XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 10-mavzu

Bolqon mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa

SIZ BILIB OLASIZ:

IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT

Bolgariyaning Vizantiyaga qaramligi 1018-yildan 1187-yilgacha qariyb bir yuz yetmish yil davom etdi. 1187-yili kelib chiqishi zodagonlardan bo‘lgan Asen Vizantiyaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi va Ikkinchi Bolgariya podshohligining birinchi hukmdori bo‘ldi. Uning vorisi Asen II davrida Bolgariya podshohligi siyosiy va iqtisodiy jihatdan gullab-yashnadi. Bu davrda Bolgariya Bolqon yarimorolidagi eng katta mamlakatga aylandi. Frakiya, Makedoniya, Epir va Fessaliyaning bir qismi Bolgariyaga qo‘shib olindi. Mamlakatda birinchi marotaba oltin pul zarb qilindi. Biroq keyingi hukmdorlar davrida Bolgariya siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashdi. Ba’zi hududlar uning tarkibidan chiqib ketdi.

ESLAB KO‘RING!

Savollar: Bolgariya podshohligi qachon tashkil topdi?
Savollar: Chexiya va Polsha davlatlari qanday tashkil topgan, asoschilari kimlar edi?

XIII–XIV asrlarda Bolgariyada aholi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan mashg‘ul edi. Bu yerda ip gazlamalar, turli temir va mis buyumlar, terini qayta oshlash, vinochilik va yog‘ ishlab chiqarilar edi. Yuqori sifatli bolgar terilaridan ishlangan oyoq kiyimlar G‘arb bozorlarida xaridorgir edi. Bolgar savdogarlari Dunay daryosi bo‘yida, Qora dengiz sohillari, G‘arbiy Yevropa hamda slavyan davlatlarida savdo ishlarini olib borganlar, Fransiyaning Flandriya va Shampan kabi mashhur yarmarkalarida qatnashganlar.

ESLAB KO‘RING!

Bolgariyada zodagonlarning nufuzi yuqori edi. Ayrim hukmdorlar ham ular bilan hisoblashib ish yuritishga majbur edi. Yirik zodagonlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar va tashqi hujumlarning barcha og‘irligi oddiy xalq zimmasiga tushar edi. Shunday sharoitda XIII asrning so‘nggi choragida Bolgariyada dehqonlarning tashqi kuchlar, zodagonlar va podshoh hokimiyatiga qarshi harakati bo‘lib o‘tdi.

XIV asrda Bolgariya Tirnovo, Vidin va Dobruja kabi uchta mustaqil davlatga bo‘linib ketdi. Mamlakatdagi siyosiy tarqoqlik natijasida 1396-yilda Ikkinchi Bolgariya podshohligi tugatildi. Mamlakat Usmoniy turklar davlatiga qaram bo‘lib qoldi. Bolgariyada turklarning hukmronligi XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi.

SERBIYA QIROLLIGI

Serblar Bolqon yarimorolida istiqomat qiluvchi janubiy slavyanlar edi. Serbiya uzoq vaqt davomida Vizantiyaga qaram edi. XII asrda Serbiya siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lmagan bo‘lsa-da, biroq yirik davlatga aylandi. Davlatni Nemanya sulolasi vakillari idora etardi. Ushbu sulola vakili Stefan II davrida Serbiya Vizantiyadan mustaqil bo‘lib, qirollikka aylandi.

Qirol Stefan Dushan hukmronligi davrida (1331–1355) Serbiya Bolqon yarimorolidagi eng yirik va qudratli davlatlardan biri edi. Uning davrida mamlakat siyosiy va iqtisodiy jihatdan rivojlandi. Maxsus qonunlar to‘plami qabul qilinib, aholi tabaqalarining huquq va burchlari, soliq yig‘ish va iqtisodiy munosabatlar belgilab berildi.

SERBIYA QIROLLIGI

Stefan Dushan vafotidan keyin Serbiya podshohligi parchalanib ketdi. Mamlakat butun Bolqon yarimorolidagi boshqa davlatlar qatori Usmoniy turklar qaramligiga tusha boshladi. Serblar va Usmoniy turklar o‘rtasida 1389-yili Kosovo maydonidagi hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. Jangda turk sultoni Murod I serb askari Milosh Obilich tomonidan o‘ldirildi. Biroq serblar Usmoniy turklar hujumiga bardosh bera olmadi. 1459-yilda Serbiyaning oxirgi hududi ham turklar tomonidan ishg‘ol etildi. Serbiya uzoq vaqt butunlay Usmoniy turklar imperiyasi ta’sirida qoldi.

1878

Imperator Stefan Dushan va uning “Qonunlar to‘plami”

XIII

asrda Chexiya davlati Bogemiya deb ham atalgan va Markaziy Yevropadagi muhim mamlakatlardan biri edi. Boshqa Yevropa o‘lkalari singari bu yerda ham feodal munosabatlar hukm surar edi. Yirik zamindorlar, zodagonlar, shahar aholisi bilan bir qatorda qaram va erkin dehqonlar toifalari mavjud edi.

XIV asrda Chexiya iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanib bordi. Mahalliy sanoat va qishloq xo‘jaligining yuksalishi natijasida Chexiya Yevropaning eng boy mamlakatlaridan biri bo‘ldi. Praga yirik savdo markaziga aylandi. Biroq bu davrda Chexiyada ijtimoiy nizolar kuchayib bordi. Turli toifalar, ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi ziddiyat va

XIII

Mamlakatning o‘z qiroli bo‘lsa-da, siyosiy jihatdan nemis imperatorlariga bo‘ysunar, ular bilan birga katolik cherkoviga ham soliq to‘lar edi.

qarama-qarshiliklar bilan birga diniy masalalarda ham norozilik avj olib borar edi. Chexiya katolik cherkoviga juda katta miqdorda soliq to‘lardi, shuningdek, bu yerda indulgensiya savdosi ham avj olgan edi. Bu muammolardan esa eng avvalo aholi jabr ko‘rar edi.

Qirol Pshemisl II davrida Chexiya Yevropadagi rivojlangan davlatlardan biriga aylandi, hududi kengayib Adriatika dengizining janubigacha yetib bordi. U hatto nemis imperatorligiga o‘z nomzodini qo‘ydi. Biroq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qirol Yan Lyuksemburg davrida Chexiyada ruhoniylar, pan va harbiy-ritsarlardan iborat seym – vakillik yig‘inlari muntazam chaqiriladigan bo‘ldi.

XIII

Bu kabi qiyinchiliklar xalq orasida noroziliklarni keltirib chiqardi. Praga universiteti professori Yan Gus katolik cherkovi hamda ruhoniylarning bunday qilmishlarini keskin tanqid qildi. Bu davrda ham saqlanib qolgan indulgensiya savdosini qoraladi, aholini diniy marosimlar uchun pul to‘lashdan qaytardi, ibodatlarni

BILAG‘ONLAR UCHUN

Yan Gus – 1371-yilda Chexiyaning Gusines qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi.

Yan Gus 10 yoshga to‘lganda, ota-onasi uni monastirga yuborishdi. U izlanuvchan bola edi, buning natijasida barcha fanlardan yuqori baholar oldi. Shundan so‘ng, o‘qishni davom ettirish uchun Pragaga jo‘nadi. Praga universitetida ta’lim oldi. 1400-yilda u ruhoniy bo‘ldi, shundan so‘ng u va’zgo‘ylik faoliyatini boshladi.

Yan Gus Konstansadagi yig‘ilishda chex tilida o‘tkazishni taklif qildi. Buning uchun chex tili grammatikasini ishlab chiqdi. Uning fikricha, Chexiyaning o‘z cherkovi bo‘lishi va u papaga emas, qirolga bo‘ysunishi kerak edi. Uning da’vatlari aholi orasida keng tarqalib bordi. Bundan cho‘chigan Rim papasi va Praga cherkovi uni shakkoklikda aybladi, uning ibodat qilishini taqiqladi, professorlik va universitet rektorligidan ozod etdi. Shunga qaramay u maqsadidan qaytmadi.

BILAG‘ONLAR UCHUN

1398-yilda Praga universiteti professori, 1402-yilda chexlar orasida birinchi bo‘lib shu universitet rektori bo‘ldi.

Yan Gus iqtidorli notiq bo‘lib, oddiy odamlar uchun tushunarli bo‘lgan chex tilida va’z qildi. U chex tili va madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning g‘oyalari Chexiya tarixini tubdan o‘zgartirgan guschilar harakatiga asos bo‘ldi. Yan Gus chex xalqining milliy qahramoniga aylandi. Mamlakatning turli hududlarida unga yodgorliklar o‘rnatildi.

Rim papasi Yan Gusni Germaniya janubidagi Konstansa shahrida bo‘lib o‘tadigan ruhoniylar yig‘ilishiga chaqirdi. Garchi, unga himoya yorlig‘i berilgan, shaxsiy daxlsizligi kafolatlangan bo‘lishiga qaramay, nohaq qamoqqa olindi va 1415-yili gulxanda yoqildi.

BILAG‘ONLAR UCHUN

Yan Gusning o‘limi Chexiyada ommaviy norozilikka sabab bo‘ldi. 1419-yilda Pragada qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Isyonchilar o‘zlarini Yan Gus sharafiga guschilar deb atadilar. Qo‘zg‘olon natijasida qirol taxtdan ag‘darildi. Yangi qirol Sigizmund qo‘zg‘olonni bostira olmadi. Qo‘zg‘olonchilar unga bo‘ysunishni istashmadi. Natijada Chexiya 1419-yilda Germaniya imperiyasidan butunlay ajralib, mustaqil davlatga aylandi.

Biroq guschilar harakati ham ikki oqimga bo‘linib ketdi. Ular o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi fikrlar qo‘zg‘olonchilarning umumiy maqsadlarini yo‘qqa chiqardi. Guschilar harakati deb nomlangan xalq harakati 1434-yilda bostirildi. Biroq bu harakat keyinchalik butun Yevropada cherkov islohotlarining amalga oshirilishi va feodal tuzumning yemirilishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

BILAG‘ONLAR UCHUN

Guschilar harakati Chexiyani deyarli yuz yil davom etgan Germaniya imperiyasiga qaramlikdan mustaqil davlatga aylantirdi. Chexiya keyinchalik Germaniya imperiyasi tarkibiga qayta kirdi. Biroq bu safar uning o‘z manfaatlarini ko‘zlagan talab va shartlari mavjud edi.

POLSHADA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT. TARQOQLIK VA BIRLASHUV JARAYONLARI

Butun Yevropada kechayotgan feodal munosabatlar Polshada ham yuz berayotgan edi. XIII–XIV asrlarda polyak dehqonlarining katta qismi shaxsiy erkinliklariga ega edi. Ammo yirik zodagon pan – qiroldan olgan yorlig‘iga ko‘ra erkin dehqonni sud qilish huquqiga ega edi. Harbiy maqsadlarda shaharlar, qo‘rg‘onlar, yo‘llar qurish va tozalash ishlari dehqonlarning davlat oldidagi majburiyati bo‘lgan. O‘ta qashshoqlashib qolgan aholi vakillari esa harbiy xizmatga jalb qilingan. Barcha dehqonlar cherkovga soliq to‘lar edi. Boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda Polsha shaharlari hali uncha rivojlanmagan edi. Krakov, Gnezno, Poznan kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan.

POLSHADA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT. TARQOQLIK VA BIRLASHUV JARAYONLARI

960–1385-yillarda Polshani Piastlar sulolasi idora qildi. Knyaz Boleslav III davrida Polsha o‘nlab mayda viloyatlarga bo‘linib ketdi. Ayrim viloyatlar amalda mustaqil bo‘lib, o‘z hukmdorlariga ega edi. Bu esa mamlakatda siyosiy tarqoqlikka olib keldi. XIII–XIV asrlarda Polshada yirik yer egalari va zodagonlarning hukmronlik davri bo‘ldi. Parchalanish oqibatida mamlakatda qirollik unvoni va mavqeyi deyarli yo‘qoldi. Shuningdek, bu davrda mamlakatga tashqi hujumlar ham jiddiy xavf solib turdi. Tevton ordeni harbiylari tomonidan Prussiya va Pomoryening bosib olinishi Polshaning Boltiq dengiziga chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Bunday vaziyatda mamlakatni birlashtirish eng muhim vazifa edi.

POLSHADA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT. TARQOQLIK VA BIRLASHUV JARAYONLARI

XIV asrning birinchi yarmida Polshada siyosiy birlashuv jarayonlari boshlandi. Knyaz Vladislav I birinchi bo‘lib Polshani birlashtirib, qirollik mavqeyini qayta tikladi. Uning o‘g‘li Kazimir III davrida Polshada qirollik eng qudratli hokimiyatga aylandi. Qirol Kazimir III mamlakatni markazlashtirish siyosatini olib bordi, markaziy idora tizimini qayta tikladi. Uning davrida mamlakat siyosiy va iqtisodiy jihatdan rivojlana boshladi. Savdo-sotiq jonlandi, yangi yo‘llar, qishloqlar, shahar va qo‘rg‘onlar qurildi, pul-muomala tizimi tartibga solindi.

XV asrda Polshada butun mamlakat uchun yagona bo‘lgan umumtoifa vakillarining yig‘ini – ikki palatali seym tashkil etildi. Bu mamlakatning keyingi siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etdi.

VENGRIYA DAVLATINING TASHKIL TOPISHI, IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT

Oltin bullaga qo‘yilgan muhr engerlar ugro-fin (ural) tillari guruhiga mansub xalqlar bo‘lib, Janubiy Ural tog‘lari etaklari, Dunay va Azov daryolari bo‘yi, Don dashtlarida istiqomat qilganlar. Vengerlar mojorlar ham deb atalgan. Dastlab ularning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan bo‘lsa, X asrdan dehqonchilikni ham o‘zlashtirib oldilar.

Vengriya davlati IX asr oxirida janubi-sharqiy Yevropada tashkil topdi. Vengriyaning birinchi qiroli Arpad sulolasidan bo‘lgan qirol Ishtvan Buyuk (Yevropa adabiyotlarida Stefan shaklida uchraydi)

milodiy 1000-yilda toj kiydi. Uning davrida Vengriya xristian dinini qabul qildi, uning o‘zi mamlakatni birlashtirdi va papadan qirol unvonini oldi. U venger bo‘lmagan ko‘chmanchilarga ham bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘ldi. XIII asrda Vengriya butunlay feodal davlatga aylandi. Bu davrda Dunay va Tissa daryolari bo‘yida venger zodagonlari, ruhoniy va ritsarlarining yirik mulklari mavjud edi. Katta-katta hududlar va viloyatlarni ishpan deb ataluvchi (franklardagi graf) mansabdorlar idora qila boshladi. Bu mansab otadan bolaga vorislik asosida meros o‘tadigan bo‘ldi.

VENGRIYA DAVLATINING TASHKIL TOPISHI, IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT

XIII asrda Vengriya gullab-yashnadi, hududi Adriatika sohillarigacha borib yetdi. Arpadlar sulolasidan bo‘lgan qirol Andrash II davrida Vengriyaning muhim huquqiy hujjati – Oltin bulla qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjat muarrixlar tomonidan Angliyada qabul qilingan “Erkinlikning buyuk xartiyasi”ga qiyoslanadi. Ushbu huquqiy hujjatda zodagonlar, ruhoniylar, harbiylar, shaharliklar hamda dehqonlarning huquq va burchlari belgilab berildi. Jumladan, ishpanlarning vakolatlari cheklandi, harbiy ritsarlar soliqlardan ozod etildi va davlat yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

1240-yilda Vengriya Botuxon boshliq mo‘g‘ullar tomonidan ishg‘ol etildi. Mamlakatning ko‘plab shahar va qishloqlari vayron qilindi. 1301-yilda Arpadlar sulolasi barham topdi. Mamlakat bir muddat hukmdorsiz qoldi. Nihoyat 1308-yilda Anjuy sulolasi vakillari taxtni egallashdi. Ushbu sulola vakili qirol Layosh davrida Vengriya qudratli davlatga aylandi. Hatto mamlakat hududi qo‘shni davlatlar hisobiga biroz kengaydi. Uning vafotidan keyin taxtda bir necha sulolalar almashdi. Keyinchalik butun mamlakat Usmoniy turklar va Avstriya Gabsburglar imperiyasiga bo‘ysundirildi.

VENGRIYA DAVLATINING TASHKIL TOPISHI, IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOT

Qirol Ishtvan

IZOHI

Pan – Chexiya va Polsha davlatlarida feodal, yer egasi, xo‘jayin, janob ma’nolarini bildiradi.

Seym – o‘rta asrlarda Chexiya va Polsha davlatlarida vakillik yig‘inlari – parlament shunday atalgan.

4. Polsha davlati hayotida qanday ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yuz berdi?

5. Vengriya davlatining tashkil topishi va ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida mulohaza yuriting.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Bolgariyaning Vizantiyaga qaramligi qaysi yildan boshlangan?
  1. 1018-yildan
  2. 1041-yildan
  3. 1025-yildan
  4. 1009-yildan

To‘g‘ri javob: 1018-yildan. Bolgariyaning Vizantiyaga qaramligi 1018-yildan 1187-yilgacha davom etgan.

Asen Vizantiyaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Ikkinchi Bolgariya podshohligining birinchi hukmdori bo‘lgan yil qaysi?
  1. 1204-yil
  2. 1187-yil
  3. 1146-yil
  4. 1218-yil

To‘g‘ri javob: 1187-yil. Zodagon Asen 1187-yili Vizantiyaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Ikkinchi Bolgariya podshohligining birinchi hukmdori bo‘lgan.

Bolgariyaning Vizantiyaga qaramligi 1018-yildan 1187-yilgacha taxminan necha yil davom etdi?
  1. Qariyb 70 yil
  2. Qariyb 120 yil
  3. Qariyb 170 yil
  4. Qariyb 270 yil

To‘g‘ri javob: Qariyb 170 yil. Qaramlik 1018-yildan 1187-yilgacha, ya’ni qariyb bir yuz yetmish yil davom etgan.

1187-yili Vizantiyaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Ikkinchi Bolgariya podshohligining birinchi hukmdori bo‘lgan zodagon kim?
  1. Asen
  2. Stefan Dushan
  3. Pshemisl II
  4. Layosh

To‘g‘ri javob: Asen. Zodagonlardan bo‘lgan Asen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Ikkinchi Bolgariya podshohligining birinchi hukmdori bo‘lgan.

Asen II davrida gullab-yashnagan Bolgariyada birinchi marotaba nima zarb qilindi?
  1. Kumush tanga
  2. Mis tanga
  3. Qog‘oz pul
  4. Oltin pul

To‘g‘ri javob: Oltin pul. Bu davrda mamlakatda birinchi marotaba oltin pul zarb qilingan.

Asen II davrida Bolgariyaga qaysi hududlar qo‘shib olindi?
  1. Serbiya, Bosniya, Dalmatsiya va Valaxiya
  2. Frakiya, Makedoniya, Epir va Fessaliyaning bir qismi
  3. Pomorye, Prussiya, Silezya va Moraviya
  4. Slavoniya, Transilvaniya, Xorvatiya va Dobruja

To‘g‘ri javob: Frakiya, Makedoniya, Epir va Fessaliyaning bir qismi. Frakiya, Makedoniya, Epir va Fessaliyaning bir qismi Bolgariyaga qo‘shib olingan.

Bolgariyada dehqonlarning tashqi kuchlar, zodagonlar va podshoh hokimiyatiga qarshi harakati qaysi asrning so‘nggi choragida bo‘lib o‘tdi?
  1. XII asrning
  2. XIII asrning
  3. XIV asrning
  4. XI asrning

To‘g‘ri javob: XIII asrning. Dehqonlar harakati XIII asrning so‘nggi choragida bo‘lib o‘tgan.

Bolgariya Tirnovo, Vidin va Dobruja kabi uchta mustaqil davlatga qaysi asrda bo‘linib ketdi?
  1. XII asrda
  2. XV asrda
  3. XIII asrda
  4. XIV asrda

To‘g‘ri javob: XIV asrda. XIV asrda Bolgariya Tirnovo, Vidin va Dobruja davlatlariga bo‘linib ketgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiRus knyazliklarida ijtimoiy-siyosiy hayotKeyingi →Uch qit’ani birlashtirgan sultonlik (Usmoniy turklar davlati)