Fransiya burjua inqilobi
XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI
8-MAVZU. FRANSIYA BURJUA INQILOBI
Siz bilib olasiz: – Buyuk fransuz burjua inqilobining sabablari va boshlanishini; – burjuaziya hokimiyat tepasiga kelishini; – qirolning ag‘darilishi va respublikaning e’lon qilinishini; – yakobinchilar diktaturasining o‘rnatilishi va halokatini; – 1795-yilgi konstitutsiya va birinchi Direktoriyani.
Sharl Lui de Monteskyo
Esga oling: General shtatlar –
Fransiyada 1302–1789-yillarda faoliyat yuritgan oliy tabaqaviy vakillik organi. Bu organ jamiyat turli qatlamlarining davlat boshqaruvi va qonun loyihalarini ishlab chiqishga ta’sir etadigan hokimiyat tashkiloti.
Masalan, Angliyada bu organ “parlament” deb ataladi.
Buyuk fransuz burjua inqilobining sabablari va boshlanishi. Qirol Lyudovik XV nabirasi Lyudovik XVI ga mamlakatni xarob holatda qoldirdi: xazinada deyarli pul qolmagan, aholi esa urushlar va hukumatning o‘zboshimchaliklaridan charchagan edi.
1788-yilga kelib, mamlakatning xarajatlari uning daromadidan 20 foizga ortib ketdi — iqtisodiy inqiroz boshlandi. Davlatning tashqi qarzi besh milliard livrga yetdi. Buyuk Britaniya bilan tuzilgan foydasiz savdo shartnomasi import tovarlarini mahalliy tovarlardan arzon qilib qo‘ydi, ko‘plab korxonalar kasodga uchradi, ishsizlik boshlandi. Qurg‘oqchilik va uning ortidan g‘alla hamda vinoning narxi ko‘tarilib ketishi ahvolni yanada og‘irlashtirdi.
Sharl Lui de Monteskyo
Oddiy odamlar ishidan ayrilib, och qolgan va burjuaziya (tadbirkorlar) juda katta boj solig‘idan qiynalgan bir paytda qirol saroyi va zodagonlar kundalik ziyofat va ko‘ngilxushliklarini davom ettirdi.
Fransuz jamiyati uchta tabaqaga bo‘lingan edi. Birinchi tabaqa — ruhoniylar, ikkinchisi — dvoryanlar, uchinchisi — oddiy odamlar: dehqonlar, ishchilar, burjuaziya va kambag‘allar. Birinchi va ikkinchi tabaqa hammasi bo‘lib mamlakat aholisining 6 foizini tashkil qilar va soliq to‘lamas edi. Shunday adolatsizlik holatida Sharl Lui de Monteskyo, Jan Jak Russo va Volter kabi fransuz ma’rifatparvar faylasuflarining g‘oyalari ommalashib bordi. Ular turli tabaqa kishilari bir-biridan mutlaqo farq qilmaydi, demak, ular bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi lozim, deya ta’kidlar edi. Hukumatning bu g‘oyalarga qarshi kurashi ma’rifatparvarlarning yanada mashhur bo‘lishiga olib keldi, xolos.
Sharl Lui de Monteskyo
Qirol Lyudovik XVI mamlakat uchun og‘ir sharoitda qaror qabul qila oladigan qat’iyatli va kuchli hukmdor emasdi. Shunga qaramasdan, hatto u ham mamlakatni qutqarish, iqtisodni tiklash uchun barcha soliq to‘lashi lozimligini tushunib yetdi.
General shtatlar majlisi
Ammo qirol tomonidan chaqirilgan oliy ruhoniylar va zodagonlar yig‘ilishida ular soliq to‘lashdan bosh tortdi. Shunda qirol so‘nggi 175 yildan beri yig‘ilmagan General shtatlarni — barcha tabaqa va barcha provinsiyalar vakillari yig‘ilishini chaqirishini e’lon qildi.
1789-yil 5-may kuni qirol Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi. U o‘z nutqida aholiga yangi soliqlar joriy qilishni so‘radi. Qirolning nutqi uchinchi tabaqa vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Parijlik aholi ham deputatlardan qat’iy qarorlar talab qilib, Versal tomon kela boshladi. Shundan so‘ng uchinchi tabaqa deputatlari o‘z yig‘ilishini “Milliy kengash” deb e’lon qildi. Birinchi va ikkinchi tabaqa deputatlaridan islohot tarafdorlari bo‘lganlar ularga qo‘shildi. Milliy kengash absolyutizmni tugatishga qaror qildi.
General shtatlar majlisi
Uchinchi tabaqa qarashlarining ifodachisi Onore de Mirabo bo‘ldi. U boy va mashhur oiladan chiqqan, tajribali hamda dono siyosat arbobi edi. Mirabo uchinchi tabaqani birlikka chaqirdi.
Shu orada Milliy kengash o‘zini “Milliy ta’sis majlisi” (“Assemblee nationale constituante”) deb e’lon qildi. Parij gazetalari inqilob bir tomchi ham qon to‘kilmasdan yakunlandi, deb yozdilar. Ammo Parij xotirjam emasdi.
Bastiliyaning olinishi — inqilobning boshlanishi. O‘zgarishlardan norozi bo‘lgan olomon 1789-yil 14-iyulda Bastiliya qal’asiga bostirib kirdi. Qal’adagi qo‘shinlar taslim bo‘ldi, qal’a komendanti qatl etildi. Shu tariqa inqilob olomonning shafqatsiz terrori bilan boshlandi.
General shtatlar majlisi
Lyudovik XVI qo‘zg‘olonchilarga yon berishga qaror qildi. Qirol Ta’sis majlisini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat shahar kengashi qo‘liga o‘tdi. Hukmron doiralarning mavjud ziddiyatlarni o‘z vaqtida hal qila olmaganligi shu tarzda inqilobga olib keldi. Absolyut monarxiya quladi.
Burjuaziya hokimiyat tepasida. Absolyutizmning qulashi bilan hokimiyat yirik burjuaziya qo‘liga o‘tdi, ammo mamlakatda tinchlik o‘rnatilmadi. Butun mamlakatni inqilob va dehqonlar qo‘zg‘olonlari qamrab oldi. Ta’sis majlisi 1789-yili “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”ni qabul qildi. U so‘z va matbuot erkinligi hamda xususiy mulkning daxlsizligi kabi burjua huquqlarini e’lon qildi. Deklaratsiyaning mohiyati “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik” degan uchta so‘zda o‘z ifodasini topdi.
General shtatlar majlisi
1791-yil sentyabrda Ta’sis majlisi Fransiya tarixida ilk konstitutsiyani qabul qildi. Unda qirol hokimiyati cheklandi. Shu tariqa Fransiyada konstitutsion monarxiya rejimi va yirik burjuaziyaning hokimiyati o‘rnatildi, shu bilan inqilobning birinchi bosqichi yakunlandi.
Yodda tuting: Milliy ta’sis maj-
lisi — Buyuk fransuz inqilobi davridagi Fransiyaning (1789–1791) oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organi. General shtatlar o‘rniga tuzilgan.
Onore de Mirabo
Bu qiziq: Bastiliya – bu Parijdagi qal’a va qamoqxona. Uning mahbuslari qatorida nafaqat taniqli odamlar, masalan, faylasuf Volter, balki Didroning mashhur 35 jildli
“Ensiklopediya” kitobi ham bo‘lgan. 1791-yilda
Bastiliya butunlay vayron qilingan. 14-iyul
Fransiya milliy bayrami sifatida nishonlanadi.
Inqilob jarayonida fransuz jamiyati turli siyosiy oqimlarga bo‘linib ketdi. Ta’sis majlisi deputatlaridan qirol tarafdorlari bo‘lganlar “o‘nglar” yoki “royalistlar” (“royal” — “qirol”) deb ataldi. So‘l deputatlarning ko‘pchiligi Jironda departamentidan saylanganligi tufayli ular “jirondachilar” degan nom olishdi.
Ayni paytda inqilob hali oxiriga yetgani yo‘q, o‘rta va kichik burjuaziya hokimiyatga kelmadi, dehqonlarga yer berilmadi, deb hisoblovchilar ham anchagina edi. Bu o‘ta so‘l oqim yakobinchilar (ular Avliyo Yakob monastirining kutubxonasida yig‘ilganligi uchun shunday atalgan) faoliyatida o‘z ifodasini topdi.
Onore de Mirabo
Qirolning ag‘darilishi va respublikaning e’lon qilinishi. 1791-yili yangi Qonun chiqaruvchi majlis o‘z ishini boshladi. U zafarli urush mamlakatda vatanparvarlik hissini kuchaytiradi va inqilobiy holatni bartaraf etadi, degan fikr bilan Avstriyaga qarshi urush e’lon qildi. Fransuzlar Belgiyaga qo‘shin kiritdi, bunga javoban, avstriyaliklar va prussiyaliklar Fransiyaga bostirib kirdi hamda bir necha qal’ani egallab oldi. Fransiyaga qarshi urushga Angliya ham qo‘shildi.
Shunda Qonun chiqaruvchi Majlis “Vatan xavf ostida!” degan chaqiriq bilan xalqqa murojaat qildi. Valmi qishlog‘i yaqinidagi jangda fransuz qo‘shinlari pruss armiyasi hujumlarini qaytardi. Bu mamlakatni bosqinchilardan ozod qilishning boshlanishi edi. Shu kuni, ya’ni 1792-yil 22-sentyabrda Konvent monarxiyani bekor qilish va Fransiyada respublika tuzumini o‘rnatish to‘g‘risida dekret qabul qildi.
Onore de Mirabo
Poytaxtda Milliy gvardiya va ko‘ngillilar lashkari qirol saroyini qurshab oldi. Qirol Lyudovik XVI oilasi bilan birga qamoqqa olindi.
Shu tariqa inqilobning ikkinchi bosqichida monarxiya ag‘darib tashlandi. Ko‘pgina monarxistik gazetalar yopildi, sobiq vazirlar qamoqqa olindi. Balog‘at yoshidagi barcha erkaklarga saylash huquqi berildi.
Yakobinchilar diktaturasining o‘rnatilishi va halokati. Konventning qaroriga binoan, 1793-yil yanvarda qirol Lyudovik XVI qatl qilindi. Bu hodisa Angliya va Ispaniyani Fransiyaga qarshi urushga chorladi. Avstriya armiyasi hujumga o‘tdi. Fransuz qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchray boshladi. Yakobinchilar va oddiy xalq bunda jirondachilarni aybladi. Ayni paytda yakobinchilarning obro‘yi ortib bordi, Fransiyada hokimiyat yakobinchilarga va ularning yo‘lboshchilari — Robespyer, Marat, Dantonlarga o‘tdi. Ular shafqatsiz terror boshqaruvini o‘rnatdi. Jirondachi deputatlar qatl qilindi. Aksilinqilobchilar esa qamoqlardan shahar tashqarisiga olib chiqilib, otib tashlandi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, ayovsiz va ma’nosiz edi.
Onore de Mirabo
Konventda Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna yetilib borardi. 1794-yil 27-iyulda Robespyer Konventda gulduros qarsaklar ostida qamoqqa olindi.
Robespyerga qarshi fitna
Robespyer va uning tarafdorlari qonundan tashqari deb e’lon qilindi va o‘sha kuni gilyotinada qatl qilindi. Yakobinchilar diktaturasi quladi.
Inqilobiy o‘zgarishlar tugadi. Konvent deputatlarini endi xalqning ahvoli qiziqtirmas edi. 1795-yili parijliklar Konvent ishiga ta’sir ko‘rsatishga ikki marta urinib ko‘rishdilar. Ular ko‘targan qo‘zg‘olon Buyuk fransuz inqilobi davridagi parijliklarning so‘nggi ommaviy chiqishlari edi.
1795-yilgi konstitutsiya va birinchi Direktoriya. 1795-yilning avgustida Konvent yangi konstitutsiya qabul qildi. U Fransiyada respublika tuzumini mustahkamladi, lekin umumiy saylov huquqini bekor qildi. Endi qonunchilik hokimiyati ikki palatadan — Beshyuzlar kengashi va Oqsoqollar kengashidan iborat bo‘lgan qonunchilik korpusiga berildi. Ijro hokimiyati Oqsoqollar kengashi tayinlaydigan, besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi. Shu bilan birga, 1795-yilgi konstitutsiya inqilobning barcha antifeodal yutuqlarini, eng muhimi esa emigrantlarning, cherkovning va taxtga qarashli yerlarning sotilishi qonuniyligini tasdiqladi.
Robespyerga qarshi fitna
Yangi konstitutsiya monarxiya tarafdorlarini quturtirib yubordi va ular Konventni tarqatib yuborishga urinib ko‘rdilar, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradilar. Artilleriya yordamida isyonchilarni tor-mor qilgan general Bonapart Konventning xaloskoriga aylandi.
Napoleon Bonapart Tulon shahrini olgani uchun ham yakobinchilar undan qarzdor edilar. Bu voqealardan keyin uni birdaniga diviziya generali darajasiga ko‘tarishdi va “Fransiyaning ichki harbiy kuchlari qo‘mondoni” etib tayinlashdi.
Hokimiyat tepasiga kelgan yirik burjuaziya o‘zga yurtlarni bosib olishdan manfaatdor edi va Direktoriya davridagi Fransiya olib borgan urushlar bosqinchilik xarakteriga ega bo‘ldi. Reynning so‘l qirg‘og‘i va Belgiya Fransiyaga qo‘shib olindi, Gollandiya esa qaram respublikaga aylantirildi. Bosib olingan yerlarda fransuzlar feodal tartiblarni yo‘q qildilar.
Robespyerga qarshi fitna
1796-yili Napoleon boshchiligidagi qo‘shinlar avstriyaliklar egallab turgan Shimoliy Italiyaga bostirib kirdi. Napoleon Pyemontni egallab, Milanga qarab yurish boshladi. Bir qator gersogliklar Bonapartga bo‘ysunishlarini izhor qildilar. To‘rtta armiya tor-mor etildi va 1797-yil oktyabrda Bonapart Kampo-Formio degan joyda Avstriyani Fransiyaning g‘alabasini tan olishga va sulh tuzishga majbur qildi. Keyinchalik Italiya hududida Fransiyaga qaram bo‘lgan bir nechta respublika tashkil topdi. Shveysariyaga ham xuddi shunday taqdir nasib etdi.
Napoleon Bonapart
Avstriya – Fransiya urushi. 1796-yil
Napoleonning Misrga yurishi
1798-yili Napoleon 350 kemaga joylashgan qo‘shini bilan Misrga, keyin esa Suriyaga yurish qildi. Keyingi yili Napoleon Fransiyaga qaytib keldi. Parij g‘olib qo‘mondonni olqishlar bilan kutib oldi.
Bu paytda Direktoriya hokimiyati xalq orasida obro‘ga ega emasdi, “yangi boylar” ham Direktoriyani yoqtirishmas edi. Shunday sharoitda hokimiyatga qarshi fitna pishib yetildi. Fitnachilar Misrdan qaytgan Napoleondan asosiy kuch sifatida foydalanishga qaror qildilar, Bonapart ham bunga rozilik bildirdi. 18-bryumer (9-noyabr)da huku-mat boshlig‘i harbiylar tazyiqi ostida iste’foga chiqdi. Ertasi kuni, ya’ni 19-bryumerda Parij yaqinidagi Sen Klu degan joyda yig‘ilish o‘tkazayotgan Oqsoqollar ken-gashi va Beshyuzlar kengashi 4 –5 ming kishilik qo‘shin tomonidan o‘rab olindi. Qo‘rqib ketgan Oqsoqollar kengashi taklif qilingan idora usuli — Konsullikni darhol tasdiqlashdi. Beshyuzlar kengashi ham bu qarorni tasdiqladi. Konsullik uch kishidan iborat ijroiya hokimiyati bo‘lib, ulardan har biri “Fransuz Respublikasining konsuli” unvoniga ega bo‘ldi. Saylangan uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi.
Napoleonning Misrga yurishi
Shu tariqa inqilob o‘z nihoyasiga yetdi. U eski tartiblarni yo‘q qilib tashladi: feodal qoidalar va absolyutizm tugatildi; dehqonlar yer oldi; Fransiya respublika deb e’lon qilindi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun asos solindi. Burjua mulkchiligi o‘rnatildi va sanoat to‘ntarishi uchun sharoit yaratildi.
Parijning g‘olib qo‘mondonni olqishlar bilan kutib olinishi
Buyuk fransuz inqilobi butun dunyo tarixi uchun ham ma’lum ma’noda burilish nuqtasi bo‘ldi. U olg‘a surgan g‘oyalar — Ozodlik, Tenglik, Birodarlik faqat Yevropaning emas, balki boshqa qit’alar xalqlarining ham keyingi rivojiga arzigulik ta’sir ko‘rsatdi.
Shuningdek, inqilob tarixi ko‘plab xalqlar uchun katta saboq ham bo‘ldi. Uning ayovsiz qirg‘inlari, barcha muammolarni hal etishning vositasi sifatida terrorning qo‘llanilishi, siyosiy muxoliflarning jismoniy yo‘q qilinishi kabilar ham inqilob keltirgan dahshatli reallik bo‘ldi.
Antuan Lavuaze
Atamalar mazmuni: Konvent — 1792–1795-yillarda Fransiyaning oliy qonun chiqaruvchi organi. Terror (lot. terror — qo‘rquv, dahshat) — bu o‘z siyosiy raqiblarini jismoniy zo‘ravonlik ishlatish, shu jumladan, o‘ldirish orqali qo‘rqitish siyosati.
Gilyotina — odam boshini tanasidan judo qilish orqali o‘lim jazosini amalga oshirish mexanizmi. U birinchi marta 1792-yilda fransuz vrachi Jozef Gilotenning taklifi bilan Fransiyada qo‘llanilgan. Ushbu mexanizm “insonparvarlik bilan qatl qilishning vaqtinchalik vositasi” deb nomlangan. Fransiyada 185 yil davomida ishlatilgan, qirol va malikaning, ko‘plab zodagonlar va inqilobchilar, zamonaviy kimyo fanining asoschisi Antuan Lavuaze, shuningdek, minglab aybsiz odamlar va haqiqiy jinoyatchilar hayotiga zomin bo‘lgan.
Antuan Lavuaze
Konsul — Fransiya burjua inqilobi yillari Direktoriya o‘rniga joriy etilgan ijroiya hokimiyatining uchta rahbaridan biri. Konsullik 1799–1804-yillari amal qilgan.
Direktoriya — 1795–1799-yillarda Fransiya Respublikasining besh kishi (direktorlar)dan iborat hukumati.
Savol va topshiriqlar 1. “Fransuz inqilobining sabablari” mavzusida jadval tuzing. 2. Fransuz jamiyati qanday tabaqalarga bo‘lingan edi? Har bir tabaqaga qisqa ta’rif bering.
3. Qirol General shtatlarni chaqirishining sabablari va oqibatlarini tushuntirib bering.
Antuan Lavuaze
Ijodiy ish topshirig‘i:
1789-yilgi “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi” matnini internetdan toping. Deklaratsiyaning qaysi g‘oyalari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z aksini topganligini o‘rganib chiqing.
Muhim sanalar
- 1302–1789-yillarda — Fransiyada 1302–1789-yillarda faoliyat yuritgan oliy tabaqaviy vakillik organi.
- 1788-yilga — 1788-yilga kelib, mamlakatning xarajatlari uning daromadidan 20 foizga ortib ketdi — iqtisodiy inqiroz boshlandi.
- 1789-yil — 1789-yil 5-may kuni qirol Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi.
- 1789-yil — Bastiliyaning olinishi — inqilobning boshlanishi. O‘zgarishlardan norozi bo‘lgan olomon 1789-yil 14-iyulda Bastiliya qal’asiga bostirib kirdi.
- 1789-yili — Ta’sis majlisi 1789-yili “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”ni qabul qildi.
- 1789-yilgi — 1789-yilgi “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi” matnini internetdan toping.
- 1791-yil — 1791-yil sentyabrda Ta’sis majlisi Fransiya tarixida ilk konstitutsiyani qabul qildi.
- 1791-yili — Qirolning ag‘darilishi va respublikaning e’lon qilinishi. 1791-yili yangi Qonun chiqaruvchi majlis o‘z ishini boshladi.
- 1792-yil — Shu kuni, ya’ni 1792-yil 22-sentyabrda Konvent monarxiyani bekor qilish va Fransiyada respublika tuzumini o‘rnatish to‘g‘risida dekret qabul qildi.
- 1792–1795-yillarda — Atamalar mazmuni: Konvent — 1792–1795-yillarda Fransiyaning oliy qonun chiqaruvchi organi. Terror (lot. terror — qo‘rquv, dahshat) — bu o‘z siyosiy raqiblarini jismoniy zo‘ravonlik ishlatish, shu jumladan, o‘ldirish…
Bilimingizni sinang
Fransiyadagi General shtatlarga o‘xshash vakillik organi Angliyada qanday ataladi?
- Kongress
- Konvent
- Senat
- parlament
To‘g‘ri javob: parlament. Angliyada General shtatlarga o‘xshash organ “parlament” deb ataladi.
Qaysi qirol o‘z nabirasi Lyudovik XVI ga mamlakatni xarob holatda qoldirdi?
- Lyudovik XIV
- Lyudovik XIII
- Lyudovik XVIII
- Lyudovik XV
To‘g‘ri javob: Lyudovik XV. Qirol Lyudovik XV nabirasi Lyudovik XVI ga xazinasi bo‘sh, xarob mamlakatni qoldirdi.
Qaysi yilga kelib Fransiya xarajatlari daromadidan 20 foizga ortib ketib, iqtisodiy inqiroz boshlandi?
- 1775-yilga
- 1792-yilga
- 1783-yilga
- 1788-yilga
To‘g‘ri javob: 1788-yilga. 1788-yilga kelib xarajatlar daromaddan 20 foizga oshib, iqtisodiy inqiroz boshlandi.
General shtatlar Fransiyada qaysi yillarda faoliyat yuritgan oliy tabaqaviy vakillik organi edi?
- 1302–1789-yillarda
- 1215–1649-yillarda
- 1500–1700-yillarda
- 1614–1792-yillarda
To‘g‘ri javob: 1302–1789-yillarda. General shtatlar Fransiyada 1302–1789-yillarda faoliyat yuritgan.
1788-yilga kelib Fransiya xarajatlari daromadidan necha foizga ortib ketdi?
- 6 foizga
- 20 foizga
- 50 foizga
- 175 foizga
To‘g‘ri javob: 20 foizga. 1788-yilga kelib xarajatlar daromaddan 20 foizga ortib ketgan va iqtisodiy inqiroz boshlangan.
Buyuk Britaniya bilan tuzilgan savdo shartnomasi Fransiya iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?
- Eksport hajmi keskin oshib, fransuz tovarlari Angliya bozorida ustun bo‘lib qoldi
- Soliq tushumlari ko‘payib, davlat xazinasi to‘lib, manufakturalar kengaydi
- Import tovarlar mahalliy tovarlardan arzon bo‘lib, korxonalar kasodga uchradi
- Mahalliy tovarlar narxi pasayib, ishlab chiqaruvchilar katta foyda ko‘rdi
To‘g‘ri javob: Import tovarlar mahalliy tovarlardan arzon bo‘lib, korxonalar kasodga uchradi. Foydasiz shartnoma import tovarlarini arzon qilib, ko‘plab korxonalarni kasodga uchratgan.
1788-yilga kelib Fransiyada iqtisodiy inqiroz boshlandi. Buyuk Britaniya bilan tuzilgan foydasiz savdo shartnomasining mamlakat iqtisodiyotiga bevosita ta’siri qanday bo‘ldi?
- Mahalliy tovarlar eksporti oshib, korxonalar daromadi ko‘paydi va xazina to‘ldi, ishsizlik esa kamaydi
- Arzon import tovarlar mahalliy tovarlarni siqib chiqardi, ko‘plab korxonalar kasodga uchrab, ishsizlik boshlandi
- Import tovarlar qimmatlashib, g‘alla va vino narxi ko‘tarildi va mahalliy korxonalar foydasi oshdi
- Davlatning tashqi qarzi to‘liq to‘landi va soliq yuki kamayib, xazina daromadi barqarorlashib, inqiroz yo‘qoldi
To‘g‘ri javob: Arzon import tovarlar mahalliy tovarlarni siqib chiqardi, ko‘plab korxonalar kasodga uchrab, ishsizlik boshlandi. Shartnoma import tovarlarini mahalliy tovarlardan arzon qilib qo‘ydi, natijada korxonalar kasodga uchrab, ishsizlik boshlandi.
Inqilob arafasida fransuz jamiyatida ruhoniylar qaysi tabaqani tashkil qilgan?
- Ikkinchi tabaqa
- Oliy tabaqa
- Uchinchi tabaqa
- Birinchi tabaqa
To‘g‘ri javob: Birinchi tabaqa. Birinchi tabaqani ruhoniylar tashkil qilgan, ikkinchisini dvoryanlar, uchinchisini oddiy odamlar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash