XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · Jahon tarixi · 11-mavzu

Mo‘g‘ullar davlati

SIZ BILIB OLASIZ!

Onon daryosi bo‘yidagi qurultoy

IJTIMOIY TUZUM

Mo‘g‘ul qabilalari qadimdan Janubiy Sibir, Manchjuriya va Mo‘g‘uliston hududlarida yashab kelgan. Ularning ko‘pchiligi ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan, o‘rmonlarda yashagan ayrim urug‘lar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan.

Mo‘g‘ullar hayotida qadimgi udumlar, diniy tasavvurlarida esa ajdodlar ruhiga sig‘inish, shomonlik e’tiqodlari yaxshi saqlanib qolgan. XII asrda mo‘g‘ullarning ijtimoiy tuzumida hali urug‘chilik xususiyatlari kuchli bo‘lsa-da, lekin shu asrning ikkinchi yarmidan boshlab ularning ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat – mulkiy tabaqalanish kuchaya boshlaydi. Urug‘chilik jamoalari alohida ko‘chmanchi xo‘jalik – ayllarga bo‘linib, har bir ayl endilikda o‘z xo‘jaligi – chorvalarining egasiga aylanadi. Urug‘-qabilalarda boy xonadonlar, bo‘lajak mo‘g‘ul zodagonlari shakllana boradi. Aksariyat urug‘ boshliqlari – no‘yonlar o‘z urug‘doshlaridan navkarlar olib, harbiy bo‘linmalar tuzadilar. Mulkiy tabaqalanish sharoitida hayotning o‘zi ularni harbiy qabila ittifoqlari-

Mo‘g‘ullarning bosqinchilik yurishlari

ga birlashishga majbur qiladi, ularni xonlar boshqargan. Kuchli qabila ittifoqlari o‘zlariga tobe etilgan qo‘shnilardan boj-to‘lovlar olib turishgan. Bunday qabila ittifoqlari o‘z yig‘inlari, qurultoylarida eng muhim: urush, sulh, ittifoq tuzish, xonni saylash, ba’zan gunohkor deb topilgan ayrim no‘yonlar va hatto xonlarning o‘zlarini ham sud qilish kabi masalalarni hal etganlar.

DAVLATI

Mo‘g‘ul qabilalari orasidagi o‘zaro urushlarda Temuchin (1155–1227) g‘olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda u ulug‘ xon deb e’lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Chingizxon unvonini beradi. Chingiz so‘zi “kuchli”, “qudratli”, “toza” ma’nolarini anglatadi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o‘z davlatining poytaxtiga aylantiradi.

MO‘G‘ULLAR QO‘SHINI

Mo‘g‘ullar qo‘shinni kuchaytirishga katta e’tibor qaratadilar. Mo‘g‘ullarning ko‘chmanchi chorvachilik bilan hayot kechirishlari ularga a’lo darajadagi otliq qo‘shin tuzish imkonini beradi, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi qo‘shni xalqlar esa bu otliq askarlar bilan to‘qnashishga ojizlik qilardilar. Tinch paytda chorvachilik bilan shug‘ullangan mo‘g‘ullar urush boshlanishi bilan o‘nlik tizimdan iborat muntazam qo‘shinga aylanar edi. Talonchilik bosqinlari ko‘chmanchi mo‘g‘ullar uchun asosiy mashg‘ulot hisoblangan. Xitoy bilan qo‘shnichilikda yashashlari, u yerga qilgan yurishlari mo‘g‘ullarga Xitoyning ko‘pgina harbiy uskunalari – jang qurollari bilan tanishish va ularni o‘zlashtirib olish imkonini berdi. Jumladan, mo‘g‘ullar qo‘shini devor teshadigan maxsus moslama – palaxmon va o‘t sochadigan qurollar yordamida shaharlarni ishg‘ol qilish san’atini a’lo darajada egallagan edilar. Mo‘g‘ullarning sevimli quroli kamon edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan nishonga ola

MO‘G‘ULLAR QO‘SHINI

Mo‘g‘ul jangchisi bilgan. Jangchilarning ko‘pchiligi nayza va qilich bilan qurollangan. Har bir ko‘chmanchining kundalik hayotida ham, jang paytida ham, albatta, arqoni bo‘lishi lozim edi. Ko‘chmanchilar qo‘shini odatda uchta qismga bo‘lingan: markaz va ikki qanot. Qo‘shin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Jang boshlanganda markaz yolg‘ondan chekingan, dushman uni ta’qib eta boshlasa, qanotlardan hujumga uchrar, chekinayotganlar ham to‘xtab, jangga kirishardi. Asosiy qo‘shindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida “keshik” deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi. Keshik favqulodda vaziyatlar uchun doimo jangovar shay holatda turar edi.

MO‘G‘ULLAR QO‘SHINI

Jangni mohirona boshqarish, kuchli va intizomli otliq qo‘shin, qo‘shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga g‘alaba keltirgan.

Mo‘g‘ul jangchilari va qurol-aslahalari

Mo‘g‘ullarning rus yerlariga harbiy yurishi

ISTILOLAR

ingizxon dastlab naymanlarni, keyinchalik uyg‘ur, yoqut, qirg‘iz va buryat qabilalarini bo‘ysundirgach, 1211-yilda Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yilda boshlangan bosqinlar Xorazmshohlar davlatiga uyushtirilgan 1219–1221-yillardagi bosqinlarga ulanib ketadi. Keyinchalik Afg‘oniston, Sharqiy Eron egallanib, Kavkaz orqali Dashti Qipchoqqa chiqadilar. Kalka daryosi bo‘yida qipchoqlarga yordamga kelgan ittifoqchi rus qo‘shini mag‘lub etiladi.

1224-yilda Chingizxon zabt etilgan hududlarni uluslarga bo‘lib, o‘z o‘g‘illari: Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuluga taqsimlab beradi. O‘qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi.

ISTILOLAR

Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237–1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo‘shinlari dastlab Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi. Istilo qilingan hududlarda Oltin O‘rda davlatiga asos solinadi. O‘rta Sharq va Old Osiyoda harbiy harakatlarni Tuluning o‘g‘li Xuloku davom ettirdi. U 1256-yilda Eronni bosib olib, Xulokuylar davlatiga asos soladi. Ikki yil o‘tib, Xuloku Arab xalifaligiga hujum uyushtirib, Bag‘dodni egallaydi. Mo‘g‘ullar shaharni uch haftadan ko‘proq talaydilar, madaniyat va san’at asarlari yo‘q qilinadi. Shahardagi katta kutubxonani yondirib, kitoblarni Dajla daryosiga tashlab yuboradilar. Aytishlaricha, daryoga shunchalik ko‘p kitoblar tashlanadiki, daryo ularning siyohidan qorayib ketadi.

ISTILOLAR

So‘ngra mo‘g‘ullar Yaqin Sharqqa bostirib kirib, Suriyani egallaydilar, Halab shahrini vayron qiladilar. Bag‘dod va Halabning vayron qilinganini ko‘rgach, Damashq jangsiz taslim bo‘lib, Islom dunyosining markazi janubga – Qohiraga ko‘chib o‘tadi. Musulmonlar orasida mo‘g‘ullarning jangariligi haqida vahimali mish-mishlar tarqalib, ular yengilmas, ularni to‘xtatib bo‘lmaydi degan gap-so‘zlar paydo bo‘ladi.

Xuloku Misrga elchilarini yuborib, taslim bo‘lish shartini qo‘yadi. Misr sultoni bunga rozi bo‘lmaydi. 1260-yilgi jangda Sulton Sayfiddin Qutuz jasorati tufayli misrliklar mo‘g‘ullar qo‘shini ustidan g‘alaba qozonib, ularning Yaqin Sharq va Afrikaga yurishlarini to‘xtatib qoladilar.

“MO‘G‘ULLAR G‘OLIBI”

Sayfiddin Qutuz Xorazmshohlar avlodidan bo‘lib, Jaloliddin Manguberdining opasining o‘g‘li bo‘lgan. U Jaloliddinning mo‘g‘ullarga qarshi kurashlariga, dushman qo‘lida asir tushishlarini istamay, o‘z yaqinlarini daryoga cho‘ktirishiga majbur bo‘lib, oh-u faryod chekishiga guvoh bo‘lgan. Bu alamli xotira Qutuzning yodida bir umr muhrlanib qolgan. U mo‘g‘ullardan o‘ch olishga qasam ichgan holda, so‘nggi xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi bilan birgalikda yurt kezgan va mo‘g‘ullarga qarshi ko‘plab janglarda ishtirok etgan.

Biroq tog‘asining fojiali o‘limidan so‘ng Qutuz Damashqning qul bozorida sotib yuboriladi. Uni misrlik qul savdogari Misr sultoni As-Solih II ning mamluklar qo‘shinida xizmat qilishi uchun sotib oladi.

“MO‘G‘ULLAR G‘OLIBI”

Qutuz mamluklar maktabida ta’lim oladi va harbiy san’at sirlarini o‘rganadi. Sobiq qul mamluklar qo‘shinida katta amir darajasiga yetadi, Misr sultoni noibi lavozimiga ko‘tariladi.

Misr taxtiga 15 yoshli Al-Mansur Ali o‘tirgach, amaldagi boshqaruv uning vasiysi bo‘lgan Qutuzning qo‘liga o‘tadi. Qutuz Misr qo‘shinining bosh sarkardasi lavozimini egallaydi.

Sayfiddin Qutuz yengilish nima ekanligini bilmay kelayotgan mo‘g‘ullarni Ayn-Jalutdagi jangda tor-mor etish orqali tarixda “Mo‘g‘ullar g‘olibi” degan sharafli nomga sazovor bo‘ladi.

ATAMALAR IZOHI

Ulus (mo‘g‘ulcha, – “davlat”, “xalq”, “odamlar”) – Chingizxon farzandlariga mulk sifatida bo‘lib bergan mo‘g‘ullar bosib olgan hududlar.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Mo‘g‘ul qabilalari yashagan hududlarni yozuvsiz xaritaga tushiring.

3. Chingizxon davlati qay tariqa vujudga kelgan?

4. “Mo‘g‘ullar g‘olibi” matnini tahlil qiling.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Mo‘g‘ul urug‘chilik jamoalari bo‘linib ketgan, o‘z chorvasiga ega alohida ko‘chmanchi xo‘jaliklar qanday atalgan?
  1. qurultoy
  2. ulus
  3. ayl
  4. tuman

To‘g‘ri javob: ayl. Urug‘chilik jamoalari ko‘chmanchi xo‘jalik – ayllarga bo‘linib, har bir ayl o‘z chorvasining egasiga aylangan.

Mo‘g‘ul urug‘-qabilalarida o‘z urug‘doshlaridan navkarlar olib, harbiy bo‘linmalar tuzgan urug‘ boshliqlari qanday atalgan?
  1. No‘yonlar
  2. Keshiklar
  3. Navkarlar
  4. Mingboshilar

To‘g‘ri javob: No‘yonlar. Aksariyat urug‘ boshliqlari no‘yonlar bo‘lib, ular navkarlardan harbiy bo‘linmalar tuzgan.

Atamalarni ta’riflari bilan moslang. 1. Ulus. 2. No‘yon. 3. Keshik. a) Chingizxon ixtiyoridagi favqulodda vaziyatlar uchun doimo shay turgan maxsus gvardiya. b) Chingizxon farzandlariga mulk sifatida bo‘lib bergan bosib olingan hududlar. c) O‘z urug‘doshlaridan navkarlar olib harbiy bo‘linmalar tuzgan urug‘ boshlig‘i.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-c, 3-a
  3. 1-c, 2-a, 3-b
  4. 1-b, 2-a, 3-c

To‘g‘ri javob: 1-b, 2-c, 3-a. Ulus – Chingizxon farzandlariga bo‘lib berilgan hudud, no‘yon – harbiy bo‘linma tuzgan urug‘ boshlig‘i, keshik – maxsus gvardiya.

Mo‘g‘ul qabilalari orasidagi o‘zaro urushlarda g‘olib chiqqan, 1155–1227-yillarda yashagan sarkarda kim?
  1. Ong xon
  2. Temuchin
  3. Jamuqa
  4. Kuchluk

To‘g‘ri javob: Temuchin. Mo‘g‘ul qabilalari orasidagi o‘zaro urushlarda Temuchin (1155–1227) g‘olib chiqqan.

Temuchin Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda qaysi yilda ulug‘ xon deb e’lon qilingan?
  1. 1206-yilda
  2. 1211-yilda
  3. 1224-yilda
  4. 1155-yilda

To‘g‘ri javob: 1206-yilda. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilingan.

Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga qanday unvon bergan?
  1. Qoraxon
  2. Sohibqiron
  3. Ulug‘xon
  4. Chingizxon

To‘g‘ri javob: Chingizxon. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Chingizxon unvonini bergan.

Chingizxon mamlakatni markazlashtirish maqsadida qaysi qal’ani o‘z davlatining poytaxtiga aylantirgan?
  1. Bag‘dod
  2. Urganch
  3. Samarqand
  4. Qoraqurum

To‘g‘ri javob: Qoraqurum. Chingizxon mamlakatni markazlashtirish maqsadida Qoraqurum qal’asini poytaxt qilgan.

Temuchin qaysi yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda ulug‘ xon deb e’lon qilingan?
  1. 1189-yilda
  2. 1206-yilda
  3. 1211-yilda
  4. 1219-yilda

To‘g‘ri javob: 1206-yilda. Matnga ko‘ra, 1206-yilda Onon bo‘yidagi qurultoyda Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilingan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSaljuqiylar davlatiKeyingi →Hindiston – “ming ajoyibotlar mamlakati”