XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 5-mavzu

Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi. Absolyutizm

XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI

1215 Ioann

Siz bilib olasiz: – qirol hokimiyatining kuchayishini; – Angliya burjua inqilobining kelib chiqish sabablarini; – Burjua inqilobining ro‘y berishini; – qirol bilan parlament o‘rtasida fuqarolar urushini; – inqilobning yakunlanishi va Angliyaning konstitutsion monarxiyaga aylanishini.

Savollar: Esga oling: Angliyada “Buyuk ozodlik xartiyasi” deb nomlangan hujjat qachon qabul qilingan?

Esga oling: Yelizaveta I davridan Angliya

“Dengizlar

malikasi” va “Dunyo ustaxonasi” deb atala boshlandi.

Qirol hokimiyatining kuchayishi. Savdo va sanoatning rivojlanishi Angliyada soliqlar tushumini keskin oshirdi. Endi davlatdan maosh oladigan amaldorlar va muntazam armiya qirolning har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyor edi. Bu hol qirolni boy zodagonlar ta’siridan xalos qildi. Natijada qirolning cheklanmagan hokimiyati to‘g‘risidagi g‘oya shakllandi. Shu g‘oya asosida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida shakllangan hokimiyat “mutlaq monarxiya” yoki “absolyutizm” deb ataldi.

Absolyutizm Angliyada XVI asrda shakllandi. Shu davrda qirol hokimiyati kuchayib, Genrix VIII Tyudor faqat cherkovnigina emas, balki toifalar vakillaridan iborat parlamentni ham o‘ziga bo‘ysundirdi, ayrim mustaqil shimoliy grafliklar va Uels ham qirol hokimiyatini tan oldi.

“Dengizlar

1558-yili hokimiyatga kelgan Yelizaveta I ning asosiy vazifalaridan biri mamlakat yaxlitligini mustahkamlash, kelishmovchilik va janjallarga chek qo‘yish bo‘ldi. Yelizaveta I o‘zining 45 yillik hukmronligi davrida Angliyaning jadal rivojlanishi, dunyoning yetakchi davlatiga aylanishida katta hissa qo‘shdi. Mamlakatda Reformatsiya o‘z nihoyasiga yetdi. Davlat qudratli bo‘ldi, xo‘jalikni rivojlantirishda va dengiz savdosida muvaffaqiyatlarga erishildi. Angliya asta-sekin kuchli dengiz davlati — “Dengizlar malikasi”ga aylandi.

1485-1603

1603-yili Yelizaveta I ning o‘limi bilan Tyudorlar sulolasi yakun topdi. Shundan so‘ng Angliya taxtiga Styuartlar sulolasidan bo‘lgan Yakov I o‘tirdi. Yakov I shotlandiyalik edi. Uning davrida absolyutizmning inqirozi kuchaydi, burjua inqilobi uchun iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy asoslar shakllandi. Bularning barchasi 1640-yili boshlangan Angliya burjua inqilobiga muqaddima bo‘ldi.

Genrix VIII Tyudor

Angliya burjua inqilobi arafasida. XVI asr Angliya uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Sanoat jadal rivojlana boshladi. Ispan floti — “Yengilmas armada”ning mag‘lubiyatidan keyin Angliya dengizda hukmron bo‘lib oldi. Dengiz savdosi rivojlanib, Moskva, Marokash, “Ost Indiya” va boshqa bir qator savdo kompaniyalari Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shveysariyadan Hindiston va Seylongacha bo‘lgan katta hududda juda faol harakat qildilar. Styuartlar davridagi monopoliya tizimi natijasida tashqi savdoni, asosan, londonlik boylar egallab oldi va Londonda juda qudratli savdo oligarxiyasi vujudga keldi.

Ichki savdo ham rivojlandi. 1600-yili Londonda dastlabki birja faoliyat yurita boshladi. Mamlakat aholisining 4/5 qismi qishloqlarda yashaganligi sababli agrar sohadagi o‘zgarishlar Angliyada islohotlar rivojining o‘ziga xos tomonini tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligiga ham kapitalistik munosabatlar shiddat bilan kirib bordi.

Genrix VIII Tyudor

Faol tashqi siyosat yuritilib, bo‘lg‘usi Britaniya mustamlakachilik imperiyasining asoslari yaratila boshlandi. XVII asr boshlarida Amerikadagi birinchi mustamlaka — Virjiniyaga asos solindi.

1607

San’at va fan sohasidagi muvaffaqiyatlar ham salmoqli edi. F. Bekon va U. Shekspir nomlari butun dunyoga mashhur bo‘ldi.

Angliyada boy va kuchli o‘rta tabaqa shakllangan edi. Bu tabaqaning aksariyat vakillari diniy e’tiqodlari va hayot tarziga ko‘ra puritanlar (Angliyada kalvinistlar shunday atalgan) edi.

Puritanlar cherkovni mo‘l-ko‘lchilik bilan o‘tadigan diniy ibodatlardan “tozalash”ga urindilar (“Puritans” — “tozalik”). Puritanlik keyinchalik inqilobiy harakatning mafkuraviy asosi bo‘ldi. Puritanlar orasida ko‘plab yangi zodagonlar, boy savdogarlar, ustalar, manufaktura egalari, o‘ziga to‘q dehqonlarning vakillari bor edi. Bu qatlam pulning qadri va qudratini yaxshi bilardi.

1607

Inqilobning sabablari. Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi va Reformatsiya natijasida ingliz jamiyatida bo‘linish yuz berdi. Yangi zodagonlar kapitalizm rivojlanishidan manfaatdor bo‘lsa, qirol va amaldorlar eski tartiblarning saqlanib qolishini istardi. Shunday sharoitda Styuartlarning yangi qirollik sulolasi ingliz parlamenti va puritanlik cherkoviga qarshi kurashga kirishib ketdi. Vujudga kelgan qarama-qarshiliklar inqilobning asosiy sababiga aylandi.

Qirol bilan parlament o‘rtasidagi nizo Karl I davrida yanada keskinlashdi. Qirol parlamentni tarqatib yubordi. Angliyada Karl I ning shaxsiy hukmronligi o‘rnatilib, bu

1607

Yodda tuting: Puritanlik – axloq qoidalariga qat’iy amal qilish, ehtiyojlarning o‘ta cheklanishi, tejamkorlik, mehnatsevarlikka xos bo‘lgan hayot tarzi; masalan, o‘yinchoqlar foydasiz deb hisoblangan va bolalar yoshligidan boshlab kattalarga ishda yordam berishgan.

O‘zingizni sinang:

1558-yilda... 1588-yilda... 1603-yilda... 1640-yilda...

Bu qiziq: Qirol tarafdorlari

“kavalerlar” (“otliqlar”) deb atalgan, chunki uning armiyasida otliq qo‘shin asosiy kuchni tashkil qilgan. Parlament tarafdorlari

“dumaloq boshlar” deb atalardi, chunki ular sochini doira shaklida olishgan.

davrda savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikr dindorlar davlat ishlaridan butunlay chetlatildi.

Inqilobning boshlanishi. 1640-yilning boshiga kelib, xazina bo‘shab qoldi. Mamlakatda ko‘plab ochlar qo‘zg‘olonlari, London ko‘chalarida esa tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi. Shotlandiya Angliyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi.

O‘zingizni sinang:

Shunday sharoitda 1640-yili yangi parlament yig‘ildi. Bu parlament uzoq vaqt tarqatilmaganligi uchun “Uzoq muddatli parlament” nomi bilan tarixga kirdi. Bu inqilobning boshlanishi edi.

Uzoq muddatli parlament bir qancha muhim islohotlarni amalga oshirdi. Parlamentning absolyutizmga qarshi qaratilgan dastlabki qarorlaridan biri qirol ministrlarining sudga tortilishi bo‘ldi. Ko‘pgina yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi. Aslida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra, Angliya davlat tuzumida yuz bergan inqilobiy to‘ntarish edi.

Qirol bilan parlament o‘rtasida fuqarolar urushi. Angliya parlament bilan qirol tarafdorlari bo‘lgan bir-biriga dushman ikki lagerga bo‘lindi. Parlamentni savdogarlar, tadbirkorlar, yangi dvoryanlar qo‘llab-quvvatladi. Eski tartiblardan manfaatdor bo‘lganlarning barchasi — yirik yer egalari bo‘lgan asilzodalar va ularga qaram dehqonlar, saroy amaldorlari ingliz cherkovi qirol bayrog‘i ostida birlashdilar.

O‘zingizni sinang:

1643-yilning oxiriga kelib, mamlakat hududining to‘rtdan uch qismi qirol hukmronligi ostida edi. Parlament esa xalqni jangga chorlashga qo‘rqardi. Biroq tez orada parlamentning yangi ittifoqchisi bo‘lgan Shotlandiya armiyasi Angliya hududiga kirib keldi. Shotlandlar bilan parlament tarafdorlarining birlashgan qo‘shini qirol qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alabada Oliver Kromvel qo‘mondonligi ostidagi otliq askarlar asosiy rol o‘ynadi. Qirol va uning ortidan butun armiyasi qochib ketdi. Urush parlamentning to‘liq g‘alabasi bilan yakunlandi.

Parlament islohoti. Qirol armiyasining tor-mor qilinishi parlamentga muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini berdi. Zodagon yer egalari taxt foydasiga to‘lanadigan feodal soliqlardan ozod etildi. Yer ularning xususiy mulkiga aylandi. Savdogarlar endi savdo yuritishga ruxsatnoma sotib olmaydigan bo‘ldi. Cherkov parlamentga bo‘ysundirildi, qirol, uning tarafdorlari va yepiskoplarning yerlari esa musodara qilindi.

O‘zingizni sinang:

Ammo parlament dehqonlarning feodal qaramligini bekor qilmadi. Parlament faoliyatidan dehqonlardan tashqari shaharliklar, aksariyat mayda mulkdorlar ham norozi edi. Ular bir qator keskin talablar bilan chiqdilar. Bu norozilikning ifodachisi Jon Lilbern bo‘ldi.

Mamlakatdagi ahvoldan xavotirlangan parlament 1649-yili qirol Karl I ni qatl ettirdi. Qirolning qatl etilishi haqidagi xabar Yevropa monarxlarining saroylari bo‘ylab dahshat to‘lqini misol qalqib o‘tdi.

Oliver Kromvel

Inqilobning yakunlanishi. Angliyaning konstitutsion monarxiyaga aylanishi. Parlamentning qarori bilan Angliyada qirollik hokimiyati va lordlar palatasi bekor qilindi. 1649-yili 19-may kuni Angliya respublika deb e’lon qilindi. Ammo shaharlik qashshoqlar va dehqonlar hayotida qariyb hech narsa o‘zgarmadi. Fuqarolar urushi mamlakatni vayronaga aylantirdi, bu ularga ochlik va musibat keltirdi.

Bu paytga kelib, O. Kromvel boshchiligidagi inqilobiy armiya Irlandiyani bo‘ysundirish uchun bu yerga bostirib kirdi. Bosqin jarayonida Irlandiya aholisining katta qismi halok bo‘ldi. O. Kromvelning inqilobiy armiyasi shu tarzda bosqinchi armiyaga aylandi. Bu armiya Irlandiyadan so‘ng Shotlandiyaga ham bostirib kirdi. Shiddatli janglardan so‘ng mag‘lub bo‘lgan Shotlandiyaning mustaqilligi tugatildi. Shundan so‘ng eski parlament tarqatib yuborildi. Mamlakatda O. Kromvel protektorati (“protektor” – “homiy”, “himoyachi”) o‘rnatildi. Ijro hokimiyati to‘liq protektor qo‘liga o‘tdi.

Oliver Kromvel

O. Kromvelning o‘limidan so‘ng yangi dvoryanlar va burjuaziya inqilob paytida o‘rnatilgan tartibni himoya qiluvchi monarxiyani qayta tiklashga qaror qildi. 1660-yilda qatl qilingan qirolning o‘g‘li Karl II Styuart parlament qo‘ygan shartlar asosida taxtni egalladi.

Styuartlar 1603-1649; 1660-1688

1688-yilgi “Shonli inqilob”. Biroq Karl II mutlaq hukmronlikka bo‘lgan da’vosidan voz kechmadi. Uning vorisi Yakov II esa katolik dinini qayta tiklash uchun harakat boshladi. Shundan so‘ng 1688-yili parlament Yakov II ni taxtdan mahrum qildi va Angliya taxtiga Gollandiya hukmdori Villem van Oranyeni taklif qildi. U parlament qo‘ygan talablar asosida taxtga o‘tirdi. Shu davrdan boshlab eng muhim masalalarni qirol emas, parlament hal qiladigan bo‘ldi. Qirol hokimiyati parlament tomonidan cheklandi. Shu tariqa Angliyada cheklangan yoki konstitutsion monarxiya o‘rnatildi. Bu Angliya tarixida “Shonli inqilob” nomini oldi.

Styuartlar 1603-1649; 1660-1688

Angliya burjua inqilobining natijalari va tarixiy ahamiyati. Angliya burjua inqilobi absolyutizmga nuqta qo‘ydi. Inqilob feodal mulkchilikka zarba berdi, ammo tugallanmay qoldi, chunki dehqonlarni yerning to‘liq egalariga aylantirmadi va ularni feodal qaramlikdan ozod qilmadi.

Shunday bo‘lsa-da, inqilob Angliyada kapitalistik munosabatlarning keyingi rivojida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu inqilob natijasida qishloq xo‘jaligida ham kapitalistik munosabatlar tez rivojlana boshladi, sanoat to‘ntarishi boshlandi. Jamiyatda ham o‘zgarish ro‘y berdi — sanoat burjuaziyasi va ishchilar sinfi jamiyatning asosiy kuchiga aylanib bordi.

Absolyut (yoki mutlaq) monarxiya –

hokimiyat cheklovlarsiz, busbutunligicha monarx qo‘lida bo‘lgan boshqaruv shakli.

Konstitutsion

monarxiya (yoki parlament monarxiyasi) – monarx hokimiyati, uning huquqlari konstitutsiya bilan cheklangan davlat tuzumi.

Mamlakatda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topa boshladi. Angliya burjua inqilobi va uning g‘oyalari boshqa Yevropa mamlakatlari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqilob e’lon qilgan siyosiy tamoyillar va o‘rnatgan iqtisodiy tartib yangi industrial sivilizatsiyaga asos soldi.

Savollar: Savol va topshiriqlar 1. Angliya burjua inqilobi boshlanishining asosiy sabablari nimalardan iborat? 2. Angliya tarixida O. Kromvel qanday o‘rin tutadi? 3. “Shonli inqilob”ning asosiy natijalari nimadan iborat?

Angliya burjua inqilobining asosiy voqealari:

1640-yil Karl I “Uzoq muddatli parlament”ni yig‘di. Inqilobning boshlanishi.

1642–1648-yillar Fuqarolar urushi davri.

Internet bilan ishlashga doir

topshiriq: 1588-yili ingliz floti ispanlarning qudratli floti –

“Yengilmas armada”ni tor-mor qilib, dengizlarda to‘liq hukmronlikni o‘rnatadi. Internetdan bu jang haqida ma’lumot toping.

1649-yil Parlament qirol Karl I ni qatl ettirdi.

1649-yil 19-may Angliya respublika deb e’lon qilindi.

1653–1658-yillar Oliver Kromvel protektorati.

1660-yil Qatl qilingan qirolning o‘g‘li Karl II Styuart parlament qo‘ygan shartlar asosida taxtni egalladi.

1688-yil “Shonli inqilob”.

Savollar: Jadvalda keltirilgan ma’lumotni tahlil qiling. Ingliz burjua inqilobi necha yil davom etdi? Inqilobni qanday uch davrga bo‘lsa bo‘ladi?

Ijodiy ish topshirig‘i: Quyidagi reja asosida mavzu bo‘yicha hikoya tuzing va mavzuni yoritib bering. 1. XVII asrda Angliyada yangi kapitalistik munosabatlar tez rivojlandi, lekin ularning rivojlanishiga feodalizm qoldiqlari to‘sqinlik qildi.

Internet bilan ishlashga doir

2. Angliyadagi inqilobning asosiy sababi qirol hokimiyati mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini va inglizlarning diniy erkinliklarini cheklab qo‘yishi bo‘ldi.

3. Xalqning qo‘llab-quvvatlashi parlament qo‘shinining qirol qo‘shini ustidan g‘alaba qozonishini ta’minladi.

4. “Uzoq parlament”ning islohotlari “yangi zodagonlar” va burjuaziya manfaatlariga mos edi.

5. Kromvel protektorati Angliyada inqilob g‘alabasini mustahkamlashga imkon berdi.

6. “Shonli inqilob” Angliyada qirolning mutlaq hokimiyati kuchsizlanganligini isbotladi.

7. Angliyada parlament monarxiyasining o‘rnatilishi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qildi. Angliya ko‘pgina Yevropa mamlakatlariga burjuaziya namunasi bo‘ldi.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qirolning cheklanmagan hokimiyati g‘oyasi asosida G‘arbiy Yevropada shakllangan hokimiyat “mutlaq monarxiya” bilan bir qatorda qaysi atama bilan ham ataldi?
  1. konstitutsion monarxiya
  2. parlament respublikasi
  3. absolyutizm
  4. oligarxiya

To‘g‘ri javob: absolyutizm. Qirolning cheklanmagan hokimiyati g‘oyasi asosida shakllangan hokimiyat mutlaq monarxiya yoki absolyutizm deb ataldi.

Angliyada absolyutizm qaysi asrda shakllandi?
  1. XVIII asrda
  2. XIV asrda
  3. XV asrda
  4. XVI asrda

To‘g‘ri javob: XVI asrda. Absolyutizm Angliyada XVI asrda shakllandi.

XVI asrda Angliyada nafaqat cherkovni, balki parlamentni ham o‘ziga bo‘ysundirib, qirol hokimiyatini kuchaytirgan monarx kim?
  1. Yakov I Styuart
  2. Vilgelm Oranskiy
  3. Karl I Styuart
  4. Genrix VIII Tyudor

To‘g‘ri javob: Genrix VIII Tyudor. Genrix VIII Tyudor cherkovni ham, toifalar vakillaridan iborat parlamentni ham o‘ziga bo‘ysundirdi.

Absolyutizm Angliyada qaysi asrda shakllandi?
  1. XVI asrda
  2. XIV asrda
  3. XVIII asrda
  4. XII asrda

To‘g‘ri javob: XVI asrda. Absolyutizm Angliyada XVI asrda shakllangan.

Genrix VIII Tyudor cherkovdan tashqari yana nimani o‘ziga bo‘ysundirdi?
  1. Shahar gildiyalari va sexlar ittifoqini
  2. Toifalar vakillaridan iborat parlamentni
  3. Yirik savdo kompaniyalari ittifoqini
  4. Ritsarlar va dengizchilar ittifoqini

To‘g‘ri javob: Toifalar vakillaridan iborat parlamentni. Genrix VIII cherkovni ham, toifalar vakillaridan iborat parlamentni ham bo‘ysundirgan.

Davlatdan maosh oladigan amaldorlar va muntazam armiya qirolni kimlarning ta’siridan xalos qildi?
  1. Ruhoniylarning
  2. Parlament deputatlarining
  3. Boy zodagonlarning
  4. Savdogarlarning

To‘g‘ri javob: Boy zodagonlarning. Maoshli amaldorlar va armiya qirolni boy zodagonlar ta’siridan xalos qilgan.

Nima sababdan Angliya qiroli XVI asrda boy zodagonlar ta’siridan xalos bo‘ldi?
  1. Soliqlar tushumi oshib, maosh oladigan amaldorlar va muntazam armiya qirolga to‘liq bo‘ysundi
  2. Parlament qirolga cheksiz soliq solish huquqini bergan edi va qirol bundan keng foydalangan edi
  3. Boy zodagonlar o‘z yerlarini ixtiyoriy ravishda qirolga topshirgan edi va unga xizmat qilishga o‘tgan edi
  4. Cherkov qirolni zodagonlarga qarshi ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlab, uning armiyasini ta’minlagan edi

To‘g‘ri javob: Soliqlar tushumi oshib, maosh oladigan amaldorlar va muntazam armiya qirolga to‘liq bo‘ysundi. Savdo va sanoat rivoji soliq tushumini oshirdi, davlat maoshidagi amaldorlar va doimiy armiya qirol buyrug‘iga tayyor bo‘ldi.

Yelizaveta I Angliya taxtiga qaysi yili hokimiyatga kelgan?
  1. 1566-yili
  2. 1572-yili
  3. 1558-yili
  4. 1553-yili

To‘g‘ri javob: 1558-yili. Yelizaveta I 1558-yili hokimiyatga kelgan va uning asosiy vazifasi mamlakat yaxlitligini mustahkamlash bo‘lgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYevropada Reformatsiya: Yangi davr qadriyatlarining shakllanishiKeyingi →Buyuk Britaniya: imperiya quyoshining porlashi