XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · Jahon tarixi · 15-mavzu

O‘rta asrlarda kunchiqar mamlakat – Yaponiya

SIZ BILIB OLASIZ:

Yaponiya tabiati (Fudziyama tog‘i)

TARIXIY MUSHOHADA! YAPONIYANING GEOGRAFIK JOYLASHUVI

Yaponiya orollarda joylashgani sababli, boshqa mamlakatlarga nisbatan ajralib qolganligi, ayni davrda ko‘chmanchi xalqlardan tabiiy muhofazalanganligiga qaramasdan, Xitoyning ta’siri ostida bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, uning madaniy taraqqiyoti ko‘plab o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi.

Yaponiya Xitoy va Koreyadan sharqda, bir necha minglab orollarda (ulardan to‘rttasi yirik) joylashgan. Uning iqlimi dehqonchilik qilish uchun qulay, lekin shu bilan birga qiyinchiliklarni yengishni talab etardi. Orollarning aksari tog‘lardan iborat bo‘lganligi uchun, ishlov beradigan yer maydonlari kam edi. Yaponiya chiroyli manzarali tabiati bilan ajralib turgan. Shuning uchun ham yaponlar go‘zallikni ajoyib tarzda his etgan hamda uni go‘zal she’riyat va tasviriy

TARIXIY MUSHOHADA! YAPONIYANING GEOGRAFIK JOYLASHUVI

Bog‘ yaratish san’ati Yaponiyada juda yuksalgan. Sayr qilish uchun ulkan bog‘lar bilan birga, faqat uydan turib, zavq olish mumkin bo‘lgan kichkina bog‘lar ham bo‘lgan. Manzarali joylarga san’atkorona ishlangan pavilionlar ham qurilgan. Ular orasida eng mashhuri – tomi yupqa oltin plastinalar bilan yopilgan “Oltin pavilion” hisoblanadi. Ko‘pchilik bog‘bonlar buddaviylik rohiblari bo‘lishgan. Ular bog‘ning tuzilishida buddaviylikning “haqiqatga erishish tabiatni anglash yo‘li bilan bo‘ladi” degan g‘oyasini birlashtirishga intilganlar.

2011-yil Xonsyu

san’atda, gullardan (ikebana) guldastalar tayyorlash-u bog‘lar yaratishda namoyon etishgan.

Mamlakat tarixida geografik joylashuv ko‘plab jihatlarni belgilab bergan. Uning orollarda joylashuvi Sharqning boshqa mamlakatlari tarixiga ta’sir etgan ko‘chmanchilar bosqinlaridan ishonchli himoya vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Dengiz yaponlarni ozuqa bilan ta’minlagan, lekin okean sunamilari sohildagi shahar va qishloqlarni ko‘p martalab vayron qilgan. Mamlakat boshqa tabiiy ofatlar – zilzilalar va vulqonlar otilishidan ham jabr ko‘rgan. Asrlar davomida yaponlar tabiiy ofatlarga qarshi turishga o‘rganganlar, o‘zlarida ularga qarshi mehnatsevarlik va intizomlilik ko‘nikmalarini shakllantirganlar.

2011-yil Xonsyu

Yaponlarning ajdodlari orollarga qit’adan ko‘chib o‘tganlar va shimoldagi Xokkaydo orolida yashovchi aynlar kabi mahalliy qabilalarni surib chiqarganlar. Ular xitoyliklardan choy, sholi, tibbiyot yutuqlarini, harbiy ishlarni, iyerogliflarni va yana ko‘plab narsalarni o‘zlashtirganlar. Xitoydan o‘tgan buddaviylik yaponlarning an’anaviy dinlari bilan aralashib ketadi.

Mamlakat VII asrdan Nippon (yapon tilida, “kunchiqar mamlakat”) deb atala boshlandi. Ushbu nomni anglatuvchi iyerogliflar Xitoyning janubida “ya pon” deb o‘qilgan. Aynan shu sababli rus va Yevropa tillaridagi “Yaponiya” nomi kelib chiqqan.

Turkiston

Minamoto-no Yoritomo – Kamakuraning birinchi syoguni

Amiterasu

Yaponiyada IV asrda qabilalar ittifoqi shakllanib, u bo‘lajak davlat asosi vazifasini o‘tadi. Ittifoq yo‘lboshchisi, rivoyatlarga ko‘ra, quyosh ilohidan tarqalgan taniqli urug‘ bo‘lgan. Ilohning yerdagi vakillari imperator (mikado) unvonini olib, davrlar o‘tib o‘z hokimiyatini deyarli butun Yaponiyada o‘rnatadi. Imperatorlar iloh hisoblangan, ammo real hokimiyatga ega bo‘lishmagan. Odatda ularning nomidan davlatni eng nufuzli knyazlar boshqargan. Bu xildagi oliy harbiy hukmdorlar XII asrdan syogun unvoniga ega bo‘lganlar.

Yaponiyadagi boshqaruv tizimi Xitoynikidan keskin farq qilgan va bu faqat imperator hokimiyatining zaifligida bo‘lmagan. Mamlakatda zodagonlar toifasi ancha kuchli bo‘lib, ko‘p hollarda amaldorlar imperatorga qaraganda, ko‘proq ularga qaram bo‘lganlar. Vaqti-vaqti bilan markaziy hokimiyat zaiflashib, mamlakatda Yevropanikiga o‘xshash siyosiy tarqoqlik hukm surgan.

SAMURAYLAR

Knyazlar xizmatida jangchi harbiylar – samuraylar bo‘lib, ular davrlar o‘tishi bilan yopiq toifani tashkil etadilar. Dastlab ular xizmatlari uchun yer-mulk olganlar, keyinchalik yer in’omi bo‘lmaganida xo‘jayinning uyida yashab, uning ta’minotida bo‘lganlar.

Harbiy ish samuraylar uchun kasb va merosiy mashg‘ulotga aylanadi. Ular bir qancha jihatlari bo‘yicha Yevropa ritsarlariga o‘xshaganlar. Samuraylar hayoti yozilmagan qonun (busido) qoidalari: o‘z burchiga sadoqat, jasurlik va sodiqlik g‘oyalariga asoslangan edi.

Ular butun hayotlari davomida harbiy mahoratlarini oshirganlar va uni yuksak darajaga ko‘targanlar. Samuraylar o‘z burchlarini hayotlaridan yuqori hisoblaganlar. O‘z xo‘jayinlarini yo‘qotsalar yoki nomunosib harakat qilishsa, o‘zlarini halok qilishgan.

SAMURAYLAR

XIII asr oxirida Yaponiyani mo‘g‘ullar Xitoy harbiy kemalari floti ko‘magida bosib olishga urinadilar. Dastlab dengiz to‘foni halaqit bergan bo‘lsa, keyingisida samuraylarning qat’iyat bilan oxirigacha jang qilishlari mo‘g‘ullarning Yaponiyani bosib olish rejasi amalga oshmadi.

Yapon jangchisi

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Yaponiyaning geografik joylashuvi ijobiy holat edimi yoki aksincha, fikrlab javob bering.

3. Samuraylar haqida nimalarni eslab qoldingiz?

4. O‘rta asr Yaponiya aholisiga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni internetdan toping.

5. Sizningcha, samuray uchun uning fe’l-atvoridagi qaysi jihati muhim hisoblanadi?

Yaponlarning harbiy yurishi

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Yaponiyadagi bir necha minglab orollardan nechtasi yirik hisoblanadi?
  1. To‘rttasi
  2. Ikkitasi
  3. Oltitasi
  4. Sakkiztasi

To‘g‘ri javob: To‘rttasi. Yaponiya bir necha minglab orollarda joylashgan, ulardan to‘rttasi yirik.

Yaponiyada buddaviy rohib-bog‘bonlar bog‘ tuzilishida qaysi g‘oyani aks ettirishga intilgan?
  1. najot kuchli hukmdorga sadoqatda bo‘ladi
  2. baxt boylik to‘plash orqali topiladi
  3. poklanish faqat ibodatxonada ro‘y beradi
  4. haqiqatga erishish tabiatni anglash yo‘li bilan bo‘ladi

To‘g‘ri javob: haqiqatga erishish tabiatni anglash yo‘li bilan bo‘ladi. Rohiblar bog‘da haqiqatga tabiatni anglash orqali erishish g‘oyasini ifodalagan.

Yaponiyadagi eng mashhur pavilion qanday nom bilan ataladi va uning tomi nima bilan yopilgan?
  1. “Kumush pavilion”, kumush plastinalar
  2. “Oltin pavilion”, mis plastinalar
  3. “Qizil pavilion”, sopol cherepitsa
  4. “Oltin pavilion”, yupqa oltin plastinalar

To‘g‘ri javob: “Oltin pavilion”, yupqa oltin plastinalar. Eng mashhur pavilion – tomi yupqa oltin plastinalar bilan yopilgan “Oltin pavilion”.

Yaponiyada ko‘pchilik bog‘bonlar kimlar bo‘lgan?
  1. Konfutsiychi olimlar
  2. Buddaviylik rohiblari
  3. Shaharlik savdogarlar
  4. Qishloq oqsoqollari

To‘g‘ri javob: Buddaviylik rohiblari. Ko‘pchilik bog‘bonlar buddaviylik rohiblari bo‘lgan.

Yapon bog‘bonlarining ko‘pchiligi buddaviylik rohiblari bo‘lgani bog‘lar tuzilishiga qanday ta’sir qilgan?
  1. Bog‘lar faqat ibodat qilish uchun yopiq maydonlar sifatida qurilgan va ularga oddiy aholi kiritilmagan
  2. Bog‘larda tabiat o‘rniga faqat tosh haykallar va ulkan inshootlar joylashtirilib, o‘simliklar umuman ekilmagan
  3. Bog‘ tuzilishida “haqiqatga erishish tabiatni anglash yo‘li bilan bo‘ladi” degan g‘oya aks ettirilgan
  4. Bog‘lar faqat imperator saroyi uchun ulkan hajmda yaratilib, jamoat joylaridan ajratilgan

To‘g‘ri javob: Bog‘ tuzilishida “haqiqatga erishish tabiatni anglash yo‘li bilan bo‘ladi” degan g‘oya aks ettirilgan. Rohib-bog‘bonlar buddaviylikning tabiatni anglash orqali haqiqatga erishish g‘oyasini bog‘ tuzilishiga singdirishga intilgan.

Yaponiyaning orollarda joylashuvi uni qanday xavfdan himoya qilgan?
  1. Qurg‘oqchilik ofatlaridan
  2. Yong‘in va zilzilalardan
  3. Ko‘chmanchilar bosqinidan
  4. Qo‘shni yurtlar savdosidan

To‘g‘ri javob: Ko‘chmanchilar bosqinidan. Orollarda joylashuv Sharqning boshqa mamlakatlariga ta’sir etgan ko‘chmanchilar bosqinlaridan ishonchli himoya vositasi bo‘lgan.

Tabiiy ofatlarga qarshi turish jarayonida yaponlarda qanday fazilatlar shakllangan?
  1. Mehnatsevarlik va intizomlilik
  2. Savdogarlik va tadbirkorlik
  3. Jangovarlik va shafqatsizlik
  4. Sayohatga qiziqish va tashabbuskorlik

To‘g‘ri javob: Mehnatsevarlik va intizomlilik. Yaponlar ofatlarga qarshi mehnatsevarlik va intizomlilik ko‘nikmalarini shakllantirgan.

Yaponiyaning orollarda joylashuvi uning tarixiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
  1. Xitoy ta’siridan to‘liq xoli bo‘lib, mustaqil rivojlanishiga imkon bergan va madaniy yakkalanishni keltirib chiqargan
  2. Dehqonchilik uchun yer maydonlarining ko‘pligi tufayli aholi tez o‘sib, qishloq xo‘jaligi rivojlangan
  3. Sharqning boshqa mamlakatlariga ta’sir etgan ko‘chmanchilar bosqinidan ishonchli himoya vositasi bo‘lgan
  4. Ko‘chmanchilar bilan doimiy savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishga yordam berib, boylik manbai bo‘lgan

To‘g‘ri javob: Sharqning boshqa mamlakatlariga ta’sir etgan ko‘chmanchilar bosqinidan ishonchli himoya vositasi bo‘lgan. Orollarda joylashuv Yaponiyani ko‘chmanchilar bosqinlaridan himoya qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKoreya o‘rta asrlardaKeyingi →Amerika o‘rta asrlarda