Yevropada o‘rta asr shaharlarining o‘ziga xosligi
Yevropada o‘rta asr
Sarroflik do‘koni
SIZ BILIB OLASIZ:
- • tovar xo‘jaligining paydo bo‘lishi haqida.
O‘rta asrlarda Yevropada savdo-sotiq
XO‘JALIK TARAQQIYOTI
Yevropada X–XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalgan. Bu, eng avvalo, hunarmandchilikda kuzatildi. Mehnat qurollarining takomillashuvi, ustalar mahoratining oshishi hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantiradi. Dehqonchilikda bo‘yinturuqning kashf etilib, plugni otga qo‘shish yer haydashni tezlashtirgan. Hosildorlikning oshishi dehqon xo‘jaligida ortiqcha mahsulotning ko‘payishiga va uni hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlashga yo‘l ochgan. Hunarmandlar tayyorlaydigan buyumlarning turi, soni, sifati oshib borgan. Lekin qishloqda feodallar hukmronligi ta’sirida hunarmandning erkinligi cheklangan edi. Natijada ular qishloqlardan qochib, o‘z buyumlarini tayyorlash va sotish imkoniyati bo‘lgan joylarga keta boshlaganlar.
XO‘JALIK TARAQQIYOTI
Hunarmand ish jarayonida
O‘RTA ASR SHAHARLARI
aharlar, eng avvalo, xavfsiz, dushman hujumidan himoyalanishga qulay, qolaversa, hunarmandlar o‘zlari yasagan buyumlarni sota oladigan joylarda paydo bo‘lgan. Yevropada shaharlarning paydo bo‘lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo‘lgan. Dastlab Italiya va Fransiyaning janubidagi Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluza shaharlari IX–X asrlardayoq yuksala boshlagan. Bu shaharlarning dengiz savdo yo‘lida joylashgani ularning taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan. X–XI asrlarda Fransiyaning shimolida, Niderlandiya, Angliya va Germaniyada, XII–XIII asrlarda Vengriya, Boltiqbo‘yi, Rus yerlarida yangi shaharlar vujudga kela boshlagan. Yevropa shaharlarining turli asrlarda paydo bo‘lishining asosiy sababi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi farqlar edi.
O‘RTA ASR SHAHARLARI
O‘rta asr shaharlarining ko‘rinishi
SHAHARLAR HAYOTI
aharlar ko‘pincha feodallar yerida vujudga kelgan. Dastlab feodallar o‘z yerlaridagi shaharlarga homiylik qilib, ko‘chib kelgan hunarmandlarni soliqlardan ozod etgan. Ammo shaharlar o‘sib, boyib borishi bilan xo‘jayinlar ulardan ko‘proq daromad olishga intilganlar. Feodallar hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga to‘sqinlik qila boshlagan. Natijada shaharliklar senyor hukmidan ozodlikka chiqishga intilganlar. Ko‘pincha shaharlar o‘z erkinligini to‘lov, pul evaziga qo‘lga kiritgan. Bunday imkoniyat bo‘lmagan paytda ozodlik uchun qo‘zg‘olon yo‘li tutilgan. Fransiyaning qator shaharlarida XII–XIII asrlarda senyorlarga qarshi kurashlar bo‘lib o‘tgan. Monastir va qasrlarda yashovchilarning hunarmandlarga ehtiyoji, dushman xavf solganida yashirinish imkoniyatining mavjudligi ularning atrofida shaharlarning shakllanishiga sabab bo‘lgan.
SHAHARLAR HAYOTI
O‘rta asr feodallari
SHAHARLARNING KO‘RINISHI
aharlar atrofi minorali mudofaa devori, suv to‘ldirilgan xandaqlar bilan o‘ralgan. Qo‘riqchi-soqchilar minoralarda tun-u kun almashib turgan. Dushmandan himoyalanish maqsadida shahar darvozalari va ko‘priklari mustahkam temirdan yasalgan. Kechasi xandaqlar ustidagi ko‘priklar ko‘tarib qo‘yilgan va shahar darvozasi yopilgan. Shahar markazida bozor maydoni, uning yonida ibodatxona joylashgan. Shahar kengashi binosi – ratusha ham shu yerda qurilgan. Shahar mavzelari alohida dahalarga bo‘lingan. Dahalarning har birida ma’lum kasbdagi hunarmandlar yashaganlar. Shahardagi uylarning aksariyat qismi yog‘ochdan qurilgan. Ular juda zich qurilgan bo‘lib, ko‘pincha bir-biriga tutashib ketgan. Ko‘chalar tor, ayrimlari eniga ikki metrdan ham oshmagan. Tunda ko‘chalar yoritilmagan, suv quvurlari va kanalizatsiya bo‘lmagan. Chiqindilar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chaga tashlanavergan. Aholining zich joylashishi hamda tozalikning talabga javob bermasligi yuqumli kasalliklarning tez-tez takrorlanib turishiga, ko‘plab kishilarning bevaqt o‘limiga olib kelgan. Yong‘inlar ham sodir bo‘lganda, yog‘ochdan zich qurilgan uylardan tashkil topgan ko‘chalar, mavzelar to‘lig‘icha yonib ketgan.
AHOLISI
aharlar aholisining asosiy qismini hunarmandlar, savdogarlar tashkil qilgan. Yirik shaharlarda boy zodagonlar, feodallar, amaldorlar, tabiblar, ruhoniylar ham talaygina bo‘lgan. Shahar aholisining bir qismi dehqonchilik bilan ham shug‘ullanishda davom etgan. Qal’a devori atrofida ekinzorlar, bog‘lar, poliz hamda qo‘y, qoramol, otlar o‘tlab yurgan yaylovlar joylashgan. Aholisi eng ko‘p yirik shaharlar Parij, Konstantinopol, Milan, Florensiya, Kordova, Seviliya hisoblangan.
Sexlar faoliyati
HUNARMANDCHILIK VA SEXLAR
Temirchilik ustaxonasi
aharlar xo‘jaligining asosi hunarmandchilik bo‘lgan. Hunarmand ishlab chiqaruvchi ish qurollari egasi bo‘lib, xo‘jaligini mustaqil yuritgan. Ular bozorlarni o‘z buyumlari bilan ta’minlaganlar. Ma’lum kasb ustalari o‘z uyushmalari – sexlarga birlashganlar. Ustalarning umumiy yig‘ilishida hamma bajarishi majburiy bo‘lgan sex nizomi qabul qilingan. Nizom talabiga binoan, buyumlar faqat ma’lum namuna bo‘yicha yasalgan. Sexni boshqarish uchun saylangan oqsoqol hunarmandlarning nizomga rioya qilishini, tayyorlangan buyumlarning sifati va sonini nazorat qilgan. Nizomda ustaning dastgohlari, o‘quvchi-shogirdlari, xalfalari soni belgilab qo‘yilgan. Bu xildagi tadbirlar ustalar uchun bir xil sharoit yaratish, raqobatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llanilgan. Tayyor buyumlar narxi ham sex oqsoqoli tomonidan belgilangan. Xalfalik muddati kasbning murakkabligiga qarab 2–7 yil bo‘lib, nodir buyum yasash va uni sex oqsoqoli sinovidan o‘tkazish bilan tugagan. Sexlar shaharni qo‘riqlashda, urushlar paytida uning mudofaasida alohida bo‘linma tarzida qatnashgan. Sexlarning o‘z gerbi, bayrog‘i, ibodatxonasi va ba’zida alohida qabristoni ham bo‘lgan. Dastlab ishlab chiqarishning rivojlanishiga xizmat qilgan sexlar keyinchalik unga to‘sqinlik qila boshlagan. Shaharlarda ustalarning ko‘payib borishi ular o‘rtasida raqobatni kuchaytirgan. Hunarmandlar va savdogarlar orasidan badavlat sex boshliqlari ajralib chiqa boshlaydi. Yevropada sexlarning ham tabaqalanishi ro‘y berib, zargarlik, movutchilik va boshqa boy sexlar vujudga keladi. Bu jarayonlar Florensiya, London, Bristol, Parij, Bazel kabi yirik shaharlarda boshlanadi. Hunarmandlar xalfalarning o‘sib, ustalikka o‘tishiga to‘sqinlik qila boshlaydilar. Natijada 10-12 yillab ustachilikka o‘ta olmagan xalfalar tabaqasi vujudga keladi. Bu hol xalfalarning “birodarlik” jamiyatlarini tuzib, o‘z haq-huquqlari, 14-16 soat davom etadigan ish vaqtini qisqartirib, mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun kurashini kuchaytiradi.
TOVAR XO‘JALIGINING PAYDO BO‘LISHI
Sexlar nazoratiga qaramasdan, hunarmandlarning savdo uchun tayyorlagan buyumlari soni ko‘paygan. Natijada xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab ham oshib borgan. O‘z navbatida, dehqonlarning yetishtiradigan mahsulotlari ko‘payishidan manfaatdorligi ortgan. O‘z mahsulotlarini sotib, hunarmandchilik buyumlarini xarid qiluvchilar ko‘paya boshlagan. Yirik shaharlar faqat atrofdagi viloyatlar bilangina emas, chet mamlakatlar bilan ham savdo aloqalarini o‘rnatgan. Ilk o‘rta asrlardagi natural xo‘jalik o‘z o‘rnini tovar xo‘jaligiga bo‘shatib bera boshlagan.
Tovar xo‘jaligi – mahsulotlarni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqaruvchi xo‘jalik.
TOVAR XO‘JALIGINING PAYDO BO‘LISHI
Savdoning jonlanishi yo‘llar yaxshilanishini talab etgan. Fransiyada qirol farmoniga binoan asosiy yo‘llarga tosh yotqizila boshlangan. Daryolar ustida yog‘och va toshdan ko‘priklar qurish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
O‘rta asrlarda bozor
SHARQ MAMLAKATLARI BILAN SAVDO ALOQALARI
Suriya, Misr, Eron va O‘rta Osiyogacha borgan yevropalik savdogarlar Sharq bozorlaridan shoyi gazlamalar, zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar xarid qilardilar. G‘arb va Sharq mamlakatlari orasidagi aloqalarning yuksalishida Xitoydan boshlanib, O‘rta Osiyodan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati beqiyos edi. Bu karvon yo‘li O‘rta Yer dengizining sharqiy sohiliga qadar davom etgan. Ispaniya, Italiya, janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lash uchun Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini o‘zaro bog‘lash uchun Shimoliy savdo yo‘llari bo‘lgan. Shimoliy savdo yo‘li bo‘ylab joylashgan Germaniyaning 70 dan ortiq shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan. Levant yo‘lida joylashgan Venetsiya va Genuyalar kuchli dengiz floti tuzganlar, ularning savdodagi raqobati ba’zida urushlarga ham aylanib ketgan.
SHARQ MAMLAKATLARI BILAN SAVDO ALOQALARI
Dengiz bo‘yi savdo shaharlari
SAVDOGARLAR VA BOZORLAR
O‘rta asrlar bozori
aharliklar o‘z foydasiga mol sotishni, kimga qarzga pul berishni, nimaga pul sarflashni yaxshi bilganlar. Tinib-tinchimas savdogarlar boyib ketish maqsadida uzoq va xatarli sayohatlarga chiqishgan.
O‘rta Yer dengizi sohillari bo‘ylab italiyalik savdogarlar o‘zlarining savdo manzilgohlari – faktoriyalar tizimini yaratishgan. Ularning ko‘pchiligi genuyalik va venetsiyaliklar bo‘lishgan. Bu dengiz respublikalari ajoyib savdo va harbiy flotlariga ega bo‘lishgan. Ularning kemalari Yaqin Sharqdan Yevropaga qimmatbaho mollar: shoyi matolar, chinni idishlar, turli ziravorlar va boshqa narsalarni olib o‘tardi. Venetsiyalik savdogarlar – Pololar oilasi vakillari XIII asrda mo‘g‘ullarning Osiyo ichkarisidagi qarorgohiga yetib boradi. Marko Polo 25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini Xitoyni egallagan mo‘g‘ullar xoni Xubilay saroyida xizmatda o‘tkazib, yevropaliklardan birinchi bo‘lib bu sirli o‘lkalarni o‘z kitobida tavsiflaydi. Yevropaliklar faqat XIX asrdagina dengiz orqali o‘tib, XIII asrda Marko Polo sayohat qilgan o‘lkalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar. Marko Poloning kitobidagi Sharq mamlakatlarining afsonaviy boyliklari 200 yildan so‘ng genuyalik dengizchi Xristofor Kolumbda shunchalik katta taassurot qoldiradiki, u nima bo‘lganda ham Hindistonning boy sohillariga yetishga qaror qiladi. Yevropaning ko‘pchilik shaharlarida dastlab bozorlar haftada bir yoki ikki kun bo‘lgan. Doimiy bozorlar faqat yirik shaharlarda uchragan. Mol ayirboshlash va savdoning o‘sishi shaharlarda bozorlar qurilishiga ehtiyoj tug‘dirgan. Bozorlar ma’lum buyumlar yoki mahsulotlarni sotishga ixtisoslasha borgan. Shu tariqa Yevropada hunarmandchilik va savdoning yuksalishi bozor, bank, birjalarni vujudga keltirgan.
ATAMALAR IZOHI
Sex – bir yoki bir nechta o‘xshash kasb egalarini birlashtirgan savdo-hunarmandchilik birlashmasi yoki o‘rta asrlar hunarmandlarining kasbiy asosdagi uyushmasi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yevropada hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqish sabablarini ko‘rsating.
2. Yevropa mamlakatlarida yangi shaharlarning paydo bo‘lish omillarini so‘zlab bering.
Muhim sanalar
- X–XI asrlarda — Yevropada X–XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalgan.
- X–XI asrlarda — X–XI asrlarda Fransiyaning shimolida, Niderlandiya, Angliya va Germaniyada, XII–XIII asrlarda Vengriya, Boltiqbo‘yi, Rus yerlarida yangi shaharlar vujudga kela boshlagan.
- XII–XIII asrlarda — X–XI asrlarda Fransiyaning shimolida, Niderlandiya, Angliya va Germaniyada, XII–XIII asrlarda Vengriya, Boltiqbo‘yi, Rus yerlarida yangi shaharlar vujudga kela boshlagan.
- XII–XIII asrlarda — Fransiyaning qator shaharlarida XII–XIII asrlarda senyorlarga qarshi kurashlar bo‘lib o‘tgan.
- XIII asrda — Venetsiyalik savdogarlar – Pololar oilasi vakillari XIII asrda mo‘g‘ullarning Osiyo ichkarisidagi qarorgohiga yetib boradi. Marko Polo 25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini Xitoyni egallagan mo‘g‘ullar xoni Xubilay…
- XIII asrda — Yevropaliklar faqat XIX asrdagina dengiz orqali o‘tib, XIII asrda Marko Polo sayohat qilgan o‘lkalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar.
Bilimingizni sinang
Yevropada ishlab chiqarishning yuksalishi, eng avvalo hunarmandchilikda qaysi asrlarda kuzatilgan?
- VI–VII asrlarda
- X–XI asrlarda
- VIII–IX asrlarda
- XIV–XV asrlarda
To‘g‘ri javob: X–XI asrlarda. Yevropada X–XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalgan, hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralgan.
Yevropada ishlab chiqarishning, eng avvalo hunarmandchilikning yuksalishi qaysi asrlarda kuzatilgan?
- VIII–IX asrlarda
- X–XI asrlarda
- XIII–XIV asrlarda
- XV–XVI asrlarda
To‘g‘ri javob: X–XI asrlarda. Matnda Yevropada X–XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalgani aytilgan.
Dehqonchilikda yer haydashni tezlashtirgan o‘zgarish qaysi biri bo‘lgan?
- Suv tegirmonining qurilishi
- Uch dalali ekin almashlab ekishning joriy etilishi
- Temir o‘roqning ixtiro qilinishi
- Bo‘yinturuqning kashf etilishi va plugni otga qo‘shish
To‘g‘ri javob: Bo‘yinturuqning kashf etilishi va plugni otga qo‘shish. Bo‘yinturuq kashf etilib, plug otga qo‘shilgani yer haydashni tezlashtirgan.
Hunarmandlar nima sababdan qishloqlardan qochib, boshqa joylarga keta boshlagan?
- Feodallar hukmronligi tufayli ularning erkinligi cheklangan
- Shaharlar ularni majburan og‘ir soliq to‘lashga chaqirgan
- Qishloqlarda xomashyo va ish qurollari butunlay yetishmay qolgan
- Dehqonlar hunarmandlarning mahsulotini sotib olishni to‘xtatgan
To‘g‘ri javob: Feodallar hukmronligi tufayli ularning erkinligi cheklangan. Qishloqda feodallar hukmronligi hunarmandning erkinligini cheklagan, shu sabab ular qochgan.
Hosildorlikning oshishi dehqon xo‘jaligida qanday oqibatga olib kelgan?
- Hunarmandlar soni oshishiga va ularning shaharga ko‘chishiga
- Ortiqcha mahsulot kamayib, natural xo‘jalik kuchayishiga
- Ortiqcha mahsulotning ko‘payishiga va uni ayirboshlashga
- Dehqonlarning feodalga qaramligi bekor bo‘lishiga
To‘g‘ri javob: Ortiqcha mahsulotning ko‘payishiga va uni ayirboshlashga. Hosildorlik oshib, ortiqcha mahsulot ko‘paygan va u hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlangan.
Yevropada X–XI asrlarda ko‘plab hunarmandlar qishloqlarni tashlab, boshqa joylarga ketishining asosiy sababi nima edi?
- Qishloqda feodallar hukmronligi hunarmand erkinligini cheklagani, shaharlarda esa buyum yasash va sotish imkoni bo‘lgani
- Dehqonchilikda hosildorlik pasayib, hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj yo‘qolgani va qishloqlarda ochlik boshlangani
- Feodallar hunarmandlarni qishloqdan majburan ko‘chirib, shaharlarga joylashtirgani hamda ularga erkinlik bergani
- Bo‘yinturuq kashf etilgach, hunarmandlarning ish qurollari yaroqsiz bo‘lib qolgani va yangi qurollar yetishmagani
To‘g‘ri javob: Qishloqda feodallar hukmronligi hunarmand erkinligini cheklagani, shaharlarda esa buyum yasash va sotish imkoni bo‘lgani. Qishloqda feodallar hukmronligi hunarmand erkinligini cheklagan, shuning uchun ular buyum tayyorlash va sotish imkoni bor joylarga ketgan.
Italiya va Fransiya janubidagi qaysi shaharlar dengiz savdo yo‘lida joylashgani tufayli IX–X asrlardayoq yuksala boshlagan?
- London, Bryugge, Lyubek, Gamburg, Kyoln
- Parij, Bazel, Vena, Praga, Krakov
- Parij, Reyms, Lion, Orlean, Liyej
- Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluza
To‘g‘ri javob: Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluza. Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluza dengiz savdo yo‘lida bo‘lgani uchun erta yuksalgan.
Fransiyaning shimolida, Niderlandiya, Angliya va Germaniyada yangi shaharlar qaysi asrlarda vujudga kela boshlagan?
- XIV–XV asrlarda
- IX–X asrlarda
- XII–XIII asrlarda
- X–XI asrlarda
To‘g‘ri javob: X–XI asrlarda. Shimoliy Fransiya, Niderlandiya, Angliya va Germaniyada shaharlar X–XI asrlarda paydo bo‘la boshlagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash