XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 22-mavzu

Yevropada ilm-fan

SIZ BILIB OLASIZ:

DUNYO HAQIDAGI TASAVVURLARNING KENGAYISHI

O‘rta asrlarda dunyo tushunchasi

BUNI YODDA SAQLANG!

rta asrlar jamiyatida cherkov juda muhim rol o‘ynagan. Cherkov o‘zining diniy va axloqiy nufuzi bilan qirol hokimiyatining ilohiy kelib chiqishi haqidagi g‘oyani ilgari surgan hamda xalqni kamtarlik va itoatkorlikka chaqirgan. Bunda cherkov o‘zining ta’siri ostida bo‘lgan ta’lim va fan sohalaridan unumli foydalangan. O‘rta asrlarning ilmiy tafakkuri muqaddas kitob hisoblangan Injil va xristianlik dini nazariyotchilarining qarashlariga asoslangan. Eng muhim fan esa ilohiyot (teologiya) edi. Madaniyatning qolgan sohalari ham ilohiyotga xizmat qilishga yo‘naltirilgan. Cherkov odamlarga olamning tuzilishini o‘zining mafkuraviy maqsadiga moslab tushuntirgan. Unga ko‘ra, olamning markazida Yer joylashgan deya talqin etilgan. Dunyo haqidagi tasavvurlar ham xayoliy bo‘lib, Yer har tomondan okean bilan o‘ralgan g‘ildirak shakliga ega deb taxmin qilingan.

BUNI YODDA SAQLANG!

Marko Polo Xitoydagi tangalardan tashqari qog‘oz pullarni, g‘ayrioddiy yonilg‘i manbasi bo‘lgan ko‘mir va boshqa shunga o‘xshash yangiliklar hamda ma’lumotlarni yevropaliklarga birinchi bo‘lib yetkazgan.

O‘rta asrlar kishilari uzoq vaqtgacha turli mamlakat va jonzotlar haqida, asosan, cherkov tomonidan talqin qilingan tor doiradagi dunyoqarash bilan kun kechirishgan. G‘arbiy Yevropada kishilar tasavvurlarining kengayishi, asosan, XIII asrga kelib keng ma’noda rivojlana boshladi. Bu rivojlanishning poydevori tajribaga asoslangan bilimlar doirasida yaratildi. O‘rta asrlar kishilarining dunyoqarashida mavhumlikka asoslangan bilimlar ustunlik qilar edi. Bilishning ilmiy usullari ishlab chiqilmagan bo‘lib, dunyo haqidagi bilimlar ko‘pincha fantastik tushunchalardan iborat bo‘lib qolgan edi. Dunyo haqidagi tasavvurlarning kengayishida Marko Poloning sayohati katta ahamiyat kasb etdi. Venetsiyalik savdogar Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab, ya’ni Yaqin Sharq, Eron, Markaziy Osiyo orqali yurib, Xitoyga yetib keladi. Marko Poloni Xitoyda Xubilayxon iliq kutib olishi bilan birga, uni yuqori amaldorlik darajasiga ko‘tardi. U Xubilayxonning elchisi sifatida Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoning ko‘plab mamlakatlariga sayohatlar uyushtiradi. U umrining 20 yildan ortiq davrini Osiyoda sayohat qilish bilan o‘tkazadi. Va nihoyat Marko Polo Venetsiyaga qaytib keladi. Sayohatdan so‘ng Poloning maroqli hikoyalarga boy bo‘lgan kitobi chiqdi. Kitobda keltirilgan ma’lumotlar yevropaliklarning Osiyoga nisbatan qiziqishini yanada orttirdi. Shu tariqa bu kitob yevropaliklarning olam haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdi.

YEVROPADA MAORIF. UNIVERSITETLAR FAOLIYATI

rta asrlar maktablarida diniy ta’lim bilan birga “Yetti erkin san’at” deb nomlangan dunyoviy fanlar ham o‘rgatilgan. U ikkita bosqichdan iborat edi. Birinchi bosqich trivium deb nomlanib, unda grammatika, ritorika, dialektika; ikkinchi bosqich – kvadriviumda esa arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa o‘qitilgan. Bu ta’lim tizimining mohiyati cherkov maqsadlariga yo‘naltirilgan edi. Masalan, ritorika – cherkov va’zlarini to‘plash uchun vosita sifatida, astronomiya – diniy bayramlarni hisoblash, grammatika – cherkov kitoblarini tushunish uchun zarur bo‘lgan fan hisoblangan. Rivojlangan o‘rta asrlarga kelib iqtisodiyotning taraqqiy etishi, davlat boshqaruvi ehtiyojlari va yevropaliklar madaniy saviyasining oshishi ta’lim tizimining rivojlanishi uchun turtki bo‘lib xizmat qildi. Asta-sekin Yevropaning eng yirik cherkov maktablari universitetlarga aylandi. Shu tariqa Yevropaning yirik ta’lim maskanlariga asos solina boshlandi. Xususan, Italiyada Bolonya, Fransiyada Parij, Angliyada Oksford, Kembrij universitetlari tashkil etildi. Universitetlar davlat va cherkov ehtiyojlariga xizmat qilgani bois ko‘p hollarda moliyaviy qiyinchiliklar yoki shahar hokimiyati bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganida ulardan yordam olgan. Universitet o‘z boshqaruviga ega bo‘lgan mustaqil tashkilot edi, ular o‘zining umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan nizomlarga tayanib faoliyat yuritgan. Universitet o‘qituvchilari fakultetlarga birlashgan holda faoliyat ko‘rsatishgan. Shuningdek, saylov tizimi asosida fakultet o‘qituvchilari orasidan dekan, o‘qituvchi va talabalarning umumiy yig‘ilishida esa rektor saylangan. Yevropadagi eng katta oliy ta’lim muassasasi Sorbonna universiteti edi. Ushbu universitetda san’at, huquqshunoslik, tibbiyot va ilohiyot deb nomlangan to‘rtta fakultet mavjud bo‘lgan. Talabalar fakultetlarda umumiy ta’lim, diniy axloqning asosiy me’yorlari, Injildan o‘qish va yozishni o‘zlashtirgandan so‘ng, Rim maktabidan meros bo‘lib qolgan o‘rta asrlarning “Yetti erkin san’ati” takomillashgan holda o‘rgatilgan. Tibbiy va huquqshunoslik ta’limi 5–6 yil, ilohiyotni o‘rganish esa kamida 8 yil davom etgan. Yevropada XV asrga kelib 80 ta universitet mavjud bo‘lib, har bir universitet o‘z kasbiy yo‘nalishiga ega edi. Masalan, Salamanka (Ispaniya), Monpelye (Fransiya), Salerno (Italiya) shaharlarida tibbiyot fanlari o‘rgatilgan, Bolonyada – huquq, Oksfordda matematika va astronomiyadan eng yaxshi dars berilgan bo‘lsa, Sorbonna universiteti ilohiyotchilarni tayyorlagan.

YEVROPADA MAORIF. UNIVERSITETLAR FAOLIYATI

Universitet rektori

BILAG‘ONLAR UCHUN!

Universitetda o‘quv jarayoni ikki asosiy shakl – ma’ruza va bahs-munozaralar shaklida o‘tgan. Magistr dars jarayonida mavzuning qiyin joylarini tushuntirib, kerakli jumlalarni kitobdan ovoz chiqarib o‘qigan. Kitoblar qimmat va noyob bo‘lgani uchun ularni maxsus do‘kondan ozgina haq evaziga ijaraga olib, qo‘lda ko‘chirishgan. O‘qitish lotin tilida olib borilgan.

Sorbonna universiteti va uning birinchi nizomlari to‘plami

Rivojlangan o‘rta asrlarda universitetlar ilmiy nufuzga asoslangan yirik tadqiqot markazlariga aylandi. XIII asr o‘rtalarida Foma Akvinskiy Arastu falsafasi va xristianlik ta’limotini tadqiq qilib, ilohiyot asoslarini mustahkamladi. Ilohiyot bilan bir qatorda alkimyo ham o‘rta asrlar Yevropa ilmiy madaniyatida muhim o‘rin tutar edi. Yevropada kimyo sohasiga oid birinchi asarlar Rojer Bekon va Buyuk Albert tomonidan yozilgan. Ularning ikkalasi ham oddiy metallarni oltinga aylantirish hodisasiga ishonishgan. Bu g‘oya butun o‘rta asrlar davomida kimyogarlarni turli tajribalarni o‘tkazishga undagan. Ana shunday intilishlar asosida Rojer Bekon tabiatda rang va yorug‘lik hodisasini o‘rgangan, birinchi optik linzalarni yaratish tajribasiga oid ishlarni amalga oshirgan.

Sorbonna universiteti va uning birinchi nizomlari to‘plami

XV asr olimlarining faoliyati tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Qadimgi mualliflarning tibbiyot, matematika va astronomiyaga oid asarlarining tarjimalari XV asrda tabiatshunoslik asoslarini rivojlantirdi. Texnik ixtirolar XV asrning oxiriga kelib tabiiy fanlar sohasidagi taraqqiyotni rag‘batlantirdi. Mashhur matematik Luka Pacholi

BILAG‘ONLAR UCHUN

Alkimyogarlar oddiy metallarni oltin yoki kumushga aylantira oladigan va inson umrini cheksiz uzaytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladigan moddani izlash bilan shug‘ullangan. Garchi alkimyogarlarning maqsadlari va qo‘llaydigan vositalari ko‘pincha xayoliy bo‘lsa-da, alkimyo har jihatdan zamonaviy ilm-fanning, ayniqsa, kimyoning asosiga aylandi.

Lotin tili o‘rta asrlar sivilizatsiyasining ommaviy tili hisoblangan. Kishilarning cherkov va maktablarda qo‘llanilgan lotin tilini o‘rganishi ularga Yevropaning istalgan nuqtasida muloqot qilish imkonini berdi. Shunday bo‘lsa-da, rivojlangan o‘rta asrlarga kelib ko‘plab yangi adabiyotlar mahalliy xalq tilida – ispan, fransuz, ingliz, nemis kabi ma’lum bir mintaqadagi mahalliy tilda yozildi. Hikoyanavislar madh etgan xalq qahramonlari, odatda, o‘z yurti, xalqini himoya qilgan jangchilar bo‘lishgan. Shu tariqa “Sid haqida qo‘shiq” (Ispaniya, XII asr), “Nibelunglar qo‘shig‘i” (Germaniya, XII asr), “Robin Gud haqida ballada” (Angliya, XIV asr) kabi o‘rta asr qahramonlik eposlari paydo bo‘ldi.

BILAG‘ONLAR UCHUN

XII–XIII asr Yevropa madaniyatida dunyoviy omillarning shakllanishi va rivojlanishida shahar adabiyoti katta rol o‘ynadi. Bu davrda Fransiyada fablio, Germaniyada shvank kabi adabiy janrlar paydo bo‘ldi. Ular asosan satirik xarakterga ega bo‘lib, oddiy odamlarning aql-zakovati va zukkoligi, sog‘lom aql-idrokini tarannum etish bilan birga zodagonlarning ochko‘zligi va buzg‘unchiligini, ruhoniylarning takabburligini masxara qilgan. Shahar adabiyotining rivojlanishi G‘arbiy Yevropa madaniy hayotida yangi hodisa – shahar madaniyatining butun G‘arb sivilizatsiyasining rivojlanishida juda muhim rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Shahar madaniyatining mohiyati inson hayotining barcha jabhalarida dunyoviy omillarning doimiy ravishda kuchayib borayotganligini ko‘rsatib berdi. Bu davrda shahar adabiyotining “Tulki haqida roman”, “Atirgul haqida roman” (Fransiya), “Pop Amis” (Germaniya) kabi satirik dostonlari paydo bo‘ldi. Germaniyada XIII asrda yaratilgan “Pop Amis” nomli novellada har qanday vaziyatdan unumli foydalanadigan aqlli ruhoniyning qiyofasida jamiyat muammolari ko‘rsatib beriladi. XII–XIV asrlar mahsuli bo‘lgan “Tulki haqida roman”ning asosiy hikoyasi – tulki obrazidagi aqlli Renar qo‘pol va qonxo‘r bo‘ri Izengrim (ritsar), kuchli, lekin befarosat ayiq Bren (feodal) ustidan doim g‘alaba qozonib, Arslon (qirol)ni aldab, eshak Boduenning (ruhoniy) ahmoqligini masxara qiladi. Bu bilan zodagon va ruhoniylarning oddiy kishilarga munosabati o‘tkir kinoya bilan tilga olinadi.

BILAG‘ONLAR UCHUN

Shvank – real hayotiy voqealar asosida nodonlik, ochko‘zlik va manmanlikni fosh etuvchi asarlar.

Fablio – hazil-mutoyiba va kinoyaga asoslangan qisqa hikoyalar.

IXTIRO QILINISHI

Yevropada maorifning rivoj topishi, o‘z navbatida, kitoblarga bo‘lgan ehtiyojni oshirdi. Poligrafiyadagi bu ulkan kashfiyot Iogann Gutenbergga tegishlidir. 1445-yili Iogann Gutenberg ixtiro qilgan bosma mashina va harf quyish dastgohi uning nomini jahonga tanitdi. Bu kashfiyot Yevropada ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shib, qit’a taraqqiyotining muhim omili sifatida madaniy rivojlanishda katta rol o‘ynadi.

QO‘SHIMCHA MA’LUMOT

I. Gutenberg mahalliy savdogar va o‘ziga to‘q hunarmand oilasida voyaga yetib, yoshligidayoq oilasi egalik qiladigan zarbxonada tanga pullarning zarb qilinishi, temir quyish, zargarlik sir-asrorlarini puxta o‘rganadi. Bu bilim va tajribalar insoniyat tarixida yangi sahifa ochilishiga yordam berdi. Shunday qilib, I. Gutenberg harf (liter) donalarini qog‘ozning ikki tomoniga bosish imkoniyatini beradigan poligrafiya for masi – kitob bosishni ixtiro qildi. Ya’ni har bir harf alohida bo‘lak bo‘lib, ishchi harflarni ramkaga sig‘dirishi, harflarga si yoh yoyishi va qog‘oz varag‘ini harflarga bo sishi mumkin edi.

Shu tarzda, bir vaqtning o‘zida butun sahifa chop etildi. Keyin ishchi yangi sahifa yaratish uchun ramkadagi harflarni o‘zgartirishi mumkin edi. Bu ixtiro yozishdan ko‘ra chop etish orqali tezroq kitob yaratish imkonini berdi.

3. Universitetlarning tashkil topishi yevropaliklar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

Savollar: 4. Iogann Gutenbergning ulkan kashfiyoti bo‘lmaganida dunyoni qanday tasavvur qilgan bo‘lar edingiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘rta asrlarda eng muhim fan hisoblangan fan qaysi?
  1. Ilohiyot (teologiya)
  2. Tibbiyot (meditsina)
  3. Huquq (yurisprudensiya)
  4. Retorika (notiqlik)

To‘g‘ri javob: Ilohiyot (teologiya). O‘rta asrlarda eng muhim fan ilohiyot bo‘lgan.

Cherkov talqiniga ko‘ra, olamning markazida nima joylashgan?
  1. Quyosh
  2. Yer
  3. Oy
  4. Qutb yulduzi

To‘g‘ri javob: Yer. Cherkov olamning markazida Yer joylashgan deb talqin qilgan.

O‘rta asrlarda olamning markazida Yer joylashgan, degan talqin keng targ‘ib qilingan. Bunga asosiy sabab nima edi?
  1. Astronomlarning tajribaga asoslangan kuzatuvlari aynan shunday xulosaga olib kelgani
  2. Cherkov olamning tuzilishini o‘zining mafkuraviy maqsadiga moslab tushuntirgani
  3. Marko Polo sayohatlari Yerning koinot markazi ekanini isbotlagani
  4. Universitetlarda kvadrivium fanlari shu g‘oyani majburiy qilib qo‘ygani

To‘g‘ri javob: Cherkov olamning tuzilishini o‘zining mafkuraviy maqsadiga moslab tushuntirgani. Cherkov odamlarga olamning tuzilishini o‘zining mafkuraviy maqsadiga moslab tushuntirgan va olam markazida Yer joylashgan deb talqin etgan.

G‘arbiy Yevropada kishilar tasavvurlarining kengayishi asosan qaysi asrga kelib keng ma’noda rivojlana boshlagan?
  1. XVII asrga
  2. XV asrga
  3. XI asrga
  4. XIII asrga

To‘g‘ri javob: XIII asrga. Tasavvurlar kengayishi XIII asrga kelib keng ma’noda rivojlana boshlagan.

Marko Polo Xitoydan qaysi g‘ayrioddiy yonilg‘i manbasi haqidagi ma’lumotni yevropaliklarga birinchi bo‘lib yetkazgan?
  1. Neft
  2. Torf
  3. Tabiiy gaz
  4. Ko‘mir

To‘g‘ri javob: Ko‘mir. U Xitoydagi g‘ayrioddiy yonilg‘i manbasi — ko‘mir haqida xabar bergan.

Xitoyda Marko Poloni iliq kutib olib, yuqori amaldorlik darajasiga ko‘targan hukmdor kim?
  1. Xubilayxon
  2. Chingizxon
  3. Hulokuxon
  4. Amir Temur

To‘g‘ri javob: Xubilayxon. Marko Poloni Xitoyda Xubilayxon iliq kutib olgan.

Marko Polo umrining qancha qismini Osiyoda sayohat qilib o‘tkazgan?
  1. 10 yildan kam
  2. 20 yildan ortiq
  3. 5 yilcha
  4. 40 yildan ortiq

To‘g‘ri javob: 20 yildan ortiq. U umrining 20 yildan ortiq davrini Osiyoda o‘tkazgan.

G‘arbiy Yevropada kishilar tasavvurlarining kengayishi qaysi asrga kelib keng rivojlana boshladi?
  1. XI asrga
  2. XII asrga
  3. XIII asrga
  4. XV asrga

To‘g‘ri javob: XIII asrga. Tasavvurlar kengayishi asosan XIII asrga kelib rivojlana boshlagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOsiyo, Afrika va Amerika xalqlari iqtisodiy hayotiKeyingi →Yevropada me’morchilik va san’at