XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 15-mavzu

O‘rta asrlarda Xitoy

SIZ BILIB OLASIZ:

Xubilayxon

Ma’lumki, mo‘g‘ullarning Xitoyga dastlabki yurishlari Chingizxon boshchiligida Xitoy shimolining egallanishi bilan yakunlangan edi. 1260-yilda Tuluxonning o‘g‘li Xubilay ulug‘ xoqon deb e’lon qilingach, bosqinchilik urushlari orqali Mo‘g‘ullar imperiyasining hududlarini kengaytirib bordi. Imperiya dastlab Mo‘g‘uliston va Shimoliy Xitoydan iborat bo‘lgan bo‘lsa, Xubilay 1279-yilda Xitoyni to‘liq egallagach, uni imperiyaning markaziga aylantirdi.

BUNI YODDA SAQLANG!

Sulola nomi Yuan → asoschisi Xubilay → hukmronlik yillari → 1279–1368 Sulola nomi Min → asoschisi Chju Yuan Chjan → hukmronlik yillari → 1368–1644

VA BOSHQARISH USULLARI

Xubilay Xitoyni bosib olgach Sun sulolasini tugatib, Yuan sulolasiga asos soladi va Xonbaliq (Xon shahri)ni poytaxt etib belgilaydi. Birma, Kambodja va Koreyani o‘ziga bo‘ysundiradi, Vyetnam vassalga aylantiriladi.

Xubilay Xitoy sulolasi an’analarini davom ettirib, o‘zini Osmon o‘g‘li deb e’lon qiladi. U imperiyani ma’muriy jihatdan o‘n ikki viloyatga bo‘ladi. Poytaxtda uchta markaziy boshqaruv organlari: ichki ishlar boshqarmasi, maxfiy davlat kengashi hamda davlat xizmatchilari

Xitoy qog‘oz puli ishini nazorat qilish bo‘limi tuziladi. Keyinchalik bu boshqaruv tuzilmasi Min va Chin sulolalari boshqaruviga ham asos bo‘ladi.

VA BOSHQARISH USULLARI

Xubilay davlat boshqaruvida xitoycha usulni saqlab qolsa-da, mahalliy amaldorlar xizmatidan foydalanmaydi. Shu sababdan saroydagi davlat amaldorlari orasida turli xalq vakillarini uchratish mumkin edi. Xususan, venetsiyalik sayyoh va savdogar Marko Polo Xubilay saroyida yuqori lavozimlardan birida xizmat qilgan. Marko Polo ma’lumotlariga ko‘ra, Yuan sulolasi davrida Xitoy sharq kurashini tomosha qilib, ulardan “Nega mo‘g‘ullarga qarshi kurashmaysizlar, sizlar ulardan kuchlisiz-ku!” deganda, xitoyliklardan biri “mo‘g‘ullarni biz o‘zimizga singdirib yuboramiz”, deb javob bergan ekan.

XIII asr oxiri – XIV asr boshlarida mo‘g‘ullar xitoyliklarning kuchli ta’siri ostiga tushib qoldilar. Xitoy madaniyati va siyosatining ko‘p qismini o‘zlashtirdilar, xitoy tilida so‘zlashadigan bo‘ldilar. Mamlakat Xitoy an’analari asosida boshqarila boshlandi. Mo‘g‘ul tili rasmiy til hisoblansa-da, ish yuritish mo‘g‘ul va xitoy tillarida baravar olib borilgan.

VA BOSHQARISH USULLARI

Marko Polo Xubilayxon huzurida

IMPERIYANING INQIROZGA UCHRASHI

Yuan sulolasi davrida sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi mo‘g‘ul zodagonlarining qo‘liga o‘tishi bilan xususiy mulklar soni yanada ko‘payib, bu yerda ishlovchi dehqonlar mo‘g‘ullarga qaramlikka tushdilar. Dehqonlar sotilar, sotib olinar, ularning majburiyatlari hamda to‘laydigan soliqlarining miqdori mo‘g‘ul zodagonlarining ixtiyorida edi. Dehqonlar og‘ir mehnat evaziga Yanszi daryosi vodiysini o‘zlashtirdilar, u yerda o‘rmonlarni kesib, botqoqlarni quritib, yangi yerlar ochdilar. Dehqonlarning mehnati og‘ir bo‘lib, ular balandlikdagi yerlarni sug‘orish uchun suv tortuvchi qurilmalardan foydalanganlar, yiliga ikki marta hosil olganlar. Dehqonlarga yashash joyini tark etish taqiqlangan edi. Bularning barchasi aholining noroziligini kuchaytirib, dehqonlar qo‘zg‘olonining yuz berishiga olib keldi.

IMPERIYANING INQIROZGA UCHRASHI

XIV asrning 40-yillarida Sariq daryoda (Xuanxe) toshqin yuz berib, Shandun yarimoroli suv ostida qoldi hamda shimoliy yerlarni sug‘orish orqali oziq-ovqat bilan ta’minlagan Buyuk kanal vayron bo‘ldi. Bu esa shimoliy viloyatlarda ocharchilikka olib keldi, dehqonlar janubga qochib o‘ta boshladilar. Xuanxe oqimining o‘zgarishi tufayli ekin maydonlari ham qisqarib, qishloq xo‘jaligi tanazzulga yuz tutdi. Asosiy soliq to‘lovchi dehqonlarning xonavayron bo‘lishi mamlakatda moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi. Mo‘g‘ul hukmdorlarining muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari yuzaga kelgan moliyaviy inqirozni yanada kuchaytirdi.

IMPERIYANING INQIROZGA UCHRASHI

Dehqon ish jarayonida o‘g‘ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi bilan XIV asrning o‘rtalaridan xalq ozodlik harakati kuchayib, Yuan sulolasining hokimiyatini ag‘darib tashlash va Xitoyni mo‘g‘ullardan ozod qilishni maqsad qilgan milliy tashkilotlar tuzila boshlandi. Ulardan biri 1351-yilda Xenan va Shandun viloyatlarida “Oq nilufar” nomli ittifoq tomonidan tayyorlangan “Qizil peshonabog‘lilar” qo‘zg‘oloni bo‘ldi. Tez orada “Qizil peshonabog‘lilar” isyoni butun mamlakatni qamrab olib, har bir viloyatda qo‘zg‘olonlar yuz berdi. Markaziy Xitoydagi qo‘zg‘olonga rohib Chju Yuan Chjan boshchilik qildi. U 1368-yilda Nankinni egallab, o‘zini imperator deb e’lon qildi va Min (yorug‘lik imperiyasi) sulolasiga asos soldi.

MENING TARIXIY TADQIQOTLARIM

“Qizil peshonabog‘lilar” qo‘zg‘oloni – 1351–1368-yillar oralig‘ida Xitoyda Yuan sulolasiga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonining nomi. Qo‘zg‘olonning bunday nomlanishiga isyonchilarning dushmanlardan ajralib turish uchun o‘ziga xos belgi sifatida boshlariga qizil mato bog‘lashgani sabab bo‘lgan.

YANGI SULOLA ISLOHOTLARI

Xalq orasidan chiqqan yangi sulola hukmdorlari dastlab mehnatkashlar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda siyosat yuritdi. Masalan, 1370-yilda soliqlar miqdorini aniqlashtirish maqsadida aholi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Dehqon, hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliqlar kamaytirildi. Soliqlarning yiliga ikki marta undirilishi belgilanib, aholining mehnat majburiyatlari yengillashtirildi. Qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilindi. Mo‘g‘ullar va yirik mulkdorlarga tegishli yerlar musodara qilinib, yersiz dehqonlarga bo‘lib berildi. Hosil kam olingan va ocharchilik yillarida aholini ta’minlash maqsadida davlat omborlarida oziq-ovqat zaxiralari yaratildi.

YANGI SULOLA ISLOHOTLARI

Imperatorlar poraxo‘rlik va jinoyatchilikka qarshi kurashdilar. Xususan, imperator Chju Yuan Chjan hukmronligi davrida hatto eng kichik jinoyat ham qattiq jazolanardi. Lavozimidan foydalanib oddiy xalqqa zulm qilgan amaldorlar og‘ir jazolarga tortilgan.

Min sulolasi davridagi Chinni minora

TARIXIY MUSHOHADA

Min sulolasi davrida uch bosqichli imtihon tizimi qayta tiklanib, davlat lavozimlari uchun yangi mansabdor shaxslarni tayyorlash va o‘qitish choralari ko‘rildi. Oddiy aholi uchun qishloq maktablari va tuman bilim yurtlari ochildi. Xat-savodini chiqarib bo‘lgan o‘quvchilar uch yilda bir marta viloyat markazida “quyi bosqich imtihoni”ni topshirish uchun yig‘ilishardi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar “o‘rta ma’lumotga” ega bo‘lib, “Poytaxt imtihoni”ga borib o‘z omadini sinab ko‘rish imkoniyatini qo‘lga kiritardi. “Poytaxt imtihoni” g‘oliblariga oliy daraja berilib, ular yuqori lavozimlarga tayinlanishlari mumkin bo‘lar edi. Shu tariqa oddiy, kambag‘al kishilarning iqtidorli farzandlari ham vazir darajasiga ko‘tarila olgan.

XITOY XV ASRDA

Yongle ensiklopediyasi

Imperiyaning yuksala borishi imperator Yongle (1402–1424) hukmronligi davridan boshlandi. Uning boshqaruv yillarida mamlakat qudratli davlatga aylandi. Xalqaro aloqalar rivojlanib, Min imperiyasining Hindixitoy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi xalqaro ta’siri oshdi. Uning davrida imperiya poytaxti Nankindan Pekinga ko‘chirildi.

Mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda Xuanxe va Yanszi daryolari oralig‘idagi hududlarni savdo-sotiq munosabatlariga tortish maqsadida Buyuk Kanal

BILAG‘ONLAR UCHUN

Pekin shahri – mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Xitoy shimolidagi Szin davlatining poytaxti bo‘lib, bu davrda u Dasin (Chjundu) deb nomlangan. Mo‘g‘ullar Shimoliy Xitoyni egallagach, Xubilay Dasinni mo‘g‘ullar saltanati poytaxtiga aylantirgan va unga Xonbaliq deb nom bergan. Mo‘g‘ullar Xitoydan quvib chiqarilgach, shahar Beypin nomini oldi. 1421-yilda Beypin Min imperiyasining poytaxtiga aylanib, Beyszin (Pekin) deb atala boshlangan.

deyarli qayta qurildi. Natijada mamlakat miqyosida yagona suv yo‘li barpo etildi, chet eldan keladigan mahsulotlar kemalarda sharqiy viloyatlargacha olib o‘tildi. Ekin maydonlari bir necha baravar ko‘payib, mo‘l hosil olina boshladi. Dehqonlarning soliq to‘lash imkoniyati yaxshilanib, davlat omborlarida katta miqdorda oziq-ovqat zaxiralari to‘plandi. Shu tariqa bu davr Min imperiyasining “oltin davri” bo‘ldi. Imperator Yongle Xitoy an’analarini qayta tikladi. Uning davrida 1408-yilda Xitoy sivilizatsiyasi to‘plami hisoblangan “Yongle ensiklopediyasi” yozildi. Yongle vafotidan keyin Xitoyga mo‘g‘ullarning hujumi yana kuchaydi. Imperator Cheng Xua hukmronligi davrida mo‘g‘ullarga qarshi kurashlar olib borildi. U tashqi dushmanlar hujumiga qarshi kurashish uchun Buyuk Xitoy devorini tiklashni buyurdi. 200 ming askar devorning 600 km bo‘lgan qismini qurdilar. Natijada Buyuk Xitoy devori hozirgi holatiga keltirildi. Buyuk Xitoy devorining qurilishi hamda bir qator yirik janglardagi mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan g‘alabalar mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirishga imkon berdi.

SIYOSIY FAOLIYATI

Xitoy tanga puli in sulolasi davrida tashqi siyosatning eng muhim yo‘nalishi mamlakatni chet el bosqinchilaridan himoya qilish bo‘ldi. Bunga sabab, bir tomondan, mo‘g‘ullar haydab chiqarilgan bo‘lsa-da, hali ham katta harbiy kuchlarni saqlab qolgan Yuan sulolasi Mo‘g‘ulistonda mustahkam o‘rnashib, Xitoyning shimoliy hududlariga yangidan hujum boshlagani edi. Ikkinchi tomondan esa Xitoyning sharqiy qirg‘oqbo‘yi hududlariga tinimsiz bosqinchilik qilayotgan yapon qaroqchilarining talonchiligiga chek qo‘yish edi.

Shu sababdan 1387–1388-yillarda mo‘g‘ullarning asosiy harbiy kuchlari yanchib tashlanib, Yuan davlati butunlay tugatildi va Xitoyda uning qayta tiklanishi xavf yo‘qoldi. Shuningdek, dengiz floti qo‘shinining asosiy qismi yapon qaroqchilariga qarshi kurashga tashlanib, Ryukyu orollari yaqinida yapon floti tor-mor etildi.

SIYOSIY FAOLIYATI

Min sulolasi ulug‘ davlatchilik siyosatini yuritib, qo‘shni mamlakatlarni Xitoyga qaram davlatlar deb hisoblashi Amir Temur saltanati bilan munosabatlarning buzilishiga olib keldi. Oqibatda 1404-yil oxirida Amir Temur Xitoyga yurish boshladi. Ammo uning yo‘lda vafot etishi tufayli Xitoyga qarshi yurish amalga oshmay qoldi. Amir Temur vafot etgan bo‘lsa-da, imperator Yongle temuriylarning qudratini to‘g‘ri baholab, Xurosondagi Shohrux davlati hamda Movarounnahrdagi Ulug‘bek davlati bilan munosabatlar o‘rnatdi.

TARIX YONDAFTARCHANGIZGA KIRITING!

Chjan Xening asl ismi Mahmud bo‘lib, uning ajdodlari buxorolik zodagonlar edi. Mahmud 1220-yilda Buxoro bosib olingandan keyin harbiy xizmatga olinib, mo‘g‘ullar davlat boshqaruvining yo‘lga qo‘yilishida katta hissa qo‘shgan buxorolik Umar Kamoliddinning oltinchi avlodi bo‘lgan. Umar Kamoliddinning avlodlari, jumladan, Mahmud ham islom diniga e’tiqod qilgan. Min sulolasining o‘rnatilishiga katta hissa qo‘shgan iste’dodli va tajribali dengizchi Mahmudga Min imperatori Yongle tomonidan Chjan Xe ismi berilgan.

XV asr boshlariga kelib Xitoy faol tashqi siyosat yurita boshladi. Bu davrdagi eng yirik diplomatik voqea admiral Chjan Xening ulkan dengiz ekspeditsiyalari va yurishlari bo‘ldi. Mo‘g‘ullar Xitoy savdo karvonlarining dashtlardan o‘tishiga to‘sqinlik qilganliklari sababli imperator Yongle Chjan Xega janubiy dengiz yo‘li bo‘ylab G‘arb mamlakatlari bilan savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatishni buyurdi. Shu bois Chjan Xe boshchiligida 250 ga yaqin ulkan kemalardan iborat dengiz floti yaratilib, 1405–1433-yillar oralig‘ida 70 ta amaldor va 30 ming jangchidan iborat bo‘lgan harbiy ekspeditsiya Janubi-Sharqiy Osiyo, Seylon, Hindiston va hatto Fors ko‘rfazigacha yurishlar tashkil qildi. Admiralning kemalari Arabiston va Afrikaga ham yetib bordi. Chjan Xe sayohat qilgan janubiy dengiz yo‘li o‘sha paytdan boshlab to hozirgacha G‘arbiy Osiyo va Uzoq Sharqni bog‘laydigan asosiy dengiz savdo yo‘liga aylandi. Ushbu ekspeditsiyalar mamlakatning iqtisodiy yuksalishini ta’minlab, Xitoyning ta’sirini sezilarli darajada kengaytirdi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Yuan va Min imperiyalaridan qaysi biri oddiy xalqqa ko‘proq g‘amxo‘rlik qildi? Buni misollar bilan izohlab bering.

2. Yuan va Min imperiyasining davlat boshqaruvidagi o‘xshashlik va farqlar nimalardan iborat?

Savollar: 3. Solishtirib ko‘ring-chi, Xitoy davlatining yuksalishida Yuan va Min imperiyalaridan qaysi birining ahamiyati katta bo‘lgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Tuluxonning o‘g‘li Xubilay qaysi yilda ulug‘ xoqon deb e’lon qilingan?
  1. 1279-yilda
  2. 1260-yilda
  3. 1250-yilda
  4. 1270-yilda

To‘g‘ri javob: 1260-yilda. Tuluxonning o‘g‘li Xubilay 1260-yilda ulug‘ xoqon deb e’lon qilingan.

Xubilay Xitoyni to‘liq egallab, uni Mo‘g‘ullar imperiyasining markaziga aylantirgan yil qaysi?
  1. 1279-yil
  2. 1299-yil
  3. 1289-yil
  4. 1269-yil

To‘g‘ri javob: 1279-yil. Xubilay 1279-yilda Xitoyni to‘liq egallab, uni imperiyaning markaziga aylantirgan.

Tuluxonning o‘g‘li Xubilay qaysi yili ulug‘ xoqon deb e’lon qilingan?
  1. 1206-yilda
  2. 1260-yilda
  3. 1279-yilda
  4. 1368-yilda

To‘g‘ri javob: 1260-yilda. Xubilay 1260-yilda ulug‘ xoqon deb e’lon qilingan.

Xubilay Xitoyni to‘liq egallab, uni imperiyaning markaziga aylantirgan yil qaysi?
  1. 1206-yilda
  2. 1260-yilda
  3. 1351-yilda
  4. 1279-yilda

To‘g‘ri javob: 1279-yilda. Xubilay 1279-yilda Xitoyni to‘liq egallagan.

Yuan sulolasining hukmronlik yillari qaysilar?
  1. 1279–1368
  2. 1260–1351
  3. 1368–1644
  4. 1206–1279

To‘g‘ri javob: 1279–1368. Yuan sulolasi 1279–1368-yillarda hukmronlik qilgan.

Chju Yuan Chjan asos solgan Min sulolasi qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
  1. 1279–1368
  2. 1351–1402
  3. 1368–1644
  4. 1402–1644

To‘g‘ri javob: 1368–1644. Min sulolasining hukmronlik yillari 1368–1644.

Xubilay Xitoyni bosib olgach qaysi sulolani tugatib, Yuan sulolasiga asos solgan?
  1. Min sulolasini
  2. Sun sulolasini
  3. Chin sulolasini
  4. Szin davlatini

To‘g‘ri javob: Sun sulolasini. Xubilay Sun sulolasini tugatib, Yuan sulolasiga asos solgan.

Xubilay imperiyani ma’muriy jihatdan nechta viloyatga bo‘lgan?
  1. 12 ta
  2. 10 ta
  3. 8 ta
  4. 15 ta

To‘g‘ri javob: 12 ta. Xubilay imperiyani o‘n ikki viloyatga bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘rta asrlarda HindistonKeyingi →O‘rta asrlarda Yaponiya va Koreya