XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 9-mavzu

Germaniya imperiyasidagi siyosiy-iqtisodiy jarayonlar

XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI

9-MAVZU. GERMANIYA IMPERIYASIDAGI SIYOSIY-IQTISODIY JARAYONLAR

Siz bilib olasiz: – XVI–XVIII asrlarda Germaniyaning siyosiy tuzumini; – iqtisodiy hayotini; – xalqaro ahvolini.

Savollar: Esga oling: Muqaddas Rim imperiyasi qachon, qayerda va kim tomonidan tuzilgan?

Yodda tuting: O‘ttiz yillik urush –

1618–1648-yillarda Muqaddas

Rim imperiyasi hududida bo‘lib o‘tgan birinchi Umumyevropa urushi.

Siyosiy tuzum. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida nemis yerlari ilgarigidek german millati Muqaddas Rim imperiyasining tarkibiy qismi hisoblanar edi. Imperiya tarkibiga Yevropa markazidagi keng hududlar: german yerlari (Tyuringiya, Saksoniya, Vyurtemberg, Frankoniya, Reyn viloyati, Bavariya, Shvabiya va boshqalar), Markaziy Yevropadan sharqdagi bosib olingan hududlar, Gabsburglarning Avstriyadagi meros mulklari, chex taxtiga qarashli yerlar, Elzas va Lotaringiya gersogliklari, niderlandlar yerlari kirar edi. Ammo bu davrda “imperiya” tushunchasi faqat german yerlari bilan bog‘liq holda tushunilar va bu imperiyachilik qadr-qimmatiga ega bo‘lgan “nemis millati” va imperiyaning asosi bo‘lgan nemis yerlariga nisbatan aytilar edi.

9-MAVZU. GERMANIYA IMPERIYASIDAGI SIYOSIY-IQTISODIY JARAYONLAR

XVI asrda Germaniyada protestantizm va isloh qilingan katolitsizmning qaror topishi bir qator boshqa modernizatsiya jarayonlari uchun imkoniyat yaratdi. Xususan, aholi o‘rtasida intizom kuchaydi, boshlang‘ich ta’lim va universitet ta’limi aholining barcha qatlamlari orasida keng yoyildi, turli tabaqalar orasida o‘z yangi axloq normalari shakllandi.

Siyosiy sohada, avvalo, davlat qurilishi sohasida ham yangi jihatlar paydo bo‘ldi. Davlat organlari vakolatlarining kengayishi (sud va soliq tizimining markazlashuvi, boj siyosatini amalga oshirishning boshlanishi, muntazam armiyaning tuzilishi) munosabati bilan byurokratik apparat ham shakllanadi, davlat tashkilotlari paydo bo‘ladi. Amaldorlar, armiya, bir qator hollarda tabaqa organlari shakllanayotgan absolyut monarxiya uchun tayanch bo‘lib xizmat qildi.

9-MAVZU. GERMANIYA IMPERIYASIDAGI SIYOSIY-IQTISODIY JARAYONLAR

Germaniyada bu o‘zgarishlar, asosan, endigina absolyut rejimlar shakllana boshlagan yirik knyazliklarni qamrab oldi. Ularda absolyutizmning eng kuchaygan davri XVII asr oxiri — XVIII asrga to‘g‘ri keladi. XVI–XVII asrlar uchun siyosat va dinning o‘zaro aloqadorligi xarakterli jihat bo‘ldi. Protestantlik va isloh qilingan katolik mazhabi qirollar va knyazlar qo‘liga boshqaruvning qudratli omili — cherkov tizimi va diniy mafkura ustidan to‘liq nazoratni berdi.

Germaniya yerlarida knyazlarning aholiga katolik, lyuteranlik, kalvinistik diniy oqimlardan birini majburan singdirishi imkoniyati knyazlar qo‘lidagi yana bitta omil edi.

Fridrix Vilgelm I

Esga oling: Reyxstag – Muqaddas Rim imperiyasining oliy qonun chiqaruvchi organi.

Germaniya yerlarining rivojlanishiga O‘ttiz yillik urush (1618–1648) katta ta’sir ko‘rsatdi. Vestfal sulhi (1648) Muqaddas Rim imperiyasi imperatorini boshqa Yevropa monarxlari orasidagi alohida maqomidan mahrum qildi. Shuningdek, bu sulh imperiyaning tarqoqlik holatini uzoq davrga mustahkamlab qo‘ydi. Endi imperiya 250 dan ortiq mahalliy knyazlik, graflik, gersoglik, yepiskoplik va abbatliklardan tashkil topgan bo‘lib, amalda yagona boshqaruv mavjud emasdi. Shu tariqa Germaniya yagona davlat sifatida barham topdi.

Odatda, imperator Gabsburglar sulolasining vakili bo‘lar edi. Imperator xalqaro munosabatlarda imperiyaning vakili bo‘lib, oliy sud hokimiyatiga ham ega edi. Impe-

DANIYA

Boltiqbo‘yi 1273-1347 1437-1806

PRUSSIYA QIROLLIGI

Muqaddas Rim imperiyasi chegarasi

Mecklenburg- Strelitz knyazligi

BRANDENBURG KURFYURSTLIGI

Sachen knyazligi

KNYAZLIGI

Sileziya

Bu qiziq: Fridrix Vilgelm I

(1713–1740) davrida armiya soni 85 ming, Fridrix II (1740–

1786) davrida esa 200 ming kishiga yetdi. Prussiya davlat daromadining

2/3 qismi shu armiyani boqishga sarflangan.

Prussiya qo‘shinlarida qat’iy tayoq intizomi o‘rnatilgan, “askar dushman o‘qidan ko‘ra ko‘proq kapralning tayog‘idan qo‘rqishi kerak” degan g‘oya hukmron edi.

Bogemiya qirolligi

(Avstriya)

(Avstriya)

Xarita bilan ishlashga doir topshiriq: Mavzuda nomlari keltirilgan davlat va shaharlarni xaritadan toping.

riya qonunlari faqat imperator tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kirardi. Ammo vaqt o‘tishi bilan imperatorning hokimiyati faqat ramziy bo‘lib bordi. Knyazlar tashqi siyosatda ham mustaqillikka erishdi.

Bu qiziq: Fridrix Vilgelm I

XVIII asrda ham Muqaddas Rim imperiyasi saqlanib qoldi, ammo imperator hokimiyati sezilarli darajada kuchsizlandi. Reyxstag va knyazlar vakolatlari kengaydi. German monarxiyalari orasida Prussiya, Saksoniya, Bavariya, Gabsburglar Avstriyasi ajralib turardi.

Reyxstagda yuqori tabaqa vakillari majlis qurardi. Ular o‘rtasidagi ziddiyatlar va ovoz berishning murakkab tizimi tufayli reyxstag butun XVIII asr davomida faqat ikkita qonun qabul qildi.

Ichki siyosat. XVIII asrda eng katta yutuqqa erishgan mamlakat Prussiya bo‘ldi. 1701-yili Prussiya qirollik deb e’lon qilindi. 1713-yili Prussiya qiroli deb e’lon qilingan Fridrix Vilgelm I Prussiya armiyasini va butun davlatni mustahkamladi. Uni “qirolaskar” deb atashdi. Askarlarni harbiy forma bilan ta’minlash uchun mato ishlab chiqaruvchi manufaktura qurildi. Chetdan mato olib kelish taqiqlandi. Qurol-yarog‘ tayyorlash uchun qurol zavodlari barpo etildi.

Bu qiziq: Fridrix Vilgelm I

XVIII asrning birinchi yarmida Saksoniya kurfyurstligi (knyazligi) ham imperiya tarkibidagi eng qudratlilardan biri edi. Saksoniya faol tashqi siyosatdan voz kechdi va Prussiya hamda Gabsburglarning Avstriyadagi mulklari o‘rtasida vositachi bo‘ldi. Shu sababli Saksoniya armiyasi qisqartirildi, armiya uchun sarflangan mablag‘lar endi boshqa sohalarga yo‘naltirildi. Natijada Saksoniya jadal rivojlana boshladi. Drezden shahrini, ko‘pincha, “Elbadagi Florensiya”, savdo va noshirlik ishi markaziga aylangan Leypsigni esa “Kichik Parij” deb atardilar.

Bavariya kurfyurstlarining ham rejalari ulkan edi. Ular doimo o‘z hududlarini kengaytirishga intilib keldi, hatto imperiya taxtiga ham da’vo qilardilar. Biroq Ispaniya va Avstriya taxti uchun bo‘lgan urushlar mamlakatni xarob holatga keltirdi va XVIII asr o‘rtalaridan Bavariya kurfyurstlari o‘zlarining takabburona rejalaridan voz kechdilar.

Bu qiziq: Fridrix Vilgelm I

Iqtisodiy ahvol. Siyosiy tarqoqlik tufayli imperiyaning turli qismlarida xo‘jalik ham notekis rivojlandi. Qayerdadir krepostnoylik huquqi saqlanib qolgan bo‘lsa, boshqa hududda kapitalistik munosabatlar paydo bo‘la boshladi.

Umuman olganda, Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda Angliya, Gollandiya va Fransiya kabi davlatlardan ortda edi. Bu, avvalo, Germaniyaning mayda knyazlik (davlat)larga bo‘linib ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozorning vujudga kelishiga imkon bermadi.

Bundan tashqari, bu davrda dengiz savdo yo‘llarining Atlantika okeaniga ko‘chganligi oqibatida Germaniya orqali o‘tadigan dengiz savdo yo‘llari o‘z ahamiyatini ham yo‘qotdi. Holbuki, XVI asr o‘rtalarigacha Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G‘arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o‘tardi.

Bu qiziq: Fridrix Vilgelm I

Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy roli — uning mis ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab kelganligi bilan belgilanar edi. Mis savdoda asosiy vosita hisoblanardi. Biroq Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta miqdorda keltirilishi Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazdi. Shuningdek, nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari bilan raqobatlasha olmasdi, chunki Germaniyada manufaktura ishlab chiqarishi faqat shahar bilan cheklanib qolgan edi. U qishloqqa yoyilmadi, ya’ni natural xo‘jalik munosabatlari hukm surgan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida sanoat mahsulotlariga nisbatan talab ko‘paymadi.

Bu qiziq: Fridrix Vilgelm I

Va nihoyat, Yevropa davlatlari o‘rtasida kelib chiqqan O‘ttiz yillik urushda Germaniyaning mag‘lubiyatga uchrashi ham uning qoloqlik botqog‘iga botib qolishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘ttiz yillik urush natijasiga ko‘ra, Yevropadagi siyosiy gegemonlik Fransiyaga o‘tdi. Germaniya esa iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutdi. Siyosiy parokandalik yanada kuchaydi.

XVIII asrning dastlabki o‘n yilida ko‘plab tovarlarni ishlab chiqarishda sex tizimi ustuvor edi. Faqat 1731-yilga kelib qabul qilingan “Hunarmandchilik ustavi” shogirdlarning sexlarga ega bo‘lishini yengillashtirdi va hunarmand ayollar mehnatiga ruxsat berdi. Asta-sekin dastlabki manufakturalar paydo bo‘ldi. Ularda tajribali hunarmandlar bilan bir qatorda tajribasiz ishchilar, shuningdek, ayollar va bolalar mehnatidan ham foydalanildi. Hammasidan ko‘ra markazlashgan va tarqoq manufaktura turlarini mujassamlashtirgan aralash manufakturalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Bunday korxonalarda mahsulotning alohida qismlarini mayda hunarmandlar yasaydi, ularni yig‘ish esa tadbirkorning ustaxonasida amalga oshiriladi.

Bu qiziq: Fridrix Vilgelm I

Manufakturalarni aksariyat hollarda xususiy tadbirkorlar tashkil qilar edi, ammo ayrim hollarda monarxlarning o‘zlari ham manufakturalar ochardi. XVIII asrda Berlin shahri to‘qimachilik manufakturasining markaziga aylandi. Meysen shahrida Yevropada birinchi chinni manufakturasiga asos solindi.

Xalqaro savdoning muhim markazlari Leypsig va Gamburg shaharlari edi. Boltiq dengizidagi g‘alla savdosi Lyubek shahri orqali o‘tardi. Germaniyaning muammolaridan biri dengizga chiqish yo‘lining deyarli umuman yo‘qligi edi.

Germaniyaning xalqaro ahvoli. Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning kuchli davlatlari qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘ydi. Fransiya oxir-oqibatda Strasburg shahri va Reyn daryosining chap qirg‘oq yerlarini egallab oldi.

Bu qiziq: Fridrix Vilgelm I

O‘ttiz yillik urush natijasiga ko‘ra, Muqaddas Rim imperiyasi o‘zining shimoldagi ko‘plab shaharlaridan ayrildi, shu sababli dengiz savdosi, asosan, golland savdo kompaniyalari orqali olib borildi.

1683-yili Germaniya knyazliklari usmoniy turklar bosqiniga qarshi kurashish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar va milliy ozodlik qo‘shinini tuzdilar. Shu yili Vena ostonalarida usmoniylarning qo‘shini tor-mor qilindi. Germaniyaning bu g‘alabasi Markaziy Yevropani usmoniylar bosqinidan saqlab qoldi.

Yodda tuting:

Nemislarning Afrika, Hindiston va Xitoyda o‘z hududlariga ega bo‘lish uchun intilishi gollandlar va inglizlar bosimi ostida amalga oshmadi.

Venetsiya Respublikasi

Venetsiya Respublikasi

Usmoniylar impertiyasi

Polsha-Litva Hamdo‘stligi

Rus podsholigi

Usmoniylar imperiyasi

O‘zingizni sinang:

O‘ttiz yillik urush – … XVI asr o‘rtala rigacha – …

1683-yili Germaniya knyazliklari – …

1699-yilgi Karlovits tinchlik sulhiga ko‘ra – …

1699-yilgi Karlovits tinchlik sulhiga ko‘ra, Turkiya deyarli butun Vengriyani, Transilvaniyani, Xorvatiyaning katta qismini va boshqa bir qator hududlarni tark etdi.

Turkiya ustidan qozonilgan bu g‘alaba, Germaniyanigina xavfli dushmandan xalos qilib qolmasdan, balki venger va slavyan xalqlarini ham turklar zulmidan ozod qildi. Biroq ular shu davrdan boshlab qariyb ikki yuz yil Gabsburglar monarxiyasi zulmi ostida qoldi.

Turkiya ustidan qozonilgan g‘alaba

Ijodiy ish topshirig‘i: Germaniya imperiyasining iqtisodiy taraqqiyotda orqada qolishining sabablarini aniqlang va qisqa tarzda daftaringizga yozing.

Shunday qilib, ushbu davrda Germaniyada milliy-siyosiy birlik hali shakllanmagan edi. U O‘rta asrlardagidek german millatining “Muqaddas Rim imperiyasi”, ya’ni yuzlab mustaqil knyazliklarning juda omonat birikmasi bo‘lib qolayotgan edi. Bundan tashqari, imperiyaga gegemonlik qilayotgan Avstriya tarkibiga kiruvchi boshqa millatlar o‘zlarining Germaniyanikidan farqli bo‘lgan tarixiy taqdiri, alohida milliy madaniyatlari, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot yo‘liga ega edilar.

Turkiya ustidan qozonilgan g‘alaba

Shunga qaramasdan, XVIII asrda, juda sekinlik bilan bo‘lsa-da, nemis millatining shakllanish jarayoni davom etdi. Iqtisodiy hayotning jonlanishi bilan yagona milliy bozor shakllanib bordi, ammo Germaniyaning tarqoqligi bunga hamon to‘siq bo‘lib qolaverdi.

Savol va topshiriqlar 1. Germaniya imperiyasida ro‘y bergan modernizatsiya jarayonlari haqida so‘zlab bering.

Savollar: 2. Vestfal sulhi (1648) Germaniya uchun qanday natijalarga olib keldi? 3. XVIII asrning birinchi yarmida Germaniyada manufaktura rivojlanishining xususiyatlari haqida gapirib bering.
Savollar: 4. Dengizga chiqish yo‘lining deyarli to‘liq yo‘qligi Germaniya iqtisodiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Germaniyada protestantizm va isloh qilingan katolitsizmning qaror topishi modernizatsiya jarayonlariga imkoniyat yaratgan davr qaysi asr?
  1. XVI asr
  2. XVIII asr
  3. XV asr
  4. XVII asr

To‘g‘ri javob: XVI asr. XVI asrda protestantizm va isloh qilingan katolitsizmning qaror topishi boshqa modernizatsiya jarayonlariga imkoniyat yaratdi.

Germaniyaning yirik knyazliklarida absolyutizmning eng kuchaygan davri qaysi?
  1. XV asr oxiri — XVI asr
  2. XVI asr oxiri — XVII asr
  3. XVII asr oxiri — XVIII asr
  4. XVIII asr oxiri — XIX asr

To‘g‘ri javob: XVII asr oxiri — XVIII asr. Yirik knyazliklarda absolyutizmning eng kuchaygan davri XVII asr oxiri — XVIII asrga to‘g‘ri keladi.

Germaniyada siyosat va dinning o‘zaro aloqadorligi qaysi davr uchun xarakterli jihat bo‘lgan?
  1. XVIII–XIX asrlar
  2. XV–XVI asrlar
  3. XIV–XV asrlar
  4. XVI–XVII asrlar

To‘g‘ri javob: XVI–XVII asrlar. XVI–XVII asrlar uchun siyosat va dinning o‘zaro aloqadorligi xarakterli jihat bo‘ldi.

Protestantlik va isloh qilingan katolik mazhabi qirollar va knyazlar qo‘liga qanday imkoniyat berdi?
  1. Soliqlarni cheklash va imperatorga qarshi qo‘shin tuzish imkoniyatini
  2. Savdo yo‘llari ustidan nazorat va urush e’lon qilish imkoniyatini
  3. Cherkov tizimi va diniy mafkura ustidan to‘liq nazorat imkoniyatini
  4. Imperator saylovida ovoz berish va Reyxstagni tarqatib yuborish imkoniyatini

To‘g‘ri javob: Cherkov tizimi va diniy mafkura ustidan to‘liq nazorat imkoniyatini. Ular cherkov tizimi va diniy mafkura ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritgan.

1618–1648-yillarda Muqaddas Rim imperiyasi hududida bo‘lib o‘tgan va Germaniya yerlari rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan urush qanday ataladi?
  1. Ispaniya vorisligi uchun urush
  2. O‘ttiz yillik urush
  3. Yuz yillik urush
  4. Yetti yillik urush

To‘g‘ri javob: O‘ttiz yillik urush. O‘ttiz yillik urush (1618–1648) Germaniya yerlarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Muqaddas Rim imperiyasi imperatorini boshqa Yevropa monarxlari orasidagi alohida maqomidan mahrum qilgan 1648-yilgi sulh qanday ataladi?
  1. Vestfal sulhi
  2. Utrext sulhi
  3. Kampo-Formio sulhi
  4. Parij sulhi

To‘g‘ri javob: Vestfal sulhi. 1648-yilgi Vestfal sulhi imperator maqomini pasaytirdi va imperiyaning tarqoqligini mustahkamladi.

Germaniya yerlarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan O‘ttiz yillik urush qaysi yillarda bo‘lib o‘tgan?
  1. 1618–1648-yillarda
  2. 1648–1678-yillarda
  3. 1556–1586-yillarda
  4. 1701–1731-yillarda

To‘g‘ri javob: 1618–1648-yillarda. O‘ttiz yillik urush 1618–1648-yillarda bo‘lib o‘tgan.

Vestfal sulhi (1648) Muqaddas Rim imperiyasi imperatoriga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
  1. Imperatorga boshqa monarxlar ustidan to‘liq hokimiyatni mustahkamlab berdi
  2. Imperatorni boshqa monarxlar orasidagi alohida maqomidan mahrum qildi
  3. Imperatorni Reyxstagning yagona rahbari qilib, knyazlarni bo‘ysundirdi
  4. Imperatorni Fransiya va Shvetsiya qirollariga vassal qilib qo‘ydi

To‘g‘ri javob: Imperatorni boshqa monarxlar orasidagi alohida maqomidan mahrum qildi. Vestfal sulhi imperatorni boshqa Yevropa monarxlari orasidagi alohida maqomidan mahrum qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFransiya burjua inqilobiKeyingi →Rossiya — Buyuk knyazlikdan imperiya sari