XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 9-mavzu

Rus knyazliklarida ijtimoiy-siyosiy hayot

SIZ BILIB OLASIZ:

VA SIYOSIY TARQOQLIK

Rus yerlarini hukmdor – knyaz boshqargan. Mustaqil o‘lkalarda zodagonlarning har biri oliy hukmdorlik lavozimiga o‘z nomzodini o‘tkazishga harakat qilar edi. Knyazlarda esa zodagonlarga nisbatan ishonch tuyg‘usi yo‘q edi. Shuning uchun turli toifalar o‘rtasida ham o‘zaro ichki kurashlar kuchayib ketdi. O‘zaro kurash va nizolar mamlakatning parchalanib ketishiga olib keldi. Knyaz Vladimir Monomaxning o‘g‘li Mstislav I vafotidan keyin XII asrning birinchi yarmida Kiyev Rusi Novgorod feodal respublikasi, Kiyev, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal, Moskva, Pskov, Ryazan, Tver kabi 10 dan ortiq mustaqil knyazliklarga bo‘linib ketdi.

VA SIYOSIY TARQOQLIK

Kiyev Rusi yerlarining bo‘linishi natijasida vujudga kelgan davlatlar boshqaruvida umumiy va farqli xususiyatlar mavjud edi. Barcha o‘lkalarda uchta asosiy kuch – knyaz, qo‘shin va shahar kengashi bor edi. Janubiy Rus o‘lkalarida zodagonlar muhim rol o‘ynaydigan monarxiya, shimoli-sharqiy Rusda knyaz katta mavqega ega bo‘lgan monarxiya, shimoli-g‘arbiy o‘lkalarda – veche hal qiluvchi rolga ega bo‘lgan zodagonlar respublikasi hukmronligi o‘rnatilgan edi.

ESLAB KO‘RING!

Savollar: Qadimgi slavyanlar qanday guruhlarga bo‘lingan?
Savollar: Kiyev Rusi davlati qachon tashkil topgan, uning asoschisi kim edi?

NOVGOROD RESPUBLIKASI

Novgorod Sharqiy Yevropada savdo yo‘llari kesishgan muhim strategik hududda joylashgan edi. Ryurikovlar sulolasi vakillaridan birortasi ham Novgorodda mustahkam o‘rin egallay olmadi va aksincha, zodagonlarning kuchayishi kuzatildi. 1136-yilda knyaz Vsevolod Mstislavich taxtdan ag‘darilib, Novgorod o‘lkasida respublika boshqaruv shakli paydo bo‘ldi.

Novgoroddagi oliy hokimiyatni xalq vechesi boshqargan. Veche qo‘ng‘irog‘ining chalinishi yig‘ilishlar chaqirilishini bildirgan. Shahar hokimi Novgorod yerlarini, sudini boshqargan, turli mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlagan va lavozimidan ozod qilgan.

Novgorodda pravoslav cherkov boshlig‘i – yepiskop ham vecheda saylangan. U davlat xazinasini, ichki va tashqi ishlarni nazorat qilgan, cherkov sudini boshqargan, uning qarorgohida yilnomalar saqlangan. Novgorod respublikasida knyazning mavqeyi yuqori edi. Knyaz va uning qo‘shini boshqa o‘lkalardan veche tomonidan taklif qilingan. Urushlar vaqtida knyaz qo‘shinni boshqarishi kerak edi. Veche knyaz bilan shartnoma tuzgan. Knyaz shahar hokimiyati ishlariga aralashishga haqli emas edi. Agar u kelishuvni buzsa, veche uni haydab yuborgan. Biroq hokimiyat yirik zodagonlar qo‘lida to‘plangan bo‘lib, Novgorod respublikasi amalda zodagonlar respublikasi edi.

NOVGOROD RESPUBLIKASI

Novgorod tangasi

Moskva knyazi Ivan III ning Novgorodga yurishi natijasida 1478-yilda Novgorod mustaqilligi tugatildi, veche siyosiy muassasa sifatida yo‘q qilindi va veche qo‘ng‘irog‘i Moskvaga olib ketildi. O‘lka Moskva knyazligi tarkibiga kiritildi.

SMOLENSK O‘LKASI

Kiyev Rusi deyarli mustaqil o‘lkalarga bo‘linganidan so‘ng Kiyev knyazligi hududi torayib qoldi. Biroq Kiyev shahri poytaxt hisoblanishda davom etdi. Rus o‘lkalarining knyazlari unga da’vo qilishi mumkin edi. Shuning uchun ham turli o‘lkalarning knyazlari zodagonlar ko‘magida uni bo‘ysundirishga harakat qildilar. Biroq Kiyev knyazligining yirik harbiy salohiyati bunga imkon bermadi. XIII asrda Kiyevda knyaz va zodagonlar o‘rtasidagi nizolar o‘lkani siyosiy jihatdan zaiflashtirdi.

Bo‘linish jarayonida Smolensk o‘lkasi knyaz Rostislav Mstislavich davrida Kiyevdan mustaqil bo‘ldi.

Mo‘g‘ullar bosqinidan oldin Smolensk o‘lkasi rus yerlari orasida eng kuchlilaridan biri edi. XIII asrning o‘rtalariga kelib Smolensk o‘lkasi zaiflashdi. XIV asrda Litva knyazi Smolenskni egallab oldi va bu yerda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. 1401-yilda Smolensk knyazlari hokimiyatni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo 1404-yilda Litva knyazi yana Smolenskni egallab, uni Litvaga qo‘shib oldi. 1514-yilda Rus-Litva urushidan keyin Smolensk Rossiya tarkibiga kirdi.

KNYAZLIGI

Knyazlar yig‘ilishi

1130 -yilda Vladimir-Suzdal o‘lkasi Kiyev Rusidan mustaqil bo‘ldi. Knyaz Yuriy Dolgorukiy o‘lka poytaxtini Rostovdan Suzdalga ko‘chirdi va 1147-yilda Moskva shahriga asos soldi. Uning vorisi Andrey davrida poytaxt Vladimir shahriga ko‘chirildi. Vladimir-Suzdal rus o‘lkalari ichida kuchli knyazliklardan biri edi.

MOSKVA KNYAZLIGI

1263 -yilda knyaz Daniil Aleksandrovich Moskva va uning atrofini egallab, Moskva knyazligiga asos solindi. Uning vorislari boshqa knyazlar bilan raqobatlashib, o‘z nazorati ostidagi hududni doimiy ravishda yaxlit saqlab qolishga harakat qildilar.

XIV asr boshlarida Kiyev knyazligi bosh ruhoniysi Pyotrning Vladimirdan Moskvaga ko‘chirilishi bilan knyazlikning mavqeyi yanada mustahkamlandi. 1383-yilda knyazlik Vladimir knyazligi bilan birlashdi.

Kiyev Rusining parchalanib ketishi siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urushlar, hokimiyat uchun kurash, mudofaa qobiliyatining pasayishiga olib keldi. Knyaz va zodagonlar o‘rtasida nizolar kuchayib bordi. Zodagonlar o‘z yerlari va hududlarida siyosiy hamda iqtisodiy mustaqillikka harakat qildilar. G‘arbiy Yevropadagi kabi bu yerda ham knyaz o‘zboshimcha zodagonlarga qarshi kurashda o‘rta qatlam vakillari va shaharliklarga tayandi. Biroq rus yerlarida uzoq vaqt yirik zodagonlarning o‘zboshimchaligi hamda knyazliklarning siyosiy tarqoqligiga butunlay barham berilmadi. Natijada o‘lkaga tashqi kuchlar hujumi yuz berdi.

XIII

asr boshlarida Osiyoda Chingizxon boshchiligida qudratli Mo‘g‘ul davlati tashkil topdi. Mo‘g‘ullar imperiyasi Sariq dengizdan Boltiq dengizigacha va Himolaydan Rossiyaning shimoliga qadar cho‘zilgan edi. 1227-yilda Chingizxon vafot etgach, uning vorislari ulug‘ xoqon boshlagan istiloni davom ettirdilar.

Mo‘g‘ullar Chingizxonning nabirasi Botuxon boshchiligida 1237-yilda rus yerlariga hujum qilishdi. Birin-ketin Ryazan, Vladimir-Suzdal, Polotsk-Minsk, Smolensk bosib olindi.

Suzdal haqida hikoya qiluvchi yilnoma

1240-yilda Kiyev qo‘lga kiritildi. Mo‘g‘ullar tomonidan istilo etilgan rus yerlari Botuxon tashkil etgan Oltin O‘rda davlatiga bo‘ysundirildi. Rus knyazliklari har yili Oltin O‘rdaga soliq to‘lab turishi lozim edi. Shuningdek, rus knyazlari ham mo‘g‘ul hukmdori tomonidan tayinlanib, ularga maxsus yorliq berilgan.

RUS YERLARIGA HUJUMLARI

1240 -yilda Novgorod-Pskov knyazligiga shved qo‘shinlari hujum qildi. Bu vaqtda Novgorod knyazi yosh Aleksandr Yaroslavich edi. Neva daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan jangda shvedlar mag‘lubiyatga uchradilar. Nevadagi g‘alabasi sharafiga knyaz Aleksandr Nevskiy deb atala boshlandi. U Rossiyaning taniqli harbiy va davlat arbobiga aylandi.

O‘sha yili nemis Livoniya ritsarlari ham Novgorodga hujum qildilar. Ular Izborsk va Pskovni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Shiddatli hujumlar natijasida nemislar tez orada Novgorod chegaralariga yaqinlashdilar. Zodagonlar shvedlar ustidan g‘alaba qozonganidan keyin Aleksandr Nevskiyning nufuzi ortib ketganidan xavotirlanib, uni Novgorodni tark etishga majbur qilishdi. Biroq Livoniya ritsarlari hujumi vaqtida aholining qat’iy talabi bilan Aleksandr Nevskiy Novgorodga qaytarilib, unga armiya qo‘mondonligi ishonib topshirildi. Kuchli raqibga qarshi kurashish uchun Aleksandr o‘z harbiy bo‘linmasini Vladimir-Suzdal askarlari bilan to‘ldirdi va xalq qo‘shinini to‘pladi. U dushmanlarga qarshi kurashib, tezda Pskov va Izborskni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.

RUS YERLARIGA HUJUMLARI

Aleksandr Nevskiy

Novgorodni to‘liq himoya qilish uchun u nemis ritsarlariga hujum qilishga qaror qildi. Hal qiluvchi jang 1242-yil 5-aprel kuni Chud ko‘li ustida bo‘lib o‘tdi. Ko‘l usti muzlaganligi sababli bu voqea “Muz ustidagi jang” nomi bilan tarixga kirdi. Aleksandr Nevskiyning jang taktikasi va strategik mahorati rus askarlarining g‘alabasini ta’minladi. Chud ko‘li ustidagi jangda erishilgan tarixiy g‘alaba natijasida nafaqat Novgorod va Pskov o‘lkalarining mustaqilligi saqlanib qoldi, balki mo‘g‘ullar zulmi davom etayotgan bir davrda muhim siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘ldi.

RUS KNYAZLIKLARIDA MARKAZLASHISH JARAYONLARI

asrda rus yerlarida mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi kurash yanada kuchaydi. Rus o‘lkalarini yagona davlatga birlashtirish ularning mo‘g‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini ta’minlar edi. Tarqoq o‘lkalarni birlashtirishga Moskva knyazligi boshchilik qildi.

1327-yilda Moskva knyazi Ivan Kalita (1325–1340) Oltin O‘rda hukmdoridan rus yerlarida soliq yig‘ish huquqini oldi. Moskva knyazligining siyosiy mavqeyi ortib, iqtisodiy ahvoli yuksalishi natijasida ko‘plab knyazliklarni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Knyaz Dmitriy Ivanovich davrida Moskva shahri harbiy jihatdan mustahkamlandi, siyosiy mavqeyi yanada oshdi. Moskva knyazligi rahbarligida rus yerlarining yagona davlatga birlasha boshlashi Oltin O‘rdani tashvishga soldi. Chunki ruslarning birlashishi Oltin O‘rda hukmronligining tugashiga olib kelar edi. Shuning uchun Oltin O‘rda tumanboshisi Mamay rus yerlariga hujum qildi. Oltin O‘rda va Moskva knyazligi o‘rtasidagi jang 1380-yili Don daryosi bo‘yidagi Kulikovo maydonida bo‘lib o‘tdi. Jang Moskva knyazligining g‘alabasi bilan tugadi. Ushbu g‘alaba sharafiga knyaz Dmitriy Donskoy deb ataladigan bo‘ldi. Oltin O‘rdaning mag‘lubiyati Moskva knyazligining nufuzini yanada oshirib yubordi. Biroq rus yerlari Oltin O‘rda hukmronligidan to‘la ozod bo‘la olmagan edi. 1382-yilda Oltin O‘rdaning yangi xoni To‘xtamishxon rus yerlariga hujum qildi va Moskvani bosib oldi. Ruslar Oltin O‘rdaga yana qayta soliq to‘lay boshladi.

1378 Voje - Dimitriy Ivanovich

Dmitriy Donskoy

SHIDA AMIR TEMURNING O‘RNI

Bu davrda Sohibqiron Amir Temur boshchiligida Movarounnahrda kuchli davlat barpo etilgan edi. Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxon Amir Temur davlatiga ham tahdid qila boshladi. Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasida 1389, 1391 va 1395-yillarda uch marotaba janglar bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi jang 1395-yil Shimoliy Kavkazda Tarak daryosi bo‘yida kechdi. Jangda Amir Temur To‘xtamishxon ustidan to‘liq g‘alaba qozondi.

Amir Temurning Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamishxon ustidan qilgan g‘alabasi ruslar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan, ularning mo‘g‘ullar zulmidan xalos bo‘lishini tezlashtirdi. Amir Temur Yevropa xalqlariga xolis xizmat ko‘rsatdi. 1480-yilda ruslar Oltin O‘rdaga soliq to‘lashni butunlay to‘xtatdi. Rus yerlarining mo‘g‘ullarga ikki asrlik qaramligi barham topdi. Natijada ularning yagona davlatga birlashishi uchun imkoniyat yaratildi.

SHIDA AMIR TEMURNING O‘RNI

XV asr oxirida Moskva knyazligi boshchiligida hokimiyat markazlasha boshladi, Oltin O‘rda qaramligidan xalos bo‘ldi. Ivan III davrida Novgorod, Tver va boshqa hududlarning qo‘shilishi bilan Moskva knyazligi Rossiya davlatiga aylandi. Moskva knyazi Ivan IV 1547-yilda podshoh unvonini oldi.

IZOHI

Veche – qadimgi slavyan tilidan olingan bo‘lib, kengash ma’nosini bildiradi. Veche X–XVI asrlarda slavyan davlatlarida xalq yig‘ini vazifasini bajargan.

1. Kiyev Rusining bo‘linib ketishi va siyosiy tarqoqlikka qanday omillar sabab bo‘ldi?

Savollar: 2. Rus yerlariga mo‘g‘ul bosqinchilari qachon kirib keldi va u qanday siyosiy natijalarga olib keldi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Mstislav I vafotidan keyin Kiyev Rusi 10 dan ortiq mustaqil knyazliklarga bo‘linib ketgan. Bu qaysi asrning birinchi yarmida yuz bergan?
  1. X asrning
  2. XI asrning
  3. XIII asrning
  4. XII asrning

To‘g‘ri javob: XII asrning. Kiyev Rusi XII asrning birinchi yarmida mustaqil knyazliklarga bo‘linib ketdi.

Mstislav I vafotidan keyin XII asrning birinchi yarmida Kiyev Rusi nechtadan ortiq mustaqil knyazlikka bo‘linib ketgan?
  1. 5 tadan ortiq
  2. 10 tadan ortiq
  3. 20 tadan ortiq
  4. 30 tadan ortiq

To‘g‘ri javob: 10 tadan ortiq. Kiyev Rusi 10 dan ortiq mustaqil knyazliklarga bo‘linib ketgan.

Kiyev Rusining 10 dan ortiq mustaqil knyazlikka bo‘linib ketishiga olib kelgan asosiy jarayon nima edi?
  1. Zodagonlar va knyazlar o‘rtasidagi ishonchsizlik hamda oliy hokimiyat uchun kuchaygan o‘zaro kurashlar
  2. Mo‘g‘ullarning Kiyev Rusiga uyushtirgan ilk bosqinlari va ularning og‘ir soliq talablari natijasida
  3. Pravoslav cherkovining knyazlik hokimiyatini bekor qilishga urinishi va cherkov qo‘zg‘olonlari
  4. Savdo yo‘llarining yopilishi va shaharlarning butunlay tanazzulga yuz tutishi hamda aholi ko‘chishi

To‘g‘ri javob: Zodagonlar va knyazlar o‘rtasidagi ishonchsizlik hamda oliy hokimiyat uchun kuchaygan o‘zaro kurashlar. Zodagonlar oliy lavozimga o‘z nomzodini o‘tkazishga intilgan, knyazlar ularga ishonmagan; o‘zaro kurash va nizolar mamlakat parchalanishiga olib kelgan.

Kiyev Rusi yerlarida vujudga kelgan barcha davlatlar boshqaruvida qaysi uchta asosiy kuch mavjud bo‘lgan?
  1. Knyaz, qo‘shin va shahar kengashi
  2. Knyaz, cherkov va savdogarlar
  3. Qirol, ritsarlar va senat
  4. Zodagonlar, dehqonlar va xon

To‘g‘ri javob: Knyaz, qo‘shin va shahar kengashi. Barcha o‘lkalarda knyaz, qo‘shin va shahar kengashi asosiy kuch bo‘lgan.

Kiyev Rusi parchalangach, shimoli-g‘arbiy rus o‘lkalarida qanday boshqaruv o‘rnatilgan?
  1. Knyaz hokimiyati mutlaq bo‘lgan va veche tugatilgan monarxiya
  2. Ulug‘ xoqon tayinlagan noiblar boshqaradigan mo‘g‘ul ulusi
  3. Veche hal qiluvchi rolga ega bo‘lgan zodagonlar respublikasi
  4. Cherkov hokimiyati hal qiluvchi rolga ega bo‘lgan teokratiya

To‘g‘ri javob: Veche hal qiluvchi rolga ega bo‘lgan zodagonlar respublikasi. Shimoli-g‘arbiy o‘lkalarda veche hal qiluvchi rolga ega zodagonlar respublikasi hukmronligi o‘rnatilgan.

Rus o‘lkalaridagi boshqaruv shakllarini solishtiring: shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy o‘lkalar qanday farqlangan?
  1. Ikkala o‘lkada ham veche hal qiluvchi rolga ega bo‘lgan, knyazlar esa faqat harbiy ishlarga rahbarlik qilgan va hukmronlik qilmagan
  2. Shimoli-sharqda veche hal qiluvchi zodagonlar respublikasi, shimoli-g‘arbda esa knyaz katta mavqega ega monarxiya hukmron bo‘lgan
  3. Ikkalasida ham zodagonlar muhim rol o‘ynaydigan monarxiya o‘rnatilgan bo‘lib, veche faqat shaharlarda yig‘ilib, hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmagan
  4. Shimoli-sharqiy Rusda knyaz katta mavqega ega monarxiya, shimoli-g‘arbiy o‘lkalarda esa veche hal qiluvchi zodagonlar respublikasi hukmron bo‘lgan

To‘g‘ri javob: Shimoli-sharqiy Rusda knyaz katta mavqega ega monarxiya, shimoli-g‘arbiy o‘lkalarda esa veche hal qiluvchi zodagonlar respublikasi hukmron bo‘lgan. Shimoli-sharqiy Rusda knyaz kuchli monarxiya bo‘lgan, shimoli-g‘arbda esa veche hal qiluvchi rolga ega zodagonlar respublikasi o‘rnatilgan.

Knyaz Vsevolod Mstislavich taxtdan ag‘darilib, Novgorod o‘lkasida respublika boshqaruv shakli qaysi yilda paydo bo‘lgan?
  1. 1157-yilda
  2. 1240-yilda
  3. 1096-yilda
  4. 1136-yilda

To‘g‘ri javob: 1136-yilda. Novgorodda respublika boshqaruvi 1136-yilda knyaz taxtdan ag‘darilgach paydo bo‘ldi.

Novgorod respublikasida oliy hokimiyatni qaysi organ boshqargan?
  1. Xalq vechesi
  2. Knyazlar kengashi
  3. Boyar dumasi
  4. Zemskiy sobor

To‘g‘ri javob: Xalq vechesi. Novgoroddagi oliy hokimiyatni xalq vechesi boshqargan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiPireney yarimoroli mamlakatlari: Ispaniya va PortugaliyaKeyingi →Bolqon mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa