Oʻrta asrlarda Eron
SIZ BILIB OLASIZ:
- • Hulokuiylar (Elxoniylar), Sarbadorlar, Muzaffariylar, Jaloyiriylar, Qora qo‘yunlilar hamda Oq qo‘yunlilar davlatlari.
VA MO‘G‘ULLAR ISTILOSI
Bolalik davri Ilm olish davri Harbiylik davri
(20 yosh)
Amaldorlik davri
(30 yosh)
Hukmdorlik davri. Hulokuiylar davlati asoschisi (40 yosh)
Hulokuning faoliyat davri
Arab xalifaligi parchalangach, Xuroson va Eronda Tohiriylar, Safforiylar, Xl asr o‘rtalaridan Saljuqiy turklar o‘z hukmronligini o‘rnatadilar. O‘zaro kurashlar va qabilalar isyoni natijasida Saljuqiylar hukmronligi zaiflashib qolgach, Xorazmshohlar davlati 1194-yilda Eronni egallab, uni Xorazmga qo‘shib oladi. Ammo Xorazmshohlar hukmronligi ham uzoqqa bormay, tez orada Eron mo‘g‘ullar bosqiniga uchraydi.
Movarounnahr bosqinidan so‘ng Chingizxonning to‘rtinchi o‘g‘li Tulu boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Eron hududiga bostirib kirib Marv, Niso, Sabzavor, Nishopur va Tus shaharlarini egallaydilar. Ammo bu yerda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydilar. Jaloliddin vafot etganidan keyingina mo‘g‘ullar Tabriz va Isfahonni zabt etishadi. XIII asrning 50-yillariga kelib Xuroson, Seyiston, Mozandaron, Fors Irog‘i (Iroqi Ajam) va Ozarbayjon mo‘g‘ullar qo‘liga o‘tib, faqatgina Eronning janubi va janubi-g‘arbidagi bir nechta mulklargina o‘z mustaqilligini saqlab qoladi.
HULOKUIYLAR (ELXONIYLAR) DAVLATI
Mo‘g‘ul xoni Munke topshirig‘iga ko‘ra Huloku 1256-yilda 70 ming qo‘shin bilan Eronni to‘liq bosib oladi va bu yerda Hulokuiylar davlatiga asos soladi. Ulug‘ xon Munke tomonidan Huloku bosib olingan yurtlar hukmdori deb tan olinib, unga elxon (ulus xoni) unvoni beriladi. Shu tariqa Hulokuiylar davlatida hukmdorlar elxon deb nomlanib, Elxoniylar davlati deb ham atalgan. Elxonlar mamlakatni turk-mo‘g‘ul zodagonlari hamda mahalliy musulmon amaldorlariga tayanib boshqarganlar. Hulokuiylar davlatiga Erondan tashqari Afg‘oniston, Turkmanistonning katta qismi, Kavkazorti, Iroq va Kichik Osiyoning sharqiy qismi kirgan.
HULOKUIYLAR (ELXONIYLAR) DAVLATI
Mo‘g‘ullarning istilosi oqibatida yirik shaharlar, hunarmandchilik va savdo markazlari vayron qilindi, suv inshootlari buzib tashlandi. Dehqonchilik yerlarini yaylovga aylantirishdi.
Aholi og‘ir soliqlar to‘lashga majbur qilinib, dehqonlarga tegishli mahsulotlarning katta qismi ham tortib olindi. Soliqlar tufayli qarzdor bo‘lgan ko‘plab oilalar qul qilib sotib yuborildi. Mamlakatdagi vayronagarchiliklar tufayli dehqonlar o‘z yerlarini tashlab keta boshladilar. Natijada xalqning noroziligi kuchayib, og‘ir zulm va mamlakat ozodligi uchun kurashuvchi qo‘zg‘olonchi guruhlar vujudga keldi.
IJTIMOIY-SIYOSIY ISLOHOTLAR
Iqtisodiy inqiroz va xalq noroziligining kuchayishi natijasida elxonlar islohotlar o‘tkazish zarurligini anglashgan. Islohot uchun urinishlar yettinchi elxon G‘ozonxon (1295–1304) va uning vaziri, qomusiy olim Rashiduddin faoliyati bilan bog‘liq. G‘ozonxon davrida mamlakat ahvolini yaxshilash maqsadida ma’muriy va iqtisodiy islohotlar o‘tkazilib, asosiy e’tibor davlatni markazlashtirishga, soliq tizimini tartibga solishga qaratilgan. G‘ozonxon islom dinini qabul qilgach, 1295-yili qurultoyda islomni davlat dini deb e’lon qiladi. Bu esa elxonning musulmon a’yonlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga olib keladi. G‘ozonxon pul islohoti o‘tkazib, 2,15 grammli kumush dirham, 12,9 grammli oltin dinor tangalar zarb qildirgan. Bu pul tizimi qulayligi sababli keyinchalik Chig‘atoy ulusida ham joriy qilinadi.
IJTIMOIY-SIYOSIY ISLOHOTLAR
G‘ozonxon islohotlari sababli mamlakat xo‘jaligi birmuncha yaxshilandi. Biroq katta yer egalarining soliq to‘lashdan bosh tortib, mustaqillikka intilishi mamlakatning iqtisodiy ahvolini yomonlashtirib, markaziy hokimiyat kuchsizlana boshladi. Elxon Abu Said vafotidan so‘ng Hulokuiylar davlatida yagona hukmdor qolmadi. Turli viloyatlarda alohida-alohida elxonlar hukmronlik qila boshladi. XIV asrning 30-yillaridan boshlab ular o‘rtasidagi kurash hamda sarbadorlar qo‘zg‘oloni natijasida Hulokuiylar davlati bir necha mustaqil davlatlar (Muzaffariylar, Jaloyiriylar va boshqalar)ga bo‘linib ketdi. Xurosonning sharqiy qismidagina 1353-yilgacha elxonlar hokimiyati saqlanib qoldi xolos.
IJTIMOIY-SIYOSIY ISLOHOTLAR
G‘ozonxonning islom dinini qabul qilishi
SARBADORLAR HARAKATI
1337 -yilda Xurosonning Sabzavor shahri yaqinidagi Boshtin qishlog‘ida mo‘g‘ullar va yirik mulkdorlar zulmiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Isyonchilar o‘zlarini “sarbadorlar”, ya’ni boshini dorga tikkanlar deb ataganlar. Qo‘zg‘olonga mayda mahalliy zamindorlar rahbarlik qiladi. Isyonchilar Sabzavor va Xuroson yerlarini egallab, bu yerda o‘z davlatlarini tuzadilar. Sarbadorlar rahbarlari aholining ahvolini yaxshilashga qaratilgan bir qator islohotlar ham o‘tkazadilar. Xususan, xiroj solig‘i hosilning 1/3 foizi miqdorida olinishi belgilanadi. Sarbadorlarning yetakchilari Vojihiddin Mas’ud sulton unvonini oladi. Dehqonlarni o‘ziga og‘dirish uchun ulardan 12 ming kishilik qo‘shin tuzib, ularni doimiy maosh bilan ta’minlaydi. Sarbadorlar ichida birlik yo‘q bo‘lib, ular davlat boshqaruvini yuqori tabaqa vakillariga topshirish tarafdori bo‘lgan hamda tenglik asosida dehqon va hunarmandlar boshqaruvidagi davlat tuzishni xohlovchi guruhlarga bo‘linadi. Shuningdek, qo‘zg‘olon rahbarlarining taxt uchun o‘zaro kurashi, ularning ruhoniylar bilan kelishmovchiligi davlatni zaiflashtiradi. Natijada Amir Temur 1381-yilda Sabzavorni egallab, Sarbadorlar davlatiga barham beradi.
MUZAFFARIYLAR DAVLATI
uzaffariylar davlatiga mo‘g‘ullarning Yazd shahridagi noibi Muboriziddin Muhammad ibn Muzaffar (1314–1358) asos solgan. Mamlakat poytaxti Sheroz shahri bo‘lgan. Muzaffariylar dastlab Xurosonga o‘rnashib, keyinchalik mo‘g‘ullar bosqini natijasida Yazdga ko‘chib boradi va elxoniylarga tobe bo‘lib qoladi. Muzaffariylardan birinchi bo‘lib Muboriziddin Muhammad mustaqillik harakatini boshlaydi. U Hulokuiylar davlati inqirozga uchraganidan foydalanib, Kirmon, Fors va Isfahon viloyatlarini o‘z davlatiga qo‘shib oladi hamda Janubiy Eronda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Ammo sulola vakillarining davlat mulklarini bo‘lib olish uchun boshlagan o‘zaro urushlari tufayli mamlakat zaiflashib qoladi. 1387–1393-yillarda Amir Temur Janubiy Eronni egallab, Muzaffariylar davlati tugatiladi.
1314-1393. Shoh Mansur
Muzaffariylar tanga puli
JALOYIRIYLAR DAVLATI
Jaloyiriylar turkiy xalqlardan biri bo‘lib, ular Mo‘g‘ulistondagi Onon va Kerulen daryolari bo‘yida yashaganlar. Keyinchalik esa Yettisuv va Movarounnahrning ayrim viloyatlariga ko‘chib kelib o‘rnashadilar. Mo‘g‘ullar bosqini natijasida ularning katta bir guruhi Ozarbayjon va Iroqqa kelib joylashib, Erondagi elxoniylarga tobe bo‘lib qoladilar. Hulokuiylar davlati yemirilgach, shayx Hasan Buzurg 1340-yilda o‘zini sulton deb e’lon qilib, Jaloyiriylar davlatiga asos soladi. Bag‘dod shahrini poytaxtga aylantiradi. Jaloyiriylar davlati sulton Uvays I davrida (1356–1374) juda yuksaladi. Ammo Sulton Uvaysning to‘rtinchi o‘g‘li Ahmad davrida Jaloyiriylar davlatiga qo‘shni mamlakatlarning tahdidlari kuchayib ketadi. Amir Temur Tabriz va Bag‘dodni egallagach, Jaloyiriylar Temuriylar davlatiga tobe bo‘lib qoladi. Sohibqiron Eronni egallash orqali bu yerdagi siyosiy tarqoqlikka barham berish bilan birga ayirmachilik harakatlariga ham chek qo‘yadi. Amir Temur vafot etgach Jaloyiriylarning Bag‘dodda hokimiyati qayta tiklanadi. Biroq XV asrning 30-yillarida Qora qo‘yunlilar tomonidan Jaloyiriylar davlati butunlay tugatiladi.
1340-1430
Bag‘dod shahri
QORA QO‘YUNLILAR VA OQ QO‘YUNLILAR DAVLATI
ora qo‘yunlilar ko‘chmanchi turkman qabilalari ittifoqi bo‘lib, Van ko‘lining sharqiy qismida
Hasan (1453–1478) boshchiligida Qora qo‘yunlilarni mag‘lub etib, poytaxti Tabriz bo‘lgan Oq qo‘yunlilar davlatiga asos soladi. Oq qo‘yunli davlati hududiga G‘arbiy Eron, Kurdiston, Xuziston, Fors, Kirmon hamda Armaniston va Ozarbayjonning bir qismi kirgan. Oq qo‘yunlilarning G‘arbiy Eronni bosib olishi, temuriylar bilan munosabatlarni keskinlashtiradi. 1469-yili yuz bergan jangda Uzun Hasan g‘alaba qozonib, temuriy sulton Abu Said halok bo‘ladi. Ammo Oq qo‘yunlilar Usmoniylarga qarshi kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Shuningdek, hukmdorlarning davlatni saqlab qolish uchun zodagonlarga qarshi kurashi Oq qo‘yunlilar davlatini markazi Tabriz va Isfahonda bo‘lgan ikki qismga bo‘linib ketishiga olib keladi.
QORA QO‘YUNLILAR VA OQ QO‘YUNLILAR DAVLATI
Qyashaganlar. Ularning yo‘lboshchisi Qora Yusuf 1387-yilda
Tabrizni egallab, mustaqil harakat qila boshlaydi.
Ammo Amir Temurdan yengilib, Misr sultoni Barquq qarorgohidan panoh topadi. Amir Temur vafot etgach Ahmad Jaloyiriy bilan ittifoq tuzib temuriylarga qarshi kurashni davom ettiradi. Qora Yusuf dastlab temuriyzoda Abu Bakr, so‘ngra Mironshoh qo‘shinini ham mag‘lubiyatga uchratadi. 1410-yilda Tabriz va Bag‘dodni egallab, Qora qo‘yunlilar davlatiga asos soladi.
Oq qo‘yunlilar davlati bayrog‘i
XV asrda Eron ko‘chmanchi harbiy zodagonlar hukmronlik qilgan mo‘rt va iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan kichik davlatlardan iborat edi. Mamlakatning bir
QORA QO‘YUNLILAR VA OQ QO‘YUNLILAR DAVLATI
Qora Yusuf va Iskandar davrida Qora qo‘yunlilar temuriylar va shirvonshohlar bilan urushlar olib boradilar. 1435-yil Shohrux Mirzo Qora qo‘yunlilar qo‘shinini tor-mor keltirib, ularni tobe qiladi. 1468-yilda asosiy raqiblardan Uzun Hasan Qora qo‘yunlilarni yengib, ularga tegishli barcha hududlarni egallaydi. Shu tariqa Qora qo‘yunlilar davlati tugatiladi.
necha o‘lkalarga parchalanib ketishi hamda yirik mulkdorlar o‘rtasidagi nizolar iqtisodiy tanazzulga sabab bo‘ladi. Bu holat feodal tarqoqlikni tugatib, mamlakatni markazlashtirish orqali uni taraqqiyot yo‘liga olib chiqishni taqozo qila boshlaydi. Shunday vaziyatda Janubiy Ozarbayjonning Ardabil shahrida badavlat yer egalari bo‘lgan Safaviylarning ta’siri kuchaya bordi. Natijada XVI asrning boshida Safaviylar Oq qo‘yunlilarning asosiy kuchlarini mag‘lub etib, Eronni yagona davlatga birlashtiradi.
QORA QO‘YUNLILAR VA OQ QO‘YUNLILAR DAVLATI
Qora qo‘yunlilar davlati bayrog‘i
Oq qo‘yunlilar XIV–XV asrlarda Dajla daryosining yuqori oqimida yashagan turkman qabilalarining ittifoqi bo‘lib, keyinchalik Anatoliyaga kelib o‘rnashadilar. Ular Uzun
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1194-yilda — O‘zaro kurashlar va qabilalar isyoni natijasida Saljuqiylar hukmronligi zaiflashib qolgach, Xorazmshohlar davlati 1194-yilda Eronni egallab, uni Xorazmga qo‘shib oladi.
- 1256-yilda — Mo‘g‘ul xoni Munke topshirig‘iga ko‘ra Huloku 1256-yilda 70 ming qo‘shin bilan Eronni to‘liq bosib oladi va bu yerda Hulokuiylar davlatiga asos soladi.
- 1295-yili — G‘ozonxon islom dinini qabul qilgach, 1295-yili qurultoyda islomni davlat dini deb e’lon qiladi.
- 1340-yilda — Hulokuiylar davlati yemirilgach, shayx Hasan Buzurg 1340-yilda o‘zini sulton deb e’lon qilib, Jaloyiriylar davlatiga asos soladi.
- 1353-yilgacha — Xurosonning sharqiy qismidagina 1353-yilgacha elxonlar hokimiyati saqlanib qoldi xolos.
- 1381-yilda — Natijada Amir Temur 1381-yilda Sabzavorni egallab, Sarbadorlar davlatiga barham beradi.
- 1387–1393-yillarda — 1387–1393-yillarda Amir Temur Janubiy Eronni egallab, Muzaffariylar davlati tugatiladi.
- 1387-yilda — Ularning yo‘lboshchisi Qora Yusuf 1387-yilda
- 1410-yilda — 1410-yilda Tabriz va Bag‘dodni egallab, Qora qo‘yunlilar davlatiga asos soladi.
- 1435-yil — 1435-yil Shohrux Mirzo Qora qo‘yunlilar qo‘shinini tor-mor keltirib, ularni tobe qiladi.
Bilimingizni sinang
Saljuqiylar zaiflashgach, Xorazmshohlar davlati Eronni qaysi yilda egallab, Xorazmga qo‘shib olgan?
- 1219-yilda
- 1194-yilda
- 1141-yilda
- 1231-yilda
To‘g‘ri javob: 1194-yilda. Xorazmshohlar davlati 1194-yilda Eronni egallab, uni Xorazmga qo‘shib oldi.
Xuroson, Seyiston, Mozandaron, Fors Irog‘i va Ozarbayjon mo‘g‘ullar qo‘liga o‘tib, Eronning faqat janubi mustaqil qolgan 50-yillar qaysi asrga tegishli?
- XII asrning
- XV asrning
- XIII asrning
- XIV asrning
To‘g‘ri javob: XIII asrning. XIII asrning 50-yillariga kelib Eronning katta qismi mo‘g‘ullar qo‘liga o‘tdi.
1194-yilda Eronni egallab, uni Xorazmga qo‘shib olgan davlat qaysi?
- Xorazmshohlar davlati
- Saljuqiylar davlati
- Tohiriylar davlati
- Safforiylar davlati
To‘g‘ri javob: Xorazmshohlar davlati. Saljuqiylar zaiflashgach, Xorazmshohlar 1194-yilda Eronni egallagan.
Tulu boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlariga Eronda qattiq qarshilik ko‘rsatgan shaxs kim?
- Rashiduddin
- Jaloliddin Manguberdi
- Vojihiddin Mas’ud
- Muboriziddin Muhammad
To‘g‘ri javob: Jaloliddin Manguberdi. Mo‘g‘ullar Eronda Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchragan.
Huloku Munke topshirig‘i bilan Eronni to‘liq bosib olib, Hulokuiylar davlatiga qaysi yilda asos solgan?
- 1206-yilda
- 1227-yilda
- 1260-yilda
- 1256-yilda
To‘g‘ri javob: 1256-yilda. Huloku 1256-yilda 70 ming qo‘shin bilan Eronni bosib olib, Hulokuiylar davlatiga asos soldi.
Huloku Eronni to‘liq bosib olish uchun necha kishilik qo‘shin bilan yurish qilgan?
- 50 ming
- 100 ming
- 70 ming
- 20 ming
To‘g‘ri javob: 70 ming. Huloku Eronni 70 ming kishilik qo‘shin bilan bosib oldi.
Ulug‘ xon Munke Hulokuni bosib olingan yurtlar hukmdori deb tan olib, unga qanday unvon bergan?
- sulton
- noyon
- xoqon
- elxon
To‘g‘ri javob: elxon. Munke Hulokuga elxon (ulus xoni) unvonini bergan.
Hukmdorlari elxon deb nomlangani uchun Elxoniylar davlati deb ham atalgan davlat qaysi?
- Muzaffariylar davlati
- Hulokuiylar davlati
- Sarbadorlar davlati
- Jaloyiriylar davlati
To‘g‘ri javob: Hulokuiylar davlati. Hulokuiylar davlatida hukmdorlar elxon deb atalgani sababli u Elxoniylar davlati deb ham yuritilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash