XIV–XV asrlarda Angliya
SIZ BILIB OLASIZ:
- • Angliyada sulolaviy kurashlar. “Oq va qizil gullar urushi”.
ANGLIYANING IQTISODIY VA IJTIMOIY TARAQQIYOTI
Yuz yillik urush Angliya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazgan bo‘lsa-da, XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrda shahar hamda qishloqlar qayta rivojlana boshladi. Angliya Flandriya va Florensiya shaharlariga movut eksport qilardi. Savdogarlar ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga hissa qo‘shishdi. Bu davrda Angliyada mahalliy sanoat ishlab chiqarishi juda yaxshi rivojlana boshladi. Shaharlar, xususan, Londonda aholining o‘sishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirib yubordi. Bu esa shahar va qishloqlar hayotidagi uzviylikni ta’minladi.
Ingliz lordlari o‘z yerlarida qaram dehqonlarning ishlab berish majburiyatini pul hisobida yuritishga o‘tdilar. Lordlar o‘z yerlarini ijaraga berib, ijara haqini pul ko‘rinishida olardilar. Asta-sekin jamiyatda dehqonlarning qo‘lida ortiqcha pul va mahsulot paydo bo‘lishi natijasida qaram dehqonlar ozod dehqonlarga aylanishdi. Biroq ba’zi grafliklarda, jumladan, Kent grafligida dehqonlarning yerlari juda kam bo‘lib, yirik mulkdorlar katta-katta yerlarni egallab ola boshladilar. Bu dehqonlar orasida norozilikka sabab bo‘ldi. Buning ustiga Yevropada dahshatli qora o‘lat (vabo) tarqalib, mamlakat aholisining katta qismi qirilib ketdi. Ishchi kuchi kamayib, shahar va qishloqlarda rivojlanish to‘xtab qoldi.
IJTIMOIY ZIDDIYATLARNING KUCHAYISHI
Mamlakatda iqtisodiy ahvolni yaxshilash hamda davlat xazinasini to‘ldirish maqsadida 1377-yili ingliz parlamenti Angliya tarixida birinchi marotaba jon solig‘ini joriy qildi. Ushbu voqea Richard II hukmronligi davrida yuz berdi. Unga ko‘ra 14 yoshdan yuqori barcha erkak va ayollar mulkiy ahvolidan qat’i nazar ushbu soliqni to‘lashga majbur edilar. Buning ustiga 1380-yilda jon solig‘i 3 barobarga oshirildi.
Soliqlarning ko‘pligi, ularni yig‘ishdagi nohaqliklar va turmushdagi ijtimoiy hamda iqtisodiy qiyinchiliklar dehqonlar hamda boshqa aholi qatlamlarining qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Xususan, Oksford universitetining professori, faylasuf va ruhoniy Jon Viklif cherkovni isloh qilish talabi bilan chiqdi. U “qirol davlatni papa nomidan emas, balki Xudoning nomi bilan boshqaradi”, deb ta’kidlar edi hamda Angliyaning papaga soliq to‘lashiga qarshi chiqdi. Bu davrda butun Yevropa lotin tilida ibodat qilar edi. U Injilni ingliz tiliga tarjima qildi va har bir fuqaro ingliz tilida ibodat qilishi kerak, degan fikrni ilgari surdi.
IJTIMOIY ZIDDIYATLARNING KUCHAYISHI
Jon Viklif ma’ruzalari shaharliklar, xususan, London aholisi orasida katta shuhrat qozondi. Uning tarafdorlaridan biri Jon Boll ham xalq orasida katta nufuzga ega edi. U o‘z targ‘ibotlarida “Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytda kim zodagon bo‘lgan?” deb ta’kidlar hamda dvoryanlarga keskin qarshiliklar qilar edi. Jon Boll Kenterberi arxiyepiskopi buyrug‘i bilan qamoqqa olindi. Xuddi shu davrda sabr kosasi to‘lgan xalq yangi qo‘zg‘olonga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
BILAG‘ONLAR UCHUN
Jon Viklif – faylasuf, ilohiyotchi va ruhoniy. Oksford universitetida tahsil olgan va shu yerda dars bergan. U katolik cherkovining dastlabki tanqidchilaridan biri bo‘lib, uni keng qamrovli isloh qilish masalasini ko‘targan. Papa va cherkovning noqonuniy ishlariga qarshi chiqqan. Jon Viklifning g‘oyalari Angliya va Yevropa tarixiga katta ta’sir ko‘rsatgan va keyingi asrlarda ham ko‘plab islohotchilarni ilhomlantirgan.
Qirol Richard II ning qo‘zg‘olonchilar bilan uchrashuvi
UOT TAYLER QO‘ZG‘OLONI
Angliya shaharlarida soliq yig‘uvchilarning adolatsizliklari avj olib ketdi. Xalq qo‘zg‘olon ko‘tardi. Tarixga Uot Tayler qo‘zg‘oloni nomi bilan kirgan bu voqea 1381-yil Esseks grafligida boshlandi. Dehqonlar bu yerda soliq yig‘uvchilarning bir nechtasini o‘ldirishdi, qolganlarini haydab yuborishdi. Qo‘zg‘olonga qishloq hunarmandi Uot Tayler (tayler ingliz tilida tunukasoz ma’nosini bildiradi) rahbarlik qildi. U Yuz yillik urushda qatnashgan va harbiy qobiliyati bor edi. 1381-yilda Jon Boll qamoqdan ozod qilindi va u ham qo‘zg‘olon rahbarlaridan biriga aylandi.
Qo‘zg‘olon boshqa grafliklarga ham ko‘chib, 40 ta graflikdan 25 tasi qatnashdi. Qo‘zg‘olonchilar Uot Tayler boshchiligida Londonga borishdi. Shahar kambag‘allari qo‘zg‘olonchilarga darvozani ochib berdilar. Ular ba’zi amaldorlarning uylariga o‘t qo‘yishdi, ba’zilarini o‘ldirishdi. Qo‘rqib ketgan yosh qirol Richard II Londondagi Tauer qal’asiga yashirinib oldi. Biroq qo‘zg‘olonchilarning talabiga ko‘ra qirol ular bilan uchrashishga va kelishuv olib borishga, ularning shartlarini qabul qilishga majbur bo‘ldi.
UOT TAYLER QO‘ZG‘OLONI
Qo‘zg‘olonchilar qirolga o‘z shartlarini qo‘ydilar. Bunga asosan qirol qo‘zg‘olonchilar tomonidan talab qilingan “Mayl End” hamda “Smitfild” dasturlarini qabul qildi.
“Mayl End” dasturiga ko‘ra dehqonlar qaramligi bekor qilinishi, qo‘zg‘olonchilarga umumiy afv e’lon qilish, savdo-sotiq ishlariga erkinlik berish, 1 akr yer uchun 4 pens miqdorida ijara haqi belgilash ko‘zda tutilgandi.
Qirol bu talablarni qabul qilishga majbur bo‘ldi. Uning va’dalariga ishongan bir guruh qo‘zg‘olonchilar shaharni tashlab ortga qaytdilar. Uot Tayler boshchiligidagi guruh esa muzokaralarni davom ettirish uchun Londonda qoldi. “Smitfild” dasturiga ko‘ra esa dehqonlarga cherkov yerlaridan ajratish, jamoa yerlaridan erkin foydalanish va toifaviy tabaqalarni yo‘q qilish talablari qo‘yildi. Biroq ikkinchi muzokara vaqtida Uot Tayler o‘ldirildi. Rahbarsiz qolgan qo‘zg‘olonchilar shahardan haydab yuborildi va ulardan ayovsiz o‘ch olindi. Shu tariqa xalq qo‘zg‘oloni bostirildi.
QO‘ZG‘OLONNING AHAMIYATI
Uot Tayler boshchiligidagi qo‘zg‘olon o‘rta asrlardagi boshqa harakatlar singari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sababi qo‘zg‘olonning aniq harakat dasturi yo‘q, ishtirokchilar harbiy ta’limga ega emas hamda yetarlicha qurol bilan ta’minlanmagan edi. Bundan tashqari, qo‘zg‘olon rahbarlarining diplomatik va strategik qobiliyatlari yo‘q bo‘lib, aniq taktik reja asosida ish olib borishmadi, amaldorlarning yolg‘onlariga ishonishdi.
Dehqonlar jiddiy tayyorgarliksiz qo‘zg‘olon ko‘tardilar, shuningdek, oddiy xalqning uzoq vaqt davomida kurash olib borishga madori va xohishi yo‘q edi. Shunga qaramay, qo‘zg‘olon ingliz dehqonlarining keyingi taqdirida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Dehqonlar manfaatlariga qarshi qonun-qoidalar yumshatildi. Butun XV asr davomida barcha dehqonlar ozodlikni qo‘lga kiritdilar. Ularning ko‘pchiligi erkin dehqonlarga aylandi. Ozod dehqonlarning yerlardan foydalanganlik uchun mulkdorlarga to‘lanadigan haqlari aniq belgilandi. Bu qo‘zg‘olon boshqa Yevropa mamlakatlariga o‘ziga xos saboq bo‘ldi.
QO‘ZG‘OLONNING AHAMIYATI
ANGLIYADA SULOLAVIY KURASHLAR.
1399-1485
Lankasterlar sulolasi ramzi
1399 -yilda Angliya taxtiga Lankasterlar sulolasi kelgan edi. Xalq ommasida ushbu sulolaga nisbatan ishonchsizlik va norozilik mavjud edi. Bundan Yorklar sulolasi foydalanib, hokimiyat tepasiga kelishga harakat qildi. Angliyada barcha feodallar ushbu ikki sulola tarafdorlariga aylanib, ular o‘rtasida urush boshlandi. Bu sulolaviy kurashlar yuz yillik urushdan so‘ng, 1455–1485-yillarda bo‘lib o‘tdi va 30 yilga cho‘zildi.
Yorklar xonadoni ramzi
Lankasterlar sulolasi bayrog‘ida qizil, Yorklar xonadoni bayrog‘ida oq atirgul tasviri tushirilgan edi. Shuning uchun bu urush tarixga “Oq va qizil gullar urushi” nomi bilan kirdi. Ushbu urushda oddiy aholining 1/4 qismi hamda yirik zodagonlarning ko‘pchiligi qirilib ketdi.
1399-1485
Tyudorlar sulolasi ramzi
Nihoyat, 1485-yilda Bosvort shahri yaqinida bo‘lib o‘tgan jangda Yorklar xonadoni mag‘lubiyatga uchradi. Urushda har ikki sulolaning yirik vakillari halok bo‘lgan edi. Shuning uchun Lankasterlar xonadonini qo‘llab-quvvatlagan Genrix VII Tyudor Angliya qiroli sifatida taxtga o‘tirdi. U yorklar sulolasidan Eduard IV ning qiziga uylanib, o‘z gerbida qizil va oq atirgullarni birlashtirdi. Angliya tarixida yangi sulola davri boshlandi.
QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN
Angliyada Lankasterlar sulolasidan Genrix IV hukmronligi yillarida Sohibqiron Amir Temurning dovrug‘i allaqachon G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga tarqalgan edi. Yevropa hukmdorlari Usmoniy turklar imperiyasi tahdididan xavfsirab o‘sha davrdagi eng shavkatli hukmdor Amir Temur bilan hamkorlik o‘rnatishga harakat qilganlar. O‘z navbatida, Amir Temur uchun ham G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlar o‘rnatish manfaatli edi. Shu sababli bu ikki hukmdor o‘rtasida 1403-yilda o‘zaro maktublar almashildi. Arxiyepiskop Ioann Amir Temurning G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi elchisi sifatida 1403-yilda Sohibqironning maktubini Angliya qiroli Genrix IV ga yetkazadi.
QO‘SHIMCHA O‘QISH UCHUN
yaratmoq niyatida ekanimizni bildirmoqchimiz. Bu so‘zlarni, ulug‘ hukmdor, sizga bo‘lgan do‘stligimiz belgisi tariqasida aytarkanmiz, iltifot bilan so‘rardikki, bundan buyon bizning savdogarlarimiz sizning yer laringizda xavf-xatarsiz, emin-er kin yurishlari uchun sharoit yaratib bergaysiz”, degan so‘zlar bitilgan edi (Lyus-
Saidovning “Amir Temur
va Fransiya” kitobidan). Angliya bilan aloqalar o‘rnatib, savdo-sotiqni jonlantirishda temuriy shahzoda Mironshohning ulkan tashabbusi bor edi. Mironshoh G‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida xristian ruhoniy va savdogarlarining daxlsizligini ta’minlashga harakat qildi. Chunki Amir Temurning G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga yo‘llagan elchilari Mironshohga qarashli hududlar orqali o‘tgan. Ta’kidlash kerakki, Amir Temur va Temuriylar saltanatida millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik masalalariga ustuvor ahamiyat berilgan.
Qirol Genrix IV
Angliya qirolining shu yili Amir Temurga yozgan javob maktubida “o‘zaro aloqalarimiz doirasini kengaytirish, mamlakatlarimiz savdogarlarining bir-birlari bilan qadimda ota-bobolarimiz davrida bo‘lganidek hamkorliklarini tiklamoq va bunga shart-sharoit
IZOHI
Akr – yer o‘lchov birligi. 1 akr 40 sotixga teng yer maydoni. O‘rta asrlarda akr dastlab bir dehqonning bir ho‘kiz bilan bir kunda haydashi mumkin bo‘lgan va ekin ekilgan yer maydonini bildirgan.
Pens yoki penni – Angliyada pul birligi hisoblanib, asosan mayda tanga pullarga nisbatan ishlatilgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1377-yili — Mamlakatda iqtisodiy ahvolni yaxshilash hamda davlat xazinasini to‘ldirish maqsadida 1377-yili ingliz parlamenti Angliya tarixida birinchi marotaba jon solig‘ini joriy qildi.
- 1380-yilda — Buning ustiga 1380-yilda jon solig‘i 3 barobarga oshirildi.
- 1381-yil — Tarixga Uot Tayler qo‘zg‘oloni nomi bilan kirgan bu voqea 1381-yil Esseks grafligida boshlandi.
- 1381-yilda — 1381-yilda Jon Boll qamoqdan ozod qilindi va u ham qo‘zg‘olon rahbarlaridan biriga aylandi.
- 1403-yilda — Shu sababli bu ikki hukmdor o‘rtasida 1403-yilda o‘zaro maktublar almashildi.
- 1403-yilda — Arxiyepiskop Ioann Amir Temurning G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi elchisi sifatida 1403-yilda Sohibqironning maktubini Angliya qiroli Genrix IV ga yetkazadi.
- 1455–1485-yillarda — Bu sulolaviy kurashlar yuz yillik urushdan so‘ng, 1455–1485-yillarda bo‘lib o‘tdi va 30 yilga cho‘zildi.
- 1485-yilda — Nihoyat, 1485-yilda Bosvort shahri yaqinida bo‘lib o‘tgan jangda Yorklar xonadoni mag‘lubiyatga uchradi.
- XIII asrning — Yuz yillik urush Angliya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazgan bo‘lsa-da, XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrda shahar hamda qishloqlar qayta rivojlana boshladi.
- XIV asrda — Yuz yillik urush Angliya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazgan bo‘lsa-da, XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrda shahar hamda qishloqlar qayta rivojlana boshladi.
Bilimingizni sinang
Nima natijasida XIV asrda Angliyada qaram dehqonlarning bir qismi ozod dehqonlarga aylandi?
- Dehqonlar qo‘lida ortiqcha pul va mahsulot paydo bo‘lishi natijasida
- Lordlarning yerlarni dehqonlardan tortib olishi natijasida
- Yuz yillik urush davrida dehqonlarga yer ulashilishi natijasida
- Kent grafligida yirik mulkdorlar yerlarining kengayishi natijasida
To‘g‘ri javob: Dehqonlar qo‘lida ortiqcha pul va mahsulot paydo bo‘lishi natijasida. Lordlar ishlab berish majburiyatini pul hisobiga o‘tkazgach, dehqonlarda ortiqcha pul va mahsulot to‘plana boshladi va qaram dehqonlar ozodlikka chiqdi.
Angliya parlamenti tarixda birinchi marta jon solig‘ini qaysi yilda joriy qildi?
- 1377-yili
- 1371-yili
- 1384-yili
- 1389-yili
To‘g‘ri javob: 1377-yili. Davlat xazinasini to‘ldirish maqsadida 1377-yili ingliz parlamenti birinchi marotaba jon solig‘ini joriy qildi.
1377-yilda Angliyada jon solig‘i joriy qilingan davrda qaysi qirol hukmronlik qilgan?
- Genrix IV
- Eduard IV
- Richard II
- Genrix V
To‘g‘ri javob: Richard II. Jon solig‘ining joriy etilishi Richard II hukmronligi davrida yuz berdi.
Angliyada jon solig‘i 3 barobarga oshirilgan yil qaysi?
- 1383-yilda
- 1380-yilda
- 1378-yilda
- 1385-yilda
To‘g‘ri javob: 1380-yilda. 1380-yilda jon solig‘i 3 barobarga oshirildi, bu soliq og‘irligi dehqonlar noroziligini kuchaytirdi.
Oksford universitetining professori, faylasuf va ruhoniy bo‘lib, cherkovni isloh qilish talabi bilan chiqqan va Injilni ingliz tiliga tarjima qilgan shaxs kim?
- Tomas Mor
- Uot Tayler
- Jon Boll
- Jon Viklif
To‘g‘ri javob: Jon Viklif. Jon Viklif Oksford professori va ruhoniy bo‘lib, cherkovni isloh qilishni talab qildi va Injilni ingliz tiliga tarjima qildi.
Ingliz parlamenti Angliya tarixida birinchi marotaba jon solig‘ini qaysi yili joriy qildi?
- 1377-yili
- 1380-yili
- 1381-yili
- 1399-yili
To‘g‘ri javob: 1377-yili. Jon solig‘i 1377-yili joriy qilingan.
Jon solig‘i joriy qilingan davrda Angliyani qaysi qirol boshqargan?
- Genrix IV
- Richard II
- Genrix VII
- Eduard IV
To‘g‘ri javob: Richard II. Bu voqea Richard II hukmronligi davrida yuz bergan.
Jon solig‘i bo‘yicha qaysi yoshdan yuqori barcha erkak va ayollar uni to‘lashga majbur edi?
- 10 yoshdan
- 12 yoshdan
- 14 yoshdan
- 18 yoshdan
To‘g‘ri javob: 14 yoshdan. 14 yoshdan yuqori barcha erkak va ayollar mulkiy ahvolidan qat’i nazar soliq to‘lagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash