan?
  1. VII–VIII asrlarda
  2. XI–XII asrlarda
  3. IX–X asrlarda
  4. V–VI asrlarda

To‘g‘ri javob: VII–VIII asrlarda. Arablarning fathlari VII–VIII asrlarda ulkan hududlarni qamrab olgan Arab xalifaligining tashkil topishi bilan yakunlangan.

Arab xalifaligini boshqargan birinchi sulola – “xulafoi roshidinlar” atamasi qanday ma’noni anglatadi?
  1. to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar
  2. ulug‘ sarkardalar
  3. payg‘ambar avlodlari
  4. adolatli hukmdorlar

To‘g‘ri javob: to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar. Xalifalikni avval xulafoi roshidinlar – “to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar” boshqargan.

Arab xalifaligini boshqargan Umaviylar sulolasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
  1. 632–661
  2. 750–1258
  3. 661–750
  4. 786–809

To‘g‘ri javob: 661–750. Umaviylar 661–750-yillarda, Abbosiylar 750–1258-yillarda xalifalikni boshqargan.

“Xulafoi roshidinlar” atamasi qanday ma’noni anglatadi?
  1. To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar
  2. Din himoyachilari bo‘lgan qo‘shin
  3. Xalifaning yaqin maslahatchilari
  4. Islom dinining yirik olimlari

To‘g‘ri javob: To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar. Xulafoi roshidinlar – “to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar”.

Abbosiylar sulolasi Umaviylarga nisbatan necha yil uzoqroq hukmronlik qilgan?
  1. 419 yil
  2. 508 yil
  3. 389 yil
  4. 89 yil

To‘g‘ri javob: 419 yil. Umaviylar 661–750 (89 yil), Abbosiylar 750–1258 (508 yil) hukmronlik qilgan; farq 419 yil.

Xulafoi roshidinlar davrida mamlakat rahbari bo‘lgan “xalifa” so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
  1. maslahatchi
  2. sarkarda
  3. hokim
  4. o‘rinbosar

To‘g‘ri javob: o‘rinbosar. Mamlakat rahbari xalifa (“o‘rinbosar”), davlat esa Xalifalik deb atala boshlagan.

Muhammad (s.a.v.) vafotidan so‘ng arablar davlatida dastlab (632–634) xalifalikka kim saylangan?
  1. Usmon
  2. Abu Bakr
  3. Umar
  4. Ali ibn Abu Tolib

To‘g‘ri javob: Abu Bakr. Muhammad (s.a.v.)dan keyin dastlab Abu Bakr (632–634) xalifalikka saylangan.

Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin xalifalikka dastlab saylangan va 632–634-yillarda boshqargan shaxs kim?
  1. Usmon
  2. Abu Bakr
  3. Muoviya
  4. Yazid I

To‘g‘ri javob: Abu Bakr. Dastlab Abu Bakr (632–634) xalifalikka saylangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYangi din beshigiKeyingi →Saljuqiylar davlati