XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 6-mavzu

Buyuk Britaniya: imperiya quyoshining porlashi

XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI

6-MAVZU. BUYUK BRITANIYA: IMPERIYA QUYOSHINING PORLASHI

Siz bilib olasiz: – mazkur davrda Angliyaning davlat boshqaruvini; – Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasining tashkil topishini; – sanoat to‘ntarishini; – Luddchilik harakatini.

Angliyaning davlat tuzumi. 1688-yilgi “Sharafli inqilob”dan so‘ng hokimiyat to‘laligicha ikki palata — Lordlar palatasi va Jamoa palatasidan iborat ikki palatali parlament qo‘lida jamlandi.

Angliya qiroli vazirlarni tayinlash huquqini rasman o‘zida saqlab qoldi. Ammo XVIII asrda qirolning parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan partiya vakillaridan vazirlarni tayinlashi odat tusiga kirdi. Bu paytda parlamentda o‘ringa ega bo‘lgan asosiy partiyalar ikkita — tori (konservatorlar) va vigi (liberallar) edi.

6-MAVZU. BUYUK BRITANIYA: IMPERIYA QUYOSHINING PORLASHI

1707-yili parlament Angliya bilan Shotlandiya o‘rtasida ittifoqqa birlashishi haqidagi kelishuv (uniya)ni qonunlashtirdi. Endi mamlakat “Buyuk Britaniya” deb atala boshlandi. Shotlandiya parlamenti tugatilib, uning deputatlari Angliya parlamenti tarkibiga qo‘shildi.

1876

1716-yili parlament vakolatining uch yillik muddati o‘rniga olti yillik muddat o‘rnatildi. Bu bilan mamlakatni idora qilishda professional boshqaruvchilar qatlamining shakllanishi uchun keng yo‘l ochildi.

Shu tariqa Ministrlar Kabineti paydo bo‘ldi va shakllandi. Dastlab qirol vazirlarni o‘z xonasiga suhbat uchun taklif qilar edi. So‘ng Maxfiy Kengashdan 5–7 kishidan iborat kollegiya ajralib chiqdi va qirol ularga amalda mamlakatni boshqarishni topshirdi. Keyinchalik bu kollegiya tarkibini asosiy vazirlar tashkil qildi va shu tariqa u qirol hukumatiga aylandi. Asta-sekin qirol parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan partiya lideriga hukumatni shakllantirish huquqini berdi va shu partiya vakillaridan vazirlarni tayinlash odat tusiga kirib bordi.

1876

Gannoverliklar sulolasidan bo‘lgan Georg I va Georg II mamlakatni boshqargan 45 yil ichida inglizlar qirol taxtda o‘tirishi, ammo mamlakatni boshqarmasligiga ko‘nikib qoldi. Ministrlarning o‘zlari qirolsiz majlis o‘tkazishi, muhim qarorlar qabul qilishi, qirol esa parlament qarorlarini bajarishi lozimligi odatiylik kasb etdi.

Asta-sekin Ministrlar Kabinetining parlament oldida hisobdorligi shakllandi. XVIII asrda qirol o‘zining bir qator vakolatlarini qo‘llamay qo‘ydi va bunga jamiyat ko‘nikib bordi. Chunonchi, parlament aktlariga “veto” qo‘yish, siyosiy jinoyatlar uchun afv etish huquqlaridan foydalanmadi, urush e’lon qilish va sulh tuzish huquqi vigilar esa parlament huquqlarini faol himoya qilardi va mamlakat hayotida muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining tarafdorlari edilar.

Angliya–Shotlandiya ittifoqi

Yodda tuting: Torilar qirolning huquq va manfaatlari hamda mavjud tartiblarning buzilmasligini quvvatlardi;

Yodda tuting:

Normannlar anglo-sakslarni 1066-yilda bosib olganidan beri Angliyani sakkizta qirollik sulolasi boshqargan: normannlar, plantagenetlar, lankasterlar, yorklar, tyudorlar, styuartlar, gannoverliklar va bugungi kunda – vindzorlar.

Savollar: Esga oling: “Veto” iborasi qachon, qayerda paydo bo‘lgan va u nimani anglatadi?

Georg

Iparlamentga o‘tdi. Angliyadagi bu boshqaruv tizimining mohiyati hozirgi kungacha o‘zgarmadi. Qirol Vazirlar Mahkamasi ishiga aralashmaydi, u esa rasman qirol nomidan ish yuritadi.

Tashqi siyosat. Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasining tashkil topishi. Bu davrda Angliyaning tashqi siyosatidagi ikkita bosh yo‘nalishni ko‘rsatish mumkin: birinchidan, qit’adagi biron-bir davlatning kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ikkinchidan, yangi mustamlakalarni egallash. Angliyaning bu yo‘ldagi bosh raqibi Fransiya edi. Ikkala davlat o‘rtasidagi ispan taxti uchun bo‘lgan urush (1701– 1714) Angliya uchun foydali bo‘lgan Utrext sulhi bilan yakunlandi. Angliya Gibraltar, Menorka oroliga, Fransiyaga qarashli bo‘lgan Gudzon ko‘rfazi qirg‘oqlaridagi keng yerlarga, ispan mustamlakalari bilan savdo qilish huquqiga hamda Amerika mustamlakalariga qullar yetkazib berish huquqiga ega bo‘ldi.

Georg

Avvalroq Angliya Portugaliyaning iqtisodiy va siyosiy tobeligiga erishgan edi. Ispaniyadan Yamayka orolini hali protektorat paytidayoq tortib oldi, Ispaniya va Gollandiya bilan raqobat ham Angliya foydasiga hal bo‘ldi.

Butun XVIII asr davomida Angliya Fransiya bilan qizg‘in kurash olib bordi. O‘sha davr kishilari bu kurashni “Ikkinchi yuz yillik urush” deb atadilar. 40-yillarda savdo raqobati Amerikaga ko‘chib, Kanada uchun ochiq urushga aylandi. Inglizlar Fransiyaning Kanadadagi asosiy tayanch punktlarini egallab oldilar, 1763-yili esa fransuzlarni Kanadadan umuman siqib chiqardi.

Hindiston uchun kurash esa shiddatliroq bo‘lib, uzoqroq davom etdi. Angliyaning “Ost Indiya” kompaniyasi hali XVII asrdayoq Bombey (Mumbay)ni egallab, bir nechta mustahkamlangan portlarni barpo qildi. Fransuzlar ham bir nechta dengiz bazalari va mustahkamlangan punktlarni qurdi. Fransuzlar bilan inglizlar o‘rtasida ochiq urush XVIII asr o‘rtalarida boshlanib, inglizlar Hindistonning shimoli-sharqi — Bengaliyani tortib oldi. Keyinchalik esa Bengaliya, Bixar, Madras va boshqa bir qator viloyatlar ham inglizlar qo‘liga o‘tdi. Qator yirik hind knyazliklari Angliyaga qaram bo‘lib qoldi. Fransiya esa Hindistonda beshta joyni, uni ham mustahkamlamaslik sharti bilan o‘zida saqlab qoldi.

Georg

Shunday qilib, XVIII asrning 60-yillaridayoq Buyuk Britaniya ko‘pgina mustamlakalarga ega bo‘ldi: Shimoliy Amerikada 13 ta shtat, Kanada, Nyufaundlend oroli, Karib dengizidagi orollar, Hindistonning bir qismi va Afrikadagi faktoriyalar shular jumlasidan edi. Shu tariqa Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi. Angliya “dengiz hukmroni”ga aylandi.

Utrext sulhi

Qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar. Angliyada ikki yuz ellik yil ichida yuz bergan “agrar inqilob” oqibatida yerlar yirik mulkdorlar qo‘lida to‘plandi, dehqonlar yo‘qoldi, qishloq xo‘jaligida yollanma ishchilar asosiy kuch bo‘lib qoldi. XVII asr 70-yillariga kelib, an’anaviy yer egalari — dehqonlar qariyb qolmagan edi. Yirik yer egaligining shakllanishi don ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun sharoit yaratdi, bu esa don narxining pasayishiga olib keldi. Shahar aholisining o‘sishi chorva mahsulotlariga, xususan, go‘shtga bo‘lgan talabni oshirdi va fermerlar chorvachilik bilan faol shug‘ullana boshladilar. Markazlashgan manufakturalarning soni ko‘payib, shahar bilan qishloq o‘rtasida savdo rivojlandi. Hatto savdo yangiliklarini yoritadigan gazetalar ham paydo bo‘ldi. Tobora rivojlanib borayotgan savdo manfaatlari uchun kemalar qatnaydigan kanallar qazildi, yangi yo‘llar va tosh ko‘priklar qurildi.

Utrext sulhi

Sanoat to‘ntarishi. Yangi ixtirolar. XVIII asr o‘rtalariga kelib, Angliyada sanoat to‘ntarishi uchun sharoit yetildi.

Bu hol mamlakatning butun oldingi rivoji bilan tayyorlangan edi. Birinchidan, yakunlangan agrar inqilob juda ko‘p bo‘sh ishchi kuchlari zaxirasini yaratdi. Aholining o‘sishi tezlashdi. Ortiqcha ishchi kuchining hammasi sanoatda yollanib ishlashga tayyor edi. Ikkinchidan, mahsulotni sotish bozori shakllandi. Shaharlar soni va aholisi o‘sib bordi. Uchinchidan, mamlakat ichkarisida yer oldi-sotdisi, mustamlakalarni talash va qul savdosi natijasida savdogar va tadbirkorlar qo‘lida fabrikalar qurish va mashinalar xarid qilish uchun zarur bo‘lgan katta mablag‘lar paydo bo‘ldi. Mashinalar ixtiro qilish esa jamiyatning o‘ziga xos iqtisodiy ehtiyojiga aylandi.

Utrext sulhi

Sanoat to‘ntarishi dastlab to‘qimachilikda boshlandi. Buning sabablari to‘qimachilikda ishlab chiqarishni chegaralaydigan sexlarning yo‘qligi, arzonligi va chidamliligi jihatidan hind matolari bilan bellasha oladigan mahsulotga ehtiyojning oshib borayotganligida edi. Bu ehtiyojni qondirishga faqat mashinalar yordamidagina erishish mumkinligini ko‘pchilik yaxshi tushunardi.

To‘quvchi va mexanik Jon Key 1733-yili to‘quv dastgohini ixtiro qildi. Bu ixtiro to‘qish jarayonini 2 marta tezlashtirdi, lekin endi yigirilgan ip tanqisligi paydo bo‘ldi.

1765-yili to‘quvchi Jeyms Xargrivs bir yo‘la 15 –18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qildi. U bu urchuqni o‘z qizining nomi bilan “Jenni” deb atadi. Mashina arzon, qurilishi juda sodda edi va shu sababli tezda butun dunyoga tarqaldi.

Utrext sulhi

Yodda tuting: Sanoat to‘ntarishi – manufaktura ishlab chiqarishidan mashinalar keng qo‘llaniladigan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tish.

Jeyms Uatt

1767-yili duradgor Xeys suv g‘ildiragi (charx) bilan harakatga keltiriladigan mashina yaratdi. Bunday mashina yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turardi. Yigiruvdagi yutuqlar mexanik to‘quv dastgohlari yaratilishini keltirib chiqardi. Edmund Kartraytning yangi dastgohi to‘quvchilik ishlab chiqarishi unumdorligini 40 martaga oshirdi.

Fabrikalar — mashinali ishlab chiqarishning butun bir tizimi paydo bo‘la boshladi. Suv dvigatellaridan foydalanish fabrikalarni faqat daryo bo‘ylarida qurishga majbur qilardi. Jeyms Uatt tomonidan universal bug‘ mashinasining yaratilishi esa boshqa yerlarda ham fabrikalar qurish imkoniyatini berdi.

Jeyms Uatt

XVIII asr oxirlari boshqa muhim ixtirolar bilan ham ajralib turadi. Xususan, metallurg Kort metallarni prokatlash stani (chig‘irlash ustaxonasi)ni ixtiro qildi, Modsli esa tokarlik dastgohini yaratdi.

Yangi texnikalarning kashf etilishi sanoatning yangidan tashkil etilishiga olib keldi. Manufaktura o‘rnini fabrikalar egalladi. Sanoat to‘ntarishi mehnat unumdorligini ulkan yuksalishga olib kelgan haqiqiy sanoat inqilobi edi.

Luddchilik harakati. Sanoat to‘ntarishi davrida ishchilarning birinchi ommaviy harakati — mashina va dastgohlarni buzuvchilar harakati paydo bo‘ldi. Bu yillarda maoshlar qisqarib ketdi, ishsizlik ko‘paydi. Ko‘pgina ishchilar o‘zlarining achinarli ahvoliga mashinalarni aybdor deb hisoblardilar. Shu sababli mashinalarni buzish harakati keng ko‘lamda avj oldi. Bu harakat ishtirokchilari go‘yoki birinchi bo‘lib dastgoh buzgan afsonaviy ishchi Ned Ludd nomi bilan o‘zlarini “luddchilar” deb atadilar.

Modsli

Tobora keng quloch yoyib, avj olib ketayotgan luddchilikdan qo‘rqib ketgan tadbirkorlar parlamentga himoya qilishi talabini qo‘ydi. Shundan so‘ng parlament 1769-yili mashinalarni buzganlik uchun o‘lim jazosi berish haqida qonunni qabul qildi. 40 nafar luddchi qatl etildi.

Buyuk ingliz shoiri Jorj Bayron bu voqealar xususida afsus bilan yozgan edi:

Ajabmasmi, ochlik mehmonga kelib, Qashshoq jon holatda faryodlar ursa. Dastgoh sindirganning suyagi sinib, Hayot paypoqdan ham arzonroq tursa.

Ingliz xalqi uchun qishloq xo‘jaligidagi taraqqiyot, savdodagi birinchilik va sanoat inqilobi juda qimmatga tushdi.

Shu tariqa Angliyada yuz bergan inqilob tufayli hokimiyat feodallar qo‘lidan burjuaziyaga o‘tdi, feodal munosabatlar va ularning qoldiqlari yo‘q qilindi. Kapitalizm taraqqiyoti uchun shart-sharoitlar paydo bo‘lib, ishchilarning shaxsiy ozodligi, kapital to‘planishi, ichki bozor rivojlanishi, mustamlakalar boyliklarining talanishi, manufakturadan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tish, chetga kapital chiqarishning boshlanishi kabilar jamiyatning qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Yangi texnik ixtirolar odamlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga olib keldi. Kishilarda boylik yig‘ish, munosib hayot kechirish hissi kuchaydi.

Modsli

XVIII asr oxiriga kelib, Angliya dunyoning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi.

Atamalar mazmuni:

Faktoriya (fr. factorie) – boshqa davlat yoki mustamlaka hududida xorijiy

(ko‘pincha, yevropalik) savdogarlar tomonidan tashkil etilgan savdo manzilgohi.

Uniya (lot. birlashmoq) – bir monarx boshchiligidagi davlatlar ittifoqi.

Savollar: Savol va topshiriqlar 1. Angliyaning tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlarining sababi nimada? Angliyada ro‘y bergan “agrar inqilob”ning asosiy belgilari nimalardan iborat?
Savollar: 2. Nima uchun sanoat to‘ntarishi dastlab to‘qimachilikda boshlandi? 3. Angliyada kapitalizmning rivojlanishi bilan qaysi sinflar paydo bo‘ldi? Nima uchun ular o‘rtasida ziddiyat mavjud edi?
Savollar: 4. Luddchilar tomonidan mashina va dastgohlarning buzilishi ishchilar ahvolini yaxshilay oladimi?

Atamalar mazmuni:

Ijodiy ish topshirig‘i: 1. XVIII asrda Angliya tomonidan mustamlakaga aylantirilgan hududlarni xaritadan toping.

2. Matn va internet manbalaridan foydalanib, XVIII asrda sanoat inqilobiga asos bo‘lgan ixtirolarning rasmini toping, albom tuzing va quyidagi jadvalni to‘ldiring:

Ixtirochining ismi sharifi Yaratilgan ixtiro va uning sanasi Ixtironing ahamiyati

Xarita bilan ishlashga doir topshiriq: Bugungi kunda davlatning rasmiy nomi – Buyuk Britaniya va

Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi.

Savollar: Uning tarkibiga qaysi davlatlar kiradi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qaysi asrda Angliya qirolining parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega partiya vakillaridan vazir tayinlashi odat tusiga kirdi?
  1. XVIII asrda
  2. XVI asrda
  3. XIX asrda
  4. XVII asrda

To‘g‘ri javob: XVIII asrda. XVIII asrda qirol ko‘pchilik o‘ringa ega partiya vakillaridan vazirlarni tayinlashi odat tusiga kirgan.

XVIII asrda Angliya parlamentidagi ikki asosiy partiyadan konservatorlar qanday atalgan?
  1. vigi
  2. tori
  3. puritanlar
  4. levellerlar

To‘g‘ri javob: tori. Parlamentdagi asosiy ikki partiyadan biri tori bo‘lib, konservatorlar shunday atalgan.

XVIII asrda Angliya parlamentidagi ikki asosiy partiyadan liberallar qanday atalgan?
  1. vigi
  2. kavalerlar
  3. tori
  4. diggerlar

To‘g‘ri javob: vigi. Parlamentdagi asosiy ikki partiyadan biri vigi bo‘lib, liberallar shunday atalgan.

1688-yilgi “Sharafli inqilob”dan so‘ng Angliyada hokimiyat to‘laligicha kimning qo‘lida jamlandi?
  1. Qirol va Lordlar palatasidan iborat kengash va armiya
  2. Lordlar va Jamoa palatasidan iborat ikki palatali parlament
  3. Maxfiy Kengash va Shotlandiya parlamentidan iborat kengash
  4. Qirol tayinlagan ministrlar Kabineti va dvoryanlar assambleyasi

To‘g‘ri javob: Lordlar va Jamoa palatasidan iborat ikki palatali parlament. Hokimiyat Lordlar va Jamoa palatasidan iborat parlament qo‘lida jamlangan.

XVIII asr Angliya parlamentidagi vigi partiyasi boshqacha qanday ataladi?
  1. Konservatorlar
  2. Respublikachilar
  3. Lordlar
  4. Liberallar

To‘g‘ri javob: Liberallar. Matnda tori — konservatorlar, vigi — liberallar deb izohlangan.

Quyidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. XVIII asrda qirolning parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega partiya vakillaridan vazirlarni tayinlashi odat tusiga kirgan. II. Parlamentdagi asosiy ikki partiya tori (konservatorlar) va vigi (liberallar) edi. III. 1716-yili parlament vakolat muddati olti yildan uch yilga qisqartirildi. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. I va II
  2. faqat I
  3. II va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. I va II hukm matnga mos; 1716-yilda parlament vakolati uch yillik muddat o‘rniga olti yillik qilib belgilangan.

Angliya bilan Shotlandiyaning ittifoqqa birlashishi haqidagi kelishuv (uniya) parlament tomonidan qaysi yili qonunlashtirildi?
  1. 1715-yili
  2. 1701-yili
  3. 1707-yili
  4. 1688-yili

To‘g‘ri javob: 1707-yili. Parlament 1707-yili Angliya va Shotlandiya o‘rtasidagi uniyani qonunlashtirdi.

1707-yilgi uniyadan so‘ng Angliya va Shotlandiyani birlashtirgan mamlakat qanday nom bilan atala boshlandi?
  1. Buyuk Britaniya
  2. Britaniya Ittifoqi
  3. Angliya-Shotlandiya Respublikasi
  4. Birlashgan Shimoliy Qirollik

To‘g‘ri javob: Buyuk Britaniya. Uniyadan keyin mamlakat Buyuk Britaniya deb atala boshlandi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAngliyada qirol hokimiyatining kuchayishi. AbsolyutizmKeyingi →“Davlat – bu men!”: Fransiyada mutlaq monarxiya