XotirAI logotipiXotirAI
📜 8-sinf · Jahon tarixi · 23-mavzu

Yevropada me’morchilik va san’at

SIZ BILIB OLASIZ:

ME’MORCHILIK SAN’ATI O‘

gumbaz va uchli yoylar o‘rnatilgan keng, chiroyli inshootlar qurish an’anaga aylandi. Gotika deb nomlangan yangi uslub XII asrda paydo bo‘lib, XIII asrda mukammallikka erishdi. Gotika o‘rta asrlarning keng foydalaniladigan badiiy uslublaridan biri bo‘lib qoldi. Bu uslubdagi cherkovlar arkali rta asrlarda Yevropada boshqa sohalarga qaraganda me’morchilik ayniqsa taraqqiy etdi. Bu davrdagi Yevropa me’morchiligida cherkovlar qurilishi yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Xususan, X–XIII asrlardagi cherkovlar roman uslubida qurilgan. Roman uslubida inshootlar tuzilishining asosini arkali gumbaz va minoralar tashkil etib, uning atrofidagi geometrik shakllar (kub, prizma, silindr va boshqalar) binoning yaxlit majmuyini hosil qilgan. Tosh tomlari juda og‘ir bo‘lganligi sababli, roman uslubidagi cherkovlarda tomni mustahkam ushlab turish uchun katta ustun va devorlardan foydalanishgan. Bu uslubda derazalar uchun kam joy qoldirilgani bois cherkov xonalari qorong‘i bo‘lib qolgan hamda qalin devor va baland ustunlar uni qal’alarga o‘xshatib qo‘ygan.

ME’MORCHILIK SAN’ATI O‘

(ravoqsimon) gumbaz va uchli minoralar (balandligi 150 m gacha bo‘lgan) bilan bezatilgan. Mazkur o‘zgarish quruvchilarga gotika cherkovlarini roman cherkovlaridan balandroq qilish imkonini berdi. Gotika uslubida inshootning osmono‘par tarzida bunyod etilishi kishilarda go‘yo bino Xudoga yetib borayotgandek taassurot uyg‘otgan. Bu davrga kelib xristianlik cherkovlarini katta va baland qilib qurish bo‘yicha shaharlar o‘rtasidagi raqobat yuzaga kelgan. Cherkov binosi qancha baland va salobatli bo‘lsa, bu shaharlarning kuchi va boyligi ko‘pligidan dalolat bergan.

SAQLANG!

Roman me’morchiligida Puatye, Arl, Tuluza (Fransiya), Vorms va Mayns (Germaniya), Oksford va Vinchester (Angliya) soborlari eng mashhur yodgorliklar hisoblanadi.

Vaqt o‘tishi bilan kuchli tayanchlar ustiga arkali

Sen Deni sobori bazilikasi

Yana bir texnik yangilik sifatida binoning tashqi tomoniga toshdan yarim arka shaklidagi tayanch ustun o‘rnatilgan. Arka shaklidagi tayanch ustunlar cherkov tom qismining og‘irligini tashqi va pastga taqsimlash imkonini bergan. Bu roman uslubidagi cherkovlarning katta gumbazlarning og‘irligini ushlab turgan devorlarga bo‘lgan zaruratini yo‘qotgan. Shuning hisobiga inshoot yengil, mujassamotiga ko‘ra ko‘kka cho‘zilgan. Keyinchalik nisbatan yupqa devorlarga ega gotika cherkovlari ham qurilgan. Ular katta vaznga bardosh bera olmaganligi sababli, bu devorlar vitrajli oynalar bilan to‘ldirilgan. Bu derazalarda diniy manzaralar ham, kundalik hayot manzaralari ham tasvirlangan. Sobor derazalaridagi rangli shisha kun davomida quyosh nurini o‘tkazib, bino yorug‘ligini ta’minlab berish bilan birgalikda tabiiy yorug‘lik – Xudoning ilohiy nuri timsolida ham qabul qilingan. Gotika cherkovining yorug‘, baland, hashamdor ko‘rinishi odamlarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularda taqvodorlik hissini oshirishga xizmat qilgan. Gotika soborlari nafaqat ibodat qilish joylari, balki odamlar e’tiqodining ramzi ham edi. Natijada ular ulug‘vorlik va shon-shuhratning yuksak namunasi bo‘lib qoldi. Shu tariqa gotikaning tosh ibodatxonalari o‘zining mumtoz shakliga ega bo‘ldi. Bu uslubda binolarni tosh bilan aylantirib bezash odatiy hol edi, bu ochiq naqshlarning murakkab shakli alangaga o‘xshab yuqoriga intilgan. Dastlab Germaniyada toshning

O‘YLANG VA XULOSA QILING!

Agar u yerda bo‘lganingizda... Siz tosh o‘ymakor ustaning yordamchisi bo‘lib ishlaysiz. Yepiskop ulkan yangi cherkovni loyihalash uchun xo‘jayiningizni yolladi. U inshoot vositasida jamoatni ilhomlantirishni va hayratda qoldirishni xohlaydi. Usta cherkovning tashqi qismini bezashni sizga ishonib topshirdi. Bu sizning dastlabki yirik loyihangiz bo‘lgani uchun biroz hayajondasiz. Berilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun qanday san’at asarini yaratasiz?

yetishmasligi tufayli gotika uslubidagi inshootlar g‘ishtdan qurila boshlangan. Birinchi g‘ishtli gotika ibodatxonasi XIII asrda Lyubekdagi cherkovda bo‘lgan. Keyinchalik bu qurilish usuli tezda butun Yevropaga tarqalgan. Gotika inshootlari bir necha avlod odamlar tomonidan qurilgan, ba’zan bir asrga cho‘zilgan. Gotika san’atidagi Notr-Dam, Reyms va Shartr soborlari (Fransiya), Vestminster abbatligi va Linkoln sobori (Angliya), Milan sobori (Italiya) kabi diniy inshootlar bilan bir qatorda dunyoviy binolardan Bryusseldagi shahar meriyasi, Ambuazdagi Qirollik qal’asi (Fransiya) eng yaxshi yodgorliklar sirasiga kiradi.

O‘YLANG VA XULOSA QILING!

O‘rta asrlarda feodal qal’alari ham muhim arxitektura inshootlaridan biri bo‘lgan. Bu mudofaa inshootlarining qurilishi ham o‘ziga xos ravishda rivojlanib borgan. Dastlab bu qal’alar yog‘ochdan qurilgan bo‘lsa, rivojlangan o‘rta asrlarga kelib toshdan qurila boshlandi. Dastlabki tosh qal’alar Italiya va Fransiyaning janubida bunyod etilgan. Feodal qal’alar mustahkam mudofaa inshooti sifatida qurilib, baland va qalin devorlar bilan o‘rab olingan. Qal’aning kirish darvozasini qo‘shimcha himoya qilish uchun istehkom – barbakanlar barpo etilgan. Bundan tashqari, qal’aga bostirib kelayotgan dushmanga qarata o‘q va tosh otish, qaynoq suv va mum quyishda mashikulilardan foydalanilgan.

TASVIRIY SAN’AT VA HAYKALTAROSHLIK

erkov o‘z manfaatidan kelib chiqib, siyosat, ta’lim va san’atdan unumli foydalandi. Shu tariqa o‘rta asrlarda san’at, xususan, tasviriy san’at va haykaltaroshlik ham cherkov maqsadlariga yo‘naltirilgan holda rivojlandi. XIII–XV asrlarda qurilgan Yevropa me’morchiligining asosiy uslubi bo‘lgan gotika cherkovlari, avvalo, eski cherkovlarga qaraganda ancha baland edi. Devorlar ko‘pincha yuzlab metr balandga ko‘tarilib, shiftlar osmonga yetib borayotgandek edi. Gotika uslubidagi cherkov inshootlarining muhtasham va ko‘rkam bo‘lishida nafaqat quruvchi, sangtaroshlarning, balki haykaltarosh, vitraj rassomlarining ham alohida o‘rni bor. Gotika inshootlarining ichi va tashqarisi haykallar, diniy mavzudagi rasmlar hamda nafis tosh o‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan. Vitrajlardan yasalgan ulkan derazalar quyosh nuri kirib, cherkovlarni ko‘zni qamashtiruvchi ranglar bilan to‘ldirgan. Odamlar ibodat qilish davomida cherkov mahobati va go‘zalligi oldida o‘zini ojiz his qilardi. Gotika me’morchiligi haykaltaroshlik va rangtasvirga yangi talablarni qo‘ydi.

TASVIRIY SAN’AT VA HAYKALTAROSHLIK

Ko‘pincha balandligi bir necha metr bo‘lgan ulkan vitrajlar soborni bezash uchun ishlatilgan. Ularda odatda kitoblardan lavhalar, shahar turmush tarzi, ritsarlik musobaqalari va boshqa hayotiy epizodlar tasvirlangan. Haykaltaroshlar o‘z ijodini mukammal bir tarzda hayotiy tasvirlashgan. Haykallar azob-uqubat chekayotgani,

BILAG‘ONLAR UCHUN

XIII asr boshlarida qurilgan Fransiyaning shimolidagi Kusi qal’asi o‘z davrining mustahkam mudofaa inshooti sifatida mashhur bo‘lgan. Ushbu qal’aning ayniqsa markaziy minorasi murakkab, kuchli inshoot bo‘lib, uning balandligi 64 m, kengligi 31 m, devorlarning qalinligi 7 m ga yetgan. Qal’a atrofi keng va suv to‘ldirilgan chuqur xandaq bilan o‘ralgan. Minora tepasi bo‘ylab himoyachilar mashikulilardan dushmanni nishonga olishgan. Kirish darvozasi barbakan bilan himoyalangan. Bunday mudofaa inshootini egallash deyarli imkonsiz bo‘lgan.

tushkun holati yoki baxtdan xursandligi kabi hissiy holatlarini aks ettirgan holda yasalgan. Cherkov talabi bo‘yicha rassom ham tasvir orqali tomoshabinga qahramonlar bilan nima sodir bo‘layotganini tushuntira olishi lozim edi. Shu jihatdan rassomlar obyekt va hodisalarni barcha oddiy jihatlarni inobatga olgan holda chizishgan. Bu davrda aksariyat odamlar savodsiz bo‘lib, ularga xristianlik dini haqida ma’lumot berishning eng yaxshi usuli rasm, tasvir va haykallar bo‘lgan. Bejizga o‘rta asrlarda “tasvir savodsizlar uchun adabiyotdir” deya ta’kidlanmagan edi. Barcha cherkov binolari Injildan olingan hikoyalarni aks ettirgan haykal, barelyeflar, rasm, vitraj, freska, ikonalar bilan bezatilgan. Masalan, Parijdagi Shartr sobori o‘n mingdan ortiq haykallar va turli rasmlar bilan bezatilgan. Cherkovlar tashrif buyuruvchilarda ibodat kayfiyatini yaratish maqsadida qurilgan. Binoning ulkan qilib qurilishi, uning haybatli va zalvarli ko‘rinishi oldida kishilar o‘zini ojiz his qilishgan. Ibodatxona ichkarisiga kirgan kishi imonga chorlovchi tasvir va haykallar bilan bezatilgan manzarani ko‘rib, o‘zini boshqa bir dunyoga tushib qolgandek his qilgan.

TEATR SAN’ATI

rta asrlarda Yevropada xristianlik dini keng tarqalishi va cherkovning jamiyatdagi barcha sohalarni o‘z nazoratiga olishi bilan teatr san’atining o‘sishiga to‘siq bo‘ldi. Cherkov xalqning sevimli tomoshalaridan biri bo‘lgan jonglyorlarning chiqishlarini yo‘q qila olmadi. Ammo ko‘p o‘tmay cherkov ham bunday teatr tomoshalarining ommaga ta’siri kuchini tezda angladi va dinning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazishda teatr san’atidan foydalana boshladi. Cherkov binosining ayvonlarida ruhoniylar tomonidan Injildagi voqealardan parchalar sahnalashtirila boshlandi. Sof diniy mazmundagi spektakllarning namoyishi cherkov ayvonlaridan asta-sekinlik bilan bozor maydonlariga ko‘cha boshladi. Keyinchalik Rim papasining farmoni bilan ruhoniylarning sahnaga chiqishi taqiqlanishi natijasida oddiy shahar aholisi aktyorlik vazifalarini bajara boshladi. Shuni ta’kidlash joizki, o‘rta asrlarda san’at diniy omillar ta’sirida bo‘lishiga qaramay, kishilar ko‘proq o‘yin, kulgi, hazil va mutoyibaga moyil edi. Bunday zarurat sayyor aktyorlar guruhi tomonidan shahar va qishloqlarni kezib qo‘yiladigan teatr tomoshalariga talabni kuchaytirgan. Shu tariqa og‘ir hayot kechirayotgan kishilar hajviy she’r, hikoyalar, satirik va tarbiyaviy xarakterdagi tomoshalar orqali turmush tashvishlarini biroz unutishgan. Shaharlarda yarmarkalar, qishloqlarda esa mavsumiy bayramlarda ko‘ngilochar tomosha qo‘yishni kasb qilgan kishilar Fransiyada jonglyor, Germaniyada shpilman, Angliyada menestrel deb atalgan. Ular faoliyatining gullagan davri XIII–XV asrlarga to‘g‘ri kelgan. Jonglyor yoki shpilmanlar qit’a bo‘ylab kezib yurib, pichoq, uzuk, olma va boshqa buyumlar vositasida ko‘zboylog‘ichlik qilish, qo‘shiq aytish, raqsga tushish va musiqa asboblarini chalish hamda it, ot, maymun, yumronqoziq va boshqa hayvonlar orqali tomoshalar qo‘yishgan. Tomoshabinlarni yanada qiziqtirish uchun ertak va kichik kulgili hikoyalarni ham aytib berishgan. Sayyor teatr truppalarida masxaraboz, akrobat (murakkab mashqlarni bajaruvchi gimnastikachi yoki sirk artisti), dorboz, yovvoyi va uy hayvonlarini o‘rgatuvchilar, pakana va daroz kishilardan iborat bo‘lgan o‘z kasbining ustalari faoliyat yuritgan. XIV–XV asrlarga kelib qo‘g‘irchoqlar yordamida tomosha ko‘rsatish san’ati ham paydo bo‘lgan.

TEATR SAN’ATI

Sobor – xristianlikda oliy martabali ruhoniylar boshchilik qiladigan yirik ibodatxona. O‘rta asrlarda soborlar shahar markazidagi asosiy binolardan hisoblanib, tashqi va ichki qiyofasi me’moriy jihatdan gotika, roman uslubida mukammal qilib qurilgan.

IZOHI

Barbakan – bu qal’a devoridan biroz bo‘rtib chiqqan dumaloq shakldagi minora bo‘lib, qal’ani qurshab olgan dushmanga qarata har tomonlama o‘q otishni ta’minlagan mudofaa inshooti.

Mashikuli – qal’a devori va minoralarining yuqori qismida joylashgan, asosan vertikal o‘q otish uchun mo‘ljallangan ilmoqli bo‘shliqdan iborat mudofaa inshooti.

2. O‘rta asrlarda san’at va din o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor edi?

Savollar: 3. Xristianlik dinining mohiyatini o‘rta asr kishisiga yetkazishda haykaltaroshlik va rassomchilikning o‘rni qanday bo‘lgan?
Savollar: 4. O‘rta asrlarda teatr san’atining rivojlanishiga sayyor teatr truppalari qay darajada hissa qo‘shishgan?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Yevropada gumbaz va uchli yoylarga ega gotika uslubi qaysi asrda paydo bo‘lgan?
  1. XII asrda
  2. XIV asrda
  3. XI asrda
  4. X asrda

To‘g‘ri javob: XII asrda. Gotika uslubi XII asrda paydo bo‘lib, XIII asrda mukammallikka erishgan.

Yevropada gotika uslubi qaysi asrda mukammallikka erishgan?
  1. XI asrda
  2. XV asrda
  3. XIV asrda
  4. XIII asrda

To‘g‘ri javob: XIII asrda. Gotika uslubi XII asrda paydo bo‘lib, XIII asrda mukammallikka erishgan.

Yevropada qaysi asrlardagi cherkovlar roman uslubida qurilgan?
  1. X–XIII asrlardagi
  2. XIII–XV asrlardagi
  3. VI–IX asrlardagi
  4. XV–XVII asrlardagi

To‘g‘ri javob: X–XIII asrlardagi. X–XIII asrlardagi cherkovlar roman uslubida qurilgan.

Yevropada X–XIII asrlardagi cherkovlar qaysi uslubda qurilgan?
  1. Roman uslubida
  2. Gotika uslubida
  3. Vizantiya uslubida
  4. Barokko uslubida

To‘g‘ri javob: Roman uslubida. X–XIII asrlardagi cherkovlar roman uslubida qurilgan.

Gotika uslubi qaysi asrda paydo bo‘lib, qaysi asrda mukammallikka erishgan?
  1. X asrda paydo bo‘lib, XII asrda
  2. XII asrda paydo bo‘lib, XIII asrda
  3. XIII asrda paydo bo‘lib, XV asrda
  4. XV asrda paydo bo‘lib, XVI asrda

To‘g‘ri javob: XII asrda paydo bo‘lib, XIII asrda. Gotika XII asrda paydo bo‘lib, XIII asrda mukammallikka erishgan.

Roman uslubidagi cherkov xonalari nima uchun qorong‘i bo‘lib qolgan?
  1. Devorlari qora toshdan qurilgan
  2. Shamlar kam yoqilgan
  3. Derazalar uchun kam joy qoldirilgan
  4. Tomlari yog‘ochdan bo‘lgan

To‘g‘ri javob: Derazalar uchun kam joy qoldirilgan. Og‘ir tom sababli qalin devorlar qurilib, derazalarga kam joy qolgan.

Roman uslubidagi cherkov xonalarining qorong‘i bo‘lib qolishiga nima sabab bo‘lgan?
  1. Cherkovlar yer ostida bunyod etilgani sababli tashqi nur deyarli kirmagan va xonalar nam bo‘lgan
  2. Derazalar vitrajli oyna o‘rniga yog‘och taxta bilan yopib qo‘yilgan va nur kiritilmagan
  3. Binolar faqat balandligi 150 metrgacha bo‘lgan minoralardan iborat bo‘lgan va ichki xona bo‘lmagan
  4. Og‘ir tosh tomni ushlab turish uchun devorlar qalin qilinib, derazalarga kam joy qolgan

To‘g‘ri javob: Og‘ir tosh tomni ushlab turish uchun devorlar qalin qilinib, derazalarga kam joy qolgan. Tosh tomlar og‘ir bo‘lgani uchun qalin devor va katta ustunlar kerak bo‘lgan, bu esa derazalar uchun joy qoldirmagan.

Roman va gotika uslubidagi cherkovlar solishtirilganda qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Roman cherkovlari vitrajli oynalarga boy bo‘lgan, gotika cherkovlarida esa derazalarga deyarli joy qoldirilmagan va devorlar qalin bo‘lgan
  2. Roman uslubi uchli yoylarga, gotika uslubi esa kub va silindr shakllarga asoslangan bo‘lib, tom yukini ichki devorlar ushlagan
  3. Ikkala uslubda ham tom yog‘ochdan yasalgani sababli devorlar bir xil yupqa qilingan, tom yukini esa tashqi tayanchlar ushlab turgan
  4. Roman cherkovlarida tom yukini qalin devor va katta ustunlar ushlagan, gotikada esa tashqi yarim arkali tayanchlar bu vazifani bajargan

To‘g‘ri javob: Roman cherkovlarida tom yukini qalin devor va katta ustunlar ushlagan, gotikada esa tashqi yarim arkali tayanchlar bu vazifani bajargan. Romanda og‘ir tom qalin devorlarga tayangan; gotikada yarim arkali tashqi tayanchlar yukni taqsimlab, devorni yupqalashtirgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYevropada ilm-fanKeyingi →Ilk Uyg‘onish davri madaniyati