Saljuqiylar davlati
Saljuqiylar
Sulton Malikshoh
SIZ BILIB OLASIZ:
- • turk etnosining shakllanish shart-sharoitlari va sabablari haqida.
Saljuqiylarning harbiy yurushi
DAVLATNING TASHKIL TOPISHI
Saljuqiylar turkiy o‘g‘uz qavmi tarkibida dastlab hozirgi Janubiy Qozog‘iston hududi va Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlarda yashaganlar. Ular ko‘plab urug‘-qabilalarga bo‘linib, ko‘chmanchi hayot kechirganlar. Shimoldagi turli qabilalarning siquvi natijasida Sirdaryoning quyi oqimidagi Jand shahri atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)ga ko‘chib o‘tgan o‘g‘uzlar Saljuqbek boshchiligida islom dinini qabul qilishgan. Qoraxoniylar Movarounnahrni egallagach, saljuqiylar Mahmud G‘aznaviyning roziligi bilan 1025-yilda Xuroson yerlariga ko‘chib o‘tadilar. Qoraxoniylar bilan g‘aznaviylar o‘rtasidagi kurashdan foydalangan saljuqiylar o‘z harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Ular Saljuqning nevarasi To‘g‘rulbekni hukmdor deb e’lon qiladilar.
TARIX YON DAFTARCHANGIZGA KIRITING!
Saljuqiylar – Xuroson, Yaqin va O‘rta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrda hukmronlik qilgan turkiy sulola (1038–1308). Sulola nomi chorvador turkiy qavm – o‘g‘uzlar boshlig‘i Saljuqbek ibn Do‘kak nomidan olingan. Saljuqiylar davlatiga 1038-yilda Saljuqning nabirasi sulton To‘g‘rulbek asos solgan.
To‘g‘rulbek ukasi Chag‘ribekni Xurosonda qoldirib, o‘zi g‘arbga yurish boshlaydi. Bu davrga kelib Eronda jangovar turkiy qabilalarga qarshi tura oladigan kuch mavjud emas edi. Natijada saljuqiylar qisqa muddatda G‘arbiy Eron, Ozarbayjon va Iroqni o‘zlariga bo‘ysundiradilar. 1055-yil Bag‘dodda To‘g‘rulbek nomiga xutba o‘qiladi, Abbosiylar saljuqiylarga tobe bo‘lib qolishadi. Xalifa Al-Qoim (1031–1075) hokimiyatni To‘g‘rulbekka topshirib, uni sulton hamda “Sharq va G‘arb podshohi” deb tan olishga majbur bo‘ladi. Shu tariqa saljuqiylar Amudaryodan Frot daryosigacha bo‘lgan hududda o‘z hukmronliklarini o‘rnatadilar.
DAVLATNING YUKSALISHI
Saljuqiylar davlati Alp Arslon va uning o‘g‘li Malikshohlar davrida yanada kuchayadi. Alp Arslon (1063–1072) davrida Kichik Osiyoga yurishlar uyushtiriladi. Saljuqiylarning eng yuksalgan davri Sulton Malikshoh (1072–1092) hukmronlik yillariga to‘g‘ri keladi. U otasi boshlab bergan sharqqa yurishlarni davom ettiradi, Qoraxoniylarga zarba berib, 1074-yili Buxoro va Samarqandni egallaydi. So‘ngra Farg‘ona vodiysini egallab, Sharqiy Turkistongacha yetib boradi. XI asr oxirida mamlakat hududi Sharqiy Turkistondan O‘rta Yer va Marmar dengizlarigacha bo‘lgan katta hududni o‘z ichiga olgan edi. Bu davlat Vizantiya va Xitoy o‘rtasida joylashgan bo‘lib, salibchilarning Sharqqa qilgan hujumlarini qaytarishda xizmatlari katta bo‘lgan.
DAVLATNING YUKSALISHI
Malikshoh vafot etgach, taxt uchun kurash kuchayib, mamlakat zaiflasha boshlaydi. Ichki nizolar avj olib, davlat XII asr boshida sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi.
ANATOLIYADAGI TURK BEYLIKLARI
asr oxirida Anatoliyani to‘liq bosib olgan o‘g‘uzlar u yerda Ko‘niya sultonligini tuzishadi. Shuningdek, Kichik Osiyo hududida saljuqiylarning bir qator beylik (beklik)lari ham tashkil etiladi. Beylar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmronligini tan olsalar-da, amalda o‘z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Ko‘niya sultonligining markazi dastlab Nikeya shahri bo‘lib, keyinchalik Ko‘niyaga ko‘chiriladi. Sulton Alouddin Kaykubod davrida sultonlik taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Sultonlikdagi Ko‘niya, Qaysari, Sivas shaharlari hunarmandchilik va savdo markazlari bo‘lgan.
Kichik Osiyodagi beyliklarning aholisi etnik jihatdan bir xil emas edi. 1071-yildagi Mansikert jangida saljuqiylarning vizantiyaliklar ustidan qozonilgan g‘alabasidan keyin, boshqa qarshilik yo‘qligi tufayli, bu yerga o‘g‘uz turklarining katta qismi ko‘chib kelib, o‘troq turmush tarziga o‘ta boshlaydi. O‘troq-
ARAB XALIFALIGI (ABBOSIYLAR SULOLASI)
lashayotgan turklar o‘lkaning tub aholisi kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshlaydilar. Kichik Osiyo yunonlari va armanlarining bir qismi esa islom dinini qabul qilib, turkiy qabilalar bilan yaqinlashadilar. Shu tariqa Kichik Osiyoda XI asr oxiridan o‘g‘uz turklari bilan turklashgan yunonlar, forslar, armanlar va gruzinlarning qo‘shilishidan turk millati shakllana boshlaydi. Ammo 1243-yilda sharqdan mo‘g‘ullarning bostirib kelishi sultonlikni ancha zaiflashtirib qo‘yadi. Natijada 1308-yilda davlat bir nechta beyliklarga bo‘linib ketadi. Ulardan biri Usmon beyligi bo‘lib, keyinchalik u Usmonli turk imperiyasining paydo bo‘lishida asosiy rol o‘ynagan.
DAVLAT BOSHQARUVI
Saljuqiylar hukmdori
Kayxusrav II tangasi
OROL
Saljuqiylar davlat boshqaruvi, soliq va yer egaligi munosabatlarini sharqdagi musulmon davlatlardan qabul qilganlar. Davlatni oliy hukmdor – sulton (sulton ul-a’zam) boshqarib, taxt otadan bolaga meros bo‘lib o‘tgan. Uning nomidan xutba o‘qilib, tanga zarb qilingan. Davlat boshqaruv tizimi ikkiga – dargoh va devonga bo‘lingan. Bosh vazir devoni (devoni a’lo) barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. Bosh vazir “rais ur-ruaso” deb atalib, mamlakatning ichki va tashqi siyosatidagi barcha sohalarni nazorat qilgan. Saljuqiylarning eng mashhur bosh vaziri Nizomulmulk bo‘lib, u davlat boshqaruv asoslariga oid “Siyosatnoma” asarini yozib qoldirgan.
OROL
Mamlakat ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, uni sulton tomonidan tayinlangan voliylar boshqargan. Ular ham o‘z mahkamalariga ega bo‘lib, viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalarga rahbarlik qilganlar.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Saljuqiylar davlatining tashkil topish shart-sharoitlarini izohlang.
Muhim sanalar
- 1025-yilda — Qoraxoniylar Movarounnahrni egallagach, saljuqiylar Mahmud G‘aznaviyning roziligi bilan 1025-yilda Xuroson yerlariga ko‘chib o‘tadilar.
- 1038-yilda — Saljuqiylar davlatiga 1038-yilda Saljuqning nabirasi sulton To‘g‘rulbek asos solgan.
- 1055-yil — 1055-yil Bag‘dodda To‘g‘rulbek nomiga xutba o‘qiladi, Abbosiylar saljuqiylarga tobe bo‘lib qolishadi.
- 1071-yilda — 1071-yildagi Mansikert jangida saljuqiylarning vizantiyaliklar ustidan qozonilgan g‘alabasidan keyin, boshqa qarshilik yo‘qligi tufayli, bu yerga o‘g‘uz turklarining katta qismi ko‘chib kelib, o‘troq turmush tarziga…
- 1074-yili — U otasi boshlab bergan sharqqa yurishlarni davom ettiradi, Qoraxoniylarga zarba berib, 1074-yili Buxoro va Samarqandni egallaydi.
- 1243-yilda — Ammo 1243-yilda sharqdan mo‘g‘ullarning bostirib kelishi sultonlikni ancha zaiflashtirib qo‘yadi.
- 1308-yilda — Natijada 1308-yilda davlat bir nechta beyliklarga bo‘linib ketadi.
- XI asr — XI asr oxirida mamlakat hududi Sharqiy Turkistondan O‘rta Yer va Marmar dengizlarigacha bo‘lgan katta hududni o‘z ichiga olgan edi.
- XII asr — Ichki nizolar avj olib, davlat XII asr boshida sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi.
- XI asr — Shu tariqa Kichik Osiyoda XI asr oxiridan o‘g‘uz turklari bilan turklashgan yunonlar, forslar, armanlar va gruzinlarning qo‘shilishidan turk millati shakllana boshlaydi.
Bilimingizni sinang
Saljuqiylar Mahmud G‘aznaviyning roziligi bilan Xuroson yerlariga qaysi yilda ko‘chib o‘tganlar?
- 1071-yilda
- 1025-yilda
- 1055-yilda
- 1038-yilda
To‘g‘ri javob: 1025-yilda. Qoraxoniylar Movarounnahrni egallagach, saljuqiylar 1025-yilda Xurosonga ko‘chib o‘tgan.
Saljuqiylar Mahmud G‘aznaviyning roziligi bilan qaysi yilda Xuroson yerlariga ko‘chib o‘tgan?
- 1015-yilda
- 1025-yilda
- 1038-yilda
- 1055-yilda
To‘g‘ri javob: 1025-yilda. Qoraxoniylar Movarounnahrni egallagach, saljuqiylar 1025-yilda Xurosonga ko‘chib o‘tgan.
Xurosonni egallagan saljuqiylar kimni hukmdor deb e’lon qilgan?
- Chag‘ribek nevarasi Alp Arslonni
- Nizomulmulk o‘g‘li Malikshohni
- Kaykubod nevarasi Kayxusravni
- Saljuqning nevarasi To‘g‘rulbekni
To‘g‘ri javob: Saljuqning nevarasi To‘g‘rulbekni. Saljuqiylar Saljuqning nevarasi To‘g‘rulbekni hukmdor deb e’lon qilgan.
Saljuqiylar o‘z davlatini Xurosonda barpo etishlarida qaysi tashqi siyosiy omil muhim rol o‘ynadi?
- Somoniylar davlatining ularga Xurosonni ixtiyoriy topshirishi va ularni xalifalik nomidan boshqaruvga qo‘yishi
- Qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasidagi kurashdan foydalanib, o‘z harbiy kuchlarini birlashtirdilar
- Vizantiya bilan tuzilgan harbiy ittifoq va Kichik Osiyodagi yurishlar uchun berilgan yordam
- Abbosiylar xalifaligining ularga qo‘shin yuborishi va Xuroson hokimligini rasman topshirishi
To‘g‘ri javob: Qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasidagi kurashdan foydalanib, o‘z harbiy kuchlarini birlashtirdilar. Saljuqiylar qoraxoniylar va g‘aznaviylar kurashidan foydalanib, harbiy kuchlarini birlashtirdi va asta-sekin Xurosonni egalladi.
Xuroson, Yaqin va O‘rta Sharq, Kichik Osiyoda hukmronlik qilgan (1038–1308) turkiy sulola qanday nomlanadi?
- Xorazmshohlar
- Saljuqiylar
- Qoraxoniylar
- G‘aznaviylar
To‘g‘ri javob: Saljuqiylar. Saljuqiylar – 1038–1308-yillarda Xuroson, Yaqin va O‘rta Sharq, Kichik Osiyoda hukmronlik qilgan turkiy sulola.
Saljuqning nabirasi sulton To‘g‘rulbek Saljuqiylar davlatiga qaysi yilda asos solgan?
- 1071-yilda
- 1038-yilda
- 1025-yilda
- 1055-yilda
To‘g‘ri javob: 1038-yilda. Saljuqiylar davlatiga 1038-yilda Saljuqning nabirasi sulton To‘g‘rulbek asos solgan.
Xalifa Al-Qoim hokimiyatni To‘g‘rulbekka topshirib, uni sulton hamda qanday nom bilan tan olishga majbur bo‘lgan?
- Islom himoyachisi
- Arab va Ajam sultoni
- Mo‘minlar amiri
- Sharq va G‘arb podshohi
To‘g‘ri javob: Sharq va G‘arb podshohi. Xalifa Al-Qoim To‘g‘rulbekni sulton hamda “Sharq va G‘arb podshohi” deb tan olishga majbur bo‘lgan.
Saljuqiylar davlatiga qaysi yilda sulton To‘g‘rulbek asos solgan?
- 1038-yilda
- 1025-yilda
- 1072-yilda
- 1071-yilda
To‘g‘ri javob: 1038-yilda. Davlatga 1038-yilda Saljuqning nabirasi To‘g‘rulbek asos solgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash