Hindiston – “ming ajoyibotlar mamlakati”
SIZ BILIB OLASIZ:
- • Hindistondagi tabaqalar haqida.
IJTIMOIY-IQTISODIY VAZIYAT
Sizga ma’lumki, Hindistonning aksariyat qismi Kushon imperiyasi tarkibiga kirgan. U yemirilgach, hind rojalaridan biri Chandragupta (320–340) Guptalar sulolasiga asos soladi. Uning vorislari davrida Hindiston jamiyatida yer egaligiga asoslangan feodal tuzum shakllanib bordi. Guptalar imperiyasi IV–V asrlarda Arabiston dengizigacha bo‘lgan hududlarni birlashtirgan.
Yevropa, Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi, Gupta hukmdorlarining ham yer-mulklar in’om etishlari natijasida amaldorlar va harbiylardan iborat yirik yer egalari toifasi paydo bo‘ldi, ular aholidan soliqlar yig‘ishdan tashqari, dehqonlar mehnatidan foydalanish huquqini ham qo‘lga kiritganlar.
IJTIMOIY-IQTISODIY VAZIYAT
Gupta davlati tangasi
JAMOA-KASTA TUZULISHI
Hindistonda dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaydigan kasta tuzumining qadimgi an’analari saqlangan edi. Natijada qishloq jamoasining turli tabaqalarga mansubligi uning xususiy mulki oz yoki ko‘p ekanligi bilan o‘lchanmay, shaxsning qaysi kasta toifasiga mansubligi bilan belgilangan.
Hindistonda ilk tabaqalanish tartiblari qadimgi oriylar istilosidan so‘ng rojaliklar tashkil topish davriga borib taqaladi. Kishilar kastalarga ma’lum belgilar: me’rosiy kasb-kor, etnik va diniy mansubligi, urf-odatlar xilma-xilligi va boshqalar asosida bo‘lingan.
Kasta a’zolarini avvalo kasb birlashtirgan, u esa otadan bolaga o‘tgan. Bir kastadan boshqasiga o‘tish va turli kasta vakillari orasidagi nikoh qoralangan.
JAMOA-KASTA TUZULISHI
O‘rta asrlarning boshlanish davrida Hindistonda qulchilik ham saqlanib qolgan. Qullar ko‘p hollarda uy xizmatkorlari bo‘lishgan. Hinduiylik dini aqidalariga ko‘ra, qul mehnatidan dehqonchilik yumushlarida foydalanish ham mumkin bo‘lgan. Xo‘jayin qulni yegulik bilan ta’minlashdan tashqari, yiliga bir marta kiyim-bosh olib berishlari talab qilingan.
Guptalar imperiyasi siyosiy jihatdan mustahkam emas edi, shuning uchun VI asrda mamlakat shimoli-g‘arbdan kelgan eftaliylar hujumlari natijasida parchalanib ketadi.
Vayshilar (“erkin jamoa”):
lar”): kohinlar, o‘qituvchilar, harbiylar, davlat amaldorlari, savdogarlar, chorvadorlar, yirik yer egalari.
dehqonlar.
shifokorlar.
Shudralar (“xizmatkorlar”):
ko‘nchilar, to‘quvchilar, cho‘ponlar, kulollar, musiqachilar.
Chandallar
(“hazar qilinganlar”):
chiqindilarni tozalovchilar.
Hindlarning turmush tarzi XARSHA DAVLATI
asr boshlarida Hindistonning shimolida yangi imperiya – Xarsha imperiyasi tashkil topadi. Bu imperiyaga Kanudja rojasi Xarsha (606–647) tomonidan asos solingan. Imperiya Gang daryosi vodiysi bo‘ylab sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo‘ltig‘igacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan.
Xarsha shoir va dramaturg bo‘lib, saroyida ko‘plab rassom hamda shoirlarni to‘plab, poytaxti – Udjayini shahrini madaniy markazga aylantiradi. U har yili dunyo olimlarining anjumanini o‘tkazib, ularga ko‘plab sovg‘alar hadya qilgan. Xarshaning ajdodlari hinduiy bo‘lsa-da, u buddaviylik dinini qabul qiladi. Buddaviylik ibodatxonalarini qurish uchun katta ishchi kuchi va mablag‘ ajratadi.
Hindlarning turmush tarzi XARSHA DAVLATI
Uning davrida Markaziy Hindiston rojalari ham bo‘ysundiriladi. Vassal rojalar qirqqa yaqin bo‘lgan. Xarsha imperiyasi uzoq yashamaydi. Vassal rojalarning ayirmachilik harakati imperiyani zaiflashtiradi. Bora-bora rojalar amalda butunlay mustaqil bo‘lib oladilar. Xarsha vafotidan so‘ng davlat zaiflashib qolgan bo‘lsa-da, mamlakat XIII asrning boshlariga qadar Hindiston hududidagi so‘nggi yirik imperiya sifatida mavjud bo‘lgan.
YER EGALIGI MUNOSABATLARI
-asrda Hindistonda bo‘lgan xitoylik tarixchi Syuan Szyanning yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo‘lgan. Knyaz-rojalar hashamatli saroylarda yashaganlar. Rojalar o‘z yaqinlari, amaldorlari va jangchilariga xizmatlari evaziga yer-mulklar in’om qilgan. O‘rta asrlarda Hindistonda kohin-braxmanlar va ibodatxonalarda ham yirik yer maydonlari bo‘lgan. O‘sha davrga oid manbalarda rojalardan biri ibodatxonalarga 1400 ta qishloqni yer-mulk sifatida in’om etgani yozilgan. Rojaning eng yaqin qarindoshlari, nufuzli amaldorlariga, ularning tutgan mavqelariga qarab, o‘nlab, ba’zida yuzlab qishloqlar berilgan bo‘lsa, oddiy rajput (jangchi)ga bitta yoki bir qishloqning yarmi ham berilgan. In’om etilgan yer “grass” (“qultum” yoki “bo‘lak”) deb atalgan, uni olgan kishining asosiy majburiyati doimo harbiy xizmatga shay turish, urushlarda ishtirok etish bo‘lgan. Rojalar o‘z xonadonlariga mansub bo‘lmagan amaldorlarga yerni ma’lum xizmat muddatiga berganlar. Yer egaligining bu turi patta (“yorliqqa olingan yer”) deyilgan. Patta yeridan alohida xizmat ko‘rsatganlarni taqdirlash uchun ham foydalanilgan. Mulkchilik munosabatlarining yuksalib borishi bilan pattaga berilgan yerlar ham merosiy mulkka aylana boshlagan.
YER EGALIGI MUNOSABATLARI
Istilochi eftaliylar asta-sekin mahalliy aholining yuqori toifalari bilan aralashib boradi hamda rajputlar kastasiga asos soladilar. Rajputlar hukmdorlari shimoliy va markaziy Hindistonning bir qismida 20 dan ortiq knyazliklar tuzib, ularni rojalar sifatida boshqarganlar. Bu knyazliklar juda katta boyliklarga ega bo‘lib, ularning xazinalari haqida ko‘plab afsonalar yaratilgan. Rajput davlatlarida hukmron din hinduiylik bo‘lgan.
BILAG‘ONLAR UCHUN!
Rajputlar (“podsholar o‘g‘illari”) O‘rta Osiyodan kelgan ko‘chmanchi eftaliylar va mahalliy zodagon gujarotlarning avlodlari bo‘lishgan. Ularning aksari Rajputanda (hozirgi Rojaston) yashaganlar. Talaygina hind knyazlari ham o‘zlarining ularga mansubligini ta’kidlashgan. Bu hind ritsarlari dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar mehnatini mensimaganlar. Ular faqat ov va harbiy ish bilan shug‘ullanganlar, bu ishlarni kichik yoshlaridan o‘zlashtirganlar. Ular yevropalik ritsarlar singari tanalarini po‘lat zirxlarga o‘ramasdan, faqat yengil sovut kiyganlar. O‘tochar qurollarni qo‘rqoqlar quroli hisoblab, faqat qilich, nayza, xanjarlar bilan jang qilganlar. Dushman bilan yakka jang qilib, mardonavor kurashganlar. Rajputlar boshqa toifa va kastalardan o‘zlarini ustun qo‘yishgan. Ularda o‘z or-nomus qoidalari shakllanib, u hayotdan yuqori qo‘yilgan. Or-nomus qoidalari rajputni o‘z sardoriga sadoqatli, jasur, saxiy va axloqli bo‘lishini talab etgan. Rajputlar qo‘rqoqning jasadiga kalxat ham qaramaydi, deb hisoblashgan. Ularning ayollari ham jasurlik timsoli sanalganlar. G‘arbiy Yevropa ritsarlaridan farqli o‘laroq, rajputlarning aksari madaniyatli va ta’lim olgan bo‘lishgan.
BILAG‘ONLAR UCHUN!
Rajputlar hayoti
Hindistondagi siyosiy tarqoqlik vaqti-vaqti bilan bartaraf etilganday bo‘ladi. Ammo bu turdagi davlatlar bir necha knyazliklardan iborat bo‘lib, markaziy hokimiyat zaifligi sababli tez parchalangan. Rojalar goh ittifoqqa birlashgan, gohida yana urushlarga kirishib ketishgan. O‘zaro urushlardan zaiflashgan mamlakat yangi istilolar uchun qulay o‘lka bo‘lib qoladi. Xususan, G‘azna hukmdori Mahmud XI asrning boshlarida Hindistonning shimoliga 17 marta harbiy yurishlar uyushtirgan. Shu tariqa Hindistonning shimoliga musulmonlar o‘rnashib, ular istilo qilgan hududlarda XIII asr boshlariga kelib Dehli sultonligi tuziladi, bu voqea Hindiston kelajagida muhim o‘rin tutadi.
1. O‘rta asrlarda Hindistonning birlashuviga qanday omillar halaqit bergan?
2. G‘arbiy Yevropa ritsarlari va hind rojalari o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda tafovutlarni jadval tuzib qiyoslang.
3. Xarsha islohotlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. O‘rta asrlarda Hindistonni kimlar istilo qilganini xaritadan aniqlang.
Muhim sanalar
- IV–V asrlarda — Guptalar imperiyasi IV–V asrlarda Arabiston dengizigacha bo‘lgan hududlarni birlashtirgan.
- VI asrda — Guptalar imperiyasi siyosiy jihatdan mustahkam emas edi, shuning uchun VI asrda mamlakat shimoli-g‘arbdan kelgan eftaliylar hujumlari natijasida parchalanib ketadi.
- XIII asrning — Xarsha vafotidan so‘ng davlat zaiflashib qolgan bo‘lsa-da, mamlakat XIII asrning boshlariga qadar Hindiston hududidagi so‘nggi yirik imperiya sifatida mavjud bo‘lgan.
- XI asrning — Xususan, G‘azna hukmdori Mahmud XI asrning boshlarida Hindistonning shimoliga 17 marta harbiy yurishlar uyushtirgan.
- XIII asr — Shu tariqa Hindistonning shimoliga musulmonlar o‘rnashib, ular istilo qilgan hududlarda XIII asr boshlariga kelib Dehli sultonligi tuziladi, bu voqea Hindiston kelajagida muhim o‘rin tutadi.
Bilimingizni sinang
Guptalar imperiyasi qaysi asrlarda Arabiston dengizigacha bo‘lgan hududlarni birlashtirgan?
- VIII–IX asrlarda
- IV–V asrlarda
- VI–VII asrlarda
- II–III asrlarda
To‘g‘ri javob: IV–V asrlarda. Guptalar imperiyasi IV–V asrlarda Arabiston dengizigacha bo‘lgan hududlarni birlashtirgan.
Kushon imperiyasi yemirilgach, Guptalar sulolasiga kim asos soldi?
- Xarsha
- Kanishka
- Chandragupta
- Mahmud G‘aznaviy
To‘g‘ri javob: Chandragupta. Hind rojalaridan biri Chandragupta Guptalar sulolasiga asos solgan.
Guptalar imperiyasi IV–V asrlarda qaysi dengizgacha bo‘lgan hududlarni birlashtirgan?
- Arabiston dengizigacha
- Kaspiy dengizigacha
- O‘rta yer dengizigacha
- Qizil dengiz sohilgacha
To‘g‘ri javob: Arabiston dengizigacha. Guptalar imperiyasi Arabiston dengizigacha bo‘lgan hududlarni birlashtirgan.
Gupta hukmdorlarining yer-mulklar in’om etishi natijasida qanday toifa paydo bo‘ldi?
- Erkin hunarmandlar va savdogarlardan iborat yirik uyushma
- Dehqonlardan iborat yer-mulksiz jamoa va qaramlar
- Kohinlardan iborat soliqdan ozod bo‘lgan yirik toifa
- Amaldorlar va harbiylardan iborat yirik yer egalari
To‘g‘ri javob: Amaldorlar va harbiylardan iborat yirik yer egalari. Yer-mulk in’om etilishi amaldorlar va harbiylardan iborat yirik yer egalari toifasini yuzaga keltirgan.
Hindiston qishloq jamoasining tabaqalarga mansubligi nima bilan belgilangan?
- Xususiy mulkining oz yoki ko‘pligi va boyligi bilan
- Shaxsning qaysi kasta toifasiga mansubligi bilan
- Yoshi, jinsi va oilaning ijtimoiy ahvoli bilan
- Harbiy xizmatdagi unvoni va davlat mansabi bilan
To‘g‘ri javob: Shaxsning qaysi kasta toifasiga mansubligi bilan. Mansublik xususiy mulk emas, shaxsning kasta toifasiga mansubligi bilan belgilangan.
Kasta a’zolarini avvalo nima birlashtirgan?
- Ma’muriy bo‘linish
- Kasb
- Yashash hududi
- Boylik darajasi
To‘g‘ri javob: Kasb. Kasta a’zolarini avvalo kasb birlashtirgan, u otadan bolaga o‘tgan.
Hindistondagi kasta tuzumiga oid hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Kasta a’zolarini avvalo kasb birlashtirgan va u otadan bolaga o‘tgan. II. Turli kasta vakillari orasidagi nikoh qoralangan. III. Shaxsning kastasi uning xususiy mulki miqdoriga qarab belgilangan.
- I va II
- faqat I
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. III noto‘g‘ri: kasta mulk miqdori bilan emas, shaxsning qaysi kasta toifasiga mansubligi bilan belgilangan.
Guptalar imperiyasi qaysi asrda eftaliylar hujumlari natijasida parchalanib ketgan?
- VI asrda
- VIII asrda
- IV asrda
- XI asrda
To‘g‘ri javob: VI asrda. Guptalar imperiyasi siyosiy jihatdan mustahkam bo‘lmagani uchun VI asrda eftaliylar hujumidan parchalangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash