Gumanizm: G‘arbiy Yevropada Yangi davr madaniyati va fani
YEVROPADA YANGI DAVRNING BOSHLANISHI
3-MAVZU. GUMANIZM: G‘ARBIY YEVROPADA YANGI DAVR MADANIYATI VA FANI
Siz bilib olasiz: – Uyg‘onish davri madaniyatining yuksak va so‘nggi bosqichlarini; – gumanizmni; – adabiyot va san’atni; – haykaltaroshlikni; – fanning rivojlanishini.
Esga oling: Antik davr (lot.
“antiquitas” – “qadimgi”) – bu atama qadimgi yunon-rim davri – Qadimgi
Yunoniston va
Qadimgi Rim sivilizatsiyalarini anglatadi.
Uyg‘onish davri madaniyati. Yangi davr boshlarida Yevropaning ko‘pgina mamlakatlari misli ko‘rilmagan madaniy yuksalishni boshdan kechirdi. Fan taraqqiyotidagi yutuqlar kishilarning olam haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirib yubordi, madaniy aloqalarni kengaytirishga imkon beradigan yangi ufqlar ochildi. Fan va san’atda ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Olimlar, ijodkorlar ideal va namuna izlab Antik davr madaniyatiga murojaat qildilar.
3-MAVZU. GUMANIZM: G‘ARBIY YEVROPADA YANGI DAVR MADANIYATI VA FANI
Ilgari fan va adabiyot tili bo‘lgan lotin tili o‘rniga italyan, ispan, fransuz kabi xalqlarning tillari rivojlandi. XVI asrda yashagan fransuz shoiri bu jarayonni o‘z she’rida shunday ifoda etadi:
Men o‘tmishni o‘rganib, o‘zligimga yo‘l topdim, Nutqim bo‘ldi tartibli, so‘zlarim ko‘p ma’nolik. Men she’riyatda tartib, musiqada zavq topdim, Rimlik va yunon kabi fransuz bo‘ldi buyuk.
Uilyam Shekspir
Gumanizm. Uyg‘onish davrida insonga nisbatan buyuk burilish yuz berdi. Odamlar hayotning quvonchlarini qadrlashga o‘rgandi, tabiatga, jamiyatga, insonga yangicha qaraydigan bo‘ldilar”. O‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari “gumanist” (“humanus” — insoniy) deb ataldi. Gumanistlar inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar. Bilim va erkin fikr o‘ziga yo‘l ochib bordi. O‘rta asrlardagi ta’qib va cheklashlardan so‘ng fan va san’at diniy taqiqdan chiqdi.
Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning asarlari yondirildi. Ammo XVI asrga kelib, ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi.
Uilyam Shekspir
Gumanizm dastlab XIV–XV asrlarda Italiyada paydo bo‘ldi. Keyinroq boshqa mamlakatlarda ham italyan gumanistlarining izdoshlari va tarafdorlari paydo bo‘ldi.
Angliyada ularning g‘oyalari dono siyosatchi va qirolning birinchi vaziri Tomas Morga (1478–1535) kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U o‘z asarida ideal davlat namunasini yaratib, uni “Utopiya” (“Mavjud bo‘lmagan yer”) deb atadi. O‘shandan buyon adolatli jamiyat tasvirlangan asarlar va ularda ilgari surilgan g‘oyalarni “utopiya” deb atashadi. Utopiya mavjud bo‘lmagan, xayoliy jamiyat haqidagi orzular edi.
Adabiyot va san’at. Uyg‘onish davri adabiyoti va san’atida o‘z davrining buyuk kishilari ijod qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga ko‘p qirrali noyob qobiliyat in’om etgan edi. Bunday noyob qobiliyat egalaridan biri ingliz Uilyam Shekspir (1564–1616) bo‘lgan. U: “Inson — tabiatning ajoyib mo‘jizasi”, deb hisoblardi. Shekspir teatrga muhabbat qo‘ydi. Ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod qildi. Shekspir insonlarni o‘rab turgan olamni teatr, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi. Shekspir kelgusi avlodlarga “Otello”, “Hamlet”, “Qirol Lir” hamda “Romeo va Julyetta” kabi mashhur asarlarini meros qoldirdi.
Uilyam Shekspir
Bu davr adabiyotining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547–1616). Uning mashhur “Don Kixot” asari qahramoni – jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so‘nggi oliyjanob ritsar. U odamlar hayotini yaxshilash yo‘lida harakat qiladi.
Yodda tuting:
Shekspirning asarlari 1599–1644-yillarda Londonda faoliyat yuritgan “Globus” nomli teatrda sahnalashtirilgan.
Asr boshlarida yog‘ochdan yasalgan teatr binosi yonib ketadi va g‘ishtdan qayta quriladi.
1644-yili ingliz parlamentining qaroriga binoan, teatr binosi buzib tashlanadi.
Tasviriy san’at. Uyg‘onish davri madaniyatining yana bir buyuk namoyandasi italiyalik Leonardo da Vinchidir (1452–1519). U bir vaqtning o‘zida ham rassom, ham shoir, ham me’mor, ham haykaltarosh, ham musiqachi, ham ixtirochi olim edi. Leonardo rasm chizish san’atini “san’atlar malikasi” deb atagan.
Leonardo asarlarining qahramonlari xudolar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. “Chaqaloq ko‘targan Madonna” ana shunday asardir. Yorug‘lik va soyaning yumshoq oqimlarida ona o‘z go‘dagini bag‘riga bosib turibdi. Qo‘llarining avaylab quchoqlashi, yengilgina nimtabassum — onaning o‘z go‘dagiga cheksiz muhabbatini anglatib turibdi.
Yodda tuting:
Leonardoning yana bir mashhur asari “Mona Liza” (“Jokonda”). Asarda Mona Liza tomoshabinga tik boqib turibdi, lablarida sezilar-sezilmas tabassum, “u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib insoniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan”, — deb yozgan edi o‘sha davr tarixchilaridan biri.
Mikelanjelo
Bu qiziq: David haykalini
26 yoshida yaxlit marmar toshdan yasagan.
Haykalning balandligi – 5,2 metr (2 qavatli uy bilan teng), og‘irligi – 5,7 tonna.
Bu davrning buyuk rassomlaridan yana biri italiyalik Rafael Santi (1483–1520) edi. U atigi 37 yil umr ko‘rdi, xolos. Lekin shu qisqa davr ichida o‘z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata oldi. “Sikstin madonnasi” u yaratgan asarlar ichida eng mashhuridir. Unda oyoqyalang Bibi Maryam go‘yo bulutlarni bosmayotganday, ohista, ularning ustida uchib yurganday o‘z qismatiga peshvoz chiqmoqda. Hali go‘dak Isoning nigohlari kattalarnikidek jiddiy. U go‘yo kelajakdagi azob va o‘limni oldindan sezayotganday. Onaning qarashlarida ham qayg‘u va xavotir bor. U oldindan nima bo‘lishini biladi. Shunga qaramasdan, o‘g‘lining hayoti evaziga Haq yo‘llari ochiladigan odamlar tomon oldinga intiladi.
Mikelanjelo
Yana bir mashhur rassom gollandiyalik Rembrandt yaratgan asarlar ichida eng mashhuri “Adashgan o‘g‘ilning qaytishi” rasmi edi. Injilda oilasini tashlab ketib, uzoq vaqt sang‘ib yurgan, barcha boyliklari tugagach, ortga qaytgan o‘g‘lini ota kechiradi va uyiga qabul qiladi. Rembrandt o‘z asarida ota va o‘g‘ilning uchrashuv paytini aks ettirgan. Adashgan o‘g‘il uy ostonasi oldida tiz cho‘kib turibdi. Yirtiq kiyim va sochsiz bosh o‘tgan umr kulfatlaridan dalolat beradi. Keksayib ko‘r bo‘lib qolgan otaning barmoqlari o‘g‘lining yelkasiga tegyapti. Qo‘l harakati bu dunyodan qariyb umidini uzgan odamning yorqin quvonchini va cheksiz muhabbatini aks ettiradi.
Mikelanjelo
Haykaltaroshlik. Bu davr haykaltaroshlari haykaltaroshlikni san’atlar ichida birinchisi, u insonni, uning go‘zalligini boshqa san’at turlaridan yaxshiroq sharaflaydi, deb hisoblaganlar. Ularning eng mashhuri italiyalik Mikelanjelo Buonarroti (1475–1564) edi. U o‘zining o‘lmas asarlari bilan tarixda abadiy iz qoldirdi.
U san’at haqidagi bir she’rida, jumladan, quyidagilarni bitgan:
Tiriklikdan, borliqdan ko‘ra, San’atning qismati buyukdir har dam, Uni yenga olmas, o‘lim ham, vaqt ham. San’atkor yaratgan “David” haykali uning nomini abadiyatga daxldor qildi. Injil rivoyatlariga ko‘ra, yosh cho‘pon yigit David dahshatli devsifat Goliaf bilan jangga tushishga jur’at qiladi va uni palaxmon toshi bilan urib o‘ldiradi. Haykaltarosh Mikelanjelo jang oldida turgan Davidni tasvirlagan. Uning yuzi g‘azabga to‘la. Bu haykal o‘zining balandligi va go‘zalligi bilan shu paytgacha yaratilgan barcha asarlarni ortda qoldirdi.
“David” haykali
Fan. Insonning atrof-olamga qiziqishi ortib bordi va bu yangi davrning xususiyatlaridan biri bo‘lib qoldi. Bu davrda olimlar fanda olamshumul kashfiyotlarni amalga oshirdi.
Buyuk polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473–1543) 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatib, Yer Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanadi, degan xulosaga keldi. Bu fanda ulkan yangilik edi.
Italyan olimi Jordano Bruno (1548–1600) olam abadiy mavjud, u hech qachon yo‘q bo‘lmaydi, degan xulosani dadil ilgari surdi, olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi. Cherkov bu fikrni shakkoklik deb baholadi va olimni gulxanda yoqishga hukm qildi.
“David” haykali
Italiyalik boshqa bir buyuk olim Galileo Galiley (1564–1642) Kopernikning ta’limotini davom ettirib, geliotsentrik nazariyaga asos soldi. Galileyning atrof-olamni anglashga qo‘shgan hissasi ulkan. U yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi.
Yevropa fanining yuksalishida buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton (1642–1727) xizmatlari ulkan bo‘ldi. Nyuton mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi, ko‘zguli teleskopni kashf qildi.
Ingliz olimi Jon Lokk (1632–1704) falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. J. Lokkning asosiy xizmati shundan iboratki, u insonning tabiiy huquqlari: yashash, erkinlik va mulk huquqlari haqidagi ta’limotni yaratdi. U, shuningdek, hokimiyatni bo‘lish — ijro hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ham ishlab chiqdi.
“David” haykali
XVI–XVIII asrlarda Yevropada Yangi davr madaniyati shakllandi. San’at va fan jadal rivojlandi. Angliya burjua inqilobi, Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash, fransuz inqilobi jarayonlarida paydo bo‘lgan kishilarning ozodligi va tengligi haqidagi g‘oyalar yana uzoq vaqt ko‘plab xalqlar kurashining mazmuniga aylandi.
Nikolay Kopernik
Mustaqil ish: G. Galileyning geliotsentrik nazariyasi nimadan iborat ekanligini biling va koinotning tuzilishi sxemasini daftaringizga chizing.
Savol va topshiriqlar
2. Matnda nomlari keltirilgan rassomlar va haykaltaroshlarning asarlarini internetdan toping va taqdimot tayyorlang.
Bu qiziq: Leonardo da Vinchi ko‘plab ixtirolarning loyihalarini chizib qoldirgan va ba’zi oldindan mavjudlarini takomillashtirgan: 1. Tank. 2. Skafandr (g‘avvoslarning germetik kiyimi). 3. Vertolyot. 4. Parashut. 5. Deltaplan. 6. Robot. 7. Avtomobil. 8. Pulemyot. 9. Velosiped. 10. Projektor. 11. Qaychi. 12. Domkrat. 13. Suvosti kemasi. 14. Yuk ko‘taradigan kran. 15. Teleskop. 16. Arkali ko‘prik. 17. Aeroplan. 18 Podshipnik. Bularning deyarli barchasi Leonardo da Vinchidan bir necha asrlar keyin yaratildi.
Savol va topshiriqlar
Internet bilan ishlashga doir topshiriq: “Otello”,
“Hamlet”, “Qirol
Lir”, “Romeo va Julyetta” hamda
“Don Kixot” asarlarining qisqacha mazmuni bilan tanishing.
Muhim sanalar
- 1599–1644-yillarda — Shekspirning asarlari 1599–1644-yillarda Londonda faoliyat yuritgan “Globus” nomli teatrda sahnalashtirilgan.
- 1644-yili — 1644-yili ingliz parlamentining qaroriga binoan, teatr binosi buzib tashlanadi.
- XVI asrda — XVI asrda yashagan fransuz shoiri bu jarayonni o‘z she’rida shunday ifoda etadi:
- XVI asrga — Ammo XVI asrga kelib, ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga o‘z fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi.
- XIV–XV asrlarda — Gumanizm dastlab XIV–XV asrlarda Italiyada paydo bo‘ldi.
- XVI–XVIII asrlarda — XVI–XVIII asrlarda Yevropada Yangi davr madaniyati shakllandi.
Bilimingizni sinang
Ilgari fan va adabiyot tili bo‘lgan lotin tili o‘rniga qaysi xalqlarning tillari rivojlandi?
- yunon, arab va fors
- qadimgi misr, bobil va oromiy
- turk, mo‘g‘ul va xitoy
- italyan, ispan va fransuz
To‘g‘ri javob: italyan, ispan va fransuz. Lotin tili o‘rniga italyan, ispan, fransuz kabi xalqlarning tillari rivojlangan.
O‘rab turgan olamga ilohiy emas, dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari Uyg‘onish davrida nima deb ataldi?
- Skolast
- Ratsionalist
- Gumanist
- Reformator
To‘g‘ri javob: Gumanist. Dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari gumanist deb ataldi.
Qaysi asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga fikrlarini erkin bayon qilish imkonini berdi?
- XVI asr
- XVII asr
- XV asr
- XIV asr
To‘g‘ri javob: XVI asr. XVI asrga kelib ruhoniylar va Rim papalari gumanizm g‘oyalariga qiziqdi.
Dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari qanday nom bilan ataldi va u qaysi so‘zdan olingan?
- “antik” — “antiquitas” (qadimgi)
- “gumanist” — “humanus” (insoniy)
- “utopist” — “utopia” (mavjud bo‘lmagan yer)
- “ratsionalist” — “ratio” (aql)
To‘g‘ri javob: “gumanist” — “humanus” (insoniy). Olamga dunyoviy, insoniy qarash tarafdorlari “humanus” – insoniy so‘zidan gumanist deb atalgan.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Gumanizm g‘oyalari dastlab Rim papalari tomonidan yaratilib, keyin ruhoniylar orasida keng tarqalgan
- XVI asrga kelib ruhoniylar va papalar gumanistlar asarlarini taqiqlab, mualliflarini quvg‘in qilgan
- XVI asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari gumanizm g‘oyalari bilan qiziqqan
- Gumanistlar insonni ojiz va gunohkor deb ta’riflab, cherkov ta’limotini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan
To‘g‘ri javob: XVI asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari gumanizm g‘oyalari bilan qiziqqan. Dastlab gumanistlar ta’qib qilingan, ammo XVI asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va Rim papalari ham gumanizmga qiziqqan.
Dastlab cherkov gumanistlarni ta’qib qilib, asarlarini yondirgan bo‘lsa-da, XVI asrga kelib gumanistlar o‘z fikrlarini erkin bayon qila boshladi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Cherkov gumanistlarning asarlarini ommaviy yondirishni yanada kuchaytirdi
- Lotin tili fan va adabiyotda yana yetakchi o‘ringa qaytdi
- Ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalariga qiziqib qoldi
- Gumanizm Italiyadan tashqariga chiqmay, faqat shu mamlakatda saqlanib qoldi
To‘g‘ri javob: Ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari ham gumanizm g‘oyalariga qiziqib qoldi. XVI asrga kelib ko‘plab ruhoniylar va hatto Rim papalari gumanizm g‘oyalari bilan qiziqib, gumanistlarga fikrini erkin bayon qilish imkonini bergan.
Gumanizm dastlab qaysi asrlarda Italiyada paydo bo‘ldi?
- XVII–XVIII asrlarda
- XIV–XV asrlarda
- XVI–XVII asrlarda
- XII–XIII asrlarda
To‘g‘ri javob: XIV–XV asrlarda. Gumanizm dastlab XIV–XV asrlarda Italiyada paydo bo‘lgan.
Angliyada italyan gumanistlarining g‘oyalari qaysi dono siyosatchi va qirolning birinchi vaziriga kuchli ta’sir ko‘rsatdi?
- Tomas Kromvel
- Frensis Bekon
- Uilyam Shekspir
- Tomas Mor
To‘g‘ri javob: Tomas Mor. Qirolning birinchi vaziri Tomas Mor (1478–1535) gumanizm g‘oyalari ta’sirida bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash