XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 16-mavzu

O‘rta asrlarda Yaponiya va Koreya

SIZ BILIB OLASIZ:

O‘ZIGA XOS DAVLAT BOSHQARUVI

rta asrlarda Yaponiyadagi siyosiy tuzum o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. XII asrda kelib Yaponiyada imperator – mikado hokimiyati o‘rnatilgan. Yaponiyaliklarning e’tiqodiga ko‘ra u quyosh xudosi Amaterasuning o‘g‘li bo‘lib, muqaddas sanalgan. Biroq imperator amalda davlat ishlariga kamdan kam aralashgan. An’anaga ko‘ra, u faqat muhim saroy marosimlarida qatnashib, imperiyani amalda oliy zodagonlar va ko‘plab amaldorlar boshqargan. Bu holat feodallar hokimiyatining mustahkamlanib borishini ta’minlab, ularning o‘z mulklarini tamomila mustaqil idora qilishiga olib keldi. Natijada ko‘p o‘tmay imperator hokimiyati real ahamiyatini yo‘qotdi.

KUCHAYISHI

Poytaxt Xeyyandan tashqaridagi ko‘plab zodagonlar Yaponiya hukumatining boshqarish usulidan norozi bo‘lib, rahbariyat o‘zgarishini xohlardilar. Oxir-oqibat, bir nechta qudratli xonadon vakillari hokimiyatni o‘z qo‘llariga olishga harakat qilishdi. Ushbu kuchli xonadonlardan ikkitasi – Tayra va Minamoto xonadoni 1156-yilda o‘zaro urush boshladilar. Uzoq davom etgan qarama-qarshilikda Minamoto Yoritomo 1185-yilda barcha raqiblarini mag‘lub etib, mamlakatda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. U samuray sifatida imperatorga sodiq bo‘lib, mikado hokimiyatini saqlab qoldi. Ammo u imperator o‘rniga hukmronlik qilishga qaror qildi. 1192-yilda Minamoto imperator nomidan Yaponiyani boshqaruvchi harbiy qo‘mondon – syogun unvonini oldi. Davlatni mustahkamlash uchun harbiy qo‘mondon hukmronligi ostida markazlashgan hukumat tuzdi. Bu yangi idora tizimi – syogunlik boshqaruvi davrida imperator faqat nomigagina hukmdor bo‘lib, amalda samuraylardan iborat juda kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan syogun haqiqiy hokimlikni amalga oshirgan.

MO‘G‘ULLARGA QARSHI KURASH

Xitoy va Koreyani bosib olgan mo‘g‘ullar endi Yaponiyaga ham tahdid sola boshlaydilar. Xubilay dastlab Yaponiya hukmdoridan bo‘ysunishni talab qilib, elchilarini jo‘natadi. Ammo syogun Xubilay hokimiyatini tan olmay uning elchilarini qatl ettiradi. Natijada Xubilay 1274-yilda Yaponiya orollarini zabt etish uchun katta dengiz floti qo‘shinini yuboradi. Yaponiya sohillariga kelib tushgan mo‘g‘ul qo‘shinlari dastlab g‘alaba qozonadilar, ammo yaponlarga qo‘shimcha kuchlarning kelib qo‘shilishi mo‘g‘ullarni o‘z kemalariga chekinishga majbur qiladi. Mo‘g‘ullar qayta hujumga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda tayfun yuz berib, ularning kemalarini cho‘ktirib yuboradi. Natijada mo‘g‘ullar harbiy harakatlarni to‘xtatib, flotni Koreyaga qaytarishga majbur bo‘ladi.

MO‘G‘ULLARGA QARSHI KURASH

1281-yilda mo‘g‘ullar yana ulkan qo‘shin bilan bostirib kirishadi. Mo‘g‘ullar Xakata ko‘rfaziga kirib kelib, Yapon sohiliga qo‘shinlarni tushiradi. Yaponlar qirg‘oq bo‘ylab uzun tosh devor qurib, mo‘g‘ul otliqlari hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ladilar. Bir necha hafta davomida shiddatli janglar davom etadi. Bu safar ham kuchli tayfun ko‘tarilib, mo‘g‘ul floti butunlay halokatga uchraydi. Ular to‘rt mingta kema va yuz ming askarni yo‘qotadilar. Natijada Xubilay Yaponiyani bosib olishdan voz kechishga majbur bo‘ladi. Yaponlar bu kuchli tayfunni kamikadze “ilohiy shamol” deb ataydilar. Ular xudolar tayfunni Yaponiyani qutqarish uchun yuborganiga ishonib, o‘zlarini ilohiy kuchlar bilan himoyalangani uchun yengilmas ekanliklarining belgisi sifatida qabul qiladilar.

MO‘G‘ULLARGA QARSHI KURASH

Mo‘g‘ullarga qarshi kurash siyosiy tuzumga og‘ir yuk bo‘ldi. Ko‘pchilik zodagonlar urushdagi ishtiroki uchun syogun ularga yetarlicha baho bermadi deb hisoblaydilar. Syogunning hukmronligidan norozi bo‘lgan bir nechta qudratli oilalar Asikaga xonadoni bilan birlashib, 1333-yilda Kamakura syogunligini ag‘darib tashlaydilar. Asikaga tez orada Kiotoni egallab, imperatorni Yosino viloyatiga ko‘chib o‘tishga majbur qiladi. 1338-yilda Asikaga syogun unvonini olib, Kioto syogunligiga asos soladi.

1185-1192-1333

Mo‘g‘ullarning Yaponiyaga bostirib kirishi

SIYOSIY INQIROZ

Kioto syogunligi davrida ham Yaponiyada ichki ziddiyatlar bartaraf etilmadi. Xususan, imperator mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘liga olish maqsadida syogunga qarshi kurash boshladi. Shu bilan birga viloyatlardagi eng yirik mulkdor – daymyolar ham syogun ta’siridan xalos bo‘lish uchun kurash olib bordilar. Bu holat XIV–XV asrlarda syogun boshchiligidagi markaziy hokimiyatning zaiflashishi va mahalliy hokimiyatning kuchayishiga olib keldi. Har bir viloyatni alohida daymyo boshqarib, u qonunlar chiqargan va soliqlar yig‘gan. Agar viloyatlar o‘rtasida nizolar kelib chiqsa, daymyo samuraylardan tuzilgan qo‘shiniga tayangan. Markaziy hokimiyat siyosatidan norozilik yuz bergan holda daymyolar ittifoq tuzib, syogunga qarshi kurashganlar.

SIYOSIY INQIROZ

Shu tariqa siyosiy hokimiyat yirik mulkdor oilalarning “bosh ittifoqi” qo‘liga o‘tgan. Bu ittifoq mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy muammolarni hal etishda qonli urushlar olib borgan. Shulardan biri 1467–1477-yillarda yuz bergan “Onin urushi” deb nom olgan Asikagalar xonadoni syogunlarining taxt uchun kurashi bo‘lib, bu fuqarolar urushi mamlakatning jiddiy iqtisodiy zarar ko‘rishi hamda poytaxt Kiotoning vayron bo‘lishiga olib keldi.

BUNI YODDA SAQLANG!

Kamakura syogunligi → Minamoto va Fudzivara sulolasi → 1192–1333

Kioto syogunligi → Asikaga sulolasi → 1338–1573 asr boshlariga kelib Koreyaga mo‘g‘ullarning tinimsiz hujumlari boshlandi. 1231-yil Anbuk qal’asida bo‘lgan hal qiluvchi jangda Koryo qo‘shinlari yengilib, sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Koreyaliklar mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatmadilar. Mo‘g‘ullarning otliq qo‘shinlari ancha kuchli bo‘lib, ular bilan quruqlikda jang qilish juda qiyin edi. Shu bois Koryo hukumati poytaxt Kegyondan mo‘g‘ul otliqlari bora olmaydigan Kanxva oroliga ko‘chirildi. Mo‘g‘ullar Koreyaning shimoliy qismida o‘z hukmronligini o‘rnatgach, Koryo qiroli mo‘g‘ul hokimiyatini tan olish orqali hokimiyatda qolishga muvaffaq bo‘ldi. Xubilay davrida Xitoydagi Yuan imperiyasi Koryoni vassal davlatga aylantirdi. Natijada Koryo o‘lpon to‘lab turish va mamlakatdagi mo‘g‘ul qo‘shinini boqishga majbur bo‘ldi. Bu yukning asosiy qismi oddiy xalq zimmasiga tushib, ularning ahvolini og‘irlashtirdi. Mo‘g‘ullar koreyaliklarni Yaponiyaga qarshi urushga ham safarbar qildilar. Koreyalik ustalar kemalar yasashga majbur qilingan bo‘lsa, yaponlar bilan bo‘lgan janglarda ko‘plab koryolik jangchilar halok bo‘ldi.

XIII

Yuan imperiyasining tanazzulga yuz tutishi bilan Koryoda ham mustaqillik harakati boshlandi. Koryo hukmdori Konmin 1356-yili mo‘g‘ullar tarafdori bo‘lgan amaldorlar va harbiy zobitlarni o‘z lavozimidan chetlatdi. Mo‘g‘ullar tomonidan joriy qilingan qator qonun va qoidalarni bekor qildi. 1368-yilda Xitoyda mo‘g‘ullar hukmronligiga barham berilgach, Koryo Yuan imperiyasiga qaramlikdan xalos bo‘ldi.

CHOSON QIROLLIGI

Min sulolasi hukmdorlari o‘zlarini Yuan sulolasining merosxo‘rlari deb hisoblab, Koryodan o‘lpon sifatida Koreya yerlarini talab qildilar. Min qo‘shinlari Koryoning Xitoyga chegara hududlariga bostirib kirdilar. Bu vaziyatda Koryo harbiy sarkardalaridan biri Li Son Ge Xitoy bosqinlariga qarshi kurash boshlab, o‘z qo‘shini bilan poytaxtga kirib kelib, 1392-yilda davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. Li Son Ge Koryoning so‘nggi hukmdorini taxtdan ag‘darib, hokimiyatni egalladi va Li sulolasiga asos soldi.

TARIXIY MUSHOHADA

Qirol Taejong davrida barcha amaldorlar poytaxtdan tayinlangan. Amaldorlar orasida poraxo‘rlik hamda ayirmachilikning oldini olish maqsadida ular vaqt-vaqti bilan bir hududdan boshqasiga o‘tkazib turilgan. Mansabdor shaxslar doimiy nazoratda bo‘lib, ularning faoliyati rasmiy va yashirin taftishdan o‘tkazilgan. 1402-yilda oddiy aholining amaldorlar hamda zodagonlarga qarshi shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun “maxsus qabulxona” tuzilib, saroy tashqarisiga “katta do‘mbira” o‘rnatilgan. Uni amaldorlarning suiiste’mollari yoki nojo‘ya harakatlari to‘g‘risida hukmdorga shaxsan xabar berishni istagan har bir kishi chalishi mumkin edi.

TARIXIY MUSHOHADA

Li Son Ge qirol Taejo nomi bilan taxtga o‘tirdi va mamlakat nomini ilk koreys davlatining vorisi sifatida Choson deb e’lon qildi. Koreya yarimorolining markazida joylashgan Xanson shahri (hozirgi Seul)ni poytaxt etib tanladi. Qirol Taejo davlat markazlashuvini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirdi, ammo Koreyani Xitoyning vassali sifatida tan olishga majbur bo‘ldi. Qirolning buyrug‘i bilan yangi poytaxtda mashhur Kyonbokkun saroyi, ziyoratgohlar, yo‘llar va bozorlar qurildi.

Qirollik hokimiyatining aholi ustidan nazorati kuchaytirildi. 1413-yilda Yuan sulolasi davridagidek aholini ro‘yxatga olish tizimi joriy qilinib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat haqida qonun chiqarildi. Qonunga ko‘ra hammada ismi yozilgan “taxta bo‘lagi” bo‘lishi hamda bu taxtachani voyaga yetgan har bir fuqaro yonida olib yurishi shart edi. Bu tartib soliq va harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashning oldini olgan.

TARIXIY MUSHOHADA

XV asrning birinchi yarmida Choson qirolligida iqtisodiy va madaniy yuksalish yuz berdi. Bu qirol Buyuk Sejong (1418–1450) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Yangi o‘zlashtirilgan yerlar hisobiga ekin maydonlari kengaytirildi. Natijada davlat omborlarida katta miqdorda don yig‘ilib, aholi hosil yetishmovchiligi va ocharchilikdan aziyat chekkan kezlarda oziq-ovqat mahsulotlari taqsimlanadigan bo‘ldi. Soliq hosilning hajmiga qarab o‘sib borishi haqida farmon chiqarildi. Dehqonlarning ortiqcha doni adolatsiz tarzda tortib olinishiga chek qo‘yilib, uni sotishga ruxsat berildi. Bu ishlab chiqarishni rag‘batlantirdi, qishloq xo‘jaligining barqaror o‘sishini

TARIXIY MUSHOHADA

Chosonning uchinchi hukmdori Taejong (1400–1418) qirollik uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan harbiy, ma’muriy va huquqiy islohotlarni amalga oshirdi. Uning dastlabki harakatlaridan biri zodagonlar ixtiyoridagi qo‘shinlarni tarqatish orqali markaziy hokimiyatning harbiy qudratini mustahkamlash bo‘ldi. Bu islohot yuqori tabaqa vakillarining keng ko‘lamli qo‘zg‘olonlarini cheklab qo‘ydi va milliy armiyani kuchaytirdi. Qirol tasarrufida bosh vazir va uning ikki o‘rinbosaridan iborat oliy hukumat organi – Davlat kengashi tashkil qilindi. Bu kengashning barcha qarorlarini qirol tasdiqlashi shart bo‘lib, bu holat qirol hokimiyatini markazlashtirdi.

TARIXIY MUSHOHADA

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ta’minladi. Qirol Sejong mamlakatning yuksalishidagi muvaffaqiyatlari tufayli “Buyuk Sejong” unvonini oldi.

XV asrning ikkinchi yarmida Sejongning vorislari o‘rtasida taxt uchun kurash kuchayib, ichki ziddiyatlar natijasida qirollik kuchsizlana boshladi. Qisqa vaqtda bir nechta qirollar almashdi. Chosonning to‘qqizinchi qiroli Seongjong (1469–1494) ning hukmronlik yillarida nisbatan barqarorlik va farovonlik kuzatildi. Uning e’tiborga molik yutuqlaridan biri “Davlat boshqaruvi to‘g‘risida”gi Katta kodeksning nihoyasiga yetkazilishi va hayotga tatbiq etilishi bo‘ldi. U qirollik saroyi tuzilmasida ham muhim o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Jumladan, maxsus maslahatchilar idorasini kengaytirish orqali maslahat kengashining rolini kuchaytirdi.

TARIXIY MUSHOHADA

Choson sulolasi davrida o‘rta sinf vakillari

TASHQI SIYOSAT

oson qirolligi davrida qo‘shni davlatlar bilan mamlakat xavfsizligini ta’minlash va qirollikning tan olinishi uchun diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Qirol Taejo davrida Min imperiyasi va Yaponiyaga elchilar yuborildi. Min imperiyasiga elchilarni yuborishdan maqsad Xitoy tomonidan Li sulolasi va yangi Choson davlatining tan olinishiga erishish edi. Ammo Min imperatori Xongvu Chosonni tan olishga shoshilmadi. Yaponiyaga kelgan Koreya elchilari syogundan qaroqchilarga qarshi kurashda yordam berishni so‘radilar. Mamlakatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar tiklandi.

Sejong hukmronligi davrida tashqi siyosatning muhim yo‘nalishi Yaponiya bilan munosabatlarni tartibga solish bo‘ldi, chunki bu davrda Koreya yapon qaroqchilari tomonidan bosqinlarga uchragan edi. Sejong Yaponiya hukumati bilan hamkorlik orqali qaroqchilarning hujumlariga chek qo‘yishga harakat qildi. Shuningdek, Chosonning shimoliy chegaralarida qal’alar va harbiy istehkomlar qurish orqali qirollik hududini kengaytirdi.

ATAMALAR

IZOHI Tayfun – dengizda katta to‘lqinlarni yuzaga keltiruvchi kuchli shamol.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Yaponiyada qanday boshqaruv tizimi vujudga keldi, uning an’anaviy boshqaruv tizimidan qanday farqlari mavjud edi?

2. Mo‘g‘ullar nega Yaponiyani bosib ololmadilar, buning sabablarini aniqlang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Yaponiyada imperator – mikado hokimiyati o‘rnatilgan davr qaysi asrga to‘g‘ri keladi?
  1. X asr
  2. XIV asr
  3. XVI asr
  4. XII asr

To‘g‘ri javob: XII asr. XII asrda kelib Yaponiyada imperator – mikado hokimiyati o‘rnatilgan.

Yaponiyada quyosh xudosi Amaterasuning o‘g‘li deb muqaddas sanalgan imperator qanday unvon bilan atalgan?
  1. Syogun
  2. Mikado
  3. Daymyo
  4. Samuray

To‘g‘ri javob: Mikado. Yaponiyada imperator mikado deb atalgan va quyosh xudosi Amaterasuning o‘g‘li sifatida muqaddas sanalgan.

Yapon e’tiqodiga ko‘ra, imperator – mikado qaysi xudoning o‘g‘li hisoblangan va muqaddas sanalgan?
  1. Quyosh xudosi Amaterasu
  2. Dengiz xudosi Susanoo
  3. Tog‘lar xudosi Xachiman
  4. Momaqaldiroq xudosi Raydzin

To‘g‘ri javob: Quyosh xudosi Amaterasu. Imperator quyosh xudosi Amaterasuning o‘g‘li deb muqaddas sanalgan.

O‘rta asrlarda Yaponiya imperatori qanday atalgan va uning hokimiyati amalda qanday bo‘lgan?
  1. Syogun – amalda barcha ishlarni o‘zi hal qilgan
  2. Mikado – davlat ishlariga kamdan kam aralashgan
  3. Daymyo – viloyatlarni mustaqil boshqargan
  4. Samuray – qo‘shinga bevosita bosh bo‘lgan

To‘g‘ri javob: Mikado – davlat ishlariga kamdan kam aralashgan. Imperator – mikado amalda davlat ishlariga kamdan kam aralashgan.

Yaponiyada imperator hokimiyatining real ahamiyatini yo‘qotishiga qaysi holat olib keldi?
  1. Imperatorning o‘zini quyosh xudosi Amaterasuning o‘g‘li deb e’lon qilishdan voz kechib, diniy hokimiyatni syogunlarga topshirishi hamda feodallarning mustaqil bo‘lishi
  2. Imperatorning davlat ishlariga kamdan kam aralashib, boshqaruvni oliy zodagonlar va amaldorlarga qoldirishi hamda feodallarning o‘z mulklarini mustaqil idora qilishi
  3. Mo‘g‘ullarning Yaponiyani bosib olib, imperatorni taxtdan ag‘darishi va mamlakatda mo‘g‘ul sulolasini o‘rnatishi hamda barcha feodallarning hokimiyatdan quvilishi
  4. Poytaxt Xeyyanning ichki urushlarda butunlay vayron bo‘lishi hamda imperator saroyining dengiz bo‘yiga ko‘chirilishi va xazinaning yo‘qolishi

To‘g‘ri javob: Imperatorning davlat ishlariga kamdan kam aralashib, boshqaruvni oliy zodagonlar va amaldorlarga qoldirishi hamda feodallarning o‘z mulklarini mustaqil idora qilishi. Imperator amalda davlat ishlariga aralashmagani, boshqaruv zodagonlar qo‘lida bo‘lgani va feodallar mulklarini mustaqil idora qilgani uchun uning hokimiyati ahamiyatini yo‘qotgan.

Yaponiyada Tayra va Minamoto xonadonlari o‘zaro urush boshlagan yil qaysi?
  1. 1146-yilda
  2. 1156-yilda
  3. 1176-yilda
  4. 1166-yilda

To‘g‘ri javob: 1156-yilda. Tayra va Minamoto xonadonlari 1156-yilda o‘zaro urush boshlagan.

Minamoto Yoritomo Yaponiyada barcha raqiblarini mag‘lub etib, o‘z hokimiyatini o‘rnatgan yil qaysi?
  1. 1195-yilda
  2. 1165-yilda
  3. 1185-yilda
  4. 1175-yilda

To‘g‘ri javob: 1185-yilda. Minamoto Yoritomo 1185-yilda barcha raqiblarini mag‘lub etib, hokimiyat o‘rnatdi.

Minamoto Yoritomo imperator nomidan Yaponiyani boshqaruvchi harbiy qo‘mondon unvonini olgan yil qaysi?
  1. 1192-yilda
  2. 1172-yilda
  3. 1202-yilda
  4. 1182-yilda

To‘g‘ri javob: 1192-yilda. Minamoto 1192-yilda imperator nomidan Yaponiyani boshqaruvchi harbiy qo‘mondon, ya’ni syogun unvonini olgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘rta asrlarda XitoyKeyingi →O‘rta asrlarda Afrika