Yevropada Reformatsiya: Yangi davr qadriyatlarining shakllanishi
YEVROPADA YANGI DAVRNING BOSHLANISHI
4-MAVZU. YEVROPADA REFORMATSIYA: YANGI DAVR QADRIYATLARINING SHAKLLANISHI
Siz bilib olasiz: – Reformatsiya arafasida Yevropa jamiyati hayotini; – Reformatsiyaning boshlanishiga sabab bo‘lgan omillarni; – dehqonlar qo‘zg‘olonining kelib chiqishini; – Kalvinizm va Reformatsiyaning Yevropaga yoyilishini; – Reformatsiyaga qarshi kurash (kontrreformatsiya)ni.
Reformatsiya arafasida Yevropa jamiyati. O‘rta asrlarda din G‘arbiy Yevropa jamiyati hayotida kuchli ta’sirga ega edi. Ammo davr oxiriga kelib, odamlar orasida mavjud diniy tartiblardan norozilik kuchaydi. Endi cherkov tartiblari ko‘plab yevropaliklarni qanoatlantirmay qo‘ydi. Cherkov marosimlari lotin tilida o‘tkazilar, ammo bu til oddiy odamlar uchun tushunarsiz edi. Shuningdek, ular xristianlarning muqaddas kitobi — Injilni ham o‘qiy olmas va tushunmasdi. Kun kechirish og‘ir bo‘lib qolgan Yangi davr boshlarida dehqonlar va shaharlik kambag‘allar qiyinchilik bilan ishlab topgan va oilasini boqishga zo‘rg‘a yetadigan pullarining bir qismini cherkovga va ruhoniylarga berishni istamasdi. Ruhoniylarning qimmatbaho kiyimlari va taqinchoqlari, cherkovni bezashda qo‘llanilgan haykal va rasmlar pulning qadrini biladigan tejamkor tadbirkorlarning jahlini chiqarar edi. Ruhoniylar to‘plagan juda katta boyliklarning bir qismini indulgensiyalar sotishdan tushgan pullar tashkil qilardi. Puldor kishilar, hatto hali qilib ulgurmagan gunohlari uchun ham indulgensiyalar sotib olardi. Papa va kardinallar turli xil hiyla va nayranglar bilan Yevropa davlatlarining ichki ishlariga aralashar, bundan esa hukmdorlar ham norozi edi.
4-MAVZU. YEVROPADA REFORMATSIYA: YANGI DAVR QADRIYATLARINING SHAKLLANISHI
Reformatsiyaning boshlanishi. Jamiyatdagi umumiy norozilik sharoitida G‘arbiy Yevropada xristianlik cherkovini isloh qilish uchun harakat boshlanib, bu jarayon “Reformatsiya” (“reforma” — “islohot”) deb ataldi.
Yangi davr boshlarida tarqoq knyazliklardan iborat bo‘lgan Germaniyaning ichki ishlarida hal qiluvchi rolga katolik cherkovi da’vo qilardi. Germaniyada juda katta yerlar, hatto butun boshli shaharlar ham katolik cherkoviga qarashli edi. Indulgensiya sotuvchi ruhoniylar va cherkov soliqlarini yig‘uvchilar butun Germaniya bo‘ylab kezib yurardi.
Martin Lyuter
Reformatsiya 1517-yili Germaniyaning Vittenberg universiteti ilohiyot fani professori 33 yoshli Martin Lyuterning “95 tezislar” deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati bilan boshlandi. Aslida faqat ilmiy munozara uchun mo‘ljallangan ushbu tezislar lotinchadan nemis tiliga tarjima qilinib, butun Germaniyani hayajonga soldi. M. Lyuterning bu qilmishi Rim papasining jahlini chiqardi. U M. Lyuterni Vorms shahar sudiga chaqirdi. Papa M. Lyuterdan o‘z g‘oyalaridan voz kechishni talab qildi, lekin u papaga bo‘ysunishdan va indulgensiyalarning sotilishini ma’qullashdan bosh tortib, sudda yorqin nutq so‘zladi. M. Lyuterning suddagi nutqi xalqni to‘lqinlantirib yubordi. Uning tarafdorlari o‘z mazhabi va cherkovini tashkil qildilar. Ular “lyuteranlar” deb ataldi.
Martin Lyuter
Dehqonlar qo‘zg‘oloni. Yevropada an’anaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi zodagonlar va knyazlarda o‘z daromadini oshirish istagini kuchaytirdi. Ular jamoa yerlarini egallab olib, dehqonlarning ulushini qisqartirdi, natural va pul yig‘imlarini, dehqonlarning ishlab berish majburiyatlarini oshirdi. Amerikadan g‘alla va kumushning oqib kelishi natijasida yuz bergan narx-navo inqilobidan ham, avvalo, Yevropa dehqonlari aziyat chekdi. Dehqonlarning og‘ir ahvoli ularni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur qildi.
Dehqonlar qo‘zg‘oloni 1524-yili Germaniyaning janubida boshlandi. “Xalq Reformatsiyasi” deb atalgan bu qo‘zg‘olonga ruhoniy Tomas Myunser boshchilik qildi. Qo‘zg‘olon tez orada butun Germaniyani qamrab oldi va “Buyuk dehqonlar” urushi degan nom oldi. Unda o‘n minglab dehqonlar qatnashdi. Bir yildan ortiq davom etgan qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchradi. Uning ko‘plab ishtirokchilari qattiq jazolandi, T. Myunser qatl qilindi.
Martin Lyuter
Shundan so‘ng reyxstag (parlament)da ko‘pchilik bo‘lgan katoliklar Reformatsiyaning yutuqlarini bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi. M. Lyuter tarafdorlari esa bunga norozilik bildirdi. Shu paytdan boshlab ular “protestantlar” deb atala boshlandi.
Kalvinizm va Reformatsiyaning Yevropaga yoyilishi. Reformatsiya butun Yevropa bo‘ylab tarqaldi. Protestantlikning yangi oqimlari paydo bo‘ldi. Ulardan biriga Jeneva shahrida fransuz Jan Kalvin asos soldi.
Yodda tuting:
Yevropada Reformatsiya – katolik cherkovini isloh qilish jarayoni.
Martin Lyuter
1524–1526-yillardagi qo‘zg‘olon. Germaniya
Ignatiy Loyola
“Duo o‘qi va ishla!” degan shior J. Kalvin ta’limotining asosi bo‘ldi. Bu shior boylik orttirishni asosiy maqsad qilgan yangi zodagonlar va burjuaziyaga ma’qul keldi. Ular J. Kalvinni qo‘llab-quvvatladi.
Reformatsiya Yevropada katolik cherkovining yakka hukmronligiga chek qo‘ydi. Reformatsiyaga qarshi kurashning kuchayishiga qaramasdan, bir qator Yevropa mamlakatlari Rim papasiga bo‘ysunmay qo‘ydi. Protestantlik mamlakatlarida qirollik hokimiyati kuchayib, katta mustaqillikka ega bo‘ldi. Ko‘pchilik mamlakatlarda milliy cherkovlar tashkil qilindi. Protestantlikning Injilni mustaqil o‘qish, xudo oldida shaxsiy javobgarlik hissi kabi o‘ziga xos jihatlari aholi orasida individualizm rivojlanishiga ko‘maklashdi. Injilni mustaqil o‘qish ehtiyoji, protestantlik mamlakatlarida savodxonlikning oshishi uchun muhim omil bo‘ldi.
Ignatiy Loyola
Reformatsiya natijasida paydo bo‘lgan protestantlik butun Yevropaga yoyildi va xristianlikning yangi ta’limotlari hamda yangi cherkovlarning shakllanishiga olib keldi.
Reformatsiyaga qarshi kurash (kontrreformatsiya). Katolik cherkovi Uyg‘onish va Reformatsiyada o‘z aksini topgan diniy norozilik bilan kelisha olmas va buni xohlamas ham edi. Shu sababli Reformatsiyaga qarshi kurashish uchun Rim papasi 1540-yili “Iso jamiyati” yoki iyezuitlar (Iyezus — Iisus, Iso) ordenini ta’sis etdi. Iyezuitlar oldiga “adashgan olomonni cherkovga qaytarish” vazifasi qo‘yildi. “Iso jamiyati”ning asoschisi ispan zodagoni Ignatiy Loyola bo‘ldi.
Ignatiy Loyola
Reformatsiya tufayli bir qator Yevropa mamlakatlarida o‘z hukmronligini yo‘qotgan Rim papasi jon-jahdi bilan o‘z mavqeyini tiklashga intildi. Siyosiy jihatdan tarqoq bo‘lgan Italiya papa boshliq katolik reaksiyaning barcha dahshatini o‘zida his qildi. Papa dindan qaytganlarni jazolashni inkvizitsiya sudiga topshirdi. Dindan qaytganlar sud hukmiga ko‘ra gulxanlarda yoqildi.
Katolik cherkovi ilg‘or ilmiy va falsafiy fikrga qarshi kurashdi. Yoqib yuborilishi lozim bo‘lgan, taqiqlangan kitoblar ro‘yxati e’lon qilindi. Katolik cherkovi tomonidan protestantlarga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar tarixda “kontrreformatsiya” nomini oldi. XVI asrdagi kontrreformatsiya jarayonida G‘arbiy Yevropa katolik va protestant qismlariga bo‘linib ketdi. Germaniya, Fransiya kabi davlatlar aholisi bir-biriga dushman ikki diniy mazhabga ajralib, bir-biriga qarshi urushlar olib bordi. Bu urushlarda o‘n minglab kishilar halok bo‘ldi.
Ignatiy Loyola
Ammo Reformatsiyaga qarshi kurash to‘liq g‘alaba qozonishi mumkin emasdi. Zotan, bu davrda Yevropada fan va madaniyat yuksalib, kapitalistik munosabatlarning qaror topib borishi, odamlarning erkinlik va mustaqillik sari intilishi katolik cherkovi asoslarini vayron qildi. Reformatsiya katolik cherkovining inqirozi davri bo‘ldi.
Niderland inqilobi. Reformatsiya tufayli boshlangan xalq harakatlari Yevropadagi kichik bir davlat — Niderland mamlakatida katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu yerda inqilob eski tartiblarning yangisi bilan almashinishiga, odamlar hayotidagi tub o‘zgarishlarga olib keldi.
XVI asr o‘rtalarida Niderland hududi Ispaniyaga qaram edi. Ispaniya monarxiyasi Niderlandda o‘zining qoloq boshqaruv tizimini o‘rnatdi. Aholiga juda yuqori soliqlar solinardi. Soliq yig‘uvchilar kambag‘allardan so‘nggi tiyinlarini ham tortib olardilar. Qishloqlarda ispan askarlari haddidan oshardi.
Ignatiy Loyola
Niderlandda protestantlikning bir ko‘rinishi bo‘lgan kalvinizm ta’limoti allaqachon tarqala boshlagan edi. Bu bid’atni yo‘q qilish uchun ispan qiroli Filipp II yuqori diniy lavozimlarga ispanlarni tayinlay boshladi va Niderlandga ispan inkvizitsiyasini kiritishga tayyorlandi.
Cherkov sudlari mamlakat bo‘ylab kezib yurar va o‘zini katolik deb hisoblashni xohlamaganlar hamda katolik ibodatxonasiga bormay yurganlarni qo‘lga olishni buyurardi.
Qonli qonunlar ham, ommaviy qatl qilishlar ham Filipp II ning shafqatsiz siyosatidan niderland xalqining aksariyatida o‘sib borayotgan norozilikni to‘xtata olmasdi. Aksincha, Niderlandda xalq harakati kengaya bordi, unga shaharliklar, hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar va hatto zodagonlar ham jalb qilindi.
Ignatiy Loyola
Ispaniya hukmronligiga qarshi tarqoq chiqishlar ommaviy xalq harakatiga aylanib ketdi. Bunga ispanlar zulmi va qimmatchilikdan tashqari, 1565 –1566-yillardagi ocharchilik ham sabab bo‘ldi.
Qo‘zg‘olon natijasida 1572-yili shimoliy hududlar — Gollandiya va Zelandiya dengizchilari Bril shahrini egalladilar. Shahzoda Villem van Oranye shimoliy hududlar hukmdori deb e’lon qilindi. U eng yirik va eng obro‘li zamindor bo‘lib, Ispaniya hukmronligidan norozi niderland zodagonlariga boshchilik qilardi.
Villem van Oranye
Bu qiziq: Gyozlar (gadoylar, tilanchilar, qashshoqlar) – XVI asrda Niderland inqilobi davrida Ispaniyaga qarshi mustaqillik uchun kurashgan niderland dvoryanlarini kamtarona kiyinganligi uchun ispan aristokratlari “gyozlar” – “gadoylar” deb atashgan. Keyinchalik niderland dvoryanlari o‘zlarini “gyoz” deb atay boshladilar. Ulardan ba’zilari norozilik belgisi sifatida tilanchining charm xaltasi va sadaqa yig‘iladigan yog‘och kosani namoyishkorona olib yurishardi.
Shimoliy viloyatlar 1579-yilda “Utrext uniyasi” deb nomlangan hujjatni imzolab, ittifoq tuzdilar. Ular Filipp II ni taxtdan tushirilgan deb e’lon qildilar. Shu tariqa Shimoliy Niderlandda paydo bo‘lgan yangi davlat rasman “Birlashgan provinsiyalar” yoki ittifoqqa birlashgan yetti viloyatdan eng qudratlisi nomi bilan sodda qilib “Gollandiya Respublikasi” deb atala boshlandi. Respublika o‘z mustaqilligi uchun yana uzoq vaqt Ispaniya bilan jang qilishga majbur bo‘ldi. Faqat 1609-yildagina Ispaniya Gollandiyani tan olganligi haqidagi shartnomani imzoladi.
Yodda tuting:
Niderland Respublikasi
Yevropada 1609-yili tashkil topgan birinchi burjua davlati hisoblanadi.
Niderlandlar qo‘zg‘oloni
Bu qiziq: Iyezuitlar ordenining asosiy qoidasi: “Agar cherkov bizga oq ko‘rinadigan narsa qora deb aytsa, biz uni darhol qora deb tan olishimiz kerak”.
Atamalar mazmuni:
Protestantizm yoki protestantlik (lot. “Protestatio” – “tantanali bayonot, e’lon qilish”, ayrim hollarda “norozilik” ma’nolarini anglatadi) – pravoslav va katolik cherkovlari bilan birga xristianlikning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Individualizm (lot. “individium” –
“bo‘linmas”) – insonning shaxsiy hayoti jamoaga bog‘liq bo‘lmagan, faqat uning o‘ziga tegishli alohida bir hodisa deb qaraladigan, jamiyat manfaatlaridan inson huquqlarini mutlaq ustun qo‘yadigan ta’limot.
Individualizmning negizida har bir shaxsning yagona va beqiyos ekanligini tan olish, uning huquqlarini mutlaqlashtirish yotadi.
Xarita bilan ishlashga doir topshiriq: Internet yordamida qaysi mamlakatlarda hozirgi kunda lyuteranlik tarqalganini aniqlang.
Gollandiyaning mustaqillikka erishishi
Shunday qilib, mag‘rur va erksevar xalq uzoq vaqt davom etgan qizg‘in kurash natijasida Gollandiyaning mustaqilligiga erishdi. Mamlakatda hokimiyat tepasiga burjuaziya keldi, feodal tartiblar barham topib, yangi kapitalistik munosabatlar jadal rivojlanish yo‘liga o‘tdi.
Reformatsiya tarixda chuqur iz qoldirdi, Yevropa jamiyatining ma’naviy, siyosiy va iqtisodiy xarakterini o‘zgartirib yubordi. Reformatsiya natijasida milliy cherkovlar paydo bo‘ldi, dunyoviy hokimiyat mustahkamlandi, millatlarning shakllanishi va milliy davlatlarning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratildi. Reformatsiya industrial sivilizatsiyaning qaror topishini tezlashtirdi, shaxsning erkinligi va tashabbuskorligiga keng yo‘l ochilib, demokratik qadriyatlar shakllandi.
Gollandiyaning mustaqillikka erishishi
Savol va topshiriqlar 1. Gumanizm va Reformatsiya bir-biriga qay tarzda bog‘liq? 2. Qo‘shimcha manbalardan foydalanib, “Martin Lyuterning asosiy g‘oyalari” mavzusida klaster chizing.
3. Quyidagi jarayonlarning asosiy sabablarini aniqlang: a) Reformatsiya; b) Germaniyadagi dehqonlar qo‘zg‘oloni; d) Kontrreformatsiya.
4. “Duo qil va ishla” shiori O‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi qaysi tariqat tamoyillariga mosligini toping.
Internet bilan ishlashga doir topshiriq: Internet vositasida G‘arbiy Yevropada Reformatsiya bo‘lib o‘tgan davrdagi Germaniya ko‘chalariga virtual ekskursiya uyushtiring. Taassurotlaringizni daftarga qayd eting.
Muhim sanalar
- 1517-yili — Reformatsiya 1517-yili Germaniyaning Vittenberg universiteti ilohiyot fani professori 33 yoshli Martin Lyuterning “95 tezislar” deb ataluvchi indulgensiyalarga qarshi da’vati bilan boshlandi.
- 1524-yili — Dehqonlar qo‘zg‘oloni 1524-yili Germaniyaning janubida boshlandi. “Xalq Reformatsiyasi” deb atalgan bu qo‘zg‘olonga ruhoniy Tomas Myunser boshchilik qildi.
- 1524–1526-yillarda — 1524–1526-yillardagi qo‘zg‘olon.
- 1540-yili — Shu sababli Reformatsiyaga qarshi kurashish uchun Rim papasi 1540-yili “Iso jamiyati” yoki iyezuitlar (Iyezus — Iisus, Iso) ordenini ta’sis etdi.
- 1565 –1566-yillarda — Bunga ispanlar zulmi va qimmatchilikdan tashqari, 1565 –1566-yillardagi ocharchilik ham sabab bo‘ldi.
- 1572-yili — Qo‘zg‘olon natijasida 1572-yili shimoliy hududlar — Gollandiya va Zelandiya dengizchilari Bril shahrini egalladilar.
- 1579-yilda — Shimoliy viloyatlar 1579-yilda “Utrext uniyasi” deb nomlangan hujjatni imzolab, ittifoq tuzdilar.
- 1609-yilda — Faqat 1609-yildagina Ispaniya Gollandiyani tan olganligi haqidagi shartnomani imzoladi.
- 1609-yili — Yevropada 1609-yili tashkil topgan birinchi burjua davlati hisoblanadi.
- XVI asrdagi — XVI asrdagi kontrreformatsiya jarayonida G‘arbiy Yevropa katolik va protestant qismlariga bo‘linib ketdi.
Bilimingizni sinang
Ruhoniylar boyligining bir qismini tashkil qilgan, hali qilib ulgurmagan gunohlar uchun ham sotib olinadigan cherkov yorliqlari qanday ataladi?
- dispensatsiyalar
- indulgensiyalar
- ekskommunikatsiyalar
- relikviyalar
To‘g‘ri javob: indulgensiyalar. Ruhoniylar boyligining bir qismini indulgensiyalar sotishdan tushgan pullar tashkil qilgan; ularni hatto qilinmagan gunohlar uchun ham olishgan.
O‘rta asrlar oxirida G‘arbiy Yevropada cherkov marosimlari qaysi tilda o‘tkazilgan va bu til oddiy odamlar uchun tushunarsiz bo‘lgan?
- Yunon tilida
- Nemis tilida
- Lotin tilida
- Italyan tilida
To‘g‘ri javob: Lotin tilida. Marosimlar lotin tilida o‘tkazilgan, bu til oddiy odamlarga tushunarsiz edi.
Reformatsiya arafasida puldor kishilar hali qilib ulgurmagan gunohlari uchun ham sotib olgan yorliq qanday nomlangan?
- Indulgensiya
- Inkvizitsiya
- Kontrreformatsiya
- Uniya
To‘g‘ri javob: Indulgensiya. Puldor kishilar hatto hali qilmagan gunohlari uchun ham indulgensiya sotib olardi.
Reformatsiya arafasida cherkov marosimlarining lotin tilida o‘tkazilishi oddiy odamlar uchun qanday oqibatga olib keldi?
- Odamlar lotin tilini ommaviy o‘rganib, ruhoniylarga aylanib ketdi va cherkov xizmatlarini o‘zlari o‘tkaza boshladi
- Ular cherkov marosimlarini tushunmay, xristianlarning muqaddas kitobi Injilni ham o‘qiy va tushuna olmasdi
- Ular cherkovga bormay qo‘yib, butun diniy e’tiqoddan voz kechib, dahriylikka o‘tib ketdilar va Injilni yoqib yubordilar
- Ular marosimlarni o‘z tillariga tarjima qilib, mustaqil ravishda o‘tkaza boshladi va ruhoniylarni chetlatdi
To‘g‘ri javob: Ular cherkov marosimlarini tushunmay, xristianlarning muqaddas kitobi Injilni ham o‘qiy va tushuna olmasdi. Lotin tili oddiy odamlarga tushunarsiz bo‘lgani uchun ular Injilni ham o‘qiy olmas va tushunmasdi.
Yangi davr boshlarida G‘arbiy Yevropada xristianlik cherkovini isloh qilish uchun boshlangan harakat qanday nom bilan atalgan?
- Reformatsiya
- Inkvizitsiya
- Uyg‘onish
- Kontrreformatsiya
To‘g‘ri javob: Reformatsiya. Xristianlik cherkovini isloh qilish harakati Reformatsiya (“reforma” — “islohot”) deb ataldi.
“Reformatsiya” so‘zidagi “reforma” qanday ma’noni anglatadi?
- Inqilob
- Norozilik
- Qo‘zg‘olon
- Islohot
To‘g‘ri javob: Islohot. Xristianlik cherkovini isloh qilish harakati “reforma” — “islohot” so‘zidan Reformatsiya deb ataldi.
Martin Lyuterning “95 tezislar” da’vati bilan Reformatsiya qaysi yilda boshlangan?
- 1525-yili
- 1509-yili
- 1492-yili
- 1517-yili
To‘g‘ri javob: 1517-yili. Reformatsiya 1517-yili Germaniyada Martin Lyuterning indulgensiyalarga qarshi da’vati bilan boshlandi.
Vittenberg universiteti professori sifatida indulgensiyalarga qarshi “95 tezislar” bilan Reformatsiyani boshlab bergan nemis ilohiyotchisi kim?
- Jan Kalvin
- Martin Lyuter
- Tomas Myunser
- Ignatiy Loyola
To‘g‘ri javob: Martin Lyuter. Reformatsiyani 1517-yili Vittenberg universiteti professori Martin Lyuter “95 tezislar” bilan boshlab berdi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash