Osiyoning o‘rta asr shaharlari
Osiyoning o‘rta asr
O‘rta asr shaharlari ko‘rinishi
SIZ BILIB OLASIZ:
- • savdo-sotiq haqida.
O‘RTA ASR SHAHARLARI
arq mamlakatlari o‘rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda o‘tganlar. Bu hol har bir mamlakatda ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajada bo‘lgani bilan izohlanadi.
Dastlab ma’muriy markaz yoki harbiy qal’alar sifatida tashkil topgan o‘rta asr shaharlari hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan.
Osiyoning eng yirik shaharlari: Chanan, Loyan, Xanchjou, Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli, Bag‘dod, Buxoro va Samarqand edi. Ularda maktablar, kutubxonalar tashkil qilingan, olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar yashab ijod qilganlar. Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelganidan, Yevropa shaharlaridan farqli o‘laroq, yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormaganlar.
O‘RTA ASR SHAHARLARI
Masjid qurilishi
Osiyoning yirik davlatlaridan biri Xitoyda o‘rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi IX–XIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Shaharlar Xitoyda imperatorga bo‘ysungan.
Shaharlarning taraqqiyotiga istilochilik urushlari to‘sqinlik qilgan. Jumladan, Hindiston va uning shaharlari o‘rta asrlarda juda ko‘p marotaba chet el bosqinchilarining hujumlariga uchragan.
Yaponiyaning o‘rta asrlar shaharlari budda ibodatxonalari atrofida, aloqa bekati va yo‘llar ustida, dengiz bo‘yida, qal’alar atrofida vujudga keladi. Xeyyan shahri 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘ladi. Bu shahar qayta tiklanganidan so‘ng Kioto nomini olib, mamlakat poytaxtiga aylanadi. Kioto ko‘p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, madaniy va diniy markazi bo‘lib qoladi.
SHAHARLAR HAYOTI
O‘rta asrlarda Yaponiya
Osiyo shaharlari ham o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Jumladan, Xitoyda XI asrdayoq shaharsozlik yuksak darajaga ko‘tarilgan. Imperator va zodagonlar hashamatli saroylar qurdirgan. Mamlakatda yog‘och tanqis bo‘lganidan, qurilishda g‘isht, sopol va toshdan keng foydalanilgan.
Xitoyning yirik shaharlarida, G‘arbiy Yevropadan farqli o‘laroq, maishiy xizmat ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. Aholi sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta’minlangan, shaharni axlat va chiqindilardan tozalash, o‘t o‘chirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Osiyo shaharlari aholisi Yevropanikiga nisbatan ko‘proq bo‘lgan. Xususan, Xitoy shaharlarida o‘rta asrlardayoq aholi juda zich yashagan.
SHAHARLAR HAYOTI
Sharq dunyosida Buxoro va Samarqand shaharlari iqtisodiy, siyosiy jihatdan muhim markazlardan bo‘lgan. Buxoro Sharqda islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Shu sababli O‘rta Osiyoda hokimiyat tepasiga kelgan sulolalar ushbu shaharlarni ma’muriy markaz sifatida tanlaganlar.
O‘rta Osiyoning musulmon davlatlari shaharlari umumiy reja bo‘yicha: markazida ark – shahar hokimi qal’asi, uning atrofida shahriston – asosiy aholi yashaydigan guzarlari bilan qurilgan. Shahar atrofida rabod bo‘lib, unda hunarmandlar guzar va mahallalari joylashgan. Sharq shaharsozligida asosiy qurilish ashyolari tosh va g‘ishtdan iborat edi. Hukmdorlar, boylar o‘z saroylari, hovli-joylarini pishiq g‘isht va marmardan, kambag‘allar esa paxsa, guvaladan qurganlar. Kambag‘allarning uylari pishiq, mustahkam bo‘lmay, tez-tez ta’mirlashni talab qilgan. Merosga qoldirilganda, buzilib, o‘rniga yangisi qurilgan.
HUNARMANDCHILIK
O‘rta asrlar hunarmandchilik namunasi. Kosa
arq hunarmandlari ipak gazlamalar, zeb-ziynat buyumlarining katta qismini chet mamlakatlarga sotish uchun ishlab chiqarganlar.
Osiyo va Shimoliy Afrika shaharlarida ham hunarmandchilik sexlari shaharlar bilan bir paytda vujudga kelgan. Sharqda dastlab shahar aholisi soliqlardan ozod qilingan. Vaqt o‘tib savdogar va hunarmandlardan ham turli soliqlar olina boshlangan. Arab xalifaligi, Yaponiya, Xitoyda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig‘ib bergan.
Xitoyda barcha ustalar sex a’zosi bo‘lishlari majburiy etib qo‘yilgan. Hunarmandchilikning eng muhim sohalari Xitoyda yuksak taraqqiyotga erishgan. Xususan, faqat xitoyliklar 600–700 kishi va yana ko‘plab yuk sig‘adigan yirik kemalar – jonkalarni qurishgan.
HUNARMANDCHILIK
Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘rta Osiyo shaharlari tranzit savdo markazlari edi. Chet ellik savdogarlar Samarqand qog‘ozi va gazlamalarini, G‘ijduvon kulolchilik buyumlari-yu marvlik ustalarning gazlama va kiyimlarini yuqori baholaganlar.
O‘rta asrlarda eronlik ustalar parcha, ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozongan. Erondan savdogarlar po‘latdan yasalgan qurol-aslaha, mis va kumush idishlarni xarid qilganlar. Xitoy kemasi – jonka
SAVDO
Arab xalifaligi, Tan imperiyasi kabi yirik markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi savdoni yuqori daromad manbayiga aylantiradi. Uzoq Sharqdan O‘rta Yer dengizigacha bo‘lgan hududlarda faqat karvon yo‘llari orqali savdo olib borilmagan. Fors ko‘rfazi va Qizil dengizda arab, hind, xitoy savdogarlarining o‘nlab kemalari suzib yurgan. Osiyodan farqli o‘laroq, Afrikaning iqtisodiy qoloqligi, undagi tinimsiz urushlar qit’aning xomashyo, tuz, oltin, fil suyagi, ziravorlar, qisman qullar manbayiga aylanishiga sabab bo‘lgan. Osiyo bozorlari o‘zining gavjum va sershovqinligi bilan ajralib turgan. O‘rta asrlar bozorlari ko‘pincha shahar darvozalari yaqinida joylashgan. Shahar ichida kichkina bozorlar bo‘lib, ular ma’lum mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan. O‘rta Osiyo va Erondagi yirik bozorlar bir qancha rastalarga bo‘lingan. Har bir rasta ma’lum turdagi mol bilan shug‘ullanadigan savdogarlarni yoki turli hunarmandlarni birlashtirgan. Ilk o‘rta asrlardayoq Bag‘dod, Ishbiliya (Sevilya) va G‘arnota (Granada, Ispaniya)da mardikorlar bozorlari bo‘lgan. Sharq bozorlarida hunarmandchilik ustaxonalari, do‘konlari ham joylashgan. Ayrim hollarda ko‘chma bozorlar ham tashkil qilingan. Unga sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning o‘z mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo‘lgan aholisi to‘plangan. Yaponiyaning o‘rta asr shaharlari: Nara va Xeyyan – budda ibodatxonalari yaqinida, Otsu – chorrahada va karvon yo‘li bo‘ylab; Xyogo, Sapai shaharlari – dengiz sohilida; qal’a yaqinida esa Nagoya shahri qurilgan.
SAVDO
Xitoyda chinni ishlab chiqarish
Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan karvon
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Xaritadan Osiyo mamlakatlarining o‘rta asrlardagi yirik shaharlarini ko‘rsating.
2. Osiyo va Yevropa shaharlarining paydo bo‘lishi hamda yuksalishida qanday umumiylik mavjud?
Muhim sanalar
- 1177-yilda — Yaponiyaning o‘rta asrlar shaharlari budda ibodatxonalari atrofida, aloqa bekati va yo‘llar ustida, dengiz bo‘yida, qal’alar atrofida vujudga keladi. Xeyyan shahri 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Quyidagi shaharlardan qaysi biri Osiyoning o‘rta asrlardagi eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan?
- Kamakura
- Florensiya
- Lion
- Venetsiya
To‘g‘ri javob: Kamakura. Kamakura Osiyoning eng yirik shaharlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Osiyo shaharlari Yevropa shaharlaridan farqli ravishda yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormagan. Buning sababi nima?
- Ular zamindorlar yerida vujudga kelgan
- Ular davlat yerlarida vujudga kelgan
- Ular dengiz bo‘yida qurilgan
- Ular harbiy qal’alar atrofida tashkil topgan
To‘g‘ri javob: Ular davlat yerlarida vujudga kelgan. Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelgani uchun zamindorlarga qarshi kurashmagan.
Osiyo va Yevropa o‘rta asr shaharlarining yirik yer egalariga munosabatida qanday farq bo‘lgan?
- Osiyo shaharlari yirik zamindorlar yerlarida vujudga kelib, ularga qarshi uzoq kurash olib borgan, Yevropa shaharlari esa davlat yerlarida paydo bo‘lgan
- Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelgani uchun yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormagan, Yevropa shaharlari esa bundan farq qilgan
- Ikkala qit’a shaharlari ham zamindorlarga qarshi birgalikda kurashib, mustaqillikka erishgan va yirik yer egaligini butunlay bekor qilgan
- Yevropa shaharlari davlat yerlarida vujudga kelgani uchun zamindorlar bilan kurashmagan, Osiyo shaharlari esa kurash olib borgan
To‘g‘ri javob: Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelgani uchun yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormagan, Yevropa shaharlari esa bundan farq qilgan. Osiyo shaharlari davlat yerlarida paydo bo‘lgani sababli zamindorlarga qarshi kurashmagan; Yevropa shaharlari bundan farq qilgan.
Yaponiyada Xeyyan shahri qaysi yilda yong‘in natijasida vayron bo‘lgan?
- 1077-yilda
- 1277-yilda
- 1177-yilda
- 1187-yilda
To‘g‘ri javob: 1177-yilda. Xeyyan shahri 1177-yilda yong‘inda vayron bo‘lgan.
Yong‘inda vayron bo‘lgan Xeyyan shahri qayta tiklanganidan so‘ng qanday nom olib, Yaponiya poytaxtiga aylangan?
- Osaka
- Nara
- Kioto
- Kamakura
To‘g‘ri javob: Kioto. Qayta tiklangan Xeyyan Kioto nomini olib, mamlakat poytaxtiga aylangan.
Xitoyda o‘rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi qaysi asrlarga to‘g‘ri keladi?
- V–VII asrlarga
- VII–IX asrlarga
- IX–XIII asrlarga
- XIV–XVI asrlarga
To‘g‘ri javob: IX–XIII asrlarga. Xitoyda shaharlar IX–XIII asrlarda vujudga kelib rivojlangan.
Xeyyan shahri qaysi yilda yong‘inda vayron bo‘lgan va qayta tiklanib Kioto nomini olgan?
- 1077-yilda
- 1117-yilda
- 1277-yilda
- 1177-yilda
To‘g‘ri javob: 1177-yilda. Xeyyan 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘lgan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Xeyyan shahri yong‘in natijasida vayron bo‘ldi; 2) Qayta tiklangan shahar Kioto nomini olib, poytaxtga aylandi; 3) Xitoyda shaharsozlik yuksak darajaga ko‘tarildi (XI asr); 4) Xitoyda o‘rta asr shaharlari vujudga kela boshladi (IX asr).
- 3–4–1–2
- 4–3–2–1
- 4–1–3–2
- 4–3–1–2
To‘g‘ri javob: 4–3–1–2. IX asrda shaharlar paydo bo‘lgan, XI asrda shaharsozlik yuksalgan, 1177-yilda Xeyyan yongan, so‘ng Kioto nomini olgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash