XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · Jahon tarixi · 14-mavzu

Koreya o‘rta asrlarda

SIZ BILIB OLASIZ:

Kyonbokkun saroyining asosiy darvozasi

CHOSON MAMLAKATI

oson (koreyscha, “Tonggi tarovat”) mamlakati ilk koreys davlatidir. Mazkur davlatning asoschisi afsonaviy Tangun bo‘lib, u poytaxti Pxenyan bo‘lgan Choson qirolligiga asos solgan. Rivoyatlarga ko‘ra, “Samoviy hukmdorning o‘g‘li shahzoda Xvanun Txeboxsan tog‘ida ilohiy maskan qurdirgan. U odamlarni o‘qitib, dehqonchilik, tibbiyot, duradgorlik, to‘quvchilik, baliqchilik singari zarur kasb-hunarlarni o‘rgatgan. Kunlarning birida tog‘da insonga aylanish orzusidagi yo‘lbars va ayiqni uchratgan shahzoda ularga shunday degan: “Kimki tog‘da yuz kun faqat ermon (o‘simlik) va sarimsoq piyoz yeb yashasa, uning orzusi, albatta, ro‘yobga chiqadi”.

CHOSON MAMLAKATI

Ayiq qo‘yilgan shartni bajargach, qizga aylangan va Xvanun unga uylanib, Tangun ismli o‘g‘il ko‘radi. Yigit ulg‘aygach, Pxenbinda (Pxenyanda) Choson davlatiga asos solgan. Koreyslar Tangun davrini koreys xalqining tashkil topish davri deb hisoblashadi.

UCH QIROLLIK DAVRI

Qadimgi Choson davlati mil. avv. I asrda o‘zaro nizolar, ziddiyatlar hamda xitoyliklar bilan bo‘lgan janglar tufayli parchalanib, uch qirollikka – Pekche, Silla va Koguryoga bo‘linib ketadi. Bu davr koreys tarixchilari tomonidan “Uch qirollik davri” deb nomlanib, qariyb yetti asr davom etadi. Mazkur davlatlarning uzoq muddat hukmronlik qilishiga yarimoroldagi siyosiy muhit va tarixiy o‘ziga xoslik bilan birga, madaniyatning umumlashuvi ham ta’sir qilgan.

Aholi odatda ikki toifaga bo‘lingan: erkin aholi va urushda asirga olingan qullar. Qullar toifasiga kiruvchilar odatda sochlari kalta qilib olingan va ular doim nazoratda bo‘lgan.

PEKCHE

Mil. avv. I asrdan Shimoliy Koreyadagi qabilalarning qayta birlashuvi oqibatida yana qirolliklar tuzila boshlanadi. Ulardan biri shimoli-g‘arbdagi Koguryo I–II asrlarda qudratli davlatga aylangan. Uning asoschisi Jumong (Tonmyon) bo‘lgan. Dastlab Koguryoning poytaxti Kunneson qal’asi bo‘lgan, V asrda Pxenyanga ko‘chirilgan. Koguryo qirolligining qo‘shini o‘zining jangovarligi bilan ajralib turgan. Ular birin-ketin qo‘shni hududlarni zabt etgan. IV asr boshlarida Koguryo xitoyliklarni o‘z hududidan batamom surib chiqaradi va har jihatdan rivojlangan qudratli davlatga aylanadi. Koguryoda zodagonlar toifasining mavqeyi yuqori ekanligi qirollar nufuzining past bo‘lishiga olib kelgan. Qirollik odatda ko‘pi bilan besh-oltita nufuzli oila vakillarining ishi bo‘lib, agar hukmdor mustaqil bo‘lishga intilsa, uni almashtirish qiyin ish bo‘lmagan. Koguryo o‘z hududini kengaytirish va mustaqilligini saqlab qolish maqsadida nafaqat Koreya yarimorolidagi qo‘shni qirolliklarga, shuningdek, Xitoydagi Xan, Suy va Tan sulolalariga qarshi tinimsiz kurashlar olib borgan. Ammo 668-yilda Tan sulolasi tomonidan Koguryo bosib olinib, hududining katta qismi Xitoyga hamda janubdagi uncha katta bo‘lmagan yerlar Silla qirolligiga o‘tgan.

PEKCHE QIROLLIGI

Koreya yarimorolining janubiy qismida III–IV asrlarda Pekche davlati vujudga keladi. Pekche qirolligi IV asrda markazlashgan davlatga aylanadi. Ilk budda tasvirlari Yaponiyaga ayni Pekche qirolligi davrida yetib boradi. O‘rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va madaniy hayoti asoslari shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatganlar. Hattoki pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi bo‘lgan shahzodaga ustozlik qilgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuvi – iyerogliflar hamda buddizm kirib keladi.

SILLA QIROLLIGI

Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng zaifi va kam taraqqiy etgani edi. Silla qirolligi 668-yilda Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi. Lekin Koreya Xitoyga boj-yasoq to‘lab turgan. Mamlakatning birlashuvi Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro urushlarga chek qo‘yilishi, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik o‘rnatilishi mamlakatda ishlab chiqarish rivojiga yo‘l ochadi. VIII asr o‘rtalarida Silla qirolligining oltin davri boshlanadi. Ushbu davrda davlat o‘z taraqqiyoti va qudratining cho‘qqisiga erishadi.

Qarluqlar Tasavvuf Paytaxt axboroti xanlik akademiyasi

Van Gon – Koryo davlatining asoschisi

KORYO QIROLLIGI

Uch qirollik parchalangach, lashkarboshi Van Gon tomonidan Koryo qirolligiga asos solinadi. Bu sulola mamlakatni 918–1392-yillarda boshqaradi. Bu davrda mamlakat poytaxti Sonak (Shimoliy Koreyadagi hozirgi Keson) bo‘lgan. Van Gon o‘z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy Xitoyda yo‘qotgan hududlarini qaytarib olish vazifasini qo‘yadi. Biroq ushbu vazifa amalga oshmay qoladi. XIII asr boshlarida Koryo qirolligi o‘zaro kurashlardan zaiflashib qoladi. Bundan foydalangan mo‘g‘ullar 1231-yilda Koryo qirolligini bosib oladi.

Koryo qirolligi tangasi

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Sizning fikringizcha, hayvonlarning odamlarga aylanishi haqidagi rivoyatlar insoniyatning qaysi tarixiy bosqichida paydo bo‘lgan?

2. Uch qirollik haqida nimalarni bilib oldingiz?

Savollar: 3. Nima sababdan koreys qirolliklari: Choson, Pekche, Silla, Koryolar siyosiy jihatdan zaif bo‘lishgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Ilk koreys davlati Chosonning afsonaviy asoschisi kim?
  1. Tangun
  2. Jumong
  3. Van Gon
  4. Xvanun

To‘g‘ri javob: Tangun. Mazkur davlatning asoschisi afsonaviy Tangun hisoblanadi.

Afsonaga ko‘ra, Tangun Pxenbinda (Pxenyanda) qaysi davlatga asos solgan?
  1. Pekche davlatiga
  2. Silla davlatiga
  3. Koguryo davlatiga
  4. Choson davlatiga

To‘g‘ri javob: Choson davlatiga. Ulg‘aygan Tangun Pxenyanda Choson davlatiga asos solgan.

Qadimgi Choson davlati o‘zaro nizolar tufayli Pekche, Silla va Koguryo qirolliklariga bo‘linib ketgan. Bu qachon sodir bo‘lgan?
  1. milodiy II asrda
  2. mil. avv. I asrda
  3. mil. avv. VI asrda
  4. mil. avv. III asrda

To‘g‘ri javob: mil. avv. I asrda. Choson davlati mil. avv. I asrda uch qirollikka bo‘linib ketgan.

Qadimgi Choson davlati mil. avv. I asrda nechta qirollikka bo‘linib ketdi?
  1. Ikkita
  2. Uchta
  3. To‘rtta
  4. Beshta

To‘g‘ri javob: Uchta. Choson parchalanib, Pekche, Silla va Koguryo qirolliklariga bo‘linib ketgan.

Qadimgi Choson davlatining mil. avv. I asrda Pekche, Silla va Koguryoga bo‘linib ketishiga nima sabab bo‘lgan?
  1. Mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi va ichki tartibning izdan chiqishi
  2. O‘zaro nizolar, ziddiyatlar hamda xitoyliklar bilan bo‘lgan janglar
  3. Silla qirolligining Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, yarimorolni birlashtirishi
  4. Buddizmning kirib kelishi bilan diniy nizolarning kuchayishi

To‘g‘ri javob: O‘zaro nizolar, ziddiyatlar hamda xitoyliklar bilan bo‘lgan janglar. Matnga ko‘ra, Choson o‘zaro nizolar, ziddiyatlar va xitoyliklar bilan janglar tufayli parchalanib, uch qirollikka bo‘linib ketgan.

Shimoliy Koreyadagi qabilalarning qayta birlashuvi oqibatida yangi qirolliklar qaysi davrdan tuzila boshlagan?
  1. mil. avv. III asrdan
  2. mil. avv. VI asrdan
  3. milodiy II asrdan
  4. mil. avv. I asrdan

To‘g‘ri javob: mil. avv. I asrdan. Mil. avv. I asrdan qabilalar qayta birlashib, yangi qirolliklar tuzila boshlagan.

Shimoli-g‘arbdagi Koguryo qirolligi qaysi asrlarda qudratli davlatga aylangan?
  1. V–VI asrlarda
  2. III–IV asrlarda
  3. I–II asrlarda
  4. VII–VIII asrlarda

To‘g‘ri javob: I–II asrlarda. Koguryo I–II asrlarda qudratli davlatga aylangan.

Koguryoning poytaxti dastlab Kunneson qal’asi bo‘lgan; keyinchalik Pxenyanga qaysi asrda ko‘chirilgan?
  1. VII asrda
  2. III asrda
  3. IX asrda
  4. V asrda

To‘g‘ri javob: V asrda. Koguryo poytaxti V asrda Pxenyanga ko‘chirilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXitoy – “Osmonosti imperiyasi”: yuksalish va tushkunliklarKeyingi →O‘rta asrlarda kunchiqar mamlakat – Yaponiya