O‘rta asrlarda Hindiston
SIZ BILIB OLASIZ:
- • Sultonlikning inqirozga yuz tutishi.
DEHLI SULTONLIGINING TASHKIL TOPISHI
Hindistondagi mahalliy hukmdorlarning o‘zaro urushlari va mustaqillikka intilishi markaziy hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keldi. Bundan foydalangan turk va afg‘on qabilalari Hindistonning shimoliy hududlariga bir necha bor hujumlar uyushtirdilar. Keyinchalik ular bu yerga o‘rnashib, 1206-yilda Qutbiddin Oyboq (1206–1210) tomonidan Dehli sultonligiga asos solinadi. Qutbiddin Oyboq turkiy qabilalardan qo‘shin tashkil qilib, Hindistonga yurishlarni davom ettiradi. Sulton Qutbiddin Oyboqning vafotidan so‘ng taxtga uning turk g‘ulomi bo‘lgan Shamsiddin Eltutmish (1211–1236) keladi. U sultonlikka Panjob, Sind, Bengaliyani qo‘shib olib, mamlakat hududini sezilarli darajada kengaytiradi. Uning davrida sultonlikning shon-shuhrati Hindiston chegaralaridan tashqariga chiqib, 1229-yilda Bag‘dod xalifasi tomonidan Eltutmish mustaqil hukmdor deb e’tirof etiladi.
DEHLI SULTONLIGINING TASHKIL TOPISHI
Sultonning o‘g‘il farzandlari layoqatsiz, davlatni boshqarishga qodir emas edilar. To‘ng‘ich qizi Roziya esa adolatpesha, xalqparvar va siyosatchilarga xos xislatlarga ega edi. Sulton qizining yuksak salohiyati sababli uni o‘zining merosxo‘ri etib tayinlaydi. Shunga qaramay, sulton vafot etgach o‘g‘illari taxt uchun kurash boshlaydilar. Ammo keng xalq ommasi, ayrim viloyat hokimlari Roziyani qo‘llab-quvvatlab, 1236-yilda uni sultonlik taxtiga o‘tqazadilar. Roziya taxtga o‘tirishi bilan nafaqat sultonlikning musulmon bo‘lgan yagona ayol hukmdori, balki Janubiy Osiyo mintaqasining birinchi musulmon ayol hukmdoriga ham aylanadi. U tez orada isyonlarni bostirib, mamlakatda tinchlik o‘rnatadi. Shuningdek, adolatli qonunlar chiqarib, fuqarolarga g‘amxo‘rlik qiladi. Tanga pullar zarb ettirib, savdo ishlarini tartibga soladi. Roziya adolatli malika, fan va san’at homiysi bo‘lib, ilm va din peshvosi deb ulug‘lanadi. Biroq uning hukmronligi uzoq davom etmaydi. Uning turk zodagonlari bilan munosabatlari keskinlashib, 1240-yil apreldagi isyondan so‘ng Roziyani taxtdan ag‘daradilar.
DEHLI SULTONLIGINING TASHKIL TOPISHI
Shamsiddin Eltutmish
XIII asr oxirida Dehli sultonligi o‘z qudratining cho‘qqisiga chiqdi. 1290-yilda Jaloliddin Feruzshoh hokimiyatni egallab, xiljiylar sulolasiga asos soldi. Uning davrida musulmonlar mulki Janubiy Hindistonga qadar yetib bordi. Sulton Alouddin Xiljiy esa kuchli qo‘shin tuzib, o‘zboshimcha feodallarni bo‘ysundirdi. Dekan, Gujarot va Rajastonni egalladi. Dehli sultonligining kuchli va intizomli qo‘shinga ega bo‘lishi shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini berdi.
Dehli sultonligi boshqaruvi islom huquqiga asoslangan edi. Sultonlar va saroy zodagonlari barcha davlat ishlarida shariat qonunlariga rioya qilish uchun mas’ul edilar. Sulton siyosiy, huquqiy va harbiy sohalarning asosiy rahbari bo‘lib, u qo‘shinning bosh qo‘mondoni ham edi.
DEHLI SULTONLIGINING TASHKIL TOPISHI
Sulton yuqori mansabdor shaxslar, viloyatlar hokimlaridan tarkib topgan maslahat organi – Kengashga tayangan holda viloyatlar va shaharlar hukmdorlarini, harbiy boshliqlarni hamda mansabdor shaxslarni tayinlar edi. Davlat boshqaruv ishla-
Hukmdor Roziya riga bosh vazir rahbarlik qilib, barcha davlat idoralari – devonlar unga bo‘ysungan. Vazir moliya va harbiy bo‘limlarga ham rahbarlik qilgan.
Sultonlikda harbiy islohot o‘tkazilib, maxfiy bo‘lim tuziladi. Natijada sultonlar viloyatlardagi barcha voqealar haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun hududlarga o‘z odamlarini yuborib, shu tariqa barqarorlikni ta’minlashga harakat qiladilar. XII–XIII asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o‘rnatiladi. Sultonlik mulkining kengayishi hamda hokimiyatning kuchayishi bilan islom dini va musulmonlarning hind madaniyatiga ta’siri ham kuchayadi. Islom davlat dini deb e’lon qilinib, yangi din avvalo savdogarlar, hunarmandlar va shahar aholisi tomonidan qabul qilinadi. Musulmon bo‘lmaganlarga jizya – jon solig‘i solinadi.
DEHLI SULTONLIGINING TASHKIL TOPISHI
Dehli sultonligi tangasi
TARIXIY MUSHOHADA
Alouddin Xiljiy davrida iqtisodiy hayot va xalq farovonligini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra bozordagi narxlar belgilab qo‘yildi. Sultonning ayg‘oqchilari bozorlarni kezib, “sinov xaridlari”ni amalga oshirishar, agar narxlar belgilanganidan yuqori bo‘lsa, savdogarlar katta jarimaga tortilar edi. Agarda bu chora-tadbirlar ham natija bermay narxlar oshib boraversa, sulton davlat omborlaridagi g‘alla zaxiralarini bozorga chiqarishni va bu o‘ziga xos “iqtisodiy usul” bilan narxlarni tushirishni buyurardi.
NING O‘TKAZILISHI VA UNING NATIJALARI
Hindistonda feodal tuzum o‘ziga xos tarzda rivojlangan. Bir tomondan, musulmon yer egaligi tizimi qaror topib, butun yerlar davlat boshlig‘i – sultonning mulki deb qaralgan. Kelgindi musulmon feodallar sultonning harbiy xizmatchisi bo‘lib, undan iqto – vaqtincha yoki umrbod foydalanish uchun yer olganlar. Ular to‘plangan soliqlarning 10–20% ini o‘ziga qoldirishi evaziga zarur bo‘lganda sultonga o‘z qo‘shinini berishi lozim edi. Ikkinchi tomondan, mamlakatda mahalliy hind feodallari, knyaz – rojalar o‘z viloyatlarini amalda mustaqil ravishda boshqarib, sultonga muayyan miqdorda boj to‘lab turganlar. O‘rta va mayda hind feodallari hisoblangan rajputlar o‘zlari uchun berilgan yerga harbiy xizmat muddati tugagunicha bo‘lgan vaqtgacha egalik qilardilar. Yer egaligining yana bir turi xolisa – davlat ixtiyoridagi yerlar bo‘lib, undan olinadigan soliqlar xazinaga tushib, davlat xarajatlari va maxsus qo‘shinni ta’minlash uchun sarflangan.
SAQLANG!
Dehli sultonligi 1206–1526-yillarda mavjud bo‘lib, uni G‘ulomlar, Xiljiylar, Tug‘luqlar, Sayyidlar hamda Lo‘diylar sulolalari boshqargan.
Dehli sultonligi XIV asrda yirik davlat bo‘lib, uning tarkibiga Shimoliy Hindistondan tashqari, Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassitog‘ligidagi mulklar ham kirgan. O‘zini “Iskandar Zulqarnaynning davomchisi” deb nomlagan Sulton Muhammad Tug‘luq (1325–1351) deyarli butun Hindistonni bo‘ysundirdi. Feruzshoh Tug‘luq davrida soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo‘lib berildi. Shu bilan birga, shahar aholisining savdo va hunarmandchilikdan to‘laydigan asosiy solig‘idan tashqari boshqa boj va yig‘imlar ham bekor qilindi. Feruzshohning hukmronlik yillarida qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikning yuksalishi, katta bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilishi hamda davlatni oqilona boshqarish sultonning obro‘sini oshirib, u “xalq homiysi” deb nom oldi. Ammo mamlakatda XIV asrning ikkinchi yarmida boshlangan siyosiy tarqoqlik natijasida ayrim knyazlarning mustaqillikka intilish jarayoni kuchayib, sultonlik tarkibiga kirgan viloyatlarning ba’zilari mustaqil davlatlarga aylana boshlaydi.
SAQLANG!
Mamlakatda siyosiy tarqoqlik natijasida markaziy hokimiyat zaiflashadi. 1398-yil Movarounnahr hukmdori Amir Temur katta qo‘shin bilan Hindistonga yurish qilib, Sulton Mahmudxon qo‘shinlarini yengadi va Dehlini zabt etadi. Sohibqiron hind mulkiga sayyidlardan bo‘lgan Xizr Xonni noib qilib tayinlab, ko‘plab hind hunarmandlari va me’morlarini olib Samarqandga qaytadi.
Amir Temurning Dehli sultoni ustidan g‘alaba qozonishi
DEHLI SULTONLIGINING INQIROZGA UCHRASHI
Amir Temurning vafotidan so‘ng mustaqil davlat tuzish imkoni vujudga kelganidan foydalangan Xizr Xon hokimiyatni o‘z qo‘liga olib Sayyidlar sulolasiga asos soldi. Ammo bu sulola hukmdorlarining hokimiyati Dehli va uning atrofdan nariga o‘tmadi. XV asrning birinchi yarmiga kelib sultonlik avvalgi qudratini yo‘qotib, Dehli shahri va uning atrofidagi yerlarni egallagan oddiy davlatlardan biriga aylanib qoldi. Sayyidlar sulolasi hukmronligining oxiriga kelib yirik feodallarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi va ularning ayirmachilik harakati natijasida Dehli sultonlari shunchaki qo‘g‘irchoqqa aylanib, faqat nomigagina hukmronlikni saqlab qoldilar. Hatto o‘sha davrda “Sulton Shoh Olamning kuchi Dehlidan Palamgacha” degan ibora paydo bo‘ldi. Sulton hokimiyatining nihoyatda kuchsizlanganidan foydalangan afg‘on urug‘laridan birining boshlig‘i Bahlul Lo‘diy 1451-yilda Dehlini egallab, o‘zini sulton deb e’lon qildi. Uning davrida saltanat siyosiy jihatdan mustahkamlandi va kengaytirildi. Bahlul Lo‘diyning o‘g‘li Iskandar (1489–1517) o‘ziga meros qolgan davlatning qudrati va nufuzini yanada mustahkamladi, poytaxtni Dehlidan Agraga ko‘chirdi. Dehli sultonligining so‘nggi hukmdori Ibrohim Lo‘diy o‘z hokimiyatini mustahkamlash va sultonlikda o‘zining mutlaq hukmronligini o‘rnatish siyosatini yurgizdi. Uning bu siyosatiga zodagonlar qarshi chiqib, sultonning zulmidan qutqarish uchun Kobulda hukmronlik qilayotgan Bobur Mirzodan yordam so‘raydilar. Zahiriddin Muhammad Bobur 1526-yil 21-aprelda Ibrohim Lo‘diy qo‘shinini tor-mor etib, Hindistonni egallaydi, Dehli sultonligi esa parchalanib ketadi.
DEHLI SULTONLIGINING INQIROZGA UCHRASHI
Ibrohim Lo‘diy
IZOHI
G‘ulomlar – o‘rta asrlarda musulmon mamlakatlaridagi qullar. Shuningdek, Dehli sultonligida turkiy qullardan bo‘lgan navkarlar hamda ularning orasidan chiqqan sultonlar g‘ulomlar deb atalgan.
Palam – Dehli yaqinidagi hozirgi markaziy aeroport joylashgan joy.
Muhim sanalar
- 1206-yilda — Keyinchalik ular bu yerga o‘rnashib, 1206-yilda Qutbiddin Oyboq (1206–1210) tomonidan Dehli sultonligiga asos solinadi.
- 1206–1526-yillarda — Dehli sultonligi 1206–1526-yillarda mavjud bo‘lib, uni G‘ulomlar, Xiljiylar, Tug‘luqlar, Sayyidlar hamda Lo‘diylar sulolalari boshqargan.
- 1229-yilda — Uning davrida sultonlikning shon-shuhrati Hindiston chegaralaridan tashqariga chiqib, 1229-yilda Bag‘dod xalifasi tomonidan Eltutmish mustaqil hukmdor deb e’tirof etiladi.
- 1236-yilda — Ammo keng xalq ommasi, ayrim viloyat hokimlari Roziyani qo‘llab-quvvatlab, 1236-yilda uni sultonlik taxtiga o‘tqazadilar.
- 1240-yil — Uning turk zodagonlari bilan munosabatlari keskinlashib, 1240-yil apreldagi isyondan so‘ng Roziyani taxtdan ag‘daradilar.
- 1290-yilda — 1290-yilda Jaloliddin Feruzshoh hokimiyatni egallab, xiljiylar sulolasiga asos soldi.
- 1398-yil — 1398-yil Movarounnahr hukmdori Amir Temur katta qo‘shin bilan Hindistonga yurish qilib, Sulton Mahmudxon qo‘shinlarini yengadi va Dehlini zabt etadi.
- 1451-yilda — Sulton hokimiyatining nihoyatda kuchsizlanganidan foydalangan afg‘on urug‘laridan birining boshlig‘i Bahlul Lo‘diy 1451-yilda Dehlini egallab, o‘zini sulton deb e’lon qildi.
- 1526-yil — Zahiriddin Muhammad Bobur 1526-yil 21-aprelda Ibrohim Lo‘diy qo‘shinini tor-mor etib, Hindistonni egallaydi, Dehli sultonligi esa parchalanib ketadi.
- XIII asr — XIII asr oxirida Dehli sultonligi o‘z qudratining cho‘qqisiga chiqdi.
Bilimingizni sinang
Dehli sultonligiga qaysi yilda asos solingan?
- 1226-yilda
- 1206-yilda
- 1186-yilda
- 1256-yilda
To‘g‘ri javob: 1206-yilda. Dehli sultonligiga 1206-yilda Qutbiddin Oyboq tomonidan asos solingan.
Qutbiddin Oyboqning vafotidan so‘ng Dehli sultonligi taxtiga o‘tgan turk g‘ulomi (1211–1236) kim?
- Feruzshoh Tug‘luq
- Alouddin Xiljiy
- Jaloliddin Feruzshoh
- Shamsiddin Eltutmish
To‘g‘ri javob: Shamsiddin Eltutmish. Qutbiddin Oyboqdan keyin taxtga uning turk g‘ulomi Shamsiddin Eltutmish kelgan.
Bag‘dod xalifasi tomonidan Eltutmish mustaqil hukmdor deb e’tirof etilgan yil qaysi?
- 1219-yilda
- 1239-yilda
- 1229-yilda
- 1209-yilda
To‘g‘ri javob: 1229-yilda. 1229-yilda Bag‘dod xalifasi Eltutmishni mustaqil hukmdor deb e’tirof etgan.
Dehli sultonligiga Qutbiddin Oyboq tomonidan qaysi yilda asos solingan?
- 1192-yilda
- 1175-yilda
- 1206-yilda
- 1236-yilda
To‘g‘ri javob: 1206-yilda. Dehli sultonligiga 1206-yilda Qutbiddin Oyboq asos solgan.
Qutbiddin Oyboqning vafotidan so‘ng Dehli sultonligi taxtiga uning turk g‘ulomi kim keldi?
- Shamsiddin Eltutmish
- Alouddin Xiljiy
- Jaloliddin Feruz shoh
- Muhammad Tug‘luq
To‘g‘ri javob: Shamsiddin Eltutmish. Oyboqdan keyin taxtga uning turk g‘ulomi Shamsiddin Eltutmish kelgan.
Bag‘dod xalifasi Eltutmishni mustaqil hukmdor deb qaysi yilda e’tirof etdi?
- 1206-yilda
- 1229-yilda
- 1236-yilda
- 1290-yilda
To‘g‘ri javob: 1229-yilda. Eltutmish davrida sultonlik shon-shuhrati oshib, 1229-yilda xalifa uni mustaqil hukmdor deb tan oldi.
Turk va afg‘on qabilalarining Hindistonning shimoliy hududlariga bir necha bor hujum uyushtirib, keyinchalik u yerga o‘rnashib olishiga qanday vaziyat imkon bergan edi?
- Xalifalikning Hindistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shin yuborishi va u yerda o‘z noiblarini tayinlashi
- Hind knyazlarining turk qabilalari bilan tuzgan harbiy ittifoqi va ularni chegaralarga taklif qilishi
- Hindistonda yangi dinning keng yoyilishi natijasidagi ichki nizolar va hukmdorlar o‘rtasidagi diniy urushlar
- Mahalliy hukmdorlarning o‘zaro urushlari va mustaqillikka intilishi tufayli markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi
To‘g‘ri javob: Mahalliy hukmdorlarning o‘zaro urushlari va mustaqillikka intilishi tufayli markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi. Mahalliy hukmdorlarning o‘zaro urushlari markaziy hokimiyatni zaiflashtirgan, bundan turk va afg‘on qabilalari foydalangan.
Roziyani xalq va ayrim viloyat hokimlari qo‘llab-quvvatlab, Dehli sultonligi taxtiga qaysi yilda o‘tqazgan?
- 1236-yilda
- 1246-yilda
- 1226-yilda
- 1240-yilda
To‘g‘ri javob: 1236-yilda. Keng xalq ommasi va ayrim hokimlar Roziyani 1236-yilda sultonlik taxtiga o‘tqazgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash