Fransiyani birlashtirishning tugallanishi va uning natijalari
SIZ BILIB OLASIZ:
- • Mamlakatni birlashtirish natijalari.
Lyudovik XI va Karl Jasur
YUZ YILLIK URUSHDAN KEYINGI FRANSIYA
Urush Fransiya iqtisodiyoti, xo‘jaligi va kishilar turmush tarziga jiddiy ziyon yetkazdi. Ko‘plab shahar va qishloqlar vayron bo‘lgan, savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik izdan chiqqan edi. Biroq dehqon va hunarmandlar tezda xo‘jalikni tiklashga harakat qildilar. Urush vaqtida tashlab qo‘yilgan yerlar ishga solinib, dehqonchilik yuksaldi, dehqonlar qo‘shni o‘lkalarga ham g‘alla sota boshladilar. Hunarmandlar ham ishlarini yo‘lga qo‘yib, mamlakatda temir eritish, mato to‘qish va boshqa ishlab chiqarish sohalari yanada rivojlandi. Viloyatlar o‘rtasida mehnat taqsimoti yanada kuchayishi savdo-sotiqning jonlanishiga sabab bo‘ldi. Xususan, Fransiya shimolidan janubga surp, jun, temir va tuz keltirilar, janubdan shimolga esa zaytun moyi, vino olib borib sotilar edi. Shuningdek, mamlakatda asta-sekin xalqaro savdo ham yuksalib bordi. Chunki Fransiyaning markazlashgan davlatga aylanishi mamlakat iqtisodiyotining ravnaq topishiga yordam berdi.
QIROLNING O‘ZBOSHIMCHA FEODALLARGA QARSHI KURASHI
Yuz yillik urush davrida Fransiyada o‘zboshimcha mahalliy zodagonlar mamlakat hududining katta qismini o‘zaro bo‘lib olishgan edi.
Yuz yillik urushdan keyin 1471–1475-yillarda Fransiya qiroli Lyudovik XI (1461–1483) va Burgundiya gersogi Karl Jasurning o‘zaro to‘qnashuvlari bo‘lib o‘tgan va tarixga Frank-Burgund urushlari nomi bilan kirgan.
Qirol Lyudovik XI itoatsiz feodallarga qarshi kurash olib borib, mamlakatni birlashtirishni boshladi. Lyudovik XI Fransiya tarixidagi eng mashhur va atoqli qirollardan biri bo‘ldi. U o‘z zamonasining mashhur siyosatdoni, mohir diplomati edi. U hukmronligining asosiy qismini yirik feodallarga qarshi kurashda o‘tkazdi. Unga qarshi zodagonlar “Jamiyat baxt-saodati” deb nomlangan ittifoq tashkil etgan va uning rahbari Burgundiya gersogi Karl Jasur edi. U faoliyati davomida doimiy urushlar olib borar, turli gersog va grafliklar yerlarini bosib olar, dehqonlar mulklarini talab, o‘zlarini ishlatish uchun haydab ketar edi. Karl Jasur “men Fransiyani shu qadar yaxshi ko‘ramanki, mamlakatda bitta qirol o‘rniga oltita qirol bo‘lishini xohlayman” der edi. Uning nufuzi oshib borishi, shubhasiz, qirollik hokimiyatiga xavf tug‘dirar edi.
Qirol Lyudovik XI
O‘z navbatida, qirol Lyudovik XI ham raqiblarga qarshi kurashda har qanday vositalar, ya’ni tahdid, aldov, yolg‘on va diplomatiyani ishga solar edi. U “Siyosat va uddaburonlikni yaxshi bilmagan kishi qirol bo‘la olmaydi”, degan g‘oya bilan ish ko‘rar edi.
Lyudovik XI va Karl Jasur o‘rtasidagi kurash uzoq davom etdi. Bu urushda qirol sharmandalarcha mag‘lub bo‘ldi. Gersog Karl Jasur qo‘ygan shartlarga asosan sulh imzolandi. Biroq shundan so‘ng qirol Lyudovik XI ayyorona yo‘l tutib, gersogning qo‘shinlari va ishongan kishilarini o‘z tarafga og‘dirdi. Ularni o‘z xo‘jayini gersogga qarshi gijgijladi. Oqibatda Burgundiya gersogi Karl Jasur o‘ldirildi. Qirol asosiy raqibi tor-mor etilganidan so‘ng qolgan raqiblaridan birin-ketin shafqatsiz o‘ch oldi. Natijada Fransiyada bu davrda yuz bergan o‘zaro qarama-qarshiliklarga yakun yasaldi. Urushda qirol to‘liq g‘alaba qozondi.
Qirol Lyudovik XI
Shundan so‘ng Karl Jasurga tegishli katta yer-mulklar qirol Lyudovik XI ixtiyoriga o‘tdi. Fransiya janubidagi Marsel shahri ham butunlay qirolga bo‘ysundirildi. Birgina Bretan gersogligi bu davrda o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Lekin Lyudovik XI ning vorislari davrida bu hudud ham qirol yer-mulklari qatoriga kiritildi. Shunday qilib, XV asr oxiriga kelib Fransiyani birlashtirish jarayoni yakunlandi.
BUNI YODDA SAQLANG!
Feodal tarqoqlik yoki siyosiy parokandalik – bu davlatning mayda-mayda mulklarga yoki siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil hududlarga bo‘linib ketishi hamda ularning muayyan bir masalalarda o‘z xohishlaricha ish tutishidir. Feodal tarqoqlik yoki siyosiy parokandalik bu o‘zaro urushlarning asosiy manbayi bo‘lib, butun mamlakatning parchalanishiga yoki boshqa bir davlat qaramligiga tushishiga olib kelishi mumkin.
FRANSIYADA MARKAZLASHGAN DAVLATNING QAROR TOPISHI
Fransiyani birlashtirish jarayonida qirol vakolatlari kuchayib, mutlaq hokimiyat qaror topa boshladi. Qirol Lyudovik XI mamlakatda oqilona siyosat olib bordi. U ritsarlar va yollanma askarlardan tashkil topgan doimiy qo‘shin tuzdi. Qo‘shin ta’minoti uchun aholidan yig‘ib olinadigan yillik soliq joriy qilindi. Gersog va grafliklar o‘z mulklarini saqlab, o‘zlari tasarruf qilsalar-da, siyosiy mustaqilligi mavjud emas edi. Mamlakatning ichki va tashqi siyosatini qirolning o‘zi belgilar, davlat ishlarini o‘zi xohlaganidek idora etar, urush e’lon qilish, sulh tuzish masalalarini ham uning o‘zi hal qilar edi.
Davlat amaldorlari qiroldan maosh olib ishlar va unga so‘zsiz itoat etardi. Shu sababdan Lyudovik XI hazil tariqasida “men hamma maslahatchilarni otimning egarida olib yuraman” derdi. U davlatni o‘z xizmatidagi amaldorlar yordamida boshqarar edi. Shuning uchun uning davrida General shtatlarni chaqirishga ham ehtiyoj qolmadi. Lyudovik XI qirolligi davrida General shtatlarni bir marotaba chaqirdi xolos.
FRANSIYADA MARKAZLASHGAN DAVLATNING QAROR TOPISHI
Shunday qilib, Fransiyada markazlashgan davlat XV asr oxiriga kelib yanada mustahkamlandi, butun mamlakat yagona markaziy hokimiyatga – qirol hokimiyatiga bo‘ysundirildi. Fransiya toifaviy monarxiyadan mutlaq monarxiyaga aylandi.
MAMLAKATNI BIRLASHTIRISH NATIJALARI
Fransiyaning birlashtirilishi natijasida kuchli qirol hokimiyati yuzaga keldi. Dehqonlar, hunarmandlar va shaharliklar qirolga soliq to‘lay boshladilar. Kuchli qirol hokimiyati feodallarning qaram dehqonlar ustidan hukmronligini mustahkamladi. Qirol dehqonlar qarshiligini qo‘shin va amaldorlar yordamida bostirar edi.
Mamlakatda feodal tarqoqlikka barham berildi. Gersog va graflarning ko‘pchiligi yer-mulklarini o‘zlarida saqlab qolgan edilar, biroq urushdan avvalgi o‘zboshimchaligi va siyosiy mustaqilligi yo‘q edi. Feodallar o‘zboshimchalik bilan qishloq va shaharlarni talamaydigan bo‘ldi. Savdogarlar butun mamlakat bo‘ylab xavfsiz savdo-sotiq olib bora boshladi.
TARIX YONDAFTAR- CHANGIZGA KIRITING!
Markazlashgan davlat – butun mamlakatning yagona hokimiyat qo‘l ostida birlashtirilishi.
Qirol shaharlarning yuksalishi va savdo-sotiqning rivojlanishiga homiylik qildi. Italiyadan ipak gazlama to‘qiydigan mohir ustalar olib kelindi. Ular Fransiyaning Lion shahriga joylashtirildi. Shu davrdan boshlab Lion Fransiyaning shoyi ishlab chiqarish va to‘qimachilik markaziga aylana boshladi. Fransiyada yagona pul, o‘lchov va og‘irlik birliklari joriy etildi. Mamlakatda ulkan savdo floti tashkil qilindi. Qirol homiyligi va yordamida fransuz savdogarlari turli xorijiy mamlakatlarda ham savdo-sotiq ishlarini olib bordi.
Mutlaq monarxiya – davlatda hukmdorning yakka boshqaruv shakli. Bunda monarx cheklanmagan hokimiyat va vakolatlarga ega bo‘ladi. ATAMALAR
2. Nima uchun mamlakatni birlashtirish zaruriyati vujudga keldi?
3. Yuz yillik urushdan keyin Fransiya iqtisodiyoti, xo‘jaligi va kishilar turmush tarzi qanday o‘zgarganligini tushuntiring.
Muhim sanalar
- 1471–1475-yillarda — Yuz yillik urushdan keyin 1471–1475-yillarda Fransiya qiroli Lyudovik XI (1461–1483) va Burgundiya gersogi Karl Jasurning o‘zaro to‘qnashuvlari bo‘lib o‘tgan va tarixga Frank-Burgund urushlari nomi bilan kirgan.
- XV asr — Shunday qilib, XV asr oxiriga kelib Fransiyani birlashtirish jarayoni yakunlandi.
- XV asr — Shunday qilib, Fransiyada markazlashgan davlat XV asr oxiriga kelib yanada mustahkamlandi, butun mamlakat yagona markaziy hokimiyatga – qirol hokimiyatiga bo‘ysundirildi.
Bilimingizni sinang
Yuz yillik urushdan keyin viloyatlar savdosida shimoldan janubga surp, jun, temir va tuz keltirilgan. Janubdan shimolga nimalar olib borilgan?
- Surp, jun va temir
- Temir, tuz va jun
- G‘alla, tuz va mato
- Zaytun moyi va vino
To‘g‘ri javob: Zaytun moyi va vino. Janubdan shimolga zaytun moyi va vino olib borib sotilgan.
Burgundiya gersogi Karl Jasur bilan Frank-Burgund urushlarida to‘qnashgan Fransiya qiroli kim edi?
- Filipp VI
- Karl VII
- Ioann Saxiy
- Lyudovik XI
To‘g‘ri javob: Lyudovik XI. Frank-Burgund urushlarida Karl Jasurga qarshi Fransiya qiroli Lyudovik XI kurashgan.
Lyudovik XIga qarshi zodagonlar tuzgan va Karl Jasur boshchilik qilgan ittifoq qanday nomlangan?
- Jakeriya ittifoqi
- Muqaddas liga
- Jamiyat baxt-saodati
- Oq nilufar ittifoqi
To‘g‘ri javob: Jamiyat baxt-saodati. Zodagonlar qirolga qarshi Jamiyat baxt-saodati ittifoqini tuzgan, rahbari Karl Jasur edi.
Fransiya qiroli Lyudovik XI va Burgundiya gersogi Karl Jasurning Frank-Burgund urushlari qaysi yillarda bo‘lib o‘tgan?
- 1337–1453-yillarda
- 1461–1483-yillarda
- 1471–1475-yillarda
- 1498–1515-yillarda
To‘g‘ri javob: 1471–1475-yillarda. Yuz yillik urushdan keyin 1471–1475-yillarda Frank-Burgund urushlari bo‘lib o‘tgan.
Lyudovik XI ga qarshi zodagonlar tuzgan ittifoq qanday nomlangan?
- “Jamiyat baxt-saodati”
- “Qirol himoyasi”
- “Gersoglar ittifoqi”
- “Umumxalq kengashi”
To‘g‘ri javob: “Jamiyat baxt-saodati”. Zodagonlar “Jamiyat baxt-saodati” deb nomlangan ittifoq tashkil etgan.
Burgundiya gersogi Karl Jasur mamlakatda nechta qirol bo‘lishini xohlagan?
- Ikkita
- Uchta
- To‘rtta
- Oltita
To‘g‘ri javob: Oltita. U bitta qirol o‘rniga oltita qirol bo‘lishini xohlagan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Frank-Burgund urushlarining tugashi; 2) Lyudovik XI ning taxtga chiqishi; 3) Lyudovik XI ning vafoti; 4) Fransiyani birlashtirish jarayonining yakunlanishi.
- 2–1–3–4
- 1–2–3–4
- 2–1–4–3
- 2–3–1–4
To‘g‘ri javob: 2–1–3–4. Lyudovik XI 1461-yilda taxtga chiqdi, urushlar 1471–1475-yillarda bo‘ldi, qirol 1483-yilda vafot etdi, birlashtirish XV asr oxirida yakunlandi.
Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Frank-Burgund urushlari 1461–1483-yillarda bo‘lib o‘tgan. II. Lyudovik XI ga qarshi zodagonlar tuzgan ittifoqning rahbari Burgundiya gersogi Karl Jasur edi. III. Bretan gersogligi Lyudovik XI vorislari davrida qirol yer-mulklari qatoriga kiritildi.
- faqat II
- I va II
- II va III
- I va III
To‘g‘ri javob: II va III. Frank-Burgund urushlari 1471–1475-yillarda bo‘lgan, shuning uchun I hukm noto‘g‘ri; II va III matnga mos.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash