O‘rta asrlar Yevropa aholisining kundalik hayoti
SIZ BILIB OLASIZ:
- • So‘zlashuv tili va din.
AHOLINING TURMUSH TARZI
rta asrlarda aholi ruhoniylar, yirik mulkdor zodagonlar, harbiylar, ozod va qaram dehqonlar, hunarmand hamda savdogarlar kabi ijtimoiy toifalarga bo‘lingan.
O‘rta asr qal’asi
Zodagonlarning barcha mulklari va qasrlari jamlangan hudud manor deb atalgan. Zodagonlar urushga ketganlarida, ularning xotinlari yoki qizlari manorlarni boshqargan. Manorning markazi qal’a yoki qasr bo‘lgan.
Dastlab, qal’a va qasrlar yog‘ochdan qurilgan. Keyinchalik ular toshdan bunyod etilgan va ko‘pincha ikki qavatdan iborat bo‘lgan. Birinchi qavatda oshxona va katta zal bo‘lgan. Bu yerda xonadon ahli ovqatlangan va mehmonlarni qabul qilgan, lozim bo‘lganda qal’a xo‘jayini sud o‘tkazgan. Ikkinchi qavatda katta bazmlar zali, yotoqxonalar, xizmatkorlar xonasi va boshqa xonalar joylashgan. Qasrlar nozik va qimmatbaho jihozlar bilan bezatilgan. Zodagonlar yaxshi kiyimlar kiyib zargarlik buyumlarini taqib yurishgan. Badavlat kishilar hammomlarda yuvinishgan va suvga xushbo‘y moylar, atirgul barglari yoki yalpiz kabi o‘tlar qo‘shib xushbo‘y ifor berishgan.
AHOLINING TURMUSH TARZI
Dehqonlarning uylari ancha sodda bo‘lgan. Ular loy bilan suvalgan yoki yog‘ochdan yasalgan uylarda yashashgan. Kambag‘al dehqonlarning uylari bir xonali bo‘lgan. Ayrim uylarda ovqat pishirish, ovqatlanish xonasi va yotoqxona uchun alohida xonalar ham bo‘lgan.
Dehqonlar hayoti
Yevropa iqlimi dehqonlarga yil davomida ishlash va hosil olish imkoniyatini bergan. Ular avgust va sentyabr oylarida g‘alla yig‘ib olishgan. Oktyabr oyida kuzgi ekinlar uchun zamin tayyorlaganlar. Noyabr oyida chorva mollarini so‘yib, go‘shtini qishlash uchun tuzlashgan. Fevral va mart oylarida suli, arpa, no‘xat, loviya ekish uchun yerni shudgor qilishgan. Yozning boshida dalalarni begona o‘tlardan tozalab, qo‘ylarning junlarini qirqishgan, bog‘bonlar esa bog‘larni parvarish qilishgan. Dehqonning ayoli bir vaqtning o‘zida dalada mehnat qilish bilan birga, uy-ro‘zg‘or ishlari, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Kambag‘allar uchun shaxsiy gigiyena juda oddiy edi. Kambag‘allar pechkada yoqish uchun yog‘och qimmatligi sababli uzoq vaqt davomida suvdan isitmay foydalanishgan.
XIII
asrga kelib Yevropada boylar va kambag‘allar kiyadigan kiyimlar o‘rtasida katta farq bor edi. O‘rta asrlar
Yevropasida zodagonlar va oddiy aholi kiyinishda farqlanishi qonunlar asosida tartibga solingan. Faqat qirollik sulolasiga mansub kishilarga oltin va kumush buyumlar hamda binafsha ipak kiyishga ruxsat berilgan. Zodagon ayollar nafis matolardan va baxmaldan tikilgan kiyim kiyishlari mumkin bo‘lgan. Boylarning kiyimlari deyarli har doim tikuvchilar tomonidan tikilgan. Ayollar odatda yenglari va bezakli bosh kiyimlari bo‘lgan uzun kiyim kiyishgan. Erkaklar paypoqlar, bezatilgan plashlar va chiroyli shlyapalar kiyishgan. Shuningdek, kiyimlar qimmatbaho mo‘ynalar, noyob toshlar, boshqa bezaklar bilan bezatilgan. Kambag‘allarning kiyimlari xira va rangsiz matolardan juda oddiy qilib tikilgan. Ularni odatda dehqon ayollari qo‘lda jun yoki zig‘ir matosidan to‘qilgan qo‘pol matodan tayyorlashgan.
O‘rta asr ayollar kiyimlari
XIV–XV asrlarda qimmatbaho matolar, kashta tikish, kiyimlardagi ustki bezaklar, turli chizmalar tushirilgan hashamdor kiyimlar paydo bo‘la boshladi. Urfga qarab kiyinish zodagonlar o‘rtasida ichki raqobatning bir ko‘rinishiga aylanib bordi.
BAZM VA TAOMLAR
rta asrlarda Yevropada dabdabali ziyofatlar, turli bazmlar asosan qirollar, yirik zodagonlar tomonidan uyushtirilgan. Shuningdek, ov va shaxmat o‘ynash kabi mashg‘ulotlar bilan ham shug‘ullanishda boylar imtiyozga ega edilar.
Kambag‘allarning o‘yin-kulgi va bazmlar uchun imkoniyatlari yo‘q edi, lekin maxsus bayramlarda, masalan, o‘rim-yig‘im paytida, raqs festivallari, sport musobaqalarida qatnasha olganlar.
Ziyofatlar muhim diniy va dunyoviy bayramlar, nikoh, toj kiyish, urushlardagi g‘alabalar, tug‘ilgan kunlar, mavsumiy turnirlar hamda muhim mehmonlarning tashrif munosabati bilan o‘tkazilgan. Bazmlarda zodagonlar va ularning oila a’zolari boshqalarga qaraganda balandroq joyda o‘tirishgan. Bunday tantanalarda qo‘shiqchi, sirk ijrochilari, sozanda va raqqosalar, shoirlar, hikoyachilar hamda masxarabozlar ishtirok etishgan. Mehmonlar dasturxoniga quyuq va suyuq, go‘shtli va sabzavotli shohona taomlar, shirinliklar hamda turli ichimliklar tortilgan. Frumentiy o‘rta asrlar G‘arbiy Yevropa bazmlarining muhim taomi edi. U quyuq donli taom hisobla-
BAZM VA TAOMLAR
Yuqori tabaqa vakillari bazmlari
RITSARLAR MUSOBAQALARI nib, qaynatilgan bug‘doydan tayyorlangan. Frumentiy dastlab dehqonlarning taomi hisoblanib, keyinchalik unga go‘sht, tuxum, bodom, qorag‘at, shakar, za’faron va apelsin qo‘shilib, turli bazmlarning asosiy taomiga aylangan.
Odatda zodagonlar taomnomasida sigir, cho‘chqa, qo‘y, baliq, ov hayvonlarining go‘shtidan sabzavotlar qo‘shib tayyorlangan quyuq va suyuq taomlar bo‘lgan. Taomlarni xizmatkor oshpazlar tayyorlashgan. Zodagonlar oliy sifatli non iste’mol qilishgan. Ovqatdan so‘ng dasturxonga shirinliklar tortilgan. Xizmatkorlar ulardan qolgan ovqatlarni yeyishgan.
BAZM VA TAOMLAR
Dehqonlar oilasida ayollar taom tayyorlashgan. Pechlarda bug‘doy, javdar, arpa, tariq va sulidan non tayyorlanib, u o‘rta asrlarda oddiy xalqning asosiy taomi edi. Dehqonlar ba’zan sabzavot, sut, yong‘oq va mevalar, tuxum yoki go‘sht ham iste’mol qilishgan.
Aksariyat dehqonlar kunlik taomlarini dalada ishlagan vaqtlarida tanovul qilishgan. Agar dehqonlar dengiz yoki daryolar yaqinida yashashsa, baliq iste’mol qilishgan. Odatda ular juda kam go‘sht tanovul qilishgan, chunki ko‘pchilik dehqonlarning uy hayvonlarini boqish uchun imkoniyati bo‘lmagan. Lordning o‘rmonlarida oddiy aholi uchun yovvoyi hayvonlarni ovlash taqiqlangan.
BAZM VA TAOMLAR
n olti yoshdan oshgan yigitlar ritsarlik unvoniga sazovor bo‘lishi mumkin edi. Ritsarlar boshdan oyoq temir sovut va dubulg‘a kiyib, nayza, qilich, bolta, tig‘li cho‘qmor va boshqa qurollar bilan qurollanishgan. O‘zlarini turli o‘lchamdagi, ba’zan butun bo‘yi barobar keladigan qalqonlar bilan himoya qilishgan. Qirol yoki yirik zodagon uning yelkasiga qilich bilan sekin urib ritsarlikka qabul qilingan va unga qilich, qalqon hamda dubulg‘a sovg‘a qilingan. Ritsarlar sovut kiyib, ot ustida jang qilganlar. Ular ritsarlik kodeksi deb ataladigan qoidalarga qat’iy amal qilishgan. Unga ko‘ra ritsar halol, jasur, yaxshi xulq-atvorli bo‘lishi, ayollarga hurmat ko‘rsatishi, cherkovni hurmat qilishi, odamlarga yordam berishi va dushmanlarga qarshi adolatli jang qilishi lozim bo‘lgan.
BAZM VA TAOMLAR
Tinchlik davrida ritsarlar o‘rtasida musobaqalar – turnirlar o‘tkazilgan. Ko‘pincha bu bayramlarga aylanib ketgan. Lordlar va xonimlar o‘zlarining eng yaxshi liboslarini kiyib, ritsarlar otda bir-birlariga hujum qilishlarini tomosha qilishgan. Musobaqalarda ritsarlarning rang-barang ramzlari ularni bir-biridan farqlab turgan. Bellashuvda ritsarlar nayza yordamida raqib ritsarni otdan yiqitishga harakat qilganlar. G‘olib ritsarlar turli in’omlar bilan taqdirlangan.
TIBBIYOT
O‘rta asrlar dorixonasi
O‘rta asrlar tibbiyoti
rta asrlarda shifokorlar juda oz edi. Shifokorlar tayyorlaydigan birinchi Salerno tibbiyot maktabi IX asrda Italiyada paydo bo‘lgan. 1213-yilda maktab universitet maqomini olib, Yevropa tibbiyot markaziga aylangan. Malakali shifokorlar Gippokrat va Galen asarlari hamda davolash uslublaridan xabardor edi. XII asrda Salernoda “Kasalliklarni davolash to‘g‘risida” risolasi yozilgan. XII asrdan boshlab Sharq allomalari Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziylarning asarlari lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropa tibbiyotida foydalanila boshlandi. Kasalliklar ko‘p tarqalgan davrda shaharlar karantinga olingan. Karantin (italyan tilida qirq kun ma’nosini bildiradi) chegara hududlarida odamlar va tovarlarni 40 kun davomida ushlab turishni anglatadi. Karantin birinchi marta XIV asrda Italiyaning port shaharlarida joriy qilingan.
TIBBIYOT
O‘rta asrlarda kasalliklarni dorivor giyohlar va qon quyish orqali davolashga harakat qilishgan. Inson tanasi haqida bilimlar juda cheklangan edi. Xanjar, arra, pichoqlar, issiq dazmollar va qon quyish uchun o‘tkir tig‘lar jarrohlik asboblari bo‘lib, ularning hech biri tibbiy tozalanmagan. Operatsiyalar vaqtida og‘riqni qoldiruvchi vositalar deyarli bo‘lmagan. Odatda badavlat odamlarga giyohlardan tayyorlagan tinchlantiruvchi dorilar berilgan bo‘lsa, kambag‘allarga bir bo‘lak yog‘och tishlatilgan xolos.
SO‘ZLASHUV TILI VA DIN
rta asrlarda G‘arbiy Yevropa aholisi roman (lotin) tilidan kelib chiqqan ingliz, fransuz, nemis, italyan, portugal, ispan tillarida va lahjalarida so‘zlashgan. Lotin tili o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada rasmiy hujjatlar, cherkov xizmatlari va ibodatda foydalaniladigan tilga aylandi. Sharqiy Yevropa aholisi slavyan tillari guruhiga kiruvchi rus, ukrain, belarus tillarida so‘zlashar edi. Ushbu tillar hind-yevropa tillari oilasiga mansub.
O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada kundalik hayot katolik cherkovi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Ruhoniylar maktablar va kasalxonalarni boshqargan. Ular cherkovlarda nikoh va dafn marosimlarini o‘tkazgan, tug‘ilish va o‘limlarni qayd etib borishgan. Yakshanba va diniy bayram kunlarida odamlar ommaviy ravishda ibodatga borishgan.
SO‘ZLASHUV TILI VA DIN
Cherkovga borayotgan kishilar
IZOHI
Lord – o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada yirik mulkdorlar, zodagonlar, gersog va graflarga nisbatan hurmat ma’nosida ishlatilgan.
1. O‘rta asrlarda Yevropada qanday ijtimoiy tabaqalar mavjud edi?
3. O‘rta asrlar Yevropa jamiyatida bazmlar va ritsarlar musobaqalarining ahamiyati qanday edi?
5. O‘zbekiston va Jahon tarixi darsliklaridan o‘rgangan bilimlaringiz asosida o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa va Movarounnahr aholisining kundalik hayotini taqqoslang.
Muhim sanalar
- 1213-yilda — 1213-yilda maktab universitet maqomini olib, Yevropa tibbiyot markaziga aylangan.
- XIV–XV asrlarda — XIV–XV asrlarda qimmatbaho matolar, kashta tikish, kiyimlardagi ustki bezaklar, turli chizmalar tushirilgan hashamdor kiyimlar paydo bo‘la boshladi.
- IX asrda — Shifokorlar tayyorlaydigan birinchi Salerno tibbiyot maktabi IX asrda Italiyada paydo bo‘lgan.
- XII asrda — XII asrda Salernoda “Kasalliklarni davolash to‘g‘risida” risolasi yozilgan.
- XII asrdan — XII asrdan boshlab Sharq allomalari Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziylarning asarlari lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropa tibbiyotida foydalanila boshlandi.
- XIV asrda — Karantin birinchi marta XIV asrda Italiyaning port shaharlarida joriy qilingan.
Bilimingizni sinang
O‘rta asr Yevropasida zodagonlarning barcha mulklari va qasrlari jamlangan hudud nima deb atalgan?
- grafllik
- knyazlik
- manor
- gersoglik
To‘g‘ri javob: manor. Zodagonlarning barcha mulklari va qasrlari jamlangan hudud manor deb atalgan.
O‘rta asrlarda zodagonlarning barcha mulklari va qasrlari jamlangan hudud nima deb atalgan?
- Lord
- Gersoglik
- Manor
- Graflik
To‘g‘ri javob: Manor. Zodagonlarning mulklari va qasrlari jamlangan hudud manor deb atalgan.
Zodagonlar urushga ketganlarida manorlarni kim boshqargan?
- Ularning xotinlari yoki qizlari
- Cherkov tayinlagan abbatlar
- Qirol tayinlagan soliqchilar
- Shahar kengashining a’zolari
To‘g‘ri javob: Ularning xotinlari yoki qizlari. Zodagonlar urushga ketganda manorlarni xotinlari yoki qizlari boshqargan.
Dastlab qal’a va qasrlar qanday materialdan qurilgan?
- Toshdan
- G‘ishtdan
- Loydan
- Yog‘ochdan
To‘g‘ri javob: Yog‘ochdan. Dastlab qal’a va qasrlar yog‘ochdan qurilgan, keyinchalik toshdan bunyod etilgan.
Qal’a xo‘jayini lozim bo‘lganda sudni qayerda o‘tkazgan?
- Ikkinchi qavatdagi yotoqxonada
- Birinchi qavatdagi katta zalda
- Hammomda
- Xizmatkorlar xonasida
To‘g‘ri javob: Birinchi qavatdagi katta zalda. Birinchi qavatdagi katta zalda ovqatlanilgan, mehmon qabul qilingan va lozim bo‘lsa sud o‘tkazilgan.
Atamalarni ularning izohi bilan moslashtiring. I. Manor II. Karantin III. Frumentiy A. Qaynatilgan bug‘doydan tayyorlangan quyuq donli taom B. Chegarada odamlar va tovarlarni 40 kun ushlab turish C. Zodagonlarning barcha mulklari va qasrlari jamlangan hudud
- I–B, II–C, III–A
- I–C, II–B, III–A
- I–C, II–A, III–B
- I–A, II–B, III–C
To‘g‘ri javob: I–C, II–B, III–A. Manor zodagon mulklari jamlangan hudud, karantin 40 kunlik ushlab turish, frumentiy esa bug‘doydan tayyorlangan quyuq donli taom.
Dehqonlar noyabr oyida nima ish qilgan?
- Dalalardan pichan o‘rib, uni omborxonalarga yig‘ib qo‘yishgan
- Qo‘ylarning junini qirqib, uni savdogarlarga sotib yuborishgan
- Chorva mollarini so‘yib, go‘shtini qishlash uchun tuzlashgan
- Yerni yumshatib, bahorgi suli va arpa ekishga shudgorlashgan
To‘g‘ri javob: Chorva mollarini so‘yib, go‘shtini qishlash uchun tuzlashgan. Noyabrda chorva mollari so‘yilib, go‘sht qishlash uchun tuzlangan.
Kambag‘allar nima uchun suvdan uzoq vaqt isitmay foydalanishgan?
- Isitish diniy jihatdan taqiqlangan edi
- Pechkada yoqish uchun yog‘och qimmat edi
- Suv hammomlarda isitilgan
- Qonun suvni isitishni man qilgan
To‘g‘ri javob: Pechkada yoqish uchun yog‘och qimmat edi. Yog‘och qimmatligi sababli kambag‘allar suvni isitmay foydalanishgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash