Italiya: shahar-respublikalar va Rim papalari davlati
SIZ BILIB OLASIZ:
- • “Buyuk ajralish” – Rim cherkovining uch papasi.
MAMLAKATNING IQTISODIY VA SIYOSIY TARAQQIYOTI
rta asrlarda Italiya siyosiy va iqtisodiy jihatdan beqaror mamlakat edi. Uning shimoliy qismida Lombardiya viloyati va Toskaniya shaharlari joylashgan bo‘lib, Genuya va Venetsiya shahar-respublikalari bu yerning eng yirik savdo va iqtisodiy markazlari edi. Milan va Florensiya shaharlarida esa sanoat rivojlangandi.
Italiyaning markazi Papa davlati deb nomlanib, bu yer savdo-sotiq ham, hunarmandchilik ham rivojlanmagan qoloq hudud edi. Aholining bir qismi ruhoniy va ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish, bir qismi esa dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Italiya janubidagi Sitsiliya qirolligi fransuz zodagonlari hukmronligi ostida edi. Ular Janubiy Italiyaning arab mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlariga jiddiy ziyon yetkazardi. Shuning uchun ham xalq bu yerdagi fransuz amaldorlari siyosatidan norozi edi. 1282-yili sitsiliyaliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib, oroldagi ajnabiylarni qirib tashladilar. Qo‘zg‘olonchilarga namoyishni boshlash uchun belgi sifatida oqshom mahali qo‘ng‘iroq chalingan. Bu voqea tarixga “Sitsiliya oqshomi” nomi bilan kirgan.
MAMLAKATNING IQTISODIY VA SIYOSIY TARAQQIYOTI
Venetsiya savdo qirg‘og‘i
XIII
asrdayoq Venetsiya respublikasi Italiyadagi ulkan dengiz davlati mavqeyiga erishgan edi. Uni “Adriatika malikasi” deb atashar edi. Venetsiyada 200 ming aholi istiqomat qilardi. Adriatika dengizi sohillaridagi hududlar, Egey dengizidagi Evbeya oroli, Kiklad orollarining bir qismi, Krit oroli va XV asrdan boshlab Kipr oroli Venetsiya respublikasi tarkibiga kirgan.
Venetsiya respublikasi XV asrga kelib O‘rta dengizning (ba’zi adabiyotlarda O‘rtayer dengizi deb ham ataladi) sharqiy qismida savdo monopollariga aylandilar. Vizantiya, Misr, Suriya, Egey dengizi orollari savdo-sotiq borasida Venetsiyaga qaram edilar. Venetsiya savdo kemalari Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Angliya va Niderlandiyaga qatnab turardi.
XIII
Venetsiyada sanoat sohasi ham rivojlangan edi. Venetsiya movutlari, ipak gazlamalari, oynasi, qurol-yarog‘lari, kahrabodan ishlangan turli nozik va qimmatbaho buyumlar Sharq va G‘arb bozorlarida xaridorgir edi. Venetsiya shahar-respublikasi G‘arbiy Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarida vositachilik qilgan. Venetsiyaning oltin dukatlari Yevropada pul muomalasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi va ko‘p asrlar davomida ular ushbu qit’ada xalqaro pul vazifasini ham bajardi.
Venetsiyaning asosiy raqibi O‘rta dengizning g‘arbiy yarmida hukmronlik qilgan Genuya shahar-davlati edi. Bu ikki shahar-respublikalar savdo-sotiq va siyosiy raqobat sababli uzoq vaqt davomida o‘zaro urush olib bordilar. O‘zaro kurash bir asr davom etdi.
XIII
1380-yilda Venetsiya respublikasi Genuya flotini tamomila mag‘lub qildi. Shu davrdan boshlab genuyaliklarning O‘rta dengiz sharqiy qismidagi siyosiy va iqtisodiy hukmronligi barham topdi. Venetsiya floti va savdo kemalari esa Qora dengizga ham kirish huquqiga ega bo‘ldi.
Venetsiya savdo-oligarxiya respublikasi edi. Venetsiya respublikasini saylab qo‘yiladigan doj boshqargan. Venetsiya dojlarining rasmiy hukumati senat hisoblangan.
Venetsiyadagi dojlar saroyi Italiya gotika me’morchiligining ajoyib yodgorligi edi. Uning qurilishi dastlab IX asrdan boshlanib, 1309–1424-yillarda hozirgi ko‘rinishga keltirilgan. Venetsiyaning bu asosiy binosi birinchi navbatda respublika dojlarining qarorgohi edi. Saroyda Buyuk kengash va Senat, Oliy sud, politsiya, advokatlar idoralari va boshqa tashkilotlar joylashgan edi.
XIII
Venetsiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo Osiyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirgan. Sayohati davomida ko‘rgan-kechirganlari haqida “Marko Polo kitobi”ni yozgan.
Venetsiyaning asosiy maydoni
FLORENSIYA RESPUBLIKASI
rta asrlarda Italiyaning yirik sanoat va madaniyat markazi hisoblangan Florensiya respublikasi Arno daryosi sohillarida joylashgan edi. Maftunkor go‘zalligi, noyob me’morchiligi hamda jozibador madaniyati uchun shaharni “Italiya Afinasi” deb ta’riflashgan.
Florensiya sanoatining asosiy boyligi movut bo‘lib, bu yerda yetishtirilgan junning o‘zi yetarli emasligi uchun Ispaniya, Janubiy Italiya, hatto Angliya va Shotlandiyadan olib kelingan. 1330-yilda Florensiyada 90 ming aholi istiqomat qilgan. Ularning asosiy mashg‘ulotlaridan biri movut ishlab chiqarish edi. Birgina XIV asrda Florensiyada 200 dan ortiq movut ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo‘lib, ularda o‘ng minglab to‘p movut tayyorlangan. Shuningdek, bu yerda ipak gazlama to‘qish, mo‘ynachilik va zargarlik hunarlari ham rivoj topgan edi.
Florensiya
Florensiya Italiyaning savdo, sudxo‘rlik va bank ishi markazi ham edi. Hatto Rim papalari o‘zlarining behisob boyliklarini Florensiya banklarida saqlashgan. Shuningdek, papalar nafaqat Italiya, balki butun Yevropada cherkov daromad va soliqlarini yig‘ishni florensiyalik bankirlarga topshirgan edi. Italiya shahar-respublikalari orasida Florensiya birinchi bo‘lib 1252-yilda oltin tanga zarb qilgan va ular xalqaro savdoda Venetsiya dukatlari bilan raqobatlashardi.
Florensiyada yirik zodagonlar hukmronligi uzil-kesil mustahkamlangan edi. Respublikaning oliy organi sinyoriya edi. Unga katta korxonalardan yettita, kichik korxonalardan ikkita vakil saylangan. Sinyoriya boshlig‘i adolat bayroqdori hisoblanib, qo‘shinning ham bosh qo‘mondoni edi.
Florensiya
XIV asrda Florensiyada iqtisodiy va siyosiy vaziyat og‘irlashdi. Yirik mulkdorlar orasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketdi. Shu jarayonda 1378-yilda yirik qo‘zg‘olon ham bo‘lib o‘tdi. Florensiya Italiyaning yirik madaniyat markazi ham edi. Bu yerda paydo bo‘lgan gumanistik g‘oyalar Yevropa Uyg‘onish davriga asos bo‘ldi.
GENUYA RESPUBLIKASI
enuya Italiyaning shimoli-g‘arbiy sohilida joylashgan dengiz respublikasi edi. Bu davlatga XI asrda asos solingan va 1797-yilgacha mavjud bo‘lgan. O‘z tarixi davomida Genuya respublikasi O‘rta dengiz va Qora dengiz bo‘ylab ko‘plab hududlar, jumladan, Korsika, Monako, Lesbos va Xios orollaridan tashkil topgan edi. Genuya floti asrlar davomida respublikaning boyligi va qudratida asosiy rol o‘ynagan hamda uning ahamiyati butun Yevropada tan olingan.
O‘rta dengizdagi hukmronlik uchun Genuya respublikasining asosiy raqibi Venetsiya respublikasi edi. 1298-yilda genuyaliklar Venetsiya flotini mag‘lub etishdi. To‘qnashuvda venetsiyalik doj va Marko Polo asir tushib qoldi. U asirlikda o‘zining Piza shahridan qilgan sayohati tarixini aytib berdi.
GENUYA RESPUBLIKASI
Genuyaning Venetsiya bilan oxirgi yirik to‘qnashuvi 1380-yilda ro‘y berib, venetsiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
NING BEKOR QILINISHI
Italiya dehqonlari yirik mulkdorlarga bevosita qaram bo‘lmay, balki ularga yer orqali bog‘langan edi. Dehqon xohlagan vaqtida yerdan, istiqomat qilib turgan joyidan va o‘z xo‘jayinidan voz kechib keta olardi. Shuning uchun Italiyada dehqonlar qaramligining bekor bo‘lishi boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan tezroq va nisbatan oson kechdi. Dehqonlarning ozod bo‘lishi Italiya shimolida XIII asrda, janubiy shahar-respublikalarda esa XIV–XV asrlarda yuz berdi.
“BUYUK BO‘LINISH” – RIM CHERKOVINING UCH PAPASI
Nafaqat Italiya, balki butun Yevropa tarixida Rim papalari muhim ahamiyatga ega edi. Papalar Italiyadagi Papa davlati – Vatikandan turib butun katolik cherkovi, hatto Yevropa qirollari ustidan hukm o‘tkazar, soliqlarni yig‘ib olishar edi. Biroq fransuz qirollarining tazyiqi bilan papa o‘z qarorgohini Avinyonga ko‘chirganidan so‘ng ularning nufuziga va siyosiy ta’siriga katta putur yetdi.
1377-yilda papa Grigoriy XI Avinyondan Rimga ko‘chib keldi va 1378-yilda shu yerda vafot etdi. Yangi papa saylanish jarayonida Italiya va
Fransiya kardinallari o‘zaro tortishib ikkita nomzod ko‘rsatishdi. Italiyaliklar Urban VI ni, fransuzlar esa Kliment VII ni papa qilib sayladilar. Shu tariqa katolik cherkovida ikkita papa hukmronligi boshlandi. Ulardan papa
“BUYUK BO‘LINISH” – RIM CHERKOVINING UCH PAPASI
Urban VI Rimda, papa Kliment VII esa Avinyon shahrida qarorgoh tutishgan edi. Yevropaning boshqa mamlakatlari ham bu borada ikkiga bo‘linib, ularning ayrimlari italiyalik papani, ayrimlari esa fransuz papasini tan olardi.
Shundan so‘ng cherkov yakka papalikni ta’minlash uchun 1409-yilda Italiyaning Piza shahrida katta yig‘in chaqirdi. Ushbu yig‘ilishda har ikkala papa ham o‘z hokimiyatidan ixtiyoriy ravishda voz kechmadi. Shuning uchun yig‘ilish ishtirokchilari Aleksandr V ni yangi papa qilib sayladilar. Natijada katolik cherkovida rasman uchta papa hukmronlik qildi. Bu voqea tarixga “Buyuk bo‘linish” nomi bilan kirdi. Shundan so‘ng 1418-yilda o‘tkazilgan navbatdagi cherkov yig‘ilishida har uchala papa ham ag‘darib tashlandi va Martin V ni yangi papa sifatida sayladilar. Uning hokimiyati rasman tan olindi va qarorgohi Rim shahri bo‘lib qoldi. Shunday qilib papalarning “buyuk bo‘linishi”ga barham berildi.
Piza shahri
Doj (yunon tilida rahbar, graf ma’nosini bildiradi) – VIII–XVIII asrlarda Venetsiya respublikasining saylangan rahbari. Bu vaqtda Venetsiyada 120 ta dojlar rahbarlik qilishgan. Ular Venetsiyadagi eng boy va nufuzli oilalardan saylangan.
IZOHI
Dukat (italyancha “ducato” – gersog ma’nosini bildiradi) – oltin va kumush tangalar bo‘lib, Italiya davlatlarining pul birligidir. Dukatlar birinchi marta 1284-yilda Venetsiya respublikasi tomonidan Florensiya pullariga taqlid sifatida chiqarilgan.
1252
Kardinal (lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, asos, yurak ma’nosini anglatadi) – katolik cherkovining Rim papasidan keyingi eng oliy ruhoniysi.
Sinyoriya – XIII–XIV asrlarda Italiya shahar-davlatlarida hokimiyat boshqaruvi tizimi va idorasi.
1. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti qanday jarayonlarga bog‘liq ravishda kechdi?
Muhim sanalar
- 1252-yilda — Italiya shahar-respublikalari orasida Florensiya birinchi bo‘lib 1252-yilda oltin tanga zarb qilgan va ular xalqaro savdoda Venetsiya dukatlari bilan raqobatlashardi.
- 1282-yili — 1282-yili sitsiliyaliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib, oroldagi ajnabiylarni qirib tashladilar.
- 1284-yilda — Dukatlar birinchi marta 1284-yilda Venetsiya respublikasi tomonidan Florensiya pullariga taqlid sifatida chiqarilgan.
- 1298-yilda — 1298-yilda genuyaliklar Venetsiya flotini mag‘lub etishdi.
- 1309–1424-yillarda — Uning qurilishi dastlab IX asrdan boshlanib, 1309–1424-yillarda hozirgi ko‘rinishga keltirilgan.
- 1330-yilda — 1330-yilda Florensiyada 90 ming aholi istiqomat qilgan.
- 1377-yilda — 1377-yilda papa Grigoriy XI Avinyondan Rimga ko‘chib keldi va 1378-yilda shu yerda vafot etdi.
- 1378-yilda — Shu jarayonda 1378-yilda yirik qo‘zg‘olon ham bo‘lib o‘tdi.
- 1378-yilda — 1377-yilda papa Grigoriy XI Avinyondan Rimga ko‘chib keldi va 1378-yilda shu yerda vafot etdi.
- 1380-yilda — 1380-yilda Venetsiya respublikasi Genuya flotini tamomila mag‘lub qildi.
Bilimingizni sinang
Sitsiliyaliklar fransuz amaldorlariga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, oroldagi ajnabiylarni qirib tashlagan yil qaysi?
- 1262-yil
- 1252-yil
- 1282-yili
- 1302-yil
To‘g‘ri javob: 1282-yili. Sitsiliyaliklar 1282-yili qo‘zg‘olon ko‘tarib, oroldagi ajnabiylarni qirib tashladilar.
Sitsiliyaliklarning oqshom mahali qo‘ng‘iroq chalinishi bilan boshlangan, oroldagi fransuz ajnabiylarni qirib tashlagan qo‘zg‘oloni tarixga qanday nom bilan kirgan?
- “Sitsiliya oqshomi”
- “Avliyo Varfolomey kechasi”
- “Florensiya qo‘zg‘oloni”
- “Neapol tongi”
To‘g‘ri javob: “Sitsiliya oqshomi”. 1282-yildagi sitsiliyaliklar qo‘zg‘oloni oqshom qo‘ng‘irog‘i belgisi bilan boshlangani uchun “Sitsiliya oqshomi” deb nomlandi.
Sitsiliyaliklar fransuz amaldorlariga qarshi qo‘zg‘olonni qaysi yili ko‘tarib, “Sitsiliya oqshomi”ni yaratdilar?
- 1282-yil
- 1298-yil
- 1309-yil
- 1380-yil
To‘g‘ri javob: 1282-yil. 1282-yili sitsiliyaliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib, oroldagi ajnabiylarni qirib tashlagan.
O‘rta asrlarda Italiyaning markazi qanday nomlangan?
- Lombardiya viloyati
- Toskaniya shahar-respublikasi
- Papa davlati
- Sitsiliya qirolligi
To‘g‘ri javob: Papa davlati. Italiyaning markazi Papa davlati deb nomlangan.
Sitsiliya qirolligida fransuz amaldorlariga qarshi 1282-yildagi qo‘zg‘olonning iqtisodiy sababi nima edi?
- Fransuz zodagonlari Sitsiliya dehqonlarini yerlaridan butunlay haydab yuborib, qishloqlarni vayron qilgani
- Fransuz zodagonlari Janubiy Italiyaning arab mamlakatlari bilan savdosiga jiddiy ziyon yetkazgani
- Papa davlati Sitsiliyadan cherkov soliqlarini ikki baravar oshirib, aholini qashshoqlashtirgani
- Venetsiya savdogarlari Sitsiliya portlarida monopoliyani qo‘lga olib, mahalliy savdoni to‘xtatgani
To‘g‘ri javob: Fransuz zodagonlari Janubiy Italiyaning arab mamlakatlari bilan savdosiga jiddiy ziyon yetkazgani. Fransuz zodagonlari Janubiy Italiyaning arab mamlakatlari bilan savdosiga ziyon yetkazgani uchun xalq ulardan norozi bo‘lib, 1282-yili “Sitsiliya oqshomi” qo‘zg‘olonini ko‘targan.
Italiyadagi ulkan dengiz davlati mavqeyiga erishgan Venetsiya respublikasi qanday nom bilan atalgan?
- “O‘rta dengiz malikasi”
- “Egey dengizi darvozasi”
- “Sharq marvaridi”
- “Adriatika malikasi”
To‘g‘ri javob: “Adriatika malikasi”. Venetsiya respublikasi Adriatika dengizi sohillarida ulkan dengiz davlatiga aylangani uchun uni “Adriatika malikasi” deb atashgan.
Venetsiya respublikasining o‘zida taxminan qancha aholi istiqomat qilgan?
- 200 ming
- 90 ming
- 300 ming
- 120 ming
To‘g‘ri javob: 200 ming. Venetsiyada 200 ming aholi istiqomat qilgan.
Venetsiya respublikasi qaysi asrga kelib O‘rta dengizning sharqiy qismida savdo monopolistiga aylandi?
- XV asrga
- XVII asrga
- XII asrga
- XIII asrga
To‘g‘ri javob: XV asrga. XV asrga kelib Venetsiya O‘rta dengiz sharqidagi savdoda monopol mavqega ega bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash