XVII–XVIII asrlarda Shimoliy Amerika: yangi davlatning vujudga kelishi
XVI–XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI
11-MAVZU. XVII–XVIII ASRLARDA SHIMOLIY AMERIKA: YANGI DAVLATNING VUJUDGA KELISHI
Siz bilib olasiz: – Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalarini; – mustaqillik uchun urushning sabablarini; – Mustaqillik Deklaratsiyasi ishlab chiqilishini; – 1787-yilgi konstitutsiyaning qabul qilinishini; – Amerika madaniyatini.
Esga oling: O‘rta asrlarda
Shimoliy Amerikadagi ingliz mustamlakalari. Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng Markaziy va Janubiy Amerikada Ispaniya va Portugaliya mustamlakalari tashkil qilingan bo‘lsa, Shimoliy Amerika, asosan, Angliya va Fransiya tomonidan egallab olindi.
Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasi bo‘lgan Virjiniyadagi ilk manzilgohi 1607-yili Jeymstaunda tashkil qilindi. Ingliz mustamlakachilarining oqimi yil sayin oshib bordi. Bu yerga puritanlar jamoalari, yerlaridan ayrilgan dehqonlar, minglab yoshlar ko‘chib keldi. Shuningdek, mehnatga yaroqli jinoyatchilar ham hukumat tomonidan mustamlakalarga surgun qilindi.
11-MAVZU. XVII–XVIII ASRLARDA SHIMOLIY AMERIKA: YANGI DAVLATNING VUJUDGA KELISHI
Mustamlakachilar va hindular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juda murakkab edi. Hindular yangi texnologiya va savdo-sotiqdan foyda ko‘rishiga qaramasdan, inglizlar keltirgan kasalliklar va ochko‘zlik ularning azaldan shakllangan hayot tarziga jiddiy zarar yetkazdi.
Yevropa mustamlakachiligi hindular rivojlanishining tabiiy jarayonini buzib tashladi. Shimoliy Amerika hindularining katta qismi kasalliklar tufayli vafot etdi va mustamlakachilar tomonidan qirib tashlandi.
XVII asrda Shimoliy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlarida manzilgohlar tashkil qilish paytida tarqalgan chechak kasalligi hindular katta qismining o‘limiga olib keldi. 1617–1619-yillari hindular orasida tarqalgan chechak tufayli to‘liq bo‘shab qolgan joyda 1620-yili Plimut (Massachusets) manzilgohi paydo bo‘ldi.
Shimoliy Amerika, 1700-yillar
Yodda tuting: Mustamlakalarda o‘ldirilgan har bir hindu uchun 50–100 funt sterling to‘langan. Bu mablag‘ yaxshi yer uchastkasini sotib olish uchun yetarli edi. Mustamlakalarda ishchi kuchi yetishmas edi. Mag‘rur va erksevar hindular oq tanlilar uchun ishlashni xohlamadilar. Ular qullikdan o‘limni afzal ko‘rdilar. XX asr boshlariga kelib, Shimoliy
Amerika hindularining aksariyati yo‘q qilindi.
Shimoliy Amerika, 1700-yillar
Internet bilan ishlashga doir topshiriq: Urush boshlanishiga bahona bo‘lgan
“Boston choyxo‘rligi” voqeasi to‘g‘risida internetdan ma’lumot toping.
Mustamlakachilar bilan savdo hindu qabilalari o‘rtasida raqobatni kuchaytirdi, XVII asrda ular o‘rtasida boshlangan o‘zaro qonli urushlarda ham ko‘plab hindular qirilib ketdi.
Mustamlakalarda kichik fermer xo‘jaliklari keng tarqaldi. Asta-sekin qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat o‘sib bordi, XVII asrning ikkinchi yarmida birinchi manufakturalar paydo bo‘ldi. Yangi qatlamlar – burjuaziya va ishchilar shakllandi. Mamlakatda kapitalistik tuzum rivojlanayotgan bir sharoitda amerikacha plantatsiya qulchiligi ham saqlanib qoldi. XVII asrdan boshlab Afrikadan ko‘plab qora tanli qullar olib kelindi.
Shimoliy Amerika, 1700-yillar
Zamonaviy millatning shakllanishi. Angliya burjua inqilobidan keyin Amerikadagi mustamlakalarda ham burjuacha boshqaruv usullari va hayot tarzi shakllanib bordi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib, mustamlakalarda yagona ichki bozor vujudga kela boshladi, savdo aloqalari rivojlandi.
Amerikada birga yashashning tarixiy tajribasi asosida ko‘chib kelganlarning yagona tarixiy taqdiri yuzaga keldi. Ingliz tili ular uchun umumiy til bo‘lib qoldi. Urf-odatlar va turmush tarzi birxillashib bordi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib, Amerikaning ko‘pchilik aholisi o‘zlarini “amerikalik” deb atay boshladi. Ayni paytda o‘ziga xos milliy madaniyatning ham tarkib topish jarayoni yuz berdi. Shu tariqa zamonaviy Amerika millati shakllandi.
Shimoliy Amerika, 1700-yillar
Mustaqillik uchun urushning sabablari. Buyuk Britaniya qiroli, zodagonlar va tadbirkorlar mustamlakalardan olinadigan foydani tobora ko‘paytirishga harakat qilardi. Ular mustamlakalardan qimmatbaho xomashyo, teri va paxtani olib ketardi, mustamlakalarga esa tayyor mahsulotlarni olib kelishar, soliq va to‘lovlarni yig‘ib olardi. Buyuk Britaniya parlamenti Amerika tadbirkorlari uchun turli taqiq va cheklovlar o‘rnatgan edi. Amerikaliklarning dastlabki norozilik chiqishlari shu cheklovlar va soliqlarning oshirilishiga qarshi bo‘lib o‘tdi.
Urushning boshlanishi. 1774-yil sentyabrda Filadelfiyada Birinchi Qit’a Kongressi yig‘ildi. Unda Jorjiyadan tashqari barcha mustamlakalardan vakillar qatnashdi. Kongress hali Buyuk Britaniyadan ajralish masalasini ko‘tarishga jur’at
“Boston choyxo‘rligi”
Yodda tuting: Jorj Vashington
(1732–1799) – Amerika davlat arbobi, Shimoliy
Amerikada mustaqillik uchun urush davrida Amerika armiyasining bosh qo‘mondoni, AQSHning birinchi prezidenti. AQSH poytaxti Vashington uning sharafiga nomlangan.
qila olmadi, lekin Britaniya siyosatini qoraladi. Kongress iqtisodiyotni boshqarish uchun “Kontinental Uyushma” tashkilotini tuzdi. Mustaqillik tarafdorlari tomonidan boshqarilgan mazkur tashkilot jamoatchilik orasida inqilobiy kayfiyatni avj oldirib yubordi. Ingliz qo‘shinlari bilan dastlabki qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Mustaqillik uchun kurashchilar Amerikada respublika tuzish g‘oyasi bilan chiqdilar. Ikkinchi Qit’a Kongressi mustaqillik uchun urush boshlashga qaror qildi. Virjiniyalik polkovnik Jorj Vashington Amerika qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. Respublikachilik kayfiyati aholining turli qatlamlarini qamrab oldi.
“Boston choyxo‘rligi”
Mustaqillik Deklaratsiyasi. 1776-yil mayda Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishga da’vat etuvchi qaror qabul qilindi. Rasmiy bayonotnoma tayyorlash uchun virjiniyalik Tomas Jefferson boshchiligida komissiya tuzildi.
Tomas Jefferson
Kamida uchta sababni keltiring.
Benjamin Franklin
1776-yil 4-iyulda qabul qilingan va asosan, T. Jefferson zakovatining mahsuli bo‘lgan Mustaqillik Deklaratsiyasi yangi davlatning qaror topganligini va butun dunyoda harakatchan kuchga aylangan inson ozodligi haqidagi dunyoqarashni e’lon qildi.
“Biz, Amerika Qo‘shma Shtatlarining vakillari, xalq nomidan va uning vakolati bilan e’lon qila- mizki, bu birlashgan mustamlakalar aslida ham va haq-huquqqa ko‘ra ham ozod va mustaqil Shtatlar bo‘lmog‘i lozim. Shu daqiqadan boshlab ular Britaniya taxtiga har qanday mansublikdan ozod qilinadilar” — deyiladi Mustaqillik Deklaratsiyasida.
Mustaqillik Deklaratsiyasida davlat qurilishining asosi sifatida xalq suvereniteti prinsipi e’lon qilindi, xalqning zolimlarga qarshi isyon qilishga, yashashga, ozod bo‘lishga, tenglikka bo‘lgan huquqi e’tirof etildi. 4-iyul sanasi AQSHda Musta-qillik kuni sifatida nishonlanadi. Amerika inqilobining xarakteri va xususiyatlari. Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun olib borilgan urush ayni paytda burjua inqilobi bo‘lib, u ikkita: milliy mustaqillikka erishish va Amerikada kapitalistik munosabatlarni o‘rnatish muammolarini hal qilishi lozim edi.
Mustaqillik dekloratsiyasi
Inqilobning asosiy xususiyati shu ediki, u milliy-ozodlik urushi shaklida o‘tdi. Urush davrida bir qator demokratik o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Urush harakatlarining borishi. Buyuk Britaniya Amerika mustaqilligini birdaniga tan olmadi, mustaqillik tarafdorlariga qarshi qat’iy kurash olib bordi. Harbiy harakatlar, asosan, mamlakat shimolida bo‘lib o‘tdi. Inqilob davrida respublikachilar armiyasi katta qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Askarlar harbiy ishga deyarli o‘rgatilmagan, qurol-aslaha, o‘qdori, oziq-ovqat yetishmas edi.
Shunday sharoitda Fransiya Amerikaga qurol-yarog‘ bilan yordam bera boshladi. Amerika va Fransiya o‘rtasida “Do‘stlik va tijorat bitimi” imzolandi. Fransiya – Amerika ittifoqi yaxshi natijalarga olib keldi. 1782-yili ingliz qo‘shinlarining asosiy qismi taslim bo‘ldi. Shundan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati Parijda tinchlik muzokaralari o‘tkazishga qaror qildi. Muzokaralarda Amerika tomonidan B. Franklin, J. Adams va J. Jey qatnashdi. 1783-yili Britaniya va uning Amerikadagi sobiq mustamlakalari o‘rtasida Parij sulhi imzolandi. Sulhga muvofiq, Buyuk Britaniya Amerika Qo‘shma Shtatlarining tuzilganligini, uning mustaqilligi, ozodligi va suverenitetini tan oldi.
Jon Adams
Urush tugadi. Oldinda esa davlatni jipslashtirish, uning iqtisodiy ahvolini yaxshilash vazifasi turardi.
1787-yilgi konstitutsiya. Inqilobning muvaffaqiyatli yakunlanishi amerikaliklarga Mustaqillik Deklaratsiyasida ifodalangan orzu-umidlari va g‘oyalarini konstitutsiyada aks ettirish imkonini berdi. Deyarli barcha shtatlar o‘z konstitutsiyasiga ega bo‘ldi.
Ammo mamlakatda shtatlarni yagona qonun asosida birlashtirish, ularni boshqarish, yagona iqtisodiy tizimni shakllantirish kabi muammolar mavjud edi. Ularni hal etish uchun 1787-yilning may oyida Filadelfiyada ish boshlagan Federal Konvent yig‘iniga shtatlardan saylangan vakillar sifatida ko‘zga ko‘ringan arboblar to‘plandi. Ular orasida Jorj Vashington, Jeyms Uilson, Benjamin Franklin, Jeyms Medison, Aleksandr Gamilton kabi mashhur kishilar — “Amerikaning otalari” bor edi.
Jon Adams
Fikr-mulohaza va tortishuvlar uzoq davom etdi. Bahslar, asosan, Kongress, federal hukumat va Oliy sudning maqomi hamda shtatlar bilan markaziy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar xususida bordi. Natijada 1787-yil 17-sentyabrda AQSH Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Konstitutsiya AQSHda respublika tuzumini o‘rnatdi. Ijro hokimiyatini boshqarish uchun 4 yil muddatga saylanadigan va keng vakolatlarga ega bo‘lgan AQSH prezidenti lavozimi joriy qilindi. 1789-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda Jorj Vashington AQSHning birinchi prezidenti etib saylandi.
Amerika madaniyati. Amerika madaniyati ko‘p jihatdan mustamlaka davri merosi edi. Yagona ta’lim tizimining yo‘qligiga qaramasdan, mamlakatda ta’limga katta e’tibor qaratildi. XVIII asrda uning ahamiyati yanada ortib, maorif inson va jamiyatni to‘g‘ri yo‘lga solishning vositasi sifatida qarala boshlandi. 1701-yili Yel universitetiga asos solindi, mustaqillik uchun urush boshlangunga qadar to‘qqizta kollej ochilib, keyinchalik universitetlarga aylandi. Hamma joyda klassik ta’lim va kasb-hunar ta’limini qo‘shib olib boruvchi “akademiya”lar tashkil qilindi.
Jon Adams
1765-yilga kelib, mustamlakalarda 26 ta haftalik jurnal nashr qilinar edi. Ularda o‘sha davrning Richard Stil va Jozef Addison kabi mashhur mualliflarining ocherklari, ko‘plab she’rlari e’lon qilinar edi. Amerikada gazeta bozori ham jadal rivojlandi. 1785-yili AQSHda 75 ta gazeta nashr qilingan bo‘lsa, besh yil o‘tib, ular soni yuztadan ortib ketdi.
Bu davrda Amerika tasviriy va monumental san’ati, asosan, Yevropa san’atiga taqlid tarzida paydo bo‘ldi. XVIII asr oxirida amerikalik rassomlar Benjamin Uest va Jon Singlton Kopli Yevropaning taniqli rassomlariga aylandi. AQSHning o‘zida ijodini davom ettirgan rassomlar ham bor edi, ammo ular Yevropada tanilmadi.
Jon Adams
Bu qiziq: “Amerika otalari”dan biri – Benjamin Franklin
(1706–1790) elektr sohasidagi kashfiyotlari va yashinqaytargichni ixtiro qilishi bilan ham mashhur bo‘lgan. Oddiy varrak yordamida u chaqmoq elektr razryad ekanligini isbotlagan. Qo‘shimcha manbalardan foydalanib Benjamin Franklin yana nima bilan mashhurligini bilib oling.
Jozef Addison
XVIII asr AQSHda yangi madaniyat va san’atning shakllanish davri bo‘ldi. Dastlab yevropaliklar ijodiga taqlid qilingan bo‘lsa, keyingi asrdan boshlab o‘ziga xos Amerika madaniyati va san’ati rivojlandi.
Inqilob natijasida AQSH mustaqil davlatga aylandi, respublika tuzumi o‘rnatildi, savdo va sanoatni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlandi, erkin raqobatga, shaxsiy tashabbus va faollikka, ishbilarmonlikka keng yo‘l ochildi. Biroq janubiy shtatlarda plantatsion qullik saqlanib qoldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi va AQSH Konstitutsiyasi Yevropaning ilg‘or tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatdi, ularda ilgari surilgan g‘oyalar umuminsoniy xarakterga ega bo‘lib, ko‘plab xalqlar kurashining mazmuniga aylanib qoldi.
Benjamin Uest
Savol va topshiriqlar 1. Sizningcha, plantatsiya va fermer xo‘jaligi o‘rtasida asosiy farq nimada? 2. Yevropaliklarning hindular bilan uchrashishi haqida: a) yevropalik; b) hindu qabilasi vakili nuqtayi nazaridan hikoya tuzing.
Badiiy-tarixiy asar bilan ishlashga
doir topshiriq: Amerikalik yozuvchi Fenimor Kuperning “So‘nggi mogikan” (1826),
“Chingachguk — ulkan ilon” (1841),
“Izquvar” (1840) asarlarini o‘qing va hindu qabilalari haqida tasavvur hosil qiling.
Ijodiy ish topshirig‘i:
Birinchi amerikalik ko‘chmanchilardan biri ekanligingizni tasavvur qiling.
12-mavzu. Lotin Amerikasi mustamlakachilik zulmi ostida
Siz bilib olasiz: – mustamlaka tizimining o‘rnatilishini; – mustamlakachilik boshqaruv tizimini; – xo‘jalik hayoti va savdoni; – hindularning ahvolini; – ozodlik harakatlarini.
Muhim sanalar
- 1607-yili — Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasi bo‘lgan Virjiniyadagi ilk manzilgohi 1607-yili Jeymstaunda tashkil qilindi.
- 1617–1619-yillari — 1617–1619-yillari hindular orasida tarqalgan chechak tufayli to‘liq bo‘shab qolgan joyda 1620-yili Plimut (Massachusets) manzilgohi paydo bo‘ldi.
- 1620-yili — 1617–1619-yillari hindular orasida tarqalgan chechak tufayli to‘liq bo‘shab qolgan joyda 1620-yili Plimut (Massachusets) manzilgohi paydo bo‘ldi.
- 1701-yili — 1701-yili Yel universitetiga asos solindi, mustaqillik uchun urush boshlangunga qadar to‘qqizta kollej ochilib, keyinchalik universitetlarga aylandi.
- 1765-yilga — 1765-yilga kelib, mustamlakalarda 26 ta haftalik jurnal nashr qilinar edi.
- 1774-yil — Urushning boshlanishi. 1774-yil sentyabrda Filadelfiyada Birinchi Qit’a Kongressi yig‘ildi.
- 1776-yil — Mustaqillik Deklaratsiyasi. 1776-yil mayda Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishga da’vat etuvchi qaror qabul qilindi.
- 1776-yil — 1776-yil 4-iyulda qabul qilingan va asosan, T. Jefferson zakovatining mahsuli bo‘lgan Mustaqillik Deklaratsiyasi yangi davlatning qaror topganligini va butun dunyoda harakatchan kuchga aylangan inson ozodligi haqidagi…
- 1782-yili — 1782-yili ingliz qo‘shinlarining asosiy qismi taslim bo‘ldi.
- 1783-yili — 1783-yili Britaniya va uning Amerikadagi sobiq mustamlakalari o‘rtasida Parij sulhi imzolandi.
Bilimingizni sinang
Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohi Jeymstaun qaysi yili tashkil qilindi?
- 1635-yili
- 1587-yili
- 1607-yili
- 1620-yili
To‘g‘ri javob: 1607-yili. Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasi Virjiniyadagi ilk manzilgoh Jeymstaun 1607-yili tashkil qilingan.
Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasi Virjiniyadagi ilk manzilgohi 1607-yili qaysi joyda tashkil qilindi?
- Bostonda
- Plimutda
- Jeymstaunda
- Filadelfiyada
To‘g‘ri javob: Jeymstaunda. Virjiniyadagi ilk ingliz manzilgohi 1607-yili Jeymstaunda tashkil qilingan.
Angliyaning Shimoliy Amerikadagi Virjiniyada tashkil qilingan ilk manzilgohi Jeymstaun qaysi yilda asos solingan?
- 1607-yil
- 1620-yil
- 1617-yil
- 1774-yil
To‘g‘ri javob: 1607-yil. Virjiniyadagi ilk manzilgoh 1607-yili Jeymstaunda tashkil qilingan.
Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng Shimoliy Amerikani asosan qaysi davlatlar egallab oldi?
- Ispaniya va Portugaliya
- Gollandiya va Shvetsiya
- Angliya va Fransiya
- Ispaniya va Fransiya
To‘g‘ri javob: Angliya va Fransiya. Markaziy va Janubiy Amerika Ispaniya va Portugaliyaga tegdi, Shimoliy Amerikani esa Angliya va Fransiya egalladi.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Jeymstaun 1620-yili Plimutdan keyin tashkil qilingan
- Virjiniya Ispaniyaning ilk mustamlakasi bo‘lgan
- Jeymstaun Massachusets mustamlakasida joylashgan
- Jeymstaun Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohi bo‘lgan
To‘g‘ri javob: Jeymstaun Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohi bo‘lgan. Jeymstaun Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasi Virjiniyadagi ilk manzilgohi edi.
Quyidagi voqealarni sodir bo‘lish tartibi bo‘yicha joylashtiring: 1) Parij sulhining imzolanishi; 2) AQSH Konstitutsiyasining qabul qilinishi; 3) Jeymstaunning tashkil etilishi; 4) Birinchi Qit’a Kongressining yig‘ilishi.
- 3–4–1–2
- 3–1–4–2
- 4–3–1–2
- 3–4–2–1
To‘g‘ri javob: 3–4–1–2. Jeymstaun 1607-yilda, Birinchi Qit’a Kongressi 1774-yilda, Parij sulhi 1783-yilda, Konstitutsiya 1787-yilda qabul qilingan.
Shimoliy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlarida manzilgohlar tashkil etilayotgan paytda chechak hindularning katta qismi o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu qaysi asrda yuz berdi?
- XVII asrda
- XVI asrda
- XIX asrda
- XVIII asrda
To‘g‘ri javob: XVII asrda. XVII asrda sharqiy qirg‘oqlarda manzilgohlar tashkil etilganda tarqalgan chechak hindular katta qismining o‘limiga olib keldi.
Plimut manzilgohi paydo bo‘lgan joy hindular orasida tarqalgan chechak tufayli to‘liq bo‘shab qolgan yillar qaysilar?
- 1607–1609-yillari
- 1617–1619-yillari
- 1625–1627-yillari
- 1632–1634-yillari
To‘g‘ri javob: 1617–1619-yillari. 1617–1619-yillari tarqalgan chechak tufayli joy bo‘shab, 1620-yili Plimut manzilgohi paydo bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash