Xitoy – “Osmonosti imperiyasi”: yuksalish va tushkunliklar
Xitoy – “Osmonosti imperiyasi”: yuksalish
Tan sulolasi
SIZ BILIB OLASIZ:
- • shaharlar, hunarmandchilik va savdoning yuksalishi haqida.
ESLAB KO‘RING!
Buyuk Xitoy devori
Mil. avv. V asrda Xitoyda donishmandlar – Konfutsiy va Lao-szilarning axloqiy-siyosiy va diniy-falsafiy ta’limotlari qaror topgan. Insonlar orasidagi munosabatlarda xitoyliklar konfutsiylik ko‘rsatmalariga rioya qilganlar: unga ko‘ra, inson uchun eng muhimi insoniylikni saqlab qolish bo‘lgan.
Buning uchun ajdodlar yaratgan marosimlarga (odob qoidalariga) qat’iyan, og‘ishmasdan amal qilish tavsiya etilgan. Agar vafot etgan marhumni shoyi matodan tikilgan kiyimda dafn etish aytilsa, yaqin qarindoshlari oxirgi pullariga bir burda non emas, aynan shoyi gazlamani sotib olishgan. Har bir kishi jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, kattalarga quloq solish, kichiklar haqida g‘amxo‘rlik qilishga intilgan. Konfutsiylik tarbiyaviy asarlar orqali imperatorni (Osmon o‘g‘lini) xalqni insonga muhabbat ruhida boshqarish, ezgulikka ezgulik, yovuzlikka esa adolat bilan javob berishga undagan.
ESLAB KO‘RING!
III asrda Xan imperiyasi inqirozga uchrab, mamlakat zaiflasha boshlagach, shimol va g‘arbdan ko‘chmanchi turkiy qabilalarning hujumlari kuchayadi. Natijada Xan imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketadi. Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng uch podsholik davri
Sun sulolasi tangasi
Konfutsiy ibodatxonasi tugab, mamlakat yagona davlatga birlashadi. Biroq shimoliy dashtlarning ko‘chmanchi qabilalari IV–V asrlarda Xitoy hududiga qarab siljiy boshlashi natijasida, mamlakatda siyosiy tarqoqlik hukm surib, imperiya ko‘plab o‘zaro raqobatdagi podsholiklarga bo‘linib ketadi. Ulardan biri Vey podsholigi bo‘lib, uning poytaxti Loyan shahri edi. Bu sulola davrida Xitoyda yer egaligi munosabatlari rivojlanib, davlat chek yer tizimi shakllana boshlaydi. Unga ko‘ra, imperator mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblanib, yerni dehqonlar oilasiga — undagi mehnatga yaroqli kishilarning soniga qarab — taqsimlab bergan. Buning evaziga dehqonlar o‘zlari yetishtirgan hosilning bir qismini soliq sifatida davlatga to‘lashlari kerak bo‘lgan. Qator islohotlar o‘tkazganligiga qaramay, Vey sulolasi ham Xitoydagi siyosiy tarqoqlikka barham bera olmagan. Mamlakatga ko‘chmanchilarning hujumi davom etib, Turk xoqonligining bosqini xavfi kuchaygan.
ESLAB KO‘RING!
Donishmand Lao-szi
Bunday sharoitda konfutsiylik va daosiylik donishmandlari o‘z hotirjamligini yo‘qotgan odamlarni tinchlantira olmaydilar. Ularga umid beruvchi so‘zlar Hindistondan kelgan buddaviylik rohiblaridan chiqadi. Ular hayotdagi barcha azob-uqubatlar insonlarning xohish-istaklari tufayli vujudga kelgan, inson o‘z istaklarini jilovlashi, yomonlik qilmasligi hamda o‘zaro yordam berishi kerak, deb tushuntirganlar.
Shaharlarda konfutsiylik va daosiylik ibodatxonalari qatorida buddaviylik ibodatxonalari ham qad ko‘taradi. Konfutsiylik ibodatxonalarida Konfutsiyning hikmatli so‘zlari bilan bir qatorda daosiylikdagi Lao-szi va Budda haykalchalari yonma-yon turgan.
ESLAB KO‘RING!
Shu tariqa xitoyliklar ongida uch ta’limot – konfutsiylik, daosiylik va buddaviylik chirmashib ketadi.
Ayni paytda Xitoyni o‘rab turgan mamlakatlar – Koreya, Yaponiya, Vyetnam, Tibetda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshlagan. O‘zlarining yuksak taraqqiy etgan qo‘shnilaridan ular iyeroglif yozuvi, qonunlar va uch buyuk ta’limotni o‘zlashtirganlar. Bu ta’limotlar dunyoning tuzilishini ibtidoiy afsonalarga nisbatan yaxshiroq izohlab bergan. Asta-sekin Uzoq Sharqda o‘ziga xos madaniyat shakllandi, uni Xitoy yoki Uzoq Sharq sivilizatsiyasi deb nomlash mumkin. Bu sivilizatsiyaning asosi konfutsiylik, daosiylik va buddaviylikning birlashmasidan paydo bo‘lgan.
ESLAB KO‘RING!
Donishmand Konfutsiy
OSMONOSTI IMPERIYASI
asr oxirlaridan Xitoydagi mayda podsholiklar Markaziy Osiyoda vujudga kelgan Turk xoqonligi bosqini xavfi ostida birlashadi. Osmonosti imperiyasini birin-ketin Suy (589–618), Tan (618–907), U Day (907–960) va Sun (960–1279) sulolalari hukmdorlari boshqargan. Imperatorlik taxtiga chiqqan inson “xudoning farzandi” – Osmon o‘g‘liga, butun Osmonosti saltanati hukmdoriga aylanar edi.
Oddiy insonlar Osmon o‘g‘li bilan faqat tiz cho‘kib, ko‘zlarini pastga qaratib so‘zlashishlari shart bo‘lgan. Imperatorning so‘zlari qonunga aylangan. U har bir erkin dehqonni bir xil – 80 mudan ekin maydoni bilan taqdirlagan. Dehqon yerni sotishi mumkin bo‘lmagan. Bu ekin maydoni evaziga dehqon davlatga hosilning bir qismi sifatida soliq to‘lashdan tashqari, ommaviy ishlarda mehnat qilish majburiyatini ham olgan. Ular Xuanxe va Yanszi daryolarini birlashtirgan Buyuk kanalni barpo etganlar hamda Buyuk Xitoy devorini ta’mirlashda ishtirok etganlar. Tartibga solingan xo‘jalik, osoyishtalik va intizom qishloq aholisining tez sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlagan. Yirik shaharlar yanada yuksalgan. Tekis va ravon tosh yo‘llarda ibodatxonalar, saroylar qad ko‘targan. Qadimgi kashfiyotlardan tashqari (shoyi gazlamalar to‘qish, qog‘oz ishlab chiqarish), xitoyliklar oppoq va silliq chinni yasash sirini, iyerogliflar o‘yib chiqilgan maxsus taxtachalar yordamida kitob bosishni hamda poroxni kashf qilganlar, kompasni takomillashtirganlar.
OSMONOSTI IMPERIYASI
Imperator libosining rangi u hukmdor bo‘lgan yerning ramzi bo‘lgan, kashtalardagi ajdarholar osmon va zaminni ifodalagan.
DAVLAT BOSHQARUVI TARTIBI
Imperator qonunlariga ko‘ra, barcha xitoyliklar jamoalarga (qishloq, hunarmandchilik, savdo sohalari bo‘yicha) birlashtirilgan edilar. Jamoalarni boshqarish, soliqlarni to‘plash bilan imperiya mansabdorlari shug‘ullanganlar.
Mamlakat osoyishtaligi va xazinaning to‘la bo‘lishi mehnatkashlarning farovonligi bilan bog‘liq ekanligini ular hamisha yodda tutishlari zarur edi. Shuning uchun Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra, mansabdor nafaqat ta’lim olgan bilimli, shuningdek, go‘zal xulqlarga ega inson bo‘lishi ham kerak edi. U adolatli, beg‘araz, xalq manfaati uchun barcha narsadan voz kecha oladigan kishi bo‘lmog‘i lozim edi.
DAVLAT BOSHQARUVI TARTIBI
Amaldorlarning shu kabi talablarga mos keladiganlari davlat imtihonlari orqali tanlab olinganlar. Imtihonlarni har bir kishi topshirishi mumkin edi. Yuzlab talabgorlar chiroyli iyerogliflar bilan davlat boshqaruvi san’ati bo‘yicha insho yozishlari, Konfutsiy va boshqa donishmandlar asarlaridan parchalarni yoddan aytib berishlari, marosimlarni bilishlari va insoniylik burchini ko‘rsata olishlari lozim edi. Faqat eng sara insonlar amaldorlik unvoni, xizmat lavozimi va davlat soliqlari hisobidan maosh olish huquqini qo‘lga kiritganlar. Ularning aksari qishloq jamoasi bilan birlashib, iqtidorli bolalarning – kelajakda ularning homiyligiga umid qilib – ta’lim olishlari uchun moliyaviy ko‘mak berganlar.
DAVLAT BOSHQARUVI TARTIBI
O‘sha zamonda xalq orasida shunday maqol paydo bo‘lgan: “Davlat boshqarmalari dengiz singari chuqur, ulardagi suiiste’molliklar esa osmon singari balanddir”. X–XII asrlarda amaldorlarning suiiste’molliklari va yer tanqisligi tufayli mamlakatda dehqonlar qo‘zg‘olonlari boshlanadi. Mamlakat zaiflashishi natijasida 1279-yilda mo‘g‘ullar hukmdori Xubilay tomonidan butunlay bosib olinadi.
Shundan xulosa qilish mumkinki, Xitoy o‘rta asrlarda konfutsiylik an’analariga tayangan qudratli davlat bo‘lgan.
Mo‘g‘ul lashkarining Xitoyga hujumi
ATAMALAR IZOHI
Mu – xitoycha yer maydoni o‘lchov birligi: 1 mu taxminan 6 sotixga teng.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
2. O‘rta asrlardagi Xitoy madaniyati, dehqonlar va amaldorlar hayoti haqida so‘zlab bering.
Muhim sanalar
- 1279-yilda — Mamlakat zaiflashishi natijasida 1279-yilda mo‘g‘ullar hukmdori Xubilay tomonidan butunlay bosib olinadi.
- V asrda — Mil. avv. V asrda Xitoyda donishmandlar – Konfutsiy va Lao-szilarning axloqiy-siyosiy va diniy-falsafiy ta’limotlari qaror topgan.
- III asrda — III asrda Xan imperiyasi inqirozga uchrab, mamlakat zaiflasha boshlagach, shimol va g‘arbdan ko‘chmanchi turkiy qabilalarning hujumlari kuchayadi.
- IV–V asrlarda — Biroq shimoliy dashtlarning ko‘chmanchi qabilalari IV–V asrlarda Xitoy hududiga qarab siljiy boshlashi natijasida, mamlakatda siyosiy tarqoqlik hukm surib, imperiya ko‘plab o‘zaro raqobatdagi podsholiklarga bo‘linib…
- X–XII asrlarda — X–XII asrlarda amaldorlarning suiiste’molliklari va yer tanqisligi tufayli mamlakatda dehqonlar qo‘zg‘olonlari boshlanadi.
Bilimingizni sinang
Konfutsiy va Lao-szilarning axloqiy-siyosiy va diniy-falsafiy ta’limotlari Xitoyda qaysi asrda qaror topgan?
- Mil. avv. V asrda
- Milodiy III asrda
- Mil. avv. VIII asrda
- Mil. avv. II asrda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. V asrda. Konfutsiy va Lao-szi ta’limotlari mil. avv. V asrda Xitoyda qaror topgan.
Xitoyda Konfutsiy va Lao-szining axloqiy-siyosiy hamda diniy-falsafiy ta’limotlari qaysi davrda qaror topgan?
- Mil. avv. III asrda
- Milodiy III asrda
- Mil. avv. V asrda
- Milodiy VI asrda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. V asrda. Konfutsiy va Lao-szi ta’limotlari mil. avv. V asrda qaror topgan.
Konfutsiylik ko‘rsatmalariga ko‘ra, inson uchun eng muhim narsa nima bo‘lgan?
- Boylik to‘plash
- Urushda g‘alaba qozonish
- Imperatorga tiz cho‘kish
- Insoniylikni saqlab qolish
To‘g‘ri javob: Insoniylikni saqlab qolish. Konfutsiylikka ko‘ra, inson uchun eng muhimi insoniylikni saqlab qolish bo‘lgan.
Konfutsiylik ta’limoti haqidagi hukmlarni baholang. I. Unga ko‘ra, inson uchun eng muhimi insoniylikni saqlab qolish bo‘lgan. II. U imperatorni xalqni insonga muhabbat ruhida boshqarishga undagan. III. U yovuzlikka yovuzlik bilan javob qaytarishni o‘rgatgan. Qaysilari to‘g‘ri?
- Faqat I
- II va III
- I va II
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. Konfutsiylik insoniylikni saqlashni va xalqni muhabbat bilan boshqarishni targ‘ib qilgan, yovuzlikka esa adolat bilan javob berishga undagan.
Xan imperiyasi qaysi asrda inqirozga uchrab, mamlakat zaiflasha boshlagan?
- VII asrda
- III asrda
- V asrda
- I asrda
To‘g‘ri javob: III asrda. III asrda Xan imperiyasi inqirozga uchrab, ko‘chmanchi turkiy qabilalar hujumi kuchaygan.
Ko‘chmanchi qabilalar Xitoy hududiga siljigach, imperiya ko‘plab raqobatdosh podsholiklarga bo‘linib ketgan. Bu qaysi asrlarda yuz bergan?
- IV–V asrlarda
- II–III asrlarda
- VI–VII asrlarda
- VIII–IX asrlarda
To‘g‘ri javob: IV–V asrlarda. IV–V asrlarda ko‘chmanchilar siljishi natijasida Xitoyda siyosiy tarqoqlik hukm surgan.
Xan imperiyasi III asrda inqirozga uchragach, mamlakat nechta podsholikka parchalanib ketdi?
- Ikkita
- Uchta
- To‘rtta
- Beshta
To‘g‘ri javob: Uchta. Zaiflashgan Xan imperiyasi uchta podsholikka bo‘linib ketgan.
Xitoydagi Vey podsholigining poytaxti qaysi shahar edi?
- Chanan
- Pekin
- Nankin
- Loyan
To‘g‘ri javob: Loyan. Vey podsholigining poytaxti Loyan shahri bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash