O‘rta asrlarda Afrika
SIZ BILIB OLASIZ:
- • O‘rta asrlarda Shimoliy, Markaziy hamda Janubiy Afrikada davlatlarning vujudga kelishi va faoliyati;
- • Afrika qit’asining taraqqiyotda ortda qolishi va buning asosiy sabablari.
AFRIKA
frika kattaligi va aholi soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi qit’a bo‘lib, shu nomdagi materik va unga tutash orollardan iborat. Qit’aning O‘rta va Qizil dengizga tutash shimoli-sharqiy qismida unumdor yerlarning ko‘pligi, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun qulay ekanligi sababli bu hududga odamlar dunyoning boshqa mintaqalariga qaraganda ancha oldinroq joylashganlar. Shu sababdan dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri shimoli-sharqiy Afrikaning Nil vodiysida paydo bo‘lgan.
Shimoliy Afrika
Afrikaning boshqa mintaqalari ham odamlarning hayoti uchun zarur xomashyolarga boy bo‘lgan. Jumladan, G‘arbiy Afrika hududining asosiy boyligi uning unumdor yerlari bo‘lib, bu yerda aholi ko‘plab ekinlar yetishtirib, mo‘l hosil olgan. Shuningdek, bu mintaqa foydali qazilmalarga, xususan, oltin va temirga boy bo‘lgan. Ushbu ikki manba mintaqa iqtisodiyotining rivoji uchun muhim bo‘lgan savdo-sotiq hamda Afrika madaniyatining rivojlanishida katta rol o‘ynagan.
AFRIKA
G‘arbiy Afrika
Markaziy Afrika
Sharqiy Afrika
Janubiy Afrika
O‘rta asrlarda Afrika aholisining xo‘jaligi va mashg‘ulotlari ham xilma-xil edi. Qit’aning shimoli-sharqida yashovchi Nilot qabilalari jamoasida chorvachilik ustunlik qilgan. Sahroyi Kabirning janubiy qismida savdo karvonlari va sayohatchilar uchun xavf solib turgan ko‘chmanchi barbarlar yashagan. Markaziy va Janubiy Afrikada yashagan bantu qabilalari dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan. Qolaversa, metall buyumlar, sopol idishlar va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning eng oddiy usullarini yaxshi bilishgan. Janubiy afrikalik bushmenlar esa ovchi va terimchi qabila edi. Ularning hayoti tosh davridagi ibtidoiy odamlarning hayotidan deyarli farq qilmagan.
SHIMOLIY AFRIKA VA TROPIK (MARKAZIY) AFRIKA
Salibchilarga qarshi kurash boshlagan Salohiddin Ayyubiy XII asrning ikkinchi yarmida Ayyubiylar sulolasiga asos soladi. Ayyubiylar mamluk jangchilarni harbiy xizmatga jalb qilganlar. Vaqt o‘tishi bilan mamluklar juda kuchli zodagonlar qatlamini shakllantiradilar. Natijada 1250-yilda ular Ayyubiylar sulolasini ag‘darib, Mamluklar davlatiga asos soladilar. Mamluklar o‘z hududlarini Falastinga qadar kengaytirib, salibchilarni mag‘lub etishadi. Ular Sayfiddin Qutuz boshchiligida 1260-yili mo‘g‘ullar bosqinini to‘xtatadilar. Misr mamluklari islom va uning muqaddas shaharlari Madina, Makka himoyachisiga aylandilar hamda XVI asrning boshlarigacha hukmronlik qildilar.
SHIMOLIY AFRIKA VA TROPIK (MARKAZIY) AFRIKA
Afrikaning G‘arbiy Sudan hududi foydali qazilmalarga, ayniqsa, oltinga boy edi. Shu sababdan arablar bu hudud bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yib, Sahroyi Kabir bo‘ylab savdo karvonlari uchun yo‘l ochdilar. Savdogarlar aholi uchun zarur bo‘lgan tuz va boshqa yuksak qadrlanuvchi mahsulotlarni olib kelib, oltinga ayirboshlaganlar. G‘arbiy Sudandan esa oltin, qimmatbaho toshlar va fil suyagi kabi mahsulotlarni xarid qilib Shimoliy Afrika va Yevropaga olib borganlar.
G‘arbiy Sudandagi qabila boshliqlari arablar bilan savdo qilishdan yaxshigina foyda olganlar. Shu tariqa katta miqdorda boylik orttirgan qabila boshliqlarining kuch-qudrati oshib, hukmdorga aylana boshlaganlar. Natijada o‘rta asrlarga kelib, G‘arbiy Sudanda Gana, Mali, Songay kabi davlatlar vujudga keladi.
BILAG‘ONLAR UCHUN
Arablar Sahroyi Kabir janubidagi yerlarni “Sudan” (arab tilida – “qora tanlilar mamlakati”) deb atashgan. Afrikaning bu qismida asosan qora tanli xalqlar yashaganligi bois keyinchalik bu hudud “Qora qit’a” nomini oldi.
GANA
arbiy Sudandagi eng qudratli davlat VIII asrda vujudga kelgan Gana edi. Bu davlat hukmdorlari arab savdogarlariga homiylik qilib, o‘z yurtlarida islom dinining yoyilishiga imkon berdilar. Gana oltin qazib olish markazlari bo‘lgan hududlardagi xalqaro savdoni nazorat qilgan hamda mamlakat orqali o‘tgan barcha karvonlardan boj to‘lovlarini undirgan. Shuningdek, tuz va oltin savdosidagi vositachilik orqali keladigan katta foyda tufayli Gana iqtisodiyoti gullab-yashnagan. Mamlakatning asosiy boyligi oltin bo‘lib, Gana hukmdori shunchalik katta boylikka ega ediki, uni “oltinlarning egasi” deb ta’riflashgan. Savdogarlar va sayohatchilar orqali Gananing boyliklari haqida qo‘shni mamlakatlarga xabar tarqalib, ko‘plab qabila va davlatlarning qiziqishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, Marokash sultoni Abu Bakr Ganaga yurish boshlab, 1076-yilda uni bosib oladi va har yili o‘lpon to‘lab turishga majbur qiladi. Shuningdek, aholi islom dinini qabul qiladi. XI asr oxirida Ganada milliy ozodlik harakati boshlanib, bosqinchilarni mamlakatdan quvib chiqaradilar. Ammo Marokash sultonligi bilan uzoq davom etgan kurash va oltin zaxiralarining tugashi oqibatida Gana tanazzulga yuz tutib, parchalanib ketadi.
MALI
Niger daryosining yuqori oqimida VIII asrda Mali davlati vujudga keladi. Uning poytaxti Niara shahri bo‘lib, shuningdek, Tombuktu, Gao, Jenne kabi yirik hunarmandchilik va savdo markazlari ham mavjud bo‘lgan. Mali savdo aloqalarida faol qatnashib, aholining islom dinini qabul qilishi mamlakatga musulmon savdogarlarining kirib kelishini tezlashtiradi. Mali Shimoliy Afrika mamlakatlari bilan oltin savdosida yetakchilikka erishib, oltin, tuz qazib olish va uning savdosi davlatga katta daromad
Tombuktu shahri Oliy hukmdorning mulozimlari bilan yig‘ilishi keltiradi. Mamlakat yerlarining unumdorligi hamda dehqonchilik uchun qulay ekanligi qishloq xo‘jaligining yuksalishiga olib keladi.
MALI
Mali XIII asrda – Sundiata Keyta davrida yuksala boshlaydi. Sundiata Keyta kuchli va intizomli qo‘shin tashkil qilib, oltin konlari joylashgan yerlarni va qo‘shni Gana hududini ham egallaydi, g‘arbda Atlantika okeanidan sharqda Chad ko‘ligacha cho‘zilgan hududda o‘z nazoratini o‘rnatadi. Sundiataning eng muhim yurishlaridan biri Bambukning oltinga boy hududlarining egallanishi bo‘lib, bu davlatning moliyaviy farovonligi uchun mustahkam poydevorga aylanadi.
Mansa Muso (1312–1337) davrida imperiya o‘z qudratining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Muso mamlakat hududini yanada kengaytirib, Afrikaning yigirma to‘rtta o‘lka va viloyatlari ustidan nazorat o‘rnatadi. Ammo ko‘p o‘tmay sulola vakillarining taxt uchun kurashlari va feodal tarqoqlik tufayli davlat zaiflasha boshlaydi. Oqibatda XV asrga kelib Mali butunlay inqirozga uchraydi va Songay davlati tomonidan bosib olinadi.
SONGAY G‘
arbiy Afrikadagi yirik savdo markazlaridan biri Gao atrofida Songay qabilalari yashagan. Tez orada ular savdo yo‘llari ustidan nazorat o‘rnatib, davlat birlashmasini tuzadilar. Mali davlati XIII asr oxirida Gaoni bosib olgach, songaylar uzoq vaqt Mali qirollariga xizmat qiladilar. Ammo XIV asrning oxirida Mali imperiyasi zaiflasha boshlagach, Songay Gao ustidan nazoratni tiklaydi va mustaqil davlatga aylanadi.
Songay XV–XVI asrning birinchi yarmida – Sunni Ali va Muhammad I davrida har tomonlama rivojlandi. Bu davrda mamlakatda yer egaligi munosabatlari sezilarli taraqqiyotga erishdi, otliq qo‘shinlar va daryo flotidan foydalangan holda davlat chegaralari kengaytirilib, Mali hududlari ham qo‘shib olindi. Mamlakat ichidagi siyosiy betartiblik va ichki nizolar tufayli XVI asrning oxirida Songay tanazzulga uchrab, Marokash sultonligi tomonidan bosib olinadi.
JANUBIY AFRIKA
asrda Afrika janubidagi Zimbabve va Limpopo daryolari bo‘yida Monomotapa davlati mavjud bo‘lgan. Uning poytaxti Buyuk Zimbabve shahri hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lib, shaharda o‘n besh ming kishi atrofida aholi yashagan. Bu jihatdan shahar o‘sha davrdagi Yevropaning yirik shaharlari bilan bellasha olgan. Mamlakat hukmdori lashkarboshi hamda oliy ruhoniy ham hisoblangan.
Monomotapaning eng rivojlangan davri XV asrga to‘g‘ri keladi. Monomotapa harbiy qudratining asosi uning kuchli qo‘shini bo‘lsa, oltin qazib olish va savdodan keladigan daromad iqtisodiy qudratini oshirgan. Savdo-sotiqning rivojlanib borishi aholi o‘rtasida mulkiy tabaqalanishning kuchayib borishiga olib keladi. Mahalliy aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Shuningdek, aholi toshdan imoratlar qurgan, kulolchilik buyumlarini yasagan, oltin, mis va temir eritgan hamda to‘quvchilik va charmsozlikni ham bilgan. XVII asrning oxirida o‘zaro urushlardan zaiflashgan Monomotapani shona qabilalari bosib oladi.
JANUBIY AFRIKA
Buyuk Zimbabve shahri ga yetib kela olmagan, quruqlik orqali borish esa eng katta cho‘l – Sahroyi Kabir tufayli imkonsiz edi.
TARAQQIYOTDAN ORQADA QOLISH SABABLARI
Eng qadimgi davrlardayoq odamlar yashagan, qadimgi sivilizatsiyalarning “beshigi” bo‘lgan Afrika qit’asi o‘rta asrlardayoq taraqqiyotda orqada qola boshlagan. Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
Yerga va metallga ishlov berish, yozuv va boshqa inqilobiy ixtirolar Yevropaga O‘rta dengiz bo‘ylab Yaqin Sharqdan kelgan.
Porox, qog‘oz, chinni va boshqa
Avvalo, Afrika qit’asi geografik jihatdan boshqa sivilizatsiya va qit’alardan ajralib qolganligi hisoblanadi. Qit’aning shimoliy qismi arablarning kuchli ta’sirida bo‘lib, qo‘shni mintaqalar bilan savdo va madaniy aloqalarda faol ishtirok etganligi sababli nisbatan rivojlangan bo‘lsa, Qora qit’a uzoq vaqt tashqi dunyodan ajralib qolgan bo‘lib, shu sababdan bu yerda rivojlanish ancha orqada qolgan. Chunki bu vaqtda okeandan xavfsiz suzib o‘ta oladigan yelkanli kemalar bo‘lmaganligi sababli oddiy kemalar Atlantika va Hind okeanlarining xavfli oqimlariga qarshi suzib qit’a sohillarimahsulotlar esa Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab O‘rta Osiyo va Uzoq
TARAQQIYOTDAN ORQADA QOLISH SABABLARI
Sharqdan keltirilgan. Afrika qit’asi boshqa qit’alardan ajralib qolganligi bois ular bu yangiliklardan chetda qolishgan.
Afrika qit’asi iqlimi jihatidan juda farq qiladi. Shimoli va janubi issiq cho‘llar, markazi tropik savannalardan iborat. Faqat qirg‘oq bo‘ylab va qit’aning markazida o‘rmonlar mavjud. Bu hududlarda yoz fasli butun yil bo‘yi davom etadi. O‘rmonda yovvoyi hayvonlarning podalari va mevalar ko‘payib ketganidan oziq-ovqat zaxiralari haqida qayg‘urishning hojati yo‘q
O‘rta asr Afrika puli
“Manilla” edi. Shu sababdan bu yerda neolit inqilobi, ya’ni ovchilik va termachilikdan dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish Yevropa va Osiyoga qaraganda ancha kechroq sodir bo‘lgan.
TARAQQIYOTDAN ORQADA QOLISH SABABLARI
Qit’aning tabiiy boyliklari ko‘p bo‘lishiga qaramay, mahalliy aholi uni qazib olish va qayta ishlashning takomillashgan hamda samarali yo‘llarini bilmaganlar, tashqi dunyodan uzoq vaqt ajralib qolganligi uchun boshqa qit’a xalqlarining bu sohadagi yutuqlaridan foydalana olmaganlar. Natijada ulkan tabiiy boyliklar mamlakatlar iqtisodiyotining gurkirab o‘sishi va sanoatning ko‘plab sohalarining rivojlanishiga xizmat qila olmagan. Shuningdek, qabilalar va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar, fuqarolar urushlari, tinimsiz bosqin va istilochilik harakatlari iqtisodiy taraqqiyotni sustlashtirib, savdo aloqalari, ilm-fan va madaniyatning rivojiga to‘sqinlik qilgan.
IZOHI
Mansa – Mali hukmdorlarining unvoni bo‘lib, hokimiyat boshqaruvining siyosiy va diniy jihatlarini birlashtirgan oliy maqom shunday nomlangan.
Mamluk – Misrda asosan kavkazlik va turkiy xalqlar vakillaridan iborat o‘smir qullardan tashkil qilingan harbiylar qatlami.
2. O‘rta asrlarda Afrika qit’asining qaysi hududlarida qanday davlatlar vujudga keldi?
Muhim sanalar
- 1076-yilda — Jumladan, Marokash sultoni Abu Bakr Ganaga yurish boshlab, 1076-yilda uni bosib oladi va har yili o‘lpon to‘lab turishga majbur qiladi.
- 1250-yilda — Natijada 1250-yilda ular Ayyubiylar sulolasini ag‘darib, Mamluklar davlatiga asos soladilar.
- 1260-yili — Ular Sayfiddin Qutuz boshchiligida 1260-yili mo‘g‘ullar bosqinini to‘xtatadilar.
- XII asrning — Salibchilarga qarshi kurash boshlagan Salohiddin Ayyubiy XII asrning ikkinchi yarmida Ayyubiylar sulolasiga asos soladi.
- XVI asrning — Misr mamluklari islom va uning muqaddas shaharlari Madina, Makka himoyachisiga aylandilar hamda XVI asrning boshlarigacha hukmronlik qildilar.
- VIII asrda — arbiy Sudandagi eng qudratli davlat VIII asrda vujudga kelgan Gana edi.
- XI asr — XI asr oxirida Ganada milliy ozodlik harakati boshlanib, bosqinchilarni mamlakatdan quvib chiqaradilar.
- VIII asrda — Niger daryosining yuqori oqimida VIII asrda Mali davlati vujudga keladi.
- XIII asrda — Mali XIII asrda – Sundiata Keyta davrida yuksala boshlaydi.
- XV asrga — Oqibatda XV asrga kelib Mali butunlay inqirozga uchraydi va Songay davlati tomonidan bosib olinadi.
Bilimingizni sinang
Afrika kattaligi va aholi soni bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda turadi?
- Ikkinchi
- Birinchi
- Uchinchi
- To‘rtinchi
To‘g‘ri javob: Ikkinchi. Afrika kattaligi va aholi soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi qit’a hisoblanadi.
Dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri Afrikaning qaysi hududida paydo bo‘lgan?
- G‘arbiy Sudanda Niger daryosi bo‘ylarida
- Shimoli-sharqdagi Nil vodiysida
- Janubdagi Limpopo daryosi bo‘ylarida
- Sahroyi Kabirning markazida
To‘g‘ri javob: Shimoli-sharqdagi Nil vodiysida. Unumdor yerlari ko‘p bo‘lgani uchun sivilizatsiya shimoli-sharqiy Afrikaning Nil vodiysida paydo bo‘lgan.
Markaziy va Janubiy Afrikada yashagan bantu qabilalari qaysi mashg‘ulot bilan shug‘ullangan?
- Faqat ovchilik bilan
- Karvon savdosi bilan
- Dengizchilik bilan
- Dehqonchilik bilan
To‘g‘ri javob: Dehqonchilik bilan. Bantu qabilalari dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan.
Janubiy afrikalik bushmenlar qanday qabila edi?
- Ovchi va terimchi
- Dehqon va chorvador
- Savdogar va hunarmand
- Ko‘chmanchi chorvador
To‘g‘ri javob: Ovchi va terimchi. Bushmenlar ovchi va terimchi qabila bo‘lib, hayoti tosh davridagi odamlarnikidan deyarli farq qilmagan.
Salohiddin Ayyubiy Ayyubiylar sulolasiga asos solgan davr qaysi?
- XIII asrning ikkinchi yarmi
- XII asrning ikkinchi yarmi
- XIV asrning ikkinchi yarmi
- XI asrning ikkinchi yarmi
To‘g‘ri javob: XII asrning ikkinchi yarmi. Salibchilarga qarshi kurash boshlagan Salohiddin XII asrning ikkinchi yarmida Ayyubiylar sulolasini tuzgan.
Mamluklar Ayyubiylar sulolasini ag‘darib, Mamluklar davlatiga qaysi yilda asos solganlar?
- 1250-yilda
- 1219-yilda
- 1260-yilda
- 1187-yilda
To‘g‘ri javob: 1250-yilda. Mamluklar 1250-yilda Ayyubiylarni ag‘darib, o‘z davlatiga asos solgan.
Mamluklar Sayfiddin Qutuz boshchiligida mo‘g‘ullar bosqinini qaysi yilda to‘xtatganlar?
- 1260-yilda
- 1258-yilda
- 1271-yilda
- 1250-yilda
To‘g‘ri javob: 1260-yilda. Sayfiddin Qutuz boshchiligidagi mamluklar 1260-yilda mo‘g‘ullar bosqinini to‘xtatgan.
Misr mamluklari islomning muqaddas shaharlari Madina va Makka himoyachisi sifatida qaysi asr boshlarigacha hukmronlik qilgan?
- XVI asr
- XVII asr
- XV asr
- XIV asr
To‘g‘ri javob: XVI asr. Misr mamluklari XVI asrning boshlarigacha hukmronlik qilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash