Pireney yarimoroli mamlakatlari: Ispaniya va Portugaliya
SIZ BILIB OLASIZ:
- • Kastiliya va Leon qirollarining Amir Temur bilan elchilik aloqalari.
PIRENEY YARIMOROLIDAGI DAVLATLAR
Arab xalifaligi 711–714-yillarda Pireney yarimorolidagi Vestgot qirolligini bo‘ysundirdi. Bu yarimorolda hozirgi Ispaniya, Portugaliya, Andorra davlatlari va Gibraltar hududi joylashgan. 756-yili Ispaniyada arab xalifaligidan ilk mustaqil amirlik tashkil topdi. X asrdan u Qurdoba amirligi deb atalgan. XII asrda Pireney yarimorolida Kastiliya, Navarra, Aragon va Portugaliya davlatlari yuzaga keldi. Arablarga qarshi uzoq vaqt olib borilgan kurashlar natijasida Ispaniya davlati tashkil topdi.
Al-Hamro saroyi GRANADA VA NAVARRA DAVLATLARI
ranada (G‘arnota) Ispaniyaning janubida joylashgan. U XI asrdan arablar qo‘l ostiga o‘tgan va 1238-yildan bu yerda Granada amirligi tashkil topgan. Bu Yevropadagi so‘nggi arab davlati va 1238-yildan 1492-yilgacha Pireney yarimoroli hududidagi so‘nggi islom davlati edi. Granada amirligining ispanlar tomonidan qayta bosib olinishi yarimorolda rekonkista jarayonini yakunladi. Granada amirligining qulashi xuddi Konstantinopolning qulashi kabi Yevropa davlatchiligi tarixida muhim bosqich bo‘ldi.
PIRENEY YARIMOROLIDAGI DAVLATLAR
XIII–XV asrlarda Granada siyosiy, madaniy va iqtisodiy markazlardan biri bo‘lgan. Ushbu amirlik tarkibiga Almeriya, Granada, Malaga viloyatlari va Kadisning eng sharqiy hududlari kirgan. 1492-yilda Granada amirligi qulaganidan keyin, uning hududi Kastiliya tojining bir qismiga aylandi.
Navarra davlati 905–1512-yillarda Pireney yarimorolidagi davlat bo‘lib, poytaxti Pamplona bo‘lgan. Navarraning birinchi qiroli Sancho Garsiya edi.
Navarra 1076–1134-yillarda Aragonga tobe bo‘lgan. XIII asr o‘rtalarida Navarrani fransuzlar egallagani uchun bu yerda ularning ta’siri kuchli bo‘lgan. Navarra iqtisodiy qoloq davlat hisoblangani bois XIII–XV asrlarda Pireney yarimorolida katta ta’sirga ega bo‘lmagan. 1512-yilda Navarrani aragonlik Ferdinand bosib olgan va u Ispaniya tarkibiga kirgan.
KASTILIYA QIROLLIGI
Kastiliya qirolligi Pireney yarimorolidagi muhim va eng katta hududga ega davlat hisoblangan. Bu qirollik rekonkista jarayonlarida ham juda faol ishtirok etgan. Bu yerda dehqonlar ham arablarga qarshi kurashda jonbozlik ko‘rsatishgan. Shuning uchun yirik zamindorlar ularga yon berishga majbur bo‘lishgan hamda ular nisbatan ertaroq qaramlikdan qutulishgan.
1252-1284
Yevropadagi toifa vakillarining ilk yig‘ini ham aynan Kastiliyada vujudga kelgan va kortes deb atalgan. Kortesning birinchi yig‘ilishi Kastiliyada 1137-yilda chaqirilgan. Unda dastlab ruhoniylar va zodagonlar ishtirok etgan bo‘lsa, keyinchalik, 1188-yildan shaharliklar va dehqonlarning vakillari ham qatnashish huquqiga ega bo‘lishgan. Kastiliyada qirol markazlashgan hokimiyat uchun boshqa Yevropa mamlakatlaridagi kabi zodagonlarga qarshi kurash olib bordi. Bu kurashda qirol ko‘proq shaharliklarga tayandi, mamlakatda hamma uchun barobar bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlashga harakat qildi. XIII asrda qirol Alfonso X “Huquqning yetti bo‘limi” deb nomlangan qonunlar to‘plamini yaratdi. Ushbu qonunlar to‘plamiga Rim huquqi asos qilib olingan bo‘lib, o‘rta asrlar Yevropa jamiyatidagi qonunlarning dastlabki umum- to‘plamlaridan biri edi. Shuningdek, u ispan tilida yirik asarlar va Ispaniya tarixini yozish, ilmiy matnlarni arab tilidan ispan tiliga tarjima qilish tashabbusi bilan chiqdi. Kastiliya tili keyinchalik ispan adabiy tiliga asos bo‘ldi.
MENING TARIXIY TADQIQOTLARIM
Qo‘shimcha ma’lumotlar asosida Angliyadagi parlament, Fransiyadagi General shtatlar va Ispaniyadagi Kortes tarixi hamda bugungi faoliyatini taqqoslab kichik loyiha tadqiqotini amalga oshiring. Loyiha tadqiqotingizni sinfda ko‘rgazmali vositalar bilan taqdimot qiling.
Qirol Alfonso X davrida Toledo maktabi Yevropa ilmiy tarjimashunosligining beshigiga aylandi. Bu yerda tarjima qilingan asarlar nafaqat Ispaniyada, balki butun Yevropada mashhur bo‘ldi. Italiya, Germaniya, Angliya yoki Niderlandiya kabi davlatlardan olimlar tarix, falsafa, tibbiy va diniy asarlarni tarjima qilish uchun Toledoga ko‘chib o‘tishdi. Ko‘plab olimlarni qirolning o‘zi turli mamlakatlardan yuqori maosh to‘lab ishga chaqirib oldi. Toledo tarjimashunoslik ilmiy maktabida Markaziy Osiyo olimlarining asarlari ham arab tilidan lotin va boshqa tillarga tarjima qilindi. Qirol Alfonso X Salamanka universitetida osmon jismlarini kuzatadigan yirik rasadxona qurdirdi, astronomik jadvallar tuzishda ishtirok etdi. Uning davrida mamlakatda qirol hokimiyatining nufuzi yuksaldi.
MENING TARIXIY TADQIQOTLARIM
Qirol Pedro I Yuz yillik urushda Angliya davlatining ittifoqchisi sifatida ishtirok etdi, yirik mulkdorlarga qarshi qattiq kurash olib bordi. Keyingi qirollar davrida mamlakatda markazlashgan hokimiyatning nufuzi pasaydi. Qirol hokimiyatini kortes qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi, biroq XIV–XV asrlarda korteslarning ham obro‘si tushib, juda kam yig‘iladigan bo‘lib qoldi.
ARAGON DAVLATIDAN ISPANIYA QIROLLIGIGA
Aragon qirolligining oltin tanga puli
Pireney yarimorolida Aragon federatsiya shaklidagi kichik bir davlat edi. O‘rta dengizdagi Sitsiliya, Sardiniya, Neapol, Balear orollari Aragon tarkibiga kirgan. Aragonda qirol hokimiyati juda zaif bo‘lib, mamlakatda parokandalik hukm surardi. Aragon Kastiliya bilan chegaradosh bo‘lib, aholisining kelib chiqishi va etnik tarkibi bir edi. Kastiliya va Aragonda markaziy hokimiyatning zaifligi, toifalar o‘rtasidagi ziddiyatlar har ikkala davlatni yagona Ispaniya davlatiga birlashishga majbur qildi.
1469-yilda aragonlik shahzoda Ferdinand hamda kastiliyalik malika Izabellaning turmush qurishi Ispaniyani birlashtirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab Kastiliya va Aragon alohida davlat kengashlari hamda parlamentlarga ega, biroq yagona siyosiy qirollik bo‘lib qoldi. Bu yagona Ispaniyaning vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Ferdinand va Izabella Ispaniyasi tez orada buyuk davlatga aylandi. 1492-yil Granada, 1512-yil Navarra Ispaniyaga qo‘shib olindi. Portugaliyadan tashqari butun Pireney yarimoroli Ispaniyaga birlashtirildi. Qirol Ferdinand
SIYOSIY JARAYONLAR
Portugaliya Pireney yarimorolining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, 713–718-yillarda arablar tomonidan bosib olingan. Rekonkista davrida 868-yilda Vimara Peresh boshchiligida Portugaliya grafligi tuzildi. 1139-yilda qirol Afonso Enrikesh Portugaliyaning mustaqilligini e’lon qildi va uning birinchi qiroli bo‘ldi. 1225-yildan boshlab Lissabon shahri Portugaliyaning poytaxtiga aylandi. XIII asrda Portugaliya qirollari o‘z chegaralarini kengaytirib, bugungi kungacha deyarli o‘zgarmagan hududga ega bo‘lishdi.
Vasko da Gama
Qirol Sancho I davrida Portugaliya tarixida tinch islohotlar amalga oshirildi. Afonso II davridan boshlab mamlakatda kortes, ya’ni parlament o‘z ishini boshladi. 1279–1415-yillarda Portugaliyada monarxiya mustahkamlandi. Qirol Dinish Portugaliya flotiga, Yevropadagi nufuzli Koimbra universitetiga asos soldi.
XV asrda Avislar sulolasidan Xuan I hukmronligidan boshlab, Portugaliyaning mustamlaka siyosati boshlandi. Kichik qirollik asta-sekinlik bilan ko‘plab mustamlakalarga ega bo‘lgan dunyodagi eng yirik imperiyalardan biriga aylandi.
Vasko da Gamaning Hindistonga birinchi sayohati haqidagi qaydlar
Bu davrga kelib Portugaliya xalqaro siyosatda katta dengiz flotiga ega bo‘lgan hamda xalqaro savdo ishlarini amalga oshiradigan muhim davlatga aylandi. XIV–XV asrlarda portugal karvonlari Afrika, Sharqning uzoq mamlakatlari va Janubiy Amerika qit’asigacha yetib borgan. Turli mamlakatlar bilan olib borilgan savdo-sotiq ishlari uni iqtisodiyoti mustahkam mamlakatga aylantirdi. Portugaliyalik dengizchilar Vasko da Gama 1498-yilda Hindistonni va Pedro Kabral 1500-yilda Braziliyani kashf etdi. Portugaliya mustamlaka imperiyasi XV asrdan boshlab o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi.
KASTILIYA VA LEON QIROLLARINING AMIR TEMUR BILAN ELCHILIK ALOQALARI
Gonsales de Klavixo tomonidan yozilgan “Esdaliklar”
Pireney yarimorolidagi Kastiliya davlati Sharq mamlakatlari bilan savdo va elchilik aloqalarini olib borishga harakat qilgan. Qirol Genrix III de Trastamara o‘z davrida Sharqning buyuk davlati hisoblangan Sohibqiron Amir Temur davlati bilan diplomatik yozishmalar olib borgan. Qirol Genrix III Sharq mamlakatlari bilan juda qiziqib qolgan edi. U dastlab 1402-yili Payo Sotomayor va Ernan Sanches boshchiligidagi elchilarni Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboradi. Ispan elchilarini Sohibqiron yaxshi qabul qilib, ularga qo‘shib o‘z elchisi Muhammadqozi orqali qirol nomiga yozilgan maktub va sovg‘alar jo‘natadi. Bunga javoban ispan qiroli 1403-yilda Rui Gonsales de Klavixo boshchiligida ikkinchi marotaba o‘z elchisini yo‘llaydi. Rui Gonsales de Klavixo diplomat va sayohatchi bo‘lib, madridlik boy oilaning vakili edi.
KASTILIYA VA LEON QIROLLARINING AMIR TEMUR BILAN ELCHILIK ALOQALARI
Klavixoning Amir Temur huzuriga elchilik safari uzoq va qiziqarli bo‘ladi. U 1403-yil may oyida Kadisdan suzib o‘tib, Rodos, Konstantinopol va Trapezund orqali 1404-yil avgustda Samarqandga yetib boradi.
lar, xonaqohlar, savdo rastalari, Temuriylar davlatining turli mamlakatlar bilan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bo‘l-
Poytaxt Samarqandda, Amir Temur qarorgohida bo‘lgan Rui Gonsales de Klavixo 1405-yil missiyasini yakunlab, 1406-yil mart oyida Kastiliyaga qaytib ketadi va qirol Genrix III de Trastamaraga sayohati haqida ma’lumotlar jamlangan hisobotini topshiradi. So‘ngroq bu hisobotlar avval Ispaniyada, keyinchalik Yevropada ispan va lotin tillariga tarjima qilinib, “Buyuk Temur tarixi”, “Temur qarorgohi” va “Samarqandga sayohat kundaligi” nomlari bilan nashr etiladi.
KASTILIYA VA LEON QIROLLARINING AMIR TEMUR BILAN ELCHILIK ALOQALARI
gan tartib-qoidalar hamda boshqa muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tgan.
1407-yilda keksa Gonsales de Klavixo davlat ishlaridan nafaqaga chiqadi.
1412-yilda vafot etadi va avliyo Fransisko cherkoviga dafn etiladi.
Klavixo Temur saltanati bilan shaxsan tanishib, davlat va jamiyat hayotini o‘z “Esdaliklar”ida tasvirlab bergan.
Gonsales de Klavixo “Esdaliklar”i birinchi marta 1582-yili Ispaniyaning Sevilya shahrida “Buyuk Temurning hayoti va faoliyati” nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng dunyoning turli tillariga tarjima qilingan va ko‘p marotaba nashr etilgan.
Rui Gonsales de Klavixo
“Esdaliklar”da Klavixo Sharqning mamlakat va shaharlari, xalqlarining turmushi, Amir Temur barpo etgan binolar, qasrlar, masjidlar, madrasa-
Rekonkista – Pireney yarimorolining arablardan qaytarib olinishi jarayoni tarixga shunday nom bilan kirgan. Rekonkista VIII–XV asrlarda davom etgan.
IZOHI
Kortes – ispan tilida o‘rin, joy ma’nosini bildiradi. O‘rta asrlarda Ispaniyada vakillik yig‘inlari shunday nomlangan. Birinchi kortes 1137-yilda Kastiliyada paydo bo‘lgan. XIX asrdan Ispaniya va Portugaliyada milliy qonun chiqaruvchi organ – parlament kortes deb yuritila boshlagan. Korteslar Angliyadagi parlament (1265-yil) va Fransiyadagi General shtatlardan (1302-yil) oldinroq paydo bo‘lgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 711–714-yillarda — Arab xalifaligi 711–714-yillarda Pireney yarimorolidagi Vestgot qirolligini bo‘ysundirdi.
- 713–718-yillarda — Portugaliya Pireney yarimorolining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, 713–718-yillarda arablar tomonidan bosib olingan.
- 756-yili — 756-yili Ispaniyada arab xalifaligidan ilk mustaqil amirlik tashkil topdi.
- 868-yilda — Rekonkista davrida 868-yilda Vimara Peresh boshchiligida Portugaliya grafligi tuzildi.
- 905–1512-yillarda — Navarra davlati 905–1512-yillarda Pireney yarimorolidagi davlat bo‘lib, poytaxti Pamplona bo‘lgan.
- 1076–1134-yillarda — Navarra 1076–1134-yillarda Aragonga tobe bo‘lgan.
- 1137-yilda — Kortesning birinchi yig‘ilishi Kastiliyada 1137-yilda chaqirilgan.
- 1137-yilda — Birinchi kortes 1137-yilda Kastiliyada paydo bo‘lgan.
- 1139-yilda — 1139-yilda qirol Afonso Enrikesh Portugaliyaning mustaqilligini e’lon qildi va uning birinchi qiroli bo‘ldi.
- 1188-yilda — Unda dastlab ruhoniylar va zodagonlar ishtirok etgan bo‘lsa, keyinchalik, 1188-yildan shaharliklar va dehqonlarning vakillari ham qatnashish huquqiga ega bo‘lishgan.
Bilimingizni sinang
Ispaniyadagi ilk mustaqil amirlik qaysi asrdan Qurdoba amirligi deb atalgan?
- XI asrdan
- X asrdan
- VIII asrdan
- XII asrdan
To‘g‘ri javob: X asrdan. 756-yilda tashkil topgan amirlik X asrdan Qurdoba amirligi deb atalgan.
Granada amirligi qaysi yildan tashkil topgan?
- 1338-yilda
- 1238-yilda
- 1212-yilda
- 1156-yilda
To‘g‘ri javob: 1238-yilda. Granada amirligi 1238-yildan tashkil topgan va Yevropadagi so‘nggi arab davlati bo‘lgan.
Arab xalifaligi Pireney yarimorolidagi Vestgot qirolligini qaysi yillarda bo‘ysundirdi?
- 711–714-yillarda
- 756–760-yillarda
- 868–900-yillarda
- 1137–1188-yillarda
To‘g‘ri javob: 711–714-yillarda. Arab xalifaligi Vestgot qirolligini 711–714-yillarda bo‘ysundirgan.
Ispaniyada arab xalifaligidan ilk mustaqil amirlik qaysi yili tashkil topdi?
- 711-yili
- 756-yili
- 1238-yili
- 1139-yili
To‘g‘ri javob: 756-yili. 756-yili Ispaniyada ilk mustaqil amirlik tashkil topgan va X asrdan Qurdoba amirligi deb atalgan.
Pireney yarimorolida Kastiliya, Navarra, Aragon va Portugaliya davlatlari qaysi asrda yuzaga keldi?
- X asrda
- XI asrda
- XII asrda
- XIV asrda
To‘g‘ri javob: XII asrda. XII asrda yarimorolda to‘rtta davlat yuzaga kelgan.
Granada amirligi qaysi yillar oralig‘ida Pireney yarimorolidagi so‘nggi islom davlati bo‘lgan?
- 711-yildan 756-yilgacha
- 1139-yildan 1252-yilgacha
- 1137-yildan 1469-yilgacha
- 1238-yildan 1492-yilgacha
To‘g‘ri javob: 1238-yildan 1492-yilgacha. Granada amirligi 1238–1492-yillarda yarimorolning so‘nggi islom davlati bo‘lgan.
Granada amirligining ispanlar tomonidan qayta bosib olinishi qaysi jarayonni yakunladi?
- Rekonkista jarayonini
- Mustamlakachilik jarayonini
- Kortes tashkil topish jarayonini
- Reformatsiya jarayonini
To‘g‘ri javob: Rekonkista jarayonini. Granadaning qulashi arablardan yerlarni qaytarib olish, ya’ni rekonkistani yakunlagan.
1492-yilda Granada amirligining qulashi qanday tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi?
- Pireney yarimorolida Navarra davlati Ispaniya tarkibiga kirdi
- Yarimorolda arablardan qaytarib olish jarayoni — rekonkista yakunlandi
- Portugaliya Ispaniyadan mustaqilligini e’lon qildi
- Arab xalifaligi Vestgot qirolligini bo‘ysundirdi
To‘g‘ri javob: Yarimorolda arablardan qaytarib olish jarayoni — rekonkista yakunlandi. Granada amirligining ispanlar tomonidan qayta bosib olinishi yarimorolda rekonkista jarayonini yakunladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash