Salib yurishlari
SIZ BILIB OLASIZ:
- • salib yurishlarining tugashi va oqibatlari haqida.
SALIB YURISHLARINING SABABLARI
Salib yurishlari G‘arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharqga uyushtirgan bosqinchilik va talonchilik urushlari edi. Bu yurishlar 1096–1270-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan. Sharq yerlarini egallash orqali cherkov o‘zining ta’sirini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan. Sharqda XI asr oxirida vujudga kelgan vaziyat salib yurishlari uchun qulay sharoit tug‘dirgan. Kichik Osiyo yarimoroli deyarli to‘liq saljuqiy turklar qo‘lida edi. Bu yerdan G‘arb mamlakatlarining ziyoratchilari Falastinning muqaddas joylariga, xristianlar rivoyatlariga ko‘ra, Iso payg‘ambar dafn etilgan Quddusga boradigan yo‘llar o‘tardi. Quddus esa deyarli besh asrdan buyon musulmonlar qo‘lida edi. Mahalliy hukmdorlar va aholining ziyoratchilarga munosabati yomon bo‘lmasa-da, XI asr oxiridan boshlangan musulmon hukmdorlarning o‘zaro urushlari xristianlarning ziyoratlariga xavf tug‘dira boshlagan. Vizantiya imperatori Rim papasi bilan kelishmasa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashish
TARIXIY MUSHOHADA!
Xoch, krest, salib – xristianlikning asosiy timsollaridan biri, pravoslav va katoliklarda diniy sig‘inish buyumi. Xochga sig‘inish IV asrda rasmiy tus olgan. Xristianlar rivoyati bo‘yicha, Iso xochga tortilgan, shunga ko‘ra, xoch tasviri xristianlik timsoliga aylangan.
Papa Urban II nutqi uchun jangchilar yuborishini so‘rab, G‘arbga murojaat qiladi. Papa Urban II 1095-yilda Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig‘iniga to‘plangan minglab ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq so‘zlaydi. U Quddusdagi “payg‘ambar qabrini” musulmonlardan ozod etishga chaqiradi. Papa yurishda ishtirok etganlarga ularning gunohlari kechirilishini, halok bo‘lganlar ruhining jannatga – “arshi a’loga” tushishini va’da qiladi. Urban II Falastin – “muqaddas yer”ning boyliklari va hosildor ekanligini ham eslatib o‘tadi. Falastinda “sut va asal daryo bo‘lib oqishi, Quddus yerning kindigi, jannatmakon hosildor yerli o‘lka” ekanligini ta’kidlaydi.
TARIXIY MUSHOHADA!
Bu so‘zlarni xaloyiq “Xudoning irodasi shu!”, “Xudoning xohishi shu!” kabi hayqiriqlar bilan qarshilaydilar. Ular matodan “xoch”, ya’ni “salib”ning aksini qirqib, o‘z kiyimlariga tika boshlaydilar. Ayni shu sababli yurish qatnashchilari “salibchilar”, yurishlarning o‘zi esa “salib yurishlari” nomini oladi.
Katolik cherkovi yurish ishtirokchilariga ayrim yengilliklarni, jumladan, dehqonlarga qarzlaridan kechilishini, ularning oilalari cherkov himoyasiga o‘tishini e’lon qiladi.
SALIB YURISHLARI ISHTIROKCHILARINING MAQSADLARI
Papa, salib yurishlarida ishtirok etganlar gunohlardan poklanadi, deb e’lon qilgani bois, unda nafaqat ritsarlar, balki oddiy aholi, hattoki ayollar va bolalar ham qatnashganlar. Ularni umumiy maqsad – Quddusni musulmonlardan ozod qilish g‘oyasi birlashtirib turgan bo‘lsa-da, ammo har Tampliyer ritsarlarining muhri bir salibchining alohida maqsad va muddaolari mavjud edi. Jumladan, dehqonlar salib yurishlarida qatnashish orqali o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishishga umid qilganlar.
Salibchilarning ko‘pchiligini asosan ritsarlar tashkil etgan, ularning aksari boy bo‘lmagan xonadonlardan edilar. Oilaning kichik o‘g‘illari, mayorat tizimi bo‘lganidan, ya’ni meros katta o‘g‘ilga qoldirilgani sababli, ota-onalaridan qoladigan merosning katta qismiga umid qilmasalar ham bo‘lardi. Bu holatdagi ritsarlar o‘zlariga shon-shuhrat va boylik istab yo‘lga chiqqanlar.
SALIB YURISHLARI ISHTIROKCHILARINING MAQSADLARI
Gersoglar, graflar va hatto ayrim qirollar hamda imperatorlar ham Sharqqa jo‘naydilar. Ular o‘zlariga yangi hududlar va fuqarolarni bo‘ysundirib, o‘zlarining yer-mulklarini yanada kengaytirib olishni maqsad qilganlar.
Qo‘shin bilan savdogarlar ham yo‘lga chiqib, ular Sharq mollari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni orzu qilganlar. Albatta, salib yurishi ishtirokchilari faqat foydani o‘ylagan desa, xato bo‘ladi. Moddiy manfaat ularda “payg‘ambar qabri”ni musulmonlardan xalos etish muqaddas ish ekanligiga ishonish bilan qorishib ketgandi.
Salibchilar kiyimi
KIYEV RUSI
Xristian davlatlari Musulmon davlatlari Birinchi salib yurishlari Ikkinchi salib yurishlari Uchinchi salib yurishlari To‘rtinchi salib yurishlari Birinchi salib yurishlari davridagi siyosiy chegaralar
BIRINCHI SALIB YURISHI
Birinchi salib yurishlarida Fransiya, Italiya va Germaniyaning turli viloyatlaridan kelgan ritsarlar qatnashadi. Ular yaxshi qurollangan, zarur ozuqa va pul bilan ta’minlangan edilar. Vizantiya poytaxti Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to‘plana boshlagan ritsarlarni imperator Aleksey I, Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi haqida vassallik qasamyodini qabul qildirgach, Bosfor bo‘g‘ozi orqali Kichik Osiyoga o‘tkazib yuboradi. 1099-yilgacha davom etgan yurishlar Suriya bilan Falastinda salibchilarning o‘z davlatlarini tuzishi bilan yakunlanadi. Ularning orasida Quddus qirolligi salibchilarning asosiy davlati edi. Salibchilar Quddusni egallash mobaynida birgina jome masjidda 10 ming musulmonni qirib tashlaydilar. Yahudiylar o‘z sinagogasi (ibodatxona)da yoqib yuboriladi. Qirg‘in paytida ko‘plab ayollar va bolalar ham halok bo‘ladi. Qirg‘inlar harbiy zarurat bilan emas, balki faqat odamlarning qalbiga dahshat solish istagi bilan qilinadi. Salibchilar hatto sharqiy shahar aholisi bo‘lgan nasroniylarni dushmanga yordam berishda ayblab, o‘z uylaridan quvg‘in qilishadi. Shaharliklar uyiga bostirib kirgan ritsar eshikka qalqonni osib qo‘yar va bu uy barcha jihozlari bilan yangi xo‘jayinga o‘tganligini anglatar edi. Aleksey I
SALIBCHILAR YAQIN SHARQDA
Yevropadan kelayotgan ritsarlar oqimi xristianlarga istilo qilingan hududlarni 200 yilcha qo‘lda saqlash imkonini beradi. Yaqin Sharqda salibchilar mahalliy dehqonlarni qaramlikka tushiradilar. Yangi xo‘jayinlar hosilning 1/3 qismini soliqqa ola boshlaydi. Bundan tashqari, aholi qo‘shimcha ravishda qirolga, xristian cherkoviga ham soliq to‘lashga majbur etiladi. Natijada mahalliy aholida salibchilarga nisbatan nafrat kuchayib, qo‘zg‘olonlar ham bo‘lib turadi.
DINIY-RITSARLIK ORDENLARI
Falastinda tashkil etilgan diniy-ritsarlik ordenlari odatdagi rohiblar ordenlaridan tubdan farq qilgan. G‘arbda oddiy rohiblarning asosiy ishi ibodat va mehnat qilish bo‘lsa, diniy-ritsarlik ordeni a’zolarining asosiy vazifasi urush edi. Ordenlarga salibchilar mulklarini kengaytirish va himoya qilish, mahalliy aholining isyonlarini bostirish vazifalari qo‘yilgan.
Tevton ordeni
1099-yilda salibchilar tomonidan Quddusning egallanishi
Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar ordeni bo‘lgan. Uni ioanniylar ordeni ham deyishadi. Musulmonlar Falastinni qayta egallaganidan so‘ng orden dastlab Rodos oroliga, bir necha asr o‘tib Maltaga ko‘chadi.
DINIY-RITSARLIK ORDENLARI
Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab tampliyerlar deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan. Bu orden xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan. Yevropada ularning boyliklari haqida afsonalar to‘qilgan.
Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan. Undagi ko‘pchilik ritsarlar Germaniyadan bo‘lgani uchun, uni Nemis (lotincha, Tevton) ordeni deyishgan.
TARIXIY MUSHOHADA!
Tampliyer ordeni
Gospitalyer ordeni
Diniy-ritsarlik ordenlari yarim harbiy, yarim rohiblar birlashmalari edi. Rohiblik yopinchig‘i tagida: tampliyerlarda – oq matoda qizil but, gospitalyerlarda – qizil matoda oq but, tevton ritsarlarida esa oq matoda qora but tasviri bo‘lgan ritsarlik libosi kiyilgan.
Salibchilarning Salohiddin Ayyubiyga taslim bo‘lishi
IKKINCHI VA UCHINCHI
Salohiddin Ayyubiy
asrdan musulmon amirliklari birlashib, salibchilarga qarshi kurash boshlaydilar. Saljuqiylar hukmdori Malikshohning ishonchli vakili – Imomiddin Zangiy salibchilarga zarba berib, Mosul va Halab oralig‘idagi yerlarni egallaydi. Uning o‘g‘li Nuriddin Zangiy 1146-yilda otasi o‘rniga taxtga o‘tirib, darhol salibchilarga qarshi urushga otlanadi. Ularga qarshi kurashish uchun Yevropa feodallari 1147–1149-yillarda ikkinchi salib yurishini uyushtiradilar. Fransiya va Germaniya qirollari o‘z qo‘shini bilan ishtirok etgan bu yurishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Yevropaning yengilmasligi haqidagi afsonani yo‘qqa chiqaradi. Nemis salibchilari saljuqiylar tomonidan Kichik Osiyoda tor-mor etilgan bo‘lsa, fransiyaliklar Damashqni qamal qilib egallay olmay, Yevropaga qaytadilar.
IKKINCHI VA UCHINCHI
Nuriddin Zangiy salibchilarni Sharqdan butunlay surib chiqarishni maqsad qilgan edi. U salibchilar tuzgan Antioxiya knyazligi hududining katta qismini egallaydi. Edessa grafligida ham o‘z hukmronligini saqlab qoladi. 1155-yilda Nuriddin Zangiy qo‘shini Damashqni egallashi bilan Suriyada musulmonlar yagona siyosiy hokimiyatga ega bo‘ladi. Bu davrda Yaqin Sharqda qattiq qarshilikka uchragan salibchilar Misrni zabt etishga kirishadilar. Nuriddin Zangiy 1169-yilda Shirkuh va uning jiyani Salohiddin boshchiligida qo‘shin jo‘natib, Misrni egallaydi.
Shirkuh vafot etgach, uning jiyani Salohiddin Misrda hokimiyatni to‘liq qo‘lga olib, Ayyubiylar davlatini tuzadi. Salohiddin Ayyubiy salibchilarga qarshi kurashni davom ettirib, 1187-yilda salibchilardan Quddusni tortib oladi.
IKKINCHI VA UCHINCHI
Bu voqea Yevropada uchinchi salib yurishlari (1189–1192) tashkil qilinishiga olib keladi. Ammo german imperatori, Fransiya va Angliya qirollari ishtirokidagi bu yurishlar ham muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.
(1202–1204)
asr oxirida papa Innokentiy III yangi salib yurishlarini tashkil etishga kirishadi. Salibchilar Venetsiya bilan qo‘shinni dengiz orqali kemalarda Falastinga olib o‘tishga kelishib, 85 ming kumush marka pul to‘lashni zimmalariga oladilar. Kelishilgan pulning deyarli 1/3 qismini to‘lay olmagan salibchilar yurish boshlanishidanoq Venetsiyaning savdodagi asosiy raqibi – Vizantiyaga qarshi urush boshlashga majbur bo‘ladi. Urush boshlash uchun esa ukasi tomonidan taxtdan tushirilib, ko‘ziga mil tortilgan Isaak II Angelga toj-u taxtni qaytarish bahona bo‘ladi.
To‘rtinchi salib yurishida Konstantinopol asos solinganidan buyon ilk bor dushman o‘ljasiga aylanadi. Lotinlar – vizantiyaliklar salibchilarni shunday nomlaganlar – Vizantiya xarobalarida Lotin imperiyasi deb atalgan davlat tuzadilar. Ammo mahalliy yunonlarning mardonavor qarshiligi tufayli lotinlar Vizantiya yerlarini to‘liq bo‘ysundira olmaydilar. Lotin imperiyasining o‘zi ham tez orada bir necha mayda knyazliklarga bo‘linib ketadi.
(1202–1204)
Bolalar salib yurishi
BOLALAR SALIB YURISHLARI
Fransiyaning Vandom qishlog‘idan Stefan ismli bir cho‘pon bola chiqib, 1212-yilda butun mamlakat bo‘ylab yurib, bolalarni salib yurishlariga targ‘ib qila boshlaydi. U o‘zini xudo tomonidan vakil qilib yuborilganligini hamda o‘ziga nasroniylarga yetakchilik qilib, Falastin yerlarini egallash vazifasi topshirilganligini e’lon qiladi. Uning oldiga rohib timsolida Iso Masih tashrif buyurib, unga Quddusni ozod qilish uchun faqat bolalar ishtirok etadigan yangi salib yurishiga bosh bo‘lishni topshirganini ta’kidlaydi. Cho‘pon yigit o‘z ortidan bolalarni ergashtirish uchun ularning orasida kuchli targ‘ibotni yo‘lga qo‘yadi. U xuddi Misr fir’avini zulmidan qochib ketayotgan Muso payg‘ambar boshchiligidagi yahudiylar oldida dengiz chekingani kabi, Falastinga boradigan salibchilar qo‘shini yo‘lida dengiz qurib qolishi haqida ayta boshlaydi. U o‘z nutqlari va ko‘rsatgan “mo‘jizalari” bilan minglab odamlarni lol qoldiradi. Ota-onalarining qarshiligiga qaramasdan, minglab bolalar va qizlar yurishga otlanadilar. Agar kimdir bu aqldan ozgan bolalardan qayerga ketayotganlarini so‘rasa, dengiz ortiga – Xudoning huzuriga yo‘l olishgani haqida javob eshitardi.
BOLALAR SALIB YURISHLARI
Stefan boshchiligidagi olomon Fransiyaning janubidagi Marsel portiga yetib kelgach, ikki nafar savdogar ularni “xudoning roziligi” uchun Suriyaga yetkazib qo‘yishni taklif qiladi. Natijada ular yettita kemada yo‘lga chiqadilar, shundan ikkita kema yo‘lda halokatga uchraydi. Qolgan beshta kemadagi bolalarni bu ikkita qulfurush Misrga olib kelib, qul sifatida sotib yuboradi. Germaniya imperatori Fridrix II keyinchalik ikkala jinoyatchi qulfurushlarni qo‘lga olib, qatl ettiradi. Shuningdek, u Misr sultoni bilan bitim tuzib, bolalarning bir qismini qaytarishga erishadi.
SALIB YURISHLARINING TUGASHI VA OQIBATLARI
Yevropaliklarning salib yurishlarida
Sharqdan o‘zlashtirgan ekinlari va texnika yutuqlari
So‘nggi salib yurishlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi. Fransiya qiroli Lyudovik IX ning 1269–1270-yillardagi sakkizinchi salib yurishlari so‘nggisi bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay salibchilarning Sharqdagi mulklari birin-ketin musulmonlar qo‘liga qaytadi.
Salib yurishlari to‘xtatilishining asosiy sababi XIII asrning oxiridan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan o‘zgarishlar bo‘ldi. Ishlab chiqarish kuchlari o‘sib, dehqonchilik va hunarmandchilik yuksaladi. O‘rmonlar kesilib, ekinzorlarga aylantiriladi, ekin maydonlari kengaytiriladi. Qishloq aholisining yersiz bir qismi tobora yuksalayotgan shaharlarga ketadi. Qolaversa, ularning Sharqda yer va ozodlikka erishish orzulari yurishlar davomidagi muvaffaqiyatsizliklar sababli puchga chiqadi. Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi va mamlakatni markazlashtirish siyosati ritsarlarga qirol qo‘shinida xizmat qilish imkonini yaratadi. Savdogarlar tinch yo‘l bilan savdo-sotiq olib borishning afzalligiga yana bir bor ishonch hosil qiladilar. G‘arbiy Yevropada markazlashgan davlatlarda qirol hokimiyatining kuchayishi bilan salib yurishlarining g‘oyaviy rahbari va targ‘ibotchisi bo‘lgan Rim papalari o‘z siyosiy mavqeyini yo‘qota boshlab, yangi yurishlarni tashkil eta olmay qoladilar.
SALIB YURISHLARINING TUGASHI VA OQIBATLARI
Salib yurishlari o‘zining asosiy, ya’ni Sharqda kuchli xristian davlatini yaratish maqsadiga erisha olmadi. Unda qatnashgan 100 minglab kishilar halok bo‘ldi, katta moliyaviy zarar ko‘rildi. Ammo Sharqning yuksak madaniyati bilan tanishish Yevropa aholisining turmush tarzini keskin o‘zgartiradi. Ular Vizantiya va musulmonlarning yuksak madaniyati hamda texnikadagi yutuqlarini o‘zlashtiradilar. Yevropaga limon va o‘rik mevalari hamda sholi, grechixa, tarvuz, shakarqamish kabi ekinlar keltirilib ekila boshlanadi. Texnika sohasida arbalet, temirni toblash va ayrim gazlamalarni to‘qish usullari o‘zlashtiriladi. Salibchilar Suriyada ko‘rgan shamol tegirmonlari XII asrdan Yevropada ham qurila boshlanadi. Arablardan keltirilgan aloqa kaptarlaridan ko‘plab mamlakatlarda foydalana boshlanadi. Antik davrdan so‘ng turmushdagi tozalik omillarini unutib, sovuq suvda yuvinadigan, kiyimlarni almashtirmaydigan yevropaliklar Sharqdan pokiza va issiq hammomlardan foydalanishni va kiyim almashtirishni o‘rgandilar.
SALIB YURISHLARINING TUGASHI VA OQIBATLARI
So‘nggi salibchilarning o‘z yurtiga qaytishi
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
2. Katolik cherkovi salib yurishlaridan qanday maqsadlarda foydalanishni ko‘zlagan?
3. Xaritadan birinchi salib yurishi ishtirokchilari Yaqin Sharqda asos solgan davlatlarni ko‘rsating.
Muhim sanalar
- 1095-yilda — Papa Urban II 1095-yilda Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig‘iniga to‘plangan minglab ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq so‘zlaydi.
- 1096–1270-yillar — Bu yurishlar 1096–1270-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan.
- 1096-yilning — Vizantiya poytaxti Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to‘plana boshlagan ritsarlarni imperator Aleksey I, Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi haqida vassallik qasamyodini…
- 1099-yilgacha — 1099-yilgacha davom etgan yurishlar Suriya bilan Falastinda salibchilarning o‘z davlatlarini tuzishi bilan yakunlanadi.
- 1099-yilda — 1099-yilda salibchilar tomonidan Quddusning egallanishi
- 1146-yilda — Uning o‘g‘li Nuriddin Zangiy 1146-yilda otasi o‘rniga taxtga o‘tirib, darhol salibchilarga qarshi urushga otlanadi.
- 1147–1149-yillarda — Ularga qarshi kurashish uchun Yevropa feodallari 1147–1149-yillarda ikkinchi salib yurishini uyushtiradilar.
- 1155-yilda — 1155-yilda Nuriddin Zangiy qo‘shini Damashqni egallashi bilan Suriyada musulmonlar yagona siyosiy hokimiyatga ega bo‘ladi.
- 1169-yilda — Nuriddin Zangiy 1169-yilda Shirkuh va uning jiyani Salohiddin boshchiligida qo‘shin jo‘natib, Misrni egallaydi.
- 1187-yilda — Shirkuh vafot etgach, uning jiyani Salohiddin Misrda hokimiyatni to‘liq qo‘lga olib, Ayyubiylar davlatini tuzadi. Salohiddin Ayyubiy salibchilarga qarshi kurashni davom ettirib, 1187-yilda salibchilardan Quddusni…
Bilimingizni sinang
Sharqda qaysi asr oxirida vujudga kelgan vaziyat salib yurishlari uchun qulay sharoit tug‘dirgan?
- XI asr
- IX asr
- X asr
- XIII asr
To‘g‘ri javob: XI asr. Sharqda XI asr oxirida vujudga kelgan vaziyat salib yurishlari uchun qulay sharoit tug‘dirgan.
Salib yurishlari qaysi yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan?
- 1054–1204-yillar
- 1096–1270-yillar
- 1147–1291-yillar
- 1201–1350-yillar
To‘g‘ri javob: 1096–1270-yillar. Matnda yurishlar 1096–1270-yillar oralig‘ida bo‘lgani aytilgan.
XI asr oxirida Kichik Osiyo yarimoroli deyarli to‘liq kimning qo‘lida edi?
- Vizantiya imperatorlari
- Arab xalifalari
- Salibchi ritsarlar
- Saljuqiy turklar
To‘g‘ri javob: Saljuqiy turklar. Matnga ko‘ra, Kichik Osiyo saljuqiy turklar qo‘lida bo‘lgan.
Xristianlikning asosiy timsollaridan biri, pravoslav va katoliklarda diniy sig‘inish buyumi hisoblangan belgi qaysi?
- Xoch
- Shamdon
- Tasbeh
- Injil
To‘g‘ri javob: Xoch. Xoch (krest, salib) xristianlikning asosiy timsollaridan biri bo‘lib, sig‘inish buyumi hisoblanadi.
Papa Urban II Klermon shahrida salib yurishiga chorlovchi nutqni qaysi yilda so‘zlagan?
- 1099-yilda
- 1054-yilda
- 1096-yilda
- 1095-yilda
To‘g‘ri javob: 1095-yilda. Papa Urban II Klermonda nutqni 1095-yilda so‘zlagan.
1095-yilda Fransiyaning Klermon shahrida cherkov yig‘inida nutq so‘zlab, Quddusni ozod etishga chaqirgan papa kim?
- Grigoriy IX
- Urban II
- Leon X
- Innokentiy III
To‘g‘ri javob: Urban II. Klermonda 1095-yilda nutq so‘zlagan papa Urban II edi.
Papa Urban II musulmonlardan ozod etishga chaqirgan Quddusdagi muqaddas joy qanday atalgan?
- Havoriylar ibodatxonasi
- Muqaddas bog‘
- Payg‘ambar masjidi
- Payg‘ambar qabri
To‘g‘ri javob: Payg‘ambar qabri. Urban II Quddusdagi payg‘ambar qabrini musulmonlardan ozod etishga chaqirgan.
Papa salib yurishida halok bo‘lganlar ruhi jannatning qaysi qismiga tushishini va’da qilgan?
- Firdavsga
- Muqaddas yerga
- Arshi a’loga
- Jannat bog‘iga
To‘g‘ri javob: Arshi a’loga. Papa halok bo‘lganlar ruhi arshi a’loga tushishini va’da qilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash