XotirAI logotipiXotirAI
📜 7-sinf · Jahon tarixi · 21-mavzu

Yevropaning o‘rta asrlar madaniyati

SIZ BILIB OLASIZ:

KAROLINGLAR DAVRI MADANIYATI

Ulkan hududlardan iborat mamlakatlarni boshqarish uchun Buyuk Karlga savodli amaldorlar, soliqchilar, sudyalar zarur edi. U Rim imperiyasini tiklash uchun madaniyatini, eng avvalo antik ilmlarni qayta tiklash kerakligini anglagan. Uning davrida “Karolinglar uyg‘onishi” deb nomlangan madaniy yuksalish boshlanadi.

Karl o‘z saroyiga Italiya, Ispaniya, Angliya, Irlandiyadan bilimdon kishilarni taklif qilgan, yirik mansabdorlarga “xalq maktablari” ochishni buyurib, maktablarni anglosaks olimi, rohib Alkuinga topshiradi. Alkuin ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yibgina qolmasdan, ilk darsliklarni ham yozgan.

Karlning Axendagi saroyida yunoncha “Akademiya” tashkil etilib, unda hukmdor va uning oilasi, saroy xodimlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar cherkov hamda antik mualliflar, “saroy akademiya”si a’zolari yaratgan asar-

KAROLINGLAR DAVRI MADANIYATI

Tarixchi Eyngard larni muhokama qilishgan. Olimlardan biri tarixchi Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni olamiz. Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi uchun zamondoshlari “mehnatsevar chumoli” deb ataganlar. Karl Italiyadan ikki taniqli qo‘shiqchilarni taklif etib, saroyda qo‘shiqchilar xori (dastasi)ni tuzdirgan. Imperator lotin va yunon tillarini bilgan, yostig‘ining tagida doim mum surilgan yozuv taxtachasi bo‘lgan: bo‘sh paytlarida harflarni chiroyli yozishga uringan, lekin yozishni o‘zlashtira olmagan. Karlning farmoni bilan toshdan bir qator saroylar va ibodatxonalar qurilgan, ulardan faqat Axendagi saroy kopellasi (katoliklarning kichik ibodatxonasi) saqlanib qolgan.

TARIXIY MUSHOHADA!

Rus knyazi Vladimir X asr oxirida xalqi uchun dinni tanlay boshlaganda, uning elchilari Konstantinopoldagi Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasi haqida quyidagicha eslaydilar: “Ular bizni o‘z xudolariga sig‘inadigan joyga olib kirdilar: biz yerdamizmi, osmondamizmi – bilmas edik, chunki yer yuzida bunday ajoyib manzara va go‘zallik yo‘qki, u haqda qanday gapirishni ham bilmaymiz, faqat bir narsani bilamizki, u joyda xudo odamlar bilan birga bo‘ladi”. Kiyev knyazining xristianlikni Vizantiyadan qabul qilishida bu voqea hal qiluvchi o‘rin tutgan bo‘lishi ehtimol.

rta asrlarning aksariyat davrlarida Vizantiya o‘ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg‘or mamlakati bo‘lib qolgan. Sababi shuki, Vizantiya o‘z daxlsizligini saqlab qolgani uchun, uning madaniyati G‘arbiy Yevropaniki singari inqirozni boshdan kechirmagan. Ayni paytda uning madaniyati xristian dini ta’sirida o‘zgara bordi. Antik falsafa majusiylik deb qoralanib, uning o‘rnini ilohiyot egallagan. Maktablar ta’lim darajasining yuqoriligi bilan ajralib turgan. Sharqiy Rim imperiyasining iqtisodiy yuksalishi yangi o‘quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, XI asrning o‘rtalarida huquqshunoslik va falsafa fakultetlari bo‘lgan universitet ochilgan. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritgan. Vizantiyaliklar geografiyadan ko‘plab bilimlar to‘plaganlar. Ular xaritalar va shaharlar loyihalarini chizganlar. Savdogar va sayyohlar turli mamlakatlar va xalqlar tavsifini qoldirganlar. Vizantiyada tarixiy asarlar yaratishga katta e’tibor qaratilgan. Kesariyalik Prokopiy (VI asr), Lev Diakon (X asr) kabi tarixchilar yorqin qiziqarli asarlar yozishgan.

Rojer Bekon XIII asr

Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasining ichki ko‘rinishi

Yaraslav

Hunarmandchilik, dengizchilik, savdo, tibbiyot, harbiy soha, qishloq xo‘jaligining yuksalishi uchun xizmat qiladigan tabiiy fanlar: matematika, astronomiya, kimyo taraqqiy etgan. Jumladan, VII asrda ixtiro qilingan “yunon olovi” (oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasi) dengiz janglarida uzoq yillar ustunlikni ta’minlagan.

Mozaika (koshin tosh, yog‘och, marmarlar, rangli shishalardan ishlangan naqsh, tasvir), freska (nam suvoq ustiga tushurilgan rangli tasvir) va ikonalar (odatda yog‘ochning qattiq turlaridan ishlangan xudo, Bibi Maryam, Injil sahnalari, avliyolar tasviri) ning ibodatxona va monastirlar me’morchiligida qo‘llanilishi Vizantiya madaniyatining eng mashhur sohasi bo‘lgan tasviriy san’atni yuksak darajasiga ko‘tardi. O‘zining mozaika va freskalari bilan mashhur Xori monastiri (hozirgi Istanbulning Qahriya masjidi) ajoyib me’morchilik yodgorligidir. Yustinian I imperatorligi davrida Konstantinopolda (532–537-yillarda) bunyod etilgan Ayo Sofiya (Avliyo Sofiya) ibodatxonasi, hech shubhasiz, ilk o‘rta asrlarning eng mahobatli me’morchilik inshootidir. Uning ulkan gumbazi (diametri 31,5 metr) bo‘lib, 40 ta derazalar gulchambari bilan qurshalgan. Ibodatxona gumbazi bino ichida pastda turgan kishiga osmon gumbazi singari havoda muallaq turgandek tuyuladi.

Vitraj

Grek olovi

MAORIF

O‘rta asrlarda maorif

rta asrlarda Yevropada ta’lim tizimi antik (qadimgi) davrdan meros bo‘lib qolgan an’analar asosida tashkil etilib, boyitilib, yangi sharoitlarga moslashtirilib borilgan. Bu davrda cherkov (monastir, yepiskoplik va cherkov maktablari) hamda dunyoviy maktablar ochilgan. Bunday maktablarda zodagonlar, shaharliklar, ruhoniylar va boy dehqonlarning bolalari o‘qigan. Maktablarda “yetti erkin san’at” deb nom olgan grammatika (barcha fanlarning onasi hisoblangan), ritorika (notiqlik), dialektika (mantiq deb atalgan), arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa o‘qitilgan. G‘arbiy Yevropadagi barcha maktablarda o‘rta asrlarning oxirigacha o‘qitish lotin tilida olib borilgan. XIV asrga kelib har bir mamlakatning o‘z milliy tilida o‘qitiladigan maktablar ochila boshlangan. O‘rta asr maktablarida o‘qish yengil kechmagan. Bilim olish jarayoni yaxshi xotirani, temir iroda va salomatlikni talab qilgan. Ta’lim mavzu bo‘yicha diniy qarashlarga asoslangan edi. Maktabda o‘quvchilar yosh bo‘yicha sinflarga bo‘linmasdan, yosh bolalar ham, kattalar ham bir sinfda o‘qigan. Maktabdagi bolalarga qattiqqo‘llik bilan munosabatda bo‘lishgan: ularga baland ovozda gapirish, qo‘shiq aytish, o‘ynash taqiqlangan, har qanday noto‘g‘ri xatti-harakatlar uchun jazolangan. Agar dars davomida intizom borasida muammo yuzaga kelsa, yordamga xivich olingan va itoatsiz o‘quvchilar qattiq kaltaklangan. Xususan, Germaniyada o‘quvchilar ustozlari boshchiligida har yili bir necha bor o‘rmonga xivich tayyorlagani borishgan.

MAORIF

Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi bilan ilm-ma’rifatli kishilarga bo‘lgan talab oshib borgan. Qirollarga davlatning boshqaruv ishlarini yuritish uchun malakali amaldorlar, tajribali huquqshunoslar kerak edi. O‘z tadbirkorlik faoliyatini yanada muvaffaqiyatli olib borish istagida bo‘lgan shaharliklar, savdogarlar va hunarmandlar esa matematika, astronomiya va tibbiyotdan ko‘proq bilimga ega bo‘lishni xohlaganlar. Biroq cherkov va monastirlarda mavjud bo‘lgan maktablar bunday odamlarni tayyorlay olmagan. Shu bois zamonaviy va sifatli bilim beruvchi, turli bilim sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari – universitetlar (o‘qituvchi va talabalar jamoalari) ochila boshlangan. Yevropada birinchi universitetlar XI–XII asrlarda paydo bo‘lgan. Ular davlatga ham, mahalliy cherkov hokimiyatiga ham bo‘ysunmaganlar. Universitetlar faqat Rim papasiga bo‘ysunib, uning homiyligida bo‘lgan.

MAORIF

Yevropadagi dastlabki universitetlar Italiyadagi Boloniya va Fransiyadagi Parij universitetlari hisoblanadi. Keyinchalik Angliyada Oksford va Kembrij, Ispaniyada Sevilya, Valensiya, Fransiyada Tuluza va Italiyada Neapol universitetlari tashkil etilgan. Universitetlar odatda san’at, tibbiyot, huquqshunoslik va ilohiyot kabi to‘rtta fakultetdan iborat bo‘lib, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan.

O‘rta asrlarda universitet talabalari asosan tibbiyot, huquq va ideologiyani o‘qishgan. Darslar lotin tilida olib borilib, professor (malakali o‘qituvchi) ma’ruza davomida lotin tilida yozilgan qo‘lyozma va kitoblarni baland ovozda o‘qib, matndagi qiyin parchalarni talabalarga tushuntirgan. Talabalarning ko‘pchiligi universitet, cherkov yoki boy odamlar tomonidan boshqariladigan kollej yotoqxonalari (kollegiya)da yashagan. Kollegiyaga kira olmagan talabalar shahar aholisidan uy-joyni ijaraga olishga majbur bo‘lishgan. Vaqtlar o‘tib, Angliya va Fransiyada kollegiyalar yangi o‘quv muassasalari – kollejlarga asos bo‘lgan.

Bayt ul-Hikma

Magnavr oliy maktabi

1. O‘ylab ko‘rib javob bering: nima uchun Buyuk Karl saroy akademiyasini tashkil etgan?

Savollar: 2. Vizantiyada (Sharqiy Rim imperiyasida) maorif va ilm-fan yuksalishining sabablari nimalardan iborat edi?

3. Avliyo Sofiya ibodatxonasi deyarli bir asr davomida muzey bo‘lgan. Hozirda u qanday vazifani bajarayotganini internet manbalaridan aniqlab gapirib bering.

4. Yevropadagi dastlabki universitetlarning hozirgi universitetlardan farqli yoki o‘xshash tomonlarini aytib bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Buyuk Karl ochtirgan “xalq maktablari”ni boshqarish kimga topshirildi?
  1. Italiyalik olim Pyotr Pizaliyga
  2. Anglosaks olimi, rohib Alkuinga
  3. Irlandiyalik rohib Ioann Skotga
  4. Fransuz yepiskopi Ginkmar Reymsliga

To‘g‘ri javob: Anglosaks olimi, rohib Alkuinga. Maktablar anglosaks olimi, rohib Alkuinga topshirilgan.

Buyuk Karl davrida boshlangan madaniy yuksalish qanday nomlangan?
  1. Antik tiklanish
  2. Vizantiya uyg‘onishi
  3. Axen islohoti
  4. Karolinglar uyg‘onishi

To‘g‘ri javob: Karolinglar uyg‘onishi. Uning davrida “Karolinglar uyg‘onishi” deb nomlangan yuksalish boshlangan.

Yunoncha “Akademiya” Buyuk Karlning qaysi shahardagi saroyida tashkil etilgan?
  1. Axendagi
  2. Konstantinopoldagi
  3. Parijdagi
  4. Boloniyadagi

To‘g‘ri javob: Axendagi. Akademiya Karlning Axendagi saroyida tashkil etilgan.

Buyuk Karl nima uchun antik ilmlarni qayta tiklashga va maktablar ochishga e’tibor qaratgan?
  1. Chunki Rim papasi uni imperator deb e’lon qilish uchun shunday shart qo‘ygan va maktablar ochishni buyurgan
  2. Chunki Vizantiya imperatori bilan ilmiy raqobatda ustun kelmoqchi bo‘lib, saroy olimlarini ko‘paytirgan
  3. Chunki ulkan hududni boshqarish uchun savodli amaldorlar, soliqchilar va sudyalar zarur bo‘lgan
  4. Chunki saroy xodimlarining bolalari uchun yagona maktab ochilishi kerak bo‘lib, boshqa sinflar o‘qimagan

To‘g‘ri javob: Chunki ulkan hududni boshqarish uchun savodli amaldorlar, soliqchilar va sudyalar zarur bo‘lgan. Ulkan mamlakatni boshqarish uchun Buyuk Karlga savodli amaldorlar, soliqchilar va sudyalar zarur edi.

Buyuk Karl tarixchisi Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi uchun zamondoshlari qanday deb ataganlar?
  1. “sodiq ari”
  2. “donishmand burgut”
  3. “bilimdon boyqush”
  4. “mehnatsevar chumoli”

To‘g‘ri javob: “mehnatsevar chumoli”. Zamondoshlari Eyngardni ilmga chanqoqligi uchun “mehnatsevar chumoli” deb atashgan.

Tarixchi Eyngardni zamondoshlari nima uchun “mehnatsevar chumoli” deb ataganlar?
  1. Saroy qurilishida qatnashgani uchun
  2. Qo‘shiqchilar xorini tuzgani uchun
  3. Ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi uchun
  4. Karlning xazinasini saqlagani uchun

To‘g‘ri javob: Ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi uchun. Eyngard ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi bilan mashhur bo‘lgan.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri Buyuk Karlga oid to‘g‘ri?
  1. U yozuvni tez o‘zlashtirib, bo‘sh paytlarida ko‘p kitob ko‘chirgan va bezatgan
  2. U faqat frank tilini bilib, lotin va yunon tillarini mutlaqo bilmagan
  3. Bo‘sh paytlarida chiroyli yozishga urinsa-da, yozishni o‘zlashtira olmagan
  4. U saroyda ilm-fan akademiyasini tuzib, uni boshqarib, ma’ruzalar o‘qigan

To‘g‘ri javob: Bo‘sh paytlarida chiroyli yozishga urinsa-da, yozishni o‘zlashtira olmagan. Karl lotin va yunon tillarini bilgan, ammo yozishni o‘zlashtira olmagan.

Shaxslarni ularning faoliyati bilan moslang. A. Alkuin. B. Eyngard. C. Kesariyalik Prokopiy. D. Lev Diakon. 1. Karl maktablari ishini boshqargan, ilk darsliklar yozgan anglosaks rohibi. 2. Buyuk Karl hayotini yozgan, “mehnatsevar chumoli” deb atalgan tarixchi. 3. VI asrda yashagan vizantiyalik tarixchi. 4. X asrda yashagan vizantiyalik tarixchi.
  1. A–1, B–2, C–3, D–4
  2. A–2, B–1, C–3, D–4
  3. A–1, B–2, C–4, D–3
  4. A–1, B–3, C–2, D–4

To‘g‘ri javob: A–1, B–2, C–3, D–4. Alkuin maktablarni boshqargan, Eyngard Karl tarjimai holini yozgan, Prokopiy VI asrda, Lev Diakon esa X asrda tarixiy asarlar yaratgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOsiyoning o‘rta asr shaharlariKeyingi →Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati