XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 11-mavzu

Uch qit’ani birlashtirgan sultonlik (Usmoniy turklar davlati)

SIZ BILIB OLASIZ:

BEYLIKNING TASHKIL TOPISHI

Saljuqiylar davlati parchalangach uning Anatoliya (Onado‘li)dagi mulklari bir nechta mayda beyliklarga bo‘linib ketadi. Ulardan biri Kichik Osiyoning shimoli-g‘arbida joylashgan Usmon beyligi edi. Beylikning ilk hukmdori Erto‘g‘rul bo‘lsa ham, ammo uning o‘g‘li Usmonbey davrida beylik mustaqil davlatga aylanganligi uchun uning nomi bilan Usmon beyligi deb atalgan. Keyinchalik bu davlat Usmoniylar imperiyasi nomini olib, o‘rta asrlarda jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Usmonning ajdodlari o‘g‘uz qabilasidan bo‘lib, O‘rta Osiyodan Anatoliyaga ko‘chib kelishgan. Erto‘g‘rul boshchiligidagi qabila saljuqiy sulton Alouddin Qayqubod II dan ruxsat olib Vizantiya chegarasidagi Eskishaharga joylashadi. Erto‘g‘rul tez orada beylik yerlarini Vizantiyaga chegaradosh hududlar hisobiga kengaytiradi. Erto‘g‘rul vafotidan so‘ng, uning o‘g‘li Usmon I (1299–1326) beylikka boshchilik qiladi.

BUNI YODDA SAQLANG!

Usmoniy turklar davlati – Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrim hududlarini egallab, “uch qit’ani birlashtirgan davlat” hisoblanadi. Davlatning asoschisi – Usmon I.

MAMLAKAT HUDUDINING KENGAYISHI

izantiya imperiyasi Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turuvchi hamda Yevropaga istilolar uchun tayanch hududda joylashganligi bois Usmon asosiy e’tiborini Vizantiya imperiyasiga qarashli yerlarni bo‘ysundirishga qaratadi. Uning imperiyaga qilgan dastlabki muvaffaqiyatli yurishi 1291-yilda Melangiyani zabt etish bo‘ldi. Vizantiyaning bu mo‘jaz shaharchasini Usmon o‘ziga qarorgoh qilib olib, bu yerga Garmiyon va Anatoliyaning boshqa hududlaridan aholini ko‘chirib joylashtiradi. Natijada Usmon saljuq sultonlaridan beyligini tasdiqlovchi nog‘ora va tug‘ olib, 1299-yilda o‘ziga tegishli beylik yerlarini mustaqil davlat deb e’lon qiladi hamda Usmoniylar davlatiga asos soladi.

MAMLAKAT HUDUDINING KENGAYISHI

Vizantiyada taxt uchun kurashning boshlanishi turklarning imperiyaga yurishlarini osonlashtirib, Usmon davrida Bursa shahri va uning atroflari, uning o‘g‘li O‘rxon davrida esa Nikeya va Nikomediya shaharlarini bosib olishga imkon beradi. Shu tariqa XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida Usmoniylar davlati o‘z hududini sezilarli darajada kengaytirib oladi.

HARBIY ISLOHOTLAR, MUNTAZAM QO‘SHINNING TUZILISHI

Usmoniylarning harbiy qudrati yaxshi tashkil etilgan otliq, piyoda, yanichar qo‘shini hamda dengiz flotining mavjudligida edi. Sultonlar qo‘shinni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratganlar. Xususan, O‘rxon davrida harbiy islohot o‘tkazilib, piyoda bo‘linma – yayov va otliq qo‘shin – musallamdan iborat doimiy qo‘shin tashkil etiladi. Piyoda jangchilar urushda qatnashgan paytda umumiy o‘ljadan ulush tekkan bo‘lsa, tinchlik paytida soliqlardan ozod qilingan holda ekinzorlarda mehnat qilishardi.

BILAG‘ONLAR UCHUN

Yanicharlar qo‘shini asir olingan Bolqon yarimoroli aholisining 8–16 yoshli sog‘lom va baquvvat xristian bolalaridan tashkil etilgan. Dastlab o‘g‘il bolalar turkiy oilalar tarbiyasiga yuborilgan, ular islom dinini qabul qilib, u yerda turk tili, islom dini va harbiy ishlarning asoslarini o‘rganganlar. Keyin yigitlar o‘quv binolariga yuborilib, kamida olti yil amaldorlar nazorati ostida tahsil olishgan. Ular xattotlik, huquq, ilohiyot, adabiyot va tillarni ham o‘rganganlar. Turklar ularga jang san’atining sir-asrorlari bilan birga harbiy qurollarning ko‘p turlaridan foydalanishni ham o‘rgatib, bolalarni juda qattiq tartib-intizom va tinimsiz harbiy mashg‘ulotlar orqali asl navkarga aylantirishar edi. Yillar o‘tib bolalar o‘z tilini va dinini unutib, sultonning sodiq yanicharlariga aylangan. Ular doimo harbiy qarorgohda yashab, davlat xazinasidan maosh olib turganlar.

BILAG‘ONLAR UCHUN

Otliq qo‘shinning har bir suvoriysiga esa yetarlicha daromad keltiradigan yer-mulk – tumori berilgan. Natijada otliq qo‘shin soni 150 minggacha yetgan. 1365-yilda sulton Murod I (1362–1389) tomonidan turk armiyasining zarbdor bo‘linmasi – yanichar (yangi qo‘shin) qo‘shini ham tuziladi. Yanicharlar harbiy sohada nihoyatda mohir bo‘lib, shamshir, doira shaklidagi qalqon, xanjar, ikki tig‘li boltacha, kamon va o‘q-yoy, keyinchalik o‘qotar qurollar bilan qurollanishgan. Yanicharlar bo‘linmasi mirshablik, xavfsizlikni ta’minlash, o‘t o‘chirish va kerak bo‘lsa jazolash vazifalarini ham bajargan. Sultonlar doimo o‘zining sodiq yanicharlari bilan jangga kirar, ularning jangga kirishi vaziyatni butunlay o‘zgartirib, aksar hollarda turk qo‘shinlarining g‘alabasini ta’minlagan.

BOLQON YARIMOROLIDAGI ISTILOLAR

Usmoniylar istilosiga qadar Bolqon yarimorolida Vizantiya, Albaniya, Bolgariya, Bosniya va Serbiya kabi yirik davlatlar mavjud edi. Ammo siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlar bu davlatlarning turklar istilosiga qarshi birlashuviga imkon bermadi. 1352–1354-yillarda Yevropadagi dastlabki yurishlarni boshlagan turklar Bolqonning bir qismini egallab, Yevropa hududida yangi Rum eli (Rumeliya) viloyatini ta’sis etadilar. Sulton Murod I qo‘shinlari vizantiyaliklarni Adrianopol ostonalarida tor-mor etib, shaharni batamom mudofaasiz qoldirishadi. Natijada 1362-yilda Adrianopol shahri egallanib, unga Edirna deb nom beriladi hamda mamlakat poytaxtiga aylantiriladi. 1389-yil Serbiyaga yurish boshlagan Sulton Murod I Kosovo maydonida bo‘lgan jangda g‘alaba qozonishi bilan turklar Bolqonning yakka xo‘jayiniga aylanishadi. Serbiyaga yurish vaqtida Murod I vafot etib taxtga o‘g‘li Boyazid (1389–1402) o‘tiradi. U qisqa vaqt ichida Bolgariya va Grek knyazliklarini bo‘ysundirib, Albaniyaning bir qismini egallaydi. Shuningdek, Anatoliyaning g‘arbiy va markaziy qismidagi turk beyliklarini ham tobe qiladi. Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solib qo‘yadi.

AMIR TEMUR VA BOYAZID MUNOSABATLARI

Bu davrda o‘z saltanatining hududlarini g‘arbga tomon kengaytirib kelayotgan Amir Temur davlatining chegaralari Kichik Osiyoga yaqinlashib qoladi. Sohibqironning Usmoniylar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qilishiga qaramay Boyazidning Amir Temurga qarshi ayirmachilar harakatini qo‘llab-quvvatlaganligi ikki buyuk hukmdor to‘qnashuvini muqarrar qilib qo‘yadi. Oqibatda 1402-yilning iyulida Anqara yaqinida jang bo‘lib, Boyazid yengiladi va asir olinadi. Sohibqiron Usmoniylar mulklarini Boyazidning o‘g‘illariga bo‘lib beradi.

VIZANTIYA IMPERIYASINING QULASHI

Mehmed II tomonidan so‘nggi imperatori halok bo‘lib, Sharqiy Rim imperiyasi ham qulaydi. Usmoniylar Konstantinopol shahrini Istanbul deb nomlab, unga o‘z poytaxtini ko‘chiradi. Shahardagi mashhur Avliyo Sofiya ibodatxonasi Ayo Sofiya deb nomlanib, sultonning asosiy masjidiga aylantiriladi.

Konstantinopolning ishg‘ol etilishi. 1453-yil

Sulton Boyazidning vafotidan so‘ng o‘g‘li sulton Mehmed I (1413–1421) taxtga chiqib, tez orada Usmoniylar harbiy qudratini qayta tiklaydi va Vizantiya imperiyasini bo‘ysundirish uchun kurash boshlaydi. Usmoniylar Sulton Murod II davrida Konstantinopolni bir necha marta qamal qiladilar. Ammo mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralib, quruqlikdan va dengizdan yaxshi himoyalangan bu shaharni egallash sulton Mehmed II (1451–1481)ga nasib qiladi. Yurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan turklar og‘ir artilleriyaga alohida e’tibor qaratadilar. Shu bilan birga, ular Vizantiya poytaxti taqdirini hal qiladigan katta flot yaratadilar. Natijada Konstantinopol ikki oylik qamaldan so‘ng 1453-yil 29-may kuni egallanadi. Jangda Vizantiyaning

O‘YLANG VA XULOSA QILING!

Savollar: Aziz o‘quvchilar, o‘ylab ko‘ring-chi, nima sababdan ko‘plab hukmdorlar, shuningdek, turk sultonlari ham Konstantinopolni egallashga harakat qilganlar?

DAVLAT BOSHQARUVI

astlab Usmoniylarning boshqaruv tizimi juda sodda bo‘lib, bey unvoni qabila boshliqlari yig‘inida berilgan. Bey birinchi navbatda harbiy boshliq sifatida harakat qilishi va harbiy yurishlarni tashkil qilishi kerak bo‘lgan. Bey egallangan shahar va qal’alarning hukmdorligiga o‘zining yaqinlari va qarindoshlarini tayinlagan. Beylikning kuchayib borishi uning boshqaruvida ham o‘zgarishlarga olib keladi. Natijada O‘rxon davrida ilk bor vazir lavozimi

Dta’sis etiladi. Davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi va Bursa shahri poytaxtga aylantirilib, 1327-yilda shaharda birinchi marta kumush tanga zarb qilinadi. Davlat boshqaruv tizimini takomillashtirishda musulmon ruhoniylarining o‘rni katta bo‘lib, O‘rxon davrida islom ulamolarini boshqaruvchi va qozi sifatida jalb qila boshladilar. Shuningdek, sultonlar mamlakatni boshqarishda asosan shaharlarda mavjud bo‘lgan hunarmandlar uyushmalari bilan ham faol hamkorlik qiladilar.

DAVLAT BOSHQARUVI

Mamlakat hududi kengaya borib, beylik yirik markazlashgan davlatga aylanishi natijasida beyning hokimiyati ham kuchayib boradi. Natijada mamlakat mutlaq monarxiyaga aylanib, uni cheklanmagan vakolatga ega hukmdor boshqara boshlaydi. O‘rxonning o‘g‘li Murod I davridan boshlab hukmdorlar sulton deb ataladi. Sulton hukumat rahbari, qo‘shinning bosh qo‘mondoni va oliy qozi hisoblangan. Sulton Salim I tomonidan Misr bosib olingach, Qohiradagi xalifa taxtni unga topshiradi. Shu tariqa Usmoniylar saltanati xalifalik markazi, sultonlar esa barcha musulmonlarning yagona xalifasi bo‘lib qoladi. Usmoniylar davlati musulmonlar nomidan ish ko‘rar, musulmon diyori bo‘lgan boshqa biror yerda xalifalik yo‘q edi. Shuning uchun Usmoniylar musulmonlarning ramzi bo‘lgan, ularga ehtirom bilan qaralgan. Usmoniylar imperiyasi tangasi

YER EGALIGI, SOLIQ VA MAJBURIYATLAR

Usmoniylar davlatida yerga egalik qilishning shakllari qo‘shni xalqlar va davlatlarnikiga o‘xshash bo‘lib, mulk yerlari, harbiylar mulki hamda vaqf yerlari mavjud bo‘lgan. Mamlakat hududining kengayishi yer egaligining harbiy-mulk tizimining shakllanishiga yordam bergan. Sultonlar bosib olingan o‘lkalardagi yer-mulklarni harbiylar va amaldorlarga iqto tarzida taqsimlab berganlar, keyinchalik esa ularning bir qismi xususiy mol-mulk tarzida meros qilib berilgan. Mamlakatdagi hukmron tabaqaning asosiy qismi Kichik Osiyodagi mahalliy zodagonlar bo‘lib, ular o‘z mulklarini saqlab qolish niyatida Usmoniylarning xizmatiga o‘tishgan. XIV asrdan boshlab vaqf mulklari ham keng tarqalib, sultonlikdagi barcha ekin yerlarining uchdan bir qismini tashkil qilgan. Usmoniy hukmdorlar yerlarni taqsimlay boshlaganlarida qishloq aholisi yangi yer egalariga – turk harbiy feodal zodagonlariga qaram bo‘lib qolishgan. Barcha yerlarga dehqonlar tomonidan ishlov berilib, ular hosilning ma’lum bir qismini ijara haqi uchun yer egalariga berganlar. Shuningdek, aholi tegirmon solig‘i, chorva mollari solig‘i, yer solig‘i kabi har xil turdagi soliqlarni to‘lashgan.

XV ASR OXIRI – XVI ASR BOSHLARIDA USMONIYLAR IMPERIYASINING KENGAYISHI

asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar Kichik Osiyoda katta harbiy muvaffaqiyatlarga erishib, bu yerdagi barcha beyliklar ustidan hukmronlik o‘rnatishadi. XVI asrning boshlarida esa Bolqon yarimoroli, janubi-sharqiy Anatoliya, Arabiston yarimoroli hamda Shimoliy Afrikadagi egallagan yerlar hisobiga mamlakat hududi deyarli ikki barobar kengayib, uch qit’ada Usmoniylar hukmronligi o‘rnatiladi.

Rum eli (Rumeliya) – XIV–XV asrlarda Usmoniy turklar imperiyasi tomonidan Bolqon yarimorolidagi bosib olingan yerlarning umumiy nomi. ATAMALAR

1. Usmoniylarning kelib chiqishi haqida nimalarni bilib oldingiz, ularning asl vatani qayer ekan?

Savollar: 2. Usmoniylar harbiy qudrati va harbiy yurishlardagi muvaffaqiyatlarining siri nimada deb o‘ylaysiz?
Savollar: 3. Davlat boshqaruvi haqida nimalarni bilib oldingiz, sultonlarni nega butun musulmonlarning yetakchisi deb hisoblashgan?
Savollar: 4. Mamlakatdagi yer egaligi munosabatlarining afzalligi nimada, qanday qilib yer-mulk tizimi turk istilolarining yanada kengayishiga xizmat qilgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Usmon beyligida Erto‘g‘rul vafotidan so‘ng uning o‘g‘li kim beylikka boshchilik qilgan?
  1. Usmon I
  2. Murod I
  3. O‘rxon
  4. Bayazid I

To‘g‘ri javob: Usmon I. Erto‘g‘rulning o‘g‘li Usmon I otasidan keyin beylikka boshchilik qilgan.

Usmon beyligi qaysi davlat parchalangach vujudga kelgan mayda beyliklardan biri edi?
  1. G‘aznaviylar davlati
  2. Xorazmshohlar davlati
  3. Saljuqiylar davlati
  4. Ilxonlar davlati

To‘g‘ri javob: Saljuqiylar davlati. Saljuqiylar davlati parchalangach, uning Anatoliyadagi mulklari mayda beyliklarga bo‘lingan.

Beylik nima sababdan Usmon beyligi deb atalgan?
  1. Usmon davrida beylik mustaqil davlatga aylangani uchun
  2. Usmon beylikni Vizantiyadan sotib olgani uchun
  3. Usmon saljuq sultonining o‘g‘li bo‘lgani uchun
  4. Usmon beylikka Bursadan kelib joylashgani uchun

To‘g‘ri javob: Usmon davrida beylik mustaqil davlatga aylangani uchun. Ilk hukmdor Erto‘g‘rul bo‘lsa-da, mustaqil davlatga aylanish Usmon davrida bo‘lgan.

Erto‘g‘rul boshchiligidagi qabila qaysi saljuqiy sultondan ruxsat olib Eskishaharga joylashgan?
  1. Sulton Malikshoh I Saljuqiy
  2. Sulton Alp Arslon Saljuqiy
  3. Sulton Ahmad Sanjar Saljuqiy
  4. Sulton Alouddin Qayqubod II

To‘g‘ri javob: Sulton Alouddin Qayqubod II. Qabila saljuqiy sulton Alouddin Qayqubod II dan ruxsat olgan.

Usmon beyligi nega aynan Usmonbey nomi bilan atalgan, garchi uning ilk hukmdori boshqa kishi bo‘lgan bo‘lsa-da?
  1. Chunki Usmonbey beylikni Saljuqiylar davlatidan ajratib olgan birinchi ajdod hisoblangan
  2. Chunki Usmonbey ota-bobolarini O‘rta Osiyodan Anatoliyaga olib kelgan boshliq bo‘lgan
  3. Chunki beylik mustaqil davlatga aylanishi Usmonbey hukmronligi davriga to‘g‘ri kelgan
  4. Chunki Usmonbey Vizantiyani to‘liq bo‘ysundirib, imperiya nomini o‘zgartirgan

To‘g‘ri javob: Chunki beylik mustaqil davlatga aylanishi Usmonbey hukmronligi davriga to‘g‘ri kelgan. Ilk hukmdor Erto‘g‘rul bo‘lsa ham, beylik mustaqil davlatga aylanishi Usmon davrida yuz bergani uchun u shu nom bilan atalgan.

Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani egallab, uch qit’ani birlashtirgan davlat hisoblangan davlat qaysi?
  1. Misr mamluklari davlati
  2. Usmoniy turklar davlati
  3. Saljuqiylar davlati
  4. Vizantiya imperiyasi

To‘g‘ri javob: Usmoniy turklar davlati. Usmoniy turklar davlati uch qit’ani birlashtirgan davlat hisoblanadi.

Usmoniy turklar davlati nima sababdan “uch qit’ani birlashtirgan davlat” deb hisoblanadi?
  1. Hindiston, Xitoy, Yaponiya va Indoneziyani egallagani uchun
  2. Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani egallagani uchun
  3. Shimoliy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniyani egallagani uchun
  4. Skandinaviya, Sibir, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonni egallagani uchun

To‘g‘ri javob: Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikani egallagani uchun. U Osiyo, Yevropa va Afrikadagi hududlarni egallagan.

Usmon Vizantiyaga qarshi dastlabki muvaffaqiyatli yurishda Melangiyani qaysi yilda zabt etgan?
  1. 1291-yilda
  2. 1303-yilda
  3. 1296-yilda
  4. 1281-yilda

To‘g‘ri javob: 1291-yilda. Usmonning dastlabki muvaffaqiyatli yurishi 1291-yilda Melangiyani zabt etish bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBolqon mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy YevropaKeyingi →Oʻrta asrlarda Eron