XotirAI logotipiXotirAI
📜 9-sinf · Jahon tarixi · 10-mavzu

Rossiya — Buyuk knyazlikdan imperiya sari

XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI

10-MAVZU. ROSSIYA — BUYUK KNYAZLIKDAN IMPERIYA SARI

Siz bilib olasiz: – rus yerlarining birlashishini; – iqtisodiy rivojlanishni; – Rossiyaning tashqi siyosatini; – rus millatining shakllanishi va madaniyatini.

Rus yerlarining birlashishi. Oltin O‘rdaga qaramlikdan ozod bo‘lgan Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni XVI asr boshlarida nihoyasiga yetdi. Markazlashgan davlat tashkil topdi va u endi “Rus”, “Rossiya” deb ataldi.

1547-yili taxtga o‘tirgan Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydi. Rusda hukmdorlar ilgari “Buyuk knyaz” deb atalar edi. Ivan IV ga podsho (sar) unvonining berilishi uni G‘arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi. Ivan IV ichki siyosatining asosiy maqsadi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirishga qaratildi. Shu maqsadda 1549-yili u birinchi bor erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‘ilishini — Zemstvo soborini chaqirdi.

10-MAVZU. ROSSIYA — BUYUK KNYAZLIKDAN IMPERIYA SARI

Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin qoraladi. Sobor yangi qonunlar to‘plami — Sudebnik tuzish haqida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, bundan buyon dvoryanlarni jinoyat va nojo‘ya qilmishlari uchun boyarlar sudiga berish taqiqlandi. Dvoryanlardan ming nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib berildi. Davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo‘lgan kishilar egallashi tartibiga ham chek qo‘yildi.

Boyarlar uchun aholidan yig‘iladigan soliqlar bekor qilindi. Joylarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari — zemstvolar tuzildi.

Oprichnina. Boyarlar hokimiyatiga zarba berish maqsadida 1565-yilda Ivan IV mamlakat yerlaridan katta qismini ajratib oldi. Bu yerlar “oprichnina” (ajratib olingan) deb ataldi. Oprichnina o‘z qo‘shiniga ega bo‘ldi. U podshoning o‘z raqiblarini jazolash quroliga aylantirildi. Mamlakatda shafqatsiz terror, qatl va surgun davri boshlandi. Shuning uchun Ivan IV “Grozniy” (“Dahshatli”, “Qo‘rqinchli”) laqabi bilan ataldi.

10-MAVZU. ROSSIYA — BUYUK KNYAZLIKDAN IMPERIYA SARI

Oprichnina Rossiyada feodal tarqoqlik qoldiqlariga qarshi kuchli zarba berdi. Ammo u mamlakat xo‘jaligiga katta talafot yetkazdi. Nafaqat boyarlar, balki o‘n minglab oddiy odamlar ham qurbon bo‘ldi. Bu esa jamiyatning turli qatlamlarida oprichninadan norozilikni kuchaytirdi. Natijada Ivan IV 1572-yili oprichninani bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Notinch, g‘alayonli davr. Ivan IV Grozniy vafot etgandan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Fyodor Ivanovich keldi. 1598-yili Fyodor ham vafot etdi. U farzandsiz edi va taxtga voris qoldirmadi. Shu tariqa Rossiyani 700 yil boshqargan ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shunday sharoitda Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi.

10-MAVZU. ROSSIYA — BUYUK KNYAZLIKDAN IMPERIYA SARI

Boris Godunov vafot etgach, Rossiya tarixida notinch, g‘alayonlar davri boshlandi. Qisqa vaqt ichida bir nechta podsho almashdi, boyarlar ta’siri yana kuchaydi. Shuningdek, chet davlatlar — Polsha va Shvetsiya Rossiya ichki ishlariga zo‘r berib aralasha boshladilar. Polsha, hatto Moskvani egallab oldi. Shunday og‘ir sharoitda Rossiya vatanparvar kuchlari qishloq oqsoqoli Kuzma Minin va sarkarda Dmitriy Pojarskiy yetakchiligida xalq lashkarini to‘pladi. Ular 1612-yili Moskva uchun bo‘lgan

Esga oling:

Savollar: Kiyev Rusi davlatiga qachon va kim tomonidan asos solingan?

Pyotr

Ijanglarda Polsha qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi va Moskvani chet el bosqinchilaridan ozod qildi.

1613-yili Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori Mixail Romanovni Rossiya podshosi etib sayladi. Shu tariqa Rossiyada yangi sulola — romanovlar sulolasi taxtga kelib, ular mamlakatni 1917-yil fevralgacha boshqardi.

Iqtisodiy rivojlanish. XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar paydo bo‘ldi. Bu, avvalo, tovar, ya’ni bozorda sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishida va manufakturalar vujudga kelishida namoyon bo‘ldi. Bu jarayondan qishloq xo‘jaligi ham chetda qolmadi. Asosiy oziq-ovqat mahsuloti — g‘alla hamma yerda tovarga aylandi.

Pyotr

Rossiyada XVII asrdan boshlab shaharlar ham rivojlandi. Ular mamlakatning savdo-sanoat markazlariga aylanib bordi. Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishiga, viloyatlar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarining kengayishiga, Butunrossiya yagona ichki bozorining tarkib topishiga olib keldi. Shu tariqa Rossiya iqtisodiyotida ham juda sekinlik bilan bo‘lsa-da, yangi — kapitalistik munosabatlar shakllana bordi.

Pyotr I o‘g‘li Aleksey bilan

Rossiyada absolyut monarxiyaning to‘la qaror topishi Pyotr I nomi bilan bog‘liq. U 1689–1725-yillari Rossiya taxtida o‘tirdi. 1721-yili Pyotr I imperator deb e’lon qilindi, Buyuk Pyotr degan nom oldi. Rossiya imperiyaga aylandi va mamlakatda mutlaq monarxiya to‘la qaror topdi.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya hududi ancha kengaydi, asr oxirigacha esa aholi soni 36 mln kishiga yetdi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashovchi dehqonlar edi. Iqtisodiyotning yetakchi sohasi qishloq xo‘jaligi bo‘lib, u ekstensiv xarakterda edi. Asr o‘rtalaridan yangi ekinlar — tamaki, kartoshka, kungaboqar ekila boshlandi.

Pyotr I o‘g‘li Aleksey bilan

XVIII asrning ikkinchi yarmidan krepostnoy zulm yanada kuchayadi. Bu Yelizaveta Petrovna va Yekaterina II qonunlarida o‘z aksini topdi. Krepostnoylik huquqi yangi egallangan hududlar — chap qirg‘oq Ukraina, Volga orti, Ural etaklariga ham joriy qilindi. Krepostnoy zulmning kuchayishi unga qarshi Yemelyan Pugachyov boshchiligidagi dehqonlar urushi (1773–1775) va aholi quyi qatlamlarining boshqa qo‘zg‘olonlarini keltirib chiqardi. Bu davrda Rossiyada tabaqaviy tizim kuchayib, dvoryanlarning imtiyozlari yanada kengayadi.

Tashqi siyosat. XVI asrning o‘rtalariga kelib, Moskva Rusining geosiyosiy holatini uning G‘arb bilan Sharq o‘rtasida joylashganligi belgilab berdi. Rus podsholari, avvalo, Sharqdan kelayotgan xavfni bartaraf qilishga intildilar. Zero, rus yerlariga ko‘chmanchilar bosqinlari katta zarar keltirardi. G‘arbda esa Rossiyaning asosiy raqiblari Shvetsiya va Polsha edi.

Pyotr I o‘g‘li Aleksey bilan

Ivan Grozniy davrida sharqiy yo‘nalishda katta yutuqlarga erishildi. 1552-yili Qozon xonligi va 1556-yili Astraxon (Ashtarxon) xonliklari zabt etilib, ular Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. Shu davrda Sibirdagi xonliklar va xalqlarni ham bo‘ysundirish uchun uzoq davom etgan kurash boshlandi.

G‘arbda holat og‘irroq edi. Cho‘zilib ketgan Livon urushi (1558–1583) Rossiyaning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Boltiqbo‘yi hududlari masalasi hal qilinmadi. Urush davomida Rossiya chegaralarida qudratli davlat — Rech Pospolitaya tashkil topdi (1569).

XVII asr boshlarida Rossiya boshboshdoqlik holatiga tushib qoldi. Polsha va Shvetsiya uning katta qismini, jumladan, Moskvani bosib oldi. Bu yerlarni qaytarish XVII asrda Rossiya tashqi siyosatining asosiy vazifasiga aylandi.

Pyotr I o‘g‘li Aleksey bilan

Bu vazifalarning hal etilishi Rossiyaning Yevropa davlatiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Bu yo‘ldagi muhim bosqich 1654-yili Ukrainaning Rossiyaga qo‘shib olinishi bo‘ldi. Polsha bilan 1667-yili tuzilgan sulhga ko‘ra, chap qirg‘oq Ukraina Kiyev shahri bilan Rossiya tarkibiga kirdi. Ammo XVII asrda Rossiyaning dengizga chiqish muammosi hal etilmadi. Qora dengizga chiqish yo‘lida qudratli Usmoniylar davlatining qarshiligini yengish lozim edi.

M. V. Lomonosov

Rossiya tashqi siyosatining asosiy voqealari XVIII asrning birinchi choragida yuz berdi. Bu davrda Pyotr I tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi. U bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. Quruqlikdagi armiya mustahkamlandi, harbiy flot qurilishiga asosiy ahamiyat qaratildi, 1703-yili yangi poytaxt — Sankt-Peterburgga asos solinib, bu Yevropa sari qo‘yilgan qadam sifatida qaraldi.

Shvetsiya bilan bo‘lgan Shimoliy urushda (1700–1721) Rossiya g‘alaba qozondi. 1721-yili Finlandiyaning Nishtadt shahrida Rossiya–Shvetsiya tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan, Rossiya Boltiq dengiziga chiqish huquqiga ega bo‘ldi. Ayni paytda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi.

G. D. Derjavin

Kaspiy yurishi (1722) natijasida ruslar Kaspiy dengizining g‘arbiy qirg‘og‘ini, jumladan, Resht, Boku, Astrobodni zabt etdi.

XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiyani imperatorlar Yelizaveta Petrovna va Yekaterina II boshqardi. Bu — islohotlar davri. Asosiy yo‘nalish yangi yerlarni o‘zlashtirish va mamlakat chegaralarini mustahkamlash bo‘ldi. Rossiya bu davrda o‘zining xalqaro obro‘sini oshirish uchun bosqinchilik siyosatini olib bordi. Yangi yerlarni egallashda, asosan, harbiy kuchga tayandi. Rossiya qo‘shinlari XVIII asrning eng yirik urushlaridan biri — Yetti yillik urushda (1756–1763) qatnashdi. Urushda Rossiya g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, taxtga kelgan Pyotr III ning kaltabin siyosati rus qo‘shinining g‘alabasini yo‘qqa chiqardi.

G. D. Derjavin

XVIII asr oxirlarida Rech Pospolitaya Prussiya qirolligi, Rossiya imperiyasi va Gabsburglar monarxiyasi o‘rtasida uch marta (1772, 1793, 1975) taqsimlandi. Natijada Rossiya Kurlandiya, G‘arbiy Belorussiya, Livoniya va G‘arbiy Ukraina yerlarini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Rus millatining shakllanishi. Madaniyat. Rus yerlarining birlashtirilishi natijasida madaniy aloqalar mustahkamlandi va rus madaniyatining o‘sishi boshlandi. Madaniyatning rivojlanishi iqtisodiy yuksalish bilan birga rus millatining shakllanishiga olib keldi. Asta-sekin mahalliy shevalar barham topib, rus xalqining til birligi vujudga keldi, yagona madaniyat shakllandi. Rusning madaniy birligi xalq og‘zaki ijodi, me’morchilik, tasviriy san’at va adabiyotda o‘z ifodasini topdi.

G. D. Derjavin

Ammo, madaniyatning yuksalishiga qaramasdan, aholining asosiy qismi savodsizlik va jaholat botqog‘ida qolayotgan edi. Shu sababli XVIII asrdan boshlab mamlakatda bir qator maktablar ochilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Moskvadagi matematika va navigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, tibbiyot maktablari shular jumlasidan edi. Moskvadan boshqa hududlarda ham bir qator maktablar va bilim yurtlari ochildi.

Shu davrda Peterburgda Rossiya Fanlar akademiyasi, keyinchalik akademiya qoshida gimnaziya va universitet tashkil topdi. 1755-yili buyuk rus olimi M. V. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva universiteti tashkil qilindi. Bu davrdagi Rossiya fanining muvaffaqiyatlari Moskva universiteti va M. V. Lomonosov faoliyati bilan bog‘liq.

G. D. Derjavin

Shu yillari rus geografiya fani katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Osiyo bilan Amerika o‘rtasidagi Bering bo‘g‘ozi kashf etildi. Laptevlar ekspeditsiyasi Shimoliy Muz okeanini Murmanskdan to Chukotkagacha o‘rganib chiqdi. S. I. Chelyuskin Osiyoning eng shimoliy chekkasini kashf etdi. Hozir bu yer “Chelyuskin burni” deb ataladi.

Shu davrda texnika taraqqiyotida ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi. I. I. Polzunov, I. P. Kulibin kabi olimlar ko‘plab texnik ixtirolarni amalga oshirdi. Rossiyalik olimlar va kashfiyotchilar tomonidan yaratilgan mashinalar jahon fani va texnikasi yutuqlarining oldingi qatorida turardi. Ammo qoloq, krepostnoy Rossiyada bu mashinalarga talab yo‘q, ular deyarli qo‘llanilmas edi.

G. D. Derjavin

XVI–XVIII asrlarda rus adabiyoti ham katta yuksalish yo‘lini bosib o‘tdi. Bu davrda ijod qilgan G. D. Derjavin, D. I. Fonvizin kabi shoir va yozuvchilar zamonaviy rus adabiyotining shakllanishiga katta hissa qo‘shdilar. Mashhur masalchi I. A. Krilov ijodining boshlanishi ham shu davrga to‘g‘ri keladi.

Pyotr I davridan boshlab Peterburg va Moskvada juda katta qurilish ishlari olib borildi. Shu yillari rus me’morchiligida Yevropa va rus milliy an’analarini uyg‘unlashtirgan yo‘nalish paydo bo‘ldi.

Qolaversa rus milliy teatri ham shakllandi. Uning asoschisi savdogar F. G. Volkov rus aktyorlarining butun bir avlodini tarbiyalashda katta xizmat ko‘rsatdi.

G. D. Derjavin

XVI–XVIII asrlar Rossiya tarixida muhim davr bo‘ldi. Bu davrda Rossiya nisbatan kichik knyazlikdan imperiya bo‘lib shakllandi, uning hududi ikki barobardan ziyod kengayib, Yevropaning eng katta va harbiy jihatdan qudratli davla- tiga aylandi. Ammo qoloq ijtimoiy munosabatlar tufayli Rossiya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda Yevropadan ortda qolib ketdi.

Xariton Laptev

X. Laptev va S. Chelyuskin uchrashuv nuqtasi. 1741-yil

Leptev qirg‘og‘i

Tepa Taymir

TAYMIR yarimoroli

Taymir ko‘li

D. I. Fanvizin

Ijodiy ish topshirig‘i: XVI–XVIII asrlarda Rossiya tarkibiga urushlar natijasida qo‘shib olingan yerlar va kashf etilgan geografik hududlarni aniqlang va yozuvsiz xaritaga belgilang.

Dudin ko‘li

Bu qiziq: Ivan Polzunov –

Rossiyadagi birinchi bug‘ mashinasi va dunyoda birinchi ikki silindrli bug‘ dvigatelini yaratgan. Ivan Kulibin – “rus

Leonardo da Vinchisi”ning ixtirolari: 1) motor yordamida oqimga qarshi suzadigan kema; 2) bir arkali ustunsiz ko‘prik loyihasi; 3) uch oyoqli o‘ziyurar aravacha (o‘ziga xos avtomobil);

4) Yekaterina II uchun lift; 5) protez oyoq; 6) tuxum kattaligida, ichida teatr-avtomat joylashtirilgan soat; 7) projektor.

Internet bilan ishlashga doir

M. V. Lomonosovning ilmiy faoliyati va jahon faniga qo‘shgan hissasi haqida internet yordamida ma’lumot to‘plang va sinfda gapirib bering.

Atamalar mazmuni: Boyarlar – Rus davlati paydo bo‘lganidan beri feodal jamiyatdagi oliy tabaqa, zodagonlar qatlami. Ular “votchina” – vorisiylik asosida ota mulk yerlariga egalik qilishgan, o‘z hududlarida mutlaq hokimiyatga ega bo‘lishgan va knyazga xizmat qilishgan.

Dvoryanlar – knyaz, podsho xizmatida bo‘lgan, harbiy yoki davlat xizmati uchun to‘lov sifatida yer – pomestyega egalik qilgan imtiyozli tabaqa.

Zemstvo sobori — tabaqaviy-vakillik organi bo‘lib, podsho tomonidan muhim siyosiy masalalarni muhokama qilish va qonunlar qabul qilish uchun yig‘ilgan.

Internet bilan ishlashga doir

Oprichnina – Ivan Grozniy davrida podshoning yakkahokimligini o‘rnatish, boyarlarning mustaqilligiga barham berish va dushmanlarini zo‘rlik va terror vositalari bilan bostirish siyosati.

Ekstensiv dehqonchilik – ekin maydonlarining kengayishi va chorva mollari sonining ko‘payishi hisobiga mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, texnikadan yetarli darajada foydalanmaslik, yerga ishlov berishning qoloq usuli va hosilning pastligi bilan tavsiflanadi; intensiv usul – ekinlar hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligini oshirish, yangi texnologiyalar, mexanizatsiya, o‘g‘itlar va boshqalarni joriy etish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va h. k.

Internet bilan ishlashga doir

Krepostnoylik – dehqonlarning biriktirilgan hududni hokimiyat ruxsatisiz tark etishini, qochib ketganlar majburan qaytarilishini, ma’lum bir feodalning ma’muriy va sud hokimiyatiga bo‘ysunishini ta’minlaydigan huquqiy normalar majmuasi. Krepostnoylikning mohiyati quyidagi so‘zlarda ifodalangan: “Sizlar hech bir narsaga ega emassiz, joningiz – xudoga, taningiz, mol-mulkingiz va bor bisotingiz esa menga tegishli”.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni qachon nihoyasiga yetdi? 2. Oprichnina siyosati nechanchi yillarda qo‘llanildi? 3. 1612–1613-yillarda Rossiyada qanday voqealar ro‘y berdi? 4. Qaysi podsho davrida Rossiya imperiyaga aylandi? Imperiya deganda nimani tushunasiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Oltin O‘rdaga qaramlikdan ozod bo‘lgan rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni qaysi asr boshlarida nihoyasiga yetgan?
  1. XVII asr
  2. XIV asr
  3. XVI asr
  4. XV asr

To‘g‘ri javob: XVI asr. Rus yerlarining Moskva atrofida birlashishi XVI asr boshlarida yakunlandi.

Ivan IV taxtga o‘tirib, Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiygan yil qaysi?
  1. 1549-yil
  2. 1533-yil
  3. 1547-yil
  4. 1565-yil

To‘g‘ri javob: 1547-yil. 1547-yili taxtga o‘tirgan Ivan IV Rossiyada birinchi bor podsholik tojini kiydi.

Rossiya tarixida 1547-yili taxtga o‘tirib, birinchi bor podsholik tojini kiygan hukmdor kim?
  1. Pyotr I
  2. Boris Godunov
  3. Mixail Romanov
  4. Ivan IV

To‘g‘ri javob: Ivan IV. 1547-yili taxtga o‘tirgan Ivan IV Rossiyada birinchi bo‘lib podsholik tojini kiydi.

Ivan IV erkin aholining turli toifalari vakillari yig‘ilishini birinchi bor qaysi yilda chaqirgan?
  1. 1565-yilda
  2. 1547-yilda
  3. 1552-yilda
  4. 1549-yilda

To‘g‘ri javob: 1549-yilda. Ivan IV 1549-yili birinchi marta erkin aholi vakillarining yig‘ilishini chaqirdi.

Ivan IV 1549-yili chaqirgan, erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‘ilishi qanday nomlangan?
  1. Oprichnina kengashi
  2. Veche yig‘ini
  3. Zemstvo sobori
  4. Boyarlar dumasi

To‘g‘ri javob: Zemstvo sobori. 1549-yili Ivan IV erkin aholi vakillarining yig‘ilishi — Zemstvo soborini chaqirdi.

Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni qachon nihoyasiga yetdi?
  1. XIV asr oxirida
  2. XV asr o‘rtalarida
  3. XVI asr boshlarida
  4. XVII asr boshlarida

To‘g‘ri javob: XVI asr boshlarida. Oltin O‘rdaga qaramlikdan ozod bo‘lgan rus yerlarining birlashishi XVI asr boshlarida tugagan.

Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini 1547-yili kim kiydi?
  1. Ivan IV
  2. Fyodor Ivanovich
  3. Boris Godunov
  4. Pyotr I

To‘g‘ri javob: Ivan IV. 1547-yili taxtga o‘tirgan Ivan IV birinchi bo‘lib podsholik tojini kiygan.

Ivan IV 1549-yili birinchi bor erkin aholi turli toifalari vakillarining qanday yig‘ilishini chaqirgan?
  1. Oprichnina
  2. Sudebnik
  3. Boyarlar dumasi
  4. Zemstvo sobori

To‘g‘ri javob: Zemstvo sobori. 1549-yili chaqirilgan erkin aholi turli toifalari vakillari yig‘ilishi Zemstvo sobori deb atalgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiGermaniya imperiyasidagi siyosiy-iqtisodiy jarayonlarKeyingi →XVII–XVIII asrlarda Shimoliy Amerika: yangi davlatning vujudga kelishi